Vanilla
Hislarini jilovlash qo'lidan kelmayotgan qiz bir nuqtaga termulgancha taxminan 5 daqiqa shunday o'tirdi. Boshiga kirib ketgan og'riqdan, ko'zlarini mahkam yumarkan, sochlarini changallab chuqur nafas chiqardi.
- Ablah.. - shivirladi nafasi ostida. Shu zahoti o'rnidan turdi va o'sha iflos kiyimni qo'liga oldi. G'azab.. nafrat.. jirkanish.. bari bir biriga aralashgan holda. Qiz alam bilan tez tez qadam tashlagancha qo'shni xonaga bostirib kirdi.
- Shunchalik tezmi ?! - yotoqda cho'zilib yotgan yigit atayin qizni asabiylashtirishga urindi.
- Men senga foxisha emasman !!! - baqirib yubordi qiz, asabiylikdan ikki yuzi qizarib. U o'ylab ham o'tirmay qo'lidagi matoni yigit tomon uloqtirdi. - Buni esa o'zingga o'xshagan ifloslarga kiydirishda davom et !!!
- Isyon qilyapsanmi ?! - labi chetida kuldi Taehyung.
- Ha isyon qilyapman !!! Menga sening jirkanch yordaming kerak bo'lmaydi. Ketaman !!!
- Qayerga borasan ?! Mendan boshqa yana kim seni quchoq ochib kutib oladi vanilla ?! - gapirish barobarida o'rnidan turgan yigit asta qiz tomon yaqinlasha boshladi. Uning ohangi hech narsaga to'sqinlik qilmas, aksincha qanchalik uzoqqa yetib borishi mumkinligiga sha'ma qilardi.
- Senga qiziq bo'lmasin !! O'zimga g'amxo'rlik qila olaman !!! - boshqa hech narsa deyishni istamagan Aera eshik tomon o'girildi. Endi dastkni tortaman deganida Taehyung zarb bilan uni yana qayta yopdi.
Aera: Nima qilyapsan ?!
- Mayli azizam sen uchun "tunggi kiyim" shartini olib tashlaymiz.
Aera: Taehyung senga bas dedim !!! Oldingga kelib qilgan har bir ishimdan pushaymonman eshityapsanmi ?! Sen bularga arzimasding !!! Bir tomchi ko'zyoshimga ham arzimasding !!! Shunday ekan men bilan o'chakishni to'xtat !! Qoch yo'limdan !!!
- Aera !!! - Taening o'ynoqi yuz ifodasi o'zgardi. Qizni ismi bilan chaqirib ikki yelkasidan siqdi. - Menga qara !! Ko'zlarimga !!! Seningcha endi ketishingga qo'yib beramanmi ?! Shuncha ishdan so'ng a ?! - ko'zlarini katta katta ochgancha qizni eshikka tiradi u.
- Unda meni ezishni to'xtat. Qo'yib yubormasang nega menga bunday qilyapsan ?! O'zingni joningga tegmadimi ?! Oddiy kechirish shunchalik qiyinmi ?! - alamdan bo'g'iq ovozi bilan qichqirishni boshlagan qiz, yigitning ko'ksiga holsiz musht tushira boshladi. - Meni tinch qo'y Taehyung !! Shusiz ham tamom bo'lganman !! Shusiz ham men o'lib bo'lganman..
Ko'ksimga kelib urilayotgan yumshoq mushtlarga qarshilik qilmadim. Uning og'zidan chiqayotgan har bir og'riqli so'zlar meni qiynayotgandi. Shunchaki u azoblansa, bariga badal to'lasa men yegil tortaman, usiz o'tgan alamli kunlarimni unutaman deb o'ylagandim. Lekin bari teskari tomonga qarab ketdi. Hech biri menga yengillik bermadi. Uni qiynash meni quvontirmasligini tushundim.
Sekin qo'llarimni qizning sochlariga olib borib boshini bag'rimga bosdim. Bu safar chindan.. hech qanday ahmoqgarchiliklarsiz. Lekin u menga qarshilik qilib itarib tashlardi. Bu uzoqqa cho'zilmasligini bilaman. U uzoq vaqt qarshilik qila olmaydi.
Tong. Atrofni egallagan quyosh nuri doimgidek bir xonani yorita olmaydi. Ko'zlarini sekin ochgan Aera, bosh og'rig'idan yuzini biroz burishtirgancha o'rnidan turdi. Atrofga alanglar ekan, katta ochilib ketgan ko'zlari bilan Taehyungning xonasida qolganini angladi.
- Yo xudoyim, jin ursin !!! - o'rnidan apil tapil turarkan birdan yuvinish xonasi eshigi ochilganini eshitib eshik tomon qaradi. Yarim yalang'och erkak sochini sochiqqa ishqalagancha chiqib kelganini ko'rishi bilan og'ir yutunib qo'ydi. Qizni uyg'onganini payqagan Taehyung asta lablarini yalab qo'ydida, qo'lidagi sochiqni uloqtirgach anqayib qolgan qiz tomon yurib kela boshladi.
- Hayrli tong vanilla. - yoqimli tabassum bilan yotoqqa o'zini tashladi u.
Ko'zlariga ishona olmayotgan Aera og'zini katta ochgancha qo'llari bilan to'sib oldi.
- Sen kecha men bilan.. - u ko'zlarini chirt yumdida bir zum to'xtab, o'ylagan narsasini gapirishga botina olmadi. - Kecha men shu ishni qildimmi ?!
- Nima eslolmayapsanmi ? - Tae mamnuniyat bilan savol berarkan, kulishdan to'xtamayotgan lablari yanada yoyildi.
Taehyung: Sen kecha.. juda ajoyib eding qizaloq. - atayin ko'z suzib lablarini yalab qo'ydi yigit.
Uning bu qiyofasini hech qachon yodimdan chiqara olmasam kerak. Jirkanch, iflos ifoda. Butun badanim muzlab qoldi. Ishongim kelmasdi. Bu yerda qolganim aloqa bo'lganini anglatadigan yagona sabab bo'lolmaydi. Nega bunday hayolga bordim o'zi ? O'zimga ishonch bilan Taehyungning o'ynoqi ko'zlariga qaradim.
- Kim Taehyung yolg'on ishlatishni o'rganibdimi ?! - kinoya bilan ovoz chiqardim atayin.
- Ammo vanilla... - asta o'rnidan qo'zg'alib oldimga yaqinlashdi. - Bu yolg'on bo'lmasligini chin dildan istagan bo'lardim. - uning ko'zlaridan ko'zimni uzmay turarkanman yuzimga urilib turgan qaynoq nafas tufayli bezovtalandim.
- Men yuvinib chiqishim kerak. - ichimdagi hayajonni yashirishga urinib endi o'rnimdan turaman deganimda qo'limdan tortib meni yotoqqa mixlagan yigit ikki qo'llarimni mahkam ushlab oldi.
- Nima qilyapsan ? - asabiy qichqirib yubordim.
- Unutishga urinyapman !!! - qo'llarimni siqimlab turgan ikki kaft vazifasini bittasiga topshirib ikkinchisi bilan yuzimni siypalashni boshladi. - O'zing bari tugashini istamaganmiding ?!
- Taehyung bas qil !!! - talabchanlik bilan lablarimga yaqinlashayotgan yigitga nisbatan yuzimni yon tomon burib oldim. U to'xtab qoldi. Bir necha soniya shu holda indamay turgach qo'llarimni bo'shatdi.
- Bugun seni uchrashuvga taklif qilmoqchiman. - hotirjam ohangda dedi u qo'liga fudbolkasini olish davomida. Men hayron qolib unga qoshlarimni chimirib qaradim.
- Hozir meni shunday narsalarga toqati bor deb o'ylaysanmi ?! Biz Londonga borishimiz kerak !!!
- Oyingdan havotir olma. Odamlarim u bilan. - dedi yigit oynada o'z aksiga termulgancha sochlarini to'g'irlab. Ichimdagi o'sha tashvishli og'irlik bir zum avval quloqlarim eshitgan so'zlardan so'ng butkul yo'qolarkan, qanday qilib ko'zlarim yoshlana boshlaganini nazorat qila olmadim.
- Raxmat.. - ko'zlarini polga qaratgan qiz bazo'r, past ovozda pichirladi. Ortiga o'girilgan Taehyung esa qizning lablarini tishlagancha o'zini ushlab turganini ko'rib sekin oldiga borib o'tirdi.
- Vanilla.. - qizning iyagidan ohista ushlab o'ziga qaratdi. - Men endi bor kuchim bilan harakat qilmoqchiman. Sizlarni himoya qilishga.. - Aera yigitning to'q qahvarang ko'zlariga termularkan, yigitning "siz" so'zi sabab qoshlarini yuqoriga uchirdi.
- Biz ? - dedi qiz hayron ohangda. Taehyung indamay nim tabassum bilan bosh chayqadida, o'rnidan turdi.
- Yuvinib bo'lib nonushtaga tush. Hech qanday noroziliklar o'tmaydi. Bugungi kuning eng ajoyibi bo'lishini ta'minlayman.
So'zlarini tugatgan yigit qizning javobini kutmay xonadan g'oyib bo'ldi. Hali ham nima bo'layotganini to'liq anglamagan qiz bir nuqtaga termulgancha Taehyungda nimadir g'alati ekanini o'ylardi.
O'zini epaqaga keltirib olgan Aera bir necha kundan buyon dush qabul qilolmagani uchun o'zini noqulay his qilib yurgandi. Hozir bari a'lo darajada. Hatto bundan ham yaxshiroq. Kayfiyati ko'tarilib ketgan qiz, tanasini oppoq sochiq bilan berkitgancha qo'shni xonaga o'tib eshikni qulfladi. O'ziga tegishli bo'lgan chamadonni ochgan ko'yi, o'zining eski jozibali kiyimlarini ko'rib lablarini asabiy tishladi.
- Balki bas qilishim kerakdir. - dedi o'ziga o'zi. Ko'ziga avvalgi o'zini, qat'iyatli Aerani eslatgan kiyimni bugungi kun uchun tanladi. Kerakli narsalarini javonlarga joylashtirdi, huddi avvalgidek pardoz qildi, sochlarini turmakladi. Taehyungning oddiygina yaxshi munosabati uni shunchaki jonlantirgandi.
Yanoqlariga biroz rang qo'shayotgan qiz vibratsiya ovozini eshitishi bilan to'xtab qoldi. Ko'zgu orqali ovoz kelgan joyga qararkan, ortida turgan chamadon aynan o'sha nuqta edi.
Qulog'im anniq eshitdi deb o'ylayman. Ha chamadondan anniq telefon tovushi kelayotgandi. Bir marotaba emas, ikki marotaba ovoz keldi. Menda telefon borligi hatto hayolimda ham yo'q edi. Lekin bo'lishi mumkin emas. Telefonim Mingyuning uyida qolib ketgan bo'lishi kerak edi. U mendan olib qo'yganini anniq eslayman.
O'rnimdan turib chamadonning qo'shimcha cho'ntagini tekshirdim va u yerda chindan telefon bor edi.
Meniki.. mening telefonim. Jungkook buni olganmidi ? Chamadonni Sena tayyorlagandi telefonni qayerdan topgan bo'lishi mumkin ?! Miyyamda ming xil savol bilan qo'limga bu matohni oldim. Xabar kimdan kelganini tekshirar ekanman, "Jungkook" yozuvini o'qishim bilanoq qo'llarim titrab ketdi.
"Yoki oldimga qaytasan, yoki o'sha uyni yondirib kul qilaman"
"Meni barini oxirigacha yakunlashga majburlama Aera. Onangni qotili bo'lishni istamaysanku to'g'rimi ?"
Qotib qoldim. Men shunchaki... men.. tanam butunlay uvushib muzlab qoldi. Qaltiroq boskan qo'limdan telefon tushib ketarkan, ikki qo'lim bilan huddi huruj qilayotgandek tezlashib ketgan yuragimni siqimladim. Hatto ovoz chiqarolmay qoldim. Ko'zlarim kosasidan chiqib ketgudek ochilgan, talvasadan butun yuzim oqarib ketdi.
Endi nima qilaman ? Endi bu tahdiddan so'ng qanday nafas olaman ?! Chindan nafasim qisilib qoldi. Bor kuchim bilan nafas olishga harakat qilishimga qaramay o'pkam torayib ketgandek havo yetishmasdi. Qorin bo'shlig'imda paydo bo'lgan sanchiq birdaniga meni qiynay boshladi. So'ngi bor nafas olishga urnib yo'talganimni eslayman... zulmat..
<< Ba'zida shunday tuyiladi.. Do'zah bo'm bo'shu barcha shaytonlar atrofingda.. >>
Kasalxona. Oppoq yo'laklar. Xususiy bo'lgani tufayli odamlar unchalik ham ko'p emas. Barchasi o'z o'rnida va ozoda.
- Bemor ko'zini ochdi. - yo'lakdagi barchani e'tiborini tortayotgan, tishini tishiga qo'yib kutib o'tirgan yigit yerdagi nigohlarini hamshiraga yo'naltirdi. - Hozircha uni ahvoli yaxshi.
- Ko'rsam bo'ladimi ? - Taehyungning havotirdan qizargan ko'zlari yanada kattalashdi.
- Hozircha kiritolmaymiz. Bir necha muolajadan so'ng doktor nazorati bilan kirishingiz mumkin. - nigohlari sustlashgan yigit asta umidsizlik bilan bosh irg'ab joyiga o'tirdi.
- O'zingizni qanday his qilyapsiz, xonim ? - savol berdi hamshira osma dori ulash jarayonida.
- Bilmadim.. menimcha ko'nglim ayniyapti. - Aera biroz yuzini burishtirib og'ir nafas chiqardi.
- Havotir olmang, homiladorlikda bo'lib turadi. Bir necha oydan so'ng o'tib ketadi. - hotirjam o'z ishini bajarayotgan qiz tabassum bilan dori uchini mahkamlash uchun mahsus lentani yopishtirayotgan edi hamki, qoshlari chimirilib ketgan qiz qo'lini zarb bilan tortib oldi.
- Nimalar deyapsiz ?! - baland ovozda gapirdi u. - Yana qanday homiladorlik ?! Men bilan hazil qilyapsizmi ?!
- X.xonim tinchlaning. Xabaringiz yo'qmidi ?! Siz 8 haftalik homiladorsiz. Lekin turmush o'rtog'ingiz birinchi bo'lib bolaning ahvoli haqida so'radilar.
- Nima ?! Yo'q, shoshmang !! Nima men shunda naqt 2 oylik homiladormanmi ? Hoy, bo'lishi mumkin emas !! - kulib yuborgan Aera qo'lidagi osma dorilarni yechib uloqtirarkan, hamshiraning aytayotgan hech bir so'ziga ishonmasdi.
- Men o'sha iflosni oldiga borishim kerak !!! - boshi aylansada o'rnidan turgan qiz o'ziga qarshilik qilayotgan hamshirani itarib palatadan tashqariga chiqdi. Chiqishi bilanoq qarshisida tashvishga botib o'tirgan yigitni ko'rarkan, o'ylan ham o'tirmay ichi to'la alam bilan unga tarsaki tushirdi. Zarb ovozi butun yo'lak bo'ylab tarqagan, barchani ko'zi mojaro ustida turgan ikki insonda edi.
- Nimalar qilib qo'yding ?! - qichqirdi qiz og'riq bilan. - Nega ?! Nega endi men vujudimda o'sayotgan bolam haqida bilmasligim kerak ?! - allaqachon ko'zlar yoshlangan.. Birin ketin kelayotgan zarbalar tobora tezlashib yigitning ko'ksiga urilardi.
Aera: Nega bunday qilding Taehyung ?! Nega barini bunchalik chigallashtiryapsan ?!!
- CHUNKI BILISHIM KERAK EDI. - bor ovozi bilan qizni to'xtatish uchun baqirgan yigit, uning musht tugilgan kaftlarini qurshovga oldi. - Bola meniki yoki yo'qligini bilishim kerak edi. Bunga esa qancha vaqt ketishini juda yaxshi bilasan !!
- Menchi men ?! U senikimi yoki yo'q nima farqi bor ?! Mening ichimda paydo bo'lgan !!! Mening ichimda rivojlanyapti, jin ursin !!! - qiz chidolmadi. Qornini asta ushlarkan yerga cho'kkalagancha yeg'lab yubordi. - Men.. men ona bo'laman !! Lekin buni o'zimdan sir tutishdi !!! Sen qanday odamsan o'zi ?! Gapir la'nati !!! - u ikki yuzini berkitgancha baqirardi.
- Ming la'nat bo'lsin !!! O'lib ket !!! Hayotimdan daf bo'l !!! Sen iflos telbasan !!! Odam emas hayvonsan !!!
Aera qanchalik jahldan yonayotganiga qaramay cho'kkalab uni bag'riga bosgan Taehyung, bor kuchi bilan qizni tinchlantirishga urina boshladi. Asta qizni sochini silar, tinmay peshonasini o'pib qo'yardi.
- U bizning bolamiz Aera.. bizniki. - qizning qulog'iga asta pichirladi yigit.
- Hoxlamayman. Bunga tayyor emasman !!! Men chindan bunday qilolmayman !!!
Time skip. "Oradan 30 daqiqa o'tdi."
Yo'laklardagi qo'rqinchli skunat ishchilarni larzaga soladi. Shifoxona bo'ylab barcha sog'lom mijozlar tarqatib yuborilgan. Bosh shifokorning xonasida esa keyingi qadamni bosish haqidagi majlis ketardi.
- Men sizga nima uchun pul to'lagandim o'zi ?! Oddiygina sir saqlash katta muammomi ?! - g'azabdan jag' suyaklari bo'rtib borayotgan yigit bosh shifokor stoliga bor kuchi bilan musht tushirdi.
- Janob.. haligi u hamshira.. u yangi ishchi edi. Hali jarayondan xabari yo'q...
- Menga nima ?! Menga nima farqi bor ?! Bugun bir odam bildi, ertaga ikkinchisi biladi !! Keyin butun dunyo xabar topadi !!! Bunga qanday javob bera olasiz ?!
- Meni kechiring !!! O'tinaman Janob Kim, meni avf eting !!! - yoshi chamasi 50 ga yaqinlashib qolgan erkak qo'rquvdan alanglab o'rnidan turdida, oyoqlarini chalishtirib o'tirgan Taehyungning oldida tiz cho'kdi.
Unga chuqur termulayotgan Kim bir necha soniya kutgach, bir oyog'ini erkakning boshiga qo'yib uni yanada qattiqroq yerga botirdi.
- Bilasizmi nima ?! Men endi boshqa yangi ishchi qabul qilishingizni hoxlamayman. - dedi u butunlay erkakning qichqiriqlarini e'tiborsiz qoldirib. - Va o'sha mahmadona hamshirani menga topshirasiz !!! Bola haqida shifoxonadan bir og'iz so'z eshitsam kuningizni ko'kka sovuraman !!! - so'nggi nuqta va Taehyung oyog'ini so'nggi bor shifokorning yuziga botirib xonadan chiqib ketdi.
Flashback. "Aera Mingyuning changalidan halos bo'lgan kun."
Aera ko'zini ochganini eshitgan Jungkook darhol qizning palatasi tomon yugurdi. Shifoxona qabulxonasida qolgan Taehyung kirish yoki kirmaslik haqida bosh qotirardi. Oldidan chiqib qolgan shifokor u tomon kelayotganini ko'rib o'rnidan turdi.
- Kang Aeraning yaqinimisiz ? - so'radi ayol, qo'lidagi natija qog'ozlariga termulib. Lekin ayolning yuzida qandaydir yomon tashhisning alomati bordek edi.
- Ha. Ahvoli yaxshimi ? - biroz ikkilanishni boshlagan Kim hamshiraga yaqinlashdi.
- U 7 haftalik homilador ekanini bilarmidingiz ?! - asabiy ko'zoynagini yechgan ayol jahl bilan yigitga qaradi. - Uning qonida juda yuqori dozada giyohvand modda aniqlangan. U yoki o'zini joniga qasd qilmoqchi bo'lgan yoki bolani. Nima o'ziga zarar bergunicha siz tomosha qilib turdingizmi ?! Ichidagi bola chalajon, o'lim bilan kurashyapti.
- U.. homilador ? - Taehyungning ko'zlari kattalashdi. Tanasi butunlay bo'shashib, ichi jizillab ketdi.
- Janob juda katta ehtimol bilan bolani asrab qololmasligimiz mumkin. Lekin mo'jizadan ham umidimizni uzolmaymiz. Kutish qoldi. - shifokor chuqur ho'rsinib ketish uchun ortiga o'girilganida Taehyungning ovozi sabab to'xtadi.
- Menga yordamingiz kerak. - deya gap boshladi u. - Bu ma'lumotlar maxfiy bo'lib qolishi kerak. Hatto o'zi ham homiladorligini bilmasin. Qancha kerak bo'lsa o'zim to'layman. Bir narsani aniqlashim kerak. - nafasi og'irlashgan erkak so'zida to'xtadiyu asabiy sochlarini ortga taradi. - Yana bir iltimos. Menga uning DNKsi kerak.
Agar o'sha vaqtning o'zida bola mendan ekanini bilganida uni o'ldirish uchun qo'lidan kelganini qilgan bo'lardi. Qachongacha yashirmoqchi edim bilmayman, lekin farzandim uchun hatto onasining o'zi ham juda katta xafv tug'diradi. Aera homiladorlik davrida avvalgiga nisbatan ta'sirchan bo'lib qolganini sezgandim. Ammo boshidan o'tkazgan shuncha ishlar uni yetarlicha cho'ktirganiga ishonchim komil. Shularga qaramay farzandim taslim bo'lmadi. U o'zini, onasini himoya qilyapti.
Ilk bor uning homilador ekanini eshitganimda butun tanam muzlab qolgandi, ishonchim komil edi. Negadir bu bola meniki ekaniga amin edim.
Meni qo'rqitayotgan yagona narsa Aera hatto hozir ham bu bolani hoxlamasligini aytdi. O'ziga biror nima qilishidan qo'rqyapman. Nima bo'lsa ham, meni tark etsa ham farzandimni dunyoga keltirishini istayman. Ota bo'lish hissi meni butunlay qamrab oldi. Balki o'zim otasiz katta bo'lganim uchundir..
Sekin borib vanilla yotgan palata oldiga bordim. Bu safar uni tashqaridan kuzata olishim uchun oynali xonaga o'tkazishdi. Tinchlantiruvchi qabul qilgani sabab uxlab yotardi. Tinch.. sokin. U judayam chiroyli... aqlni o'g'irlaydigan darajada. Agar qizim bo'lsa unga o'xshashini hoxlagan bo'lardim. Mag'rur, qiziqqon, erka va o'zini sevadigan. Oldimda bo'lmaganida ham qizimni to'yib hidlab uni his qilgandek bo'lishni istayman.
Keyingi qism uchun 500+ reaksiya va ko'p fikrlar kutaman. O'qib bo'lgan bo'lsangiz qo'llab-quvvatlash uchun postga reak bosib comment qoldirib keting.