Vanilla
So'zlarini tamomlagan Jungkook achchiq qilib xonadan chiqib ketdi. Kompaniya yo'laklari bo'ylab yurarkan, qarshisidan chiqqan yigit uni to'xtashiga majbur qildi.
- Qancha soqchilar kerak Janob Jeon ? - Taehyungning buyrug'i bilan savol berdi Jaehyuk.
- Hech qancha. Sizlardan hech narsa kerak emas !!! Hammangiz jahannamga ravona bo'ling !! - g'azabdan portlay deyotgan yigit Jaehyukni turtib o'tib ketdi.
Jungkook: Odamlarni to'pla. Hammasini, zahiradagi hammani yig' !! Har biriga ikkitadan qurol ber !! Pul yetmasa bankdagi hisob raqamimdan foydalaning tezlashing !!
- Bari aytganingizdek bo'ladi Janob. - tasdiq sifatida bosh eggan barzangi endi orqa o'girib ketaman deganida boshlig'ining ovozi uni yana to'xtatdi.
- Shoshma.. Kim Mingyuning odamlari qanchaligi haqida ma'lumot kerak !!
- Anig'ini bilish imkonsiz Janob. Uyini doimiy himoya qiluvchi soqchilar 30 tadan ko'proq. Balki hozir odamlarni ko'paytirgandir.
- Menga foidasiz tahminlar qiziq deb o'ylaysanmi ?! - ko'zlari qorayib ketgan Jungkook kamaridagi qurolini olib qarshisidagi erkakka o'qtardi. - O'lishni istamasang menga anniq sonni aniqlab kelasan !!!
- Meni kechiring Janob. - qaltirab ketgan soqchi shu zahoti burni yerga tekkuncha egilib bu yerni tark etdi.
- Menga nima qilyapsan.. - lablari orasida shivirlgan qiz tepasida turib nimalardir qilayotgan Mingyuga qaradi. - Boshqa chiday olmayman, boshqa.. boshqa kuchim qolmadi..
- Tshsh malla soch.. Chidashing kerak. Chidaysan ham. Ko'zlaringni aslo yuma ko'rma. - men ichimdan tobora tamom bo'layotganimni his etib turardim. Mingyu qo'limga ulangan osma dori tarkibiga shprist orqali qandaydir kimyoviy aralashma qo'shdi. Bu.. bu yana o'sha narsa. Yana menga o'sha narsani beryapti. Tanam qizib ketishni boshladi, titroq paydo bo'ldi. Qasam ichaman boshqa bardoshim yetmaydi. Men.. men o'lyapman.
Flashback. "Angliya - London" bundan 5 yil avval.
Atrof har xil rangdagi chiroqlar bilan yoritilgan, faqatgina alkogol va ta'makini ifori kelardi. Barcha o'smir bolalar shu yerda yeg'ilgan, madorlari qolmaguniga qadar sakrab, musiqaga monand harakatlanar edilar. Mijozlar uchun mo'ljallangan stol atrofida o'tirgan bir qancha o'smir yigit qizlar Jamesning to'rt ko'tarib kelayotganini suratga olish bilan band edilar. Barchaning yuzidan kulgu..
- Eyri, azizam. - dedi James yaqinlashgan ko'yi tug'ilgan kun to'rtini stol ustiga qo'yib. - Shamlarni pufla.
Shu on Aera o'ylab o'tirmay shamlarni pufladi va atrofni barchaning yorqin qarsak ovozi qoplab oldi.
- 19 yoshing bilan qizaloq. - shu zahoti qizning lablariga yopishgan James uni qisqa muddat ichida extiros bilan o'pdi. - Endi buni nishonlash kerak.
- Ha albatta, bayram sovg'asini olib keldim azizlar !!! - Maddy kichik va bejirim sumkasi ichidan 5 kishilik paketchalar chiqardi. Bu allaqachon nima ekanini anglab bo'lgan Aera tabassum bilan to'lgan hislarini unutib qo'ygandek, jahl bilan sevgilisiga qaradi.
- Bu yana nimasi James. Men senga bu ishni qilmayman degandim !!!
- Qo'ysangchi azizam, o'smirlik paytingdan rohatlan. Nima onajoning etagidan chiqmay, dunyoga bir marotaba kelishingni unutib yashamoqchimisan ?! Qani bo'laqol. Buni birga uddalaymiz.
Atrofdagi bolalarning barchasi alkogol ichimliklari ichiga o'sha paketdagi kukunni solib ichib yuborishdi. Hatto James ham. Men ularning yuzlari qanday o'zgarishini indamay tomosha qildim. Ular kulishardi. Baxtli ko'rinishardi. Oldimda turgan o'sha kukunga qarar ekanman, ko'z oldim qonga to'lgandi. Jahlim chiqardi. Baridan, hamma hammasidan asabim buzilardi. Men ham buni qila olaman. Men ham hech narsaga e'tibor bermay bu narsani icha olaman.
Qat'iy qaradim. Qoshlarim chimirilgan, lablarimdagi bo'yoq esa biroz surkalgan. O'sha moddani qo'limga olib ichimligimga aralashtirdim va ichib yubordim. Ha.. bu meni qarorim edi. Chirkinlikka birinchi qadam..
- Jin ursin seni James, Jin ursin eshityapsanmi ?!!!! - qayta qayta bitta raqamni terayotgan qiz uyoqdan buyoqqa yurishdan to'xtamasdi. Yana bir besamar qo'ng'iroqdan so'ng telefonini devorga mahkam uloqtirib yubordi.
- Nima qilaman ? Endi nima qilaman. Menga u kerak. Menga Maddy kerak. Menda qolmadi. Menda hech narsa qolmadi. - tobora talvasaga tusha boshlagan qiz qaltirab xonasidagi barcha narsani uloqtira boshladi. Shovqindan bezovtalangan Kang xonim shu zahoti qizining xonasiga bostirib kirdi.
Bir atrofga bir qiziga qararkan, ko'z osti qorayib teri oppoq tusga kirib qolgan Aerani ko'rishi bilanoq qotib qoldi. Bu uning qizi emasdi.
- Oyi.. - shivirladi qiz onasini ko'rib uni oldiga yugurib borgancha. U onasining oyog'i tagiga yiqildi. - Oyi.. oyi iltimos ozgina pul berib turing.. istasangiz qo'lingizdagi taqinchoq ham bo'laveradi. Oyi iltimos qilaman tezroq.. tezroq bering !!
Kang xonim shunchaki jim edi. Ko'zlari ko'rayotgan bu narsaga ishonolmasdi. U qizidan oyog'ini tortib olarkan, eshikning kalitini sug'urib olib uni tashqaridan qulflab qo'ydi.
- Qanday buni o'zingga ravo ko'rding qizim !!! - ichi achishib ketgan ayol eshikka suyanib bazo'r hiqillab gapirdi.
- Eshikni oching !!! Pul bering dedim !! Menga pul kerak !!!! Oyi sizga nima deyapman. Hozir o'laman. Qasam ichaman derazadan o'zimni tashlayman !!
Lekin Kang xonim bu gaplarni birortasiga ham e'tibor qaratmadi. Qo'liga telefonini olarkan, qaltiroq bosgan barmoqlari bilan allaqanday raqamni terdi.
Keng va devorlari oq bo'lgan xona. Atrofda qandaydir dorilar isi tarqagan. Aera temir yotoqda qo'llari bog'liq, osma dori ulangan holda hotirjam yotardi.
- Ikkimiz uchun ham eng yaxshisi shu qizim. - og'ir yutinish bilan so'z boshladi Kang xonim. Qiz e'tiborsiz nigohlarini xona burchagidagi stulda o'tirgan onasiga qaratdi.
- Meni xor qildingiz !! - dedi alam bilan. - Hayotimni ostin ustun qildingiz !! Yana menga nima yaxshi bo'lishini o'rgatasizmi ?!
- Bo'ldi gapirmang oyi.. shunchaki avvalroq qilishingiz kerak bo'lgan ishni qiling !! Meni tashlab keting. Mana shu telbalar to'lgan joyda yolg'iz qoldiring.
- Bilaman, bir kun meni tushunasan. Sog'ayishingni hoxlayman. Qo'limdan kelganini qilaman. Bu senga yoqmasa ham. - Kang xonim o'rnidan turib ho'rsingancha so'nggi bor qiziga achinish bilan qarab xonadan chiqib ketdi.
- Barchangizdan nafratlanaman..
Mingyu: Ho'sh o'zingni qanday his qilyapsan ? - barcha qilayotkanlaridan mamnun bo'lgancha tabassum qilib turgan yigit osma dorini olib tashlash barobarida gap qistirdi. - Menimcha sen bilan hammasi yaxshi.. demak dorining sifati a'lo darajada.
Aera: N.nima ? - yumilib ketayotgan ko'zlarim holsiz ochilib ketdi. Bu nima ma'noni anglatishini allaqachon tushunib ulgurgandim. Miyyamda har xil g'alati narsalar charx urarkan, tanam butunlay falaj bo'lib qolgandek edi. Chunki ongim ishlamoqda, tanam esa qimir etmasdi.
U ablahlarcha o'sha qandaydir giyohvand moddasini menda sinab kordi. Kipriklarim orasidan tomchi yoshim dumalab yostiqni namladi. Men chindan chiday olmayman. Go'yo tanam chirishni boshlagandek tuyilyapti.
- Taehyung.. Shunchaki jim turolmaymiz.. - boshliq xonasida bir necha soatdan buyon indamay ulkan oyna qarshisida turgancha quyosh botishini tomosha qilib o'tirgan boshlig'iga yuzlandi yigit.
- Jaehyuk !!! Men bu mavzuga qaytishni hoxlamayman.
- Lekin Janob !! Gap Kang xonim haqida ketyapti. Himoyangiz ostiga olgan ayolingiz.
- Endi u himoyamda emas. Uni o'sha kun qo'yib yuborib bo'ldim. - nafasi tezlashib ketayotgan Kim lablarini tishlagancha ortiga o'girildi.
- Agar u yerga bormasangiz Kim Mingyu Jungkookni ham Aerani ham onsonlikcha qo'yib yubormaydi. Urushni siz boshladingiz Janob !!! Javobgarlik bizning bo'ynimizda. - Taehyungning injiqligidan asablari taranglashgan Jaehyuk ohangini balandlatishga majbur bo'ldi. Qoshlari chimirilib ketgan Tae yigitning yuziga o'lik nigohlari bilan termulib qoldi.
Time skip. "Kim Mingyuning qo'rg'oni."
Mashinalar bir necha metr uzoqlikda to'xtadi. Ichidan 50 taga yaqin qora kiyimli erkaklar tusharkan, avvaliga ulardan biri ahvoldan xabar olish uchun qo'rg'on tomon bordi. Shu zahoti o'q ovozi eshitilar ekan, barchaning nigohi bino tomoga qaratildi.
Jungkookning qonga to'lgan ko'zlari hali hamon yerda yotgan jasadda edi. Borgan sari g'azabga to'lib borarkan, o'ylab o'tirmay o'zi qo'rg'on tomon yura boshladi.
- Janob unday qilmang !!!
- Hech biringiz ortimdan kela ko'rmang !!
Jungkook e'tiborsiz so'zlarini yakunlab yurishda davom etdi va... hech qanday o'q ovozi chiqmadi. Jeon allaqachon Mingyu alohida gaplashmoqchi ekanini tushunib bo'lgandi. Eshik oldida turgan soqchilar temir darvozani ochib Jungkookning qarshisiga turib olishdi.
- Qurol !! - qo'pol ohangda talab qildi ulardan biri. Yigit shu zahoti o'sha la'natining peshonasiga o'q tortib yuborishga tayyor edi. Lekin ilojsizlik sabab belidagi tim qora to'pponchani topshirdi.
- Ortimdan !! - huddi o'sha ohangda yo'l boshlagan soqchi yigitni keng uy ichkarisiga olib kirdi. Birdan boshiga kelib urigan qattiq, to'ntoq narsa sabab yuzini burishtirgan Jungkook yuzini burishtirishga ulgurmasidan boshiga qora mato o'rab majburan qaysidir burjakka sudrashni boshlashdi. Yigit esa allaqachon hushini yo'qota boshlagandi.
Time skip. "Bir necha daqiqadan so'ng."
Yana bir nechta mashina manzilga kelib to'xtadi. Jungkookning soqchilari hozirlanib mashina tomon qurollarini o'qtarishdi. Bu Kim Taehyung edi.
Mashinadan tushgan Jaehyuk atrofga qarar ekan, Jeonning odamlarini ko'rib bezovtalandi.
- Janobingiz qayerda ? - savol berdi u asabiy qoshlarini chimirib.
- Binoning tepasida sniperlar bor. Ular faqat Janob Jeonni kiritishdi. Bizda imkon qolmadi.
Taehyung: U meni kutyapti. - Jaehyukning qulog'iga yaqinroq gapirdi Kim. - Hozir kiraman. Agar 30 daqiqa ichida chiqmasam barini qirib tashlang !!! - yigit bosh irg'ib qo'ygach Tae ham darvoza tomon bordi.
Time skip. "10 daqiqadan so'ng."
Atrof jim jitlikka burkangan. Sukunatdan zerikkan Mingyu soqchilariga buyruq berib yigitlarning ustidan suv quydirdi. Yuzi burishib ketgan Jungkook ko'zini ocharkan atrofga alanglagancha katta zal markazida o'tirganini payqadi. Oldidagi stulga bog'langan erkakning yuzini tanigach ko'zlari yanada tiniqlashgandek bo'ldi.
- Bu yerda nima qilyapsan ?
- Seni qutqargani keldim, jin ursin !! - boshidagi qonning achishishidan irillab yuborgan Kim qo'llarini qimirlata olmagach bog'langanini his qildi.
- Bu yerda ekanimni sezmaganingizga qaraganda jarohatingiz jiddiy ko'rinadi Janoblar !!! - xona markazidan o'sha tanish ovoz eshitilishi bilanoq barchaning e'tibori aynan o'rnidan turishga ulgurgan yigitga qaratildi.
Taehyung: Senga faqat men kerak edim. Men bilan hisoblash Kim Mingyu. - hotirjam ohangda o'zi tomon yurib kelayotgan yigitga yuzlandi u. Mingyu labi chetida jilmayarkan Taehyungning yelkasini barmoqlari bilan ezg'ilab og'riqdan o'kirib yuborishiga majburladi. (Aera o'q uzgan joy hali bitmagan.)
- Lekin ukang bilan qiziqarliroq bo'ladi shunday emasmi ? Ikkingizga ham "malla soch" qadrli..
Jungkook: U qayerda la'nati !!! Sen it emgan haromini o'zim o'ldiraman bilib qo'y !!!
- Ohh meni titratib yubording Jeon. - mazahlagan bo'ldi yigit. - Sen ham huddi otangga o'xshab jizzakisan. Lekin... Kim Taehyung butunlay boshqacha. Huddi Sehyukning haqiqiy o'g'lidek tuyiladi ba'zida.
Taehyung: Mingyu.. nima hoxlaysan ?! Tezroq maqsadga o't !!!
- Yaxshi unda qizishib olamiz. Malla soch malikamizni olib chiqing !!! - u soqchilariga ishora qilar ekan, bir necha daqiqa o'tmasidan ular xonaga qizni olib kirishdi. Hushsiz qizni. - Demak sizda imkon bor. Hozir Kang xonim uchun kurashasiz. Qaysi biringiz g'alaba qo'zonsangiz qiz bilan ketishingizga ruhsat beraman. Mag'lub bo'lgan esa men bilan yanada qiziqarliroq tajribalarni sinab ko'radi nima dedingiz ?!!!
Jungkook: Sen aqldan ozdingmi ?!! Unga nima qilding la'nati iflos !!!! - g'azabi to'lib toshib borayotgan yigit stulni siljitib tipirchilay boshladi. Bazo'r tishini tishiga bosib turarkan allaqachon jag' suyaklari bo'rtib chiqqandi.
Mingyuning mamnun buyrug'i bilan yigitlarning qo'li bo'shatildi. Shu zahoti Jungkook vajohat bilan Mingyuga yaqinlashgan on qo'riqchi sovuq qurolini uning peshonasiga tirashi sabab to'xtadi.
- Tshsh Jeon. Bunday qilish yaramaydi. Kuchingni akangni yengishga sarflaysan oshna !!!
Jungkook: SENI O'LDIRAMAN ITVACHCHA !!!
- Ha yana bir narsani aytishni unutibman. - tabassum bilan Jungkookga bir qadam yaqinlashdi yigit. - Vaqtingiz chegaralangan. Malla soch vitamin qabul qilguniga qadar qaysi biringizdir hushingizni yo'qotishingiz shart !!! Kurashmasangiz hammangiz shu yerda o'lasiz !!!
Jeon yana Kim tomon yaqin kela boshlaganida Taehyung uning tirsagidan tortib yuziga musht tushirdi.
Jungkook: Nima qilyapsan ?!
Taehyun: Meni ur !!!
Jungkook: Aqldan ozganmisan ?! Bu telbani o'ldirish kerak !!!
Taehyung: Sen ablahga meni ur deyapman !!!! AERANI QUTQAR JUNGKOOK !!!!
- Ohh bu ajoyib tuyilyapti !!! - huddi qiziqarli teatr tomosha qilayotgandek qarsak chaldi Mingyu.
Davomi bor...
Author: Reina Kim.
Gold fanfics.
Shu yergacha o'qigan bo'lsangiz mehnatni qadrlab reaksiya bosish va fikr yozishni unutmang. Keyingi qism uchun 450+ reaksiya va uzundan uzun fikrlar kutib qolaman go'zallarim.