Vanilla
Reina: N.nima qilishim kerak edi ? Men tirik qolish uchun harakat qildim. Bu aybmi ? - lablarim titrashini his qilsam ham qayerdandir jasorat tobip gapira oldim. Lekin Jungkook o'ylab ham o'tirmay qo'limdan sudrab ketishni boshladi.
- Nima qilyapsan ?! Qo'yib yubor otam ko'rib qolsa...
- Nima otang ko'rib qolsa ?! Havotir olma bugun ikkingiz ham o'lasiz !!! - uning so'zlari qulog'im ostida jaranglar ekan o'zimni yo'qotib qo'ygandek tipirchilashni boshladim. - Men bilan o'yin o'ynash qanday bo'lishini ko'rsatib qo'yaman senga !!!
U yana bir bor qahr bilan nafas oldi va meni tashqariga sudray boshladi. Atrof to'la qo'riqchilar, lekin go'yo hech kim meni eshitmas, o'zlarini eshitmaganga olishardi. Jeon bir erkakni imlab chaqirar ekan, qo'l oyog'im uvishib, hozir nima qilishi mumkinligi haqidan tahmin qilishga urinardim.
- Uni uyga, yerto'laga tashlab bog'lab qo'y !! Geoksu esa bugun o'lishi shart !!! Itvachcha !! - g'azabdan o'kirib yuborgan yigit meni zarb bilan siltab haligi erkakka irg'itib yubordi. Men.. men nimalar qilib qo'ydim ?!
- Havotir olmang Janob Hwan. Havfsizligingizni o'zim ta'minlayman. Jungkookni mendan boshqa hech kim yaxshi bilmaydi. - tabassum bilan gapirishdan to'xtamayotgan Taehyung, qaltirab o'tirgan cholga dalda bergan bo'ldi.
- Sizga ishonaman. - bazo'r ovoz chiqargan erkak, peshonasidagi sovuq terini artib chuqur uhh tortdi. Kim unga orqa o'girgancha yuzini burishtirar ekan, ko'ksida turgan og'riq uni bezovta qila boshlagani sabab ketishga qaror qilgandi.
Jaehyuk: Ahvolingiz yaxshimi Janob ? - eshik oldida turgan yigit boshlig'ining ko'rinishidan havoturga tushdi.
- Menimcha dorining ta'siri tugadi. Endi ketsak ham bo'ladi.
- Hwan Geoksuga qo'riqchi qo'ymaymizmi ? Jungkook uni tirik qo'ymasligi anniq.
- Bu ezma chol chindan asabni o'ynaydi. Endi keragi yo'q o'lsa o'lib ketaversin !! - dedi Taehyung hotirjam ovozda.
Flashback. "Bazmga 5 soat qoldi."
Xona sukutini eshikning past ovozda g'ichirlashi buzib yubordi. Tinchlikdan allaqachon zerikkan Tae nigohlarini pardalardan ko'chirdi. U Jaehyukning yuzini ko'rishi bilanoq, nega kelganini sezib bosh irg'itdi.
- Kirishingiz mumkin. - dedi yigit Geoksuni ichkariga taklif etib. U xonaga kirar ekan, ichkarida to'shakka mixlangan ko'yi boshini yostiqdan ko'tarolmayotgan Kimni ko'rishi bilanoq hayratlanib ketdi. Go'yo u bunday holatda bo'lishi imkonsizdek edi.
- Nimadan hayratdasiz Hwan ? - savol berdi achchiqlanishga ulgurgan yigit. Uning ovozi past bo'lishi mumkin lekin har qanday g'alayondan ham kuchloroq eshitilardi.
- H.hayrli kun Taehyung.
- Sizga ham.
- Men nega bu yerdaman ? - Janob Hwan bir ortida turgan baquvvat yigitga bir o'ziga o'tkir nigohlar bilan qarayotgan Kim Taehyungga qo'rquv bilan nazar tashladi.
- Nima deb o'ylaysiz o'lim kuningiz keldimikan ? - birdan aytilgan keskin so'zlar sabab cho'chib ketgan erkak o'rnidan turib ketdi. Lekin baxtga qarshi Jaehyuk uni yana qayta stulga o'tirishga majburladi.
Geoksu: Unday qilma yolvoraman sendan !! Men barini pul uchun qildim tan olaman lekin oilam bor. Rahm qil Taehyung !! - allaqachon daxshatga tushib ulgurgan Hwan joyida tipirchilab qoldi. Bunga guvoh bo'lib turgan Taehyung Jaehyukga qarar ekan, kulib yubormaslikka zo'rg'a urinayotgan hizmatchisiga jiddiy bo'lishini imlagancha yana erkakka e'tiborini qaratdi.
- Oila ? Siz garov sifatida o'z qizingizni Jungkookga topshirdingiz ? - dedi qarshisidagi insonning so'zlarini inkor qilgancha.
Geoksu: U shuni hoxladi qasam ichaman !!! Agar eng qadrli narsamni bermasam quruq gaplarimga ishonmadi !!
- Yaxshi unda ishtoningizni ho'llab qo'ymasingizdan maqsadga o'taman. - sovuq ohangda ta'kidlagan Kim go'yo Geoksuning gaplari u uchun umuman qiziq emasdek tutdi o'zini. - Bu yerga sizni majburlab olib kelganimdan maqsad sizga qo'rg'onni bermoqchiman Kang Sehyukning sobiq qo'rg'onini. Naqt 2mlrd dollarlik xazina desak ham bo'ladi. Va siz..
- Ikkinchi o'rinni egallayman. - hayratdan qotib qolgan Hwan Taening so'zlarini o'zi yakunlab og'z juftladi. - Lekin nega ?! Shunchaki berib qo'ymasliging anniq !! Nima istaysan ?!
- Juda aqllisiz Hwan. - labi chetida kuldi yigit. - Shunchaki bazmga qizingiz bilan tashrif buyuring va sahnada bor qobilyatingizni ishga solib meni maxtang toki Kim Taehyung hayotingizni saqlab qolganini barcha bilsin !!
- Nimalar deyapsan ?! Jungkook meni o'ldiradi !!
- Istasangiz hozir sizni men o'ldiraman !!
Comeback. "Bazm binosining hovlisi."
Hamma tarqalishni boshlagan vaqt.. atrofda deyarli hech kim qolmagan. Barcha mashinalarga joylashib voqea joyini tark etmoqda. Uzoqdan Jungkookni ko'rib qolgan Aera hech narsaga e'tibor bermay qarshi tomonga yura boshladi. Hozir uning turqini ham ko'rishga toqati yo'q edi.
- Jin ursin !! - o'z hayollari bilan o'ralashib yurgan qiz kimdir bilan turtilib ketgani sabab yerga yiqilib tushdi.
- Ohh meni kechiring sizni ko'rmay qoldim Ms. - qizni qo'lidan ushlab turishiga yordam bergan yigit biroz egilib uning chang oralagan kiymini qoqib qo'ydi.
- Siz g'irt lapashang ekansiz Mingyu !!!
- Afsuski buni tan olishga majburman.
- Aysh.. - endi qadam bosishga uringan qiz oyog'i qayrilganini his qilib poshna tufligini yechgancha oyog'ini ko'zdan kechirdi. - Qarang nima qildingiz !!!
Mingyu: Istasangiz uyingizga tashlab qo'yaman. Kechiring bunday bo'lishini hoxlamagandim !! - Aeraning qizarib ketgan oyog'ini ko'rgan yigit lablarini tishladi.
- Meni o'zingiz bilan olib keting !! - hayolimga kelgan gaplarni tilimga ko'chirganimni bilaman uning kulgusidan bezovtalana boshladim.
- Yo xudoyim naqd 2 ta dushman orttirgim yo'q Ms. - deya gapimni jiddiy olmadi Mingyu.
- Hazillashmadim. Bu ikkala ahmoqning hech biri men haqimda qiziqmaydi. Hozir asablarim joyida emas jin ursin !!!
- Yaxshi.. muammo chiqmaslini ta'minlasangiz qarshiligim yo'q. - u meni tushungan holda qo'liga ko'tarib oldi. Eng qizig'i shundaki, zarracha bo'lsa ham noqulaylikni his etmadim. Vujudim og'irlashganiga qaramay hayolimdan o'sha ikkita la'natini chiqarolmasdim.
Mashinaga yetib keldik va ulkan qora eshikni ochgan Mingyu meni ohista mashinasiga joylashtirdi. Haydovchisiga boshini irg'itib qo'ygancha yolg'iz ketishimizni uqtirarkan, so'ng hotirjamlik bilan rulga o'tirdi.
- Sizdek inson qanday qilib bu jinoyat olamida 1-o'rin bo'lishi mumkin ? - ho'rsinib qo'ydi qiz boshini oynaga suyagan ko'yi.
- Qanday insonman ?
- Yomon emas... La'nati Jeon va jin urgur Taehyungdan ming marta yaxshiroqsiz.
- Ancha jig'ingizga tegishgan ko'rinadi. - Mingyu qizning g'alati gaplaridan ochiqchasiga kulib yubordi. Uning o'zini tutishi, harakatlari bari judayam qiziqarli tuyilardi u uchun.
Geoksu: BU NIMA QILGANINGIZ ?! MENI QO'YIB YUBOR LA'NATI JUNGKOOK !!! MEN KIM TAEHYUNGNING HIMOYASIDAMAN !!!
Birdan qorong'u xonaga tashqaridan yorug'lik kirdi. Ya'ni eshik ochildi. Ichkariga Jungkook va qo'riqchilari kirishar ekan, labi chetida tabassum qilgan yigit markazdagi stulga o'tirib oyoqlarini chalishtirdi.
- Nima deding ? Gapingni qaytar !!
Geoksu: Men Kim Taehyungning himoyasidaman dedim ahmoq !!! Hoziroq meni qo'yib yubor yo'qsa u seni o'ldiradi !!! - xonani baralla jaranglagan kulgu ovozi qoplarkan, atrofdagi sukut va aks sado tufayli yigitning yirtqichlarcha kulishi daxshat boshqa narsa emasdi. U cho'ntagidan to'pponchasini olib oldidagi barzangiga o'qlab berishi uchun uzatdi.
- Qani haloskoring Kim Taehyung ?! Qo'limga tushgan oning u seni tashlab ketganini tushunishing kerak edi la'nati chol !!
Geoksu: Qizim !!! Uni senga beraman !!! Butun umrga Jungkook. Istasang shunchaki u bilan yasha yoki yana turmush quring !!! Yolvoraman faqat meni qo'yib yubor !!!
Bu ahmoq choldan bu darajadagi shavqatsizlikni kutmagan Jeon qizishib ketdi. Ikkilanib o'tirmay unga yaqinlashib yuziga qarata tepdi.
- Nima farzandning hayoti qadrsizmi ablah ?! Sen haromi o'lishing kerak !!! - Jungkook chegaradan chiqib, g'azabini boshqarolmay qoldi. Tinmay tepkilarkan, og'zi burni qonga to'lgan bu hayvonni onsonlikcha o'ldirib yuborishni istamadi. Hansirab bazo'r o'zini to'xtatgan yigit asabiy holda terga botgan sochini ortga tarab so'kindi.
Jungkook: Bu ahlatni avval bo'laklarga bo'lib har bir bo'lagini har xil joylarga ko'mib tashlang !!
Bir biriga ko'zlari kosasidan chiqib ketgudek qaragan ikki ishchi boshlig'ining bu darajada g'azablanganidan titrab qolishgandi. Ular hech qanday qarshiliksiz bosh egishdi va Jeon xonani tark etdi.
Burnimga toza havo urilishi bilan ko'zlarimni yumdim. Ichimdagi g'alayon ancha sustlashdi. Boshimdagi og'riq asta o'z ta'sirini kuchaytirardi. Bu ahmoq Reina, haromi otasi aytgan so'zlarni bajargan. Itvachcha, jin ursin.. o'zimni bosolmayapman !!!
Qarshimda turgan to'siqni bor kuchim bilan tepib yubordim. Doim shunday bo'lgan.. farzandning hayoti ahamiyatsiz !!! Qizining hayotini chilparchin qilib, menga yaqinlashtirib katta xato qildi. Xuddi otam men va Taehyungning hayotini jarlikka sudragandek.
Qo'limga telefonimni olar ekanman, o'zimga kerakli bo'lgan raqamni terdim. Balki u bilan tinchlanishim mumkindir.. lekin qo'ng'iroq muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. O'z o'zidan qoshlarim chimirilar ekan, tanamni havotir egallashni boshladi. Lekin nima bo'lgan taqdirda ham Tae unga zarar yetkazmasligiga ishonchim komil.
Bu safar o'zim istamagan raqamni terishga majbur bo'ldim.
- Eshitaman ukajon ? - quloqlarim eshitgan bu jirkanch so'zdan yuzim burishib ketdi.
- Nima mastmisan ?! - dedim o'ylab o'tirmay.
- Sen odatiy holda qo'ng'iroq qilmaysan. Nima bo'ldi Aerani o'ldirib qo'ydingmi ?! - uning kinoya bilan aytayotgan gaplari qanchalik asabimni buzishiga qaramay tishimni tishimga qo'yishga majbur edim.
- Uni olib ketmadingmi ?!
- Nima aqldan ozdingmi Jungkook ?! U qani ?! - bir zumda havotirga tushgan Taehyung qo'ng'iroq ortidan o'shqirdi.
- Agar sen bilan bo'lmasa unda boshqa ishim yo'q !! - tezda qizil tugmani bosdim. Jin ursin u hozir qayerda ?!
- Yana menga sen ajoyibsan deydi, o'zi aslida meni bo'g'ib majburlab bo'sa olishdan boshqasiga yaramaydi. - uy ichida joylashgan kichik bar ustida ichimlik ichib o'tirishar ekan, Aera allaqachon mastligi sababli tinmay bir nimalarni ming'irlab shivirlashdan to'xtamasdi.
Aera: Bilasanmi yana nima azizim Mingyu. Jungkookni xotini bor edi. Uning ahmoq cho'risi meni deyarli foxishaga chiqardi. Meniya ?! Kimsan Kang Aerani !!!! Bundan ham yomoni meni oyim Jungkookning otasi bilan bir necha bor uxlagan. Onam foxisha bo'lgan bo'lsa men ham shunday degani emasku to'g'rimi ? To'g'ri ko'p erkaklar bilan aloqa qilganman, lekin hech birini sevmagandim. Aslida sevdim lekin aynan kimligini bilmayman. Jin ursin nimalar deyapman o'zi ? - peshonasini silagancha kulib yuborgan qiz o'zidan ko'zini uzmay qarab turgan Mingyuga qaradi.
- Seni eshitish yoqyapti. Istaganingcha gapirishing mumkin.. - dedi yigit qizdan ko'zlarini uzmay qarashda davom etib. Aeraning yuzidan tabassumi yo'qolarkan, bir zumda yigitning galstugini tortgancha lablarini qarshi tomon bilan birlashtirdi. Yigit qizni shahvat bilan o'pishni boshlashgancha nazoratni yo'qotdi.
U o'ylab o'tirmay bar stolidagi barcha shishani uloqtirar ekan, qizning belidan ko'tarib shu yerga o'tqizdi.
- Endi anniq dushman orttiraman. - hansiragancha lablarini tishladi yigit.
- Meni qondirolmasang ozim eng xavfli dushmaning bo'laman bolakay !!!