March 6

Vanilla

- 33 -

"Men qasosni tanladim. Chunki o‘tmishim qo‘llarimga qon tomchilari kabi yopishib olgandi. Har safar seni eslasam, yuragimda ikki xil olov yonadi: biri alam, biri mehr. Alam meni kuchli qildi, mehr esa zaif. Qasos olishni o‘rgandim, lekin unutishni o‘rganolmadim. Men seni jazolamoqchi emasdim, o‘tmishni jazolamoqchi bo'ldim. Sen esa o‘tmishimning eng qorong'u va eng og‘riqli sahifasi eding."

~


Yigitning qichqirig'i butun palata bo'ylab tarqadi. Hayot ko'rsatkichi pastlab borayotgan Aera qarshilik ko'rsatmasdi. Bundan battarroq jazavaga tushayotgan Kim, so'nggi bor barmoqlarini bor kuchi bilan siqib, so'ng qizni zarb bilan yotoqqa irg'itib yubordi.

Qirilib ketgan bo'ynini siqimlagan ko'yi tinmay yo'talayotgan qizning yuzida hali ham achiq bo'lsada mazxaranomus kulgu mavjlanib turadi.

- Nima, sendek iflosdan farzand ko'rishga rozi bo'ladi deb o'ylaganmiding ?! - dedi Aera butun hayotini o'rtaga tikkancha hech narsadan hayiqmay.

Shu on Taehyungning daxshatli nigohi yerdan uzilib yana qizga qadaldi. Jag'lari haddan tashqari qattiq siqildi. U chidolmadi. G'azabdan yonardi. Deyarli ikki qadam bilan qayta yotoqdagi qizning qarshisida daxshatli tarzda paydo bo'ldi va bir urunishda sochini siqimlab o'ziga qarashga majburladi.

Taehyung: Seni o'ldiraman !!! ESHITYAPSANMI, BURDALAB TASHLAYMAN SENI !!! - Taehyung o'kirgan sari qo'li ostida siqimlab turgan sochni teparoqqa tortqiladi. Qizning boshi og'riqdan uvushib ketgan bo'lsada ovozini bazo'r tiyib o'tirar, qattiq bosimdan qiynalsa ham yuzini burushtirib, yigitning qo'liga yopishishdan boshqa narsa qilmasdi. Joni og'risada baqirmadi. Ichiga yutishga urindi.

Taehyung: BULARNING HECH BIRIDA HALI TUG'ILMAGAN BOLAMNING AYBI YO'Q EDI !!! SEN QILGAN GUNOHLARGA, MEN QILGAN GUNOHLARGA UNING DAHLI YO'Q EDI !!!

Butun Koreyani zirqiratgan insonning ovozi shu nuqtada zaiflikka yuz tutib titrab ketdi. Aynan shu soniyada tanasi ham bostirib bo'lmas titroqqa duchor bo'ldi.

Shu vaqtgacha kim Kim Taehyungning ismiga duch kelgan bo'lsa o'ylab ham o'tirmay uning la'natiga duchor bo'lganini anglab yetardi. Har qalay Taehyungning o'zi shunday deb o'ylaydi. Ammo endichi ? O'zi hayotning bardosh berib bo'lmas qarg'ishiga uchradimikan ?

Bir zum jim bo'lib qolgan yigit yana o'zini bosishga urindi. Qizning sochlaridan qo'lini olgancha xonaning boshqa bir burchagiga o'zini urdi. Qanchalik o'zini jilovlashga urinmasin, qiz bunga qarshi ravishda Taehyungning ayovsiz va shavqatsiz tomonini uyg'otishga butun vujudi bilan qasamyod qilgandek qattiq kirishgandi.

Aera: O'ldir !! Bolangni o'ldirganim uchun meni jazola Taehyung !!! O'LDIR MENI !!! Shuni istaysanku to'g'rimi ?!!

- OVOZINGNI O'CHIR DEYAPMAN !!! - devorni titratib yuboradigan darajada o'shqirdi yigit bor alamini shu devordan ola boshlagan ko'yi. Ketma ket devorga butun to'plangan alami bilan musht tushirarkan bo'rtgan suyaklari hatto qonab ketgandi. Shunda ham to'xtamas, achchiq ko'zyoshlarini sezdirmay turolmadi.

Taehyung: Jin ursin barini !!! Jin ursin !!

Qarshimdagi yigit butun vujudi bilan tamom bo'lganini ko'rish, meni bunchalik zavqlantiradi deb o'ylamagandim. Menga nima qilishi mumkunligidan ham ko'proq uni asabiylashtirish barchasidan ham muximdek tuyilardi menga. U bor ovozi bilan o'shqirib meni qanday parchalab tashlagisi kelayotganini bu devorlar orqali ko'rsatardi go'yo. Devor dars ketgan, qon oqib turardi. Men indamay labim chetida mamnun tabassum bilan buni kuzatardim. Yoqimli.. Kim Taehyungni vayron qilish haddan tashqari yoqimli.

O'rnimdan turdim. Hech narsadan hayiqmay o'zini yo'qotib qo'ygan yigitning oldiga bordim.

- Bas qil.. va meni olib ket. - past ovozda bergan buyrug'im tinmay hansirayotgan Taehyungni qandaydir tarzda tinchlantirgandek bo'ldi shekilli chuqur chuqur nafas olgancha devorga suyanib qoldi.

- Seni ko'rishga toqat qilolmayman. - so'zida bir soniya to'taldi u. - Londonga ketasan. Bugunoq. - yigit holsizlik bilan ovoz chiqardi, ter bosgan sochlari berkitishni eplay olmayotgan ko'zlarini chuqur yumdi. Buni umuman kutmagan Aera esa lablarini tishlagancha kinoyali tabassum qildi.

- Qanday ajoyib. - yuzini yonga burgancha lablarini asabiy yalab qo'ydi qiz. - Minnatdorman, sev-gi-lim !! - keyingi soniyada Taehyungning yanog'iga lablarini bosgan qiz, ko'zlarini so'ngan nigohdan uzmagancha xonadan chiqib ketdi.

Taehyung batamom baridan o'chib qolgandi. Shunchaki o'ziga kelib olishi uchun biroz vaqt kerak. Aera xonadan chiqib yo'lak bo'ylab yurarkan, hozir bo'lgan qaltis voqealar haqida yana bir bor o'yladi. Biroz avval ishonch bilan yuzini bezagan tabassumi yo'q. Ma'sum qiyofasini tiklab oldi.

Aera: Buni avvalroq qilishim kerak edi..

Time skip.


Mashinada uni qancha kutdim bilmayman. Tahminan bir soatdek tuyildi. O'zimni uxlab qolmaslikdan bazo'r tiyardim. Bo'ynim hali ham achishsada hech biridan afsuslanmasligimni hech bo'lmaganda ichimdagi ojizlik biladi. Bunga arzishimni, hatto bundan battarrog'i bo'lishiga ham tayyor bo'lganimni yolg'iz u biladi. Taehyung kelib rulga joylashdi va uyga ketgunimizcha g'ing demadi. Jin ursin, menga yana nima deyishi kerak o'zi ?! Lekin... uni bunchalik kuchsiz ko'raman deb o'ylamagandim. U shu vaqtgacha hech qachon ko'z yosh to'kmagan. Hech qachon..

Uyga kelganimizda mashina to'xtadi. Kim meni kutmay eshikni zarb bilan yopgancha uyga kirib ketdi. Men bir soniya jim qoldim va shu la'nati mashinani tark etib xonamga ko'tarildim. Endi xonam deyishim to'g'ri bo'ladimi ? Kim Taehyungning uyida endi mening bir qarichlik bo'lsada o'rnim qolmaganiga ishonchim komil.

Yotog'imga qaradim, ko'zguga, deraza va shkafga.. bularning bari xotira edi. Voz kechishim to'g'ri bo'ladigan xotira..

Yana o'sha kelgindi ekanimni doyim eslatib turadigan chamadonimni oldim va narsalarimni birin ketin joylay boshladim. Tumba ustida turgan telefonni yana ko'rganimda qoshlarim asabdan chimirilib ketdi. Men o'ylab ham o'tirmadim, qo'limga oldimda derazadan butunlay uloqtirib yubordim. Endi hayotimda na Kim Taehyungga, va na Jeon Jungkookka o'rin bor. Ikkisi ham o'ldi men uchun. Ishimni yakunlagach ust boshimni o'zgartirib tayyor holda pastki qavatga tushdim.

Taehyung divanda o'tirardi. Sokin, hotirjam. O'zimni shunchalik g'alati his qilyapmanki, tomirlarimdagi har tomchi qonim qotib qolgandek tuyulardi go'yo.

- Ketamizmi ? - hissiz va beparvo bo'lib qarshisiga chiqdim. Lekin u menga hatto qaramadi ham. Jim turishda davom etdi. Huddi skunatda jang qilayotgan yolg'iz jangchi kabi.

- Senga faqat bitta savol beraman. - birdan bo'g'iq ovozda gapirishni boshladi Taehyung. Men qoshlarimni kinoyali yuqorilatdim. Nima deyishiga qiziqdim. Qaddimni rostlab sekin uning qarshisidagi divanga joylashdim.

Taehyung: Nega bunday qilding ? - dedi bu safar ko'zlarimga qizarib ketgan charchoqli nigohini niqtab. - Nima uchun bolamizni qurbon qilding Aera ? Shunchaki bir sabab ayt..

Ichim achishib ketdi. Yuragim shu qadar buralib og'ridiki, bo'g'zimga qadalib turgan og'irlik meni gapirtirmadi. Nima dey ? Sendan qasos olish uchun deymi ? Yoki bo'lmasa ona bo'lishni istamadim deymi ? Shunaqa qabih insonni sevding, endi chida deymi ? Bilmayman. Bu holatda nima deyishni umuman bilmayman !! Lekin aytishim kerak !! U bilishi kerak !! U hali ham mendan javob kutardi. Labimning bir qimirlashiga zordek intizor bo'lardi, jin ursin.

- Shunchaki.. men.. men bilmayman. Shunchaki qo'rqib ketdim. Daxshatga tushdim. O'zimni bu bola bilan tasavvur qilolmadim. Men ona bo'lolmasdim Taehyung. Sen esa buni tushunmading. Meni majburlading. - ichimni yorib yuboray degan so'zlarimni aytdim.

U tushundim degandek pastki labini qimtib bosh irg'ab qo'ydi. Lekin bizning suhbatimiz tugamagandi.

Taehyung: Agar qorningdagi bola Jungkookniki bo'lganda ham shunday qilgan bo'larmiding ?!

Bu safar o'tirgan joyimda qotib qoldim. Ko'zlarim kattalashib ketdi. Uning savoli meni shoshirib qo'ygandi.

Taehyung: Agar Jungkookdan homilador bo'lganingda bolani dunyoga keltirarding. Chunki Jeonni sevasan. Hatto eng boshidan uni sevgansan. Shundaymi ?!

Yana indolmadim. Uning har bir so'zi rad etib bo'lmas darajada to'g'ri edi, hatto bundan siqilib ketishni boshladim. Nafas yetishmasligi sababdan o'pkamni to'ldirib havo yutdim.

- Sen ichingni shu darajada yeb bitiryapsanki, ko'zingga hech ham o'zing qilgan ishlaring ko'rinmayapti Taehyung. Qachongacha la'nati yo'qotishlaringga boshqalarni ayblab kelasan hayronman ?!

Taehyung: Chindan aybing borligini tan olmaguningcha Kang Aera !!

- Unda juda uzoq kutasan shekilli. Ko'rib turganingdek hech ham o'zimni ayblaydigan ahvolda emasman. Men doyim suvdan quruq chiqqanman va shunday davom etaman. Aybdorlik hissi menga begona !! Kimligimni unutma azizim !! - Taehyung meni chindan taranglashtirgandi. Yuzimda g'olibona tabassum bilan o'rnimdan turdimda chamadonimni sudragancha qaddimni ham boshimni ham mag'rurlarcha tik tutib eshikdan chiqdim.

Men bu eshikni g'ururimni oqlagan holda hatlab o'tdim. Qarzimni uzdim. Ba'zilar yerga toptagan o'sha g'ururim bilan o'zlarini ezg'iladim. Buni uddaladim.

Taehyung bilan ketishga toqatim yo'q edi. Jaehyukka qo'limdagi yukni topshirib, o'zim uning mashinasiga joylashdim. Yigit ham indamay o'z ishini bajarib rulga o'tirdi. Bu yerdan Seoul aeroportigacha ancha uzoqroq yo'l. Mashina o't olishi bilan men o'tkir ko'zimni eshikka qaratdim. Ikkinchi qavat derazasiga qaradim. Bu yer menga butun umrga yetgulik dars berdi..

Aera yengil nafas chiqargancha tanasini bo'sh qo'ydi. Qancha shunday o'tirganini eslolmaydi. Hotirjam va xavfsiz. Lekin allaqachon yarim yo'lni bosib o'tishgandi. Quyoshning nurlari osmonni asta tark etgan. Hira shira nur ko'rinadi.

Rulda ketayotgan Jaehyuk shuncha narsani guvohi bo'lsada, nimadir deyishga botina olmadi. U gapirmoqchi bo'lganini Aera sezdi. Chunki yigitning ko'zi ora sirada old oynadan qizni kuzatardi.

Jaehyuk: Men aslida Janob Kangning yordamchisi bo'lganimni bilasiz Kang xonim. - oxir oqibat manzilga oz qolganida chidolmay so'z boshladi yigit. - Shunday ekan siz men uchun boshlig'imning qizisiz, Taehyung esa boshlig'im bo'ysunishimni buyurgan inson. Nima demoqchi bo'lganimni tushundingiz to'g'rimi ? ( Hech kim tarafda emasman. - demoqchi. )

- Ha. - qisqa javob qildi Aera.

- Modomiki tushungan ekansiz, so'nggi bor holis inson sifatida sizga aytishim kerak bo'lgan gapim bor. - qizning ko'zlari kengaydi. Jaehyuk ham nim tabassum bilan old oyna orqali qizga qaradi. - Siz hech narsaga aybdor emasdingiz Kang xonim...

Shu so'zlarning o'zi yetarli bo'ldi. Samimiy so'zlar.. yengil kulgu bilan nafas chiqargan qizning ko'zlari yoshlanib ketdi. Yuragi shunchalik qattiq urib ketdiki, huddi u shu vaqtgacha faqat shu so'zlarga muxtojlikni his qilgandek.

- Raxmat Jaehyuk.. - shivirladi ko'zidan oqqan tomchini kafti bilan artib tashlagancha. - Katta raxmat.. minnatdorman..

Manzilga yetib kelgan mashina, gavjum joydan biroz chetroqda to'xtadi. Qiz sumkasi ichidan qora ko'zoynagini olib taqdida, mashinadan tushib aeroport ichiga kirib ketdi. Baridan xabardor ishchilar Aeraning oldida tipirchilagan ko'yi, qizni hech qanday ortiqcha tekshiruvlarsiz shaxsiy samolyot tomon olib borishdi.

- Janob Kim allaqachon ichkarida. Yuklaringizni joyladik Kang xonim. - ta'zim qilgancha mulozamat ko'rsatayotgan ishchiga e'tibor qaratmagan qiz samolyotning uzun zinalaridan tepaga ko'tarildi. Ichkariga qadam qo'yarkan, bu yer havo uchun mo'ljallangan transportdan ko'ra ko'proq to'la bir uyga o'xshashiga guvoh bo'ldi.

- Haddan tashqari bachkana !! - dedi o'ziga o'zi, ulkan divanga tanasini bor og'irligi bilan tashlagan ko'yi.

- Huddi senga o'xshaydi. - qayerdandir hotirjam eshitilgan so'zdan qoshlari chimirilib ketgan qiz boshini ko'tarib atrofga qaradi va uchuvchi kabinasidan chiqayotgan yigitga duch keldi.

- Qaysi jahannamdan paydo bo'lding, jin ursin !! - yana qayta hafsala bilan boshini yostiqqa tashladi qiz.

- Jungkook kecha Londonga ketganini eshitdim. Xabaring bormidi ? Axir xabarlashib turasizku ?! - qo'liga planshetini olib kresloga o'tirgan Taehyung kinoya bilan gapirdi.

Jungkook ?! London ?! Qanday qilib ?! Aera bir nuqtaga termulib qoldi. Hayolida boshlangan majlis sekin asta g'alayon bo'lishidan darak berardi. U bir necha hafta avval Jeonga homiladorligini aytdi. Baxtli yashayotganini ta'kidladi.

- Men unga aytib bergandim !!! Ming la'nat !!

- Bilaman. - labi chetida kulib qo'ydi Kim.

- Nimani bilasan ?! - qiz asabiy tarzda ovoz ko'tararkan, qaddini tiklagancha Taehyungning mazxaboz kabi ko'rinayotgan yuziga nafrat bilan chuqurroq qaradi.

- Xabar berishlaricha u hali Londondagi uyga yetib bormagan. - Taehyung yana mavzudan qochishga urindi. Ko'zlarini planshetidan uzmay gapirar ekan, uning bu qilig'idan jig'ibiyron bo'lishni boshlagan qiz o'rnidan turdida yigitning qarshisiga kelib planshetini qo'lidan sug'urib oldi.

- Men bu yerda havotirdan o'lay deyotgan bir vaqtim sen qanday qilib bunday bamaylihotir hujjatlaringga termulib o'tirishing mumkin ?!!! - bor ovozi bilan qichqirib yuborgan qiz, qo'lidagi planshetni ichimliklar taxlanib turgan kichik bar tomon uloqtirib yubordi. Atrofni bir zum shishaning singan tovushi egallarkan, qizning bu harakatidan jag'lari qisilgan yigit yeb qo'ygudek ko'zlarini, allaqachon qizara boshlagan Aeraning nigohlariga tahdidli tikdi.

- O'zingni kim deb o'ylayapsan ?!! - o'rnidan turdi Taehyung. Ko'ksidan kelib turgan qizning peshonasiga ko'rsatkich barmog'ini niqtarkan, yuzini pastroq eggancha nafasini qizning yuziga urilishini ta'minladi. - Endi menga hech kim emassan vanilla !! Buni juda yaxshi anglading deb o'ylagandim !!! - niqtab turgan barmog'iga bosim berib, Aerani peshonasidan mazxaralagancha ortga itardi. Qiz o'zga bosim bilan ortga tisarilgan boshini tiklamay shunchaki asabiy tarzda peshonasini silab kulib yubordi.

Aera: Vanilla ? Yanami ? - takrorladi u qosh uchirgan ko'yi. - Axax jin ursin seni, la'nati iflos !!! - qiz ikkilanib o'tirmay birdaniga qarshisidagi maxluqning yuziga tarsaki tushirdi. Ancha qo'pol, ammo qattiq shiddat bilan. Tarsaki ta'midan rohat olgandek bo'lgan yigit yuzini ushlagancha labi chetini yalab qo'ydi. Uning yuzida paydo bo'lgan o'sha kinoyali tabassum.. tobora barini qiyinlashitirib borardi.

Aera: Seni o'ldiraman Kim Taehyung !!! - Aera tishlari orasida vishillab yubordi.

- Chindanmi ?! - yigit shundoq ham burni tagida turgan qizni qo'rqitish maqsadida oldinga shahdam qadam tashlay boshladi. Aera orqaga tisarilgan sari u shuncha bo'ynini eggancha atayin yanada yaqinlashaverardi.

- Nima deb o'ylaganding ?! Shuncha ishdan keyin senga indamayotganim ustimdan hukmronlik qila olishingni anglatadimi ?! Sen hech narsaga aqli yetmaydigan bir go'l qizsan holos. Nima sen hozir chindan sen uchun Londonga boryapman, sen uchun onangni himoyam ostiga oldim deb o'ylaysanmi ?! Qo'ysangchi vanilla ?!

- Unda nega ketyapsan ?! Yoqol !!! Daf bo'l la'nati !!!

- Bu oilaviy masala azizam. - dedi u qizning quloqlari ostida shivirlab. - Aralashmaganing ma'qul. - Kim so'nggi so'zlarini aytib qizdan uzoqlashganidan so'ng Aera to'xtab qoldi.

Demak Jungkook bilan bu iflosning qiladigan boshqa ishi bor ?! Nima.. nima bo'lishi mumkin ?

- Unga nima qilmoqchisan ?! - nogahon tilidan chiqib ketgan so'zlarni bir zum nazorat qilolmay qoldi Aera. Jag'lari qisilgancha, asabdan bo'yin tomirlari bo'rtib ketgan yigit ortiga o'girildi.

- Senga nima?! - baqirib yubordi Taehyung ovozini boricha ko'tarib. - Asabimni o'ynama Aera !! Ovozingni o'chirib jim ket yoki oynadan seni qanday uloqtirib yuborishimni tomosha qilasan !!

Men ortiq indamay qo'ydim. Uning to'ng'illagan tovushi yoki bo'lmasa hayvondek tutgan atvori sabab emas. O'ylanib qolganim tufayli.. Nega gap Jungkook haqida ketganida yuragim boshqacha, havotirdan jizillab urib ketdi? Taehyung unga nimadir yomon ish qiladi deb o'yladim. Bu meni har narsadan ham ko'proq siqib qo'ygandi. Indamay joyimga o'tirdim. Toki samolyot Angliya, Londonning asosiy aeroportiga qo'nmaguniga qadar.

~


"Ba’zan o‘zimdan so‘rayman: bu nima o‘zi, sog‘inchmi, odatmi yoki sevgi? Seni ko‘rsam yuragim g‘alati uradi, ko‘rmasam nimadir yetishmaydigandek bo‘ladi. Lekin baribir aniq ayta olmayman.. bu hisning nomi nima? Balki sevgi shunaqa bo‘lar. Inson uni his qiladi, ammo tan olishga yuragi hali tayyor bo‘lmaydi."


Uchuvchi kabinasi tepasidagi mikrafondan yerga qo'nayotganimiz haqida xabar keldi. Nahotki men vatanimga qaytgan bo'lsam.. Ichimdagi hayajon shu darajada meni boshqarib turardiki, bu hislarni ta'riflashga butkul ojiz edim. Hech o'ylamagandim. Oyimni.. uni sog'inaman deb.. Bu ayol hayotim davomida men eng ko'p nafratlangan insonim edi. Undan qochish uchun qo'limdan kelganini qilardim. Kechalari uyga kelmasdim.. yoki ertalabgacha do'stlarim bilan sang'ib yurardim. Lekin hozir vaziyat butkul o'zgargan. Uning ahvoli yaxshiligini, tirik ekanini ko'rishim kerak. O'z ko'zlarim bilan.

Biz qo'ndik. Samolyot eshiklari ochildi va men birinchilardan bo'lib uzun zinalardan tushdim. Osmon bulutli edi. Doimgidek nam havo massasi sochlarimni ortga uchirdi. Men ko'zimni yumdim va etimni biroz junjiktirgan sovuqlikni butun vujudim bilan his etdim. Endi baridan rohatlanib yuzimga tabassum yugurgan ham ediki, yelkamdan qo'pollarcha turtib ketgan yigit sabab yiqilib tushishimga bir bahiya qoldi.

- Tezroq yur !! - hissiz, qo'pol ohangda pastga tushib ketgan bu ablah yana men bilan birma bir olishishni boshladi. Uni jahli chiqyapti. Mendan. Bizdan.

Lekin nima bo'lgan taqdirda ham tez unutgandek bo'ldi. Bolamiz o'lganini, unga qilgan bu shavqatsizligimni juda tez unutdi.. va bari sohta bo'lganini yana bir bor isbotladi. Ortidan tushib biz uchun mo'ljallangan avtobusga chiqdik. (Aeroport maydonidan markaziy binogacha olib borib qo'yadigan avtobus.) Tashqariga chiqish uncha ko'p vaqtimizni olmadi. Ulkan binodan chiqishimiz bilan gavjum bo'lgan London yana meni kutib oldi. Qanday ajoyib. Ortimda turgan Taehyung bir zum telefoniga nazar tashlab qarshimga chiqdi.

- Sen mana bu mashinaga o'tirasan. - dedi ikkita bir xil qora mashinadan birini ko'rsatib. Men unga ensamni qotirgancha qo'limdagi yukimni "ko'tarasan" degandek tashlab ketdim. Huddi u bilan ilk bor uchrashganimizdek. Bu la'nati o'sha vaqt ham men bilan o'ynashishni haddan tashqari yoqtirardi.


Flashback. (1-qism.)

Airaportda bir necha daqiqadan beri turibman. Qo'limda kichik jamadonim men uchun og'irlik qilardi. Hamma narsaga yon bosishim mumkin. Lekin mas'uliyatdizlikka chidolmasdim. Atrofimga qaradim. Haqiqatdan ham gavjumlikdan boshqa narsa yo'q edi. Ammo soniya ichida e'tiborimni tortgan bu soat.. Men uni tanidim va o'sha insonni chaqirishga urindim.

- Hey. - qiz joyida turib o'sha erkakka ishora qildi. - Men Kang Aeraman. - javob olmagach balandroq ma'lum qildi.
Ko'tarilgan qoshlar va hayratga tushgan ko'zlar.. Qiz unga yaqinlashayotgan insonni payqab kiyimini o'z o'rnida to'g'irlab qo'ydi.

- Kang Aera ? - savol nigoh bilan qosh chimirdi yigit.

- Huddi o'zi.. - qiz ortiqcha mulozamatsiz yuklarini yigit tomon surdi. - Tezroq yura olamizmi ?! - dedi hech qanday javob kutmay, allaqachon chiqish eshigi tomon yo'nalib. Yigit esa o'z joyida shunchaki qora rangli jamadonga hayrat bilan tikilib qoldi holos.

Oradan 5 daqiqa o'tar o'tmas Aeroport eshigidan yuk bilan o'sha yigit chiqdi. Buni asabiy kutib turgan qiz yigitning bu darajada hotirjamligidan asabiy havo chiqardi.

- Menga qarang janob. - dedi qiz yigitni o'ziga qaratib. - To'g'ri Seulni yaxshi bilmasligim mumkin. Lekin Koreys tilida ancha tushunarli gapirdim to'g'rimi ?! - bu safar aniq qizning ko'zlaridan o't chaqnardi. Erkak qizga zimdan tikilib, ohista boshini qimirlatdi.

- Marosimga kechikmasligim kerakligini bilasiz.. nega meni noqulay holatga tushiryapsiz ?!

- Vaqtida yetib borishimizga ishonchim komil. - u o'ziga qattiq ishongan holatda gapirdi va mashinasini olib kelish uchun mashinalar turar joyi tomon ketdi.


Comeback.

Labim chetida g'olibona tabassum bilan Kim Taehyungga qarab bir ko'zimni qisib qo'ydim. U aytgan mashina qarshisiga kelib eshikni ochganimda... yo'q..

Mashina eshigini yaxshi kayfiyat bilan ochgan qiz, ichkarida o'tirgan erkakning qiyofasini ko'rishi bilan ustidan muz solingan chelak to'kilib ketgandek qotib qoldi. Butun vujudi titrab ketarkan, nafasiga tiqilib qolgancha bir qadam ortga tashladi.

- O'tir !! - buyruq berdi erkak oldidagi o'rindiqqa ishora qilib. Qiz tez tez yo'q degancha bosh chayqarkan, ortiga.. Taehyungga umid bilan "iltimos" degandek iltijo bilan qaraganida yigit e'tiborsiz ravishda o'zining mashinasiga joylashdi.

Davomi bor...

Keyingi qism uchun 500+ reaksiya va ko'p fikrlar kutaman. O'qib bo'lgan bo'lsangiz qo'llab-quvvatlash uchun postga reak bosib comment qoldirib keting.

Author: Reina Kim.
Gold fanfics.