April 23

Vanilla

- 11 -

- Ortiqcha ahmoqgarchiliklar shart emas. Menga qog'ozni uzatib yubor. - qiz o'zini odobsiz ko'rsatgancha Jungkook tomon buyruq berdi. Yigit labi chetida kulgan ko'yi, qoshlarini chimirib qizga qat'iy nigoh bilan qaradi.

- Davom eting rohib. - ko'zlar Reinaga, so'zlar esa rohibga qaratilgandi. Erkak esa nima qilarini bilmay ancha dovdirab, bir biriga nafrat bilan qarab turgan kelin kuyovga nimadir deyishga jur'at etolmasdi.

- Men shunchaki imzo qo'ysam bo'ldi dedim !! Nahotki mening hoxishlarimni bo'lajak erim e'tiborsiz qoldirsa ? - qoshlarini ko'tarib kinoya bilan gapirgan Rei Jungkookning qiyofasidan zavq olishga urinardi.

- Sening hoxishlaring boshidanoq e'tiborsiz bo'lgan, Hwan Reina !! Shunday ekan otajoningni uyaltira ko'rma. - oddiy, kutilmagan ohang. Qiz yigitning so'zlarini tinglagancha ko'zini otasiga qaratdi. Hwan Geoksu.. u qiziga qarab, "unday qilma." degandek boshini ikki yon tomon qimirlatdi. Qiz alamdan tabassum qildi.

- Yaxshi. Istaganingni qil. Mendan hech narsa kutma. Javob bermayman. Rohib o'zi bilib ishini qilsin !!

- Aksincha.., sen javob berasan. - yana o'sha tanish bo'lgan qat'iylik. Qiz qonga to'lgan ko'zlarini yana yigitga qadaydi. Bu o'ta g'alati, sharmandalik.. - Boshlashingiz mumkin, Janob. - atayin qilgandek buyruq berdi Jeon.

- Hwan Reina xonim, siz Jeon Jungkookga turmushga chiqishga rozimisiz ? U bilan har qanday holatda ham birga bo'lishga, uni doimiy ravishda rafiqa sifatida qo'llab quvvatlashga va turmush o'rtoq sifatida qabul qilishga rozimisiz ?

Bu so'zlar.. bu joyda, bu inson bilan birga aytilishi kerak emasdi. Zal to'la mehmon, qizning dugonalari qichqirishi bilan to'la bo'lishi kerak edi. U qo'lida gul ushlab, uni dugonalari uchun orqasini o'girgan holda uloqtirishi, barchadan go'zal tilaklarni eshitishi kerak edi.. Lekin.. yo'q !! Bunday bo'lmadi, uning kelajagi qo'shtirnoq ichidagi insonlar tomonidan o'g'irlandi.

Qiz miyyasida shu hayollarni aylantirdi. Nigohlari og'ir, so'lg'inlashgan.. endi u rohibga qaragancha, ancha qayg'uni tushuntirishga urinadi.. bir necha soniya o'tdi. Jungkook bezovtalanib Reinaga qaragan ko'yi, chuqur tomoq qirib qo'ydi.

- Roziman. - o'ta past, hatto eshitish mushkul bo'lgan ovoz va yigitning yuzida paydo bo'lgan mamnuniyat.. bu ikkisi bir biriga shunchalik uzviyki, roziliksiz Jeonning yuzida mamnuniyatni yaratish mumkin emasdi.

- Janob, Jeon Jungkook, siz Hwan Reina bilan turmush qurishga rozimisiz ? U bilan har qanday holatda ham birga bo'lishga, uni doimiy ravishda er sifatida qo'llab quvvatlashga va turmush o'rtoq sifatida qabul qilishga rozimisiz ?

- Roziman. - bu ovoz ishonchsiz chiqganiga qaramay, uzoq kutilishsiz bo'ldi. Rohib ko'zidagi ko'z oynagini yechib, yosh kelin va kuyov tomon hujjatdan boshini ko'tardi va yuzida mayin tabassum paydo qildi.

- Demak ikkingiz ham hech kimning majburlashlarisiz rozi bo'lsangiz, o'z vakolatimdan foydalangan holda hujjatga muhr qo'yib, sizni er va xotin deb e'lon qilaman. - dedi erkak, qo'lidagi uncha kichik bo'lmagan muhrni qog'ozga bosgancha. - Tabriklayman, Janob Jeon, Jeon xonim. - u qarshisidagi har ikki insonga yuzlanib, tabrikladi, hamda voqea joyini tark etdi.

- Otang bilan hayrlash.. u ishini bitirmagunicha ko'rishishingiz mumkin emas. - past ovozda ogohlantirish berdi yigit.

- Yaxshi. - qiz rozilik alomati sifatida qo'li orqali aravachasini harakatga keltirdi. Bir necha qadam uzoqroqda turgan dadasining oldiga bordi.

- Qizim.. - aybdorlik hissi orqali ovoz chiqargan Janob Hwan, egilib Reining peshonasiga lablarini bosdi. - Iltimos, sabr qil..

- Hammasi yaxshi.. dada. - dedi u hotirjamlik bilan. - Faqat bir iltimosim bor. Sena.. u ham men bilan birga ketsin. - Janob Hwan biroz sukut saqladi.

- Jungkook bunga qarshi bo'lmasa, albatta uni yuboraman. - rozi bolish alomati sezilardi.

- Undan hozir so'ray olasizmi ? - ... yana bir necha soniyalik sukut.. Erkak chuqur nafas olib chiqardi. Ko'zlari sekin, o'zidan biroz uzoqroqda Reinani kutib turgan yigitga tushdi.

- Jungkook, bir soniyaga qarab yubor o'g'lim. - so'zlarini eshitgan Jeon, ikkilanmay qaynotasining oldiga bordi.

- Bizda Sena ismli hizmatkor qiz bor. U doim Reining oldida bo'lgan, ya'ni qizim unga o'rgangan. - gapni qisqa qilgan Geoksu aniq maqsadini tushuntirmoqchi bo'ldi. Bu esa yigitga allaqachon tushunarli bo'lgandi. U bir qoshini uchirib hafsala bilan erkakka tik qaradi.

- Uyimga josusni o'zim kirgizishim kerakmi ?! - dedi, biroz havotirli ohangda. - Bizning hayotimizga 3-shaxsning keragi yo'q Janob. - inkorlik, qarshilik.. Jungkook o'zi istasada bunga rozi bo'la olmasdi. U hammasidan ko'ra ko'proq kelajakni o'ylashi kerak.

- Unda shaxsiy ishlarimda o'zing yordamlashasanmi ?! - oraga Reina o'zining shiddati bilan suquldi. Ikki insonning ham ko'zi unda edi. - Ko'rib turganingdek bu aravacha mening doimiy hamrohim va menga istalgan vaqt yordam kerak bo'ladi.

- Unga to'liq ishonasanmi ? - jiddiy savol berdi Jungkook.

- Istasang uydan chiqarma. Oldimda bo'lsa bo'ldi.

- Yaxshi. - tez rozilik bildirgan Jungkook sekin qizning yuzi tomon egildi. - Buni ilk va ohirgi iltimosing deb qabul qilaman. Agar unda nimadir noto'g'ri ekanini sezsam o'ylab o'tirmay peshonasiga o'q joylashimni unutma !! - past shivirladi u, faqat qiz eshita oladigan darajada. Rei ham javoban bosh irg'itdi, chunki o'ziga bo'lgan ishonchi baland edi.

- Uni bugunoq yuborishingiz mumkin Janob. Umid qilamanki, ikkimiz ham istagan narsamizga erishamiz. - dedi yigit Janob Hwanga qo'l uzatish barobarida. Erkak ham sohta tabassum bilan qarshi tomon qo'lini siqib qo'ydi.

- Ehtiyot bo'l. Kimning nozik tarafi Kang Aera ekanini aytding. Sening ham nozik nuqtang Rei bo'lmasligini ta'minla. Uning sochidan bir tola ham to'kilmasligi kerak.


Atrofni yorug'lik qopladi. Ochiq deraza sabab yengil shamol xonani egallagandi. Yelvizak tufayli eti junjikib ketgan Aera uyg'onib ketdi. Ko'zlarini sekin ishqalar ekan, istamagan holda o'rnidan turib ochiq qolgan derazani yopib, yana o'zini yotoqqa tashladi.

Lekin.. kecha kechqurun derazani o'zi qulflagani esida.. xonasiga Taehyung kirgani shu soniyada bilindi. U kirib derazani ochib ketgan.

Qiz ko'zlarini katta katta qilib ochdi. Kechagi bo'lgan hodisani o'ylab yuziga tabassum yugurar ekan peshonasini silab qo'ygan ko'yi, tabassumini yashirish maqsadida lablarini yengil tishladi.

- Jin ursin, kecha hech qanday burbonsiz ham mast bo'ldim. - pichirladi qiz. U yana kuladi. Bu safar tovush bilan.

U shoshilmay o'rnidan turdi. Qo'l telefonini izlar ekan, kecha Jungkookning uyiga borgan vaqt uni sumkasida qoldirganini esladi.

Javondan kecha foydalangan sumkamni oldim. Ichiga qo'limni suqib telefonimni izladim. Qo'lim qandaydir metalga tegib ketar ekan, bu sovuq harorat tomirlarimdan o'tib butun tanamga tarqagandek bo'ldi. Ohh yo'q, men qanday unutishim mumkin edi ? Bu fleshka !

Uni oldim. Ammo nega bu yerga qo'yganimni eslay olmayapman ?! Yoki o'sha vaqt o'zimda bo'lmaganim uchunmi ? Hullas bu hozir muhim emas, uni Taehyungga ko'rsatishim kerak. Menimcha u hursand bo'ladi.

Ikkilanib o'tirmay pastki qavatga tushdim. Chunki u bu vaqtda uyg'oq bo'lishini bilardim. Hayot tarziga tez o'rganyapman shekilli.

O'ylaganimdek u oshxonada.. qahva mashinasi qarshisida qahvasini tayyorlardi. Men yaqinlashdim.

- Hayrli tong. - birinchi so'z boshladim odatiy ohangda. U menga ko'z qiri bilan qarab qo'ydi. Bu g'ashimga tegayotgandi.

- Senga ham. - oddiy javob qaytardi u. Men kayfiyatimni tushirmasdim. Chunki Kim Taehyung muhtoj bo'lgan narsa aynan mening qo'limda. Uni hali istaganimcha yalintirishim mumkin.

- Hulls Kim Taehyung, senga bir narsa ko'rsatsam.. haligi.. menga nima berasan ? - men ahmoqman. Nima deyotganimni ham tushunolmay qoldim.

- Ertalabdan mastmisan yoki isitmang bormi ? - g'alati ifoda bilan menga yuzlangan yigit odatiy holdek gapirdi.

Lekin men buni qabul qila olmayman. Chunki chindan arosatda qoldim. Aytgim ham kelyapti, aymaslikni ham istayman, aysh. Chindan shaytonligim tutmasidan unga buni ma'lum qilishim kerak.

- Bunga bir qara.. - orqaga berkitib turgan qo'limni oldinga ko'tardim. Fleshka uning ko'zlari oldida, juda yaqin turardi. Taehyungning ko'zlari kattalashdi. Sezishim bo'yicha uni hayajonga sola oldim.

- Nega menga topganingni aytmading ?! - talabchanlik bilan so'roqladi u. Qo'llari qimirlashni boshlaganini sezishim bilanoq fleshkani olib qochdim. Ushlashga ulgurmadi.

- O'zim ham eslolmagandim. Lekin sumkamni tekshirsam uni topdim. - bir ikki qadam uzoqlashib gapirishda davom etdim. - Ho'sh evaziga nima bermoqchisan ?!

- Song oilasi haqida ma'lumot. Ularni tayyorlaganman. Endi esa fleshkani ber !! - yana buyruq bilan qorishgan talabchanlik.. Hech bo'lmaganda hozir men ustun ekanimni tan olib, ko'nglimga qarasa bo'lardi, kalandimog'.

- Ma'lumotlarni shundoq ham berasan.. men bu fleshka uchun qancha harakat qilganimni bilasanmi o'zi ?!

- Nima istaysan Aera ? - dedi ancha asabiy hotirjamlikda. Ya'ni asabiy ekanini ko'rsatmaydi, ammo chimirilgan qoshlari buni sezdirib qo'yardi.

- Vanihoyat maqsadga o'tamiz. Demak men nima hoxlayman ?.. - atayin uni yanada asabiylashtirish uchun o'zimni jinnilikka solgandek shiftga tikilib turdim. - Ha ~ topdim !! Men undagi birinchi 5 talikni sen bilan birga tekshirmoqchiman.

- Yo'q, faqat bu emas !! - qat'iy turib oldi yigit.

- Bo'lmasa uni senga bermay barchasini o'zim ko'rib chiqishga majbur bo'laman.

- Aera !! Nega meni siquvga olyapsan ?!

- Nima shunchalik qiyin ish haqida gapirdimmi ?! Qattiqqo'l bo'lmasang ancha yaxshi bo'lardi. - yalinish bilan chiqgan ovozim xonani egalladi. U menga chuqur qaradi. Ko'zlarini shubxalangandek yarim qisib yana qarashda davom etdi.

- Meni ola olmaydi deb o'ylaysanmi ?! - kulib qo'ydi Kim, menga bir qadam yaqinlashib. - Istalgan vaqt seni majburlashim mumkin.. Kim meni to'xtata oladi, vanilla ? - u yana sekin kelishni boshladi. Ichimda nimadir titrab ketdi. Havotir, qisman qo'rquv tanam uzra tarqaldi. Jin ursin, g'alati hissiyot edi bu. Men nima qilishni bilmay chekindim.

- Yaxshi, nima desang shu. - ortimdagi devorga qadalib qolganimni his qilib, yuzimni burishtirdim. La'nati.. Uning yuzidagi kulgu, kichrayib, endi bu nim tabassumga aylandi. - Taehyung, bunchalik yaqin kelish shart emas.. - yana past ovozda ogohlantirish berdim. U yaqinlashishdan to'xtamadi. Tanalarimiz bir biriga tegib turardi, issiq nafasi terimni qizdirdi. Men yana o'zimni yo'qotishdan qo'rqaman.

- Fleshka !! - talabchan ohangda shivirladi u. Men to'k urgandek, gangib qoldim. Dovdiragancha qo'limdagi kichik temir parchasini u tomon uzatar ekanman, shu zahoti mendan uzoqlashib qo'limdagi fleshkani oldi. Qo'lim hali ham titroq bilan kurashardi.

- Ufff... - yengil havo chiqardim, qarshimda turgan gavda uzoqlashgani sabab. Taehyung ketayotgan vaqti ortiga o'girildi. Yuzida g'alati tabassumni ko'rdim.

- Asabiylashma sevgilim. - dedi, u biroz to'xtab. - Biz hali o'ylagan narsangni bajarishga ulguramiz. - jin ursin, men bu ohangni juda yaxshi taniyman.

- Hech narsani o'ylamadim, yaramas to'nka !! - ikkilanishsiz baland ovozda baqirdim. Taehyung labi chetida kulgancha zinalar tomon ketdi. Chiqib ketganiga ishonch hosil qilar ekanman, bor nafasimni chiqarib tashlab, o'pkamni yangisiga to'ldirdim. Negadir yuragim tez urib ketyapti. Ahmoqman, ahmoq.


5 daqiqadan so'ng.

O'zini o'nglab olgan qiz, oshxonadan bir stakan suv olib ichdi. Ancha ahvoli yaxshilanganini his qilishi bilanoq tepa qavatga ko'tarilib Taehyungning xonasi qarshisida turdi. O'sha tim qora rangdagi eshik yopiq.. go'yo atayin Aera kirmasligi uchun yopib qo'yilgandek. Qiz qoshlarini chimirdi. Bu hiylani sezdi va ikkilanmay xona eshigini ochdi.

- Sen ataylab.. - endi og'iz juftlab eshikni lang ochib kirgan qiz, kiymini o'zgartirayotgan yigitni ko'rib, so'zlarini yakunlashga ulgurmadi. Uning ko'zlari katta katta ochilgan.. va yalang tanaga qaratilgandi. Ochiq, mushakdor, tiniq.. mukammak. Huddi birinchi marta ko'rgandek, hayrat...

- Nima men ataylab ? - qizning so'zini takrorladi Taehyung. Lekin Aera allaqachon qotib qolgandi. Buni sezgan yigit sekin kulimsirab qo'ydi. - Behayo qiz.

- Hullas.. eshikni ataylab yopding deb o'yladim. - hijolat bo'lgani sabab ko'zlarini olib qochdi.

- Endi kiyinishdan avval sendan ruxsat so'rayman, nima deding ? - egniga rasmiy kiymini kiygan erkak qizga kinoya bilan gapirdi.

U hozir asabiy emasdi. Go'yo nimadir ta'sir qilgandek o'zgarib qolgan. Unchalik jiddiy emas. Bir ikki kun avvalgi Taehyung qayergadir yo'qolgandek.. buni Aera tez payqadi, sababini ham tahmin qilishga ulgurdi. Lekin.. bu aniq emas.

- Ishga ketyapsanmi ? - yigitning rasmiy kiyimlari tufayli shunday o'ylagan qiz fikrini ochiq bayon qildi. Kim tugmalarni qadash barobarida boshini silkitib qo'ydi.

- Bugun qiladigan ishlarim ko'p.

- Menchi ? Men yolg'iz qolamanmi ? - qiz savol bergan ko'yi yuzi allaqachon o'zgargandi. U bir tomondan jiddiy, bir tomondan havotirli ko'rinardi.

- Nima qilishimni buyurasiz xonim ? - atayin piching qilishga o'tdi Taehyung. - Sizni deb kun bo'yi uyda qamalib o'tira olmayman.

Kimni diqqat bilan eshitayotgan qiz o'zi notog'ri gapirayotganini bilib tursada, bir nimani sinab ko'rishni istadi. U qizni bir o'zini qoldiradimi.. yoki yo'q.

- Yolg'iz qolsam zerikishdan o'laman. - ho'rsinib qo'ygan qiz bu safar qo'llarini chalishtirib tanasini devorga suyadi. - Menimcha bekorchi inson bo'lib davom etolmayman. Bu yomon. - o'zicha tashhis qo'ygandek bo'ldi.

Yigit uni e'tiborsiz tinglar ekan, bir necha soniya indamadi. Sukunat sababini tushunmagan Aera esa, nigohini yerdan uzib uni Kimga qaratdi. Allaqachon tayyor va egniga pidjak (kostyum) kiyish arafasida.

- Unda hozirlan.. - to'satdan tilga kirdi. - Otangning kompaniyasiga boramiz. - birdan berilgan taklif.. mutlaqo kutilmagan.

- Nima ?! - qiz hayratini yashirmay, qaddini rostlayman deb qoqilib ketishiga bir bahiya qoldi. Yo'q, u o'zini o'nglab yana Taehyungga yuzlandi. - Nima chindanmi ?! Bugun o'ng tomoning bilan turdingmi ? - bu safar qizning nigohlari g'alati.. qarshisidagi insonga huddi telba, ahmoqga qaragandek qaradi.

- Fikrimdan qaytib qolmasimdan ortiqcha savollar berishingni ta'qiqlayman !! - dedi u, ko'zini olib qochib qosh chimirish barobarida.

- Meni tayyor deb hisobla, Janob Kim. - hursandligidan osmonga ham uchib ketishga tayyor bo'lgan Aera, yoshbolalarcha sakrab sakrab xonasiga yugurib ketdi.

- Tentak vanilla.. - shivir bilan kulib qo'ydi u. - Ahmoq lekin yoqimli..


Tong qanday otdi bilmayman, lekin go'yo ignalar bilan to'ldirilgan yotoqda uxlagandek bo'ldim. Bu g'alati hissiyot edi.. birinchi turmushim, birinchi kecham, birinchi tongim.. hech biri bunday bo'lmasligi kerak edi.

Xona qandaydir ochiq.. chiroyli. Lekin unda hissiyot yo'q. Bu tomoni esa zerikarli. O'rnimdan turib endi polga oyog'imni qo'ymoqchi edim, shu zahotiyoq miyyamga qattiq nimadir urilgandek bo'ldi.

Jin ursin.. hatto hech kim qaramayotgan bo'lsada o'zimni o'rgatishim kerak. Asabiylashdim.. chunki chindan ham nogiron bo'lishim shart.

- Sena.. - dedim, qo'shni xonadagi hizmatchi qizni chaqirib. U kecha biz bilan kelgandi. Bir necha daqiqa kutdim.. lekin hech qanday sado yo'q edi. - Sena menga yordamlashib yubor..

Eshik ochildi. Men tonggi tabassum bilan uni kutib olishni o'yladim. Ammo bu Sena emasdi. Jeon Jungkook. Uni ko'rishim bilanoq nafasim ichimga qaytib ketgandek bo'ldi. Yuzimdagi tabassum butunlay o'chib ketdi. Atayin ko'zimni yerga qaratdim.

- Muammo bormi ? - yigit eshik oldida turib, yaqinlashmay savol berdi.. Men boshimni "yo'q" degandek qimirlatdim.

- Senani chaqirib yubor, shuni o'zi yetarli. - yuziga qaramay jiddiy ohangda qisqa so'zladim. U chuqur nafas chiqardi.. go'yo allaqachon joniga tekkandekman..

- Yoon xonim uyda emas !! - zarda bilan gapirdi Jungkook. - Sen bilan o'ralashishga vaqtim yo'q. Turishingga yordam kerak bo'lsa tezroq ayt. - yana huddi o'sha ovoz..

- Yaxshi, unda meni ko'tarib aravachaga o'tqizib qo'y !

U xona burchagiga qo'yilgan aravani itarb yotoq oldiga keldi. Ming la'nat bo'lsin, qo'l oyog'im muzlab qolgandi. Uni yana menga teginishini his qilsam tanam jonsizlanishi aniq. Lekin ortga yo'l yo'q.

Belimda bir juft qo'llarni his qilar ekanman, ko'zlarim hayratdan maksimal darajada ochilib ketgandi. Bu nimasi ?! Allaqachon ichimda g'alayon boshlangan. Nega ogohlantirishsiz teginadi ?!

Bor kuchim bilan noqulay holatdan o'zimni olib qochdim. Titrashdan, muzlashdan, nafas olishdan.. U buni sezmasligi kerak.

- Menimcha davolansang yura olasan. - kutilmaganda aytilgan so'zlar.. bular meni tahlikaga solish uchun yetarli bo'ldi. Yurak urish ritmim tezlashar ekan, ongim huddi qulflanib qolganga o'xshardi.

- Nima ? - dedim, dovdirash bilan birga og'ir yutunib.

Jungkook sekin tanamni aravachaga joyladi. U pastladi, ya'ni egilib o'tirdi. Ko'zlari oyoqlarimda edi. Men chindan hayajonga tushgandim. Nimanidir sezib qolsa.. barchasi barbod bo'lishi kundek ravshan.

- Oyoqlaring zaif emas. - dedi u qoshlarini chimirgancha. E'tibor yanada oshib sinchiklik bilan kuzatish boshlandi. Nima qilishni bilmay ko'zimni qattiq yumar ekanman, qo'lim bilan aravani harakatga keltirib orqaga yurdim.

- Qayg'urishing shart emas. Xonamdan hoziroq chiq !! - ohirgi choram o'zimni olib qochish edi va buni bajardim.

Yigitning yuz tuzilishi shu zahoti o'zgarib ancha jiddiylashdi. Hayriyatki u menga e'tiborsiz, lekin barini tez anglay olishi.. ehtiyotkor bo'lishim kerakligini yana qayta uqtirgandek bo'ldi.

- Otang bilan xabarlashishga urinma. Telefoningni menga ber. - oradan o'tgan bir necha soniya tufayli paydo bo'lgan jimlik buzilgandi. Jungkook talabgorlik bilan qo'l uzatdi. - Muammo chiqarmaysan degan umitdaman.

- U menga kerak. - dedim tezlikda ko'zlarimni katta ochib. - Istasang qandaydir qurilma o'rnatib, telefonimni kuzatishing mumkin. Chindan xabarlashmayman. - aslida uning ishonchiga kirish hozircha muhim bo'lgan narsa edi. Buni qo'lga kiritishim kerak. Bo'lmasa har qanday holatda ham shubha ostida aynan "men" bo'laman.

U g'alati qaradi. Qorong'u ko'zlarini uzoq va chuqur tikib turardi. Fikrimcha bu noqulaylikning eng yuqori darajasiga teng bo'la oladi.

- Bosh tortyapsanmi ?! - keskin yo'nalgan qo'pol ohangdan quloqlarim jimirlab ketdi. - Hwan Reina ?!

U so'nggi bor ismimni takrorlaganida boshqacha ovoz bilan ta'kidladi. Aynan familiyamga urg'u berganini sezdim. Huddi ustimdan mazaxlagandek.

Jeonning g'azabi meni ancha tetiklashtirib qo'ydi. Hafsala bilan chuqur nafas chiqarar ekanman, ilojsizlik, zaiflik meni qiynab yuborgani haqida o'yladim. Qo'limdan istalgan ish kelsada, qila olmayman. Chunki u ta'kidlaganidek "majburiyatlarim" bor.

- Hozircha bosh egaman Jungkook. Lekin buni aslo sendan hayiqganim uchun deb o'ylama. - itoatkorlik bilan cho'ntagimdan so'nggi rusumdagi qo'l telefonimni chiqardim. Uning ko'zlariga ichim to'la nafrat bilan qarar ekanman, qarshimdagi insonning hotirjam qiyofasidan tobora asabiylashib borardim. U esa so'zlarimga javoban labi chetida kulib qo'ydi.

- Ishonaver, bu haqiqatdan ham zarracha ahamiyati bo'lmagan narsa. Muhimi seni tarbiyalash onson !! - uning ovozi mensimaslik bilan qorishgan holda chiqardi. Qo'limdan telefonimni sug'irib olar ekan, orqa o'girgancha eshikni zarb bilan yopib chiqib ketdi.

Meni tarbiyalash onson ?! Jin ursin, bu ongi past telba chegarani buzdi. Haddidan oshdi.


Atrofni katta binoning soyasi o'rab olgan. Haftaning o'rtasi bo'lgani sabab ko'cha ancha gavjum, insonlar esa o'z ishlari bilan ovvora holda ketishardi.

Mashina allaqachon to'xtagandi. Taehyungning telefonda gaplashib bo'lishini kutayotgan Aera shunchaki mashina oynasidan, tashqaridagi hayotni diqqat bilan kuzatdi. Bu qandaydir, o'zgacha olamdek.. tashvishi boshidan oshib yotgan odamlar. Ular oddiy hayot tarzida yashaydi.

- Men ham ulardek yashashni hoxlayman. - shivirladi qiz, so'lg'in nigohini manzaradan uzmagan holda. Taehyung buni eshitdi. U qo'ng'iroqni tugatib qiz qarayotgan yo'nalishga nigoh tashladi.

Ikki juftlik va ularning mitti qizalog'i. Kimning ichida nimadir uzilgandek bo'ldi. U qizga qarar ekan, chin dildan buni istashini aniq ko'rib turardi.

- Oddiy insonlardek yashash qiyinmi ? - savol berdi Aera yuzini Taehyungga qaratib. U jim edi. Nimanidir chuqur o'ylayotgandek ko'rinardi tashqaridan. Bir necha soniya ichida ko'z yo'nalishini o'zgartirar ekan, kaftini qizniki bilan birlashtirib unga yumshoq munosabatda bo'lgandek qaradi.

- Bu biz uchun emas deb qo'rqaman. - dedi u, qiz eshitishdan qo'rqqan o'sha javobni tiliga olgancha. Aera ich ichidan titrab ketdi. Nima bo'lishidan qat'iy nazar u bolaligini qayta to'ldirishni hali hamon hoxlardi.

Go'yo umidlarga chek qo'yilgandek bo'ldi. To'g'ri ohang hafa qilishni hoxlamasdi, lekin so'zlar... bor umidni puchga chiqargandi. Qiz titrashni boshlagan lablarini sezdirmaslik uchun qattiq tishladi. Taehyung chuqur nafas chiqardi. Qo'li bilan ushlab turgan kaftni mahkamroq siqar ekan, ichidagi afsusni bor harakati bilan yashirishga urinardi.

- Ba'zida bolaligimni sog'inishim rost, lekin bunday yashashni o'zim tanladim, vanilla. - dedi u, so'zlarini yakunlab mashina eshigini ochish barobarida. Huddi mavzudan qochgandek, shunchaki qochib ketish onsondek, o'zini qizdan uzoqlashtirdi. Bu doimgidek usul.. allaqachon yodda qolgan.

- Men esa buni o'zim tanlamadim. Shunisi alam qiladi.. - shivirlagan yolg'iz ovoz..


Kompaniya.

Bosh menedjerning "Boshliq shu yerda !!" degan qichqirig'i butun boshli binoni larzaga soldi. Kim Taehyung ularni bugun kelishi haqida ogohlantirmagandi. Balki shuning uchundir, hammayoq alg'ov dalg'ov bo'lib yotgandi.

Barcha ishchilar hovliqib u yoqdan bu yoqqa yugurishar ekan, lift 12-qavatga chiqquniga qadar barchasini to'g'irlashga ulgurishdi.

- Hush kelibsiz, Janob Kim. - menedjer boshchiligida, ikki qator bo'lib saflangan ishchilar liftdan chiqayotgan yosh yigitga bir tizilishda ta'zim qilishdi. Bunga e'tibor qilmagan yigit xonasi tomon yurgancha, barmog'i bilan Aeraga ortidan yurishini ishora qildi.

Atrofdagi jimlikni poshnali oyoq kiyimning baland ovozi buzardi. Bu insonni seskanishga majbur qiladigandek. Aera tekkis qadamlari bilan boshini tik tutib ketar ekan, ortda qolgan ischilarning bari bir biriga hayron qarab pichirlashni boshlashdi.

- Bu kalandimog' Janob Kim, birinchi haftadanoq mashuqasini yetaklab kelibdimi ?!

- O'zi bu kompaniyani unga bermaslik kerak edi. Janob Jeon undan ancha yaxshiroq.

- G'iybatni bas qiling !! Hamma o'z ishiga !! - yana o'sha menedjerning yoqimsiz ovozi.. shu orqali har xil gaplarga chek qo'yilar ekan, barcha ishchilar tarqab o'z ish joylariga qaytishdi.


- Otam bu yerni nega yaratgan ?! Unda qurol savdosi bo'lsa.. - atrofni sinchiklab kuzatayotgan qiz qarshisida to'xtab qolgan Taehyungga urilib ketdi. - Ahmoqmisan ? - ajablangandek bo'ldi u peshonasini ushlab.

- Senga bu haqida Jungkook aytdimi ?

- Ha.. - oddiy javob qildi qiz. - Sen otamning hamkori bo'lganingni ham bilaman. Nazarimda bularni bilishga haqliman..

- Shunchaki hamkor dedimi ?.. - labi chetida tirjaygan yigit yengil nafas chiqardi. - Jungkook hali ham o'ta hasadgo'y bola. - o'zidan faxrlanib qo'ygan Kim galstugini to'g'irlab, yaxshi kayfiyat bilan xonasiga kirdi. Hech narsaga tushunmay qolgan Aera esa qo'shlarini chimirib uning ortidan kirdi.

- Nima demoqchi bo'lyapsan ? - dedi oddiy ovozda.

Yigit boshliqlar uchun mo'ljallangan kursiga joylashib butun tanasini yengil qo'yib yuborar ekan, ko'zlarini yumib boshini ortga tashladi.

- Aytmoqchimanki.. - atayin so'zlarini uzun cho'zish bilan davom ettirdi. - U o'zi hoxlagan narsani senga haqiqat deb aytadi. Va sen unga shubhasiz ishonasan.

- Ho'sh..

- Nima ho'sh ? - qoshlarini chimirgan erkak, qizga sinchiklik bilan qaradi. Aera esa hech qanday reaksiya bildirmadi.

- Senga ishonishim kerakmi ? - dedi u kulimsirab. - Sen menga doyim to'liq haqiqatni aytganmisan ?!

- Uni men bilan solishtirishing imkonsiz ish bo'ladi, sevgilim.

Taehyung o'zidan mamnun kulib qo'ydi. Qiz jim bo'ldi. Endi gapirishga uringan chog'i huddi kimdir og'zini majburlab yopishni istagandek bezovta qildi. Bu eshik ovozi edi.

- Kirishimga ruxsat eting Janob Kim. - bu Kotibaning ovozi edi. Taehyung iblisona jilmayib qo'ydi.

- Vaqtida keldingiz Kotiba xonim. - dedi, ko'zini Aeradan uzmagam holda.

Qizning qoshlari chimirilar ekan lablarini tishlagancha jahl bilan xona chetidagi mehmonlar uchun ajratilgan kresloga o'tirib oldi.

- Janob Jeon bugundan ta'tilni bekor qilib ishga chiqishga qaror qilibdi. - ma'lumotni yetkazgan kotiba yuzini yigitga qaratdi.

Taehyungning yuz tuzilishi ancha jiddiylashdi. Kotibaning so'zlarini eshitgan Aera, hayron bo'larkan, buni yashirmagan holda gapirdi.

- Nima Jungkook ham shu yerda ishlaydimi ?! - savol berdi qiz ko'zlarini g'alati ochib. - Nega hamma bir kompaniyada o'zi.. - uning savollari javobsiz qoldi. Biroz o'ylangan Kim qaddini rostlab Kotibasiga yuzlandi.

- Jeonga shartnoma tuzilishi kerak bo'lgan ofislarning ro'yhatini bering va bugundanoq ishini boshlasin.

- Hop bo'ladi Janob. - ta'zim, qilib xonadan ravona bo'ldi Kotiba. Erkak bir necha soniya kompaniyada ish yuritishi haqida o'yladi.. Jungkook bilan.. bu juda qiyin yoki imkonsiz ham bo'lishi mumkin.

- Jeon kompaniya elchisi. - birdan sukutni buzdi Taehyung. - Shu sabab ko'pchilik bu kursini u egallaydi deb o'ylagan.

- Lavozimlaringiz tengmi ? - qiz yana savol berishda davom etardi. Buni o'zi ham sezdi, lekin nima bo'lishidan qat'iy nazar o'zini qiziqtirgan savolni berishdan tap tortmaydi, aslo.

- Menda aksiyalar ko'proq. U hali boshliq bo'lishi uchun juda ko'p harakat qilishi kerak. - ta'kidlagan bo'ldi yigit.

Kimni diqqat bilan tinglar ekanman, ichimdan qandaydir begonalik hissi yugurib o'tgandek bo'ldi. Chindan ham olam ikkiga bo'lingan. Biri Kim Taehyungga tegishli.. ikkinchisi Jeon Jungkookga.

Men hech narsada mavjud emasman. Deyarli butkul yo'q insonman. Bu juda ham g'alati.. o'z otamning bir parchasi bo'la olmaslik..

- O'zimni o'lgan qurbaqadek his qilyapman. - ochiqchasiga hislarimni bayon qildim qarshimdagi insonga qarab. U meni eshitishi bilanoq kulib yubordi.

- Qanday qurbaqa ?! - dedi, yana takrorlashimni hoxlab. Bu esa men uchun shunchaki maynavozchilikdek tuyildi. Ensamni qotirar ekanman, yigit ichimdagi energiyani shunchaki sug'urib oldi.

- Rahbar bo'lishni hoxlaysanmi ?! - birdan berilgan kutilmagan bu savol meni gangitib qo'ydi. Bari miyyamga yetib kelganida esa hech narsani anglolmay qoldim.


Davomi bor...
Author: Reina Kim
Gold fanfics.