March 29

Vanilla

- 34 -

- Ablah.. - shivirladi Aera Taehyungning ketayotgan mashinasi ortidan tikilib.

- Mashinaga o'tqizing !! - erkakning yana bir buyrug'i bilan o'rnidan qo'zg'algan qo'riqchilar, sekin qizning qo'lidan ushlamoqchi bo'lishdi, ammo qiz qarshilik qilib ularning qo'lini siltab tashladi.

- O'zim o'tiraman, jin ursin !! - istamaygina mashina ichiga joylasharkan, ich ichidan cho'chib tursada g'azabi bilan bu tuyg'uni yengishga urinardi.

Aera: Aka uka rishtalaringiz tiklandimi deyman ?! - piching qildi u mazxara bilan. Jungkookning yuzida tabassum paydo bo'lganini payqarkan, undagi g'azab biroz chekinib yigitning yoyilgan lablaridagi kichik jilmayishiga nogahon tikilib qolgandi.

Jungkook: Men ham seni sog'indim.

Qiz hafsala bilan labini tishlagancha nigohini bir zum derazadagi manzaraga qaratdi, so'ng yana yigitning ko'zlariga tikildi. U iloji boricha o'zini yig'ib olishga, ichidagi tuyg'ularni tashqariga chiqarib yubormaslikka urinardi.

Aera: Nima hoxlaysan Jeon ?! Senga bu yerda nima bor ?! - kuchsiz ovoz chiqara oldi qiz.

- Barini ochiq gaplashib olishimizni istayman. Boshqa yo'l topolmadim. Bir birimizni eshitishimiz kerak Aera.

- Eshitsak nima bo'ladi Jungkook ?! - yigitning vazminlik bilan gapirayotgan so'zlariga toqat qilolmagach shunchaki so'zlarini kesib tashladi qiz. - Nima.. shuncha vaqt meni o'ldirishni istab kelgan erkakni sevganimni, uni deb tinch yashay olmayotganimni eshitmoqchimiding ?! Yoki bo'lmasa ko'ksimga butun oilamni qirg'in qilgan to'pponchangni tiramoqchi bo'ldingmi ?! Qani bo'l, hozir ayni vaqti !!

- Unday emas Aera..

- Jim bo'l !!! Seni gapirishga aslo haqqing yo'q !! Ismimni tilingga olishga ham haqqing yo'q !! Tinch qo'y.. shunchaki meni tinch qo'yishingni istayman. - asabiylik ta'sirida qizning boshiga allaqachon og'riq kirib ulgurgan.. u qo'li bilan peshonasini siqimlab ko'zlarini yumdi.

Qarshisidagi holi yo'q, barchasidan to'ygan qizni bir necha daqiqa kuzatib o'tirgan Jungkook indamadi. Unga bosim berib o'ziniki qila olmasligini juda yaxshi biladi. Aera yoshligidan shunday bo'lgan. Bolaligidan o'ziga nisbatan berilgan bosimni, buyruqni, barini zug'um hisoblab, qandaydir yo'lini topib bo'lsada u yerdan bor kuchi bilan qochadi. Shunchaki yo'q bo'lib qolishni tanlaydi.

Chuqur nafas chiqargan yigit kaftini qizning titroq ila musht tugilgan qo'liga bosdi.

- Hop. Yaxshi. - yana o'sha sokin vazminlik bilan gapirdi. - Seni istaganingcha tinch qo'yamam. Ta'qib qilmayman. Istagan ishingni qilishing mumkin. Ammo bilishing kerak.. - so'zida bir zum to'xtab qizning qo'liga labini bosdi. - Men sen uchun xavf emasman. Hech qachon bunday bo'lmaydi.

Qizning ko'zlari kattalashib ketdi. Qo'li ustidagi kaftdan o'zini noqulay his qilarkan sekin bosh chayqab qo'ydi.

- Meni oyimning oldiga olib bor. - qo'lini tortib olgancha ko'zlarini olib qochdi u. Mashinaning ochiq turgan eshigini ikkilanish bilan yoparkan, Jungkookning so'zlariga unchalik ham ishonmaslik kerakligini juda yaxshi bilardi. Lekin shunisi aniqki, u endi qizga zarar berolmaydi.

Pov: "Aera"
Menga nima bo'lganini fahmlashga uringanim sari bari befoyda bo'lardi. Uni sevaman. Nafratlanaman ham, ammo butun vujudim uning qarshisida doyim o'zini sotib qo'yadi. Qarshilik qilolmay qolaman. Shu vaqtgacha Jungkook har qanday vaqtda ham men bilan bo'lganida, tinchlanishimga sabab bo'ladigan yagona insonim bo'ldi. U meni doyim har qanday vaziyatdan sokin olib chiqib keta olardi. U bilan o'zimni hotirjam his qilaman. Lekin qilgan ishlarini o'ylasam, hamon tanam titroq ichida qoladi. Uning qo'lida to'pponcha bilan men va oyimning qarshisida turgan qiyofasi ko'z o'ngimda tinmay gavdalanaveradi. Bir vaqning o'zida undan qochishga bo'lgan kuchli hoxishim, qolishga bo'lgan ishonchsiz hoxishim bilan birgalikda meni yeb bitiradi, arosatda qoldiradi.

Ichimdagi men o'tkinchi deb o'ylagan tuyg'ular yillar davomida mustahkamlanib kelgan sevgi ekanini tushunib yetishimga shuncha vaqt kerak bo'ldi. Buni kech anglab yetdimmi, yoki shunchaki o'zim qo'rqadigan muxabbatni deb eng yaqin do'stimdan ayrilishni istamadimmi bilmayman. Ba'zida o'zimni umuman tushuna olmayman.

Londonning salqin ko'chalarini oynadan tomosha qilib ketishni istadim. Bu yerning har bir qarichini sog'inganimni his etyapman. Bir qator ko'p qavatli uylar oldidan o'tar ekanmiz, kelib qolganimizni fahmlab mashina oynasini yopdim. Jungkookning ko'zlari doyimgidek kaminada edi.

Aera: Menga bunday qarama !! - qo'pollik bilan ensa qotirdim.

- Qanday qarayapman ? - dedi u o'zini bilmaganlikka olib. Bu g'ashimni keltira boshlagandi.

- O'zingni sevib qolgandek ko'rsatishni bas qil deyapman. O'yinlaringga uchadigan qiz o'lib ketganiga ancha bo'ldi.

- Hali ham tuyg'ularimni o'yin deb hisoblaysanmi ?

- Nima unday emasmi ?!

- Yo'q. - Jungkookning rad javobi bong urgandek quloqlarim ostida jarang sochdi. Men achchiq tabassum qilgancha unga bo'yin cho'zdim.

- Bu safsataga faqat o'zing ishonasan yigitcha. - mamnuniyat bilan endi ortimga suyanaman deganimda u qo'limdan ushlab meni o'ziga tortdi. Muvozanatni yo'qotib ko'ksiga kelib urilarkanman, tipirchilab undan qochishga urinsam ham u bunga imkon bermadi.

- Endichi, endi ham bu safsata ekanini ko'zlarimga qarab ayta olasanmi ?! - iyagimdan ushlagancha meni o'ziga majburan qaratgan yigitning ko'zlari bilan to'qnash kelar ekanman, hayolimdagi barcha narsa tarqab ketdi.

- Meni qo'yib yubor !!! - dedim tishlarim orasida g'azab bilan shivillagancha. U iyagimga o'ralgan barmoqlarini oldi. Ammo meni qo'yib yubormadi. Uning tizzalari ustida o'tirgan bo'lsamda yuzlarimiz teng turar, mening nafasim tobora og'irlashib borardi. Jungkook sekin boshini egib ko'ksimga qo'yarkan qo'llari meni butunlay quchog'iga o'rab olgandi. Ko'zlarim o'zim istamasamda yoshlanib ketdi. Unday qilmasin. Menga yaqinlashmasin. Qalbim tilka pora bo'lyapti.

- Sensiz nafas olishni esdan chiqardim. Chidayman dedim. Lekin bo'lmadi. Chidolmadim. - Jungkookning bag'rimga yanada chuqurroq kirib, past ovozda shivirlashi kichik jussamni titratib yubordi. Yanog'imdan dumalagan tomchi uning sochlariga tomarkan, lablarimni madorsiz tishladim. Hech qanday harakatsiz, nima qilishni bilmay jim turardim.

- Sensiz berchasini tiklayman deb o'yladim. Hayotimni o'nglayman, yana avvalgidek yaxshiroq yashashga harakat qilaman deb o'yladim. Ammo meni yashashga undab kelgan umid senga bo'lgan tuyg'ularim edi. Bularni ochiq ko'rsatishdan, mendan ketib qolishingdan qattiq qo'rqdim. Shunday bo'ldi ham. Ammo avvalgi munosabatlarimizni tiklash uchun qo'limdan keladigan har qanday ishni qilishga tayyorman. Faqat sen uchun, sen uchun barini so'zsiz bajarishga tayyorman Aera.

- Maynavozchilikni bas qil !! - ko'zimdan oqayotgan yoshlarimni tez tez artgancha unga ko'rsatmaslikka urindim. - Meni qo'yib yubor, hoziroq !!

Bag'rimga chirmashib olgan erkakni o'zimdan uzoqlashtirishga urinar ekanman, boshini ko'targan Jungkookning yuzini ko'rishim bilan tanam uvishib ketdi. Yuragim qattiq urar, huddi uni bu holatda birinchi bor ko'rganimdek hayajon bosdi tanamni.

Ko'zlari yoshlanib qizargan yigit menga umid bilan qarab turardi. U nima his qilayotganini bilmayman, ammo ichki kurashlari menikidan ancha havfliroq ekani uning qiyofasidan ma'lum edi. Jungkookni bunchalik ojiz holatini doyim menga namoyon qilardi. Faqat menga.

Flashback

Ulkan qo'rg'on qarshisida to'xtagan mashina ichidan Kang Sehyuk va kichik bolakay tushishdi. Sehyuk kichkintoyni qo'lidan ushlagancha qarshisidagi qo'rg'onga e'tibor qaratishini so'radi.

- Bu yerni eslayapsanmi ?
- Bu yer.. bizning uyimiz. - ohista shivirlash bilan ho'rsindi bolakay. Janob Kang tasdiqlagandek bosh irg'ib qo'ydi va yigitchani ichkariga sudray ketdi. Qo'rg'on eshigidan otilib chiqqan qizalog'iga ko'zi tusharkan, og'ir yutunib qo'ygancha oyog'ini yugurib kelib quchgan qizini e'tiborsiz qoldirdi.

- Dada ~
- Bu yerda endi hammamiz yashaymiz Jungkook. Sen bugundan boshlab mening og'lim bo'lasan. Meni amaki deb chaqirishing mumkin hopmi o'g'lim ? - lablarini yigitning peshonasiga bosgan erkak ortiq hech narsa demay Aeradan yuz o'girib shunchaki ketib qoldi. Jungkook esa ko'zlari yoshga to'lgan, ota onasi shu uyda otib o'ldirilgan o'sha kunni yana eslagancha lablarini cho'chaytirdi.

Aera hech qanday hissiz ketib qolgan otasining ortidan horg'in tikildi. Otasi nega endi birdan unga bu qadar yomon munosabatda bo'layotganini kichik aqli bilan haligacha anglolmasdi. Yo'lak bo'ylab hech kimning aksi ko'rinmagach o'zidan nozikroq bo'lgan bolakayning hozir yeg'lab yuborishga tayyor qiyofasiga qaradi.

- Hoy ~ isming Jungkookmi ? - dadil savol berdi qizcha yigitga bir qadam yaqinlashib. Jungkook ham bosh irg'idi.

- Jungkook o'g'il bolalarning ismi. Sen o'g'il bola bo'lsang nega yeg'layapsan ?!

- Oyimni sog'indim. - bu safar yigitcha chap qo'li bilan ko'zini ishqagancha butunlay yeg'lab yubordi. Qiz uni bir necha soniya kuzatib turarkan, dadasi oldida bo'lsada uni qattiq sog'inishini o'ylab bir zum jim qoldi. Sekin bolakayni bag'riga bosib uni ovutishga kirishdi.

- Hafa bo'lma. Men shu yerdaman. - dedi qizaloq.

Oradan vaqt o'tdi.

O'rta maktab. Yoshlikning eng qizg'in pallasi. Allaqachon tungi klublardagi charchoqdan uxlay olmagan qiz ona tili (ingliz tili) darsida boshini partaga qo'ygancha uxlab yotardi. Haddan tashqari og'ir bulutli havo uni yanada boshini ko'tarmaslikka undardi. Ammo birdan ichida paydo bo'lgan g'alati hissiyot sabab ko'zlarini chirt etib ochdi. Sinfxona tashqarisida orqa o'girib turgan yigit qiyofasini payqarkan o'rnidan sapchib turib, ustozining qichqiriqlariga qaramay partasi ustidagi hamma narsasini apil tapil yig'ishtirgancha tashqariga otildi.

Atrofga alanglagancha adashmaganiga umid qilarkan, hech kimni topa olmagach chuqur ho'rsindi. Ammo ortidan yelkasiga chertib qo'ygan kimsani his qilgan ko'yi o'ylab ham o'tirmay ortiga o'girilgancha o'zini qarshidagi yigitning quchog'iga otdi.

Uni shu qadar mahkam bag'riga bosgan ediki, dimog'iga urilayotgan hiddan mast bo'layotgandi go'yo.

- Fuck youuu man !!!
- Shunday yoqimli so'zlar bilan kutib olishingni bilganimda avvalroq kelgan bo'lardim. - kulimsiragan Jeon ham qo'llarini qizning belidan o'radi.

Time skip

Musiqa. Juda baland. Atrofda rang barang chiroq nurlari taralmoqda. Aera Jungkookni o'zi yoqtirgan klubiga yetaklab keldi. Uni do'stlari bilan tanishtirmoqchi bo'ldi, ammo yigit u bilan yolg'iz qolishni hoxladi. Ular barda ichimlik ichgancha bir birlariga termulib o'tirishardi.

- Katta yigit bo'libsan. - mastlikdan ko'zlari sulayib qolgan qiz yigitning mushaklarini siqimlab qo'ydi. Jungkook pastki labini ohista tishlagancha ichimligidan ho'pladi.

Aera: Meni sog'inmadingmi ? Meniyaaa ?! Eng yaqin do'stingni ?! - bu safar qiz yigitning burni tagigacha kelib gapirdi. Undan anqib turgan spirtli ichimlik hidiga chuqur bo'ysungan Jungkook tabassum qildi.

- Nega hayajonlanyapsan ? - ko'zlari o'tkirlashgan do'stimning nafasi yuzimga urildi. U nimani nazarda tutayotganini angladim. Qattiq urib ketgan yuragimni. O'zimni hotirjam olib qochgancha yana bir qultum ichdim.

- Sen 20 yoshga kirding Jungkook. Men esa 18 ga. Qarshimda kelishgan yigitlar turganda hayajondan yuragim qattiq urishi tabiiy hol.

Hazilomus so'zlarimga javoban u kulib qo'ydi. - Do'sting sifatida seni rashk qilishni istayman.

Unga endi javob qaytaraman deganimda ortimdan meni quchgancha bo'ynimga lablarini bosgan kimdir, kayfimni ham tarqatib yubordi. Jungkook hijolat bo'lgan ko'yi nigohini boshqa tomonga qaratganida men asabiylasha boshladim.

- Bu nima qilganing James ?! - yigitimning ko'ksidan itarib sekin Jungkookga hijolatli qarab qo'ydim.

- Nima qildim azizam ? Qani kel raqsga tushamiz.

- Yo'q !! Bu yerdan jo'na. Bo'shaganimda oldingga o'zim boraman. - asta pichirlab uni bu yerdan ketqizib yubordim. E'tiborimni Jeonga qaratar ekanman, u allaqachon uchinchi shishasini tugatganini ko'rdim. Unga nimadir bo'lganini sezgandim, ammo vaziyat bunchalik yomon ekanini payqamapman.

- U sobiq yigitim. James. - asta tushuntirgan bo'ldim o'zimni oqlashni istab. Qanchalar noqulay holat jin ursin !!

- U senga mos emas.
- Nega ? - qiziqish bilan so'radim.
- Giyohvand modda qabul qiladigan yigitlar bilan o'ralashmaganing yaxshi. Ko'zlarini ko'rdingmi ? - Jungkookning so'zlari nafasimga tiqilib qolishimga sabab bo'ldi. - Kasalxonama kasalxona yurish joningga tegmadimi ?!

- Men tashlaganman !!

- Shundoq ham qabul qilyapsan demadim. Atrofingdagilar senga ta'sir o'tkazishi mumkin.

- Huddi kattalardek meni koyishni bas qil. Ahmoq emasman. Oyimga boshqa bu zaharni og'zimga olmayman deb va'da berganman !! - u ortiq gapirmadi. Jimib qoldi. Ichishda davom etdi. Bu ketishda u yurib bo'lmas holatga kelib qolishidan biroz cho'chidim va qo'lidagi stakanni olib bar taxtachasiga jahl bilan urdim.

- Nima qilyapsan ?! - savol nigohi bilan menga qaradi Jungkook.
- Londonga faqat ichish uchun keldingmi ?!

U yana chuqur ho'rsinib, sukut saqlashni boshladi. Men qoshlarimni chimirgancha uning kaftidan ushlab panaroq joyga olib bordim. Klubning tomiga chiqdik. Shovqindan charchagan vaqtim shu yerga tez tez chiqib turardim. Qo'llarimni keng yozar ekanman, shamoldan bahra olgancha ko'zlarimni yumdim.

Aera: Qani gapir.
- Nimani ?
- Dadam haydab yubordimi ? Agar shunday qilgan bo'lsa men uni o'ldiraman !!

Ortimda Jungkookning kulgan ovozini eshitdim va uyilgan qovoqlarim bilan u tomon o'girildim.

- Amakim shunday qiladi deb o'ylaysanmi ? U sendan ko'ra meni ko'proq qadrlaydi. - Jungkook cho'ntagidan chiqargan sigarani lablari orasida tutdi va shamol halaqit bermasligi uchun qo'li orqali uchqunni saqlab tamakini tutatdi.

- Mmm bu gaping ham to'g'ri.. - og'zida chuqur so'rgan sigara tutunini chiqargan Jungkook menga qarab jilmaydi. Sekin oldiga borgancha qo'lidagini olib lablarim orasiga oldim. Ammo o'pkamni tutatgan bu notanish tutunni qabul qilolmay yo'talib yubordim. Tomog'im shu qadar qattiq achishdiki, birinchi martta ichgan spirtli ichimligim ham bunchalik azobli emasdi.

- Sen hali chekishga yoshlik qilasan, kichkina. - ustimdan kulayotgan yigitning yuziga qaragancha yo'talishda davom etdim.

- Unda.. unda mening oldimda chekma. Bo'lmasa chekishni ham odat qilaman, jin ursin. Balki keyingilari yoqimli tuyilar ? - yana sinab ko'rishni hoxlab qo'limni cho'zar ekanman, Jeon boshini yo'q degandek qimirlatib o'zi ham so'nggi bor sigarani chuqur tortdi va oyoq tagiga tashlab ezib tashladi.

Uning ko'zlari horg'in edi. Juda charchagan. Qarshisiga yaqinroq keldim. Burib olgan yuzini o'zimga qaratish uchun kaftim bilan yuziga tegindim. Ko'zlari bir zum yoshlanmaslikdan o'zini bazo'r tiyardi. Qizarib ketgan, namiqib ketgandi. Yuragim bo'shashib ketdi. Unga achinish bilan termular ekanman, birdan qarshimdagi ulkan yigit boshini kichik jussamga berkitib oldi.

- Oyimni sog'indim.. - deya bazo'r shivirladi u ichidagilarni ochiq namoyon qilib. U doyim oyisini sog'inganini menga aytar, men esa uni quchib yonida ekanimni aytardim. Ammo bu safar uning o'zi bag'rimga otildi.

Sekin qo'llarimni ko'tarib, uning yelkasini silay boshladim.
- Tshsh.. men shu yerdaman Jungkook. - dedim yana.

Bu bizning so'nggi uchrashuvimiz edi. So'nggisi. Shundan keyin u na qo'ng'iroq qildi va na qo'ng'iroqlarimga javob berdi. Klubdan chiqgach shunchaki g'oyib bo'lib qoldi. Avvaliga undan hafa bo'ldim. Indamay ketgani, men bilan shuncha vaqt bog'lanmagani uchun. Lekin keyin bu bir kun ichida bo'lgan narsalar huddi tushdek tuyila boshladi. Sekin asta hayolimdan, hotiramdan chiqib ketdi. Huddi hech qachon bo'lmagandek.

Comeback.

Qarshimdagi allaqachon ulg'aygan, aqlini tanigan erkak huddi o'sha holatda menga iltijoli ko'zlari bilan termulardi. Esladim. Yana u bilan o'tgan yoqimli damlarni, u menga ulashgan bokira, beg'ubor tuyg'ularni.

Ammo hozir vaziyat butunlay boshqacha edi. Bu safar men u uchun suyana oladigan insoni bo'la olmayman. Nigohlarim bir zumda sovuqlashdi va to'xtagan mashinaning eshigini ochgancha Jeonning qo'llarini siltab tashqariga otildim. Nam ko'zlarimni tez tez artib tashlab, chuqur nafas oldimda, shaxdam qadamlarim bilan eski uyimiz eshigidan ichkariga kirdim. Hech qanday hisni his qilmasdim. Shunchaki hayolimni biroz avvalgi voqealar o'rab olgandi. Mehmonxonaga kirganimda stol atrofida oyim va Taehyungni ko'rdim. O'ylab ham o'tirmay u yerga bostirib kirgancha bor kuchim bilan uning yuziga tarsaki tushirdim. Meni shuncha qiynalishimga, qalbim og'rishiga shu ablah aybdor.

- Yo'qol bu yerdan !!! Kettt !!!

Bor ovozim bilan qichqirgancha unga ketma ket tarsaki tushirar ekanman, Kim hech bir harakatlarimga qarshilik ko'rsatmadi.

- Qizim !!! Aera !!! Nima qilyapsan ?!!! - unga tashlanib ko'ksiga musht tushirganim sari oyim meni undan tortib olishga urinardi. Men jahl bilan chuqur chuqur nafas olgancha undan uzoqlashdim. Lekin ichimdagi g'alayon hech tinchimasdi.

- BU YERDAN CHIQIB KETT ABLAH !!!! SEN QANDAY QILIB UNGA MENI TASHLAB KETDING !!!! SHUMI SEVGING ??!!! SHUMI SEN AYTGAN TUYG'ULARING ??!!!

- Qizim ?!
- SIZ ARALASHMANG OYI !!! MENING ISHLARIMGA ARALASHA KO'RMANG !!! - o'zicha ishlarimga burun suqmoqchi bo'lgan oyimning yuziga qarab o'shqirdim, so'ng yana Taening yelkasidan itardim.

- Gapir !!! Tushuntirmaysanmi menga ?! Oqlamaysanmi o'zingni mm ?!!!! Senga gapir deyapman !!!!

- Bu yerda nimalar bo'lyapti ? Taehyung.. o'g'lim.. - mehmonxona eshigi oldidan begona ovoz kelarkan, nogahon Taehyungga qichqirishdan to'xtab, ovoz sohibasiga qaradim. Ko'zlari ojiz ayol turardi qarshimda. Eshikka suyanib qolgan, shovqinni eshitib bazo'r o'rnidan turib kelgan. Men qoshlarimni chimirdim. Bu ayol kimligini tushunolmadim.

Ammo Taehyung uning oldiga yugurib bordi va qo'llaridan ushlab o'ziga suyantirdi. - Shu yerdaman oyi.. - hotirjam ovozda ayolning qo'llarini silab qo'ydi u. Men qotib qolgandim. Nima bu ayol Taehyungning onasimi ?

- Kim senga baqiryapti o'g'lim. Men senga biror narsa bo'ldi deb o'ylab qo'rqib ketdim.. - ayol tinmay o'g'lining yuzini siypalay boshladi. O'sha men tarsaki tushirganimda qizargan yuz terisini silab qo'ydi. Men hayratda qolgandim. Og'ir yutundim.

- Hammasi joyida oyi. Ichkariga kirib damingizni oling. - u ayolni qo'lidan ushlab ichkariga olib kirib ketdi.

Men o'sha o'sha qotib qolgan holimda stulga o'tirib qoldim. Katta katta ochilgan ko'zlarimni bir nuqtadan uzulolmay qoldim. Taehyung yana oldimizga qaytdi va men uning qarshisiga chiqdim.

- Ovozing boricha qichqirishing shartmidi ?! - menga o'qirayib qaragan yigit oldimdan o'tib ketayotganida qo'lidan ushlab uni to'xtatdim.

- O'sha ablah senga oying bilan tahdid qildimi ? - hayolimga kelgan ilk gumon tilimga chiqdi. U esa bir menga bir men ushlab turgan qo'liga qaragancha qo'lini tortib oldi.

- Seningcha bu yerga kelish uchun menda boshqa bir sabab bormi ?!

- Jin ursin, men uni o'ldiraman aaayshsh !!!!! - Aera hayoliga kelgan narsalar haqiqat ekanini bilganidan shu qadar asabiylashib ketdiki, sochlarini siqimlagancha qichqirib yubordi. U endigina Jungkook uchun qandaydir imkon bermoqchi edi. Ammo u o'zgara olmasligi... qizni miyyasini yanada chalg'itib tashladi.

- Aera nima qilsang ham qulog'im tagida qichqirishni bas qil, iltimos !! - charchagan nigohlar bilan qizni chetlab o'tgan yigit boya o'zi o'rnashgan divanga qayta tanasini bor og'irligi bilan tashladi. Qiz unga ko'z uzmay qarab turardi. Huddi hech narsa o'z o'rnida emasdek.

- Gaplashib olamizmi ? - onasi tomonidan kelgan taklif qizni o'ziga kelishiga undadi va u nigohlarini Seulgi tomon o'girdi.

- Gaplashamiz oyi, gaplashamiz. Yuring. - oyisini o'z xonasi tomon yetakladi Aera. Eshikni o'z ortidan berkitgan ayol kravatiga joylashgan qizining oldiga keldi.

- Bu yerda nimalar bo'lyapti ?! Men hech narsaga tushunmayapman. O'z o'zingdan kelib Taehyungga baqirding yana bir nimalar deb uyni boshingga ko'tarding ?!

- O'ylab qarasam aslida barchasiga siz aybdor ekansiz oyi ?! Meni majburlab siz Koreyaga yubordingiz !!! - zarda bilan o'rnidan qo'zg'algan qiz o'shqirgancha bosh barmog'ini onasi tomon o'qtardi.

- Axir dadang...

Aera o'ylab ham o'tirmay shartakilik bilan onasining so'zlarini kesib tashladi. - O'sha o'lgan eringiz boshimga qanday kunlar solganini tasavvur ham qilolmaysiz !!! Barchasi ikkingizni deb bo'ldi !! Nega meni hayotimni tinch qo'ymaysizlar aaa ?!

Seulgi endi ko'zlari yoshlanay deb turgan qiziga quloq solarkan, hech narsani to'liq anglay olmasada qizining ichida og'riq paydo bo'lganini tushunib turardi.

- Nima bo'lganini aytasanmi yo'qmi ? - dedi ayol past ovozda sekin kelib yotoq chetiga joylasharkan.

- Aytaman !!! Juda ajoyib qilib tushuntiraman oyi !! Otam o'zidan qolgan har bir tiyinni bizga ravo ko'rmay o'sha siz yonini olayotgan Kim Taehyungingizga qoldirdi !!! Men Koreyada huddi tutqun kabi bir chaqasiz qolib kettim. Keyin bilsam dadamni jazmaningizning haqiqiy merosxo'ri Jeon Jungkook o'ldirgan ekan. Qanday aqldan ozmasligim mumkin ayting menga jin ursin !!!!

Seulgi ko'zlarini katta katta ochgancha jim bo'lib qoldi. Eshitganlaridan yuragi shunchalik qattiq og'riqni his qildiki dimog'iga qadalib qolgan og'irlik sabab nafas olishdan ham batamom to'xtagandi. Aybdorlik hissi.. O'tmishning yoqimsiz xotiralari.. yana bariga shular aybdor.

- Shunday bo'lishini bilardim.. - sekin nafasi ostida shivirlab qo'ydi u.

- Nimani bilardingiz ?! Nimani bilardingiz oyi ?! Shuncha yil yetmadimi ?! Shuncha yil qilmagan aybimga badal to'lab yashaganim yetmadimi ?! Shuncha narsani boshimdan o'tkazishga majburmidim ?! Ikkingiz ham meni huddi buyum singari uyerdan buyerga sudradingiz !!! Nega hech biringizning rahmingiz kelmadi ?! Meni sarson qildingiz !!! Hech qachon hotirjam uxlashimga, hotirjam nafas olishimga bermadingiz !! Doim yelkamdagi yuk bilan yashadim. Qilgan ishlaringiz meni ham o'ziga tortib aybsiz aybdor qildi tushunyapsizmi ?!!

- Onang ham ayol edi !! - Kang xonimning alam bilan o'shqirgan ovozi Aeraning tinmay noliyotgan so'zlarini qirqib tashladi. - Menda ham hislar bor edi. Men ham mehr istardim. Otangchi ?! U mendan.. o'z xotinidan bera oladigan yagona mehrini ham qizg'ondi !! - ayolning ko'zlaridan chaqnab chiqqan yoshlari, alam bilan qichqirgancha aytayotgan dardiga qorishib ketdi. Aera onasining doimgi ko'rsatayotgan sahnasini hissiz ko'zlari bilan kuzatarkan, yon tomonga qarab labi chetida kulib qo'ydida bir zumda Kang xonimning burni tagigacha kelib to'xtadi.

- Bu nimanidir o'zgartiradi deb o'ylasangiz qattiq adashasiz. Ozgina.. eshityabsizmi ozgina sadoqatingiz kuchli bo'lganida shuncha insonning hayotini barbod qilmagan bo'lardingiz. Siz uchun qattiq afsusdaman oyi.

Boshqa olishishga toqati qolmagan qiz, jahl bilan xonani tark etdi. Seulgi turgan joyida qotib turarkan, biroz avval qizidan eshitgan har bir gaplari quloq ostida qayta jaranglay boshladi. Ko'ksini g'ijimlagancha yerga quladi.

~

Xonadan chiqishim bilan shu zahoti mehmonxonaga kirib Taehyungning qarshisiga chiqdim.
- Men bilan yur !! Jungkookni ham chaqir !! Unga so'nggi bor birga borgan joyimizga borishini ayt !!

- Nima ? - yuzini burushtirgan ko'yi hech narsaga tushunmagan Kim ko'zlarini chaqchaytirgancha yuzimga qarab turardi.

- Gapimni eshitmadingmi ?! Tezroq o'rningdan turib tayyorlan !!

- Sen bilan hech qayerga bormayman. - bamaylihotir ko'zlarini yumib divanga yanada qulayroq joylashib olgan yigit shundoq ham buzilib bo'lgan asabimni battar egovlashni boshladi.

- Hozir o'rningdan turmasang oyingni oldiga kirib bolamiz va sening jirkanchliklaring haqida hammasini yuragi yorilib ketadigan darajada qo'rqinchli qilib so'zma so'z aytib beraman !!!

- Aqldan ozganmisan ?!

- Ha aqldan ozdim !!! Shunday ekan ovozingni o'chirib tezroq tayyorlan !!!

Oxiri dosh berolmay zarda bilan uydan chiqib ketdim. Eshikni zarb bilan yopkanim qo'shnilarga ham eshitilganiga ishonchim komil. Tashqarida aeroportda korgan mashinamni payqagan zahotim eshikni ochib orqa o'rindiqqa joylashdim va Taening chiqishini kuta boshladim. Bir necha daqiqada u qo'lida 2 ta ust kiyim bilan chiqdi. Eshikni ochib rulga joylasharkan, menga ko'z qiri bilan e'tiborsiz qarab qo'ygancha qo'lidagini qaltirashni boshlagan ochiq tizzalarimga uloqtirdi.

- Biroz mehribonroq bo'lsang bo'lardi. Har holda yaqinda kichik operatsiyani boshdan kechirdim.

Taehyung indamay rulni bor kuchi bilan mahkam siqdi. Bir qon talashib qolgan barmoqlariga, bir qisilgan jag'iga qarar ekanman, unga farzandimiz haqida gapirib yuborganimni endi sezdim. Men buni nazarda tutmagandim. Sekin tomoq qirib qo'yib yana gap boshladim.

- Men shunchaki hozir ahvolim uncha yaxshi emas demoqchi edim. - so'zlarimning har bir harfida noqulaylik bor edi. Ammo Taehyung indamadi. Hali ham jim, og'ir sukunatda edi.

- Menga oson hisoblaysan to'g'rimi ? - navbatdagi soniyada yigit qonga to'lgan ko'zi bilan old oyna orqali menga qaradi. Uning ko'zlari qizarib, yoshlana boshlagandi. Ichim shu zahoti titrab ketarkan, ko'zlarimni olib qochib yuzimni oyna tomon burib oldim. Nima u yeg'lamoqchimi ?

Taehyung: To'g'ri men hissiyotlarimni ko'rsatishdan nafratlanadigan insonman, lekin............ U nobud bo'lgani..... meni ichimdan kemiryapti Aera..

Yana Taehyungning ko'zidagi og'riq bilan yuzma yuz keldim. Shu on yuragimda hanjar sanchilgandek achishish paydo bo'ldi. Shunga qaramay tilimni yutib yuborgan kabi jim turardim. Uning oldida aybdorligimni bilaman.. shusiz ham bilaman..

Taehyung: Nahotki hech bo'lmaganda o'zingni oila bilan tasavvur qilib ko'rmading ?! Sen.. men.. qizimiz..

- Seni sevmasdim Taehyung. Sevolmayman ham. - dedim mavzuga nuqta qo'yishni istab. Ammo u achchiq tabassum bilan yana menga qaradi.

- Shunga qaramay bolamizni tashlab istagan joyingga ketishing mumkin, seni majburlamayman degandim.

- U ham mendek katta bo'lishini istagammiding ?! Yoki sen kabi qiyinchiliklarni boshdan kechirishiga rozi bo'larmiding ?! Farzandga sog'lom oila, sog'lom muhit kerak Taehyung !! Bizda esa bularning hech biri yoq !!!

- Agar uni dunyoga keltirib ketganingda boshqasiga uylanib bo'lsa ham unga sog'lom oila yaratib bergan bo'lardim. Bahona qilishni bas qil.

- Nima ?! Meni bolam boshqasini ona deb atashini istaganmiding hali ?!

- Ko'rdingmi Aera. - kulib yubordi u yuzimga chuqur termulib. - Sen hudbinsan. Na uni menga berding, na o'zing saqlab qololding.

- To'g'ri sen uchun hudbindirman. Meni baribir tushunmaysan Kim Taehyung. Chunki meni yaxshi tanimaysan. Qanday insonligimni, ichimdan nimalar o'tayotganini anglolmaysan. Tashqi tomondan o'zimni qanday ko'rsatishni istasam shuni ko'rasan holos. Balki shuning uchundir.. biz ikki hil odamlarmiz.

- Jungkook bilan bir xil odamlarsiz.. shundaymi ?!

- Hech bo'lmaganda u meni tushunadi.

- Shunaqami ?? - qarshimdagi yigitning qoshlari kinoyali tarzda ko'tarilib ketdi. - Hammasini tushundim. Demak ikkilanmayapsan va yakuniy qarorni qabul qilding.

- Shunday.

- Ajoyib. Boshqa aytadigan gapim yo'q.

U mendan yuz o'girib mashinani o't oldirdi va biz yura boshladik. Uning hozirgi qilgan zardasi meni yana achchiqlantirib, miyyamni qizishiga olib kela boshlagandi. Unga hech qachon seni sevaman yoki seniki bo'laman deb va'da berib qo'ymaganman. Ammo u huddi men shunday qilgandek harakat qilyapti. Bu asabimga tegadi va haddan tashqari zerikarli, la'nati !!

Keng maydon o'rtasida joylashgan "Wild velvet" nomi ostidagi bino qarshisiga kelib to'xtadik. Bir ikki soniya ikkimiz ham mashina ichidan tushmay binoga termulib turdik.

- Meni clubga olib keldingmi ?! - zarda bilan ovoz chiqardi Taehyung "Wild velvet" deb yozilgan ulkan chiroqlardan ko'zini uzmay.

- Dam olishni istadim. Muammo bormi ? Yoki bu yerlar uchun qarib qolganmisan ?

- Jungkook bilan yolg'iz dam olishingiz mumkin. Men bilan kelishingga sabab yo'q. Yoki ko'ngling ikkimizni ham istayaptimi ?!

- Haa ko'nglim ikkingizni ham istadi. Boshqa gaping bo'lmasa tezroq yur, Jungkook bizni kutib qolmasin. Uni kuttirishni yomon ko'raman bilasan. ~

Atayin o'zimni Jungkookning oldiga shoshilyotgandek ko'rsatib mashinadan tushdim va Taehyung bergan charm qora kurtkani yelkamga tashlab oldim. Egnimdagi qora kalta ko'ylagim bilan ajoyib turganiga ishonchim komil. Eshik tagida turgan ikki barzangining qarshisiga kelgan onim sochimni yon tomonga tashlagancha shahdam qadam tashladim. Ammo bu ikki yaramas meni to'xtatib qoldi.

- Kirish to'lovi ? - britaniya aksenti bilan savol berdi ulardan biri.

- Ortimdagi kelishgan yigit menga to'laydi. - mamnuniyat bilan Taehyungga ko'zimni qisib qo'ygancha ichkariga kirib ketdim. Uning shu holatdagi yuzi.. jin ursin men sabab asabiylashgandagi yuz ifodasini ko'rish doyim menga yoqadi.

Zinalardan pastlab borgan sarim musiqa ovozi yanada baland jaranglay boshladi. Ko'zlarimni yumgancha ritmni his qilishga urinar ekanman, allaqachon clubning asosiy maydoniga yetib kelgandim.

U yerdan bu yerga o'tib yurgan afitsantlardan birining qo'lidan ichimlik to'ldirilgan shisha olib bir ko'tarishda ichib yubordim va bu achchiq everclear (95% li o'tkir alkogol) ekanini payqamaganim sabab tomog'im yonib ketgandek bo'ldi. Yuzim qattiq burishib ketgancha yo'talib yubordim. Jin ursin !! Bu aniq meni mast qiladi.

Boshi aylanishni boshlagan Aera bir gala extiros bilan raqs tushayotgan odamlar girdobiga qorishib ketdi. Ba'zilar narkotik qabul qilish bilan band, ba'zilar bo'kkuncha ichyapti, yana ba'zilar bo'lsa sheriklariga yopishib ketgudek telbalarcha raqs tushishmoqda. Qiz bu kabi davralardan ancha uzoqlashib ketganini his qilarkan, ichidagi g'alati olov bilan aqldan ozgandek tabassum qilib musiqaga monand raqs tusha boshladi. Qo'llarini yuqoriga ko'tarib oltin sochlarini uyerdan buyerga silkitayotgan qiz hamma narsani butkul unutib bo'lgandi. Hayolida faqatgina zavq, extiros, hirs.. U yana bir bor afitsand qo'lidan o'sha zahar ta'mli ichimlikdan olgancha bir urunishda ko'tarib yubordi. Bu safar suyuqlik achchiq emas, aksincha judayam silliq ketdi. Miriqib sakragancha raqs tushayotgan Aera oldiga kelgan yigitni payqamay ham qolgandi.

- Eyri ? - raqs tushayotgan yigit qizning ortidan yelkasini sekin turtib qo'ydi. Ortiga o'girilgan Aera, bu tanish qiyofani ko'rarkan, qoshlari hursandligidan ko'tarilib ketgancha qo'llarini o'sha yigitning bo'ynidan o'rab oldi.

- Ohh, Jameeeesss. Ahvoling qanday ? - yigitning bo'yniga osilgan ko'yi raqs tushishda davom etdi u.

- Qayerlarga yo'qolib ketding qizaloq ? Seni sog'inib qoldik.

- Chindanmi ? Aldamayotganingni qayerdan bilaman ? - lablarida o'ynoqi tabassum mavjlangan qiz ikkilanib o'tirmay endi yigitni o'ziga tortayotgan ham ediki, ulkan qo'llar kelib ularni ajratib yubordi. Ortga tisarilib ketgan qiz o'zini o'nglagancha Jamesni qidirishga tusharkan, uni yerga mixlab bor kuchi bilan do'pposlayotgan Jungkookni ko'rishi bilan muzlab qoldi.

- Nima qilyapsan ?!!!!!!! - qo'rquvdan qichqirib yuborgan Aera yugurib borgancha yigitning baqquvvat qo'llariga yopishdi, ammo foydasiz edi. Jungkookning ko'zlaridagi alanga shu darajada qaynar ediki, o'zini tutib turolmasdi. Jamesning yuzi qonga bulg'angan, hushini yo'qotay deb turardi.

- JUNGKOOK BAS QIL UNI O'LDIRIB QO'YASAN !!!! - bu safar yigitning sochidan tortgan Aera nihoyat Jeonni to'xtata oldi. Yuzi burishib ketgan yigit qizning changalidan qutulishga urinarkan, atrofdagi insonlarning ko'zi faqatgina shu 2 ta aqldan ozganning atrofida aylanardi.

Qiz uni qo'yib yuborgancha qo'lidan sudrab suzish havzasi joylashgan xonaga olib kirib ketib eshikni qulfladi.

- SEN AQLDAN OZGANMISAN ?!!!! - bor ovozi bilan o'shqirgan qiz hali ham nafasini rostlolmayotgan yigitning ko'ksidan itardi. - SEN KIMSAN ?!!! KIMSAN AAAA ?!!!!!!

- O'SHA LA'NATI SENI O'PMOQCHI BO'LDI !!!! QARAB TURISHIM KERAKMIDI ?!!!!!!

- HAA QARAB TURISHING KERAK EDI !!!!! U EMAS MEN UNI O'PMOQCHI EDIM ESHITYAPSANMI MEN !!!!! - yigitning burni tagigacha kelib chinqirgan qiz yana yigitning ko'ksidan bor kuchi bilan itarib tashladi. Bir qadam ham joyidan siljimayotgan Jungkook zarb bilan qizning yelkalariga barmoqlarini bosgancha uni to'xtashga majburladi.

- HECH KIM AERA !!! HECH KIM SENGA YAQINLASHISHIGA YO'L QO'YMAYMAN !!!!! O'TMISH BILAN ISHIM YO'Q !!!! HAMMASIGA TUPURDIM TUSHUNYAPSANMI ?!!!!!!! SENGA KIMDIR YAQIN KELGUDEK BO'LSA O'LDIRAMAN !!!! O'YLAB HAM O'TIRMAY O'LDIRAMAN !!!!!! HATTO BU KIM TAEHYUNG BO'LSA HAM !!!!!

Jungkookning bor ovozi bilan o'shqirganidan cho'chib ketgan Aera ko'zlarini katta katta ochgancha qotib qoldi. Ichiga oralagan titroq shu qadar kuchayib ketdiki lablari ham bunga dosh berolmadi.

- QO'YIB YUBOR MENI !!!! - u yigitni siltab tashlab qo'lidan qutildi. - Gap mana Kim Taehyungga taqaldi !!!! Sen kim bo'libsanki unga onasi bilan tahdid qilasan aaa ahmoq ?!!!!! Qanday ablaxsan o'zi ?!!!!! Yana kelib kechirishimni so'raysan jin ursin !!!!!

- Mavzuni o'zgartirma !!!!

- Bilasanmi nima ?! Men unga seni adabingni beraman deb va'da berdim !! - degancha yigitni basseynga itarib yubordi qiz. - Biroz salqinlanib ol jin urgur !!!!

Davomi bor...

Keyingi qism uchun 500+ reaksiya va ko'p fikrlar kutaman. O'qib bo'lgan bo'lsangiz qo'llab-quvvatlash uchun postga reak bosib comment qoldirib keting.

Author: Reina Kim.
Gold fanfics.