Vanilla - 26 -
— Crime starts with thought, as natural as breathing. —
Qo'rg'on. Atrofning qandaydir qora energiyasi har bir burchakni bo'g'ib yuborardi. Osmondagi qora bulutlar barcha yorug'likni batamom to'sib qo'ygan, sovuq harorat esa ichkaridagi isitish tizimlariga hech qanday muammo tug'dirmasdi.
- Nima deb o'ylaysan ? Amakim nega hammamizni bu yerga yig'di ? - Lee Hesu bir necha daqiqalardan buyon katta oyna ortidan manzaraga tikilgancha o'y hayollarga botib ketgan Jungkookni chalg'itdi.
- Bilmayman.. - past va oddiygina javob qaytardi yigit.
Birdan eshik ochilib, katta zal tomon qadam bosayotgan o'sha qora haybatga ega bo'lgan erkakning soyasi ko'rina boshladi. Ichkariga kirarkan atrofning jimligini ilg'agach egnidagi qimmatbaho paltosini yechgancha qaysidir divanga e'tibosizlarcha uloqtirib yubordi.
- Men bilan salomlashmaysizmi ? - atayin gap qistirgan yigit labi chetida yaratgan jirkanch tabassumi bilan tanasini yumshoq kresloga ag'dardi.
- Salom... Taehyung. - o'zi istamasada ikkilanish bilan qisqa salomlashib qo'ydi Hesu.
Jungkookdan hali hamon darak yo'q. Tishini tishiga bazo'r bosib turardi. Ayni dam kompaniyada ishlar alg'ov dalg'ov bo'lib ketgan, shuning uchun Jeonning asablari anchagina charchagandi. U chuqur nafas chiqardida, bo'yinbog'ini asabiy bo'shatib qat'iy qadamlar bilan yurib keta boshladi.
Hesu: Qayerga ?! - shoshib qoldi qiz.
- Hozir kelaman.
Xonadan ravona bo'lgan yigitning ortidan so'lib qolgan ko'zlari bilan termulgan qiz nigohlarini ko'ngli g'ash bo'lgancha barmoqlari orasidagi uzukka tikdi.
- Jungkook berdimi ? - mensimagan ovozda kulib qo'ydi Taehyung. Ko'zlari chiqib ketay darajada keng ochilgan Hesu shu zahoti qo'lini ortiga berkitdi.
- Nimalar deyapsiz ?! O'zim sotib oldim. - dedi qaltiroq bilan. Taehyung bir necha soniya indamay qizning qizarishga ulgurgan yuzini ko'zdan kechirdi. U yolg'onni tez payqay olishiga qaramay o'zini bilmaganlikka olgandek iljayib qo'yarkan, oldida turgan javon tomon yaqinlashgancha uzoq saqlangan, qimmatbaho ichimliklarni ko'zdan kechira boshladi.
- Buncha qo'rqib ketmasang. Shunchaki hazillashdim. - deb qo'ydi harakatlari orasida. Hesu hech narsa demadi. Og'ir yutunib qo'ygancha qo'liga telefonini ushlab chalg'ishga urindi.
- Rais Kang bizni yig'ganiga qaraganda biror bazm rejalashtirilganmi ? - qo'liga o'zi istagan viskisini olgan Kim qizga qaramay savol berdi.
- Men ham sizga kabi hech qanday xabarlarsiz shu yerdaman Taehyung !!! - bu ahmoq bolaning g'alati gaplaridan toqatim toq bo'lib zarda bilan javob qaytardim. Uning turqidan o'chmayotgan bu ahmoqona tabassum asablarimni yeb bitirishga ulgurgandi. Tezroq Jungkook ichkariga kirsayu vaziyatni nazoratiga olsa.
Sekin o'rnimdan turib boya sevgilim atrofni kuzatayotgan o'sha katta, butun hovli ko'rinib turadigan oyna qarshisiga bordim. Tashqarida o'sha kulrang rangli qalin sigarasini tutatgancha orqa o'girgan bo'lib Jungkook turardi. Ancha avval chekishni to'xtatgandi. Balki hammasi kompaniyadagi qiymati sariq chaqaga teng bo'lib qolgan aksiyalarni sababdir ?
Eshikning ochilgan ovozini eshitishim bilanoq ortimga qaradim. Advokat Choi amakim bilan hayrlashgach Jungkookni chaqirib yuborishimni istadi. Men ham itoatkorlik bilan raisga bosh egib, Jungkookni chaqirish uchun tashqariga chiqdim. Ta'makining o'tkir hidi dimog'imga urilarkan yuzimni burishtirmay o'zimni tutishga urinib yigitimning yelkasidan tutdim.
- Sevgilim.. - dedim past ovozda. Birdan qo'limni siltab tashlagan Jungkook tezda ortiga o'girilarkan atrofga ko'z tashlab menga o'shqirib yubordi.
- Qo'rg'onning har burchagida kamera bor Hesu !!! Nega tushunishing buncha qiyin ?!! Seningcha nega men bu munosabatni yashirib yuribman ?! Ortingga qara !!! - Jungkook ishora qilgan joyga qaraganimni bilaman, biroz avval men atrofni tomosha qilayotkan ulkan oynadan bizga qadahini ko'targancha Taehyung termulib turardi. - Mana sababi. Ko'ryapsanmi o'sha haromini. Har qadamimni kuzatib ayb qidirish bilan ovvora. Juda yaxshi bilasan, amakimning qulog'iga yetib borgudek bo'lsa hatto yuzimga qayrilib ham qaramay qo'yadilar.
Uning tobora asabiylashib ketayotganini sezib indamadim. Doimgidek ko'z yumgan holimda lablarimni tishlab barini ichimga yutdim.
- Sehyuk amakim seni kutayotganlarini aytmoqchi edim. Boraqol.. - dedim va ortimni o'girib bor g'amimni o'pkamga yashirgancha ichkariga kirib ketdim. Ba'zida Jungkook menda ham insonlarga hos bo'lgan hislar mavjudligini unutib qo'yadi. Men esa uni tushunib tinglashga urinaman.
Qo'liga bir necha qog'ozlarni ushlab olgan yigit bari to'g'ri ekaniga ishonch hosil qildida eshikni bir marotaba taqillatib, tasdiq orqali ichkariga kirdi.
Jungkook: Hayrli kun amaki. - yigit o'zining doimgi ishi bilan band holda o'tirgan qariyani ko'rgan, hammasi hozircha yaxshi ekanini his qilgancha chyqur yutunib qo'ydi. Sehyuk oiladagi barchani yig'gani uning ichidagi barcha shubxalar g'alayon otiga minishiga sabab bo'lgandi.
Janob Kang: Senga ham o'g'lim. Qani o'tir. - jiddiylik bilan qarshisidagi ish stuliga ishora qildi erkak. - Bugun men uchun muhim kun. Qizimni koreyaga chaqirmoqchiman.
Quloqlari eshitgan gapdan qotib qolgan yigit, butunlay hayratini yashirolmay qoldi. Qo'lidagi qog'ozlarni tezlik bilan stolga tashlagancha ko'zlarini charchoq bilan ishqalarkan, hozir amakisi chindan hazillashmayotgani haqida ikkilanib qoldi.
- Siz chindan ? Amaki chindan Aerani kelishini istaysizmi ?!
Biroz jimib qolgan Janob Kang bir nuqtadan ko'zini uzolmay qoldi. Yuzida nim tabassum paydo bo'larkan, bundan qandaydir ma'no axtarishning o'zi imkonsizdek go'yo.
- Menimcha u bilan munosabatlarimizni tiklash vaqti keldi deb o'ylayman... Avvalroq buni qilishim kerak edi, lekin endi o'zimda jasorat topdim. Qizimni qanday katta bo'lganini o'z ko'zim bilan ko'rishni istayman.
- Ochig'i buni kutmaganimni tan olaman. - lablarini ohista yalab qo'ydi Jeon. - U ham bundan hursand bo'lishiga ishonchim komil. - noqulaygina kulib qo'ydi soxtalik ufurib turgan g'alati yuz ifodasi bilan.
Jungkook: Kang xonimchi ? Uni ham chaqiramizmi amaki ?
Kang xonim... bu so'z huddi bahor bilan porlayotgan xonaga zulmatni olib kirgandek iflos energiya bilan atrofni qamrab oldi. Sehyukning yuzidagi yoqimli tabassum o'rnini chirkin hislar egallarkan, asabiylik sabab qaltiroq oralagan qo'llari musht tugildi.
- Seulgiga bu yerda o'rin yo'q !!! U haqida boshqa hech qachon og'iz ocha ko'rma... o'g'lim !!! - so'nggi so'zini urg'u bilan gapirgan erkak, yigitchaning ichiga yetarlicha g'ulg'ulani joylashga ulgurgandi. Jungkook itoatkorlik bilan bosh chayqab vaziyatni nazorati ostiga olish uchun biroz avval stolga qo'ygan qog'ozlarini erkakka uzatdi.
- Amaki.. menga bergan va'dangiz yodingizdami ? Me'ros haqida.
- Nahotki vaqti kelgan bo'lsa ?! - Janob Kang o'zini hissizlarcha e'tiborsizdek tutardi. Ish stolining kichik tortmachasiga qo'l cho'zib qutisidan qimmatbaho sigarasini chiqararkan, uni Jungkookga uzatkan oni yigit yondirgichini shoshgan bo'lib chiqardida tamakini kuydirdi.
- Men barcha hujjatlarni tayyorladim. Endi imzoyingiz kifoya holos. Iltimos... men chindan sizga qarshi chiqishni hoxlamayman.
- Qo'ysangchi o'g'lim !!! Maynavozchilikni bas qil. Bari tugagach meni ham o'ldirib yuborishingni juda yaxshi bilaman. Albatta bunga o'zim yo'l qo'ymasam qo'lingdan hech nima kelmaydi. Lekin men vijdonli odamman.
Erkak mamnuniyat bilan qo'liga ruchkasini olib tezlik bilan qog'ozlarni imzolab tashladi. Lablari orasida sigarani chuqur tortarkan, jimib qolgan Jeonning ko'zlariga tikildi.
- Senda uning o'tkir qarashlari bor Jungkook. Doim menga Jungwonni eslatgansan... huddi shu vaqtgacha u meni tark etmagandek.
- Otamni eslashning keragi yo'q amaki !!! - tirishgan yigit hafsala bilan havo chiqardi. Ammo uning gapini pisand qilmagan Kang so'zida davom etishni tanladi.
Janob Kang: U yaxshi inson bo'lishiga qaramay hech qachon halol bo'lmadi. Shu sabab sen va akangni halollikka o'rgatishga urindim.
Janob Kang: Bilaman shu yashab turgan maskanimni qabristonga aylantirib begunoh qon to'kdim. Ammo biror marotaba o'zimni yengil his qilganimni eslolmayman, o'g'lim. Menga kamdek, bari hali ham yetarli emasdek tuyilaverardi. Chunki sen tirik eding.
Jeonning davomchisi. Uning suyukli o'g'li Jungkook.
Ta'maki tutuni butun xona bo'ylab tarqadi. Erkak chuqur nafas olgancha yana bir bor sigarasini og'ziga olar ekan, chuqur havo yutib, yana chiqardi.
Janob Kang: So'ng men qasosimga tik qarashni boshladim. Har soniyam meni yondirishiga qaramay o'zimni jazolash uchun sizni birga o'stirib, o'z farzandimdek ko'rishga urindim. Tasavvur qilyapsanmi ?! Jeon Jungwonning ikki nusxasini o'z qo'llarim bilan sayqalladim.
Janob Kang: Gapimni bo'lma Jungkook.. - stolga urilgan kaft sabab jaranglagan baland ovoz yigitning jag' suyaklari qisilishiga sabab bo'ldi. - Sen epchil bo'lishingga qaramay tuyg'ularga tez berilasan. Lekin Taehyung doim aql bilan ish ko'radi. Mana sizning farqingiz o'g'lim. Men o'zgarishingni jimgina kutdim. Lekin hayotingni faqat shu yo'lga bag'ishlashni tanlaganingni mana endi tushundim.. Huddi men kabi qasosdan boshqa maqsadi qolmagan mavjudotga aylanibsan.. Bilishing kerak bo'lgan narsalar ko'p. O'zim yo'limni tanlab vijdon azobidan bo'lak hech narsaga erishmadim. Nima bo'lgan taqdirda ham sen eng qalin do'stimning... mening o'g'limligingcha qolasan Jungkook.
So'nggi so'zlarini kichik tabassum bilan tugatgan erkak, qo'lidagi tamakini kuldonga bosib, ko'zlari qizil tusga kirib ulgurgan o'g'lining yuziga termuldi. Jungkookni yutinishga ham madori qolmagandi go'yo. Ichida uyg'ongan g'alati hislarini tushunolmay qaltirab ketgan qo'llarini mushtlagancha o'rnidan turib ketdi.
U so'nggi bor shoshgancha Janob Kangga ta'zim qildida, xonadan ravona bo'ldi.
- Jungkook ahvoling yaxshimi ? - o'zida bo'lmay zalga kirib kelgan yigitning biroz bukilgan jussasini payqagan Hesu o'rnidan turib ketdi. Aftidan hech narsa yaxshi emasligini shu zahoti angladi qiz.
Hesu: Kompaniyada yana muammo chiqibtimi ?!
Jeon indamadi. O'lik nigohlarini divanda oyog'ini chalishtirgancha kulimsirab o'tirgan Taehyungga qaratarkan bir ikki qadam oldinga tashlab tilini asabiy og'iz bo'shlig'ida o'ynatdi.
Jungkook: Amakimga qahva olib kir Hesu.
Jungkook: Amakimni sening qo'lingdan qahva ichgisi kelibdi Hesu !!! Yana qaysi tilda tushuntiray ?! - yigitning tishlari orasida bosim bilan aytgan so'zlarini eshitgan qiz hech narsaga tushunmay bosh irg'ab oshxonaga ketdi.
Taehyung: U haddan tashqari itoatkor qizaloq.. shunday emasmi ? - qiz ketgan tomon ishora qildi Kim ko'zlarini o'ynatib.
Jungkook: Unga bunday qarama, baribir senga to'g'ri kelmaydi.
Taehyung: Nega ekan ? Raisning qizidan farqli o'laroq Lee xonim ajoyib biznes reja bo'lishi mumkin.
Jungkook: Amakim "yakkayu yagona jiyanini sendek it emgan haromiga bermaydi" degan tanlov uchun hayotimni tikishim mumkin aka !! - mamnuniyatdan labi chetida tabassum qilgan yigit sekin Tae tomon yaqinlashib qarshisiga keldi.
Jungkook: Ertaga Aera Koreyaga keladi. Shunday ekan oldida biror ahmoqona harakat qilsang seni o'zim o'ldiraman !!
Taehyung: Hmm, Janob Kangning suyilmagan kibor qizalog'i.. Negadir qiziqib ketyapman. - huddi atayin qilgandek hayolidagi ahmoqona o'ylarga sha'ma qilgan yigit o'rnidan turdi.
Jungkook: O'zingni bosib yur Taehyung !!
- Nima qilishimni o'rgatmoqchi bo'lsang otam bo'lib tug'ilishing kerak edi ukajon. - asta qadam tashlashni boshlagan ko'yi ortiga qaramay gapirishda davom etdi Kim. - Endi Raisning asablarini egovlash mening navbatim. Sendan yaxshiroq eplashimga aminman.
Sekin qadamlar bilan xonani tark etayotgan manman akasini kuzatib turgan Jungkook ensasini qotirgancha tanasini Taehyung tashlab ketgan divanga tashladi.
- Ichishga qarilik qilmaysizmi Janob Kang ? - mazaxlagan bo'ldi oyoqlarini chalishtirib o'tirib olgan yigit.
- Hali ham tarbiyasiz eshaksan Taehyung !! Qachon odam bo'lasan hayronman.
- No no no !! Raisdan bunday gaplarni eshitish qalbimni og'ritadi !! - sohta yuz ifodasi bilan ko'ksini sqimladi u huddi yuragi huruj qilgandek. Hafsala bilan uhh tortgan erkak ikkinchi shishaga ham yigitcha yoqtirgan viskisidan quyib unga uzatdi.
- Ahh bu jannatning hidi Rais. Siz ham sezyapsizmi ? - ko'zlarini yumgancha tabassum qildi u.
- Ahir tan olsangizchi, doim didim siznikidan yaxshiroq bo'lgan. Endi yoqtirgan ichimligimni ham o'g'irlamoqchisiz. - u maroq bilan shishadagi suyuqlikni hidlagach, yuzi kulmayotgan, jiddiy qariyaga qaradi. - Jungkook kayfiyatingizni rasvo qilgan ko'rinadi.
Janob Kang: Sen bilan bir masalada gaplashib olishimiz kerak.
Bu ohang Kim uchun yetarli darajada tanish edi. Tanasini divanga bor og'irligi bilan suyagan yigit, qarshisidagi erkakka ko'z qirini tashladi.
- Demak mendan nimanidir hoxlaysiz. Eshitaman Rais Kang ?! - rasmiyatchilikni yodga olgan ko'yi jiddiy javob qaytardi u. Yuziga kulgu yugurgan qariya shishadagi suyuqlikdan ho'plab, qo'lidagi soatga razm solarkan, barmoqlari orasida uni ohista silab qo'ydi.
- Senga eng qimmatli narsamni sovg'a qilmoqchiman. Bu soatni menga qizim yuborgandi... 7 yil avval.
Taehyung: Menga arzon buyumlar qiziq emas Janob. Uni o'zingizda qoldiravering. - hafsala bilan yuzini burishtirgan Tae mensimay qosh uchirib qo'ydi.
- Bu yagona nusxada yasalgan qo'l mehnati !!! Qizimning didiga shubxang bormi ?! - mag'rurona nigohlar bilan qo'lidagi kumush rangli, og'ir soatni yechgan bo'lib Taening ko'z oldiga olib kelgan erkak, maqtangandek yuz ifodasi bilan tabassum qildi.
Taehyung: 7 yil avval Kichik xonim 14 yo'sh bo'lgan to'g'rimi ? - soatning qiymatini tekshirar ekan, ikkilanish bilan savol berdi yigit.
- Ha.. tug'ilgan kunida sovg'a qilgan sirg'alarimni sotib menga buni jo'natgandi..
- Demak bu qadrli qizalog'ingiz sizning sovg'angizni qabul qilmaganini anglatadi. Qoyil, Rais Kangning ham qo'lini qaytaradigan inson bor ekan.
- Men jiddiy gapiryapman Taehyung. Mendan keyin bu soat seniki bo'lishi kerak. Uni senga berish qarorim qat'iy.
- Yaxshi yaxshi qarshilik qilmayapman. Jahlingiz chiqmasin. - huddi taslim bo'lgandek ikki qo'lini yuqorilatdi Taehyung, yuzida g'alati tabassum bilan. U Janob Kangning qat'iy nigohidan so'ng stol ustida turgan soatni olib qo'liga taqdi.
- Menga yarashdi shundaymi ? - mamnun tabassum bilan soatga tikildi u.
- Ertaga qizim Seulda bo'ladi. Uni kutib olish uchun aynan sen borishingni istayman.
Birdan aytilgan noaniq gapdan alanglab qolgan Kim ko'zlarini katta katta ochar ekan, erkakning shunchaki munosabatsiz yuz ifodasini ko'rish uni yanada hayratlantirdi.
- Men ?! - ko'rsatkich barmog'i bilan o'ziga ishora qildi u.
- Ha sen !!
- Jungkookni yuborishingiz kerak. Men hatto qizingizni ko'rmaganman ham, Rais Kang !!
- U o'zi seni tanib oladi havotir olma.
Oshxona.. Keng xona ichidagi did bilan bezatilgan qaymoq rang mebellar.. Qahva mashinasi oldida hayolga berilib bir nuqtaga tikilib turgan Hesu.
- Nimani buncha uzoq o'ylayapsan ? - birdan bo'ynida sovuq lablarni his qilgan qiz cho'chib tushdi. Jungkookning yuzida keng kulgu paydo bo'larkan ikki qo'li bilan qizning belidan siqimlab o'ziga yaqinlashtirdi.
- Qo'rqitib yubording. - dedi qiz havotir bilan.
- Senga kimdir teginsa bu faqat men bo'laman. - yuzini qizning bo'yniga ko'mgan yigit uni chuqur hidlarkan qo'li pastlashib qizning ortini silashga tushdi.
- Jungkook.. Biz qo'rg'ondamiz !! - ogohlantirish berdi Hesu noqulaylik bilan. Lekin Jungkook to'xtamasdi. Huddi qizning so'zlarini eshitmagandek. Nafasi tobora chuqurlashar, o'sha sovuq lablarini yana bir bor qizning bo'yniga bosardi.
- Boyagi ish uchun meni kechir. Nazoratni yo'qotdim. - qo'polligini nazarda tutgancha past ovozda, nafasi ostida pichirladi u.
- Hesu, chindan afsusdaman. - hirillash bilan birga qo'llar yana pastlaydi. Bu safar qizning kalta ko'ylagi ostiga barmoqlarini kirgizgan Jungkook, chuqur nafas bilan lablarini tishlab qizning yanog'iga yaqinlashdi.
- Yaxshi Jungkook. Bas qil !! - yigitning qattiqlashayotgan qo'lini siltadi qiz undan biroz uzoqlashib o'zini olib qochgancha. - Kimdir ko'rib qolmasin !!
Sevgilisining so'zlarini tinglagan Jungkook u hali ham hovuridan tushmaganini angladi. Sekin uzoqlashib muzlatgichga kuragi bilan suyandi.. Hesuni tomosha qila boshladi. Boshdan oyoq, huddi skaner kabi. Qizning jahl bilan qilayotgan har bir harakatini kuzatdi.
Yuzida paydo bo'lgan mazahnomus tabassumini yashirishga ham urinmay taslim bo'lib qo'llarini yana qizning nozik beliga olib bordi.
- Seni sevaman.. - og'ir nafas bilan shivirladi u.
- Nega birdan ?!
- Nima mumkin emasmi sevgilim ?
- Ha, mumkin emas azizim !! - huddi yigitning o'zi kabi kinoya bilan gapirgan qiz gapirish barobarida tayyor bo'lgan qahvalarini patnisga joyladi.
- Sen bilan uyga borganda uzoq gaplashamiz nazarimda mm ? - qo'llar yana qizning ostiga tiralib uni ishqalay boshladi. O'zini bazo'r tutib turgan Hesuning kaftlari titrab ketarkan, patnisdagi qahva biroz to'kilib ketdi ham. Jungkook shu on to'xtab qo'lini cho'ntagiga suqgancha kichik dori qutichasini oldida mebel ustiga qo'ydi.
- Uni endi o'zing tozala Jungkook !!! - Hesu to'kilgan qahvaga ishora qildi. Asabiylik uni tamom qila boshlagandi. Yigiti mebel ustiga qo'ygan narsani ko'rib unga qoshlarini chimirgancha qaradi. - Nima bu ?
- Vitaminlar. Uni ham qo'shib olib bor.
- Yaxshi. - qo'liga qahvani o'zini olib, qutichani ham qo'shib olgan qiz eshik tomon yura boshlagan on bir muddat joyida to'xtab qoldi. Ortiga qararkan, suzilgan ko'zlar bilan qizning tanasiga termulib turgan sevgilisini ko'rib battar asabiy nafas chiqardi. - Menga boshqa yaqinlasha ko'rma tushundingmi ?! Seni deb kunimni asabiy o'tkazish niyatim yo'q !!!
- Ho'p bo'ladi Lee xonim. - hazil bilan ta'zim qildi yigit.
Ichkarida paydo bo'lgan yoqimsiz sukutni buzgan eshik ovozi ichkaridagi ikki insonning ham e'tiborini yetarlicha o'g'irladi. Nigohlari so'nishni boshlayotgan erkak qoshlarini chimirdi.
- Amaki kirsam maylimi ? - jiyanining yumshoq ovozini eshitgach, uni ichkariga taklif qildi Janob Kang. Hesu ichkariga kirarkan, e'tiborini tortgan yagona narsa behurmatlarcha oyoq chalishtirib o'tirgan Taehyung edi. Unga yeb qo'ygudek qaragancha qo'lidagilarni amakisining oldiga sekin qo'ydi.
Ichkariga kirgan vaqtim ahmoq Taehyungning huddi kallakesarlarcha o'tirganini ko'rib hayron qoldim. U haddan tashqari bezbet edi. Boshlig'ining oldida bunday o'tirishga qanday haddi sig'di hayronman. Eng qizig'i amakim ham bunga indamay o'tirardilar.
- Bu qahva va vitaminlar. Men bora qolay.. - amakimga tabassum qilib xonadan chiqib ketarkanman, menga qarab bir ko'zini qisib qo'ygan yigitni ko'rib ensamni qotirdim. Bu ahmoqning qilig'ini Jungkook ko'rsa tirik qolmasligi aniq. Xonadan chiqgach Song xonimni izlashga tushdim. Na Song xonim va na uning qizi mehmonlarga qarashmasdi. Xizmatchilar ham haddidan oshibdi. Qahvani ham o'zim tayyorlashimga to'g'ri keldi.
Hesu xonadan chiqib ketgan kiymining yoqasini to'g'irlab, turishga tayyorgarlik ko'rdi Taehyung.
- Yaxshi Rais Kang. Unda ertaga qizingizni o'zim kutib olishga boraman..
- Shoshma.. - erkak o'rnidan qo'zg'alishga tayyor bo'lgan yigitni to'xtatib qoldi. - Taehyung.. mendan keyin barcha narsam seniki bo'ladi. Shu bilan birga oilam ham.
- Nimalar deyapsiz ? Huddi hayrlashayotkanga o'xshaysiz. - kulib yuborgan yigit barini hazilga olib, o'rnidan turdi.
- Shunchaki gaplarimni esingdan chiqarma o'g'lim. - sekin tabassum qilgan Kang Sehyuk Hesu qo'yib ketkan tabletkadan birini olib viski bilan qabul qilib yubordi. Taehyung indamasdi. Ichida paydo bo'lgan g'ashlik uni bezovta qila boshladi. Yuzidagi tabassumi o'chgan, og'ir yutinib qo'ydi.
- Kuningiz yaxshi o'tsin Rais. - so'nggi bor Raisning ko'zlariga chuqur tikilib eshikni ochgancha chiqib ketdi. Shu soniyada yuzi burisha boshlagan erkakning nafasi qisildi. Qizarib ketgan ko'zlarini yumgancha qo'li bilan ko'ksini siqimlar ekan, boshini nazorat qila olmay stolga tashladi. Ohirgi nafas.. Kang Sehyuk vafot etdi.
Tobut. Atrofi to'la ulug' mansablilar. Bari sohta. Har bir insonning yuzidagi qayg'u shunchaki niqob ekani sezilib turardi. Tobut oldida turgan Taehyung Raisning har bir so'zini eslay boshladi. U kechagina soppa sog' edi. Bari huddi tabiiy o'limdek tasvirlangan. Suiqasd alomatlari yo'q. Yigitning bolaligidan buyon, otasidek katta qilgan inson shunchaki kutilmaganda vafot etishi uni tamom qilishga ulgurdi.
Qizarib ketgan ko'zlarini chuqur yumgan Kim ko'zidan tomgan tomchini tezda artib tashladi. U o'zi bilan doyim yelkama yelka bo'lgan, eng yaqin insoni bilan hayrlasha olmadi. Birdan cho'ntagida vibratsiyani his qilarkan, tezda telefonini chiqarib, qo'ng'iroqqa javob berdi.
- Eshitaman Jaehyuk ?
- Janob Kim, Kang xonim 20 daqiqadan so'ng Seulda bo'ladilar.
- Yaxshi, ketyapman.
U so'nggi bor umidsizlik bilan tobut ustidagi jiddiy turgan qariyaning suratiga razm tashlab, zalni tark etdi.
Barini birma bir hayolidan o'tkazayotgan Taehyung, shu vaqtgacha Kang Sehyukning qotili Jungkook ekanini bilsada buni isbotlay olmasdi. Hech qanday dalil mavjud emasdi. Hatto Hesuning o'zi ham qo'li amakisining qoniga botkanini bilmay ketdi. Lekin endi asosiy dalil uning qo'llarida. Oshxonadagi o'sha vitamin deb atalgan yurak to'xtatuvchi dori tushib qolgan video. Bari kamera yozuvida bo'lgan. Lekin buni oshxonaga mas'ul bo'lgan xizmatchi Song ko'rib qolgani sabab fleshkani olib o'sha kunning o'zidayoq oilasi bilan qochgandi. Jungkook ularni qidirishga tushishidan avval Omertà ularni topdi. Anchagina pul evaziga fleshkani sotib oldi.
Eslatma - Omertàda barcha taniqli insonlarga qarshi qandaydir dalillar yig'iladi. Qachondir asqotishi yoki sotilishi uchun.
Omertà bariga ega chiqqanini bilgan Jeon shunchaki jahl ustida Song oilasini qirib yubordi. Uzoq eslangan o'tmish xotiralari... Xonadagi sukutni Jungkookning yaqinlashgan qadam tovushlari buzdi.
- Aeradan hech qachon voz kechmayman Taehyung !! Hech qachon. Amakim qilgan ishlarga uning aloqasi yo'qligini tushundim. Endi bariga ko'z yumib shunchaki u bilan oddiy insonlardek yashamoqchiman.
- Oddiy insonlardek ?! - mazhara bilan xonani to'ldirib kuldi Kim. - Sen bunday yashashni bilmasligingni ikkimiz ham juda yaxshi bilamiz, shunday emasmi ?!
Vaziyat jiddiylashishini kutayotgan Taehyung o'lik nigohlar bilan, tushkun ko'rinayotgan ukasini kuzata boshladi. O'tmish haqida gap ketar ekan, uning yuzida hech qachon ko'rmagan o'sha "afsuslanish"ni payqagan Kim biroz hayratga tushgan bo'lsa ham buni sezdirmaslikka urindi. Nahotki Aera bu tosh yigitni shunchalik o'zgartirgan bo'lsa ?!
- Men gapirishim kerak bo'lgan narsani aytdim. Undan ko'ra hayriyaga tikib yuborgan pullaringni qanday qaytarishni o'yla !! - bosimdan halos bo'lishni istayotgan Jeon shunchaki so'nggi so'zini aytib xonadan chiqib ketdi. U suhbatning ohirida nihoyatda bosiq bo'lib qolgandi. Huddi shunchaki Taehyungning bosimidan to'ygandek.
Ko'zlarimni ochdim. Xonamda edim. Hali ham Jungkookning uyida. Shu qadar madorsizlanib qolgan edimki, biror nima haqida o'ylashga ham qurbim yetmasdi. Hali hamon miyyamda tinmay aylanayotgan la'nati hayollardan qutilolmay yotardim. Ko'zlarim o'z o'zidan yoshlanar, bularning bariga qanday chidash mumkinligi haqida hech qanday fikrsiz qoldim.
Birdan taqillagan eshik sabab fikrim bo'lindi ammo qorachig'im shiftdan boshqa joyga ko'chmasdi.
- Xonim.. ahvolingiz yaxshimi ? - o'sha hizmatchi qizning ovozi.. men indamadim. Hozir hech narsa haqida o'ylashni istamasdim. Oradan bir necha soniya o'tgach yana eshik taqilladi.
- Aera ? - bu safar bu Reina edi. Sekin yuzimni burgancha eshik tomon qaradim. Bu meni hayratlantirgandi. - Ovqatlanishni istaysanmi ?
- Eshik qulfmi ? - savol berdim ikkilanish bilan. Eshik tutqichi bir necha bor qimirlaganida qulf ekaniga amin bo'ldim.
- Ha.. lekin kalit uyda bo'lishi kerak. Menimcha u Jungkookning xonasida.
- Iltimos eshikni och. - o'rnimdan shu zahoti qo'zg'alar ekanman, Jungkook meni to'rt devor ichiga qamab qo'ygani tashvishga sola boshladi. - Iltimos Rei, meni chiqarib yubor !!
- Lekin Jungkook bilib qolsa..
- U bilmaydi qasam ichaman !!
Og'ir yutingan Rei qizning ahvoli yaxshi emasligini his qilib turardi. U bir necha soniya bir joyda qimirlamay turgach, biroz avvalgi voqea haqida o'yladi. Aynan Jeon tomonidan tahqirlangan soniyasi haqida.. Qiz endi ikkilanishni istamaydi. Senaga qarab ishora qilar ekan, u ham bosh irg'itib xonimi aytgan narsani olib keldi.. Eshik ochildi.. Kalit chindan Jungkookning xonasida edi.
- Men shunchaki shovqinni eshitdim.. biror jiddiy narsa bo'ldi deb o'yladim. - o'zimcha unga bir nimalarni tushuntirishga harakat qilar ekanman, ochiq eshik qarshisida turgan qiz shunchaki yig'lab yubordi. Ichimdan o'tgan g'alati hissiyot sabab butun tanam muzlab qolgandi. Uning bog'langan qo'liga ko'zim tusharkan, jarohatini ko'rib, ko'zlarim chiqib ketay dedi.
Reina: S.sen senga nima bo'ldi ?!
Aera: Iltimos menga yordam ber. Menga yordam ber. - yig'i aralash piqqilashni boshlagan qiz menga o'tinch bilan qararkan, aynan nima bo'lganini tahmin qilolmasam ham, juda yomon narsa bo'lganini va bu uni harob qila boshlaganini his qilib turardim. Bu o'sha hismi ? Ayol ayolni tushunishi ?!
Shu zahoti uni ushlab yotog'iga o'tirishiga yordamlashdim. Men kecha butun vujudim bilan nafratlanayotgan o'sha qizga bugun chin qalbimdan achinishni boshlagandim. Oshxonadan suv olib chiqqan Senadan stakanni olib Aeraga ichirdim. Biroz tinchlangandek ko'rindi.
- Men.. men bularning hech biriga chiday olmayman. Menga bu yerdan ketishimga yordam ber iltimos. Men bu yerdan ketishim kerak !!! Hoziroq.. - uning so'zlari ham titrab ketardi hatto.
- Lekin qanday ? Pastda Jungkook tayinlagan soqchilar bor. - butunlay ongim qotib qolgandi. Qanday qilib Aera bu holatga tushib qolgani ham mayli, aynan shu hodisadan so'ng Jungkook uyga soqchilar qo'ygani meni yanada ko'p narsalarni o'ylashga majburlardi.
- Iltimos Rei nimadir o'ylab top. Kim Taehyung bilan uchrashishim kerak. Bu uyda qololmayman..
- Nima bo'lganini aytasanmi ? - qiziqishim ustunlik qildi. Bir nuqtaga hissiz tikilib, yana ko'zlari namlana boshlagan qizning sukuti bunga allaqachon javob edi. U aytolmasdi. Bunga bardoshi yetmasdi. Tushundim. Shunchaki qarashidan angladim.
- U Geoksuni o'sha kun o'ldirdi. Bazm bo'lgan kun. Taehyung senga aynan shuni aytmoqchi bo'lgandi. - Aera bir nuqtaga tikilgancha hissiz gapirdi. Buni aytishga chindan majbur bo'lgandi. Qanday yo'l bilan bo'lsa ham bu la'nat bosgan joydan qutilishi kerak. Qanday yo'l bilan bo'lsa ham..
Quloqlari eshitgan so'zlardan qotib qolgan Rei, butunlay aqlini yo'qotib qo'ydi. Atrofida barcha narsa charxpalak singari aylanar ekan, og'ir yutunib ko'zlarini qattiq yumdi.
- Men.. men tahmin qilgandim. - dedi u lablarini tishlab... yig'lab yubormaslikka urinib.
- Bu yerda sen ham, men ham qololmaymiz. Hozir sendan bo'lak hech kim menga yordam berolmaydi Rei !!!
Oraga tushgan g'alati sukut. Indamay barini o'ylayotgan Reina. Qizning javobini kutayotgan Aera..
Shu vaqtgacha eri tomonidan tahqirlanib kelgan har bir soniyasini yodga oldi qiz. Eslashga urindi. Hech bo'lmasa bir bor mehrli qaralgan nigohni eslashga harakat qildi. Lekin javob yo'q edi. U bu uyda doyim mavjud bo'lmagan shaxsdek yashadi. Balki bularning baridan voz kechish vaqti kelgandir.
- Xonim, axir bizni ham tushunsangizchi. Biz shunchaki Janob Jeonning buyrug'ini bajaryapmiz holos. - qora kostyum shim kiyib olgan qo'riqchi tahminan 15 daqiqadan buyon qiz bilan tortishib turardi.
- Men baribir tashqariga chiqishim kerak deyapman !!! Boradigan joyim bor deyapman !!! Nima karmisizlar ?!
- Meni ma'zur tuting. Lekin sizni chiqarib yuborolmayman. Mumkin emas. - hotirjam ovoz bilan so'nggi so'zini aytgan yigit, boshqa Rei bilan gaplashishni istamay ortiga o'girildi.
- Yaxshi, unda Jungkook bilan meni bog'la. U bilan o'zim gaplashaman. - qiz talabchanlik bilan oyoq tirab oldi. Allaqachon toqati toq bo'lgan yigit ham ikkilanmay qo'liga telefonini oldida boshlig'ining raqamini terdi. Chaqiruv keta boshladi.. bir necha soniya o'tarkan qo'ng'iroq muvaffaqiyatsiz edi.
- Nima bo'ldi ?! - kutilmaganda qo'ng'iroqqa javob berdi Jungkook.
- Janob, bizda muammo bor. Hwan xonim tashqariga chiqishim kerak deb turib oldi.
Reina: Menga bersangchi !!! - yigitning qo'lidan telefonni yulib oldi qiz. - Alo Jungkook ?
- Nima hoxlaysan Reina ?!
- Men o'z uyimga ketmoqchiman !!! Sen bilan boshqa..
- Bilganingni qil !! Meni tinch qo'y hopmi ?! - yakunlangan qo'ng'iroq va turgan joyida shunchaki qotib qolgan qiz.
Qalbi vayron bo'lgan Rei.. u hech bo'lmaganda nimanidir kutgandi. Qandaydir qarshilikni.. shuncha ishga qaramay, agar Jungkook rad qilganida u chindan qolishga rozi bo'lgan bo'lardi. Uning nosog'lom sevgisi bunga yo'l qo'ygan bo'lardi..
Qo'l telefonni egasiga topshirgach, hissizlik bilan ichkariga kirgan qiz barcha narsa allaqachon tayyor ekanini kuzatdi. Ikkita chamadon.. Sena allaqachon o'z telefoni orqali mashina chaqirgan, Aera tayyorlanib bo'lgan..
- O'xshadimi ?! - qiziqish aralash havotir bilan savol berdi Aera. So'ngan ko'zlari bilan qizga qaragan Rei asta bosh irg'itdi.
- Men ularni chamadonlarni ko'tarishga chaqirganimda, sen mashinaga o'tirib, tagiga berkinib olasan..
Aera: Yo xudoyim. - ko'ngli yengillikni his qilgach ko'zlarini yumgan ko'yi chuqur nafas chiqardi u.
- Ular yo'qligingni tez sezib qolishadi. Nima bo'lganda ham bor tezligimiz bilan harakat qilishimiz kerak.. - ko'zlari namlana boshlagan qiz yuzini chetga berkitib yoshlarini artardi.
Ichim shu qadar og'rib ketardiki, buni umuman qabul qilolmasdim. Yanog'imni bu kuydirayotgan har bir tomchi sevgimdan edi. Mening sof muxabbatimdan. Nahotki Jungkook meni shunchaki qo'yib yuborsa degan savol yuragimni o'rtab yubordi. Aeraga qarasam uni oldida o'zimni batamom yo'q insondek his qilyapman. Uning ham qalbi singanadir, lekin mening Jungkookim uni qo'yib yuborishni hoxlamaydi. Hatto u uchun uyga soqchilar qo'ygan. Ha, men bu qizga hasad qilaman !! Ich ichimdan uni yomon ko'raman, baribir nafratlanaman !!! Ichimdagi iblis meni shu qadar yo'ldan urishga majburlayaptiki, bu iblis emas balki o'zimning qorong'u tomonim ekanidan cho'chib turibman. Men bunday emasdim.. men hech qachon bunchalik ichi chirkinlikka burkangan qiz emasdim. Jungkook o'shanda aytgan gapini endi anglayapman.. chindan mahluqning oyoqlari tagida o'ralashgan, keraksiz tosh edim holos.
Sena: Mashina keldi xonim !! - hizmatchimning ta'kidi bilan qarshimdagi qizga qaragancha, eshik ortiga yashirinib turishini ishora qildim. U xonani tark etgach devorga suyanib qolar ekanman, ruhiyatimdagi bosimni ko'tarolmayman deb qo'rqaman.
Sena oldimga keldi. Qo'limni kaftlari orasiga oldi.
- Hammasi yaxshi bo'ladi xonim. Siz undan ham yaxshirog'iga loyiq edingiz.. - dedi u dalda bo'lishni istab.
Lekin bu so'zlar ortiqchalik qilardi. O'zimni ushlab turishga urinishimga qaramay bu safar batamom chidolmay yig'lab yubordim. Ichim bo'shashib ketgandi.
- Usiz hech narsa yaxshi bo'lmaydi Sena. - dedim sochlarimni kaftim bilan siqimlagancha. - Usiz men o'likka aylanaman. Jungkooksiz hayotim qanday bo'lishi haqida hech qanday fikrim ham yo'q. Usiz hech kimman eshityapsanmi ? Usiz hayotim bir tekkis bo'lolmaydi !!!
O'zimni issiq quchoq ichida his qilarkanman, singlimdek bo'lib qolgan Senamni mahkam bag'rimga bosib ovozim boricha yig'lab yubordim. Nega chidashim, nega bardosh berishim kerak ?! Hammasi mening bo'ynimdaku. Barcha azob meni qiynayaptiku..
Bir necha daqiqadan so'ng o'zimni biroz o'nglab olgach yo'lak bo'ylab eshik oldiga bordik. Aera ham bizni kutib qolgandi. Unga qaramaslikka urindim. Qizargan ko'zlarimni ko'rishini istamayman. Aslida unga nima uchun yordam berayotganimni ham bilmasdim.
Eshikni ochdim. O'sha ikki yigit hali ham 30 daqiqa avval qanday turishgan bo'lsa shunday turishgandi. Menga qaratilgan nigohlardan hijolat bo'lardim. Ularning oldida Jungkookdan o'sha gapni eshitish g'ururimni shunchaki yer bilan bitta qilganini hayolimdan chiqarolmay og'ir nafas chiqardim.
- Anavi mashina meniki. - past ovozda so'z boshladim. - Ichkaridagi chamadonlarni mashinaga ortib bering iltimos. O'zim ko'tarolmayman.
Bosh irg'igan ikki yigit ichkariga kirib ketishlari bilan uydan yugurib chiqqan Aera tezda mashina ichiga joylashib oldi. Bari shunchalik tez bo'lishiga ishonmagandim. Men ketyapman.. boshqa qaytmaydigan bo'lib ketyapman..
Ichkaridan yuklar va Sena bilan chiqqan ikki yigit hech narsadan shubxalanmay yukxonaga barchasini joylashtirib berishdi.. Biroz yurgach kichik bog' bo'ylab, baxt izlab kelgan uyimga so'nggi bor qaradim. So'nggi bor.. ohirgi bor..
Nahotki mening hikoyam tugagan bo'lsa ?! Men o'la o'lgunimcha bu yakunni la'natlab o'taman.
Keyingi qism uchun 500+ reksiya limit qo'yiladi. O'qib bo'lishingiz bilan postga reaksiya bosing va keyingi qism tezroq chiqishi uchun o'z hissangizni qo'shing.