February 1

Vanilla

- 31 -

"Bir kun kelib o'z oilamga sig'maganimdek, dunyoga ham sig'may qolishimni bilmagandim. Shu qadar to'ydimki, shunchaki bu tubanlikka qorishgan iflos dunyodan yo'qolib qolgim kelyapti. Balki shunda yana bir toshbag'ir kamayar..."

~

Issiq dush tagida turgan qiz o'zini haddan tashqari qurib bitayotgan o'sha g'urur chegarasidan chiqib ketayotgandek his qilardi. Bu qanchalik achinarli holat bo'lishiga qaramay, qo'lini ma'lum kishanlardan ozod qila olmasdi u.

- Jin ursin.. bari hiqildog'imga keldi. - chuqur uhh tortgan Aera hatto kiprik ham qoqmay oddiy temir tersak kabi hissiz ifoda bilan qaynoq suv tagida turishda davom etdi. Na qo'liga yuvinish vositasini oldi va na sochlarini yuvishga urindi. Shunchaki o'zi bilan yolg'iz qolgancha tarqoq hislarini bir joyga jamlay olaman degan hayolda turardi u.

Birdan ochilgan eshik tovushini sezishiga qaramay hech qanday munosabatsiz, shunchaki asabiy ko'zlarini yumgan qiz tishlari orasida vishilladi.

- Hoziroq yo'qol Taehyung !!! - yigitning ismini tinniq talaffuz qilgandi u. Ammo bunga qarshi ravishda Taehyungning yovvoyi ko'zlari allaqachon xira tortgan dush kabinasi ichidagi qizning tanasida edi. Qaynoq suv sabab kabina oynalari parlangan.. birin ketin tomchilar oqib tushardi. U asta qadamlar bilan yaqinlashdi. Iliq oynaga kaftini bosdi.

- Nega endi qarshilik qilyapsan ? - asta lekin chuqur ohangda so'radi yigit. - O'zingni bazo'r tiyib turganingni sezmaydi deb o'ylaysanmi ? - bu safar ogohlantirishsiz kabina tutqichi buraldi. Qiz og'ir yutungancha qilt etmay joyida turarkan, huddi atayin qilgandek yigitning yirik qo'llari o'zining ustidan hukmronlik qilishiga qo'yib berdi.

- Xo'sh ?! - qosh uchirgancha labi chetida kuldi Aera. - Qo'lingdan nima keladi Kim Taehyung ? Meni qarshilik ko'rsatmaslikka majburlay olasanmi ? - o'ynoqilikni boshlagan qizaloq bosh barmog'ini qarshisidagi yigitning pastki labi ustida yurgizarkan, nigohlarini ham aynan shu bir juft lablarga ko'chirishni unutmagandi. Yigitning hayratlanarli ochilgan ko'zlaridan buni kutmagani yaqqol sezilib qoldi.

- Vanillaga nima bo'ldi ? - dedi u bosim bilan qarshisidagi qizning nozik belini qattiqroq siqqancha.

- Seni Vanillang jozibali narsani* tanlamoqchi. - yigitning ko'zlaridan nigohini uzmagancha jo'mrakni burab suvni o'chirdi qiz.

- Tanlovingni hurmat qilishim kerak. - huddi shu yo'sinda lablarini yalab qo'ygan Taehyung, tanasini qiznikiga yopishtirgan ko'yi jo'mrakni atayin yana qayta yoqdi. - Shu ko'rinishda ancha jozibaliroq, shunday emasmi ?

Aera ortiq kutishni istamay ikki qo'lini yigitning bo'yni uzra o'rab olib uni o'ziga mahkam tortdi. Lablar bir biri bilan uchrashgan on tanalarda uyg'onib ketgan o'sha o'tmish uchqunlari jonlanarkan, yanada xirsiyat o'chog'ini yondirardi bu tushunarsiz his. Taehyung qizni dush kabinasiga tirab ikki oyog'ini o'zining belidan o'tkazarkan, bo'sani yanada chuqurlashtirdi. Allaqachon xo'l bo'lib ketgan oq ko'ylagi mushakdor tanasini yaqqol bilintirar, nam sochlari esa nigohini butkul berkitib qo'ygandi.

- Seni qanchalik sog'inganimni bilasanmi ? - o'zini boshqarolmay qizning quloqlari ostida og'ir nafas bilan shivirladi Taehyung. - Bilmaysan.. bilolmaysan ham.

U barmoqlarini qizning bo'yin qismida yurgiza boshladi. O'zi bir muncha vaqt avval, qaysidir devorlar orasida qoldirgan izlar ustidan mamnuniyat bilan bo'lsa oldi. - Endi seni qo'yib yubormayman. Unutma !!!

Aera ichida jumbushga kelgan yengil qo'rquvni sezdirmaslikka urindi. Tilingan yuragini bir chekkaga uloqtirdida o'zini shunchaki Kim Taehyungga topshirgancha qo'lini uning kiyimlariga olib bordi. Birma bir sabrsizlik bilan yechilgan tugmalar va qiz o'z ishini yakunlashini kuzatib turgan charchoqli ko'zlar.. Taehung bo'yi ko'ksidan kelib turgan qizga yuqoridan nazar tashlagan ko'yi, uning kaftini ohista ushlab yalang qolgan tanasi bo'ylab aylantirdi. Go'yo "meni o'zingniki qil" deyotkandi harakatlari orqali. Qizning nigohlari ulkan tanaga qaratilgan, boshqaruvsiz ham yigitning bo'rtib chiqqan preslarini silaydi. Nafas olish tezligi keskin o'zgargan Kim boshini ortga tashlagancha ko'zlarini butkul yumdi.

U avvaliga barmoqlarini qizning ostiga tiradi, biroz ishqalash bilan uni tayyorlashga urindi. Bu harakat tasirida bo'shashib ingrab yuborgan Aera, tirnoqlarini Taening yelkasiga chuqur botirdi.

- Nima qilyapsan ?! - qiz ko'zlari chiqib ketay darajada chinqirib yubordi. Bunga shunchaki e'tiborsiz bo'lgan yigit lablarini pastlatib biroz shishish paydo bo'lgan qorin sohasiga yetib kelgandi.

- Jim bo'l.. shunchaki.... jim.. - dedi u oldindan ogohlantirgan bo'lib.

Taehyungning qaynoq tafti butun tanam bo'ylab tarqab ketganini his etish meni qaysidir ma'noda cho'chitsa ham, taslim bo'lmasligim kerakligini juda yaxshi bilaman. Uning lablari bu safar qorin bo'shlig'imga kelib to'xtadi va yo'g'on tilini chuqur botirdi. Ko'zlarimni mahkam yumgancha ingrab yuborar ekanman, qo'llarim allaqachon musht tugilishga ulgurgandi. Bilmayman.. nega bunchalik ojizlik qilyapman. U kabi harakat qilishni hoxlamayman, ammo ayni dam buni istayapman. O'zimga yaxshi tushunolmay qoldim. Aqldan ozaman, jin ursin !!!

- Oyoqlaringni kengroq och.
- Nima ? - qarshimdagi insonning so'zlari ta'sirida gangib qolganim tufayli biroz dovdirab, oyog'imni battar siqib oldim.

- Menga halaqit berish haqida hayol ham sura ko'rma vanilla. - uning o'tkir ammo hirsga berilgan nigohlari menga qadaldi. Zarb bilan ikki oyog'imni o'z qo'llari bilan ocharkan, kattalashib ketgan ko'zimni yashirishga ulgurolmay qoldim. U oyoqlarim orasiga joylashdi va lablarini yelkamga bosgancha qattiq*ligini ostimga tiradi. Aqldan ozdiruvchi bu hisdan o'zimni yo'qotib qo'yarkanman boshimni ustimizda quyilayotgan suv tomon ko'tardim. Yuzimga urilayotgan bu qaynoq suv... Taehyungning shunchaki ataying yarim qismi ichimga kirgan a'zosi meni haddan tashqari noqulay bezovta qilyapti jin ursin !!! Yetmaganidek uning quloqlarim ostida taratayotgan og'ir nafasi-yu, ishtiyoq bilan chiqarayotgan xirillagan ovozi, o'zi ham barini tezlashtirishni istayotgandek edi. Men sabr qilolmadim. Uning ko'ksidan itargancha kabina devoriga tiradim. O'tkir ko'zlarimni uniki bilan birlashtirarkanman, barmoqlarim uning kelishgan tanasi bo'ylab aylanardi.

- Nega barini sekinlashtiryapsan ?! - so'zlarim qo'pol emasdi. Taehyung ham taranglashgancha belimni siqdi.

- Seni uyg'otishni istadim.. Avvalgi hirsga oson beriladigan... Kang Aerani.. - ismimni past ovozda talaffuz qilgan ko'yi mamnuniyat bilan tabassum qilgan erkakning so'zlari mana endi meni bezovta qila boshladi. Ich ichimdan hozirning o'zida uni itarib bu yerdan yo'qolib qolishni istashimga qaramay, qoldim. Chunki bir kun bu chigal yo'l baribir poyoniga yetishi zarur edi. Demak bolakay meni avvalgi holimda ko'rishni istaydi. Hissiz, sovuq va faqat o'z manfaatlari uchun kurashadigan zaharli ayolni. Ajoyib.

Labim chetida paydo bo'lgan bu tabassum, meni yanada jonlantirganiga ishonchim komil. Yarim ochilgan o'tkir ko'zlarim bilan undan ko'z uzmagan holda a'zosini* o'zimnikiga* to'g'irladim. Unga qaramayapman, lekin kaftim ichida siqimlab turgan narsam ancha yirik va katta ekanini his qildim. Nafasim og'irlashib, chuqur yutundim. Huddi bu biror narsani o'zgartiradigandek. Men ifodamda hech narsani sezdirishni istamay shunchaki holatimni saqlagancha, a'loqani boshlab yubordim. Ikkilanishsiz erkakning yirik a'zosini ichimga kiritar ekanman, og'zini to'ldirib so'kinishni boshlagan Taehyung sochimdan ushlagancha o'ziga yaqinlashtirdi. Ichimni to'laligicha egallagan bu organ sabab his qilayotgan og'rig'im meni cho'hitib yubordi. Bu u kattaligi sababmi yoki homiladorligim ? Lekin Taehyung harakatni boshlaganida... Nahotki men o'z do'zahimga qaytgan bo'lsam ? deya hayol qildim. Men nafratlanaman.. bu his orqali zavqlanishimdan nafratlanaman !!!

~

Erta tongdan shafaqni yoritgan quyosh nurlari xonani yoritishga uringan. Negadir bugun Seoul har kungidan tinch. Yotoqda jim, yon tomonga o'girilgancha uxlab yotgan Aera va qizni belidan qo'lini o'ragan ko'yi bo'yniga yuzini ko'mib uxlayotgan yigit..

Qiz yuziga tushgan quyosh nuri sabab yuzini burishtirarkan, istamaygina ko'zini ochishga majbur bo'ladi. O'zida noqulaylikni sezishi bilan ortiga bo'yin qayirdi.

O'ziga telbalardek yopishib yotgan erkakning jismini ko'rishi bilanoq ensasini qotirgancha uni o'zidan nariroqqa itarib yubordi.

- Jin ursin, barchasi rasvo bo'ldi !! - qiz o'rnidan turishga uringanida qorin bo'shlig'ida paydo bo'lgan sanchiq tufayli ko'zlarini mahkam yumib bukilib qoldi. O'zini bazo'r o'nglashga urinarkan, bir amallab yuvinish xonasiga yetib oldi. Iliq dush qabul qilgan Aera o'zini to'liq yaxshi his qilishni boshladi. Egniga vanna halatini tashlab o'z xonasiga kirdi. Biroz pardoz qildi. O'ziga yoqadigan ko'ylagini kiyib sochlarini turmakladi.

Keyingi nuqta bu nonushta edi. U Taehyung uchun nonushta tayyorlashi kerak. Bu qo'lidan kelmasa ham. Avval qo'liga telefonini olgan qiz, lablarini tishlagan ko'yi o'chiq holda turgan ekranga tikilib qoldi.
- U baribir buni qila olmaydi. Qo'lidan kelmaydi. - asabiy lablari orasida shivirlab yoqish tugmasini bosdi. Bu tavakkal edi. Haddan tashqari qo'rqinchli tavakkal.

Telefon yoqilganida yana yangi xabarlar kelganini ko'rgan qizning ko'zlari yanada kattalashib ketdi. Qattiq qo'rqib ketgani sabab qo'lidan telefon tushib ketarkan, u yana yerga yiqildi. Boshqa bu narsalarga chiday olmasligini o'ziga o'zi uqtirarkan, qizarib ketgan ko'zlari behosdan ko'zguga tushdi. O'z aksiga..

U avval ham shunday edimi ? Hozir ko'rinayotganidek ojiz va kuchsiz edimi ? Balki o'zini o'nglash vaqti kelgandir ? Aera o'ziga qaragan vaqt shu darajada ojizlikka ko'milib qolgan qizaloqni ko'rdiki, yuragidagi og'riq yanada mavjlanib ketdi. Chunki bu u emasdi. U o'rnidan turdi. Chuqur chuqur nafas olib o'sha matohni yana qo'liga oldida alam bilan kelgan xabarga kirdi.

"Nega javob bermayapsan ?!"

"Yoki Kim Taehyungning uyiga Kang xonimning boshi borishini istaysanmi ?!"

Og'ir yutunib qo'ygan Aera bu shunchaki po'psa deya o'zini tinchlantira boshladi. Ko'zlarini yumdi va chuqur nafas olishga harakat qildi.
- O'zingni bos.. tinchlan.. shuncha ishdan so'ng boshqa qaltis harakat qila olmaydi. Yo'qsa uni butunlayga tark etishimni biladi. Jungkook unchalik ham qo'rqinchli odam emas, jin ursin !!

Aeraning titroqli ovunishlari butun xona bo'ylab jarangladi. Keyingi soniyada u javob yozishga qaror qilgandi.

"Meni qaytib boradi deb xomtama bo'lma"

"Men homiladorman va bolamning otasi bilan baxtli yashamoqchiman"

Bu so'nggi chora edi. Bola haqida ma'lum qilsam u meni tinch qo'yadi deb o'yladim. Bilamdim. Men chindan juda katta tavakkal qilganimni his qilmoqdaman. Bo'ldi bas, endi bundan uzoqlashishim kerak. O'zimni tiklab hech narsa bo'lmagandek tutishim kerak. Taehyung bilib qolsa.. bola haqida Jungkookga xabar berganimni bilsa meni o'ldirishi aniq.

Telefonni yostig'im tagiga berkitib chuqur nafas oldimda oshxonaga tushdim. Muzlatgichni ochganimda ichi to'la mahsulotlar edi. Lekin bu la'nati Kim ramyon va ovqat buyurtma qilishdan boshqasiga yaramaydi jin ursin !! Men nimadir qilishga urinib ko'raman, lekin amin emasman.

Time skip. "40 daqiqadan so'ng."

Og'irlashgan ko'zlarini ochgan yigit yotoqda yolg'iz ekanini ko'rib bezovtalandi. Avvaliga qo'li bilan yon atrofni tekshirdi. So'ng boshini ko'tarishga majbur bo'ldi.

- Nahotki tashlab ketildim ? - shivirladi u qayta boshini yostiqqa urgancha. Erkak bir necha daqiqa ichida o'rnidan turdi va yuvinish xonasiga kirib ketdi.

Bu orada o'z ishini tugatgan Aera endi dasturxon bezashga o'tgandi. Bu borada tajribasi bo'lmasa ham qo'lidan kelganini qilmoqchi bo'ldi u. Allaqachon yuvinib chiqqan Taehyung zinalardan pastlar ekan, qizning bir nimalar qilib tipirchilayotganini ko'rishi bilan yuziga tabassum yugurdi.

- Kang xonimdan buni kutmagandim. - ma'lum qildi u pastki labini tishlagancha. Yigitning ovozini eshtishi bilan u tomon qaragan qiz labi chetida kuldida sanchiqini joyini to'g'irlab qo'ydi.

- Bunday qilaman deb o'zim ham o'ylamagandim. - dedi u bezatilgan stolga ishora qilib.

Bari o'z o'rnida. Nonlar tosterda qizartirilgan, unchalik tartibli bo'lmasada mevalar kesilgan, asosiy yegulik esa shirin quymoqlar edi. Lekin bu shirin quymoqdan ko'ra qora quymoqqa o'xshardi. Muhimi qahvalar o'z o'rnida.

Taehyung sekin kelib o'z o'rniga joylashdi.

- Sen bilan nonushta qilishni sog'ingandim. - yigit qizdan ko'zlarini uzmay gapirdi. Go'yo kechagi tun sabab butunlay boshqa insonga aylanib qolgandek ko'rina boshladi. O'zini noqulay his qilgan Aera esa Taehyungning ko'zlariga qaray olmadi. Pastga termulgancha qahvasini ho'plarkan, bu yanada uzoq davom etishi mumkin deya o'ylab boshini ko'tardi.

- Kim Taehyungni o'zgartira oladigan insonlar ham bor ekanaaa qoyil !!! - so'zlarini cho'zib talaffuz qilgan qizning qoshlari beixtiyor ko'tarildi. - Nahotki bir hissiz eshakni o'zimga bog'lab olgan bo'lsam. - mamnuniyat bilan tabassum qilarkan, kerilishdan bahoyatda rohatlanishni boshlagandi u.

- O'zgargan faqat men emasman sevgilim. - Taehyung birdaniga o'rnidan stol uzra cho'zildi va lablarini qiznikiga bosdi. Qisqa bo'sadan so'ng joyiga qayta o'tirarkan, hech narsa bo'lmagandek meva bo'lagini olib chaynashni boshladi.

- Hozirning o'zida shu sanchiqini bo'g'zingga sanchishni istayman !!! - tishlari orasida asabiy vishillagan Aera qo'lidagi vilkani stolga urdi. - Istalgan vaqt menga yaqinlasholmaysan !!!

- Nega endi ? - parvoyi falak Kim o'zini e'tiborsiz tutishda davom etadi. Uni o'ldirish istagi esa qizning butun tanasini yanada tezroq qoplaydi.

O'zimni tutishga urinsam ham u mening chegaralarimni huddi mavjud emasdek shunchaki kesib tashlayapti. Bundan asabiylashmaslikning iloji yo'q. Bir muddat uning bu darajada hotirjam va hissiz bergan javobidan qonim qaynab ketdi.

- Kim Taehyung !!! - dedim bor e'tiborni o'zimga qaratib. - Bu bizning birinchi tunimiz emasdi.. va o'tgan safar tongda bari qanday boshlangani yodingda shundaymi ? Shunchaki kel, bir birimizning qoidalarimizga amal qilib yashaymiz. - o'zimni ancha hotirjam tutishga urindim va buni epladim deb o'ylayman. Uning kinoya bilan ko'tarilgan qoshlariyu, yarim qisilgan ko'zlaridan meni yana jiddiy qabul qilmaganini sezish qiyin emasdi.

- Qanaqa qoida ? - qiziqish bildirib qo'ygan bo'ldi u o'zicha. Men lab burgancha gapirishni boshladim.

- Shunchaki oddiy. Masalan sen menga istagimsiz yaqin kelmaysan yoki menga extiyojlarim uchun pul berasan.. shunga o'xshash.. - atayin gapni aylantirarkanman, mamnun tabassum bilan unga qaradim. Extiyoj so'zini eshitgan Tae qoshlarini chimirdi.

- Qanaqa extiyoj ?! Biror nima kerakmi ? - jiddiy so'roqlashni boshladi u.

- Homiladorlar uchun fitness zaliga bormoqchiman. Yana shifokor ko'rigiga ham. - endi hayolimdagini ochiq oydin chiqardim. So'zlarim qarshimdagi insonni hayratga solib qo'ydi shekilli, ko'zlarini biroz kattalashtirdi.

- Bunga ruxsat bermasligimni bilasan Aera !! - yigitning ovozida haddan tashqari kuchli qat'iylik bor edi. Meni bundan biroz hafsalam pir bo'ldi. Lekin taslim bo'lishni istamayman. Axir shuncha harakat qildim, jin ursin !!

- Lekin men bolamiz uchun harakat qilmoqchiman. - haqiqiy hiyla mana endi boshlanadi azizim. - Uni qabul qilaman deb o'zimga va'da berdim. Meni bolam onasidek yashamaydi Taehyung !! - u gaplarimni tinglarkan, ko'zini yumgan ko'yi peshonasini asabiy siladi.

- Gap bunda emas Aera. Masalani jiddiylashtirma. Bunga rozi bo'lolmayman dedim.

- Jin ursin seni !! - allaqachon toqatim toq bo'lgani sabab stolga qo'limni urib, o'rnimdan turib ketdim. - Men istaganimni qilaman. Siquvga olishga haqqing yo'q !!

- Menimcha hayotimizda hali ham Jeon Jungkook degan shaxs borligini unutding shekilli ?! - uning kinoya to'la so'zlari quloqlarim tagida jaranglagan on asabiy tabassum qilib, u tomon bo'yin cho'zgandek egildim.

- Sen ham Jaehyuk degan yordamching borligini unutmadingmi ?! - dedim o'zimga ishonch bilan. - Agar uni o'zing ishongan inson deb bilsang, hotirjam bo'lishing mumkin.

- Bolam haqida Jeon bilib qolsa...

- Bilmaydi Taehyung, bilmaydi !!! Bilishiga men yo'l qo'ymayman. Yetmaganidek u boshqa qarshimdan chiqolmasligini aniq bilaman. Shu sabab o'zim oldiga borishimni istayapti. - bunchalik qat'iyat qayerdan oqib kelayotganiga hayronman, lekin o'zimda hech qanday shubha tug'dirmay barini ajoyib eplayotgandim.

So'zlarimdan so'ng Kimning ifodasi o'zgardi. U menga o'tkir ko'zlari bilan bir necha daqiqa termuldi.

Bu bir necha daqiqa men uchun shu qadar uzoq tuyildiki, hayajondan peshonam terlaganiga ishonchim komil. So'nggi soniyalar va u

- Butunlay Jaehyukning nazoratida bo'lasan !!! - deya so'zini tamomladi. Men ko'zlarimni hotirjamlik bilan yumib huddi shunday yengillik bilan nafas chiqardim.

Yigitning uyilgan qovog'idan hali ham buni o'zi istamayotgani bilinib turardi. Muhimi u rozi bo'lgani va shu zahoti menga cho'ntagidan karta olib tutqizgani edi. Bu qora rangdagi vip kartaga nigohlarimni tikarkanman, bir soniya Taehyungni nog'oramga o'ynatish qanday ajoyibligi haqida o'yladim va beixtiyor labim chetida mamnuniyat mavjlangan tabassum paydo bo'ldi.

Taehyung: Doktor nazoratiga birga boramiz !!! Aytayotgan joyingga ertadan Jaehyuk bilan borasan. Faqat ehtiyot bo'laman deb va'da ber !!!

- Va'da beraman azizim, juda katta va'da !! - hursandligimdan deyarli qichqirib yuboray dedim. Qarshimdagi yigitning oldiga borish uchun stolni aylanib o'tarkanman, mukofot sifatida nimadir qilishni istadim.*

Oyoq uchida turib lablariga labimni bosarkanman, bir qo'limni uning fudbo'lkasi ichiga suqqan ko'yim qattiq bo'lgan ko'ksini siqimlab qo'ydim. Bu extirosli edi.. yo'q aslida men extirosliman. Uning nigohlari shu yo'sinda yumshagandi.

- Menga unday qarama ? - pastki labimni tishlab uning yarim qisilgan, shu jumladan tuyg'uga ham berilgan ko'zlariga qaradim. - Buni o'zim istab qilgan bo'lishim mumkin.

- Bas qilishing kerak vanilla.. - past ovozda shivirladi Taehyung. - Yo'qsa bugun ham uyda qolishimga to'g'ri keladi. - bu safar o'sha doyimgi ulkan qo'l belimdan tortib o'ziga yaqinlashtirdi. Boshini meniki bilan baravar eggan Kim quloqlarimga yaqinlashdi. - Bu faqat qichqiriq bilan tugaydi. Menga ishon.. - ogohlantirgan bo'ldi u. So'nggi shivirlash jarangidan so'ng qaynoq nafas o'rnini ho'l lablar egalladi. U qulog'imni lablari orasida o'ynarkan, qanday qilib ko'zlarim yumilib, ingrab yuborganimni ham sezmay qoldim. U yana meni uyg'otmoqchidek ko'rinadi. Lekin men aynan shu vaqt undan uzoqlashishni tanladim.

- Ishingga yo'qol Kim Taehyung. Axir bizni boqishing kerak !! - Aera qo'lini qorniga qo'ygancha qoshlarini uchirib qo'ydi.

Time skip.

Oradan biroz vaqt o'tgan yigit kiyinib kompaniyaga ketdi. Lekin qizning ko'ngli nimadandir notinch ekani bilinardi. Uyerdan buyerga tinmay yurgancha qo'llarini asabiy shiqillatayotgan qiz hayoliga kelgan mag'lubiyat tufayli joyida to'xtadi.

- Yolg'iz eplolmasamchi la'nati !!! Ham Taehyung, ham Jaehyuk.. ulgurolmasligim mumkin. Menga yordam kerak !!!

Havotirlangancha qo'liga telefonini olgan qiz, raqamni terib Kim Taehyungga qo'ng'iroq qila boshladi. Bir ikki chaqirish bilan qo'ng'iroqqa javob berdi erkak.

- Eshitaman ? - orqada mashinalarning signali eshitilayotgani Tae hali ham ko'chada ekanini bildirardi. Aera tomoq qirib so'z boshladi.

- Haligi Taehyung... bir narsa so'rasam degandim. - yana gapni chaynaydi Aera. Qo'ng'iroq ortida hafsala bilan chiqarilgan nafas his etiladi.

- Yana nima ?
- Menga Reinani topib bera olasanmi ? - qizning bergan savolidan hayratga tushgan Taehyung bir zum ko'zini yo'ldan olib telefon ekraniga qaradi.

- Reina ? - ismni qaytardi u tushunqiramay. - Hwan Reinani aytyapsan to'g'rimi ?!

- Ha. U bilan o'sha kun chala qolgan ishim bor edi. - Aeraning ovozida hech qanday noaniqlik yoki bir xato yo'q edi. Ammo shunga qaramay yigitning ichida g'alayon solayotgan g'ul g'ula, uni shabhalanishga majburlardi.

- Uni topish imkonsiz. Agar buni o'zi hoxlamasa. - dedi Kim hotirjamligini saqlab.

- Shunchaki raqam kerak.

- Omertà bilan orani uzganimga yaqinda 1 oy bo'ladi vanilla. Uni topolmayman ishon. - Taehyung qizni qanchalik uzoqqa borishini sinamoqchi edi. U gapida turib oladigan bo'lsa chindan nimanidir reja qilgan bo'ladi. Agar aksincha bo'lsa havotir olishga hojat yo'q.

Qo'ng'iroq orti jimlik bilan to'lgan. Bir telefon ekraniga bir yo'lga qarayotgan Kim qoshlarini chimirgancha Aera beradigan javobni kutardi.

Aera: ... mayli. Agar chindan topolmasang shart emas.. - biroz qat'iyatsizlik bilan so'zlarini to'ldirdi qiz. Hayrlashishgandan so'ng qo'ng'iroq yakunlandi.

- Jin ursin, sezib qoldi !!! - sochlarini siqimlagan ko'yi talvasalanib qolgan qiz og'irlashib ketgan tanasini divanga tashladi. - Bilib qolsa tamomman !!

Qancha vaqt shunday o'tirganimni bilmayman, lekin miyyam uzra chuvalashib ketgan hayollarim meni tinch qo'yishni istashmasdi. Dam olishim kerak deya o'ylab o'rnimdan turdim. Oshxonaga tushganimda o'sha avval ham bor bo'lgan kichik bar oldiga borib ichimliklarni tekshirdim. Bu yigitcha aqldan ozganiga ishonchim komil. Yoki yana ichishni boshlabti shekilli. Barda faqatgina viski va burbon shishalari bor edi holos. Boshqa hech narsa... Lablarimga yugurgan kichik tabassum, u hali ham men uchun bularni saqlayapti deya o'ylashga majbur qildi meni.

O'zim uchun shisha stakan oldim va burbonimni olib uni shishaga quydim. Qo'limga olgancha unga chuqur termular ekanman, qilmoqchi bo'lgan ishim to'g'ri bo'larmikan deb o'ylab qoldim. Nogahon qo'limni qornimga olib borar ekanman, ming bir nadomat bilan uni siladim.

- Meni kechir bolam. La'nati onangni kechir... - lablarimdan chiqqan bu shivir yuragimni uvushtirib qo'ygandi. Bu har tomonlama qanchalik qiyin ekanini faqat o'zim bilaman. Boshqa hech kim men aynan nimani his qilayotganimni bilmaydi, bilolmaydi ham. Qanchalik qiynalayotganim, soniya sayin o'zligimdan nafratlanib borayotganim, bu dunyoning menga berayotgan sinovlarida charchab ketganim o'zimga ayon. Hammasi birdaniga shunchalik chigallashib ketdiki, o'zimni vaqt oralig'ida qolib ketgandek his qilgandim. Judayam g'alati va tushunib bo'lmas.

Achchiqlanganimdan shishani ko'tarishga qaror qildim. Bir qultumda barini ichib tugatarkanman, zavqdan burushib ketgan yuzim bu ta'mni sog'inganimni sezdirib qo'ydi. Lekin avvalgidekmas.. hech narsa avvalgidek bo'lolmayapti. Qadah ketidan qadah.. ichishda davom etdim. Balki bu hisdan meni aynan shu qutqarar..

Ketma ket ichishda davom etgan qiz allaqachon o'zi o'ylamasdan bir shishani tugatib qo'ydi. Yanoqlari qizarib ketgan, ko'zlari sulayib qolgandi. Lablarini tishladi. Yoshlanim ulgurgan ko'zidan dumalagan tomchiga qarshilik ko'rsatmadi. Jimlikda, hech narsadan nolimay shunchaki yeg'lashni tanladi. Undan hatto ovoz chiqmasdi. Qiz ketma ket to'kilayotgan yoshlar ta'sirida achishib ketgan yanoqlariga ham e'tibor bermadi. Hozirgi holati uni shu darajada siquvga olib qo'ygan ediki, o'zini haddan tashqari ojiz his etardi go'yo.

- Sen shunchalik kuchlisanki, boshingdan shuncha ish o'tganiga qaramay, ahvoling og'irligiga, senga havfli bo'lgan narsalarga rujuv qo'yganimga ham qaramay meni tashlab ketmayapsan.. - Aera boshini stolga tashladi. Kiprik qoqilmayotgan ko'zidan yana bir tomchi dumalab stolni namladi. - Onang chindan hudbin. U iflos ayol, dunyodagi eng jirkanch, eng gunohkor... - ko'zlari yumilib ketarkan, bo'g'iq ovozda o'ziga o'zi bir nimalar degancha g'o'ldiragan qiz uyquga ketdi. U shuncha qiyin o'ylardan so'ng, endi bir necha soatlik halovatga erishdi.

"Bularning bari bir kun tugaydi, lekin endi hech qachon o'zimga.. baxtli bo'lishimga yo'l qo'ymayman. Chunki bunga hech qachon arzimaganman."

Davomi bor...

Keyingi qism uchun 500+ reaksiya va ko'p fikrlar kutaman. O'qib bo'lgan bo'lsangiz qo'llab-quvvatlash uchun postga reak bosib comment qoldirib keting.

Author: Reina Kim.
Gold fanfics.