June 9

Vanilla

- 13 -

Flashback.

Atrofni go'yo qora, quyuq tuman egallagandek.. Aera 16 yoshni qarshilagan. U sevgan yigiti bilan bugun ajralishdi. Qorong'u xonada oddiy musiqa ovozi, derazada esa doimiy Londonning kuchli yomg'iri.. bu holat deyarli yod bo'lib ketgan..

Kang xonim Aera maktabdan asabiy qaytgani ko'rdi. Xona eshigini taqillatgan ko'yi qiziga nima bo'layotganini juda yaxshi tushunib ulgurdi.

Javob kelmadi... va ayol ruxsatsiz xonaga bostirib kirdi.

- Bu nima ahvol Aera ?! - dedi u. Doimgidek ayol har chan asabiylashmaslikka urinmasin, bu imkonsizdek qoshlari chimirilib, ovozi balandlashib ketadi.

Qiz yotog'idan yuzini ko'tarib onasiga qaradi.

- Sizga kim bu yerga kirishingiz mumkin dedi ?! Meni tinch qo'ying. - tishlari orasida g'azab bilan ovoz chiqardi Aera.

- Qarshingda onang turibti, dugonang emas !! - asabiy holatda dedi ayol.

To'g'ri qiz hozir o'smirlik davrida.. lekin esini taniganidan buyon onasiga bir marotaba bo'lsa ham yaxshi gapirmadi. Buning sababini Seulgi juda yaxshi biladi. Shu uchun ham bir so'z deyishga hech qachon jur'ati yetmagan.

- Meni asabiylashtirmang oyi !! - qichqirdi qiz, ustidagi ko'rpani uloqtirgancha. - Agar siz dadamga xiyonat qilmaganingizda... - so'z yakuniga yetmay turib, xonani tarsaki ovozi qoplab yubordi.

Alam.
Nafrat.
G'azab

Bari birlashadi.

- Ovozingni o'chir !!! - kuchsiz pichirladi ayol lablari titrab. Aera qo'li bilan lovullab yonayotgan yuzini ushlar ekan, achchiqlik bilan chiqgan bu ko'zyoshidan nafratlanib uni artib tashladi.

- Xonamdan yo'qoling !! Ikkingizdan ham nafratlanaman !! O'sha Kang Sehyukdan ham jirkanaman !!

Kang xonim xonani tark etar ekan, ortidan kelayotgan bu alamli so'zlarni eshitib, devorga suyanib qoldi. Titrayotgan lablarini tishladi, ko'zlaridan aybdorlik hissini eslatadigan yoshlar toma boshladi. Farzandining ham hayotini o'ziniki kabi do'zahga aylantirgani uchun afsus chekardi.

Aera pov.

Hozir qo'limdan nima kelishini bilmasdim. Ichimdagi bu og'riq meni yeb bitirardi. Nega men bu oilada tug'ildim o'zi.. bari omadsizlik bilan yakunlanadi. Har doimgidek..

Onam otamga hiyonat qilgan.. Otam onamning qilgan ishi uchun mendan ham nafratlanadi. Lekin... aybim nima ?! Nega men bunday yashashim kerak ?! Istamayman, men bunday hayotni hech qachon hoxlamaganman. Jungkook.. uni sog'indim. ~

Tinmay yeg'layotgan yosh qizaloq bor g'ussasini oilasining parokandaligidan chiqarib tashlashni tanladi. Balki bu tanlanishi kerak bo'lgan eng onson tanlovdir.

Comeback. " UY "

- Bari joyidami doktor ? - Taehyung havotir bilan qizni tekshirayotgan yoshi chamasi 45 larga yaqin erkakka yuzlandi.

- Ha, Janob Kim. - shifokor chuqur ho'rsinib qo'yib, ko'zoynagini yechgancha diqqatini qarshisidagi yigitga qaratdi. - Havotirga o'rin yo'q. O'q shunchaki shilib o'tgan.

- Unda.. unda nega hushini yo'qotdi ?!

Doktor bu savolga javob berish uchun biroz o'ylandi. Yuzidagi jiddiylik allaqachon qo'rqinchli tus olgandi. Taehyungning ichidan o'tayotgan havotir hislari yanada jo'sh urib ketdi.

- Gapirsangizchi !! - dedi u, shoshqaloqlik bilan

- Miyyasidagi shock holati tufayli bo'lishi mumkin.. lekin men bunday o'ylamayman. Yosh xonimning ruhiy holati tasavvur qilganimizdan ancha zaif ekani sezilib turibdi. Har tomonlama sog'lom insonda bu holat kuzatilmaydi.

- Nima demoqchisiz ?! - aniqlik kiritishni istagan yigit qoshlarini yana chuqurroq harakatlantirdi. - Unga jiddiy shikast yetgan demoqchimisiz ?!

- Yana qandaydir ruhiy muammo uni butunlay yo'q qilib yuboradi demoqchiman. - chuqur hamdardlik bilan gapirayotgan erkakni tinglayotgan Kim qarshisidagi insonga tikilib qoldi.

Pov Taehyung Kim.

Quloqlarim bilan eshitgan bu gaplarim, meni ezgandek tuyildi. Ichimdagi nimadir jimib qolgandi. Harakatsiz go'yo.

- Men nima qila olaman ? - savol berdim, asta ovoz bilan. Ichimdan hozir qandaydir g'azab chiqishiga amin emasman.

- Hech narsa Janob.. qo'lingizdan hech narsa kelmaydi. Xonimni shunchaki ruhiyatiga yomon ta'sir o'tkazadigan omillardan asray olishingiz mumkin holos. Lekin o'tmish haqidagi yomon xotiralar yoki shunga o'xshash masalalarda qo'lingizdan hech narsa kelmaydi.

- Sizni tushundim. - yigitning javobini eshitgan doktor o'z ishini yakunlagani uchun xonani tark etdi. Taehyung jiddiy yuz qiyofasi bilan sekin Aera tomon yaqinlashdi.

- Men seni kuchlisan deb o'ylagandim. - hafsala bilan sekin kulib qo'ydi yigit. Bu siniq kulgu ichida bir nimalar yashingandek sirli edi. - Bu juda ham g'alati. Menda kuch bor, pul bor, qudrat bor.. lekin senga kelganda qo'limdan hech narsa kelmaydi. Qanday qilib vanilla ?

Time skip


Qorong'ulik... bu yer juda ham qorong'u. Men qo'rqaman oyi, dada. Iltimos bu yerdan olib keting.

Nega yeg'layotganimni tushunmay yeg'lab o'tirardim. Bor umidim ota onamdan edi go'yo. Meni olib ketishlarini kutardim. Ichimdagi qo'rquv shu darajada kuchliki, butun tanam faqat qaltiroq ichida qolib ketgandi. Atrof zimiston. Hech narsa ko'rinmasdi. Faqat qora rang..

Yelkamga tekkan sovuqlikdan etim junjikib ketar ekan, shu zahoti ortimga qaradim..

Yo'q, bu bo'lishi mumkin emas... bu men. Yo'q bu men emas. Lekin yuzi sochlari bari meniki.

- Sen kimsan ? - savol berdim ichimdagi hayratni bir chetga surib qo'yib. U labi chetida kulgancha iblisona yuzini menikiga yaqinlashtirdi.

- Men senman. - dedi, ko'zlarini katta ochgancha. Nafasim bo'g'zimga tiqilib qolgandek ovoz chiqara olmasdim. - Sen hozir men yaratgan dunyodasan. Qorong'ulikdan bo'lak hech narsa yo'q.. mana nega qora rangni yoqtirasan. Chunki uni men sevaman azizam !!

- N.nima ? - ovozim chiqmay qoldi. U yanada yaqin kelib oldimga o'tirdi. Barmoqlari yuzimni silarkan, uni siltashga urinsam ham qimirlay olmasdim. Bu yana nimasi ?

- Harakat qila olmaysan.. men barini boshqaraman. - hotirjamlikda gapirdi u.

- Mendan nima hoxlaysan ?!

- Sen meni unutyapsan Aera. Men bu senman. Meni sen yaratding, bu yerni esa men. Biz bir birimizga bog'liqmiz. Sensiz men yashay olmayman. Sen esa meni yeb bitiryapsan. - uning ovoz toni chuqurlashdi. Barmoqlari esa sochlarimni siypalashga ko'chdi. Gaplarining hech biriga tushunmasdim.

- Nima haqida gapiryapsan tushunmadim, lekin hoziroq meni qo'yib yuborishing kerak !!

- Qo'yib yuborish ? Meni kuldirmasangchi. - sohta kulib qo'ygan qiz quloqlarim tagiga kelib shivirlashni boshladi. - Seni men qamab qo'yganim yo'q.. bu o'zing azizam. O'zingni o'zing qamading.

Shu zahoti atrofni chiyillagan ovoz qoplar ekan, qorong'ulik o'rnini ko'zni qamashtiradigan darajadagi yorug' nimadir egallagandi. Boshim hozir otilib ketadi, jin ursin. Bari to'xtadi. Lekin bu nima edi..

Ko'zlarimni holsiz ochgancha birinchi hiralikka guvoh bo'ldim. Men qayerdaman o'zi, nima bo'ldi ? Turishga uringan vaqtim bir qo'limda qattiq og'riq uyg'onarkan, bir zum ko'z oldimdan bo'lgan voqealar birin ketin o'ta boshladi. Biz o'qqa tutildik.

Shu zahoti xona eshigi ochildi. Yuzimni yon tomonga burdim. Bu Taehyung edi. Taehyung.. u meni qutqargan.

- Nihoyat uyg'onding. - qarshimga tabassum bilan kelgan yigit, qo'limga qarab qoshlarini chimirdi. - Nega qo'lingni qimirlatding ? Yara ochilib ketgan. - u qo'limni ushlamoqchi bo'lganida birdan uni to'xtatdim.

- Taehyung. - havotir bilan o'zimni anglamay ko'zlarimni katta ochib unga qaradim. - Jaehyuk..

- Unda hammasi joyida Aera..

Men jim bo'ldim. Chuqur nafas chiqardim. Butunlay yengil tortdim. U esa ko'ylagimni yechishimiz kerakligiga ishora qildi. Va men hali ham o'sha noqulay ko'ylakda ekanimni esladim.

Taehyung ehtiyotkorlik bilan kiymimni yechib qo'ydi. Bog'langan mato ustidan sizib chiqqan qizil qonga qarab yuzimni burishtirdim.

- Bu biroz og'riq beradi. - u menga qaramay eski matoni yechib olish barobarida gapirdi. - Nega bunday qilding ?

Nima haqida gap ketayotganini tez angladim, lekin nima deyishni bilmasdim. Nega bunday qildim o'zi ?

- Harakat qilmasam o'lgan bo'lardim.

- Sen o'lmasding. O'zing o'lishni hoxlagandek ularga imkon berding. Jim meni kutishing kerak edi !!! - jahl bilan ovozini ko'tarib borayotgan yigit, malhamni yangilashda davom etar ekan, u chindan hozir jiddiy ekanini seza boshladim.

- Kelguningcha naqt 4 ta mashina tagida qolgan bo'lardik. Bas qil Taehyung. Hozir sen bilan janjallashishga kuchim yo'q. - holsizlik bilan ho'rsindim.

Qo'limga qaragan onim holsiz ko'zlarim kattalashdi. Chindan qon ancha ko'p. Sovuq havo yaraga tekkan sari achishish hissi ortib borardi. U qo'liga paxtani olib yarani tozalay boshladi. Negadir Taehyung bilan o'zimni doim yaxshi his qilaman. Ishonchli va xavfsiz..

Uning yuziga termulgan vaqtim, ichimda nimadir yonishni boshladi. Ko'zimni uzolmasdim. Kim chindan o'ta e'tiborli, o'ta g'amxo'r inson ekani menga yoqadi. Bog'lanib boryapman. Ba'zida bundan yetarlicha havotirlanaman.

Ko'rgan bu ahmoqona tushim.. u to'g'ri aytdi. Ichimdagi eski Aera kundan kun yo'qolib borardi. Men o'zim yaratgan qobiqdan tashqariga chiqyapman. O'zim yaratgan qorong'ulik o'rnini boshqa ranglarga bo'shatyapman. U shuni nazarda tutgan.. endi tushundim. Yuzimda hech qanday ifoda qolmadi. Indamay Taehyung ishini bitirgunicha kutdim. Og'riq ham boshqa his ham sezilmadi.

So'nggi bog'ichni bog'lab boshini ko'targan yigit, unga qarab turganimdan ajablangandek, ikki qoshini yuqori ko'tardi.

- Qora uyqu qo'rqinchli edi.. - asta shivirladim unga qarab. - Men qattiq qo'rqib ketdim. - lablarim titrab ketdi. Boshqa so'z aytishga kuchim yetmay, ko'zim yoshlandi.

Taehyung asta uzun qo'llari bilan boshimni silarkan, namlangan nigohimni unga qaratdim.

- Hammasi yaxshi vanilla. Men yoningdaman. Doim shunday bo'ladi. - dedi u yumshoq ohangda.

Taskin topgandek bo'ldim. Qalbimga iliqlik sekin sizib kira boshladi. Ko'zlarimni yumishni istamasdim, lekin uning sochlarim ustidagi qo'l harakati meni bunga majbur qilardi.

Aera asta ko'zini yumar ekan, uning bu holatini ko'rgan Taehyung asta tabassum bilan qizning oppoq yuzini silay boshladi.

- Uxla. Dam ol.. - shivirlab, qizning peshonasiga lablarini bosdi yigit. So'ng o'zi ham uning oldidagi bo'sh joyga yotarkan, ikkilanmay qizning beliga qo'lini o'rab, malla sochlariga yuzini ko'mdi. Nafas buzilishi... qaynoqlik.

Time skip.


Atrofning yorug' ko'rinishini tun egallagan. Shu sabab ham atrof sokindek tuyiladi. Dam olish xonasidan har xil ovozlar eshitilar ekan, bu qorong'u xonada o'tirgan Reina va Sena televizor ko'rishayotganini isbotlardi.

- Sena sharbat qolmadi. Men olib kelaman. - o'rnidan turgan qiz, bor e'tiborini filmga qaratgan xizmatchisini bezovta qilmasdan o'zi borishga qaror qildi.

Javoban ko'zlarini ekrandan uzmay boshini chayqab qo'ydi Sena.

Birdan mashina ovozi uy tashqarisidan jarang socharkan, televizor tagida o'tirgan qizning ko'zlari chiqib ketay deb yeyotgan shirinligiga tiqilib qoldi. Tinmay yo'talishiga qaramay o'rnidan sakrab turib oshxonaga kirdi.

- X.xonim. - dedi u nafas yetishmay, chala ovozda.

- Nima ichingga ruh kirib oldimi.. buncha hovliqasan ?! - e'tiborsiz kulib qo'ygan Rei qizning yelkasiga yengil urib qo'ydi.

- J.Jeon... Janob Jeon keldi.

- Nima ?! - dedi qiz tosh qotib qolgandek ko'zlarini katta ochib.

- Nimani kutyapsiz xonim !!! Yugursangizchi !! - Sena talvasalanib, xonimining bu ko'rinishidan o'zi havotirlanib ketardi. Qizning baland bu so'zlarini eshitgan Rei esa dovdiragancha xonasiga yugurdi.

- Yo xudoyim, yo xudoyim. - ichidan hayajon bosayotgan qiz, yugurar ekan, og'zida tinmay bir so'zni qayta qayta takrorlardi. Xonaga yetib keldi... va eshik yopildi.

Bu vaqt Jungkook allaqachon oyoq kiyimini yechayotgandi. Eshik ovozini payqarkan, boshini ko'tarib atrofga qaradi.

- Sena xonim ? - dedi u miyyasiga birinchi kelgan insonni chaqirgancha.

- Eshitaman Janob. - shoshilgancha oshxonadan chiqqan Sena havotir bilan yigitning yuziga qaradi. U sezib qolgan bo'lsachi ?!

Arava xona o'rtasida turibdi. Ovoz esa oshxonaga qarama qarshi tomondan keldi. Yigit qoshlarini chimirdi.

- Reinaning aravasi nega bu yerda ?

- Aaa, haligi.. men uni tozalamoqchi edim. Ha, u juda kir bo'lib ketibdi. Oshxonadan latta olish uchun kirgandim. - qiz javob bergan ko'yi dovdirab kulib qo'ydi. Jungkook ham bunga ishonmagandek unga bir necha soniya o'tkir ko'zlari bilan tikildi.

- Yaxshi. Unda uni yaxshilab tozalang. - deb qo'ydi yigit yo'nalishini o'z xonasiga qaratib. Sena chuqur nafas chiqarar ekan, ko'ksini hovuchlab qoldi.

- Ha.. yana bir narsa. - Jungkook joyidan to'xtadi. - Sena qaltiroq bosgan qo'llarini ortga berkitib Jeonga kulib qaradi. - Bugun ko'chada ovqatlana olmadim. Menga biror nima tayyorlab bera olasizmi ?

- Albatta Janob. Xonim ham hali ovqatlanmadi. Istasangiz... - qo'shimcha qilayotgan qizning gapi yakunlanmasidanoq bo'lindi.

- Yo'q, men yolg'iz ovqatlanaman. Unga ham istaganidek tayyorlab bering. - u xonasiga kirib ketdi. Hovliqib ketgan qiz shu zahoti qo'llarini siltar ekan, titroqni yo'qotishga urunib sakrashni boshladi.

- Jin ursin, u juda qo'rqinchli odam !!

Time skip.


Barcha ishini yakunlagan qiz qo'lida patnis bilan Reinaning xonasiga kirdi. Allaqachon yotoqqa joylashib olgan xonimni ko'rgan Sena tomoq qirib qo'ydi.

- Ahmoq Sena !!! Keldingmi ? - Rei uni darhol tanib o'rnidan sapchib tushdi. - Nima bo'ldi ? Jungkook hech narsani sezmadi to'g'rimi ?!

- Xonim men aqldan ozishimga bir bahiya qoldi. - qo'lidagi narsani mebel ustiga qo'ygan qiz xonimining oldiga joylashdi. - O'zimni zo'rg'a yeg'lab yuborishdan tiya oldim jin ursin. Menimcha shubxalanmadi, lekin shubxalangandek ham tuyildi. - yoshbolalarcha g'inshib qo'ydi qiz.

- Agar biror narsani sezib qolganida xonamga bostirib kirgan bo'lardi. Demak sen uni ishontira olgansan ahmoq.

- Men o'lim bilan yuzlashgandek his qildim o'zimni, yo xudoyim. - ko'ksini ikki qo'li bilan ushlagan qiz ko'zlarini yumib chuqur chuqur nafas oldi. - Sizga ovqat olib keldim. Endi buni yeb oling. - mebel ustidagi patnisga ishora qildi u.


Time skip. Oradan 8 soat o'tdi. Soat: 00:34

Allaqachon yarim tun. Ko'zlarini bezovta ochgan Aera ko'p uxlagani sabab biroz shishib ketgandi. U o'rnidan turishga uringan vaqti nimadir bunga to'sqinlik qildi.

Qiz yuzini burishtirib yon tomoniga qaragan oni, yigitning yuzini ko'rishi bilan qotib qoldi. U bu yerda nima qilyapti ?

Ko'zlarim Taehyungning silliq yuziga qadaldi. Bu ko'rinish, go'zallik... shuncha joziba qayerdan kelganiga doyim qiziqaman. Hech qachon bunday his bo'lmagan... Unga qaragan sarim, qaragim keladi. Tinmay, hatto kiprik qoqmay.

Barmoqlarim o'zimga bo'ysunmay uning yuzi tomon yugurib ketti. Yuzini ohista silar ekanman, belimdan o'ralgan qo'llari bosim bilan meni o'ziga qattiqroq tortdi. U ko'zini ochdi.

- Hayrli tong. - dedi, yana ko'zlarini yumib. Men kulib yubordim.

- Hali tong otmadi Janob Kim.

- Chindanmi ? - u ham uyqusida tabassum qildi. Jin ursin, uning ovozi yo'g'onlashgan.

- I love your voice.. - shivirladim, barmoqlarimni uning lablari ustida o'ynatib. Yana labi chetida kulib qo'ydi u. - Hey, wake up. I'm feeling hungry.

- Let's have a dinner vanilla. - ko'zlarini holsiz ochgan Taehyung menga qaradi. Huddi kimdir ustimdan muz to'la suvni ag'dargandek etim jimirlab ketar ekan, uning qo'li belimdan siljib jag' suyagimga qadaldi. Uning yuzi menikiga yaqinlashayotgan vaqt yuragim qattiq urishdi boshladi.

- Hozir ta'qiqlangan nimadir bo'ladi shundaymi ? - dedim, nafasimni rostlashga urinib.

- To'siq buziladi. Men buzishga qaror qildim. Balki nafsim ustunlik qilyapti. - uning yo'g'on ovozi quloqlarim ostida eshitildi. Jin ursin, men haddan tashqari hayajonlanyapman.

Pov Taehyung.

Aeraga qaraganimda nimadir meni u tomon tortgandek bo'ldi. Uni majburlab bo'lsa ham yotoqga mixlagim, istaganimcha aloqa qilgim keldi. Bu tasvirlar hayolimni egallab olgandi.

Barmoq teginishi, lablarim bilan o'ynashishi.. bari meni qo'zg'atish uchun qilinayotgan harakatdek tuyiladi. Nafasim og'irlashar ekan, uni o'zimga yanada qattiqroq tortib yaqinlashtirdim. O'rnimdan turib, ustiga chiqgancha ikki kaftimni yuziga tegar tegmas joylashtirdim.

Bu qorachiqlar.. unda o'z aksimni ko'rishni hoxlayman. Uni faqat o'zimniki qilishni ich ichimdan hoxlayman. Bu qanday tuyg'u ekanini hali anglamadim. Lekin u bilan bo'lgan vaqtim ichimdagi dunyolar shunchaki yonyapti. Men nima qilishim kerak.. chegaradan chiqmaslik uchun nima qila olaman..

Pov Author.

Qizning ustida turgan Taehyung uning yumshoq ko'zlariga shunchaki tikilib turardi. Hayolidagi bir nimalar sabab vaqtni cho'zayotgandi u. Aera qarshi tomon labalariga qarar ekan, bir qo'li bilan yigitning bo'ynidan ushlab uni o'ziga tortdi.

Jipslashgan lablar... jipslashgan ruhlar... qizning ichidagi haqiqiy nafsoniyat uyg'onib, Kimning lablarini chuqur o'pa boshladi. Qo'li bilan tobora o'ziga mahkamroq tortarkan tilini quyi kiritib yigitning o'g'iz bo'shlig'ida aylantirardi.

Taehyung qo'lini qizning tanasida sayr qildirar ekan, bir urinishda tepa qismda qolgan ichki kiyimni yechib yubordi. Bu safar bari jiddiydek tus oldi. Lablar ajraldi. Yigit shoshilib egnidagi kiymini yechib tashlagancha xonaning qaysidir burchagiga uloqtirib yuborar ekan, ichidagi lovullayotgan ehtirosni tashqariga chiqarish uchun ruhsat berib bo'lgandi.

Aeraning ko'zlari bir manzilga qadaldi. Ko'rkam tana.. Lablarini yalagan qiz bir qo'lini Taehyungning bo'rtib chiqqan preslari ustiga qo'ydi. Ularni ketma ket silar ekan, boshini ortga tashlagancha chuqur nafas chiqargan Kim, yana qayta sabrsizlanib qizning lablariga otildi. Qo'llar harakati keskinlashgan. Qizning ichki kiyimi allaqachon nam..

Uzoq cho'zib o'tirmagan yigit qizning pastki ichki kiyimini ham yechib oldi. Barmog'ini tekkizgan oni titrab ketgan qiz holsiz ko'zlarini yumdi.

- T.taehyung. - titroq bilan yigitning ismini takrorladi u.

Yana ichkariroq itarilish bilan namlangan barmoqlar harakatni boshlashdi. Yigitning uzun barmoqlari qizning ostiga sekin asta kirib chiqarkan, havo olish tezligi keskin oshgancha ingroq ovozlarini hosil qila boshladi.

- Nega buncha tez taslim bo'lyapsan ? - dedi Kim lablarini yalab qo'ygan ko'yi, qizning tirishgan yuzidan nigohini olmasdan. Aera tirnog'ini uning ko'ksiga botirdi. Asta pastlashar ekan, tirnoq izi tanani qizartirib yuborgancha kamarga yopishdi.

- Buni yech !! - bir qo'li bilan bu ishni eplay olmasligini tushungan qiz titroq aralash ovozi bilan buyruq berdi. Taehyung kuladi. Indamay uning aytganini qilib shimini o'z qo'llari bilan yechib tashladi.

Bu holat.. ikki tana bir birining oldida bog'lanishni qabul qiladi. Qiz nafasini rostlab yigitga qarar ekan, uning ancha katta ko'ringan a'zosi ustiga qo'lini bosdi. Taehyung og'ir yutingancha lablarini yalab qo'ydi.

- Hozir o'zimni nogirondek his qilyapman. Faqat bir qo'l bilan.. bu qiyin.

- Shunisi bilan bari qiziq.. - so'nggi so'zini aytgan yigit a'zosini qizning ostiga to'g'irladi. Klitoriga uni ishqalarkan chiday olmagan Aera pastelni qo'llari bilan g'ijimlab ingrab yubordi.

Qattiq kutilmagan itarilish bilan bari buzib kirildi. Taehyung harakatini to'xtatar ekan, bu safar qichqiriq xonani tutatgancha yana davom eta boshladi. Borgan sari tezlik shkalasi balandlashib zavqni eng baland nuqtagacha kuchaytirardi.

Xona qizib ketgan. Butun boshli uy bu holatni anchadan buyon kutgandek ovozlarni aks sado bo'lishiga majburlardi.

Time skip.


Tong otishiga yana bir necha soat bor. Jaehyuk Jungkookning qo'rg'oni qarshisida turardi. Atrofda qo'riqchilar yo'q. Jungkook hech qachon ularga muhtojlik sezmagan.

Yigit mashinaning yukxonasini ochar ekan, ichidan ikkita katta idishni oldi. Mustahkam, baland to'siqdan avvaliga idishlarni tashlab, so'ng o'zi tirmashib sakradi. Yuzini burishtirib qorin sohasini ushlagan chog'i, siljish tufayli yaralari og'riq berganini tushundi.

- Jin ursin seni Jeon Jungkook !! - deb yigitni la'natladi u.

Flashback. "Bundan 12 soat avval"

- Buni Jungkook qilganiga ishonchim komil. - qahrli ko'zlarini bir nuqtadan uza olmayotgan Taehyung tishlarini bir biriga bosgancha g'azabli shivirladi.

- Janob Kim, bu aniq Geoksuning odamlari edi. Mashina raqami... - yigit ohirigacha gapirmasida so'zlari bo'lindi.

- Shunday bo'lsa ham Aera haqida u qayerdan biladi ? Qiz Koreyaga qaytganini faqat oila a'zolar bilgan Jaehyuk. Jungkook esa Hwan Geoksu bilan bitim tuzganini aniq qilib aytdi.

Boshlig'ining so'zlari hech qanday shubhasiz to'ppa to'g'ri ekanini anglab turgan Jaehyuk nima deyishni bilmay qoldi.

- Endi nima qilamiz ? Buni shunday qoldirib bo'lmaydi.

- Men uni jahannam olovida kuydirib yakson qilaman. Hali menga isyon qilish qanday bo'lishini hammasiga ko'rsatamiz Jaehyuk. - Taehyungning qat'iyligi ortgani sari g'azabi ham ortib borardi. Buni yaxshi bilib turgan yigit tasdiq sifatida bosh chayqab qo'ydi.

- Nima desangiz shu Janob Kim.

- Sen biroz dam ol. So'ng yana ishingni davom ettirasan. - o'rnidan turgan Kim jiddiylik bilan yigitning yelkasini qoqib qo'ydi.

- 3 dona o'q hech narsa emas. Men yaxshiman. - hazil qilgandek kulib qo'ygan Jaehyuk, ahvoli yaxshi ekanini isbotlashga urindi. Lekin bu foydasizdek, Taehyung qosh chimirdi.

- O'zingni ehtiyot qilishing kerak. - ta'kidladi u qat'iylik bilan. - Aera bor ekani baxting, yo'qsa o'q yeganing uchun o'zim seni boplab do'pposlardim.

- Demak xonimga raxmat aytishim kerak.

- Huddi shunday. - Taehyung so'zini tugatgach yuzida tabassum bilan xonani tark etdi.

Comeback.

Jaehyuk avvaliga yerlarga yaxshilab yoqilg'ini sepib chiqdi. So'ng qo'liga yondirgichni olib unga biroz termuldi.

- Nahotki vaqti kelgan bo'lsa.. Janob Kang barini avvaldan bilardi. Bir biringizni ayovsiz qirishingizni.

Chuqur ho'rsinish va yondirgich yerga uloqtirildi. Shu zahoti hamma yerni olov qoplarkan jahannamdan chiqib kelayotgan Jaehyuk ortiga o'girilmay mashina tomon asta qadamlari bilan kela boshladi.

Time skip.


Burnim qandaydir g'alati isni sezardi. Tanam hali ham uyquda, ammo ongim shaffof ishlab turardi. Shu on miyyamga zarb bilan urilgan o'y sabab o'rnimdan sapchib turdim. Atrofni qora tutun qoplab olgandi. Yugurib borib eshikni ochganimni bilaman, butun boshli uy alanga ichida qolib ketganini ko'rishim bilanoq ko'zlarim otilib ketay dedi. Bu yana nima ?

Quloqlarim qichqiriqni eshitishi bilan, hayolimning bir burchagida ham bo'lmagan Reina shu yerda ekani yodimga tushdi. Jin ursin.

Jungkook xonadan otilib chiqar ekan, qizning xonasiga iloji boricha tezroq yetib borishga urinardi. Allaqachon uy deyarli yonib bo'lgan. Qandillar, tomdagi taxtalar chirsillab yerga qular ekan, bu uy allaqachon vayronadan farqi qolmaganini anglatardi.

Jungkook bir qo'li bilan og'iz burnini berkitdi. Qizarib ketgan ko'zi bilan atrofga qarar ekan, Reinaning xonasiga kirish eshigi allaqachon yona boshlaganini ko'rdi. Ikkilanib o'tirmay qaynoq tutqichga qo'lini qo'yib eshikni ochdi. Ichkarida Sena va Rei yotoq ustida o'tirishardi.

- Jungkook !!! - dedi qiz jon halakda nima qilishni bilmay.

- Burningni yop !! - baland ovozda baqirgan yigit tezda xona ichiga kirib xotinini ko'tarib oldi. Senaga ham ortimdan yur degandek ishora qilar ekan, bir zumda uydan tashqariga chiqishdi.

Toza havo, katta ofat va tiriklik. Jungkook tashqariga chiqishi bilan qizni yerga ohista joylashtirib zaharli tutun sabab qattiq yo'tala boshladi. Ko'ksini ushlab chuqur chuqur nafas olar ekan buni ko'rib turgan qiz havotirlana boshlagandi.

- Shifoxonaga borishimiz kerak. Sen ko'p iflos havo yutding. - dedi u, yigitning kuragiga yengil urib.

- Keragi yo'q. - Jungkook e'tiborsiz, qizdan uzoqlashdi. Cho'ntagini tekshirar ekan, telefoni uy ichida qolib ketganini tushunib, asabiy jag' suyagini siqdi. Ayni dam nima qilishi kerakligini tushunmasdi.

Bir necha soniya ichida o't o'chiruvchi mashinaning sirenasi butun boshli ko'chani egallar ekan, hotirjam bo'lgan Jungkook ho'rsinib o'zini yerga tashladi.

Time skip.


Bari juda yengil o'tdi. U men bilan qo'pol bo'lmagani ajablanarli tuyildi. Meni bag'riga bosib sochlarimni o'ynayotgan yigit huddi bundan hech ham zerikmaydigandek edi. Taehyungning bag'ri bunchalik yoqimli bo'lishi haqida doim hayol surardim. Lekin buni his qilish... meni hayajon ichiga ko'madi.

- Nega jimsan ? - savol berdim, nihoyat tilga kirib. Oradagi sukut buzildi. Peshonamga bosilgan lablar tufayli yengil tabassum qilar ekanman, urishdan to'xtamayotgan bu yuragim yana tezlashib ketdi.

- Nima deyishimni istaysan ?

- Bilmadim. Sen bilan uzoq gaplashgim kelyapti. - gapirish barobarida uning bag'riga chuqurroq joylashib oldim.

- Menimcha sendan ajoyib "Direktor xonim" chiqadi. Otang buni ko'rganida faxrlangan bo'lardi. - dedi u chuqur ovozda.

- Yana ish haqida... - hafsala bilan ensa qotirar ekanman, u doimo ishga sodiq bo'lgan inson ekaniga yana bir bor guvoh bo'ldim. - Yetmaganidek dadam mendan hech qachon rozi bo'lmagan. U uchun doim eng qoloq inson bo'lganman. Shunday ekan iltimos nafratimni bundan battar kuchaytirma.

Ichimdagi unutgan yaram yana qayta tirnalgandek og'riq tura boshladi. Kayfiyatim borgan sari pasayib borar ekan, Taehyung menga tinmay nimanidir isbotlashga urinardi.

- Sen shunday o'ylaysan. - dedi anniq ovozda. - Lekin Aera, otang umrining ohirigacha faqat sen uchun nafas oldi. Buni uning oldida yurgan inson sifatida ayta olaman.

- Ishonish qiyin. - mensimay kulib qo'ydim. - Kel mavzuni o'zgartiramiz. Demak og'riqli mavzular shundaymi ?! Endi men savol beraman. Nega Jungkookdan bu darajada nafratlanasan ? Orangizda nima bor yoki nima sodir bo'lgan ?! - atayin shu savolni berdim. Ichimdan yonishni boshlagandim. Otam haqida so'z ochilsa hech qachon chiday olmasligmni juda yaxshi bilardim. Bu men uchun haqiqiy daxshatning o'zi.

Taehyung bergan savolim sabab biroz jiddiylashdi. Sochimni silayotgan qo'llari to'xtar ekan, chuqur nafas chiqargancha ko'zlarimga qaradi.

- Jungkook bilan qonimiz bir. Lekin yuragimiz farqli. - dedi u, ohista ohangda.

- Nima ? - bir onda eshitgan so'zlarim miyyamda charx ura ketdi. U nima haqida gapirdi.

- Jungkook va men.. bizni bog'lab turgan rishta faqatgina otamiz bir ekani. - quloqlarimga ishonmay qarshimdagi insonga huddi telbaga qaragandek qarab turar ekanman, go'yo olamda vaqt butunlay to'xtab qolgandek mening hissiyotlarim ham shu zahoti ishlamay qoldi.

- Taehyung, sen hozir nima deyotganingni tushunyapsanmi ? - deya oldim o'zimni butunlay yo'qotib qo'ygancha. Uning aytayotgan so'zlari umuman aqlga sig'masdi. Quchog'imdagi tanani o'zimdan itarib uzoqlashar ekanman, oradagi masofa sababli endi yuzini yaxshiroq ko'ra boshladim.

- Bilaman, biz bir birimizga butunlay teskari bo'lgan insonlarmiz. Lekin bu ishongim kelmaydigan haqiqat. - gapirish barobarida siniq tabassum qilgan yigit meni aqldan ozdirardi. Yo'q, men tamom bo'lishim anniq.

- Seningcha bu kulgulimi ? Gaplaringchi, ular jiddiymi ?! Qanday qilib ? Qanday buni bilmasligim mumkin ? Qanday buni tasavvur qilishim mumkin jin ursin.

- Aera tinchlan. - talvasaga tushib qolgan bir vaqtim yelkamdan tutgan bir juft kaftlar jim bo'lishimga undadi. - Bilaman, bu chalkash, lekin bizni otang uchrashtirmaguniga qadar bir birimizning mavjudligimiz haqida ham bilmasdik.

- Qanday ? Bu qanday haqiqat bo'lishi mumkin Taehyung ? Men bunga qanday qilib ishonay ?

- Ishonishing shart emas. Shunchaki nafratning ildizi aynan shu yerdan paydo bo'lgan. Biz bir birimizni hech qachon qabul qilmaganmiz.

Kimning so'zlari shu darajada tabiiy chiqar ediki, buni bir zum haqiqat bo'lsachi deb o'ylay boshladim. Jin ursin. Buni qanday tushunish mumkin ahir ?!

- Otam nega bunday qildi ? - barini bilishni hoxlardim. Bu chigalliklardan shunchalik charchadimki, barini shu on eshitishni istardim.

Davomi bor...


— Shu yergacha o'qidingizmi mehnatni qadrlagan holda reak bosib, fikr yozib keting.

Author: Reina Kim.
Gold fanfics.
Muallifning shaxsiy sahifasi: @Rei_berry