- Emotion -
- Men mastman. - dedi yuzimga qaramay. U nimadandir bezovta ko'rinardi. Yuzida tabassum bo'lishiga qaramay, ich etini nimadir kemiryapti.
- Bu yerda ekanimni qayerdan bilding ? - ichimda qiziqish uyg'otgan o'sha savolni berdim. U ancha sukut saqladi. Tomoq qirib go'yo unga eslatma bergandek bo'ldim.
- Turmushga chiqyapsanmi ? - dedi yumshoqlik bilan. Men deyarli muzlab qoldim. Bu vaqt bilan yuzlashishimni bilgan bo'lsam ham hozir nima deb javob qilishga ikkilanaman.
- Jungkook.. - dedim ko'zimni asabiy yumish bilan birga. - Hozir vaqti emas. Ket..
- Bugun nimani his qilganimni bilasanmi ?! U har safargidan ham ko'proq og'ridi. - yigit ko'rsatgich barmog'ini ko'ksiga niqtagan on deyarli borliqni unutdim. Dimog'imda tikan turgandek nafasim ichimga qaytib ketdi.
- Ketish qiyinmi ?! Ket.. - nima deyishni bilmay ko'zlarimni har qayoqdan olib qochardim. - Men baxtliman, Taehyung bilan birga.. - dedim past ovozda. Bu so'zlar og'zimdan shu darajada qiyin chiqdiki, buni his qilish qiyin.
- Bas, gapirma!! Meni bu darajada qattiq qiynama Rei. - u sarhusht. Undan o'tkir hid taralardi. Devorga suyanib o'tirib olgan. Yoshbola kabi yalinib yolvordi. Nima qilishni bilardim !! Ortiq uning diydiyolariga chidamayman !! Uning bo'lmag'ur, o'tkinchi so'zlariga ishonadigan sodda qiz endi yo'q !!
- O'rningdan tur. - qat'iy buyruq berdim. - Tepa qavatdagi xonamga yiqilmasdan, kira olsang.. meni kut. Ortingdan kiraman.
- Kuldirma, hozir kuladigan ahvolda emasman. - u huddi harakatimni mazahlagandek boshini yuqorilatib tabassum qildi. Uyqusizlik sabab biroz qisilgan ko'zlariga so'nggi bor jiddiy qaradim.
- Hali ham xotining ekanman, demak senga ruxsat berishim mumkin.. Meni kut. - so'nggi so'zimni aytib ichkariga kirib ketdim. Shu zahoti Jungkookning tezlashishga ulgurgan qadamlari qulog'imga chalindi. Yuzimda mamnun tabssum paydo bo'ldi.
Oshxonaga kirib, tayyor limonli suvimni ichar ekanman, o'zimni bosib aniqlik bilan harakat qilishim kerakligini o'ylardim. Oydinlik kiritishim kerak.. bu so'nggi qadam.
Asabiylashib zinalardan ko'tarildim. U haqiqatdan ham mast bo'lishiga qaramay hech qanday xatosiz xonaga borgandi. Eshik qarshisida chuqur nafas chiqardim. Balki bu so'nggi imkondir dedim o'zimga ishonch bag'ishlab.
- Jungkook. - ichkariga kirish barobarida, uni xonadan izladim.
- Shu yerdaman. - kiyinish xonasidan ovoz kelganida har tomonga alanglashdan cheklandim. - Kiyimlarim o'z joyida. - u yana o'sha ohangda ma'lum qildi.
- Sen mastga o'xshamaysan. - gardirop oldiga borib eshigiga suyangancha, egnidagi kiyimni keng qora fudbo'lkaga o'zgartirayotgan erim tomon jiddiy so'z yonladim.
- Balki ichkilik ta'sirida hushimni butunlay yo'qotmasligim haqida bilmassan. - dedi o'sha chuqur va tarang ohangda.
- Jin ursin.. Tura oladigan ahvolda emassan deb o'ylagandim. - o'zimni bo'riga aldangan qurbondek his qilishni boshladim. Lablarimni tishlab ahmoqlik qilganim uchun o'zimni ayblar ekanman, men tomon yaqin kelayotgan gavdani sezdim. - Yaqin kelma !! Ket.. - dedim biroz titrash bilan.
- Menga qara !! - yelkamga qo'lini o'rab o'ziga qarashga majbur qildi. - Holatim ancha yaxshi. Men o'sha mavzu haqida gaplasha olaman !!
- Senga teginma dedim. Haqqing yo'q !! - ovozim butun xonaga yoyildi. Uning qo'lini qo'pollik bilan siltab, uzoqroqqa ketdim. - Bu yerdan qorangni o'chir !! Ket ! - ko'rsatgich barmog'im bilan eshik tomon ishora qilib, ovozimni balandlatdim. Aslida nima uchun bezovta ekanimni tushunmasdim. U menga tegingani uchun asabiylashdimmi yoki ichgan bo'lsa ham tetikligidan..
- Rei, o'zingni telbadek tutishni bas qil ! Shunchaki gaplashib olamiz. Tinchgina, shovqinsiz !! - dedi bosiqlik bilan.
- Unda harakat qilishdan avval masofa saqlashni o'rgan. Birga emasligimizga ancha vaqt bo'ldi. - qiz qoshlarini chimirib, asabiylik bilan yotoq chetiga o'tirdi. - O'ylab ko'r.. Men deyarli boshi ochiq, kamiga unashtirilgan ayolman.
- Aynan. - dedi Jungkook, u ham yotoq tomon kelib, qizning qarshida turish barobarida. - " Deyarli " degan tushuncha sen hali ham meniki ekaningni anglatadi !!
- Jungkook, egalik qiladigan insonlaring bor va aslida bu yerda ekaning xato !! - dedi qiz barmog'ini yigitga niqtab.
- Men seni sevaman. - yigit biroz egilib qizning yuzi tomon keskin yaqinlashdi. - Bu seni sevadi. - dedi xotining hali ham niqtab turilgan barmog'ini ko'ksiga tekkizib. Reining ko'zlari kattalashib ketarkan, buni undan kutmagani aniqdek, butunlay harakatdan qoldi.
- Maynavozchilikni bas qil. - past ovozda gapirgancha, titrayotgan barmog'ini bazo'r uning ko'ksidan oldi. - O'zi umuman olganda bu yerga kelmasligim kerak edi. - dedi, qarshisida unga o'ta yaqin turgan yigitdan yuzini burib.
- Nimadir o'zgargan bo'larmidi ?! - u zo'ravon barmoqlari bilan qizning iyagini siqib, yana majburan o'ziga qaratdi. - Seni bir zum bo'lsa ham ko'zdan qochirmadim Rei.. - dedi shivirlab. Uning ko'zlari aynan xotinining jigarrang nigohlariga qat'iy qadalgan. Biror nimani yqib olishga harakat qiladi.
- Demak ketmaysan. - o'zini tiklab olgan qiz qayta erini o'zidan uzoqlashtirdi. U yana Jungkookni o'zidan mahkam itarib, o'rnidan turdi. - Yaxshi, men ketaman !! - degancha eshik tomon qadamlarini yo'naltirdi. Ammo foydasiz !! Jungkook uni chiqib ketmasidan avval ushlab oladi. U chaqqon.
- Qo'yib yubor !! - baqirdi qiz, erkakning quchog'ida tipirchilash barobarida. - Hoziroq meni qo'yib yubor !!
Jungkook huddi hech nimani eshitmayotgandek, hech qanday ifodasiz qizni yotoq oldida qoldirdi. O'zi esa u ulgurmasidan avval eshikni qulflashga ulgurdi.
- Kalitni ber !! - yana baland ovozda o'shqirdi Reina.
- Meni asabiylashtirma !! Kalitni ber deyapman !! - qiz zo'ravonlik bilan yigitning ustiga bostirib keldi. Ko'zlaridan taralayotgan vajohat shunchalik kuchli ediki, go'yo olamni yoqib yuborishga ham qurbi yetadigandek.
- Unga turmushga chiqmaysan !! - sabr kosasi tamom bo'lgan Jungkook ham o'zini bosa olmay, unga baqirayotgan qizni yotoq tomon irg'itib yubordi. - Kerak bo'lsa umringni so'nggi daqiqalarini ham shu xonada o'tkazasan, bilib qo'y !!
- Mendan nima istayapsan o'zi ?! - Rei bor ovozi bilan qichqirgancha, yotoq ustida sochlarini to'zg'itib tipirchilar ekan, ilojsizlik, zaiflik uni aqldan ozdirardi.
- O'sha nusxa bilan meni sinama !! Shuni o'zi yetarli. - hotirjam tishini tishiga bosdi yigit. - Lekin sen atayin qilasan !! Menga qasttan uning uyiga borib, o'sha yerda tunni o'tkazasan shundaymi ?!
- O'zimni o'ldiraman !! Eshityapsanmi ?! Qasam ichaman barchasidan to'yib ketdim. - qiz o'rnidan turib, chetdagi tungi chiroqni uloqtirib yubordi. Uning qilayotgan harakatidan biroz gangib qolgan yigit bir muddat nima qilishni bilmadi.
- Qachon meni tinch qo'yasan o'zi ?! Qachon ta'qib qilishni bas qilasan ?! Nega Luna bilan shunchaki tinch yashamaysan ?!
- Rei men hech qachon u bilan birga bo'lmadim !! - Junkook so'zini yakunlaganida, qiz shunchaki to'xtadi. - Men hissiyotga berilib erta qaror chiqardim, bilaman. Lekin allaqachon senga bog'lanib bo'lgandim. Kechalari u bilan bo'lolmadim, hatto noqulaylikdan mashinada tunimni o'tkazdim, qayerda bo'lsang o'sha yerda..
- Nima ? - hayron ifoda bilan ko'zlarini kattalashtirdi qiz.
- Doim uying oldida edim. Kechalari, mashinamda. - Jungkook asabiylashib peshonasini siladi. - O'sha kasalxonadagi janjaldan keyin butunlay aqldan ozdim. O'zimni barchasidan ayrilgandek his qildim. Senga umuman yanqinlashgim kelmadi.. Lekin aynan Taehyungning uyiga borishingni, u bilan qolishingni kutmagandim. Men nima deyishni ham bilmayman, seni u bilan tasavvur qila olmasdim. O'zimni boshqara olmasdim.
- Ishonaman. - dedi yigit so'zi davomida lablarini biroz xo'llab. - U bilan orangizda hech nima bo'lmaganiga ishonaman. Ammo, Luna menga siz haqingizda xabar berganida qay ahvolga tushganimni bilmaysan. Men o'zimni yo'qotdim.. Men amin bo'ldim, seni unga berolmayman !!
- Jim.. gapirma. Baribir ketolmaysan. - dedi yigit asabiy nafas chiqarib. U yengillikni his qilishga ulgurdi. Aytishni istagan barcha hissiyotini tashqariga chiqardi.
- Sog'indim. - istalmagan ko'z yoshlar.. ular yana Reinaning ko'zlarini to'ldiradi. - Seni chindan sog'indim. - bir so'z kifoya.
Yigit bor tezligini ishga solib qizning lablariga bosim bilan yaqinlashdi. Oradagi masofa butkul kesib o'tilgan.
Balki xato qilgandirman. Lekin bu umrim bo'yi afsuslanmaydigan xato turiga kirishini aniq bilaman. Men tomonga qattiqlik bilan urilgan Jungkookning lablarini o'zimda his qilishim bilan, ko'zimdan alamli tomchi dumaladi.
Sog'inch. Bu tuyg'u meni nimtalagani haqiqat bo'lishi mumkin, lekin hafsala menga taskin berdi. Hozir ikkisini ham his qilmadim. Uning lablari meni qo'pol o'zi tomon chaqirardi. Ichidagi vaxshiylik yeb bitirishga tayyor ekanini ayovsiz bo'sa bilan ogohlantirardi go'yo.
Pastki labimni tishlaganini his qilishim bilan yuzim burishdi. Men to'xtashni istamasdim. Ongim butunlay menga qarama qarshi harakatlanadi. Uning lablaridan achchiq ta'm kelishini sezdim. Bu alkogol ta'siri ekaniga aminman.
Jungkook bir qo'li bilan qizning belini mahkam siqish barobarida, ikkinchi qo'li yordamida uning yanog'ini siqimlardi. Bir necha daqiqa davom etgan sog'inch ifodasini birdaniga buzgan yigit, qizdan uzoqlashmay uning lablariga tikilgan holda chuqur nafas chiqardi.
- Seni sevaman. - shivirladi, bor kuchi bilan hansirab. - Faqat menikisan. Meniki.. - egalik ohangini o'zida gavdalantirgach, yana ayolining qizarishga ulgurgan lablariga shahvat bilan oshiqdi.
- Shoshma.. - dedi Rei yuzini yon tomonga burib. - Menga vaqt kerak. - ikkilandi qiz. U ochiqchasiga unga talpingan erkakni ko'ksidan ohista itardi. - Yuvinish xonasiga kiraman. - chuqur chuqur nafas olib eridan uzoqlashdi.
Reina xona burchagi oldida joylashgan yuvinish xonasi tomon borarkan, qo'lini ko'ksiga qo'ygancha chuqur nafas chiqarishdan to'xtolmasdi.
- Men, men bunday qilolmayman. - qiz o'zi istamagan holda yeg'lab yuboradi. U qo'li bilan og'zini mahkam berkitib, cho'kkalab kafelga yiqildi. - Shuncha ishni unutib bunday qilolmayman !! - dedi old sochlarini yuqoriga tarab.
- Lekin, uni.. uni qattiq sevaman !! - o'z so'zlarini inkorlayotgan qiz, shunchaki aynan nima qilishini anglolmadi. Rejalari butunlay teskari tomonga ishlagan. Hayollari buzilgan. Eshik ortidan qadam tovushlari eshitilishi bilan og'zini berkitdi.
- Rei, meni kechir. - eshik ortidan yumshoq va o'sha kutilgan ovoz yana eshitildi. - Seni hafa qiladigan narsa qilmasligim kerak edi.. ammo bilasanmi, men sensiz anniq nafas olmayman. - Jungkook ham eshikka suyangancha ko'zidan ilk tomchisini chiqardi. U hayotida birinchi marotaba qaysidir ayol uchun o'z g'ururidan voz kechib, borini berishga tayyor. Lekin ilojsizlik, ohirgi bo'lishi kerak bo'lgan qaror haqida o'ylash uni sindiradi.
Birdan eshik qulfi bo'shadi. Jungkook o'tirgan joyidan sapchib qo'zg'aldi. Rei ko'zlari to'la yosh bilan tashqariga chiqarkan, titrayotgan barmoqlari u hali ham sokin bo'la olmaganini anglatardi.
- Ishonishni istayapman. - shivirladi qiz yig'idan tinib. - Gaplaringga ishonishni qattiq hoxlayman.
- ... - jim jitlik. Yigit aynan qanday javob qilishni bilmaydi.
Rei bir zum o'ylandi. Qo'llarini kiymining pastki qismiga olib borar ekan, Jungkookdan o'lik, so'ngan nigohlarini olmagan holda kiyimlarini yechdi.
- Men senga seni hoxlaganimchalik muhtojman ! ( I need you, like I want you. ) - dedi qiz o'zini yigitning quchog'iga otgan holda.
Unga bo'lgan ishtiyoqim so'nmagan, har galgidan ham kuchliroq. Uni bag'rimga bosganimda u o'zini noqulay his qilganini sezib turardim. Ya'ni o'zidagi aybdorlik hissi tufayli menga qayta teginishga botinolmaydi.
Boshimni yuqorilatganimda menga termulayotgan bir juft qizargan ko'zlarga guvoh bo'ldim. Unga shu darajada yaqin qarar edimki, bir on butunlay uning ichiga kirib ketib bir tanada yashagim keldi. Jungkook ohista harakat bilan menga yaqinlashishga harakat qildi. Buni kutishni istamaganim uchunmi, yoki ichimdagi olov tufaylimi, muhim emas, uning lablariga avval o'zim yopishdim.
Huddi ilk marotaba aloqaga tayyorlanayotgan qizdek hayajondaman. Go'yo bu narsa hayotimda ilk marotaba bo'layotgandek. Qo'llarim qarshimdagi erkakning bo'yniga o'ralgan, lablarim esa tashqi muhitdan o'rab olingan.
Qiz ehtiros alangasiga tushdi. U ongini yo'qotib Jungkookni qattiq hoxlaydi.
Yigit qo'llarini qizning beliga o'rab uni ohista ko'tardi va yotoq tomon borib, huddi shu talqinda joylashtirdi. Uning qo'llari qizning qorin, bel qismini silashdan to'xtamasdi, bu ham qanchadir miqdorda extirosni oshishiga sabab bo'lardi. Tanasiga biroz sovuq harorat teginayotganini his qilgan qiz undan hayiqmay, shunchaki belini yuqorilatib ko'tardi. Uning qo'llari ham vazifasiz emas.. u qo'lini yigitning futbo'lkasiga suqar ekan, o'sha uni butunlay aqldan ozdirgan preslarni his qilib, barmog'ini yurg'izib chiqdi.
- Ochiq tanamni sog'indingmi ? - quloq tagida shivirlab savol berdi Jungkook. - Meni bo'shat. - undagi ohang.. unutilmas. Erining ovozi ta'sirida sarmast bo'lgan qiz, kiyimni yuqori ko'tarib butunlay yechib tashladi.
Jungkook bu safar lablarini xotinining bo'yin qismiga botirar ekan, chuqur so'rish bilan, ora orada tish izlarini qoldirishni boshladi.
- Og'rityapsan. - dedi qiz, ochiqchasiga yuzini burishtirib. Jungkook to'xtadi. Unga endi o'sha bir gap yetarli. U o'zi azoblaga o'sha teri qismini qaytadan mehr bilan o'par ekan, qiz qo'lini bo'ynidan o'rab, uni o'ziga yanada chuqurroq tortardi.
Yigit ikkilanmay sabrsizlik bilan qizni ichki kiyimlaridan halos etdi. Rei allaqachon nam holatga kelgan.
- Tayyormisan ? - hansirash bilan so'radi Jungkook.. Javoban bosh irg'itishi orqali tasdiq oldi. U o'zining ham kiyimlaridan halos bo'ldi. Barchasi onsonlashdi. Shunchaki ehtiros inson tanasini boshqarmoqda holos.
Namlikka o'zini biroz ishqalagan yigit, qizning qilgan past nolasidan ilhom oldi. Rei atayin ovoz chiqarmaslik uchun kaftlari orasida pastelni g'ijimlardi, lekin imkonsiz. Jungkook ancha katta*.
- Xudoyim, Rei !! - Jungkook qizning torligi sabab ovoz chiqarib yubordi. U harakat bilan, qattiq og'riq uyg'otmaslik uchun ehtiyotlanardi, ya'ni yumshoq qimirlashlar bilan. So'nggi nuqta.. u boshqa sabr qilmaydi. Jungkook bor kuchi bilan ayolining ichki qismiga kirdi. Ko'zini qattiq yumib olgan qiz, deyarli baqirib yubordi.. bu uzoqqa cho'zilmaydi. Zavq davomiy bo'lishi mumkin, lekin og'riq emas..
Nega inson qalbi shunday tuzilgan ? Avvaliga qiynaladi, so'ng nafratlanadi, oxiri yana kechiradi.
Bu huddi qotillikdan so'ng qabrga oppoq atirgul qo'yib ketishdek gap. Lekin.. qalb chindan sinsa uni o'sha atirgul ham tiriltira olmaydi. Oddiy o'simlik uning sovub ulgurgan tanasiga yana qayta issiq harorat bag'ishlamaydi.
Quyosh nurlari to'q rangdagi pardalar bilan to'liq to'silgan. Ichkari go'yo tundek qorong'u. Markazda joylashgan yotoq ustida bir birini bag'rida orom olayotgan juftlik.. bu holat uzoqqa cho'zilmadi. Eshik ovozi xonani to'ldirgan on Rei ko'zlari yumiq holda boshini ko'tardi.
- Eshitaman ? - dedi uyqu aralash bo'g'iq ovozda. Biroz qimirlagani uchun ostidagi og'riq shu vaqt uni bezovtaladi.
- Xonim, Janob Jeon va Jeon xonim kecha tunda qaytishgan. - hijolat bo'layotgan hizmatkor ayol so'zida davom etdi. - Sizlarni nonushtaga kutishyapti.
- Nima ?! - ayolning gaplarini eshitgan qiz, o'zini yo'qotib qo'yar ekan, hayrat tufayli ovozini balandlatdi. Uning ohangidan Jungkook biroz bezovta bo'lgandek g'inshib yuzini boshqa tomon qaratib oldi. U uyg'onmadi, chunki hali uyg'onishi uchun muhim sababni eshitmadi.
- Jungkook uyg'on. - o'rnidan qo'zg'algan Rei erini turtib o'zi pastel bilan tanasini berkitdi. - Oying va dadang shu yerda Jungkook. - xabar qildi qiz.
- Nima ?! - huddi o'sha hayratnomus ifoda bilan ko'zini zo'rg'a ochgan yigit deyarli o'rnidan turib ketdi.
- Men yuvinish xonasiga kirib ketyapman. Tezroq o'rningdan tur !! - shoshgan holatda yuvinish xonasiga kirib ketdi qiz. Hali beri nima bo'layotganini to'liq anglay olmayotgan Jungkook ko'zini yumib o'zini yana qayta yotoqqa tashladi.
Huddi avvalgidek manzara. Reina oyna oldida pardoz anjomlaridan foydalanib yuziga ishlov beradi, eri esa kiyinish xonasidan kiyim tugmalarini qadagan holda yaqinlashadi.
Jungkook o'ziga tegishli bo'lgan qizning oynadagi aksini tomosha qilishni boshladi.
- Seni sevaman. - dedi yuzida yoqimli tabassum bilan. Uning ichidagi jo'shqin tuyg'u shu darajada kuchli ediki, uni
tashqariga chiqara olish qiyin masaladek.
- Bilaman. - qiz e'tiborsiz ohangda shunchaki lab bo'yog'ini surtdi. Bu jarayonda unga o'zgacha ishtiyoq bilan termulayotgan yigit bir qoshini ko'tarib, labi chetida kularkan, yuzi allaqachon quyi oldimlagandi.
- Sevishingni ayt. - qizning bo'yin qismiga yaqinlashgancha o'zida talab ohangini yaratdi. - Kutyapman.. - qo'shimcha qildi u besabr insondek.
- Tushunmadim, qachon munosabatimiz bu darajada yaqinlashdi ?! - Reina jiddiy nigoh bilan Jungkookga qaradi. Undagi tahdidli qarashni sezgan yigitning yuz tuzilishi shu zahoti o'zgargandi. U biroz masofani uzoqlashtirishga urindi.
- O'zingdan itarma.. - dedi Jungkook ohista pastki labini tishlab. - Biz allaqachon kelishib oldik deb o'ylayman. - undagi o'ziga bo'lgan ishonchni ko'rgan qiz ikkilanmay og'zini berkitgan holda kulib yubordi.
- Meni kechir. - kulishda davom etdi u. - Lekin biror nima haqida gaplashib olganimizni eslay olmayapman.
- Senga hammasini ochiq oydin tushuntirdim.
- Anglaganimga ishonchim komil emas. - qizning ko'zlari eridan uzilib, yana ko'zguga qadaldi.
- Kel, shunchaki pastga tushamiz. - dedi yigit tortishishni istamay. Ikkisi ham joyidan qo'zg'alib eshikdan chiqishar ekan Jungkook oldimlab ketayotgan qizning qo'llarini mahkam tutib qoldi. Rei tushunmagan holda qoshlarini chimirib ortiga o'girilgancha, unga nim tabassum qilib tikilayotgan yigitga hech qanday qarshilik qila olmay qoldi.
Unga qaraganimda shunchaki ko'zlariga g'arq bo'ldim. U hali hamon men uchun mukammallikni anglatadimi ? Men shuni aniq tushunib yetdim. Uni hali ham qattiq sevaman..
- Onajonim. - Jungkook ayolidan qo'llarini uzib, stol yonida turgan ayol tomon yugurib ketdi. U onasini mahkam bag'riga bosar ekan, qiz ularga shunchaki tabassum bilan qarab turardi.
- Sizni qattiq sog'ingdim. - yoshbola kabi ovoz chiqardi Jungkook.
- Biz ham seni sog'indik yaramas bola. - Jeon xonim o'g'lining yelkasiga ohista urib qo'yarkan, so'zida davom etdi. - Qilgan ishingni qara, xotiningni tashlab oldimga yugurding aa ?! Qizim kelaqol seni ham qattiq sog'indim. - ayol tabassum bilan Reinani chaqirdi.
Men hayol surdim. Bu ayol chindan ham onamga o'xshaydi. Juda mehribon va o'z farzandidek qadrlaydi. U meni chaqirganida ichimda qandaydir kemtik borligini anglagandek bo'ldim. Ichki a'zolarim barchasi birdek titroqqa kelar ekan, hozir qimirlay olmayman deb qo'rqardim.
Yo'q men ham ohista qadamlar bilan Jeon xonimning oldiga bora oldim. Ayol meni birdan bag'riga bosganida ko'zlarim kattalashdi. Uning issiq bag'ri menga sukunatni eslatdi. Qandaydir hotirjamlikni his qildim.
- Doim Jungkookga qo'ng'iroq qilganimizda seni so'rardim. Lekin shu vaqtgacha har xil baxonalar topdi, qutildi. - ayolning so'zlarini eshitganimda ustimdan kimdir bir chelak suv to'kib yuborgandek hech narsa deyolmay qoldim. Yuzimni chap tomonga o'girganimda Janob Jeonning aksini ko'rdimu, balki shu bu gapdan qutilishning yo'lidir deb o'yladim.
- Hayrli kun Janob Jeon. - tabassum bilan u tomon yaqinlashdim. - O'ylaymanki ahvollaringiz yaxshi. - Negadir uning kayfiyati unchalik ham yaxshi emasdi. Biroz ikkilanib turdi keyin men tomon yuzlandi.
- Sizlar ham biror foydali ish bilan shug'ullangansiz degan umitdaman. - kinoya ohang bilan gapirib, stol tomon bordi va o'z kursisiga joylashdi. Unchalik e'tibor bermaslikka harakat qilsam ham Jungkook otasining oldida o'zgarib qolganini sezdim. Biz kursilarga joylashdik.
- Xo'sh, ishlar qalay ketyapti ?! - so'radi Janob Jeon sharbat ichish mobaynida.
- Dada, menimcha xabaringiz bor. - past ovozda anniq qilib javob berdi Jungkook.
- Senga ishonish boshidanoq katta xato edi. Qanday imkoniyatni qo'ldan boy berganing haqida o'ylayapsanmi ?! - erkak qo'lidagi sanchiqini zarb bilan stolga qo'ydi. Uning bu qilig'idan ajablanmagan yigit, nigohini endi otasiga qaratdi.
- Men bu loyihani hoxlamadim va bu ishni o'zimdan yaxshiroq tushunadigan insonga topshirdim.
- Seni deb necha milliard wonlarni qo'ldan boy berdim. Bu ishni eplolmagan bo'lsang, hech bo'lmasa qaytishimni kutishing kerak edi. Hatto mendan ruxsatsiz kompaniyamdagi qarorlarni qabul qilgansan !!! - bu safar Janob Jeon haqiqatdan ham quturgandek stol atrofida baqirishni boshladi. Jungkook esa ifodasiz unga tikilib turardi holos.
- Azizim, biz kelishib olgandik. - ayol ohista erining yelkasidan siladi. Lekin bu holat Janob Jeon uchun butunlay foydasizdek ko'rinardi.
- O'zimni oqlamoqchi emasman. Bari bir bu loyihaning kelajagi biz bilan emasdi. O'sha yerda o'tirganlarning bari atayin eplay olmasligimizni ko'rish uchun, ustimizdan mayna qilish uchun loyihani bizga topshirishdi. Holbuki, xabaringiz bor. Bu loyiha uchun bizdan ko'ra ancha ko'proq loyiq bo'lgan kompaniya bor edi.
- O'chir ovozingni !! - o'g'lining gaplarini hazm qila olmagan erkak, stoldagi shisha stakanini uloqtirib yubordi. - Buni men eplagan bo'lardim !! O'sha mashina sanoati bo'yicha barchasini qilolgan bo'lardim !! - bor ovozi bilan o'dag'ayladi erkak.
- Bas qiling, iltimos. - boshimga og'riq kirib ketgani sabab ko'zlarimni qattiq yumib, bo'ldi qilishlarini istadim. Ichimda bir narsa bu yerni tark et deya buyruq berardi. Ketishni istayman. Haqiqatdan ham bu yerdan ketishni hoxlayman. Endi og'iz juftlamoqchi bo'lganimda oldimdan joy olgan erim bilagimdan qattiq uchladi. Yosh to'lgan ko'zlarimni unga olib borar ekanman, u huddi ichimdagini sezib turgandek menga boshini silkitib iltijo nigoh bilan qaradi. Bo'lmaydi, dosh berolmasdim.
- Janob Jeon, Jeon xonim.. - titragan lablarim bilan so'z boshladim. - Sizlarni chindan hurmat qilaman.. hozirgi aytmoqchi bo'lgan gaplarim uchun meni kechiring.. - bu safar aniq ko'zlarimdan yosh qalqib chiqishni boshlagandi. Yuzimni ko'tara olmay boshimni bukdim. Ko'zyoshlarimni qo'llarim bilan tezlikda artishga urundim va yana ular tomon qaradim. - Men shu vaqtgacha ancha jim bo'ldim. Balki bundan keyin ham jim bo'lishda davom etarman, lekin... lekin bugun bu barmog'imdagi uzukni yechib, bu yerni tark etishga majburman. - so'zlarimni bir biriga bazo'r ular ekanman, o'sha o'ng qo'limdagi, shu vaqtgacha saqlab kelgan nikoh uzugimni yechib stolga qo'ydim. - Biz Jungkook bilan rasman ajrashdik !!
- Nima ?! - indamay meni tinglayotgan barcha hayrat bilan menga qarashdi. Ichimdagi bu og'irlikdan qutulgandek yengil nafas olar ekanman, Jungkook mendan nigohini uzmay hayrat bilan qarab turardi.
- Nimalar deyapsan Rei ?! - so'radi Jungkook tushunmagan qiyofada. - Biz ajrashmadik. Sen bilan kecha.. kecha gaplashib olgandik.. - u ham hayratga tushib qo'lganidan bir so'zini to'g'ri talaffuz qila olmay qoldi. Qo'llari bo'shashib siqib turgan kaftimni biroz bo'sh qo'ygani qo'limni undan tortib oldim.
- Jeon Jungkook !! - o'zimni tiklab, qizargan ko'zlarim bilan unga qat'iy qaradim. - Sen kecha imzolagan ajrim hujjatlari tasdiqlandi va biz endi bir birimizga butunlay begonamiz !! - go'yo olam birdaniga to'xtab qolgandek tuyulardi, hamma shunchaki hayratdan qotib qolgandek. O'rnimdan qo'zg'alib ularga orqa o'girgancha chiqish eshigi tomon qadamlarimni yo'naltirdim.
Qaddim bukildi. Qanotlarim butunlay sindi. Men ichimdan dars ketgandim, endi butunlay chil parchin bo'ldim. Og'zimni berkitib tinmay ko'z yosh to'karkanman, yurgan yo'limda yoshlarim huddi iz qoldirib ketayotgandek tuyilardi.
Darvozadan hissiz, ongsiz mavjudoddek sekin qadamlar bilan chiqatganimda, ortimdan menga qaratilgan bosim to'xtashimga sabab bo'ldi.
- Rei.. - dedi Jungkook ko'zlari yoshga to'lib. - Men, men tushunmayapman. Sen nima deding ? Nimaga ketib qolyapsan.. men hozir jinni bo'laman, aqldan ozyapman..
- Jungkook biz ajrashdik. - oddiy javob qaytardim unga. - Kecha senga Luna imzolatgan o'sha hujjatlar ajrim qog'ozi edi. U menga sendan ketishimga yordam berdi.
- Yo'q !!! Tushunyapsanmi YO'Q !! - u qo'limni qo'yib yuborib menga baqirishni boshladi. - Men bu hujjatni o'zim hoxlab imzolamagan ekanman, sudga ariza berishim mumkin !!! Sen nima qilding ?!! Sen nima qilyapsan !!!! - u darvoza oldida menga tinmay baqirardi. Jungkook huddi aqldan ozgan insondek uyoqdan buyoqga yurib baqirardi.
- Nima men yana senga qaytaman deb o'ylayapsanmi ?! Jungkook, men shuni hoxladim !! Sen bo'g'zimga kelding !! Tark et meni.. tinch qo'y !! Sensiz
nafas olishimga qo'yib ber !! - ortiq chiday olmay men ham baqirib yig'lab yuborar ekanman, bu safar bardoshim yetmay yerga quladim. Undan shu qadar uzoqlashishni hoxlaganim sari, unga bo'lgan umidim yana paydo bo'lishidan qo'rqardim.
- Rei iltimos, menga bunday qilma. Qara buni o'zing ham istamaysan.. - yigit ham yerga qular ekan, ko'z yoshlaridan or qilmay, boshini qorin bo'shlig'imga joylashtirdi. - Sensiz bo'lmaydi. Sensiz hech narsa avvalgidek bo'lmaydi. Sen hoxlagandek insonga aylanaman. Iltimos menga imkon ber..
- Jungkook, men seni sevaman. Seni hali ham sevaman !! - ko'zyoshlarimni yengim bilan artar ekanman, yigit boshini ko'tarib menga yana o'sha umid to'la ko'zlari bilan qaradi. - Lekin biz eplolmadik. Biz sevishni, sevilishni eplolmadik. Balki yosh edik, balki ancha charchadik... lekin qo'limizdan bir butun bo'lish kelmadi.. Kel, shunchaki nafas olishda davom etamiz. Menga baxtli bo'lishimga imkon ber, iltimos.. - tanam titrab ketardi. Uni qattiq sevishim rost, undagi sevgi ham haqiqat, lekin taqdir birga bo'lishimizni hoxlamadi, yoki sevgi bizni mensimadi..
Jungkook ko'z yoshlarini artar ekan, qo'limni mahkam tutgan qo'llari bo'shadi, meni ozod qilishga rozi bo'lgandi go'yo.
- Unutma, mensiz baxtli bo'lasan, lekin.. - u yeg'lardi. Uning yuziga termulganim sari ichim lovullab yonib kul bo'lardi. - lekin meni baxtsiz tashlab ketganing gunohi evaziga.. meni tashlab ketma deb yolvorishdan to'xtamayman, ammo qo'llaringdan tutmayman ham. Ket Rei, istagan joyingga ket.. mensiz shunchaki baxtli bo'l.
Og'iz juftlashga ham bardoshim yetmasdi. O'rnimdan turar ekanman, uni tashlab ketishni hoxlamasdim, lekin tanam menga qarshi harakatlanishdan to'xtamay ortimga o'girilib ketishni boshlagandi. Ruhim u bilan.. men boshqa seva olmayman.. men undan o'zgasini sevmayman.
Yo'lak bo'ylab bir notanish qiz ketardi. Oyoqlari bazo'r qimirlar, tanasini devorga suyab yurardi. Yuzidan hech qanday hisni topa olishmasdi, shunchaki ancha vaqt ochiq qolgan ko'zlardan tinmay tomchilar tomardi.. ortda yerga cho'kkalab dod solayotgan yigit.. hissiyotlar ularni sinaydi..
Author: ba'zida biz hoxlagan taqdir bizga kerak bo'lmaydi. O'zimiz hoxlaganimiz bilan baxtni his qila olmaymiz.. Hissiyotlar bizni boshqaradi, biz esa harakatlarimizni.. doim ham sezvgi barchasiga davo bo'lmaydi. Taqdirning achchiq haqiqati insonning sodda yoki makkor ekaniga qaramay uni o'z domiga tortib ketadi. Ba'zida voz kechish eng to'g'ri qaror..
Qara, biz baxtli edik, shunday o'ylagandim.. Men o'sha " azob " degan sahrodan " sevgi " sarobini axtargan qum zarrasi edim..