Vanilla
Time skip. Oradan 2 soat o'tdi.
Ko'cha salqin. Lekin tanaga yoqadigan darajada. Aera Seoulning o'zi tanimaydigan mahallalarida sayr qilarkan, har qadami bir holsizlik bilan bosilar, ichidagi paydo bo'lishga ulgurgan bo'shliq qay yo'sinda o'zligini to'ldirishni anglolmasdi. Uning ongi qulflanib qolgandi.
Hozir bahor bo'lgani sababli atrofdagi barcha daraxtlar pushti rangda gullagan. Qiz katta daraxt oldida joylashgan skameykani ko'rishi bilan unga yaqinlashib sekin o'zini bo'sh qo'ydi. Oqarib ketgan yuzi, ko'zlari ostidagi qora bo'yoq hech biri Kang Aerani o'zligini eslatmasdi. Go'yo yillar oldingi o'sha umidsiz, otasidan mehr kutib yashagan, onasini qabul qila olmagan yolg'iz qizaloq qaytib kelgandek bo'ldi.
Bor e'tiborimni daraxt yaproqlariga qaratdim. Ichim yonib kul bo'lib ketyapti. Tinchlanish uchun yaproqlarni sanayapman. Jin ursin bu hayotni !! Nega endi bari bunday bo'lishi kerak ?! Nega men bunday yashashim kerak ?!
Ovozim boricha baqirishni istab chiyillab yubordim. Qisilgan ko'zlarimdan yosh quyilib kelar ekan, ularni artishga ham holim yo'q edi. Menga baribir, endi menga hammasi bir xil. O'ladimi yoki tirik qoladimi ahamiyati yo'q. Dunyoning ma'nosi qolmadi. Bu qimmatbaho lattalar ostida yashashning zarracha qizig'i qolmadi. Titrayotgan barmoqlarim bilan ko'zlarim ostini noziklik bilan artdim. Qo'limga telefonimni olar ekanman, hech bir ikkilanishsiz yagona choram bo'lgan insonning raqamini terdim.
- Eshitaman ?
- Jungkook, hozir senga manzilni yuborsam meni olib keta olasanmi ?
- O'zingni yomon his qilayotgan bo'lsang qayergadir o'tirib ol Aera. Hozir 5 daqiqada oldingda bo'laman.
Qo'ng'iroq yakunlandi va qiz shu zahoti turgan joyining manzilini Jungkookga yubordi. Oradan 10 daqiqa o'tar o'tmas ko'cha yuzida qora avtomobil kuchli tezlik bilan to'xtadi. Uning ichidan Jungkook hovliqib tushgancha qadamlarini to'g'ri ko'zlari aniqlagan insoni tomon yo'naltirdi.
Jungkook: Ahvoling yaxshiga o'xshamayapti. O'rningdan tur kasalxonaga boramiz. - qo'llarini qiz tomon cho'zgan yigit havotir bilan uni boshdan oyoq tekshirdi. Aera uning gaplariga e'tibor qilmay ko'zini bir nuqtadan uzmasdi.
- Shart emas. Shunchaki meni bu yerdan olib ket.
- Mayli. Unda seni uyimga olib boraman. Qo'limdan ushla. - bu safar tutilgan qo'l javobsiz qolmadi. Qiz tanasini butunlay ishongan insoniga topshirgandek Jungkookga suyanib oldi. U hozir juda ham kuchsiz ko'rinardi. Yigit ohista qizni mashinaga joylab o'zi ham rulga o'tirdi.
- Ushla. Ko'zlaringni artib ol. - cho'ntagidan dasturmol olgan yigit chuqur nafas chiqarib qo'lidagini Aeraga uzatdi. Sekin nigohini Jungkookga ko'chirgan qiz hech bir so'zsiz yigitga termulib qoldi. Uning ichidagi alam, qahr, azob birgina tomchi bilan chiqayotgandek ko'rinardi.
Jungkook: Aera iltimos bunday qilma. Bilaman barchasi birdaniga bo'ldi. Lekin seni bu holatda ko'rish meni o'ylaganingdan ko'ra ko'proq siquvga olyapti.
- Meni boshidan ogohlantirishing kerak edi !!! Nega u bilan ketishimga yo'l qo'yding ?! Barini bilar ekansan nega meni ushlab qolmading Jungkook ?!
- Bunga qulay fursat bo'ldi deb o'ylaysanmi ? Aslida u bilan ketganingni eshitib hayolimga nimalar kelganini bilasanmi ?! - bir on o'zini yo'qotib qo'ygan Jungkook ovozini ko'tarib, jahl bilan gapirdi. Aeraning unga indamay boqib turgan ko'zlari bilan to'qnash kelarkan, hozirgi harakati miyyasiga bong urgandek ta'sir qilganidan to'xtab qoldi. Qayta o'ylab ko'zlarini yumgancha chuqur nafas olarkan bir necha soniya to'xtash bilan yana yuzini ko'tardi.
Jungkook: Yaxshi. Aslida qaroringni hurmat qilishni tanladim. Meni bir chetda qoldirishni hoxlaganingni qabul qildim desam ham bo'ladi.
- Bilaman Aera. Kel endi gaplashmay ketamiz. - yigit ovozini hotirjamlikka ko'chirib diqqatini to'g'riga qaratgancha mashinani o't oldirdi. Burchakda ilojsiz qolib ketgan qiz ikkilanib o'tirmay mashinani endi boshqarmoqchi bo'lgan do'stining qo'llarini changalladi.
Aera: Yo'q sen meni eshitasan !!! Agar avtohalokatda o'lishni istamasang menga qarab gaplarimni diqqat bilan tingla !!! - tahdid qilgan bo'ldi qiz.
Jungkook ko'zlarini o'ynatib oldidagi qizga diqqat bilan qaradi.
Aera: Negadir bu yerga kelganimdan buyon hech narsa avvalgidek emasdi. Atrofdagi insonlar, sen.. hattoki o'zim ham. Shu sabab senga yaqinlashishdan biroz cho'chidim Jungkook. Lekin Taehyung menga otamning qotilini topishda yordam berishini aytganida bariga ko'rko'rona ishondim. Chunki fikru hayolim umuman tarqoq edi. Bilaman bu bilan hech narsani oqlab bo'lmaydi, lekin battar qoralab qonga bulg'ash mumkin !! Shunday qilamanki bari uchun uning jonini sug'irib olgandek qasos olaman !! Bu o'yinda men bilan o'ynashingni istayman.
Yana vajohatga to'lib ulgurgan qizning ko'zlaridan o't chaqnay boshladi. Bu qahrni ko'rib biroz hayratlangan yigit butun e'tibor markazini qizga yanada chuqurroq qaratib ho'rsinib qo'ydi.
- Sen murakkab yo'ldasan !! - ogohlantirgan bo'ldi Jungkook.
- Endi bu ahamiyatsiz. Shunday bo'lishi kerak.. - qiz hissizlik bilan bir nuqtaga qaragancha nigohini so'lg'inlashtirdi. So'ng taklif nigohlari bilan Jungkookga o'girilarkan yuzida nim tabassum paydo qilishga ulgurgandi. - Men bilanmisan ?
- Agar tanloving shu bo'lsa ha. Sen uchun doyim shu yerdaman.
- Raxmat Jungkook. - Aeraning mayda kulgusi asta kengayarkan, kaftini yigitnikiga olib borgancha mehr bilan uni ushladi.
Mashina boshqa manzilga kelib to'xtadi, butunlay begona keng makon. Qiz bu joy avval kelgan uyi emasligini payqab qoshlarini chimirdi.
- Biz qayerdamiz ? - savol berdi u atrofga alanglab.
- Yangi uyim. Eskisi bilan biroz muammolar chiqdi. - oldindan barcha savollarga tayinli javob berib qo'ygan yigit mashina eshigini ochib undan tushdi va Aera uchun ham eshikni ochib berdi.
Jungkook: Yangi harobamga hush kelibsan Kang xonim. - u oldingisidanda hashamatliroq bo'lgan uyiga ishora qilgancha kulib qo'ydi.
Qizning nam ro'molcha bilan artilgan ko'zlarini ko'rgan yigit o'zini jiddiy ko'rsatib fikr bildirgan bo'ldi.
Jungkook: Chidasa bo'ladi. Lekin biroz avval ko'rinishing daxshatning o'zi edi !!
- Sen ahmoq bola !!! - Aera o'ylab o'tirmay qovog'ini uyib olgancha yigitni mushti bilan urdi.
- Sena nima deb o'ylaysan Jungkook nega bunaqa ? - o'z hayollari bilan o'ralashayotgan Reina yotog'ida yotgan holda, oldiga qahva olib kirgan qizga qo'qqisdan savol berdi.
- Menimcha biroz qo'polligini ahamiyatga olmasak undan yaxshi er chiqishi mumkin xonim. - Sena tayyorlagan finjonini mebel ustiga joylab o'zi ham Reining oldiga joylashib oldi.
- Lekin sen uni bilmaysan. Seni oldingda umuman boshqa odam, men bilan yolg'izligida boshqa... - sustlashgan ovoz xonaning bir burchagiga tiqilib qolgandek bazo'r eshitildi. Biroz o'yga cho'mgan Sena qizning kayfiyati tobora buzilayotganini payqagach o'rnidan sapchib turib ketdi.
- Xonim !!!! Mehmonxonada nima qildingiz ??? - ko'zlarini hayajondan katta katta ochib savol berdi u.
- Nima ham qilardik. Urushdik.. talashdik so'ng u mashinada tunashga ketdi. Men xonada yolg'iz qoldim.
- Qo'ysangizchi unda nega Janob meni uyimga jo'natib yubordi ? - bu savoldan sust ko'zlarini biroz jonliroq ochgan Rei boshini ko'tarib Senaga telbaga qaragandek qaradi.
- Sen ahmoq qiz nima demoqchisan ?!
- Agar Janob Jeon sizni yolg'iz mehmonxonada qoldirishni istaganida meni uyimga yubormagan bo'lardi. Ya'ni u o'sha bir xonada ikkingiz qolishingizni rejalashtirgani uchun meni jo'natib yuborgan.
- Ahh negadir bugun tasavvuring juda kuchli Sena. - xizmatchisining so'zlarini mensimagan qiz yuzida tabassum paydo qilarkan, ho'rsinib qo'ygancha yana boshini yostig'iga tashladi.
- Axir o'ylab ko'ring !!!!! Unda nega ketishim kerak bo'lib qoldi ?! U boshidanoq yolg'iz qolishingizni hoxlagan. Urushganingizdan so'ng esa balki bunga g'ururi chidamay mashinaga ketgandir.
- Shunday deb o'ylaysanmi ? - bu safar chindan Senaning so'zlari Reinani o'ylashga majbur qildi.
- Hada xonim. Endi eringizning ko'nglini olishingiz kerak. Axir tan oling, unga qanday qarayotganingizni ko'rib turibman. - dedi qiz ikkilanishsiz xonimining ko'zlariga termulib. Shu zahoti yuzi o'zgarib ketgan Rei jahl bilan qoshlarini chimirdi.
- Bo'lmag'ur gaplarni bas qil !!! Men unga umuman boshqacha qarayotganim yo'q. Undan nafratlanaman, boshqacha bo'lishi ham mumkin emas, tushunarlimi Sena !!! - o'zini bir on yo'qotib qo'ygan qiz o'dag'aylagan ko'yi ko'zlarini kayfiyati tushib ketgan hizmatchisidan uzmadi. Sena tasdiq sifatida bosh irg'itib qo'yarkan, tashqaridagi eshikning ovozi sabab ikkisi bir biriga qaradi.
- Jungkook keldi.. - shivirladi Rei o'zi eshita oladigan darajada.
- Menimcha Janobning mexmonlari bor xonim.
Butun uyni ayol kishining kulgu ovozi to'ldirib yuborganidan ichi shuv etgan qiz shu zahoti o'rnidan turib aravachasiga o'tirgancha xonasidan chiqdi. Ortidan to'xtashini tinmay so'rayotgan Sena Jungkookning qoidalari hali hanuz o'z kuchida ekanini eslatishga ulgurmadi.
Menga nima bo'lganini bilmayman. Ichimni qandaydir hayajon bosgancha hech narsaga qaramay xonadan shoshilib chiqdim. Ko'z oldimda baland bo'yli, malla soch qiz va Jungkook turardi. Hayratimni berkitolmay erimga savol nigohlari bilan termulib turar ekanman, uning hatto shu yerda ekanimni ham payqamagani jig'imga tegishni boshlagandi. O'sha qiz meni ko'rdi va qoshlarini ko'targancha Jungkookga qaradi.
- Seni yoqimtoy qizlarga qiziqasan deb o'ylamagandim ?! - hisob so'rayotgandek termuldi qiz. Nihoyat bu safar Jungkook meni payqadi va kulib turgan yuzi shu zahoti tundlashib ketdi.
- Aslida u men qiziqa oladigan ayollardan ancha past o'rinda. Havotirga hojat yo'q. - quloqlarim eshitgan so'zlar ta'sirida qotib qoldim. Umrim davomida bunchalik xo'rlanmaganimni o'ylar ekanman, nafasim ichimga qaytib ketdi.
- Jungkook ?!
- Xonangga bor Reina.
Uning buyruq ohangli, o'qraygan ko'zlari bilan yuzlashdim. Bu o'sha Jungkook edi, men bilan bo'lgan vaqtdagi haqiqiy va doimiy Jeon Jungkook. Baxtga qarshi joyimdan qimirlamadim. Haligi qiz nima bo'layotganiga tushunqiramay bir menga bir Jeonga qarab turardi.
Aera: Men u bilan tanishishni hoxlayman.
Bu tannoz xonimchaning so'zlariga e'tibor bermagan erim qahrli ko'zlarini mendan uzmasdi.
- Men senga xonangga yo'qol deyapman !!! - navbatdagi qichqiriqni qabul qilib olar ekanman, bundan ichim titrab ketganiga qaramay kiprik qoqmay turaverdim. Lekin qayerdandir Sena paydo bo'lib aravachani sudray ketdi. Hali ham Jungkookning so'zlari miyyamda bong urib turardi. Boshqa ayolning oldida meni yerga urgani..
- Xonim !! Janob uyga kelganida chiqmasligingiz kerak edi. - dedi Sena havotir bilan. Mening nigohim esa bir nuqtadan uzilmasdi.
- O'sha qizni oldida nima deganini eshitdingmi ? - ichim titrab savol berdim. Noqulaylikdanmi bilmadim ammo Sena javob bermadi. Xonamga yetib kelishimiz bilan o'rnimdan turdim. Ko'zgu qarshisiga kelib o'z aksimga termulishni boshladim. Nimalar bo'lyapti o'zi ? Shu savol vujudimni qoplab olgandi.
- Sena qanday qilib Jungkook bu darajada ablahlik qila oldi ?! Endi ko'rdingmi asl yuzini ?! Juda ajoyib er shundaymi ?! - asabiylashganim sari kulgim kelardi. Ortimda menga achinib qarab turgan qizning aksini oyna orqali ko'rar ekanman, bu meni battar daxshatga solardi.
- Nega jimsan ?! Nega menga bunchalik achinib qarayapsan ?! Ko'zingga bechoradek ko'rindimmi ?!
- Unday emas xonim !! Bunga haddim sig'armidi !!!! - so'zlarimdan cho'chib ketgan bu yosh qizaloq ko'zlarini katta katta ochib boshini ikki tomonga harakatlantirdi. Men esa nega Senaga bunday qilayotganimni tushunmay, o'zimni bosib olishga uringancha yuvinish xonasiga kirib eshikni qulflab oldim.
- Janob chindan juda yomon ish qildi. - ho'rsinib qo'ygan hizmatchi Reinaning ortidan kuzatgan holicha qolib ketdi.
Atrof o'ta sokin.. Jaehyuk bir necha soatdan buyon ishi tugagani haqida buyruq olishni kutib turardi. Lekin negadir har ikki soatda vaziyatdan xabardor bo'lib turadigan Taehyung qo'ng'iroq qilmadi.
Hayoliga birdan Aeraning "Mashinada atrofni aylanib tur." degan buyrug'i keldi. Qo'liga telefonini olib o'zi Taehyungga qo'ng'iroq qilishga qaror qildi. Chaqiruv muvaffaqiyatsizlik bilan tugagach, ichkariga o'zi kirishni reja qildi.
Har bir xonaning chirog'i o'chirilgan. Odatda uyqudan avval elektr energiya bilan bog'liq narsalar uzilardi.
Jaehyuk sekin qadamlari bilan uy ichkarisini tekshira boshlagancha, holatdan shubxalana boshladi. Qorong'u xonada yerda yotgan tanaga ko'zi tusharkan, atrofiga alanglagancha o'sha yerga yugurib bordi. Bu Taehyungning hushsiz tanasi edi.
- Janob Kim.. Janob Kim.. Taehyung senga nima bo'ldi, Kim Taehyung ?! - havotir bilan hushsiz yigitning tanasini tekshirayotgan Jaehyuk qo'lidagi qonni payqashi bilan qotib qoldi.
- Jin ursin. - dedi u tishlari orasida shivirlab. Boshi tepasidagi chiroqni qo'l cho'zgancha yoqarkan, atrofni yorug'lik egalladi. Deyarli butun pol quyuq qon bilan qoplanganini ko'rgan Jaehyuk cho'chib ketgan ko'yi barmog'ini oqarib ketgan boshlig'ining burniga tutib turdi.
- Ahh nafas olyapti !!! - hotirjam tortgancha chuqur havo chiqarib, yurakdan sal o'ngroq tomondagi yarani qo'li bilan to'sdi.
Ovqatlanish uchun mo'ljallangan keng stol atrofida faqat 2 inson taomlanib o'tirardi. Ishtahasizlikdan qiynala boshlagan Aera ovqatini shunchaki sanchiqi bilan o'ynashni boshladi.
- Yemaysanmi ? - dedi Jungkook bir bo'lak go'shtni yutib yuborgancha. Qiz boshini ko'tarib qarshisidagi yigitga qaradi.
Jeon e'tiborini bo'lmay bamaylihotirlik bilan yana bir bo'lak go'shtini og'ziga tiqdi.
- Aldama va hech qanday hazil qilma. Jiddiy so'rayapman.
- Yaxshi. - diqqatini ovqatdan uzgan yigit likopchasini chetroqqa surib qo'ydi. - U shunchaki shartnomamning bir bo'lagi holos. Aytganimdek hech kim !!!
- Menimcha juda qo'pollik qilyapsan. Ahvoli o'zi shundoq ham yaxshi ko'rinmadi. - Reinaning nogiron ekaniga ishora qilgan Aera o'zini biroz noqulay his qildi.
Jungkook: Bu haqida gaplashishni hoxlamayman. Shusiz ham bazo'r chidayapman Aera. Undan ko'ra ertangi ziyofat haqida gaplashaylik.
- Ha. Ertaga oqsuyaklar va tashkilot a'zolari uyushtirgan ziyofat bo'lib o'tadi. Ya'ni an'anaviy ravishda bu yilga tegishli bo'lgan hisoblar aniqlanadi.
- Yana qanday hisob ? - deyarli hech narsaga tushunmagan qiz ko'zlarini qisgancha savol berishda davom etdi.
- Osonroq qilib aytganda statistika bo'yicha o'sish o'rinlari aniqlanadi. Bunday bazmlarga doyim Sehyuk amakim bilan borardim. Ertaga Kanglar nomidan sen, men va Kim Taehyung boradi. - yuzi hira tortgan Jungkook asabiy yutinib qo'ydi. Aera bariga aniqlik kiritarka Taehyung ismini eshitishi bilanoq ko'zlarida yana o't yonishni boshladi.
- U kelolmaydi. - dedi u anniq ishonch bilan.
- Uni otib tashladim. - hech qanday reaksiyasiz bu gapni tiliga chiqargan Aera Jeonni butunlay shok holatiga tushurib qo'ydi. Jungkook ikki qoshini yuqorilatib qizga tikilib turarkan, ko'zlari ham o'z o'zidan kattalashib ketdi.