Vanilla
- Bilmayman. Lekin bir nechta tahminlarim bor. Balki vijdon azobidandir. - Taehyungning dadil chiqayotgan so'zlari bora bora pastlashib ketdi. Aera qoshlarini ko'targancha yigitga qaradi.
- Vijdon azobi ? - takrorladi u, huddi yangicha so'zni o'rganib olgandek. Bu qanchalik kulguli tuyilmasin hozir hazilning mavridi emasligini yaxshi bilardi. - Nima uchun dadamdek inson vijdon azobidan qiynalishi kerak ? - mensimagandek gap qo'shib qo'ydi Aera.
- O'tmishida qilgan xatolari uni umri davomida azoblab keldi Aera. Sehyuk amakim yaxshi inson bo'lgan va shu holicha ko'z yumdi. - biroz jahl bilan gapirgan yigit qizning so'zlaridan ranjigandi.
Aeraning hayollari butkul chalkashib ketdi. Tasavvuridagi yovuz qahramon bo'lgan otasi nahotki boshqalarga shunchalik g'amxo'r bo'lgan bo'lsa ? U buni o'ylab biroz g'alati bo'ldi.
- Nega unda sen biz bilan yashamading ? - nihoyat o'zini qiziqtirgan savolni berdi qiz.
Flashback. "Kim Taehyungning bolaligi."
Kuzning o'rtalari edi. Atrofni daraxtlarning qurigan barglari egallagan. Kichik ko'chaning tor yo'lakchasidan bazo'r kirib kelayotgan mashina atrofdagi odamlarning e'tiborini yetarlicha tortardi. Chunki bu mahallada qashshoqlardan boshqa hech kim yo'q.
- Qara bu yana kim bo'ldi ?
- Bilmayman. Nega Kim Suyonning harobasi oldida to'xtadi ?
- Boyini ilintiribdi chog'i beva jodugar.
Tashqaridagi ikki ayol bir biri bilan pichirlashib kulishar ekan hech ko'zlarini bu hashamatli mashinadan uzolmasdilar. Eshik ochilib ichidan o'rta yoshlardagi erkak oyoqlarini yerga qo'ydi. Bu Kang Sehyuk edi. Haydovchi ho'jayiniga bosh egib qurshab ketgan taxtali eshikni taqillatgancha o'zi qayta mashina ichiga joylashdi.
Bir necha soniya va eshik ochildi. Istarasi issiq ayol yuzida horg'in tabassum bilan eshikni ocharkan, qarshisida ko'rinishidan ancha boy inson turgani uchun hayron qoldi.
- Hayrli kun, Kim xonim. - hurmat bilan so'z boshladi erkak.
- Kechirasiz, siz kimsiz ? - ayol havotir aralash savol berib qoshlarini chimirgancha hayolidan bir nimalarni o'tkazdi. Balki bu Jeondan yuborgan insondir ?
- Ismim Kang Sehyuk. Ijozat bersangiz ichkarida bafurja gaplashib olsak. - qo'li yordamida qulash arafasida turgan xonodon ichkarisiga ishora qilgan Kang iloji boricha samimiy bo'lishga urinardi.
Kim xonimning ko'zlari chaqnab ketdi. Axir qanchadan buyon kutayotgan insonidan xabar keldi deb o'ylayotgandi. U ikkilanmay erkakni ichkariga taklif qilgancha eshikni yopdi.
- Janob sizni Jungwon jo'natdi shundaymi ? U nima dedi ? Bizni ko'rgani keladimi ? - umid bilan Sehyukni savollarga ko'mib tashlayotgan Suyon zarracha hijolat tortmay, sog'ingan insoni haqida iloji boricha ko'proq bilishni istardi. Lekin Sehyuk jim. Ayolga ichida saqlab turganlarini qanday aytish haqida o'ylardi.
- Xonim. - sokinlik bilan so'z boshladi u. - Janob Jeon vafot etdi.
Ayol nafas olishdan to'xtadi. Ko'zlari katta katta ochilar, qo'llari titroqqa tutilib og'zini berkitdi.
- Bo'lishi mumkin emas. - dedi shivirlab. Uning ko'zlaridan Jeonni sevgani shundoqgina sezilib turardi. U hech qanday yengil tabiat ayol emas, balki bir nomardni chin dildan sevib aldangan inson edi.
- Yo'q siz adashyapsiz. U menga xat yuborgandi. Tez kunda o'g'limni ko'rgani boraman degandi. - ko'zlaridan yosh quyilib kelayotgan Suyon o'zini tutib tura olmay o'rnidan turib Kangdan hisob so'rashga shaylandi. - Yoki sizni uning xotini yubordimi ? Umid qilmasin deb shunday ajratmoqchi bo'ldimi ?
- Xonim !! - toqati toq bo'lishga ulgurgan Sehyuk ovozini biroz ko'tarib jim bo'lishga undadi. - Jeon xonim ham vafot etdi. Bu hech kimning hiylasi emas. Kelishimdan maqsad esa o'g'lingiz haqiqiy Jeon bo'lib ulg'ayishini ta'minlash.
U haqiqatni aytolmasdi. Ichidan nimadir shunchalik siqar ediki, buni Jeonning farzandlariga muruvvat ko'rsatib yengishga urinardi.
Jungwon oilali bo'lishiga qaramay ayollarga suyagi yo'q inson edi. Lekin bir ayolni chindan sevdi. Hayotini unga bag'ishlashga tayyor bo'ldi. Undan farzand ko'rdi. Deyarli baxtli edi. Lekin bir muddat ishi tufayli undan xabar ololmadi. Bu orada esa chidab tura olmay Sehyukning xotini bilan don olishdi.
Bari shundan boshlangandi va shu sabab tugadi. Bir ayol yolg'iz qoldi, bir oila butunlay buzilib ketdi va ikki o'g'il yetim bo'ldi. Qanchalar chalkash qismat.
Suyon bir nuqtaga termulgancha bir so'z demay turaverdi. Sehyuk cho'ntagidan ro'molcha chiqarib asta unga uzatdi.
- U qanday o'ldi ? Unga nima bo'ldi o'zi ?
Bu savollarni eshitgan erkakning bo'g'ziga bir narsa tiqilib qolgandek bo'ldi. Sekin galstugini bo'shatarkan, o'ziga tikilib turgan bir juft ko'zlardan qochishga urinardi.
- O'ldirildi. Qotil topilmagan. - oldindan kelishi mumkin bo'lgan savolga allaqachon javob berib qo'ydi. Asab biroz tinchlangandek bo'ldi lekin to'laligicha emas.
- Oyi. - eshikdan kirib kelgan tartibsiz maktab formasini kiygan o'smir yigit, hovlida o'tirgan erkakni ko'rib qoshlarini chimirdi. Suyon shu zahoti ko'z yoshlarini artib tashlab tabassum bilan o'g'liga yuzlandi.
- Taehyung keldingmi o'g'lim. Qani kel. Qorning ochmi ? - Sehyuk ayolning harakatlarini kuzatar ekan, u naqadar kuchli ayol ekaniga guvoh bo'la boshlagandi.
Lekin Taehyung onasining so'zlariga e'tibor bermay begona odamning qarshisiga turdi.
- Oyi bu kim ? Ko'chadagilar nima deb gapirayotganlarini bilasizmi ?! - jahl bilan baland ovozda gapirayotgan yigitcha onasidan hisob so'rashga kirishdi.
- Qizishma o'g'lim. - uni tinchlantirishga uringan bo'ldi Suyon. - Bu inson otangning do'sti. Bizdan xabar olishi uchun uni dadang yuboribti.
Uning qarashlari, ovozi butunlay Jungwonni eslatardi. Jungkook esa ko'rinish jihatidan onasiga tortgan bo'lsada o'zini tutishidan boshlab, aytadigan so'zlarigacha otasining g'irt o'zi. Hayolini shu o'ylar bilan band qilgan erkak qarshisidagi yigitning so'zlaridan sergaklandi.
- Hoziroq turib bu yerdan keting !! - dedi, qo'llarini musht tugib.
- Taehyung, uyga kelgan mehmonga odobsizlik qilma o'g'lim.
- Qo'yavering xonim. - yuzida nim tabassum bilan o'rnidan turgan Kang, yigitchaga yaqinroq kelib yelkasiga qo'lini qo'ydi. - Sen bilan hali ko'p ishlarimiz bor Kim Taehyung. Onangni asra.
U so'nggi so'zini yakunlab uyni tark etdi. Bu Taehyung va Sehyukning ilk uchrashuvi edi. Oradan ikki hafta o'tgach Kim xonim Taehyung endi Sehyukning ko'z oldida ish o'rganishi haqida ogohlantirildi.
O'g'lining kelajagi bu tor ko'chalarda o'tishini hoxlamagan ayol ham bunga rozi bo'lib har kun farzandini ularning oldiga yuborishga ko'ndi. Bir necha oy ichida ular Taehyung topgan pullar sabab yangi uyga ko'chishdi. Uncha hashamatli bo'lmasa ham eski haroba va g'iybatchi qashshoqlarning mahallasidan ancha yaxshiroq joy edi.
Shu bilan Kim Taehyungning hayoti tubdan o'zgardi. O'ziga ham pul topish yoqib qolgandi. Qanday ish bo'lishidan qat'iy nazar bajarishga tayyor, pul ishlash uchun har qanday ishga ham tayyor bo'lgan manqurtga aylandi.
Oradan 5 yil o'tar o'tmas u mustaqil bo'lishni hoxlab o'z biznes rejasini tuzib chiqqancha jasorat to'plab buni Janob Kangga ma'lum qildi. Ko'rilgan ish muvaffaqiyatli bo'lgani sabab endi Kim Taehyungning Koreya davlatida o'z o'rni, o'z mavqeyi paydo bo'ldi. U Koreya bo'ylab qurol savdosini yo'lga qo'ygan eng yosh va eng muvaffaqiyatli erkakka aylandi.
- Otam seni o'zi topib ishga qabul qildi, sen ham do'stining o'g'li bo'lganing uchun shundaymi ?
U javoban boshini irg'itib qo'ydi.
- Hayoting men o'ylaganimdek onson bo'lmaganiga ishonch hosil qildim. - chuqur ho'rsinib qo'ygancha uning biroz horg'inlashgan ko'zlariga qaradim.
- Ha, men oltin qoshiq bilan tug'ilmadim. - dedi Kim yotoqqa yaxshiroq joylashib. - Hatto nikohsiz farzand edim. Lekin hayotim kambag'allikda davom etmagani uchun otangga umrbod raxmat aytishim kerak. Undan hozirgi ahvolim uchun minnatdorman.
- Lekin bu xato bo'lsachi ? - savolimdan menga tushunmagandek qaradi Taehyung. - Ya'ni sen dadamsiz ham yaxshi yashay olganingdachi ? Bu yo'llarga kirmay, shunchaki tinch hayotda.
- Endi bu haqida o'ylash men uchun juda zerikarli. O'sha vaqt o'z yo'limni tanladim va shu vaqtgacha bir bor bo'lsada afsuslanmadim Aera. - u mening so'zlarimni cho'rtkesarlik bilan yakunlashni istadi. Men ham ortiq gapirmadim. Endi shunchaki vaqt kerak bo'ladi.
Barini bunchalik tez qabul qilish imkonsiz masala. Men hali ham hoyolimda hech narsani bilmaydigan o'sha holimda qolgandekman. Lekin unday emas. Hozirgi vaqt aynan nima haqida o'ylashim kerak, buni ham bilmayman. Huddi men bu dunyoni butunlay boshidan kashf etgandekman. Go'yo shu vaqtgacha bo'lgan hayotim haqiqiy bo'lmagandek.
- Endi baridan xabaring bor... - Taehyungning qo'qqisdan aytgan so'zlari hayolimni uchirib yubordi. Unga qaraganim sari ichidagi kemtiklarni his qilayotgandekman. Yoki unga qarab mening o'tmishim qo'zg'almoqda.
Ust boshi bir ahvolga kelib qolgan Jungkook mehmonxona ichidagi qabul bo'limida ishchi bilan nimanidir hal qila olmay turardi. Uni kutib turgan ikki qiz bir biriga savol nigohi bilan termulishdi.
- Bu la'nati alvasti Jungkookning egnidagi kiyimi va yuzidagi qora kuyani deb shunday g'alati qarayaptimi ?! - asabiy so'z boshladi Rei.
- Xonim, o'sha aytgan taklifim hali ham o'z kuchida. Menimcha bugun bu ahvolda bo'sh xona topa olmasak kerak. - Sena ikki qo'lini aravachada o'tirgan qizning yelkalariga joyladi.
- Ahmoq Sena !! Menku mayli erimni ham ota onang bor uyga yetaklab boramanmi ?! Huddi men aytganim bilan Jungkook ham yugurib boradigandek.
- Bu gapingiz ham to'g'ri. - sekin ho'rsinib qo'ygan qiz qo'lidagi soatiga qarab yuzini burishtirdi.
- Ana u kelyapti. - Reining ko'zlari kattarib, yelkasida turgan qo'llarni yengil urib qo'ydi. Jungkook asabiy ko'rinishda qizlarning oldiga yaqinlashar ekan, ularning hayolida bu allaqachon yana muvaffaqiyatsiz urinish bo'lgandek bo'ldi.
- Faqat bitta bo'sh xona bor ekan. - ma'lum qilgan bo'ldi Jungkook. Reina va Sena yana bir birlariga qarab qo'yishdi. - Sena xonim, meni ma'zur tuting. Lekin uyingizga borishingizga to'g'ri keldi. Sizga mashina chaqirib beraman.
- Bajonidil Janob. - xonimining yelkasini turtgancha o'ynoqi tabassum qilgan Sena ulardan biroz chetlashishni boshladi.
- Seni o'zim ta'ziringni beraman yaramas !! - qiz tishlari orasida past shivirlarkan, ko'zlarini sekin uzoqlashayotgan Senadan uzmay lug'atida bor la'nati so'zlar bilan uni haqoratlardi.
Birdan aravacha harakatga keldi. Rei cho'chib ketgan ko'yi ortiga asabiylashib qaradi. Jungkook hech qanday ifodasiz qizni mehmonxona ichkarisiga olib kirardi. Lift.. bu soatda yo'laklarda hech kim yo'q va tabiiyki lift ham bo'sh edi. Jungkook 7-qavat tugmasini bosdi.
- Men sen bilan bir xonada qolishni istamayman !! - alamzada ko'zlarini uchirib so'z boshladi qiz.
- Mashinada tunayman. - Jungkook javoban oddiy javob qilgandi. Charchagani ovozidan bilinar shunchaki barini oddiy qabul qildi. Bu holatdan Reina hayron, biror tortishuv bo'lishini kutardi.
Ular xonaga kelgunlaricha gaplashishmadi. Qiz ortiq hech nima deyolmadi. Telefon yordamida elektron kalit bilan eshikni ochgan yigit aravani sekin harakatlantirib qizni hashamatli xona ichiga olib kirdi.
- Ahvoling yaxshimi ? - tilga kirgan qiz yuzini Jungkook tomon o'girdi. Uning qisilishga tayyor ko'zlari, allaqachon iflos bo'lgan ust boshi umuman uni Jeon Jungkook ekanini anglatolmasdi.
- Hojat bor !! Sen meni qutqarding. Meni deb o'sha yong'inda tutun yutishga majbur bo'lding. Shunday ekan meni deb o'lib ketsang vijdon azobida qolishim mumkin.
- Shundaymi ? - yigit bir qoshini uchirgancha, kattalashgan qorachiqlari bilan Reiga yaqinlashdi. Ikki qo'lini aravacha tutqichlariga qadab boshini qizning yuzi tomon egarkan, boyagi tundlashgan qiyofadan asar ham qolmagandi. - O'zingdan hissiyotlarga berilib ketgan ongi past qizaloqni yasab olishni bas qil !! Yo'qsa buni to'xtatishingga o'zim yordam beraman !!
Uning so'zlari qattiq ohangda chiqar ekan, ichiga qo'rquv surilgan qizning yuzi o'zgardi. Yigitning ko'zlariga tikilib turardi. Bu unga qanchalik ta'sir qilmasin, indamay turishga uringani sari, ichidagi g'ururi bunga yo'l qo'ymasdi.
- Sen shunchalar ahmoqsanki atrofingda nima yaxshi yoki nima yomon ko'rolmaysan ! - o'zida jasorat to'plagan qiz, nihoyat ovozi boricha qarshisidagi insonga qichqirdi. Yana og'iz juftlashga harakat qilgan oni yuziga kelib urilgan tarsakidan gangib qolgandi.
- Asira ekaningni unutdingmi ?! - dedi u qahr bilan qo'shlarini chimirgancha. - Seni o'sha la'nati otang bir ishni eplay olganida shuncha ishlar bo'lmagan bo'lardi. Yoki alamimni sendan olishimni istaysanmi ?! - uning aravachani siqqan qo'llari, bazo'r irg'itib yuborishdan tiyilardi.
Alam bilan yuzini ushlagan qiz, yana o'sha jahl oralagan ko'zlarini yigitnikiga niqtadi. Qoraqchiqlaridan chaqnayotgan bu o't umuman o'chmas edi go'yo. U ham o'ziga yaqin turgan yuzga bor kuchi bilan musht tushirarkan, keyin nima bo'lishi haqida umuman o'ylab ham o'tirmadi.
- Istaganingni qil telba, lekin ko'zlari qasosdan ko'r bo'lgan jin urgur ablahdan farqing yo'qligini butun umr yuzingga solishga tayyorman !!! - Rei dunyodan uzilib qolgandek, yigitga bo'ynini cho'zib baqirdi.
Jungkookga esa bu oddiy kichik musht hech narsa emasdek tuyilarkan, barmog'ini qizning iyagiga olib borib labi chetida istehzoli tabassum qildi.
- Jasorating oshibdi. Jeon bo'lish senga kuch bergan shekilli. Lekin u kuchni bir deganda yutib yuborish qo'limdan keladi. - Jungkook so'nggi daxshatli so'zlarini anniq qilib yakunlagach xonani tark etdi.
Yuragini hovuchlab, lablariga titroq oralagan Rei chuqur nafas olar ekan o'zini o'zi tinchlantirishga uringan holda o'rnidan turib eshikni qulfladi.
- Tinchlan Rei. U la'nati asabiylashishingga aslo arzimaydi. Bu ahmoqona arava ham jig'imga tegyapti !! - u o'ziga o'zi gapirish barobarida aravachani tepib yuborarkan, oyog'ida paydo bo'lgan og'riq sabab qichqirgancha o'rtadagi yotoqqa o'zini tashladi.
Atrofni yoritgan bu yorug'lik halaqit qiluvchi narsadan farq qilmaydi. Bir necha soatdan beri kimdir qo'ng'iroq qilardi. Lekin go'shak ko'tarilmaydi. Yana bir qo'ng'iroq..
Telefonim ovozini eshitib turishimga qaramay qo'lim yashil tugmani bosish uchun ojizdek qimirlamay yotardim. Bu safar biroz uyqim o'chgan bo'ldi. Shu sabab ko'zlarim yumiq holatda turib telefonimni qo'limga oldim.
- Kim bo'lsang ham jonimga tegding !! - uyqisirab jahl bilan gap boshlagan qiz bu kimligi haqida tahmin qilishga ham eringandi.
- Jaehyuk ? - yigit hali gapirishga ulgurmasidan kim ekanini payqagan Aera yumiq ko'zlarini ochdi. - Sen ablah menga hatto yaxshi ekaning haqida xabar bermading !!
- Menga xonim dema, hozir uyqim kelyapti. Asabimga tekkaning uchun sen bilan gaplashmayman. Daf bo'l !! - endigina qizil tugmani bosishga shaylangan qiz yigitning navbatdagi so'zlari sabab to'xtadi.
- Lekin, bugun birinchi ish kuningiz. - ma'lum qilgan bo'ldi yigit asabiy ohangda. - Janob Kim kelishingiz kerakligini anniq qilib tayinladilar.
Jaehyukning so'zlarini eshitgan qiz to'zg'igan sochini yuzidan olgancha chuqur havo chiqardi. Bu gap unga yoqmagani yaqqol sezilib turardi.
- Meni qachon olib ketasan ? - hafsala bilan savol yonladi u.
- Allaqachon uy tagida sizni kutyapman.
- Yana 30 daqiqa kut. Tayyor bo'lib oldingga chiqaman. - u yigitning javobini kutib o'tirmay qizil tugmani bosdi. Endi uning uyqusi butunlay o'chgan va oldidagi bo'sh o'ringa ko'zi tushdi.
- Fuckin' dumb !! - Aera qoshlarini chimirib yostiqni Taehyung yotgan bo'sh joyga qarata uloqtirdi.
Qo'limdagi og'riq butunlay yo'qolgan. Tegilmasa og'rimaydi. Shu tufayli kostyum kiyishga majbur bo'ldim. Yo'qsa o'zim istagan ko'ylaklarimdan birini tanlagan bo'lardim. Oyog'imdagi poshnali oyoq kiyim har qadamda jarang sochardi.
Nihoyat tashqariga chiqdim va ko'zlarim mashina oldida telefoniga termulib turgan yigitga tushdi. U ham meni ko'rdi shekilli, darrov o'zini o'nglab mashina eshigini ochib berdi.
- Hayrli kun. - ta'zim qilishni ham unutmagan Jaehyukdan biroz huzur qildim. Menga haddan ortiq hurmat yoqmaydi. Ya'ni Angliyada odamlar ming hizmatchi bo'lsa ham boshlig'iga egilib uni buyuklashtirmaydi.
- Menga ta'zim qilishing shart emas Jaehyuk. Nega koreyada bunchalik g'alati odatlar hali ham saqlanib qolganiga tushunmayman. - mashina ichiga o'tirish barobarida gapirar ekanman uni hijolat qilmaslik uchun yuziga qaramay murojaat qildim.
Jin ursin, allaqachon bahor kirib kelgan. Buni havodan sezish qiyin emasdi.
Iliq havo va ochilgan gullarning yoqimli ifori.. Men doim Koreyada Sakuraning gullashini tomosha qilishni hoxlardim. Yuzimga iliq tabassum yugurdi.
Jaehyuk: Bugun kayfiyatingiz yaxshi ko'rinadi xonim.
- Ha, atrofga qarab yuragim porlab ketdi. Men 2 oydan buyon Koreyada yashayapman. - ovozim past chiqdi. Lekin ichimdan o'tayotgan hislar meni butunlay qamrab olgandi.
Kechagi kun haqida o'ylasam yuragim qattiq ura boshlaydi. Men hech qachon buni his qilmaganman. Doim barchasi sovuq edi men uchun. Lekin.. bu safar umuman kutganimdek bo'lmadi.
Shu ikki oydan buyon juda ko'p ishlar sodir bo'ldi. Men deyarli yemirilayotganimni his qilardim. Lekin bari joyida. Kuchli ayollar hech qachon taslim bo'lishni tan olmaydi. Men o'zimni hech kimga hech qachon zaif ko'rsatishni istamadim. Lekin Taehyung.. u doim meni zaif vaqtimda ko'rdi. Bu qanchalik g'ashimni keltirmasin, u bilan bo'lgan vaqtim himoya qobig'im bor ekanini unutaman. Uning oldida har qachongidan ham ko'proq erkin bo'laman.
- Reina tur, uyg'on !! - birdan eshik ovozi va baland erkakning ovozini eshitishim bilanoq cho'chib o'rnimdan sapchib turdim. Qarshimda turgan insonga boshdan oyoq qarar ekanman, uning kechagidan ancha farqli ekanini ko'rib qoyil qoldim.
- Nimaga qaqqayib turibsan, o'rningdan tur, hoziroq !! - uning yana aytgan so'zlaridan sergaklandim. Ko'zlariga qoshimni chimirib qarar ekanman, hozir uning holati yaxshi ekaniga ishonch hosil qilgandim.
- Sen qaysi yuz bilan qiz bolaning xonasiga bostirib kirding ?! Kiyimsiz bo'lganimdachi ?! Aqlingni yeganmisan ?! - so'zlarimni eshitgan Jungkook ensa qotirgancha qoshlarini chimirdi.
- Turasanmi yoki yuvinish xonasiga men bilan kirmoqchimisan ?! - og'ir yutungancha hech narsa deyolmay qolar ekanman, shu zahoti qimirlashga urinib aravachaga joylashishga harakat qildim. Jin ursin, nega nogironlik buncha qiyin ?!
- Yo xudoyim. - boshini ortga tashlagancha ko'zlarini yumib chuqur havo chiqargan Jungkook sabrsizlik bilan meni ko'tarib aravaga sekin o'tqizib qo'ydi. Va nihoyat kallasi ichidagi miyya ishlaganiga qoyil qoldim.
- Junkook. - chaqirganimni eshitgan yigit hafsala bilan menga qaradi. - Kecha g'irt irkit o'rdakchadan farqing yo'q edi. Bugun esa harqalay yaxshiroq. - yuzimni burushtirib unga mensimagandek qarar ekanman, hech qanday javob qabul qilmaslik uchun shu zahoti harakatlanib yuvinish xonasiga kirib ketdim.
Qizning ortidan tushunmagan qarash bilan qolgan yigit ko'zlari qisiq holda ikki yelkasiga qarab qo'ydi.
- Irkit o'rdakcha ?! - u o'ziga o'zi savol berib yotoqning oldida joylashgan ko'zgu qarshisiga kelgancha ust boshiga boshdan oyoq qararkan, bari joyida ekanini ko'rib yoqasini to'g'irlab qo'ydi.
- Jin ursin !! - soatiga qarab hali ham qiz chiqmaganidan asabiylashishni boshlagan Jungkook tishini tishiga qo'yib bazo'r o'zini bosishga urinardi. Eshik qulfi ochildi. Aravachada chiqib kelayotgan qizni ko'rgan yigit o'rnidan turdi.
- Bo'laqol ketamiz. - Jungkook sekin ovozda g'azabini bosib aravani o'z hukmiga o'tkazgancha qizni xonadan olib chiqdi.
Mehmonxona gavjum bo'lishi kerak bo'lgan bu vaqtda, hech kim yo'q va bu Rei uchun hayratlanarli tuyilsada indamadi. 1-qavatga tushishar ekan, atrofda bir qator bo'lib tizilgan hizmatchilarni ko'rishi bilanoq o'girib ortidagi Jungkookga qaradi. U esa boshini tik tutib jiddiy qiyofada ketardi.
- Hayrli kun Janob Jeon !! - hizmatchilarning baralla aytgan so'zlari mehmonxonani titratgandek bo'ldi. Bu safar chindan hayron qolgan qiz hech qanday hissiz ketayotgan eriga yuzlandi.
- Ular nega bunday qilishyapti ? - so'radi qiz ikkilanish bilan.
- Mehmonxonani sotib oldim. - hech qanday o'zgarishsiz ma'lum qilgan Jungkook mamnuniyat bilan bir juft qorachiqlarga qaradi. - Kecha yetarlicha asabimni buzgan la'natilar bugun menga ta'zim qiladi. Shunday ekan, qudratimga shubha qilma. - uning qo'rqinchli qiyofada aytgan so'zlari qizni ensa qotirishiga sabab bo'ldi. Bu g'alati edi, kecha bo'lgan barcha nersani tez unutdilar, ikkisi ham.
Jungkook to'xtab turgan ikki mashina oldiga borib birining eshigini ochdi.
- Yangi uy sotib oldim. Hozir o'sha yerga borasizlar. Sena allaqachon o'sha yerda. - birma bir tushuntirgan Jungkook so'zini yakunlab boshqa mashina tomon ketdi. Reina uning ortidan shunchaki kuzatib qolar ekan, haydovchi qizga yordam berish uchun shaylandi.
- Kerak emas. Men o'zim. - o'ziga boshqa qo'llar tegishini hoxlamagan qiz, haydovchiga qarshilik qilib, aravacha tutqichiga ikki qo'lini tiragan holda huddi nogironlar kabi tanasini ko'targancha mashina o'rindig'iga joylashdi.
Allaqachon kompaniya binosiga kirib kelar ekanman, yuragimda paydo bo'lgan titroq sabab og'ir nafas oldim. Buni sezgan Jaehyuk old oynadan menga qaradi.
- Hammasi yaxshi bo'ladi xonim. Ishchilar sizni yaxshi qabul qilishlariga ishonchim komil. - u huddi meni qo'llab quvvatlashni istagandek ko'rindi. Lekin gapirayotgan gaplari o'ziga to'g'ri kelmasdi. Ya'ni unga bunday gaplar emas, ko'proq qurol bilan gapirish yarashadi.
- Jaehyuk biroz asabiylashyapman shekilli. - lablarim hayajondan tabassum paydo qildi. O'zimga o'zim albatta barini uddalashimni aytib ishontiryapman, baribir menga yana nimadir kerakdek his qilardim. Ichimdagi ishonch bo'lak, mashinadan tushgim kelmasdi.
- Xonim men oldingizda bo'laman. Kompaniyani to'liq o'rganib chiqmaguningizcha siz bilanman. - bu so'zlardan yengil tortgandek bo'ldim. Jaehyuk mashinadan tushib, mening eshigimni ochib berdi.
Men go'yo boshqa dunyoga qadam bosgandek, oyoqlarimni qora asfalt ustiga qo'ydim. O'rnimdan butunlay siljib, qat'iy qadamlar bilan oyoq kiyimim ovozini kompaniya bo'ylab sochar ekanman, barchaning ko'zi menda ekanini sezib labim chetida tabassum paydo bo'ldi. Ahir bu men, e'tibor markazida bo'lishni har narsadan ustun qo'yadigan o'sha telba Kang Aera.
- Hush kelibsiz, Kang xonim. - eshik oldida qizni kutib turgan kotiba uning aksini ko'rishi bilan yugurib keldi.
- Bu ikkinchi uchrashuvimiz. - tabassum bilan kotibaga yuzlangan qiz kechagi Taehyung bilan birga ko'rishishgan vaqtini nazarda tutdi.
- Haa ~ - hijolatli qiyofada eslagan bo'ldi qiz. - Ismim Han Nari. Bugundan boshlab siz bilan ish boshlashdan mamnunman xonim. - so'zlarini yakunlab ta'zim qilgan kotiba qizni xonasi tomon olib chiqish uchun yo'l ko'rsatdi.
12-qavat... Bu binoning qoq markazi bo'lib boshliqning xonasi joylashgan asosiy qavat sanalardi. Barcha muhim qog'oz ishlari shu yerda, boshliqning ko'z o'ngida bajariladi.
- Bu xona.. - endi og'iz juftlagan Han xonim Aeraning so'zi tufayli gapini yakunlay olmadi.
- Allaqachon tanib oldim. - dedi qiz cho'rtkesarlik bilan. Bu Taehyungning xonasi edi. O'sha kechagi hujjat imzolangan keng va hashamatli xona. U o'zini erkin tutib sekin har bir burchakni sinchiklik bilan kuzata boshladi. Devorga ilingan rang barang gullar tasviriga ko'zlari tusharkan beixtiyor yuzini burushtirib kotibaga qaradi.
- Nari, menimcha xonani boshidan o'zgartirishimiz kerak.
- Istasangiz bir nechta interiyer dizaynerlari bilan bog'lanib ko'raman. - o'z taklifini bergan qiz yangi boshlig'ini ko'nglini olishga urinib, endi planshetini qo'liga olmoqchi edi, inkor ovozi uni to'xtatdi.
- Yo'q shart emas. Nimalarga o'zgartirish kiritishimizni o'zim aytaman. - bunga javoban qiz ta'zim qilib xonani tark etdi. Bir chekkadagi Jaehyukka hafsala bilan qaragan Aera yoshboladek g'inshishni boshladi.
- Yo'q nega bu yerda hamma ta'zim qilaveradi ? Bellari shunchalik baqquvatmi ?!
- Tupurdim urf odatga. Bu juda ham g'alati ko'rinishi haqida xabaringiz bormi o'zi ?
- Bu hurmatni anglatadi xonim. Ya'ni siz va ishchilar orasidagi farq shundan iborat. Buni yo'q qilib bo'lmaydi. Aniqrog'i siz ko'nikishingiz kerak. - Jaehyukning ahmoqona tuyilgan gaplariga ensa qotirgan qiz katta oyna oldida joylashgan boshliqlar kreslosi oldiga bordi. Nigohini keng stoldan uzmagancha yigitga savol yonlab sekin kresloga ozini tashladi.
- Ho'sh bugun nimani o'rganishdan boshlaymiz Janob Jaehyuk ?
Yigit masofani qisqartirar ekan stol ustida turgan qog'ozlarni olib ularni Aeraga yaqinroq ko'rsatdi.
- Bu so'rovnomalar. Ya'ni kompaniyaga tushgan takliflar ro'yxati.
Bularni tushunishga uringan Aera ko'zlarini kattaroq ochgancha bir qog'ozga bir yigitning hech qanday ma'noga ega bo'lmagan yuziga qaradi.
- Nega bunchalik ko'p ? - dedi norozi ohangda.
- Chunki mashxur kompaniya bilan ishlashni hamma hoxlaydi. - Jaehyuk qoshlarini ko'tarib Aeraga tushuntirgan bo'ldi.
- Sizning asosiy vazifangiz so'rovlarni ko'rib chiqib, sarmoya tikishga arziydiganlarini qoldirish. Qolgani bilan Janob Jeon shug'ullanadi.
Jungkookning nomini eshitgan Aera huddi to'k urgandek avvalgiga nisbatan ko'proq sergaklanib, yigitga diqqatliroq qaragancha, ichini qizdirgan savolni berdi.
- Jungkookning vazifasi nima ? - qizning savolini eshitgan Jaehyuk huddi yoqtirmagandek nafasini og'ir oldi. Huddi aynan shu narsa so'ralmaslini kutgandek.
- Siz saralagan har bir so'rov egalari bilan kompaniya elchisi sifatida uchrashib yana saralash. Sarmoya hazilakam ish emas.
- Demak u mendan ko'poq ish qiladi ?!
- Shunday desa ham... - eshikning taqillagan ovozi suxbatni ikkiga bo'lib yuborarkan, xonadagi insonlarning ham qorachiqlari eshikka qadaldi. Aeraning birgina "kiring" deya bergan buyrug'i sabab ichkariga kirgan Kotiba Han avvaliga xona markazi tomon yaqinroq keldi.
- Xonim. Janob Jeon siz bilan gaplashish uchun kirishlari haqida ma'lum qilishimni so'radilar. Qahva olib kelishimni hoxlaysizmi ? - ko'z oynak taqib olgan qiz so'zlarini juda tez talaffuz qilishi biroz muammoli bo'lishi mumkin, lekin hozir Jeon bilan ko'rishish Aera uchun ko'proq muammo bo'lib tuyila boshladi. U asabiylik bilan lablarini tishlab qizga qaradi.
- Hech narsa shart emas. Kirsin. - ma'lum qildi u hech qanday qarshiliksiz. Lekin asosiy qarshilik kuchi uning ichki qismida edi. Ichida...
- Biror muammo chiqsa xabar qiling. - Jaehyuk xonani tark etish barobarida so'nggi so'zini aytarkan, ular yolg'iz gaplashishlari kerakligi haqida o'ylab Nari bilan birga voqea joyini tark etdi.
Hech qanday kuttirishlarsiz xonaga kirgan Jungkookni ko'rishim bilan badanim muzlab ketdi. Qarashlarim o'zgarib qandaydir chimirilgan qoshlarim o'z holini tikladi.
- Hayrli kun Kang xonim. - shirin tabassum bilan menga qarab yaqinlashdi yigit. Bu vaqt ichimdagi hayajonga tushunmay qolar ekanman, nafasim bo'g'zimga tiqilgandek bo'ldi.
- Hayrli kun Janob Jeon. - huddi o'zidek javob qaytardim. O'zimni qanday tutishim kerakligini bilmasdim. Ya'ni so'nggi uchrashuvimizdan so'ng unga qanday muomalada bo'la olaman bilmayman.
- Negadir o'zingga o'xshamaysan. - Jungkook ikki qoshini hayratlangandek ko'tarib, kresloga o'zini erkin tashladi. - Ohh, balki mening boshlig'im bo'lganing uchun kibrlanib ketgandirsan a shumtaka ?
- Qo'ysangchi Jungkook. Shunchaki sen bilan ko'rishish endi noqulay bo'lmasligining iloji yo'q. Buning ustiga hali seni kechimadim. - jiddiy yuz bilan oldimdagi qog'ozlarni qo'limga olib o'zimni nimadir bilan mashg'uldek ko'rsata boshladim. Uning qo'zg'alishini sezar ekanman yuragim dukurlab ketdi.
- Kechirishing uchun nima qila olaman. - qarshimga kelib turgan yigit qo'limdagi qog'ozni olib to'g'irlagancha yana qayta tutqazdi. Jin ursin, men teskari ushlab turganimni anglagan zahotim asabiylik bilan ko'zimni yumgancha qo'limdagi la'nati qog'ozni zarb bilan stolga qo'ydim.
- Hech narsa Jungkook. Biror ishing bo'lsa ayt va ket.
- Aera, chindan vijdonim qiynalayotganiga ishonmaysanmi ?!
- Yo'q !!! - uning o'zidan yoqimtoy yasab olgan yuzi tomon bo'ynimni cho'zib cho'rtkesarlik bilan jahl qildim.
- Senga buni beraman desamchi ? - cho'ntagidan nimadir chiqarganini ko'rishim bilan bu fleshka ekanini tushundim. - Negadir uyimga kelgan kuning fleshkalarim orasidan eng muhimi yo'qoldi.
Quloqlarim chiyillab qolgandek, ongim o'chib qoldi. U.. u buni sezdimi ?
Davomi bor...
Author: Reina Kim.
Gold fanfics.
Muallifning shaxsiy sahifasi: @Rei_berry