Vanilla
Oradan bir necha soat o'tgan bo'lsada yigitning hayollari hamon Aerada. U Hesuning o'limidan xabar topdi. "Ahvoli qanday, fleshkani izlash jarayonida qo'lga tushmadimi ?" bu savollarning hech biri Taehyungga tinchlik bermasdi. U so'nggi qarorni qabul qilib, qo'liga telefonini oldi va saqlangan raqamlardan birini tanladi. Chaqiruv.. signal..
- Nega go'shakni olmayapti ?! - qizishib, shoshib ketayotgan Kim, hali 2 marotaba signal ovozi eshitilmasidan asabiylashishni boshladi. Telefon olindi..
- Eshitaman. - begona erkakning hotirjam ovozi.. Yigit biroz jiddiylashib, yuzini qattiq hissizlik bilan to'yintirdi. Bu Jungkook ekani uni taranglashtirgandi.
- Hayrli kun, Jeon. - dadil va ishonchli ovozda gapirdi Taehyung. Jungkook uning so'ziga yengil kulib qo'ygani uchun telefon ortidan kulguning nafasi eshitildi.
- Senga ham, Kim Taehyung. - bir necha soniya ichida javob qaytardi u.
- Men Aera bilan bog'lanmoqchiman. - ochiq ma'lum qilgan yigit, so'ziga biroz zardani aralashtirdi.
- U hozir gaplashishni hoxlamaydi. - ta'kidladi Jungkook ma'lum o'zgargan ovoz bilan. - Taehyung, bu ishlarga Jaehyukni aralashtirma. Yo'qsa o'ylab o'tirmay uzilgan kallasini qarshingga tashlayman. Bilasan, uni amakim yetarlicha qadrlagan. Qo'limni qonga botirma !!
- Ahh, sen o'zgarmagansan Jungkook. O'sha o'sha aqldan ozgan ruhiy hasta go'dak. Sen menga taxdid qila olmaysan.. biz teng o'rinlarda emasmiz. Shunday ekan, kuching yetadigan inson bilan uni sina !! - kinoya bilan gapirayotgan erkak, yelkalarini ortga bukgancha ancha tetiklashib tabassum qildi.
- Hwan Geoksu yo'lda, Kim Taehyung !! - dedi, Jungkook mazxaralagandek. Bir muddat saqlangan sukut ichida mamnunlik oralagan Kimning yuzini jiddiylashgan hissizlik egalladi.
- U bilan bitim tuzdim deya ko'rma !! - vaziyatni to'liq anglagan Taehyung vazminlik bilan asabiylashish o'rtasida qolgandi. Aynan birini tanlashi, aynan bir tomonga og'ishi imkonsiz. U g'azabini bosa olmay qoladi.
- Agar shunday bo'lgan bo'lsachi ?! - go'yo nozik nuqtaga zarba berishni uddalagan insondek mag'rurlangan Jeon bu safar o'ynoqilik qilishni o'z zimmasiga olgan ko'yi dedi. - Ha, men shunday qildim. Sening kamchilik va afzalliklaringni unga aytdim. Iltimos, Aerani qo'lingdan kelgancha himoya qil, chunki haqiqiy poyga endi boshlandi !!!
- Seni ikkilanmay parchalayman, la'nati !! - tishlar orasidan chiqgan shivirlash telefonni egalladi. Bu haqiqiy daxshat edi. Taehyung gapini yakunlamasidan Jeon qo'ng'iroqni yakunladi. Aynan shu harakat butunlay ortiqcha.
- Jin ursin, hammasidan xabarim borligini u qayerdan bildi ?!! - boshi qotgan yigit o'tirgan kabinasidan tashqariga chiqish uchun o'rnidan qo'zg'aldi.
Men bir muddat tinchlandim. Go'yo bu oddiy, quruq gapdek tuyila boshladi. Yeg'lagim kelmasdi, hech narsani his qilmasdim. Mening yagona opam, Hesu.. yo'q, bunga ishona olmayman. Boshim aylanardi, g'alati hayollar miyyamda paydo bo'lishni boshladi.
Xonaga kirib kelgan Jungkookni ko'rishim bilan o'rnimdan sapchib turdim. U menga yaqinlashdi. - Yaxshimisan ? - savol berdi yumshoq ohangda. Men ko'zlarimni yerga niqtab boshimni chayqatdim.
- Taehyungnikiga tashlab qo'ya olasanmi ? Biroz dam olishim kerak. - yana tanam titrashni boshlar ekan, nega bunday bo'layotganini anglay olmadim. Go'yo hissiyotlarni men emas aynan tanam his qilayotgandek tuyilardi. Balki miyyam hech narsani qabul qilishni istamas. Javob kelmagach Jungkookning ko'zlariga qarash uchun yuzimni yuqorilatdim. Menga yaqinlashayotgan tanani his qilar ekanman, ko'zlarim kattalashib, yanada aqldan ozdimmi deb o'ylab qoldim.
Ichimdan qizishib ketar ekanman, qarshimda turgan yigit menga haddan tashqari yaqinlashganini anniqlik bilan tushundim. Bu oddiy yaqinlashish emasdi. U bo'yi balandligi sababli boshini quyi eggancha bo'ynimga egilib yuzini ko'mdi. Kaftlari esa belimdan quchardi. Bu chindan g'alati holatmi, yoki men noto'g'ri hayollar bilan o'zimni chalg'ityapmanmi ?
- Bilaman, hozir ikkimiz uchun ham og'ir. - uning nafasi ta'sirida o'zimni noqulay his qila boshlagandim. Bu oddiy holat emasligini mana endi haqiqatdan ham angladim.
Uni noqulay harakatim bilan o'zimdan uzoqlashtirgancha tomoq qirib qo'yar ekanman, u buni juda yaxshi tushunib qayta masofa saqladi.
- Biz hali ham o'sha o'sha do'stlarmiz to'g'rimi ? - savol berdim allaqachon so'nib ulgurgan qiyofam bilan. Buni o'zgartirish uchun nafaqat hoxish, balki madorim ham yetmagan bo'lardi. Jungkookning yoshbolalarcha yuzi, jiddiylashdi. U men tomon yana bir qadam tashladi.
- Aniq bir narsa deya olmayman Aera.. - lablarini tishlagan yigit, tilini og'iz bo'shlig'ida aylantirgancha menga chuqur tikildi. - Chunki sen ham nimadir deyish uchun ojizsan..
U mutlaqo haq edi.. men ham biror nima deya olmasdim. Yillar bizni uzoqlashtirgandek, endi ortiq u bila do'st bo'la olmaydigandek his qila boshlagandim. Bu savolni chindan ham avval o'zimga berishim kerak edi.
Men hech narsa deya olmay qoldim. Uning ko'zlariga qarab biror narsa deyish tugul, dadillik bilan qaray olmasdim ham. Nega qizishib ketyapman, bilmadim lekin, jahl bilan chuqur nafas chiqargancha xonadan chiqish uchun zarda bilan yura boshladim. Endi bu yerdan chiqaman deganimda, kuchli nimadir meni ushlab qoldi. Jungkook meni o'ziga tortar ekan, zaif ekanimni aynan shu chog' angladim. Chunki har qanday urinishim zoya ketib, uning ko'ksiga zarb bilan urildim.
- Endi shunchaki qochib keta olmaysan Aera. - harakati qo'pol va qattiq, lekin ohangi bunga mustasno ravishda muloyim edi. Aynan qay biriga ta'sirlanishim kerakligini tushunolmay unga qoshlarimni yuqorilatib hayron nigoh bilan qaradim.
- Bu mumkin emas Jungkook !! Bunday qilishimiz mumkin emas !!
- Buni sen boshlading !! Do'stlikni esimdan chiqarishimga sen undading !! - uning kaftlari qisilib menga azob berishni boshladi. Bir g'azab to'lgan ko'ziga, bir og'riqdan ko'karishni boshlagan qo'limga nazar solarkanman bu men tanigan Jungkook emasligidan hayiqishni boshladim.
- Meni qo'yib yubor !! - bor kuchim bilan undan qochishga urindim. Qo'rquv tanamni egallab, ikki hissa titroqni taqdim qilgandi. Aqldan ozaman, u meni qo'yib yuborishni hoxlamasdi. Bunga hatto harakat ham qilib ko'rmadi. Biz bir ko'rinishda, bir joyda va bir hil holatda turardik.
- Senga nima bo'lgan o'zi ?! Tinch qo'y meni !!! - bu safar o'zimni o'nglab baqirishni boshladim. Ovozim butun uy bo'ylab jarang socharkan, pinagini ham qoqmagan Jungkook qo'limni qo'yib yubormagan holda biroz yumshatdi.
- Biz endi yoshbola emasmiz Kang Aera. - yuzida nim tabassum yaratgan yigit, yumshagan kaftini bir zum qattiqlashtirib, meni majburlagancha quchdi. - Endi shuni doim hisobga ol. Harakatlaring.. ularni o'ylab bajar. Senga yaqin kelishimga majburlama. - uning shivirlagan ovozi quloqlarim ostida jarangladi. Men o'zimni o'zim anglay olmay qolgandim. Nimalar bo'lyapti ? Jungkook so'nggi harakatida meni qo'yib yuborar ekan, o'zim sezmagan holda ko'zlarim yoshlanganini his qildim. Yanoqlarim bo'ylab tomchi sizib o'tarkan, qarshimda turgan yigit kaftini yuzimga qo'yganida yana cho'chib ortga tisarildim. U esa aksincha, yana yaqinlashib ko'z yoshlarimni artib tashladi.
- Mashinamda meni kut. Ketamiz. - uning ovozi vazminlashdi. O'zimni nazorat qilishga urinib boshimni chayqadim va xonani tark etdim.
Unga nima bo'ldi o'zi ? Men tanigan o'sha Jungkookga nima qildi ? Esimni taniganimdan buyon birinchi marotaba uning oldida o'zimni yomon his qildim. Chindan qo'rqinchli.. u meni qo'rqityapti. Yurgan yo'limda to'g'ri yura olmay qoqilishimga bir bahiya qolganida zinapoya tutqichini ushlab qolar ekanman, nafasimni rostlab yurishda davom etdim.
Tashqariga chiqib o'sha qora sport mashinasini qidirdim. O'tirishim kerakmi yoki yo'q.. men u bilan endi qanday qilib bir mashinada ketaman ?! Yo'q, meni undan boshqa kim manzilimga olib borib qo'yadi ?! Noiloj orqa o'rindiqqa joylashdim. Mashina eshigini yopishim bilan eshikni qulflagancha sumkamni ko'tarib chiqayotgan Jungkookni ko'rdim. Yana barmoqlarim qaltirashni boshladi. Endi doim shundaymi ? Uni ko'rsam qo'rquvdan qaltiraymanmi ?
- Buni unutibsan Kang xonim. - yorqin tabassum bilan huddi hech narsa bo'lmagandek menga yuzlangan yigit qo'lidagi sumkamga ishora qilib uni menga uzatdi.
Men shunchaki hayron edim. Qanday qilib inson o'zini bu darajada hotirjam tutishi mumkin.
- Aytgancha, sening shishang.. uni olib kelishimni hoxlaysanmi ? - yana o'sha bolalarcha ohangda berilgan savol.. men boshimni "yo'q" degandek chayqatdim. Hozirgi vaqt burbon ichishning o'rniga zahar ichgandek bo'lishimga aminman.
- Shart emas. Meni tezroq olgan joyingga olib borib qo'y !! - qo'pollik qilish uchun juda ko'p sabablarim bor. Shunday ekan men ikkilanmay baland va jahl aralashgan ovozda gapirdim. U rulga o'tirdi va old oynadan menga qaradi.
- Ehtiyot bo'l.. bariga ehtiyotkorona yondash. Har bir so'zingga, har bir harakatingga. - mashinani o't oldirish barobarida shivirlayotgan Jungkook ko'zlarini menikidan aslo uzmasdi. - Buni qayta va qayta takrorlashim mumkin, lekin har safar qaytarganimda.. bu yaxshilik bilan tugamaydi. - so'zlari yanada daxshat hissini qo'zg'atdi. Og'ir yutinar ekanman, ko'zimni unikidan uzishga ham hayiqdim. Lekin, bunday bo'lishi kerak emas. U meni manipulatsiya qilmoqchi bo'ldi. "Itoatkorlik" ... bu tushuncha hech qachon menga tegishli bo'lmagan, bo'lmaydi ham.
- Senga nima bo'lyapti bilmadimkuya, lekin o'zligingni yemirishni boshlapsan Jeon Jungkook. Chirib ketishingdan avval o'zingga kelib ol !!
- Keyingi uchrashuvimizda ham shu so'zlarni eshitishni hoxlayman. - jiddiy munosabat bildirmagan yigit, yuzidagi kulgusini saqlagancha, gazni bosdi.
Oradan daqiqalar o'tdi.. biz ortiq gaplashmadik. Men hatto uning yuziga qarashni istamasdim. Jin ursin, undan bunchalik ko'nglim qolib ketadi deb o'ylamagandim. Miyyamda million hil fikrlar.. ularni bir joyga jamlay olmayapman. Ha, men o'zimni chalg'itishga urinyapman, baridan chalg'ishga harakat qilyapman. Bu uchun nima qilish kerak bo'lsa roziman. Shunchaki biroz hayollarsiz nimadir bilan shug'ullanishim kerak.
Biz allaqachon manzilda ekanimizni mashina oynasidan ko'rdim. U to'xtashi bilanoq, o'rnimdan sapchib turib, mashina eshigini ochmoqchi bo'ldim. Lekin Jungkook boshqaruv paneli orqali mendan avval uni qulflab qo'ydi.
- Bu nima qilganing ?! - savol berdim qoshlarimni chimirib, g'azab otiga mingancha. U chindan men bilan o'yin o'ynamoqchiga o'xshardi. Lekin tasavvurimga sig'dira olmasdim.. mening eng yaqin do'stim.
- Nega u bilan birga bir uydasan ?! - old oynaga qaraganimda bir juft o'lik nigohlarga duch keldim. Ular qat'iy va o'zgarmas edi. Nafasim ichimga qaytib ketdi. Nima deyishni ham bilmay ikkilanar ekanman uning keyingi "Aera" deb bosim bilan chaqirganini eshitdim.
- Boradigan boshqa joyim yo'q. Men otamni deb sariq chaqasiz shunchaki ko'chada qoldim. - dedim bir qoshimni yuqorilatgancha kinoya bilan. Rostini aytishga ikkilanib g'alati javob qaytarganimni bilaman, lekin eng ma'quli ham shu edi. Bir necha soniya ichida Jungkookning barmoqlari qimirlaganini sezishim bilanoq bu la'nat bosgan mashinadan zarb bilan chiqib ketdim.
Bor kuchimni oyoqlarimga yeg'arkanman, poshnasi baland tufli sabab bazo'r cho'loqlanib yurardim. Hozirgi vaqt, hatto shu ham ortiqcha yukdek edi. Eshikni ochdim. Kirdim va qulfladim. Bugungi o'zim uchun qilgan yagona qulay ishim shu bo'ldi, jin ursin !!
Oyoqlarim madorsizlanib og'irlikni ko'tara olmay qoldi. Men eshik bo'ylab tayangancha pastlab o'tirdim. Ko'zlarimni yumdim.. chuqurlik bilan nafas oldim. Bu menga kerak bo'lgan terapiya ekaniga ishonch hosil qildim. Huddi bari tushdek tuyilardi. Uyg'onishni hoxlayman, bu yoqimsiz ro'yo meni charchatdi.
Elektron qulfdan kimdir foydalanishni boshladi. Raqamlar terilayotganini eshitishim bilan lablarimni tishladim. Tutqich buraldi. Men ichkari tomondan qulflaganim uchun uni ocha olmadi.
- Taehyung ?! - ohista ikkilanish bilan tovush chiqardim. Kelishini istaganim uchunmi yoki bu uyning egasi u bo'lgani uchunmi, aynan uning ismi hayollarimni egallab tilimga yugurdi.
- Bu men, Vanilla. - o'sha yo'g'onlashgan, muloyimlikka yaqinroq bo'lgan tovush.. men ancha yengillashgandek edim. Bo'shashgan barmoqlarim bilan qulfni bo'shatdim va u ichkariga kirishi uchun izm berdim. O'zimni o'nglab olgancha eshikdan uzoqlashar ekanman, so'nggi bor uning charchagan yuzini ko'rdim.
Tanamdagi taranglik meni tark etgandi. Uning oddiy ovozi meni shu darajada erkin his qildirdiki, bunday bo'lishi hatto tasavvurimga ham sig'magan bo'lardi.
- Hayrli kun. - u kirish barobarida egnidagi ustki kiymini yechib ilgichga osdi. Men indamadim. Gapirishni hoxlamayman. Shunchaki endi hotirjam tepa qavatga ko'tarilishim mumkin.
- U senga nimadir qildimi ?! - keskin berilgan savol.. xuddi nimanidir biladigandek aniq savol bergan Taehyung bor e'tiborini menga qaratdi. Nima deyishni ham bilmasdim. Keyin afsuslanadigan ishga yo'l qo'ymasligim kerakligini bilardim holos. Shunday ekan, tinchlik saqlab xonamga borganim ma'qul.
Yana hech narsa demadim. Unga ortimni o'girib xonamga chiqib ketdim. Nimani o'yladi bilmayman, lekin meni ortiqcha majburlamadi. Quvonarli va kamyob holat..
- Ichmasam bo'lmaydi. - nafasi ortiga qaytib ketayotgan qiz, o'rnidan turib pastki qavatdan ichkilik qidirishga kirishdi. U o'ziga kelishi uchun yordam bera oladigan yagona narsa bu alkogol qo'shilgan biror nima.. sevimli burbon bo'lsa eng yaxshisi.
"Kim bularni qayerga yashirgan bo'lishi mumkin ?" o'yladi qiz ichidan o'pirilib kelayotgan bo'ronni bosishga urinib. Birdan qadam tovushlari eshitildi. Bu Taehyung va u hozir qizdan bu yerda nima qilayotganini so'raydi.
Aera tezlik bilan qo'liga stakanni olib uni suv bilan to'ldirdi. Go'yo u suv ichayotgandek ko'rinishni hoxladi.
- Piyonista xonim ovga chiqqanga o'xshaydi. - mazaxladi u, qizning qo'lidagi stakanga nazar tashlab.
- Bu oddiy suv !! - qoshlarini ko'tarib inkor qilgan Aera, kafti orasidagi buyumni yigitga ko'rinarli qilib yuqorilatdi. Uning harakati sabab yigitning yuziga tabassum yugurgancha, oshxona mebeli tomon yanada yaqin kelib to'xtadi.
- Unda menga ham quy !! - keyingi kelgan buyruqli ohang.. qiz buni jiddiy qabul qilmagan holda yangi stakan oldi. Uni ham suyuqlik bilan to'ldirib Kimga uzatdi. Taehyung o'zi tomon uzatilgan shishani olib bir urinishda so'nggi tomchigacha simirar ekan, uni sukut ichida kuzatgan qiz biroz yaqinlashib qo'lini yigitning tomog'ida joylashgan bo'rtma ustida aylantirdi.
- Aksini olganda.. chindan ichgim kelyapti Taehyung. - past ovoz chiqardi u, ko'zi va barmog'ini o'sha xalqumdan uzmagan holda. Bu go'yo oddiy yoki doimiy holatdek o'zini hotirjam tutayotgan erkak, hech narsaga bor e'tiborini qaratishga urinmasdi.
- Xo'sh.. ? - davom ettirishini talab qildi Taehyung. Qiz holsizlik bilan barmog'ini yigitning xalqumidan ko'ksigacha sayr qildirib o'ziga kerakli nuqtada to'xtadi.
- Menga faqat bir shisha bersang yetarli. Mast bo'lmayman, va'da. - yana ehtiyotkorona chiqarilgan ayol ovozi..
- Har tunni bir shisha bilan o'tkazyapsan, vanilla. - Taehyung gapirish barobarida bir qo'li bilan ko'siga botib turgan Aeraning barmoqlarini ushlab o'zidan uzoqlashtirdi. - Bu meni bezovta qiladi. Kamaytirish kerak. - talabchan ohangda dedi u.
- Faqat bugun emas, iltimos. - iltijo qamalgan bir juft charchoqli ko'zlar.. Qiz shu nigohlari bilan Kimga umidli qaradi.
- Yo'q, aynan bugun !! - so'zida qat'iy to'xtaldi yigit. U hozir rozilik bersa chindan qizning so'zlariga itoatkor bo'lishni boshlaydi. U bugundan bu hislatni yo'qotib, dominantlikni o'z qo'liga olishni hoxladi.
Aera hafsala bilan chuqur nafas chiqardi. Chunki u chindan o'zi istagan narsani ola olaman deb o'ylagandi. Qanday o'rinsiz ishonch ?!
- Bugungi kuning qanday o'tdi ?! - sukutni buzgan erkak qizni so'roqlashni boshlarkan, iloji boricha sekin va muloyim bo'lishga urindi. Chunki Aera Hesuning o'limidan xabar topganini, aynan shu uchun o'zini yomon his qilayotganini tushungandi.
- Aytarlik yaxshi emas.. Hesuni taniysanmi ? Amakimning qizi, opam. - nim tabassum bilan Taehyungga qaragan qiz beg'uborlik bilan savol berdi. Bundan biroz bezovtalangan Kim to'xtab qolgancha ikkilanib bosh chayqadi. - U joniga qasd qilibdi.. xudoyim, bunga qanday sababi bor edi bilmayman. - gaplarini baland kulgu bilan tugatgan qiz, boshqaruvni yo'qotdi. U chindan o'zini yo'qotar darajada baland ovozda kuldi.
- Aera !! - dedi Taehyung, qizning to'xtashini talab qilib. Lekin bu foyda bermadi. Balki uning ovozi qizgacha yetib ham bormagandir.. Kulguning ovozi o'zgarib ingichkalashib borarkan, Taehyung chuqurlik bilan qizning yuziga qaradi. U yeg'lashga tayyor.. qizil ko'zlari sotib turardi. Lekin o'zini yeg'lamaslikka majburlayati..
- Men shu darajada omadsizmanki, barcha yaqinlarim birin ketin o'lishni boshladi. - lablaridagi titroqni tishlash orqali berkitgan qiz, ko'zlarini boshqa tomonga tikib so'zini davom ettirdi. - Nima deb o'ylaysan, balki chindan o'lim farishtasidirman ?! - taklif qilingan kabi ritm.. bu g'alati taklif ohangi bo'ldi. Go'yo "gaping to'g'ri" degan javobni ich ichidan kutayotgandek. Lekin Taehyung doim kutilganidek bo'lmaydi. U o'zgacha va boshqacha bo'lishni yoqtiradi.
- Unday o'ylashni bas qil. - birdan jiddiylashgan Kim bu holatga ortiq toqat qilishi shart emasligini tushundi. - Seni ovutmoqchi emasman. O'zingni oldimda jabrdiydadek ko'rsatishing foydasiz. Xonangga kir, yeg'la, baqir.. istaganingni qilishingga ruxsat beraman !! - dedi u o'zini o'zi olib qochib, hissiz harakat qilgancha. Bir necha qadam uzoqlashdi.
Aera ortiq hech narsa demadi. Uning ko'ksi shunchaki tirnaldi. U ilk bor daldaga muhtoj vaqtida, yon bosishlarini hoxlagan paytida rad etildi va bu og'riqli ekanini his qildi.
Bo'g'zimga tiqilib qolgan narsadan qanday qutilish mumkinligi haqida bilmasdim. Miyyamda aylanayotgan hayollar bir zumda shunchaki to'xtab qoldi.. Kim bularni buzdi. Uning har bir aytgan so'zi meni yer bilan bitta qilardi. Yanoqlarin qanday tusda xabarim yo'q, lekin ichimdan biror nima yorib chiqishga tayyordek sezardim. Afsuslandim.. kelib kelib o'zimga begona bo'lgan insondan e'tibor talab qilganim uchun afsuslandim.
Balki u bilan oramiz yaxshilandi degan hayollarim avvaldan xato bo'lgandir.. lekin nega ? Nega u vaqtida umuman boshqa odam ?! Mehribon, g'amxo'r.. shunchaki o'zi ta'kidlagani kabi "mas'uliyat" uchundir.. bilmayman, ammo buni jiddiy qabul qildim. Hech qanday fakt mavjud emas.
Endi nimani kuzatib turibdi ? Undan shu qadar nafratlanib ketyapmanki, hozirning o'zida qo'limdagi stakanni uloqtirgim kelyapti, jin ursin. Ket Kim Taehyung, bu yerdan yo'qol !!
- Sen ahmoqsan. - ohiri men jim tura olmadim. Biror nima demaganimda anniq o'zimni la'natlagan bo'lardim. Uning munosabatini bilish uchun qariya yuziga qaradim. Yana kulgu.. u so'zlarimni mensimay shunchaki kulib qo'ydi. - Sendan nafratlanaman !! - bu safar ancha baland va tushunarli gapirdim. La'nati, u hech qanday javob qaytarmasdi. Bu meni asabiylashtiradi. Aqldan ozaman, ahmoq !!
Nima qilishimni bilmayman, lekin nimadir qilish istagi meni qamrab olgandi. Men yurdim. Ketmoqchi bo'ldim. O'lay agar, bu yerda yana bir necha daqiqa tursam o'zimni kamsitilgandek his qilaman. U meni chindan yerga urgandek harakat qildi.
Asabiylik, alam sabab ko'zim yoshlandi. Bu qisman g'azab ta'siridan ham edi. Tez qadamlarim bilan uning oldidan o'tarkanman, yuzimni berkitishga urinib yon tomonga qaragancha zarda qilishda davom etdim.
Men qattiq qo'llar tomonidan ushlab qolindim. 2-marotaba.. bugunning o'zida bu holat ikkinchisi. Hayolim shunga burilgan on tanamda hashoratlar sayr qilgandek seskanib ketdim.
Nima bo'lganini tushuna olmasimdan orqa taraflama mebelga qadalib qolganimni sezdim. Chunki orqaga harakanlana olmadim. Qarshimda esa mendan ancha bo'yi baland o'sha ahmoq turardi. Hissiz, ifodasiz, ma'nosiz.. shu uch hislat bir vaqtning o'zida birlashgan.
- Seni ko'rishni hoxlamayman !! - g'azab bilan unga otilishga tayyor bo'lib, tishlarim orasida vishilladim. U bunga e'tibor qilmadi. Nimaga e'tibor qiladi o'zi, shunchaki hissiz temir tersakka o'xshaydi. Yarim ochilgan sovuqqon ko'zlar, huddi seul yo'llaridek tekkis lablar.. oddiy, doimiy, ko'nikib qolganimdek. Bu surbetlik meni shu darajada telba qiladiki, yuziga musht tushirib yuborishdan o'zimni bazo'r tiyaman.
- Qo'yib yubor, ablah !! - bor g'azabim bilan yana unga tikilib qo'llarimni undan olishga harakat qildim. Buni endi sezishga ulgurgandim, ikki qo'lim ikki yondan majburlangancha ushlab turilibdi.
Uning yuzi men tomon yaqinlashardi, yoki menga shunday tuyildi. Yo'q, uning ko'z yo'nalishini hech qanday tushunmovchiliklarsiz topayotgan bo'lsam.. o'sha hissiz nigoh lablarimga qaratilgan. Men hozir asabiyman, uni o'ldirgim kelyapti.. bu vaqt qilolmaydi, ruxsat bermayman jin ursin !!
Qizning nafas olish tartibi buzilar ekan, Taehyung yaqinlashgani sari tipirchilab, tezroq undan qutilishga harakat qilardi. Lekin imkonsiz..
- Jim bo'l !! - baqirgandek bo'ldi u, bir qo'lini qizning bo'yniga o'rab, uni zarb bilan mebelga botirgancha. Aera ko'zini mahkam yumib og'riqdan ingrarkan, yigitning kaft siqimi torayib borardi. Qizning azoblangan ko'rinishi.. bu eng jozibali holat.
Nazoratni butunlay yo'qotgan vaxshiy.. Taehyung zarb bilan qizning ingrayotgan lablarini to'sarkan, ancha kutilgan, holat ro'y berayotgani haqida o'ylamasdi. Uning ongi shunchaki bloklangan. Hech narsa kirmaydi va chiqmaydi.
Qiz bo'shagan kaftlari bilan bo'yniga o'ralgan qo'lga qarshilik qilardi. Bo'g'ilib, nafas ololmaslikdan qiynala boshlaganida allaqachon oyoqda tik turolmasligini fahmladi. Kim uning lablarini shunchalik vahshiyat bilan tishlar ediki, tanasi qizni mebelga itarib ovoz yaratishni boshlagandi.
Bu hech qanday yoqimli emas.. lazzatli emas.. mehrli emas.