May 24

Vanilla

- 12 -

- Nima ? - dedim, ko'zlarimni pirpiratgancha. Bu ancha tushunarsiz edi. Rahbar bo'lish ? ... Men Taehyungdan javob kutardim. U o'rnidan turib men tomon yaqinlasharkan, tomog'im qurib qolgandek tuyildi o'zimga.

- Senga shaxsan o'zim ishonch bildira olaman.. - asta pichirlash orqali egilgan Kim ko'zlarimga juda yaqin keldi. To'q jigarrang ko'zlar.. ular chindan ham chiroyli edi.

- Seni o'paman.. - tilimga kelgan ilk ihtiyorsiz so'zlar sabab uning yuzida paydo bo'lgan lab chetidagi kulguni ko'rdim. Bir qo'limni uning yuziga olib borib uni o'zimga yaqinroq tutishga urindim, lekin Taehyung yana kulgancha egilgan yuzini ko'tardi. Masofa paydo bo'ldi.

- Tegajonlik qilish joningga tegmaganiga qoyilman vanilla. - uzoqdan qarab qo'ydi, qoshlarini ko'tarib.

Men bu safar yengilishga roziman. Faqat shu safar.

Aera ikki kaftini yigitning kulib turgan yuzi tomon olib bordi. Taehyung tabassumini yakunlab qizga savol nigohi bilan qaradi. Ikkilanmay oyoq uchida turib Kimni o'ziga tortgan qiz ko'zlarini shunchaki yumdi.

Lablarning tutashishi.. Aera butun tana hoxishi bilan yigitning lablarini o'pishni boshladi. Taehyung hali ham bu sodir bo'lganiga shubha bilan qimir etolmay qoldi.

Vaziyat o'zgaradi. Holat yakunlanadi. Dominantlik Kimning hukmiga o'tadi. U bir qo'lini qizning bo'yin qismiga olib borib uni kresloga zarb bilan yopishtirdi. Ikkinchi qo'li tezlik bilan o'zining galstuk va old tugmalarini bo'shatib, so'ng qizning belini siquvga olgan ko'yi yotishga majburladi.

Endi bular oddiy emas, balki vaxshiylikning sekin asta uyg'onishiga olib kelishi aniq bo'lgan hotima.

Kim barmoqlaridagi bosimni kuchaytiradi. Qizning og'riq tufayli chimirilgan qoshlari.. Aera vaziyat yana o'tgan galgidek bo'lishini o'ylamagan edi.

- Taehyung. - shivirladi u qo'li bilan yigitning ko'ksidan itarib.

Kim esa bunga quloq solmaydi. Tepa va pastki lablarga berilayotgan bu og'riq butun tanaga tarqab, o't yoqardi. Taehyung chindan nazoratni yo'qotgani haqiqat. Kang xonim uni bunga majburladi.

Qizning ishbilarmon kalta ko'ylagi ustida barmoqlar aylana boshladi. U tobora bo'g'ilib borarkan, yuzi allaqachon nafas yetishmasligi ta'sirida qizarib ulgurdi. Yigit esa o'z nafsini qonguniga qadar tanadan foydalanishni hoxlaydi holos.

- N.nafas.. men n.nafas. - siqilib qolgan qiz qo'lidagi oddiy yengil zarbalarini endi mushtga aylantirdi. Ko'zlarini chirt yumib tipirchilarkan, Taehyungning berayotgan bu og'ir bosimini qanday qilib qaytarishni bilolmasdi.

Avvaliga u meni sehrlagandek o'ziga chuqur tortdi. Lekin o'zimni topshirganimda.. bari avvalgidek bo'lishini hayolimga ham keltirmagandim. Yana.. yana nafas yo'llarim to'silgan. Nega Taehyung bunday qilishiga tushunmasdim.

Qancha harakat qilsam ham foydasiz edi. Ko'zlarimdan qaynoq yosh quyila boshladi. Bu yeg'lagim kelganidan emas, tanam bardoshsizlik qilayotganidan edi. Jin ursin barini.. lablarimni ketma ket og'riqli o'payotgan yigit qo'lini ichki sonimga olib borarkan, uzun barmoqlari bilan sekin siypalashni boshladi.. men chindan ham barini unutgandek chuqur nafas yutdim. Aloqada bo'lmaganimga ancha bo'lgani rost, ammo bu.. hozirgi holat.. bo'lishi mumkin emas.

So'nggi og'riqli bo'sa.. va men buni ohirgisi deb tahmin qilmagandim. Taehyung tanasini mendan olmay yuzimga chuqur termulib turardi. Qizargan yuzimga qarab kulib qo'yarkan, bundan achchiqlanmaslikning iloji yo'q edi.

- Sen mahluqsan. - bazo'r shivirladim, menga kulib qarayotgan telbaga qarab. U chindan telbadan farq qilmasdi. Sonimdan hali ham olmagan o'sha qo'lini yana harakatga tushirarkan, ovoz chiqarmaslik uchun lablarimni bosim bilan tishladim.

- Buni eshitish yoqimli, vanilla. - dedi yuzimni tomosha qilishdan mamnun ekanini ochiq ko'rsatib. Men uning qilayotgan o'yinidan qattiq taranglashishni boshladim. Chunki bu hissiy emasdi. Qandaydir mazahlash..

- Kim Taehyung, qo'lingni ol !! - jiddiy ohangda buyruq berdim. U menga soxta hayron bo'lgandek qaradi. Hozirning o'zida yuziga shapaloq tushirgan bo'lardim.. lekin qilolmayman.

- Shu senga kerak bo'lgan narsa emasmi ? - qosh uchirib qo'ydi yana qo'lini ichkariroq olib kirgancha.

- Bas qil !! Bas qil dedim, la'nati !! - ichimdan chiqayotgan bu g'azabli irillash unga ta'sir o'tkazmay qolmadi. Ustimdan shu zahoti turarkan, yengillikni his qilib chunqur nafas oldim. Nogahon qo'lim bo'ynimga borarkan, bo'g'ilganim sabab tomog'im qattiq achishardi.

- Suv ich.. - dedi Taehyung, stol ustidagi qadoqlangan suvni divanga yengil uloqtirish barobarida. Qiz uning holatidan ajablanardi. Nega u bunchalik bamaylihotir ?!

- Shunchaki "Suv ich." shundaymi ?! - alamli ovoz chiqardi u sekin borib boshliq kreslosiga o'tirgan yigitga qarab. Taehyung unga tushunmagandek qoshini uchirdi.

- Nima deyishimni hoxlaysan ?! - savol berdi, talabchan ohangda. Bu yoqimsiz eshitilardi. Aera indamadi. Bir necha soniya ichida g'azabdan ko'z atrofi qizarishga ulgurgandi.

- Hech narsa. - xonani qoplashga ulgurgan bu pichirlash sukutni buzib yubordi.

Qiz u bilan nimadir haqida gaplashish mumkin emasligini juda yaxshi biladi. Taehyung hech qachon hech narsani jiddiy qabul qilmagan.. va qilmaydi ham.

- Hozir Jaehyuk keladi. - ma'lum qilgan bo'ldi yigit. - Dadang uchun berilgan hujjatga imzo qo'yasan va ertadan Jaehyuk bilan ish boshlaysan, kelishdikmi ? - uning ovozida qandaydir yumshoqlik paydo bo'ldi.. hozirgina ko'rinmagan umidvorlik. Balki bu shunchaki o'z ishi bitguniga qadar davovom etar holos.

Aera og'irlik bilan nafas chiqardi. Biror nima deyish qiyin edi. Qaror qabul qilish uchun vaqt kerak bo'ladi.

- Bilmayman. - dedi, lablarini asabiy tishlagancha. - O'ylab ko'rishim kerak. Taehyung, bu onson qabul qilinadigan narsa emas.

- Yaxshi. Hoxlaganingcha o'yla.. lekin baribir qog'ozlarga imzo qo'yishing kerak.

- Bu yana qanday talab bo'ldi ?!

- Aera bu chindan muhim.. yoki Jungkook hamma narsaga ega chiqishini hoxlaysanmi ? Unga barini qo'sh qo'llab topshirmoqchimisan ?

Taehyungning bu darajada ochiq aytilgan gaplari ta'sirida ko'zlarini kattaroq ochgan qiz tushunmagandek qarashni boshladi. Bu chindan ahmoqona gapdek tuyilishi tabiiy edi. Yigit esa shunchaki o'ylamay gapirdi. Nigohlarini qat'iylashtirgan qiz negadir asabiylashishni boshlar ekan, ko'zlarini so'nggi bor mahkam yumgancha yana qayta ochdi.

- Nega bunday deyapsan bilmadim, lekin Jungkookga hech qanday kompaniyaning keragi yo'q !! - dedi u o'ziga qattiq ishonishini isbotlab. Kim asabiylashayotganini yashirishga urinmadi. Peshonasini bir qo'li bilan asabiy silarkan, Aera butun tanasi bo'ylab allaqachon havotirni his qilib bo'lgandi.

- Sen bilmagan.. aslida bilishing kerak bo'lmagan jirkanch haqiqatlar talaygina. Qaysarlik qilishni to'xtatishing kerak.

- Ayt menga. Barchasini aytib ber !! Hozir o'zimni indamay o'yiningizga o'ynayotgan qo'g'irchoqdek his qilyapman. Jonsiz, tilsiz, ongsiz. Jin ursin barini !!! - Aeraning jarang sochgan ovozi butun xona bo'ylab tarqadi. Lekin yigit indamay turishda davom etdi.

- Janob Kim.. - eshik ortidan kelgan begona ovoz sabab ikki insonning ham nigohi o'sha tomon yo'naldi.

- Kir Jaehyuk. - Taehyung buyruq berib qattiq uhh tortdi. Ayni dam Jaehyuk u uchun qahramonning o'zginasi edi.

Uzun bo'yli yigit avval Aeraning qarshisida ta'zim qilib, so'ng qo'lidagi qog'ozlarni ish stolida o'tirgan Taehyungning oldiga qo'ydi.

- Demak barchasi tayyor.

- Ha bari aytganingizdek bo'ldi Janob.

- Ajoyib. - mamnun tabassum qilib qo'ygan yigit qog'ozlardan boshini ko'tarib qizga qaradi. - Iltimos, kel va hech qanday e'tirozlarsiz imzo qo'y.

Bari mening hoxish istaklarimga qarshi ravishda bo'layotgandi. Qarshimdagi ikki insonga termulib shunchaki qotib turar ekanman, hayotimni o'z qo'llarim bilan nima ko'yga solganimni tomosha qilardim holos. Men o'sha vaqt, o'sha dafn marosimidan so'ng Angliyaga qaytib ketishim kerak edi. Lekin nima qildim ? Barini o'nglab bo'lmas ahvolga keltirdim.

Indamay Taehyungning oldiga qadamlarimni rostlagan holda borar ekanman, uning yuziga qarashni ham hoxlamasdim. Hozir nima qilishimga qaramay u meni majburlashini bilganim uchun ham la'nati ruchkani qo'limga olib imzo qo'yilishi kerak bo'lgan joyga o'z imzoyimni qo'ydim. Hatto shartnoma shartlarini o'qimay turib.

- Ko'ngling to'ldimi ?! - zarda bilan unga o'dag'ayladim. Ichim qizir, tanam harorati oshib ketgandi. - Meni majburlash, siquvga olish senga yoqdimi ?! Endi baxtli yashashda davom et Kim Taehyung !! - so'nggi so'zlarimni aytib xonadan chiqish uchun eshik tomon yurdim. Ortimdan kelayotgan chaqiruv ovozlariga qanchalik e'tibor berishni hoxlamasam ham meni o'ziga tortardi. Lekin yo'q !! Men uni ko'rishni chindan istamayman.

- Jaehyuk uning ortidan bor. Uzoqqa ketib qolmasin. U shaharni bilmaydi.

- Yaxshi Janob. - bosh eggan yigit qizning ortidan yugurishni boshladi. Lift eshigi allaqachon yopildi va Jaehyuk zina tomon yugurdi.

- Nega bunday bo'lishi kerak ?! Nega hech narsani tushuna olmayapman nega ?! Bu meni siqib yubordi. - lablarini titroq bosgan qiz ikki kafti bilan sochlarini siqimlar ekan lift poliga o'tirib oldi. - Jin ursin, bunga qanday chidash mumkin.. - shivirladi u ko'zlarini mahkam yumgan bo'lib.

Allaqachon 1-qavat.. lift eshiklari ochilar ekan, ko'zlarini ochgan qiz qarshisida hansirab turgan Jaehyukni ko'rishi bilan sapchib tushdi. Bor tezligi bilan tepa qavatga olib chiqadigan tugmani bosarkan, lift eshigi yana yopilishiga bir bahiya qolganida uzun qo'llar uni to'xtatdi.

- Bu yerdan yo'qol !! - baqirdi qiz butun kompaniya koridori bo'ylab. Barcha ishchilarning ko'zi yangi tomoshani ko'rish uchun shaylandi.

- Iltimos xonim bunday qilmang. Hamma bizga qarayapti. - gapirish davomida ischilarga ishora qildi yigit.

- Men u la'natining oldiga borishni istamayman !!

- Muammo emas. Sizni istalgan joyga olib borishim mumkin. - bosiqlik bilan qizni tinchlantirishga urinayotgan Jaehyuk ancha hotirjamlik bilan gapirardi. Aera unga bir necha soniya ishonmagandek qarab turdi. So'ng esa baribir hech qayerga yolg'iz bora olmasligini o'ylab rozi bo'lgan bo'lib lift eshiklaridan tashqariga qadam bosdi.

- Agar o'sha Taehyungga hisob beradigan bo'lsang seni o'zim o'ldiraman Jaehyuk !!

- Albatta xonim. - qizning tahdidli nigohlariga javoban kulib qo'ydi yigit.


Time skip.

Flashback. Jeon Jungkookning uyi.

Kichik nikoh marosimidan so'ng mashina katta uy qarshisida viqor bilan to'xtadi. Eshikdan birinchi bo'lib tushgan Jungkook avval yukxonadan aravachani olib so'ng orqa eshikni ochdi. Reina unga hissiz qarab turardi.

- Jin ursin ! - asabiylashib chuqur havo chiqargan erkak boshini ortga tashlagancha lablarini tishladi. U hozir qizni mashinadan tushirish haqida o'yladi. Ko'tarish.. yoki shunchaki uni tashlab ketish.

- Menga chidashga majbur emassan. Shunchaki uyingga kirib ket ! - erkakning munosabatiga toqat qilolmagan Rei o'zi qo'zg'alishni boshladi. U o'zi mashinadan aravachaga o'tirishni rejalashtirdi. Barcha harakatlarini Jungkookga nisbatan zarda bilan qararkan, erkakning unga qadalgan nigohlariga e'tibor qilmasdi ham.

Birdan qizni qo'llari orasiga olgan Jungkook uni ohista aravachaga tushirdi.

- O'zingni oldimda zo'r qilib ko'rsatishing shart emas Reina. Yordam kerak bo'lsa bera olaman. - dedi yigit sekin ovozda. Qiz unga bir necha soniya indamay qarab qoldi. Yigit esa aravachani harakatga keltirib uni uy ichkarisiga olib kirdi.

- Bu mening uyim. - tanishtirgandek bo'ldi Jungkook. - Agar nimadir kerak bo'lsa meni bezovta qilma !! Hozir hizmatching keladi. Bu uyda yo'q insondek yashashingizni hoxlayman.

- Nima ?! - qiz tushunmagandek qoshlarini yuqori ko'tarar ekan, yigit aravachadan qo'lini olib qizning qarshisiga chiqdi.

- Bizning turmushimiz haqiqiy emasligini bilasan !! - qosh chimirdi yigit qizga qat'iy nigoh tashlab. - Hwan Geoksu Kim Taehyungni yo'q qilganidan so'ng seni otangga qaytaraman. Bu oddiy.

- Lekin senga kerak bo'lmasam nega meni so'rading ?! - asabiylashgan qiz ovozini ko'tarishi bilan qizarishni boshladi. Uning butun bir hayoti qandaydir mazmunsiz narsaga shunchaki tikilib ketganini bilish og'riqli his edi. Jungkook bundan bezovtalanarkan yirik qadamlari bilan ikkilanmay Reining qarshisiga yaqinroq kelib turdi.

- Harakatlarim bu yerda aslo muhokama qilinmaydi. - yigit tishlari orasida daxshat bilan shivirlarkan, qizning ichki qismida allaqachon g'ul g'ula uyg'onib bo'ldi.

- Razilsan.

U ortiq indamadi. Ko'zlariga yosh quyilib kelarkan, buni sezdirmaslik uchun aravachani tezlik bilan harakatga keltirib boshqa xonaga o'tmoqchi bo'ldi.

Bir insonning kelajagi bilan o'yin o'ynash shunchalik oddiymi ?! Insoniyat haqida o'ylaganim sari bog'ilib ketaman. Shunchaki.. bu jahannamga hech bir maqsadsiz keldimmi ?

To'g'ri balki qadrim qimorga tikilgan oddiy jonsiz narsa kabidir, ammo tayinli bir sababsiz kelganimni bilish ko'ksimni teshib yuboray derdi. Bu uchun kimni ayblay olaman.. Otamnimi ? Jungkooknimi yoki o'zimnimi ? Balki bariga Kim Taehyung aybdordir..

Yanog'imdan qaynoq tomchi oqib tushar ekan, bor ovozim bilan yeg'lashni chin dildan hoxlardim. Orqamda kimdir meni kuzatayotganini his qildim. Albatta.. bu uyda Jeondan boshqa hech kim yo'q.

- Xonam qayerda ? - ortimga qaramay qo'rs ohangda savol bergan ko'yim, aravacha ortga tisarila boshladi. Uni Jungkook o'z boshqaruviga olgandi. Bir xona qarshisida to'xtar ekanmiz, so'nggi oqgan ko'z yoshimni barmog'im bilan artdim.

- Men uyga kelganimda seni ko'rishni istamayman. - birdan so'z boshladi Jungkook. Ortimga qaramay uni diqqat bilan eshitishda davom etdim. - Shuning uchun uyda bo'lgan vaqtim xonangdan chiqma. Nima ishing bo'lsa hizmatchingga buyur. - so'nggi so'zlar... qadam tovushlari yigit ketganidan dalolat berardi. Ko'zlarim bir nuqtaga tikilib qoldi.

"U uyda ekanida xonadan chiqmaslik.." demak yangi qonun. Bo'ysunishga majburmanmi ?!

Comeback.

Men aytilganidek xonamdan tashqariga chiqmadim. Lekin ilk kundanoq uning o'zi oldimga bostirib kirdi. Kechagi achchiq gaplari meni shu darajada ezdiki, avval oilamga kerak bo'lgan inson ekanimni ham unutib yuborgandim.

- Xonim.. - tashqaridan kelgan ovoz tufayli yuzim yorishdi. Bu Sena edi.

- Aysh, Senaa qayerda eding ~ ? - yuzimni burushtirib yoshbolalardek g'inshiganimni ko'rgan qiz, tezda oldimga keldi.

- Nimadir bo'ldimi ? - dedi havotir bilan ko'zlarini katta katta ochgancha.

- Nimadir bo'lishi kerakmi yaramas qiz ?! Meni nega yolg'iz qoldirding ?!

- Janob Jeon do'kondan qahva olib kelishimni iltimos qildi va qo'limga oddiy qahva uchun 100$ berdi. Bu juda ko'p emasmi yoki men sifatsiz qahva olib kirdimmi ?! - qoshlarini chimirib menga yuzlangan soddagina qizga qarar ekanman, o'zimni kulishdan bazo'r tiyib turardim. Chunki u chindanam juda sodda va ishonuvchan.

- U shunchaki ahmoq e'tibor berma. Do'kondan narsa sotib olmagani uchun bilmaydi. - havotir olmasligini ta'kidlagancha yelkasiga urib qo'ydim. - U ketdimi ?!

- Ha hozirgina chiqib ketdi. - Senaning tasdig'ini eshitishim bilan mamnun tabassum qildim. Endi men chindan yengil nafas ola olaman. Aravachadan qo'zg'alar ekanman, belimda og'riq turganini his qilib yuzim burishib ketdi.

- Sena, Sena belim. - havotir bilan baqirib yubordim.

- Deyarli ikki kundan buyon yurganingiz yo'q. Shunga bo'lsa kerak xonim. Hozir dori olib kelaman.


Time skip.

Mashina ichi ancha sokin. Rulda Jaehyuk, orqa o'rindiqda esa oynaga termulib Seulni tomosha qilayotgan Aera.. allaqachon bahor kelganini his qilgan qiz, endi kurtak ochayotgan har bir daraxtni diqqat bilan tomosha qilardi.

- Qayergadir boramizmi ? - o'rtaga savol tashlagan bo'ldi Jaehyuk. Aera nigohini old oynaga qaratgan chog'i yigitning oddiy ko'zlari bilan to'qnashdi.

- Bilmadim.. balki sohilgadir. - ikkilanib javob qildi qiz.

- Ajoyib. - yigit mashina tezligini oshirdi. Qiz tabassum qilgancha oynani ochib boshini chiqarar ekan, tezlik sabab kuchga kirgan shamol uning sochlarini tartibsiz holga keltirardi. Lekin shamolni his qilish yoqimli.

- Nega bunchalik chiroylisan Koreya !! - baqirdi u qo'llarini yuqori ko'tarib. Uning his qilayotgan yengilligi Jaehyukga ham yetib kelgandek qiz bilan birga kulardi.

- Ahh qanday ajoyib. - so'nggi bor chuqur nafas olgach joyiga joylashdi qiz.

- Siz erkin insonsiz Aera. - tabassum bilan ta'riflagan bo'ldi Jaehyuk. - Odamlarning gapiga ahamiyat bermaysiz. Qanday hoxlasangiz shunday yashashga odatlangansiz. - yigitning gaplarini eshitgan qiz bir muddat jimib qoldi.

- Meni yaxshi bilmaysan Jaehyuk. - dedi u ho'rsinib qo'yib. - Bari ko'ringanidan boshqacha. Shunchaki avval qilgan xatolarimni takrorlashni istamayman. Hayotimni qayerdagi bir ahmoqlarning gap so'zi uchun o'zgartirish telbalikdan boshqa narsa emas !!

- Kang xonim iltimos boshingizni eging !! - birdan buyruq bergan yigitning yuzi jiddiy tortib, mashina tezligini sezilarli darajada ko'tardi.

- Nimadir bo'ldimi ?! - havotir bilan savol berdi Aera.

- Xonim iltimos aytganimni qiling !! - bu safar yigitning ovozi qattiqroq chiqdi. Ko'chani o'q ovozi qoplarkan, mashinaning orqa oynasi chilparchin bo'lgan ovozi qizni cho'chitib yubordi.

- JIN URSIN BU NIMA ?! - havotirdan baqirib yubordi qiz.

- Xonim hoziroq boshingizni egib qulayroq joylashib oling.

- To'pponcha bormi ? - birdan asabiy o'dag'aylagan qizning so'zlaridan dovdirab qolgan Jaehyuk bir muddat nima deyishni bilmay qoldi.

- Jaehyuk senga gapirdim. To'pponcha bormi ?!

- Uni nima qilasiz ?!

- Jonimdan to'ydim. O'zimni otib o'ldirmoqchiman !! - dedi Aera kesatish bilan. Jaehyuk kamaridan favqulotda vaziyatlar uchun kerak bo'ladigan kichik to'pponchani chiqarar ekan, cho'ntagidan o'qdonni ham olib uni qizga uzatdi.

- Nima ?! Shu ahmoqona matoh to'pponchami hali ?! Jin ursin !! - qiz so'kingancha mohirlik bilan uni o'qlarkan, chuqur nafas chiqarib ko'zlarini yumdi.

- Sizga biror narsa bo'lsa tirik qolmayman xonim. - ogohlantirgan bo'ldi yigit. Aera labi chetida kulib yigitga mashina tomini ochishini buyurdi.

- Jaehyuk u yerda 4 ta mashina. Taehyungga qo'ng'iroq qilish kerak !! - boshini tezlik bilan chiqarib, so'ng qayta tushirgan qiz vaziyat haqida ma'lumot berdi.

Yana bir o'q ovozi.. bu safar o'q yigitning bo'yni oldidan o'tib ketdi. Bunga parvo qilmagan Jaehyuk telefonini qo'liga olib Taehyungning raqamini terdi.

- It emgan la'natilar !! Qaysi iflos men o'tirgan mashinani o'qqa tutishga jur'ati yetdi ?! - Aera asabiylashib g'oldiragancha o'rnidan turar ekan, qarshi mashinalar oynasi qora qoplama bilan berkitilganini ko'rdi. Ruldagilarni nishonga olib bo'lmaydi.

Boshini oynadan chiqargan ko'yi, to'pponchasini o'qlayotgan bir erkakka ko'zi tusharkan ikkilanmay uning boshiga o'q uzdi.. birinchi urinish.. va barchasi a'lo darajada.

- Bingo !! Qo'limga to'pponcha olmaganimga ancha bo'lgandi. - o'zidan mag'rur tabassum qilib qo'ydi Aera. Mashina ichkarisiga kirdi va Jaehyuk Taehyung bilan gaplashayotganini ko'rdi.

- Men bittasini peshonasiga o'q joyladim !!

- Nima ?! - telefon ortidan Taehyungning hayratlangan ovozi yangradi.



Kompaniyada bamaylihotir, qog'ozlarni birma bir ko'zdan kechirib chiqayotgan yigit qo'l telefonining vibratsiya berayotgani uchun bezovtalandi.

- Eshitaman Jaehyuk ?

- Janob, Janob Kim.. - yigitning hovurli ovozi va ortdan kelayotgan o'q ovozlarini payqagan Kim o'rnidan turib ketdi.

- Bu nimaning ovozi ?! O'qmi ?! - havotir bilan qoshlarini ko'tarib baqira ketdi Taehyung.

- Janob Kim, bu Geoksuning odamlari.. bu anniq Hwan Geoksuning odamlari. Qo'shimcha kuch kerak. Bizni 4 ta mashina ta'qib qilyapti !! - so'zlarini tez tez aytayotgan Jaehyuk, mashinani bor tezligi bilan haydashga harakat qilardi. Ohirgi tezlik.. ammo ortdagi mashinalar yaqinlashib bormoqda.

Taehyung sarosimaga tushdi. Fikru hayoli Aera bilan bog'lanar ekan, ichida qandaydir olov paydo bo'ldi va u butun tanasini lovullatib qizdirardi.

- Uni ehtiyot qilishing kerak !! Hoziroq odamlarni jo'nataman. Sabr qiling !! - Taehyung go'shakni qo'yib, qo'liga kostyumini olgancha xonadan yugurib chiqib ketdi. Yuzida avjlangan g'azab shu darajada kuchli tus oldiki, buni ko'rgan har qanday mavjudot qo'rquvdan qaltiragan bo'lardi.



- Men bu la'natilarni poylay olmayapman. Mashina oynasi berkitilgan. Nima qilishim kerak ?! - lablarini tishlab shivirladi qiz o'zini qo'yarga joy topa olmay.

- Bo'ldi yetarli xonim. Hozir Janob Kim yetib keladi.

- U kelgunicha o'lishni hoxlaysanmi Jaehyuk ?! Agar yo'q bo'lsa shunchaki ovozingni o'chir !! - tobora siqilib borayotgan qiz ohirgi nafasini yutgancha yana boshini mashina tomida chiqardi.

Shu zahoti o'q uchib kelarkan, og'riq sabab ingragan Aera, e'tiborini chalg'itmaslikka urinib mashina g'ildiragiga o'q uzdi.

Lablari qaltirashni boshladi. U yana mashina ichkarisiga qaytdi. Chap qo'li bilan, qon otilayotgan o'ng qo'lini ushlarkan, buni ko'rgan Jaehyuk ko'zlarini qo'rquv bilan ochdi.

- Kang xonim !!

- Havotirlanma, shunchaki shilib o'tdi. - tushuntirib, tinchlantirgan bo'ldi qiz. Bir necha soniyadan so'ng avtohalokat ovozi eshitildi. U mamnuniyat bilan tabassum qilar ekan, qo'lidan oqayotgan qon mashina o'rindig'ini namlantira boshladi.

- Men g'ildirakka o'q uzgandim.. Demak qolganlarini ham shunday qilish kerak !!

- Siz bu ahvolda boshqa to'pponcha ushlay olmaysiz !! Hoziroq o'rin almashamiz. - jiddiy ohang bilan gapirgan Jaehyuk ogohlantirib o'tirmay rulni boshqaruvsiz qoldirib orqa o'rindiqqa sakrab o'tdi. - Tezroq bo'ling !!

Aera ham bu safar ikkilanmay rulga o'tirdirdi. Qo'lidagi og'riq huddi atayin qilgandek endi tanasiga tarqashni boshladi. Iloji boricha chidashga harakat qilgan sari, bu imkonsizdek tuyilardi.

Jaehyuk to'pponchani qayta o'qlab tezlik bilan, birin ketin har bir mashinaning boshqaruvchilariga o'q uzarkan, bari hech qanday yanglishsiz nishonga tegdi.

- Kang xonim, ahvolingiz yaxshimi ?! - iloji boricha ishini tez bitirishga uringan yigit, ko'zlari yumilib ketayotgan qizga yuzlandi. - Faqat uxlab qolmang, kuchli bo'ling xonim. Oz qoldi, men bu la'natilarning barchasini o'ldiraman !! Uxlab qolmasangiz bo'lgani.

- Jaehyuk... - bazo'r shivirlay oldi qiz. Uning rulga yopishgan qo'llari borgan sari astalik bilan bo'shashardi

Yigit so'nggi bor chuqur nafas olib, boshini mashina tomidan chiqardi. Buni poylab turgan odamlar esa birin ketin uning tanasiga o'q uzishar ekan, tanasida naqt 3 ta o'qni his qilgan yigit shock holatiga tushib, bir necha soniya ichida og'zidan qon qusib yubordi.

- Jin ursin.. - uning qorin bo'shlig'idagi yaralariga qarab aytgan so'nggi so'zlari... va u hushini yo'qotdi.


— Davomi bor ...

Author: Reina Kim

Gold fanfics.