January 3

Vanilla

- 4 -

Odamlar ba'zida o'zlarini shu qadar bardoshli qilib tutadilarki, bu harakat aslini olganda ularni ichidan yemiradi. Men ham shunday edim. Yillar o'tib chindan bu kemtikga davo bo'lishni istaydigan insonni topaman deb o'ylamagandim. Bu oddiy emasdi.. Jo'shqinli va qiziqarli.. Shunchaki bari kutmagan joyimdan o'zgarib ketdi.

*

Mashina ichidagi sukunat.. bu jim jitlik qachongacha davom etishi hech kimga ma'lum emas, ammo old oyna orqali qilinayotgan ko'z aloqalari, qaysidir ma'noda bu yer shovqinli ekanini eslatardi.

Taehyung rulni boshqarish barobarida yana orqa o'rindiqdagi qizdan xabar olgandek bo'ldi. U yana bir bor old oyna orqali unga qaradi va nigohlar bir birini tutib oldi.

- Orqa o'rindiqda ham xavf ostidamanmi ?! - kesatiq bilan ensasini qotirdi Aera. Bunga javoban hech qanday so'z demagan yigit deyarli parvo ham qilmadi.

U atayin g'ashimga tegishni hoxlaydi. Har safar savol bersam tayinli javob ololmadim. Hatto meni qayerga olib ketayotgani haqida ham bilmasdim. Lekin, ichimdagi qaysidir hissiyot unga ishonish mumkinligini uqtirardi. O'zimni unga ishonganim uchun ham jim ketishni tanlagandirman balki.. Ammo nega ? Aynan nimaga asoslanib ?! Bular meni chuqur o'ylashga majbur qiladi.

Time skip.

Mashina to'xtaganida kelganimizni tushundim. Kim mashinani tark etdi. Men indamay eshikni ochib berishini kutdim. Lekin u dimog'dor eshak to'g'ri darvoza tomon, meni kutib o'tirmay yurishni boshladi. Qanday madaniyatsizlik ?!

Men ham uyga kirib ketishidan avval tezroq harakat qilib, unga yetib oldim. Istaklarimni unga bildirganimda mayna bo'lishim aniq edi. Shuning uchun ham jim ortidan bordim.

Avvaliga barchasi oddiydek tuyildi. Lekin bu men istagan o'sha haqiqiy "comfort". Xudoyim, minimalizm haqida gap ketganida menimcha tanlovimiz o'xshash. Biz ichkariga kirdik. Birinchi qavat.. kirishim bilan chap tomonda oshxona va o'ng tomonda ovqatlanish uchun stol stullar turganini ko'rdim. Bu yerda xonalar yo'q. Demak, asosiy yashash joyi tepa qavatda joylashgan. Uning uyini bir so'z bilan ta'riflash kerak bo'lsa, shunchaki "mukammal" edi.

Atrofga ancha muddat tikilish bilan band ekanimda, menga yo'naltirilgan so'zlarni eshitishim bilan diqqatim bo'lingandek bo'ldi.

- Qahva ishasanmi ? - oshxona mebellari ustida joylashgan qahva mashinasi oldiga kelgan yigit, qiz tomon ko'z qiri bilan qaragancha savol berdi.

- Burbon bo'lsa yo'q demasdim. - atrofni aniqlik bilan kuzatayotgan Aera, yigitning taklifini rad etgandek stulga o'tirdi.

- Diding nozik.. - labi chetida kulib qo'ydi Taehyung. - Ichimlik ichmayman. Bugundan boshlab sen ham.. - qo'shimcha qilib, mashinani ishga tushirdi.

- Adashmayotgan bo'lsam, bir paytlar viskini yoqtirarding.. - qiz bir qoshini ko'tarib bilganlarini eslashni boshladi. - Dadam bilan telefonda gaplashgan vaqtim sen hizmatkordan viski so'rading va men buni eshitib qoldim.. menimcha bu o'tgan yil edi.. doim uning oldida bo'lgansan !! Sen bilan bog'liq sirlar, meni tahlikaga solib qo'ydi. Kimsan o'zi, nega bunday qilyapsan. ?!! - hafsala bilan savol berayotgan qiz va.. uning so'zlariga e'tiborsiz ravishda o'z ishida davom etayotgan Taehyung.

- Ichishni tashladim. - dedi yigit, qahvani stakanga quyish barobarida. U shunchaki javob berishni istamasdi. Hoxlaganicha bundan qochishni tanlayapti.

- Jin ursin, menga hoziroq burbon topib ber. - qattiq asabiylashgan qiz, istagini ma'lum qilib, Taehyungning oldida qolishni hoxlamay uyning boshqa xonalari tomon sayr qilishni boshladi. U baribir hech narsani aytmaydi..

Aera tepa qavatni ko'zdan kechirish uchun u yerga chiqdi. Bir qancha xonalar.. uning e'tiborini aynan markazda joylashga eshik jalb qila oldi. Eshik ochildi.. ichkari deyarli qorong'ulikka to'lgan zulmat singari yovuz ko'rinardi. Qora atmosfera.. yotoq qora, atrofdagi devorlar qora, barchasi qora..

- Bu menga yoqdi. - ixtiyorsiz lablariga tabassum yugurgan qiz, u yerga bostirib kirdi. Bu bo'sh xonaga o'xshamasdi. Ba'zi faktlarga ishonib qaralsa, aynan Kim Taehyungga tegishliligi aniq.

- Odatda bu rangni rad etishadi. - orqa tomondan ovoz keldi. Mebel jihozlariga e'tiborini qaratgan qiz ortiga o'girilishi bilan qo'lidagi qahvani ho'playotgan yigitni ko'rdi.

- Aksincha, men qabul qilaman. - chindan ham samimiy tabassum qildi u. - Bu xona meniki bo'lishi kerak.. faqat meniki. - dedi qiz ko'zlarini Taehyungdan uzmagan holda. Yigit bir muddat o'z hayollari bilan ovvora bo'lib, kulib yubordi.

- Bo'lishishimni istaysanmi ? - savol berdi, kulimsiragan yo'g'on ovoz bilan. U Aeraning yuz tuzilishi qanday o'zgarishini sezish uchun tikilib turdi.. va o'zi hoxlagan narsa. Qiz yuzini burishtirib, xonadan chiqish uchun eshik oldiga bordi.

- Xonamni ko'rsat !! - dedi, kinoya bilan. Uning harakatlarini yuzida nim kulgu bilan kuzatayotgan Kim, ikkilanmay Aeraning qo'lini qandaydir yumshoq tarzda tutib xonadan olib chiqdi. U o'z xonasi oldidagi eshikka ishora qilgancha, qizning tanasini o'sha yerga yetakladi. Tutqichga aynan Aeraning kaftlarini ushlatib, uni o'z qo'li bilan ochtirdi.

Eshik ochiq... lekin Taehyung hali ham qizning qo'lini ushlagan.. va ortida nafasini rostlashga harakat qilib, tinch turardi. Aera nima bo'layotganini yaxshi tushunadi. U labi chetida kulgancha, yumshoq ushlangan kaftlarni o'z hukmiga o'tkazib ancha mahkamroq tutdi. Ortiga o'girildi..

- Nima bo'ldi ? - u yigitga ancha yaqin edi. O'yin qilgandek, lablariga qarashni boshlar ekan, nigohini ulardan uzolmasdi. Taehyung hech bir so'z demay, harakatsiz turishda davom etdi. Yigit bilan peshonasini birlashtirgan Aera, hali ham uni qo'yib yuborishni hoxlamasdi.. ohista harakat va qiz yigitning lablariga o'zinikini bosishi bilan bir necha soniya ichida undan ajraldi. - Menga burbon olib kel, sevgilim. - dedi shivirlash bilan.. va xona eshigini yopib qo'ydi.

Hissiyotlari bilan kurashganini aniq sezdim va yengilishini hoxladim. Ba'zida o'z hunarlarimdan lol qolaman. Chindan hissiy tamoyillar bilan o'ynashish qiziqarli. Lekin bir narsani ko'zdan qochirganimni angladim, u chidab bo'lmas darajada kelishkan. Angliyadagi erkaklardan so'ng koreyslarga qiziqib qolaman deb o'ylamagandim. Ammo, o'zini tutishi butunlay ahmoqning o'zginasi.

Eshikning ovozi, yana u kelganini bildiradi. Men sekin eshikni ochdim.

Eshik ochilishi bilan qizning tanasiga zarb bilan urilgan Taehyung, bir qo'lidagi shishani mebel ustiga qo'yib ikki kaftini ham Aeraning yuziga muhrlagancha undan chuqur bo'sa olishni boshladi. Tanalar ihtiyorsiz harakatga kelib yotoq ustiga qulashdi. Yigit qizning tor va kalta kiyimi ustidan tanasining har bir qarichini o'rganib chiqar ekan, lablarini bir zum ham tinch qo'ymagancha, tinmay bor kuchi bilan yutib yuborishga harakat qilardi.

Bari shunchaki tez bo'lib ketganidan Aera hech narsani tushuna olmay qoldi. Taehyung kaftlarini qizning soniga olib borib, ularni siqdi. Ko'zlarini yumgancha ingrab yuborgan qiz, zarb bilan Taeni o'zidan itarmoqchi bo'ldi. U haddan tashqari chuqurlashib ketgandi. Yigit birdan shunchaki hammasini to'xtatdi. Hech narsa bo'lmagandek o'rnidan turib egnidagi kiyimlarini epaqaga keltirar ekan, ko'z qiri bilan qoshlarini chimirgancha, alamli hansirayotgan qizga qaradi.

- Men bilan o'yin o'ynash yaxshi fikr emas, vanilla. - dedi u, noaniq tabassum bilan. - Olib kelgan burbonim yoqadi degan umitdaman. - u xonani tark etdi.

Time skip.

- Nima qilmoqchisan ?! - butun boshli yerto'lani larzaga keltirib qichqirgan qiz nimadir qila olishiga ham shubxa bilan qaray boshladi. Zah polda o'tirgancha qaltirayotgan tizzalarini bag'riga bosib iloji boricha Jungkookga qaramaslikka urinar ekan, huddi buning imkoni yo'qdek unga qo'rquv bilan sekin qarab qo'yardi.

- Sen bilan ishim tugadi Hesu. - yigit hotirjam, qo'rquv bilan kurashayotgan qizning oldiga cho'kkaladi. - Seni omon qoldirishga bor kuchim bilan urindim, lekin har safar o'yinlarimga to'sqinlik qilayotganing g'ashimga tegdi. - u sekinlik bilan, past ovozda gapirarkan, qo'llari qizning ko'zyosh to'lgan yuzini siypalagancha mayin harakatlanardi.

- Men hech narsa qilmadim, qasam ichaman.. - iltijo qilgan qiz, yigitdan shavqat kutardi. U tushkunlashib, gap nima haqida ketayotganini tushunmasdan kechirim so'rashdan to'xtamadi. Lablari titrab, sevgilisining avval ochilmagan qiyofasidan cho'chirdi.

- Tsh, azizam. - dedi Jungkook barmoqlarini qizning lablari ustiga bosib. - Bilaman, begunohsan.. afsuski o'yindan chetlashish vaqti keldi. - u qo'rqinchli ko'zari bilan qizga oxirigacha qarab turdi. Yerto'ladan chiqish uchun o'rnidan turarkan, qizning navbatdagi so'zlari uni joyida to'xtatdi.

- Sevgichi ?! - o'zida, bazo'r kuch topgan Hesu, ko'zidagi tomchini artdi. - Men bilan his qilganlaring yolg'onmidi ?! - u faryod solishga tayyor, lekin unday qilolmasdi.

- Hali ham tiriksan.. hulosa chiqarishing mumkin. - dedi yigit ortiga qaramasdan. U xonani tark etdi. So'zining asl mohiyati ham mavhumligicha qoldi.

Meni ikkilanishsiz tashlab ketayotgan sevgilimga yosh to'lgan ko'zlarim bilan termular ekanman, shunchalik ojiz ahvolga kelganimdan nafratlana boshlagandim. Qo'limdan hech narsa kelmasdi, hatto u aytgan o'sha gaplarni ham hazm qilolmasdim. Qanday qilib bular haqiqiy bo'lmasligi mumkin ?! Ishonmayman, bu chindan yolg'on emasdi. Iliqlik his qilganimni aniq eslayman.

Bu sovuq yerto'laga qamaldim.. men sevgan erkak buni qanday ravo ko'rdi ?! U hayotimning asosiy mazmuni edi. U uchun barchasini qurbon qildim, hammasini so'ssiz bajardim.. jin ursin, lekin mendan foydalanishi uchun ham o'zim imkon yaratdim.. Hayotimizdagi barcha ko'rgulikka aynan u va mening la'nati segim aybdor. Endi nima qilaman.. bu aybdorlik hissi bilan qanday yashayman..

Time skip.

Kun sovushga ulgurdi, sababi allaqachon tun kirgan. Xonasidan tashqariga chiqmagan Aera bir necha soatlar avval Taehyung uyni tark etganini derazadan ko'rdi. Lekin qimir etgani ham yo'q. Balki bu qochish uchun takrorlanmas imkon bo'lgandir.. foydalanilmagan so'nggi imkon..

Qiz allaqachon shishadagi burbonni tugatgan. O'zida kuchli mastlikni sezarkan, pastga tushib buni to'g'irlash uchun gazlangan limonli suv ichdi.

U uy kichkinaligini fahmladi. Xonalar kam. Hammomni izlash uchun hamma yoqni ko'zdan kechirib chiqdi, Taehyungnikidan tashqari albatta. U o'sha zulmat bosgan yerga kirdi va izlaganini topdi. Uydagi yagona yuvinish xonasi Kimning yotoq xonasida.

- Bu yanada qulay. - tirjaydi qiz lablarini tishlagancha. U ikkilanishsiz ayyorona kulgu bilan ichkariga kirib ketdi.

Oradan 30 daqiqa o'tar o'tmas hammom eshigi ochilib, Aera chiqdi. Egnida Taehyungning sochig'i, sochlari esa nam, yoyilgan. U qaysidir ma'noda xonada Taehyung bo'lishini kutgandi. Bu ahmoqonaligini sezib tursada, ichidagi shayton avjlanadi.

U o'z xonasiga kirganida, yotoq ustidan ba'zi yangi narsalarni topdi.. Keng fudbo'lka va ishton..

- Hm, e'tiborli erkak.. perfect. - shivirladi qiz ko'zguga qaragancha fudbo'lkani o'ziga moslash barobarida.

Ko'nglimdagidek kiyinib bo'lib pastga tushdim. Aslida Kimning kelgani, men uchun tayyorlagan kiyimlaridan ma'lum edi, lekin bu hid.. aysh burnim bu hidni aniq sezyapti. Qadamlarimni tezlashtirdim.

Oshxonada, gaz plitasi oldida fartuk taqgan Kim Taehyung.. bu sahnani ko'raman deb o'ylamagandim. Yetmaganidek hali rasmiy kiymini almashtirmagan. Men unga yaqinlashdim va o'zim sog'ingan ramyon hididan to'yib hidladim. Menimcha u kelganimni sezdi va e'tiborsiz qarab qo'ydi.

- Angliyada ham yarim tayyor ramyonlar sotilishiga ishonchim komil. - dedi, u taomni chuqur idishga solish jarayonida.

- Men tayyorlashni bilmasdim. Umuman olganda hech narsa pishirishni bilmayman. - fikru hayolim ta'm haqida ekani uchun Taehyungga unchalik ham e'tibor bermay, birinchi solingan ramyonni o'zimga oldim. Qanday qilib bunchalik tez harakatlanganimni bilmayman, lekin chindan ancha tez uni stolga qo'ydim.

Jin ursin. Sanqichi olmaganimni sezdim. Lekin unga qaraganimda ikki juft tayoqchalar bilan qarshimga o'tirganini ko'rdim. Birini menga uzatdi, ikkinchisini o'zi ushlab taomini yeyishni boshladi.

Men u tayoqni qanday ushlaganini ko'rdim va buni takrorlashga urinib barmoqlarimni har qanday holatga aylantirar ekanman, u menga ko'z qiri bilan qaraganini sezganimda o'zimni huddi taomni aralashtirayotgandek ko'rsatdim.

- Ushlashni bilmaysan !! - dedi Kim, bor e'tiborini aynan menga qaratib. Uning mazxaranomus so'zini eshitar ekanman, men deyarli portladim.

- La'nati tayoqlar. - asabiy shivirlab, o'ylab ham o'tirmay ularni xona bo'ylab uloqtirib yubordim. Chindan bu nasli koreys bo'lgan qiz uchun uyatli holat ekanini his qildim va bu meni achiqlantirdi.

- Nega bunchalik ahmoqsana, vanilla ?! - dedi, u ma'nosiz mazxaralab.

- G'ashimga tegishni bas qil.. och emasman !! - qat'iy gapirgan qiz, bu yerni tark etish uchun o'rnidan turdi. Taehyung ancha jiddiylashdi.. uning jag' suyaklari faollashib bir biriga mahkam siqildi.

- O'tir. - tishlari orasida gapirdi u.

- Hoxlamagan ishimni qilmayman. - Aera bosh egishni istamaydi. U zina oldiga kelganida yigit g'azab bilan stolga musht tushirdi. Sokin uy bo'ylab jaranglagan bu baland ovoz ta'sirida to'xtagan qiz ensa qotirib ortiga qaytdi.

- Nima ?! - so'roqli qarash qildi u.

- O'tir azizam. - dedi Taehyung, achchiqli tabassum qilib. Aera uff tortib joyiga joylashar ekan, ichidagi qaysidir alamli hissiyot asta bosilishni boshlagandi. Yigit o'rnidan turib oshxona tortmalarini kovlashni boshladi. U qoliga qoshiq va sanqichini olib uni Aeraga uzatdi.

- Ol va oxirigacha ye. - u jiddiy qiyofa bilan qizning ko'zlariga chuqur qaradi. Bir necha soniya gangib qolgan qiz ko'zlarini pirpiratib turishda davom etdi. Jiddiy qo'pollik.. yigit uni o'z hukmiga bo'ysundirishni hoxlaganini sezdirib turardi.

- Nega bunday qilyapsan ?! - Aera qoshini chimirib, uning qo'lidagilarni zarb bilan tortib oldi. - Buyruq berishni bas qil !! - dedi, sanqichini stolga urish barobarida. U tishini tishiga botirib, g'azabini so'ndirishga urindi. Lekin foydasiz. Hayolidagi yagona ish hozir shu qo'lidagi sanchiqini Taehyungning bo'yniga joylash..

- Meni o'ldirishni tasavvur qildingmi ?! - dedi u go'yo qizning ko'zlaridan, hayolini o'qigandek. Xonani to'ldirib kulgan erkak ovozi.. Taehyung o'rnidan turib stol ustidan qizning yuziga yaqinlashdi. - Shayton o'lmaydi, vanilla. - yuziga iblisona kulgu yugirtirgan yigit, qarshisidagi qizning qo'rquvini his qilishni istadi. Lekin, buni topish imkonsiz.. qiz unga e'tiborsiz tikilib labi chetida kuladi.

- Shaytonni jahannam o'ldiradi, Janob Kim.. Men o'sha jahannam bo'laman. - dedi u lablarini tishlagancha, ko'zlarini qisish barobarida. Yengilmaslik.. bu his Aeraning qon qonigacha singib ketgan. U mamnun idishdagi taomini erkakning ko'zlaridan nigohini uzmay hidladi. - Yoqimli ishtaha..

- Shayton va Do'zah hm.. - lablarini bukkan Taehyung, boshini shift bo'ylab yuqorilatdi. - Bu takrorlanmas kobinatsiya, vanilla..

Time skip.

Osmon qorong'u bo'lishiga qaramay hira bulutlar uni to'sgan. Atrof sokin, shamol ta'sirida daraxt barglarining shitirlashi eshitiladi. Jungkook ularni tomosha qilishni yoqtiradi. Qo'lida o'zi yoqtirgan markali tamakisi bo'lsa yetarli. Lekin bu manzarani yomg'ir tomchilari buzishga urinardi. Kuz ohirlagani sabab endi ko'p yog'ingarchiliklar sodir bo'ladi. Bu tabiiy holat.

Yigit yondirgichni faollashtirib sigarasini tutatdi. U hovlisidagi yopiq maydonda o'tirishni yaxshi ko'rardi. Hozir ham bundan mustasno emas..

- Chekma degan bo'lardi. - o'ziga o'zi gapirdi Jungkook, tutun chiqarayotgan tamakiga termulib. - Lekin hozir buni vaqti emas.. tuyg'ularga berilish uchun qulay payt emas.. - chuqur xo'rsinish..

U o'zini cheklagani bilan baribir Hesuga nisbatan biror nimani his qiladi. Qanchalik tan olmasin, lekin inkor eta olmaydi. Hozir ham tamaki ko'ngliga sig'may, uni shunchaki yomg'irli tuproqqa uloqtirib ichkariga kirib ketdi. U sevgilisiga yegulik tayyorlab, yerto'laga tushdi.

Eshik qulfini bo'shatar ekan, bir zum qimirlamay to'xtab qoldi. Hayolidagi narsa "jiddiylik". U o'zini jiddiy ko'rsatishi kerak. Eshik ochildi. Butun yerto'lani g'ichirlaga ovoz qoplar ekan, atrofning zulmatga cho'mgani sabab hech narsa tayinli ko'rinmasdi. Jungkook bundan biroz havotirlanib chiroqni yoqdi.

- Hesu.. - shivirladi yigit, yerdagi jonsiz tanani ko'rib. U hayratdan qo'lidagi buyumlarni tushurib yuborar ekan, qoshlari ko'tarilib, lablari titrashni boshladi. - Hesu.. - u yana qizni chaqirdi. Qadamlarini rostlab qiz tomon yaqinlashar ekan, qanday qilib cho'kkalaganini o'zi ham sezmay qoldi.

Hesuning yuzi paxtadek oqarib ketgan, peshonasidan sovuq ter oqardi. Jungkook uni bir urinishda qo'liga ko'tarib bu zah xonadan olib chiqdi.

- Itimos.. - u nima uchun iltijo qilayotganini ham anglamay tinmay shu so'zlarni takrorlagancha qizni yotoq xonaga olib kirib, ohistalik bilan yotqizdi. Ustini par ko'rpa bilan yoparkan, peshonasiga kaftini bosganida qizning isitmasi borligini payqab shoshib qoldi.

- Men nima qildim, jin ursin. !! - og'zidan o'zini la'natlagan so'zlar ufurib chiqardi. Buni nazorat qilish imkonsizdek.. Jungkook hammomdan namlangan sochiq olib chiqib sevgilisining peshonasiga bosdi. Hesuning biroz avval titrayotgan tanasi ancha tinchlandi, u tinch uxlashni boshlagandi.

- Meni kechir.. La'nati g'azab meni majburladi. Zarar bermoqchi emasdim. - u chuqur xo'rsindi va ko'zlarini yumdi.

Time skip.

Allaqachon tong otgandi. Negadir bu xonada yaxshi uxlolmadim. O'zimni qancha majburlasam ham ko'zlarim tin olishni hoxlamasdi. Balki o'zimni begona his qilganim uchundir.. chindan murakkab. Albatta bir kishiga mo'ljallangan bu uyda o'zimni ortiqchadek his qilishim tabiiy. Bu yerda hatto tish cho'tkam ham yo'q.

Chuqur ho'rsinish bilan o'rnimdan turdim. Telefonim ham kecha uyda qolgandi. Hech bo'lmasa shu bilan o'zimni ovutgan bo'lardim. Hullas nima qilishni bilmagan holda xonamdan tashqariga chiqdim va ko'zlarim oldimdagi xona eshigiga tushdi. Yuzimga yana g'alati kulgu yugirdi. Eshikni taqillatdim, menimcha Taehyung hali ham uxlardi.

- Kir. - dedi, u g'inshib. Uning ovozi uyqisiraganida yanayam yo'g'on eshitilishini sezgancha, eshikni ochib ichkariga kirdim. Taehyung yotoqda yostiqni quchib uxlardi. Uning yarim ochiq tanasiga qarar ekanman, tanamda hasharotlar yurgandek seskanish his qildim.

- Haligi.. men yuvinish xonasidan foydalanaman. - pastki labimni tishlarim bilan qisib, ma'lum qilgancha yuvinish xonasiga kirdim.

Jo'mrak yuqorisidagi ko'zguga, ya'ni o'z aksimga tikildim. Aysh, jin ursin pardoz qilish yodimdan ko'tarilibdi. Sochlarim ham to'zg'igan bir ahvolda. Yetmaganidek egnimdagi bu qop.. jin ursin. Men tanib bo'lmas ahvolda edim. Kang Aera haqiqiy "Lady". Men o'zimni bu holatda tasavvur qila olmasdim. Asabiylashib ketar ekanman, ko'zgu oldidagi buyumlarga ko'zim tushdi.. qora rangli taroq, o'sha rangdagi tish cho'tkasi va pasta.. Yana miyyamga kelgan bu hayol meni bezovta qilib, kuldirdi. U shundoq ham meni o'pgan !! Shunchaki hech narsani bilmaydi.

Mamnuniyat bilan uning narsalaridan foydalandim. Tish yuvish vositalaridan foydalanib bo'lib, tarog'i bilan sochimni taragancha, biroz yaxshiroq qilib turmaklashga urindim. Menimcha hozirgi holatim ancha yaxshilandi. Bir necha daqiqa o'tib xonadan chiqdim.

Chiqganimda ko'zlarim Taehyungni qidirdi va uni javon oldidan topdim.

- Bugun uyimga borishim kerak. - dedim to'sattan so'z boshlab.

- Nega ?! - u javonni yopish barobarida shubxa to'lgan nigohlarini menga qaratdi.

- I'm a girl, so.. I can't use your all thing. ( Men qizbolaman, shunday ekan hamma narsangdan foydalana olmayman. )

- Sotib olamiz. - uning bamaylixotirligi, ayniqsa gaplarimga jiddiy qaramayotgani g'ashimga tega boshladi. Nima bir gapni tushunish shunchalik qiyinmi ? Yoki u chindan ahmoq.

- Taehyung, qochib ketishimni istamasang meni o'zing olib borasan !! - tahdidli qarash qildim unga. Taehyung gaplarimga monand o'zida soxta qo'rquv yasagancha mazaxlab menga yaqinlasha boshladi.

- Yaxshi, unda kiyin. Agar o'zim olib bormasam aniq o'lib ketasan !! - yana uning kesatiq so'zlari quloqlarim ostida bong urar ekan, qiziqqan savollarim javobsiz qolayotgani yodimga tushishi natijasida ancha qizishib ketdim.

- Allaqachon jonimga tegding, hatto nimadan qochayotganimni aytmading. Yoki asabimga tegishni bas qil, yoki shunchaki meni tinch qo'y, ablah..

- Asabiylashma sevgilim.. hammasi nazoratim ostida. - Taehyung ertalabdan tutashni boshlagan Aeraga qarab mamnun tabassum qildi.

- Jin ursin seni..

Davomi bor...

• Keyingi qismlarda :

- Uni sen o'ldirgansan.. sen qilding buni Taehyung !! - dedi qiz butun uyni larzaga keltirib baqirgancha. Yigit hech narsaga tushunmay atrofga qaradi. Xona burchagida esa qonga belangan ayol kishi jasadi yotardi.

Author: Reina Kim.
Gold fanfics