Vanilla
Havo biroz salqin. Bu tunggi yomg'irdan keyingi holat. Biroz namiqqan tuproq va shudring oralagan daraxt barglari. Ifor o'zgacha.
Soat millari 10:17 ni ko'rsatardi. Uyqudan uyg'ongan qiz o'rnidan turishni istamas, qimirlashni ham hoxlamasdi.
- Demak kechagi holat tush emasdi. - dedi ohista pichirlab. - Bu yerda uxlamaganim esimda. - u chuqur uh tortib hissiyotlarini jilovlashga harakat qildi.. U o'rnidan turishga qaror qildi.
- Xonim. - chaqirdi hizmatkor. - Mehmoningiz bor. Kim Taehyung. - bu ismni eshitishi bilan ayolga tushunmagandek qaragan Aera adashmayotkanini tushunishga urindi.
- Kim ? - so'radi hayron ifoda bilan.
- Kim Taehyung. - dedi ayol so'zini qayta takrorlab.
Aera bir necha soniya davomida hayollari bilan qoshlarini chimirib bu yerdan yiroqlashgandek ko'rindi. U nimanidir sinchiklab o'yladi.
- Lee xonim. - murojaat uchun biroz jiddiylashdi qiz. - Bu Janob qo'rg'onga tez tez kelib turarmidi ? - shubhali ohangni yaratgan qiz biroz hayajonga tushgan hizmatkorga qarab bu yerda nimadir xato ekanini sezgandek bo'ldi.
- Meni kechiring xonim. - tahlikaga tushgandek hayajonladi ayol. - Lekin bu haqida hech narsa deyolmayman. - ko'zlarini olib qochib qo'llarini tinmay bir biriga ishqaladi. Buni zimdan kuzatgan qiz ancha narsani payqadi.
- Menga qarang Lee xonim. Men qo'pol qiz bo'lishni hoxlamayman. - qarshisidagi hizmatkorga yaqinlashgan Aera soxta, ammo yoqimli tabassumi bilan so'zida davom etdi. - Lekin nima ham qila olardim ?! Afsuski men otamning qiziman. - bu safar u keskin harakat bilan hatto o'ylab ham o'tirmay ayolni bo'g'izladi.
-Xonim. Iltimos bunday qilmang. - nafasi qisilishni boshlaganida Lee xonim o'z shaxsiyatini ma'lum qilgandek butunlay qimirlashdan to'xtay olmay qoldi.
- Men atrofimda sotqinlar bilan yashashdan ko'ra ularni kiprik qoqmay o'ldirishni afzal ko'raman. - dedi yuzida yovuz qiyofani yaratib. - Yoki sizni kim majburlaganini aytasiz, yoki joningizni og'riqli tarzda sug'urib olaman. Ishimni shunchalik mukammal bajaramanki, o'ligingizni hech kim topa olmay qoladi.
- Kechirasiz xonimlar.. - xonaga kirib kelgan erkak Aeraning qilayotgan ishini hech qanday ifodasiz kuzatib turgancha oraga suqulishni istadi. Shunga qaramay ichi vajohatga to'lib ulgurgan Aera ayolni qo'yib yubormagan holda Taehyung tomon yoqimli tabassum bilan qaradi.
- Ohh iltimos menga nosog'lom emasligingizni ayting Ms Aera.
- Aslida unday emas Janob Kim. - qoshlarini yuqoriga ko'targan qiz qo'lini yanada qattiqroq siqib, ayolni ingratdi. - Ruhiy sog'lig'imda muammolarim talaygina.
- Xonimni qo'yib yuboring. - erkak biroz jiddiylashib ayollar tomon qadam bosdi.
- Yana bir qadam ! - ovozini balandlatdi qiz. - Arteriya qon tomiri butunlay to'silib qoladi !
- Nega endi savollarni o'zimdan so'ramaysiz ? - qizning so'zlariga ahamiyat bermagan Taehyung yurishda davom etdi.
- Men sizni ogohlantirdim. - Aera yana kulib barmoqlarini bor kuchi bilan botirdi va ularni bo'shatdi. Tanasi butunlay nazoratdan chiqib ketgan ayol devordan sirpanib yerga quladi.
Kim Aeraga qarab beihtiyor qoshlarini ko'tardi. U navbatdagi harakatida hizmatkorning oldiga borib yurak urishini tekshirdi.
- Havotirga o'rin yo'q. - mensimay kuldi qiz. - U shunchaki hushini yo'qotdi.
- Xavfli qo'g'irchoq. - achchiqlanib kuldi Taehyung.
- Siz ham o'lgingiz keldimi ?! - tahlikali so'zladi qiz.
- Aksincha. - u o'rnidan qo'zg'alib qizning ochiq yelkalari bo'ylab barmog'ini yurgizdi. - Bu xonimchaga qiziqishim ortgani uchun ham yasharman balki.
- O'rningizda bo'lganimda keskin harakat qilmasdim. - manmanlik ifodalangan qiyofa va Aera bor kuchini to'plab erkakning barmog'ini ushlab qayirmoqchi bo'ldi.
- Har qanday zaharli mavjudod yirtqichning oldida ojiz. - dedi chaqqonlik bilan o'sha qo'li orqali qizning belini mahkam siqib.
- Qo'yib yubor. - dedi Aera hafsala bilan. Bir belidagi kaftga, bir qarshisidagi bahaybat erkakka o'lim nigohi bilan qararkan tobora asabiy tomoni kuchayib borardi.
- Sabab ?! - o'ynashgandek tabassum qildi yigit.
Uning so'zini yoqtirmagan qiz lablarini bo'yni tomon olib borib undan kichik bo'sa oldi.
Bundan hayron bo'lgan Kim yuzini qiz tomon burishi bilanoq og'riqdan ifodasini burishtirdi.
- Sss. - dedi u tishlangan bo'ynini qo'li bilan ushlab. Bu orada undan allaqachon halos bo'lgan qiz mamnun jilmayib turardi.
- Hoziroq ketishingiz kerak !! - dedi u qo'pollik bilan.
- Avval erkalab, so'ng og'riq berishmi ?! - hali ham burushgan yuzini tiklamagan yigit itoatsizlik bilan so'zladi. - Ajoyib. - mamnun irshaydi u.
- Kecha uyimdan nimani qidirganingizni bilmayman. - Aera yigitni biroz siquvga olishni hoxlab, mavzudan chetlashishga qat'iy kirishdi. - Balki bilishim kerakdir ?! Nima deb o'ylaysiz. - qizning yuziga noaniq bo'lgan kulgu yugurdi.
- Yaxshi ketaman. - dedi Kim taslim bo'lgan insondek kaftlarini ko'tarib. - Faqat savollarimga javob topishni hoxlayman.
- So'rashingiz mumkin. - qiz ohista yigit tomon yaqinlashib, uni aniqroq tinglashni istadi.
- Oldin hizmatkoringizni gumdon qilish kerak. - Taehyung qoshlari bilan polda yotgan ayolga ishora qildi. - Xavfli qo'g'irchoq haqida hech kim bilishini hoxlamayman. - dedi u sekin qizning quloqlari tomon egilib. - Faqat men.. yolg'iz o'zim bilishim yetarli. - shivirladi u qo'rqinchli ovozda.
Bir necha daqiqadan buyon mehmonlar uchun mo'ljallangan xonada qahvani shunchaki ichib o'tirardik. Kutilmagan holatda, noqulay hissiyotlar bilan..
Bu ahmoq nimalar qilayotganini tushunish qiyinlik qilardi. Borgan sari bu meni o'zim istamagan hayollarimga olib kirishni boshladi. Undan shubhalanishni butun vujudim hoxlardim. Chunki chindan barchasi g'alati boshlanib, huddi shunday davom etmoqda.
- Endi rasmiy suhbat olib borish uchun ajoyib atmosfera. - dedi u menga yana o'sha yoqimsiz tabassumini ko'rsatib.
- Kalitni kim berdi ?! - o'zimni qiziqtirgan savolni berishim bilan uning mavhum gaplarini hoxlamasligim haqida ma'lum qilgandek bo'ldim. - Men butunlay tushunarsizlikka cho'kyapman !! Siz kimsiz ?! Bizning oilaga qanday aloqangiz bor o'zi ?! - haqiqatdan boshqaruvni yo'qotib ichimdagilarni saqlab turolmadim. Bu safar men chindan o'zimni sezdirib qo'ydim.
- Yo xudoyim. Menga savolingiz ko'p. - u o'zini hayratga tushgandek ko'rsatishga urinardi. - Lekin savolni faqat men bera olaman. Ya'ni boshidan shunga kelishdik. - labi chetida jilmayib, o'ng ko'zini qisib qo'ydi. Bu odam aniq masxarabozning o'zi edi.
- Demak.. mashinadagi holat.. - biroz jiddiylashgan yigit qaddini rostladi. - Meni avvaldan tanigan bo'lsangiz.. nega o'yin qilishni hoxlab qoldingiz ?! - savolni yakunlab, finjondagi qahvasini mendan ko'z uzmagan holda ho'pladi.
- Aslida bu o'yin emasdi. Men sizni chindan tanimasdim.
- Boshimni qotirishni bas qilib menga faqat rostini gapiring !! - Taehyung chindan jiddiylashib, tishlari orasida qandaydir jaxl bilan buyruq berdi.
- Hullas men hech qachon yengilishni istamayman. Shunchaki mashinangizda ismingiz yozilgan hujjatga ko'zim tushdi va nazarimda sizni qattiq o'ylanishga majbur qila oldim. - ichimdagi hursandchilikni yashira olmay mamnuniyatimni ochiq aks ettirdim.
- Bu yomon. - kulib yubordi u. - Lekin chindan bu haqida ancha o'yladim. - achchiqlanish bilan lablarini tishlagan yigit, chuv tushganini tan olib boshini pastga egdi. - Keyingisi.. Nima sizni bu uyga aynan men kirganimni aytishga undadi ?!
- Kim Taehyung. Men iforlarni juda yaxshi ajrata olaman. - uning ko'zlariga tik qaraganimda, menga e'tibor bilan tikilganini sezdim. - Kecha tunda divanda uxlab qolganimni aniq eslayman. Meni ko'targaningizda hidingizni allaqachon eslab qolgandim. Bo'yningizdagi uchun uzur, bu shunchaki ishonch hosil qilish uchun edi. - yana mamnuniyat ila tabassum.
- Jin ursin. Asabiylashyapman. - ko'zlarini yumib peshonasini silagan erkakka tikilib, faqat zavqni his qila olardim. Men bilan o'yin o'ynashni hoxlagan insonning ustidan hukmronlikka erishish, chindan meni baxtli qiladi.
- Asabiylashmang. - mazharanomus ovoz bilan hamdardlik bildirgandek bo'ldim. - Shunchaki o'zingizdan aqlliroq insonni uchratish qiyinlik qiladi. - bor vaznimni kresloga suyab, oyoqlarimni chalishtirganimda uning haqiqatdan g'alati ahvolga tushganini ko'rdim.
- Buni inobatga olaman. - dedi go'yo mensimagandek. - Menga so'nggi 5 yillik savdo haqidagi hisobotlar kerak. - uning so'zidan so'ng qoshlarim o'z o'zidan chimirilarkan, nigohim qat'iylashib, endi uning maqsadini bilishga oz qolganini ko'nglim sezdi.
- Shoshmang. - uni to'xtatdim. - Bu nimani anglatadi ? - aniqroq javob olish uchun urinar ekanman, bu safar ichki hissiyotlarim meni aldamasligini hoxlagan bo'lardim.
- Shunchaki hisobotlar !! Boshqa hech narsa.. - u menga shubhali qarab, ehtiyotkorlik bilan gapirishni boshladi.
- Yashirinib shuni qidirgan bo'lsangiz.. demak bu men bilishim kerak bo'lmagan qog'ozlar. - deyarli tushunganimni ochiqladim. - Oh rahmat, men ishni aynan nimadan boshlashni tushundim. - dedim qasosli ovozda.
- Ular bu yerda emas !! Kimda bo'lishi mumkin ?!
- Jeon Jungkook. - huddi to'k urgandek miyyamga kelgan ilk ismni og'zimga oldim. - Ha aynan u !! - dedim, aniqlik bilan. - Lekin urinishingiz xato. Hujjatlarni birinchi bo'lib aynan men qo'lga kiritaman. - yuzimga yovuz kulgu yugurar ekan, qashimdagi erkak allaqachon tund qiyofaga kirgandi.
- Men bilan jiddiy masala bo'yicha bahslashish to'g'ri emas ! - dadi Taehyung chuqur ovozda.
- Buni sinab ko'rishni istayman !
- Xavfli qo'g'irchoq. - u meni asabiylashtirish uchun yana mazxaranomus kuldi. - Seni o'ylab ham o'tirmay yakson qilishim mumkin. - dedi kreslodan qo'zg'alib. O'limni eslatadigan nigohini mendan olib qochmagan holatda yaqinlashar ekan, bu orada shunchaki sukut saqladim. - Lekin bu unchalik ham qiziq emas. - so'nggi yovuz shivirlash..
Nega hech narsa demaganimni tushunishga ulgurmasimdanoq u qadamlarini tezlashtirib xonani tark etib bo'lgandi.
- Ahmoq !! - biroz asabiylikdan qiynalganim uchun ovozim boricha baqirib yubordim. Xona bo'ylab o'z ovozim bong urarkan, nafas olish tartibim buzilib ancha tezlashib ketti.
Keng va qaymoq rang tusdagi yotoq xona.. o'rtadagi yotoq butunlay ikki sevishganning quchog'i bilan to'lib ulgurgan. Hesu bir muddat shiftga o'zining achinarli nigohlari bilan termulib yotardi.
- Jungkook. - dedi ohista pichirlagancha, uning uyg'onishiga umid qilib.
- Mm.. - yigit uyg'oq, lekin shunchaki ko'zlarini yumib yotganini isbotladi.
- Bugun advokat qo'rg'onga keladi. Tayyorlanamizmi ? - so'radi yoqimli ohang bilan.
- Men ancha tez tayyorlanaman. - u hali ham ko'zlari yumiq holatda yuzida tabassum bilan javob berdi. - Sen esa 1 soatga kechikding. Vaqtliroq harakatni boshlashing kerak edi.
- Shu vaqtda ham hazilni qo'ymaysan. - o'zini biroz hotirjamdek his qilgan qiz ham yigitiga qo'shilib tabassum qildi. U Jungkookning hotirjam uyg'onishini kutmagani uchun ham so'zini ehtiyotkorlik bilan boshlagandi. Endi esa hammasi yaxshi..
- Bu hazil emas. - o'rnidan qo'zg'algan yigit qizning ustiga bostirib kelishni bishladi. - Bu sen haqingdagi faktlardan biri azizam. - uning ehtirosli nigohlari Hesu tomon yaqinlashib, lablarini unikiga bosdi. Qiz buni hoxlasada qiqirlab kulgancha yigitning ko'ksidan itarardi.
Oynaga qaragancha pardozini deyarli tugatayotgan qiz, ko'zgu orqali yigitining telefonda kim bilandir xabarlashib o'tirganini payqadi.
- Qaysi rangni tanlaysan ?! - so'radi Jungkookning e'tiborini tortishga urinib.
- O'zingga yarashganini tanlayver.. - u ko'zini telefonidan uzmay javob berdi. Hafsalasi biroz buzilgan qiz ortiq gapirishni hoxlamay och pushti rangli bo'yoqni tanlab uni surtdi.
- Tayyorman. Balki endi e'tiboringni menga qaratarsan ?! - qiz o'zi anglamagan asabiylik bilan Jungkookning qarshisiga turdi. Yigit uning so'zidan ajablanib nigohini telefonidan olarkan, ikkilanish bilan bir qoshini yuqoriga ko'tardi.
- Hesu. - chaqirdi u tushunarsiz qarashlar bilan. - Menga zarda qila olmaysan, buni juda yaxshi bilishingga ishonaman !!
- Charchadim. - uning xo'rlangan, jabrdiyda ko'rinishi ma'lum bo'lgandek qat'iyligi sustlashdi. - Bularning bari ko'ringanidek yaxshi emas. Sen o'zgarding. - Hesu o'ylab ham o'tirmay xonadan chiqib ketmoqchi bo'ldi.
- Hali tugatmadik. - erkakning bosimi qizning qo'llaridan mahkam tutib uni o'ziga qarashi uchun majburladi. - Men bilan gaplash. Senga nima bo'lyapti ?!
- Aytaylik hech narsa. - qiz qo'lini yigitdan sug'irib oldi. - Seni tushunish kundan kunga qiyinlashadi. Avvalgidek ochiq emassan. - dedi undan uzoqlashib.
- Hozirgi janjalimiz o'sha la'nati pardozingni debmi ?! - asabdan qoshlari chimirilgan Jungkook ovozini sezilarli darajada balandlatib, qoidani buzgandek qizga yana yaqin keldi.
- La'nati pardozim ?! - achchiqlik bilan yigitining so'zini takrorladi Hesu. - Men tushundim Jungkook. Seni yetarlicha tushundim.
Jungkook bu safar eshikni zarb bilan yopib, xonadan ravona bo'lgan qizni to'xtatmadi. Balki bunga ulgurmadi.
- Endi sening erkaligingga toqat qilishim ortiqcha !!! - dedi nafasini rostlab, xonani tark etish barobarida.
Uning e'tiborsizligi meni shunchalik qiynaydiki, buni qanday izohlash mumkinligi haqida bilmayman. Ichim achishib, ko'zlarim yonib ketadi. Balki biroz oshirib yuborgandirman. Lekin shu vaqtgacha bo'lgan sabrim tugagani uchun oddiy narsa tufayli qattiq ta'sirlandim.
O'ng tarafdagi xonadan chiqib kelayotgan Jungkookga hatto qarashni ham hoxlamay o'rindiqda poyabzalimga ishtiyoq bilan termulib o'tirardim. Men siljimadim, toki u kelib oldimga joylashmaguniga qadar.
- O'tir. - dedi u buyruq ohangda meni qayta o'tirishimga majbur qilib. Agar inkor qilgan taqdirimda ham zo'rlik bilan aytkanini qildirgan bo'lardi.
- Men iloji boricha senga nisbatan yaxshi bo'lishgan urunaman, kelishdikmi ? - keyingi so'zlaridan hayratda qolganimni yashira olmasdim. U asabiy emas. Menga aytgan yumshoq so'zlarini eshitishim bilan ichimda qandaydir hislar o'chib, ba'zilari qayta yoqilgandek tuyildi.
- Harakat qilishing shart emas.. agar tuyg'ularing haqiqiy bo'lsa ular seni qanday boshqarganini sezmaysan.. Lekin ba'zida o'zimni o'rtamizdagi rishtaga shubxa bilan qarashdan boshqa ilojim yo'qdek his qilaman.
- Tushunishing kerak Hesu.. biz hammamiz o'zgardik. O'zgarishimiz kerak edi.. shunday bo'ldi. Buni qabul qilish qanchalik qiyin bo'lmasin, majburmiz. - uning har bir jumlasini e'tibor bilan eshitdim. Lekin nimadir yetishmasdi. Avvalgi mehrli munosabatlarimizga nimadir kamlik qilardi. Buni tiklash endi imkonsiz ekanini tushunganimga ancha bo'lgan bo'lsada, bunga ishonishni istamasdim. Lekin endi ishonaman.. hudbinlik uni o'zgarishga majbur qilgan..
- Yaxshi. - dedim unga mayin tabassum qilib. Chunki tortishish befoyda bo'lishini va keskin qaror chiqarishim hozirgi vaqtni ifloslantirishi mumkinligini o'yladim. Holatni to'g'ri tuzatmasam bu ikkimizni ham yaralashi mumkin ekanini bilardim.
- Kelishib olganimizdan hursandman. - uning tabassum yugurgan lablari peshonamdan bo'sa olish uchun yaqinlashdi. - Juda go'zalsan. - dedi ko'zlarimga chuqur tikilish barobarida. U vaziyatni yumshatishga harakat qiladi va men buni qabul qilishimga ham qattiq ishonadi.
- Menimcha kech qoldik. - qo'l soatimga qarab, ma'lum qilar ekanman uning mamnun qiyofasi biroz burushdi.
- Aysh. Unda birinchi men ketaman. 15 daqiqadan so'ng sen. - dedi biroz asabiy holatda. U egnidagi rasmiy kiymini epaqaga keltirib javob qaytarishimni kutayotgandek menga qaradi.
- Yaxshi. Ehtiyot bo'l Jungkook. - u hoxlagan javobni qaytarib, ikkimiz o'rnimizdan qo'zg'aldik. U ketish oldidan menga o'sha yoqimtoy qiyofasini ko'rsatib so'nggi bor lablarimdan qisqa bo'sa oldi va ketdi.
Ta'sirchanligim sabab ko'pincha munosabatlarimizni yashirin saqlagani jaxlimni chiqaradi. Bu haqida ko'p marotaba gaplashganmiz va doimiy yagona javob " Uning zaif tomoni ekanim. " Go'yoki buni kimdir bilib qolsa unga zarba berish uchun mendan foydalanishadi.
Balki bu haqiqatdir, lekin kimdirning zaif tomoni bo'lish o'zimni ham zaif qiladi. Men uning kuchli tomoni bo'lishni hoxlardim. Ya'ni men sabab unga hech kim zarar yetkaza olmasin. Balki amakim meni shu kuchga munosib ko'rgandir ?!
Qo'rg'onda allaqachon hamma yeg'ilgan. Aynan advokat kelishi uchun mahsus tarzda bezatilgan katta mexmonxonada skunat hukmronlik qilardi. Markazda joylashga katta stol atrofida o'tirgan kerakli insonlar advokat aynan nimani kutayotgani haqida o'ylashdan to'xtay olishmasdi. Chunki ayni hozir o'zgacha daqiqalar.
Kang Aera, Lee Hesu, Jeon Jungkook va advokat.. merosda ulushi bo'lishi mumkin bo'lgan insonlar va buni ma'lum qiladigan inson..
- Salom, xonimlar va janoblar. - eshik tomondan yangragan ovoz jim jitlikka burkangan xonaga sovuqlik olib kirgandek hissiyot tarqatdi.
- U bu yerda qilyapti Janob Choi ?! - o'rnidan turib ketgan Aera eshik oralab kirib kelgan jismdan ko'zini uzmay advokatga savol berar ekan, uning ko'zlaridagi tushunarsizlik tobora chuqurlashib borardi.
- Kang xonim, biroz tinchlanib oling !! - hurmatsizlikni yotirmagan advokat Choi qizning tinchlik saqlashini qat'iy talab qildi.
- Umid qilamanki u otamning nikohsiz yetimchasi bo'lib chiqmaydi. - dedi qiz qo'rslik bilan. Buni indamay tomosha qilgan Kim Taehyung g'alaba qozongandek mamnuniyat bilan aynan Aeraning qarshisiga joylashdi.
- Janob Choi. - Jungkook ham tushunarsizlikka toqat qila olmay so'z boshladi. - Haqiqatdan Kim Taehyung bu yerda nima qilyapti ?! - yigitning bergan savolidan so'ng hamma sukut ichiga burkangan advokatga diqqat bilan termuldi.
- Bilaman bu qabul qilish uchun og'ir bo'lishi mumkin. - Janob Choi so'z boshlar ekan, ichidagi titroqni berkita olmasdi va u so'zida davom etdi. - Ammo Janob Kang butun mol-mulk, shuningdek shaxsiy biznes va ko'chmas yer mulklarini aynan Kim Taehyungga qoldirgan..
Tamom !! Barchasi to'xtab qolgandek hayrat botqog'iga botib ketgan insonlar.. bu kutilmagan burilish edi.