December 1, 2024

Vanilla

- 1 -

Qahvaga qo'shilgan vanilla shakari.. bu o'ylaganingdan ham boshqacha ta'm.

Airaportda bir necha daqiqadan beri turibman. Qo'limda kichik jamadonim men uchun og'irlik qilardi. Hamma narsaga yon bosishim mumkin. Lekin mas'uliyatdizlikks chidolmasdim. Atrofimga qaradim. Haqiqatdan ham gavjumlikdan boshqa narsa yo'q edi. Ammo soniya ichida e'tiborimni tortgan bu soat.. Men uni tanidim va o'sha insonni chaqirishga urindim.

- Hey. - qiz joyida turib o'sha erkakka ishora qildi. - Men Kang Aeraman. - javob olmagach balandroq ma'lum qildi.

Ko'tarilgan qoshlar va hayratga tushgan ko'zlar.. Qiz unga yaqinlashayotgan insonni payqab kiyimini o'z o'rnida to'g'irlab qo'ydi.

- Kang Aera ? - savol nigoh bilan qosh chimirdi yigit.

- Huddi o'zi.. - qiz ortiqcha mulozamatsiz yuklarini yigit tomon surdi. - Tezroq yura olamizmi ?! - dedi hech qanday javob kutmay, allaqachon chiqish eshigi tomon yo'nalib. Yigit esa o'z joyida shunchaki qora rangli jamadonga hayrat bilan tikilib qoldi holos.

Oradan 5 daqiqa o'tar o'tmas Aeroport eshigidan yuk bilan o'sha yigit chiqdi. Buni asabiy kutib turgan qiz yigitning bu darajada hotirjamligidan asabiy havo chiqardi.

- Menga qarang janob. - dedi qiz yigitni o'ziga qaratib. - To'g'ri Seulni yaxshi bilmasligim mumkin. Lekin Koreys tilida ancha tushunarli gapirdim to'g'rimi ?! - bu safar aniq qizning ko'zlaridan o't chaqnardi. Erkak qizga zimdan tikilib, ohista boshini qimirlatdi.

- Marosimga kechikmasligim kerakligini bilasiz.. nega meni noqulay holatga tushiryapsiz ?!

- Vaqtida yetib borishimizga ishonchim komil. - u o'ziga qattiq ishongan holatda gapirdi va mashinasini olib kelish uchun mashinalar turar joyi tomon shoshildi.

Atrofni e'tibor bilan ko'zdan kechirar ekanman, bu yerdagi atmosfera allaqachon meni o'rab olganini his qildim. Bir oz chuqur nafas olaman deganimda qo'l telefonim vibratsiya orqali soniyalik kayfiyatimni buzib yubordi.

- Eshitaman. - sovuq ohangda qo'ng'iroqqa javob berdi qiz.

- Atayin marosim tugashini kutyapsanmi ? - telefon ortidan qo'pol va biroz baland ohang taraldi.

- Yuborgan o'sha la'nati haydovchingiz bu darajada ahmoq bo'lmaganida bunday bo'lmagan bo'lardi !! - u bir zum asabiylashib o'zini yo'qotib qo'ydi. - Men ketyapman, ortiq bezovta qilma. - dedi hotirjamligini qayta tiklab. Qo'ng'iroq yakunlandi.

- Ohh God, people here're very strange !! ( Hudoyim, bu yerdagilar juda ham g'alati !! )

- Yeah, cuz we're Korean. ( Ha, chunki biz Koreysmiz. ) - yo'g'on lekin past bo'lgan ovoz Aerani biroz cho'chitib yubordi. Mashina oynasidan boshini chiqarib javob qaytargan yigitga ahmoqona nigoh bilan qaragancha mashina ichiga joylashdi.

- Ingliz tilida juda yaxshi gapirdingiz. - dedi, ochiqchasiga mulozamat qilib.

- Minnatdorman. - rulda ketayotgan yigit old oynasiga o'tkir nigoh bilan qarab, uni qiz tomon burib qo'ydi.

- Savolim bor. - ikkilanish bilan so'radi qiz. - Qo'lingizdagi soat. Men uni otamga sovg'a qilgandim va buning nusxasi yo'q ekaniga ishonchim komil. - qiz so'zini tugatganida yigit u tomon yana e'tiborli nigohini qaratdi.

- Demak aynan shu soat tufayli yuzlashdik. - yana o'tkir ovoz va tabassum.

- Shunchaki bilishni istadim. Meni otamning harakati lol qoldiradimi yoki sizning ?! - kinoya bilan gapirdi Aera.

- Havotirga o'rin yo'q. Uni o'g'irlamadim. - kulib qo'ydi yigit. - Otangizning o'zi sovg'a qildi. Men uchun maxsus..

- Ishonish qiyin. - dedi ohista pichirlab. - Oddiy hizmatchi uchun bu haddan tashqari qimmatbaho sovg'a. - uning mazharanomus ovozi mashinani qopladi.

- E'tiborli ekaningiz bu safar ishlamay qoldimi deyman Kang xonim ? - savol berdi yigit mashinaning old oynasi orqali qizga tund nigoh bilan qarab.

- Tushunmadim.

- Egnimdagi kiyimni oddiy hizmatchi kiymasligini sezmasligingiz imkonsiz degan bo'lardim. - mashina keskin harakat bilan to'xtadi. U allaqachon qo'rg'on binosida. U old o'rindiqdan ortiga burilgancha qizga yaqin kelib, shubhali nigoh bilan ko'zini qoqmay shunchaki tikilib turdi.

- Kim Taehyung !! - qiz bir qoshini uchirib yigitga yaqinlashdi. - Ko'nglingizga olmang, sizni ko'rishim bilanoq tanidim. - lablarida o'ynoqi tabassum paydo bo'ldi.

U tushish oldidan yigitga qayta qaradi. - Nice to meet you, Mr Kim ! - so'nggi jumla va shu sabab unsiz qolgan yigitning qiyofasi. U allaqachon mashinada yolg'iz edi.

- Hush kelibsiz, kichik xonim. - eshik oldidagi hizmatchi ayol qizga hurmat ko'rsatdi. - Sizni ichkarida kutishyapti. - dedi qo'shimcha qilib.

- Yaxshi. - oddiy javob berdi Aera.
Chinakkamiga zodagonlarning didiga munosib bo'lgan qo'rg'on. Juda ham bashang, haddan tashqari. Qiz ichkariga kirar ekan, atrofni ko'zdan kechirib yuzini burushtirdi. Unga bu yoqmagani aniq sezilib turardi.

Xotirlash marosimi o'tkazilayotgan zalda poshna oyoq kiyim ovozi jarangladi.. Aera gulchambarlar ilingan suratga qarab tinmay yeg'layotgan qizga e'tiborini qaratar ekan, u tomon hotirjam yurib bordi. Atrof to'la qora kiyingan odamlar. Lekin hech biri diqqatini ayni marosimga qaratmagan. Ularga umuman ahamiyati yo'qdek edi. Yolg'iz qizning yig'i ovozi butun boshli xonani titratardi holos.

- Hesu. - opasini chorladi qiz. Ammo u o'zida emasdi. Quloqlari hech bir so'zni eshitmasdi go'yo. - Hesu menga qara. - bir ikki turtqilagandek bo'ldi Aera. Qiz o'ziga keldi. Endi yig'i ovozi eshitilmaydi.

- Kelib ovora bo'libsan. - ko'z yoshini yengi bilan artarkan, titroq bosgan lablaridan bazo'r so'zlarni chiqardi. - Tugatishimizga oz vaqt qoldi. U bilan xayrlashib ol.

- Senda gapim bor. Ortimdan yur. - buyruq ohangi bilan boshqa xonaga o'tdi qiz. Ortidan kelayotgan opasini payqaganida, qadamini tamomladi va u tomon qaradi.

- Amakimni yaxshi ko'rmasligingni bilaman. Lekin dafn marosimida unga hurmatsizlik qilishing xato edi. - chuqur ho'rsindi Hesu.

- Rahmimni keltirishga urunma iltimos. Bunday ulg'ayishimga shu odam sababchi bo'lgan. - e'tiborsizlik bilan kursiga joylashdi Aera.

- Senga gapirish foydasiz.

- Jeon Jungkook shu yerdami ? U bilan gapashib olishim kerak. - mavzuni boshqa tomonga burgan qiz jiddiylik bilan sochini yuqoriga taradi.

- Aynan nima ? - Hesuning yuz ifodasi shunchaki bir zumda o'zgardi.

- Bu ish birdaniga bo'lgani shubhali tuyulmadimi ? Jungkook bu haqida biron nima bilishi kerak. Otam bunday o'lim topganiga ishonmayman.

- Yurak xuruji bo'lgani uchun shubha uyg'otmadi. U nimadir sabab qattiq siqildi. Lekin sababidan xabarim yo'q.

- Bu yerda aniq bir gap bor. Jungkook bilan meni uchrashtira olasanmi ?!

Time skip.

Dafn marosimiga kelgan zodagon mehmonlar tarqab ulgurgan. Qo'rg'onda sukunat hukmron. Faqatgina hizmatchilar atrofni yig'ishtirish bilan ovvora edi. Mehmonxonada qahva ichib o'tirgan Aera o'sha zinalarga qarab biroz hayol surib qoldi.

Flashback. 15 yil avval.

Besh yoshni qarshilagan kichkina malika butun uyni larzaga keltirib hayolidagi saroyda qirollik ishlari bilan mashg'ul bo'lardi.

O'sha kuni u o'zining uchar gilamini sinab ko'rishni hoxladi va krovati ustidagi yopinchiqchi olib zinalar tomon bordi.

U juda ham yosh bo'lgani sabab o'ylab ham o'tirmay zinadan o'zini tashladi. Hayolidagi mo'jizaviy uchar gilam uni qutqara olmadi. Zinadan tinmay dumalayotgan kichkina jussa ohiri yerga quladi.

- Dada ~ - dedi qiz yig'i aralash og'riqli ovozda. Janob Kang shunchaki yiqilgan qiziga ko'z uzmay qarab turardi. - Dada yordam bering.. - bu safar u haqiqatdan ham yig'lab otasini balandroq chaqirdi.

Lekin foydasiz.. u butunlay hissizlik bilan farzandiga yordam qo'lini cho'zmay, o'rnidan o'zi turgunicha ortiqcha harakatsiz qarab turardi.

Comeback.

- Siz shunaqa edingiz. - ohista tabassum qildi Aera. - O'tmishimdagi yovuz qahramon.

- Xonim. - qizning hayollariga nuqta qo'ygan ovoz taraldi. - Hizmatchilar uyni tark etyapti. - ma'lum qildi ayol. Uning so'zlaridan ajablangan qiz qoshini chimirish barobarida ko'zlarini hayron pirpiratdi.

- Shu yerda yashaydigan hizmatchilarchi ? Menimcha qo'rg'onda Song lar oilasi ishlaydi. - savol berib, biroz dovdirab qolgan hizmatchidan javob kutishni boshladi.

- Haligi, ular Janob Kangning o'limidan so'ng uyni tark etishdi. Nazarimda butunlayga.. - hijolat bo'lgandek ko'zlarini olib qochdi ayol.

- Yaxshi. - asabiy labini burdi. - Hizmatingiz uchun raxmat.

- Yana biror narsa kerak bo'lsa..

- Minnatdorman. - ayolning so'zini yarimta qilgan qiz, ohista tabassum qildi. - Bugun hammamizga og'ir kun bo'ldi.. ketishingiz mumkin. - dedi samimiy ohangda.

Xonada yolg'iz qolganimda oldimda kimdir bo'lishini hoxladim. Sababsiz ichimdagi g'ulg'ula tanamni butunlay egallashga harakat qilardi.

Bu uyning qorong'u savlati meni o'ldiradigandek tuyuladi.. Demak hayollarimdagi asl hotirjamlik shu ?! Lekin aylanib tomosha qilishni, qayta xotiralarni, umuman olganda bu yerga bog'liq bo'lgan hech narsani eslashni istamasdim.

Aera.. hech narsani o'ylashga majbur emassan !! Shunchaki o'zingni tinch qo'yishni o'rgan..

Ko'zlarimni yumdim. Meni na yo'l, na bugungi holat charchatdi.. bu uy energiyamni tasavvur qilib bo'lmaydigan darajada so'rib olardi.. qorong'ulik.

Qiz uyquga ketdi. Uning holati o'ta jiddiy bo'lmasa ham, lekin qandaydir ma'noda yaxshi emas. Buni sezdirmaslikka harakat qiladi va odatda juda ajoyib uddalaydi.

Aynan qanchadir muddat uxladim deyolmayman. Chunki bilmasdim. Tebranishni his qila boshlaganimda, qimirlay olmasligimni tushundim. Ko'zimni ham ocholmasdim. Men qo'rqyapman ?! Nahotki ?!

Belimga tegilgan kaft.. ikkinchisi sonimdan ushlangan. Men o'zimga hotirjamlikni qaytarib hushimni yo'qotishim mumkinligiga ishonch hosil qilib bo'lgandim.

Time skip.

O'zgacha ko'rinish.. bu yozning ilk yomg'irli kuni edi. Uning yoqimli shitirlashini tinglagancha qahva ichayotgan Hesu eshik ovozidan kim kelganini sezishga ulgurdi.

- Jungkook.. - dedi qiz ohistalik bilan derazadan ko'z uzmay. - Gaplashib olamizmi ?

- Menimcha bugun emas. - yigit charchoqli ohangda so'zdan qochdi.

- Bugun Aera sen bilan ko'rishishni hoxladi.. bilaman hoxlamaysan. Lekin gaplashib ko'rishingiz kerak.

- Hesu. - Jungkook ko'zini hafsala bilan yumdi. - Aera hozir o'zida emas. Ko'ziga hamma shubhali ko'rinadi. Undan uzoqroq yurishingni hoxlagan bo'lardim.

- Nima deyapsan ?! - hayron qoshlarini chimirgan qiz o'rnidan qo'zg'aldi. - Unga bunchalik past baho berolmaysan. U yaxshi va shunchaki senga beradigan savollari bor !!

- Oh, meni kechir !! U amakivachchang ekanini unutibman. - kesatiqli kulib qo'ydi u.

- Hozirgi ahmoqona gaplaringni asabiylashish va stress dan deb qabul qilaman.. - lablarini biroz tishlab qoshlarini chimirdi qiz. - Unutma, men seni o'sha la'natlangan biznessiz ham telbalarcha seva olaman !! - zarda bilan gapirgan Hesu xonadan chiqish uchun eshik tomon bordi.

- Men asabiyman Hesu. - qattiq yutungan Jungkook boshqa xonaga ketayotgan sevgilisining kaftidan ushlab qoldi. - E'tibor berma, bilaman ahmoqman. Lekin Janob Kang bularni menga qoldirishiga qattiq ishongandim.

- Bilaman azizim, bilaman. - qiz ohista yigitning yelkalariga qo'lini bosib uni bag'riga oldi. - Ammo hammasi yaxshi. Biz shusiz ham baxtlimiz.

- Shunday.. - sekin tabassum qildi yigit. - Sensiz aqldan ozardim menimcha..

Davomi bor...
Author: Reina Kim
Gold fanfics.

• Chuqur xotira barchasini yakson qilishi mumkin...