Vanilla
"Bilasanmi nega bari shunday bo'ldi ?! Chunki bir kun bu chirkinlikka botgan hayotimiz uchun badal to'lashimiz kerak edi, Taehyung. Va bu jazo aynan begunoh bolamiz bo'ldi. Chunki o'zimiz ham bir paytlar kimdir uchun jazo bo'ldik. O'tmish bizni hech qachon qo'yib yubormaydi deb qo'rqaman."
Osmon hiralashgan. Quyoshning olovrang tusga kirgan nurlari asta osmonni yolg'izlatgan. Ko'cha haddan tashqari tinch.
Zamonaviy rusumdagi, qora avtomobil darvozada tagida to'xtadi. Eshikni ochib, asta qadamlar bilan yurib kelayotgan erkak, hotirjamlik bilan cho'ntagidan kalitlarni chiqardi. Bir necha soniyada uy uchun o'rnatgan "havfsizlik" rejimini o'chirib uy ichiga kirdi. U barini oldindan o'rnatgandi. Ya'ni Aera uchun mahsus havfsizlik tizimi. Qiz uyda yolg'iz bo'lganida hech kim bostirib kirolmaydi. Oyna va eshiklar, hatto har bir teshik zirxlangan.
Charchoqli his bilan ko'zlarini bazo'r ochgancha kirib kelgan Taehyung egnidagi qora paltosini yechib ilgakka ilib qo'ydi. Tomog'ini ho'llash uchun oshxonaga kirgan vaqt kichik bar stulida uxlab yotgan qizga kozi tusharkan nogahon qoshlarini chimirdi u. Aeraning oltin sochlari taxtacha ustini qoplagan, oldida esa tugagan shisha va billur stakan turardi. U qiz ancha ko'p ichib yuborganini tez fahmlagach, g'azabdan tishlarini bir biriga mahkam botirgancha sevgilisi tomon yirik qadamlarini tashladi.
- Aera !!! - uyg'otmoqchi bo'ldi u baland ovoz bilan qizning ismini takrorlab. Lekin pinagini ham qoqmagan qiz hatto qimir etmadi. Bundan battar jazavaga tusha boshlagan Kim bu safar Aerani siltashga tushdi.
- Uyg'on !!! - yigit ichi to'la g'alayon bilan o'shqirgan ko'yi qizning yelkasini qo'pollik bilan turtqiladi. Injiqlik qilgancha g'inshib qo'ygan qiz chiroq yorug'ligi sabab kipriklarini asta pirpiratib qo'yarkan, bezovtalangancha ko'zlarini ochdi va yigitning qiyofasini ko'rishi bilan g'alati alfozda tabassum qildi.
- Hoyy ~ - dedi u qoshlarini hayratlanarli chimirib. - Bu sensan axir. Kim Taehyung !!! - u keng tabassum bilan qo'lini tik turgan erkakning soniga qo'ydi. Vaziyatdan tobora siqilib borayotgan Taehyung chuqur uhh tortgancha qo'lini musht tugib o'zini bazo'r tutib turishga urinardi.
- Sabrimni sinama. Nega ruxsatimsiz ichimlikka qo'l tekkizding ?!
- Nima endi bu uyda nafas olish uchun ham sendan ruxsat so'raymanmi ?! - Aera qoshini istehzoli chimirib o'rnidan zo'rg'a qo'zg'aldi. - Undan ko'ra o'tir, sen ham ich. Men ham yana ichaman. Birga ichamiz azizim.
Go'yo atayin yigitning asab tolalari bilan raqs tushayotganga o'xshardi u. Taehyung bir zum ko'zlarini yumdi. Bir zum tishini tishiga qo'yib chuqur nafas oldi. Ammo bo'lmadi. Eplolmadi. Nazoratdan chiqqan yovvoyi hayvon kabi qizning tirsagini siqimlagan yigit bir urinishda uni o'ziga kuch bilan tortdi.
- Sen nima men bilan o'yin qilyapsanmi ?! - ko'zlari alamdan qizarib ketgan bo'lib g'oldiragan yigitning bu baland ovozidan cho'chib ketgan qiz tanasidagi titroqni hatto sezdirmadi ham. Javoban shunchaki tirjayib turaverishda davom etdi. - Senga sabrimni sinama dedim Aera !! Nega ichding ?! Savolimga javob ber !!!
- Ahh Tae, tinch qo'ysangchi axir. Men uxlamoqchiman, yo'limdan daf bo'l. - u o'zini tobora siquvga olib borayotgan yigitni chetlab o'tmoqchi bo'lganida yana bir bor qarshisidagi insonning bosimli qo'llari sabab joyida to'xtab qoldi.
- Men nima qilay Taehyung ?! Nima hozir mastligimni ko'rmayapsanmi ?! Meni tinch qo'y !!
- Oldin gapirasan, keyin ketasan !!!
- Sen gapirishimni istaysanmi hali ?! - yana telbanamo kulish. - Meni aqldan ozdirma Kim, tushunarlimi ?! Og'zimni o'zim yopaman degan vaqtim, seni yer bilan bitta qilishimga majburlama !!! - qiz portlashga shay ekani uning kattalashib ketgan ko'zlariyu, zaharxanda so'zlaridan bilinib turardi. Lekin bu vaziyatni haddan ortiq chigallashtirib, Taehyungni battar jazava otiga mindirishi kundek ravshan.
- Nima haqida gapiryapsan ?! - qarshisidagi insonning hech bir so'zini to'liq anglamagan yigit barmoqlarini qizning tirsagiga qattiqroq botirdi. - Men senga odamga o'xshab gapiryapman !! Shunchaki menga qilgan bu hurmatsizligingni izohla !!!
- Jin ursin seni !! Eshityapsanmi, ming la'nat bo'lsin !!! - Aera o'zini yo'qotib qo'yarkan, bor ovozi bilan qichqirgancha Taehyungning ko'ksidan itardi. - Dam olmoqchi bo'ldim. Hech bo'lmasa 60 daqiqa yaxshiroq uxlamoqchi bo'ldim !!! Yetarlimi ?! Endi ketaveraymi ?!
Taehyung jim bo'ldi. Bu so'zlardan keyin uni boshqa bosim ostiga olishni istamay qoldi. Chimirilgan qoshlari bo'shashdi, tugilgan mushti ham yengil bo'ldi. U qizga bir qadam yaqinlashganda, qiz hayiqib bir qadam ortga tashladi.
- Aera ? - uning bu holatidan hayratlangan Kim hotirjam ovozda yashirin savol bergan bo'ldi go'yo.
Nima qilayotganimni, hatto o'zimni qanday tutayotganimni yaxshi anglolmasdim. Shunday ekan bu ahmoq mendan nimani kutyapti yoki nimani hoxlayapti hayronman ochig'i. Men allaqachon uning savollaridan bezib, yana bir bor ketmoqchi bo'ldim. Xonamga, biroz yana dam olishga. Boshim otilib ketay deyapti. Yuzim og'riq sabab burushib qoldi. Endi qadam tashlayman deganimda, birdan qorin bo'shlig'im sanchib qolarkan, ostimdan qandaydir suyuqlik oqqanini sezdim. Men qotib qoldim. Tosh qotdim. Yo'q, yo'q bo'lishi mumkin emas..
- Yo'q, yo'q.. Unday qilma. Yo'q ketma..
Ikki bukilib qolganimni ko'rgan Taehyung hech narsaga tushunmay oldimga kelib yelkamdan tutgancha nima bo'lganini so'ray boshladi. Ammo hech narsani eshitolmasdim. Quloq ostim chiyillab, nafas olishim asta to'xtab borayotgandi. Atrof qorong'ulashib ketdi. Vahimaga tushib qoldim.
- Qon.. - dedim, titroq bosgan labimni harakatga keltirib. - Taehyung qon ketyapti !!
Shu zahoti ko'zlari qo'rquvdan kattalashib ketgan yigitga o'tinch bilan termular ekanman, uni hozir men kabi vahimaga tushib qolishga haqqi yo'q edi. - Shifokor !! Meni kasalxonaga olib bor !!! U bizni tark etyapti !!! Bolam.. ketmoqchi..
- Yo'q, yo'q unday dema Aera. - aqli shoshib qolgan yigit, o'zini bosishga uringancha qo'liga telefonini olib allaqanday raqam tera boshladi. - Hammasi yaxshi bo'ladi azizam. Faqat sabr qil, asabiylashma !!
Taehyung: Alo, Jaehyuk !! Hoziroq shaxsiy shifokorni chaqir !!!
- Aqldan ozdingmi ?!! - bolam o'layotgan bir paytda bu la'natining so'zlari ta'sirida sanchiq kuchayib ketdi va men bir zum gapirmoqchi bo'lgan gapimdan to'xtab qoldim. - Meni shifoxonaga olib bor dedim !!!
- Unday qilolmayman...
- Sen qanaqa odamsan o'zi ?! - so'nggi so'zim shu bo'lganini eslayapman. Atrof batamom zulmatga cho'mdi. Kipriklarim orasidan sizib chiqqan yoshim yuzim uzra aylanganini his qildim so'nggi martta. Nahotki onang nima o'ylayotganini sezib qolgan bo'lsang, mittivoy ?
Qiz hushini tamoman yo'qotgandi. Bundan qo'l oyog'i bog'lanib qolgan Taehyung, ko'zlari chiqib ketay degancha nima qilarini bilmay qoldi. U hech narsani o'ylamadi. Qizni qo'liga ko'tarib olib eshik tomon otildi. U qo'rquvini yengishga intildi. Faqatgina vanilla uchun, kichkintoy uchun.
- Chida, o'tinaman chida !! - uning bo'g'iq ohangda taralayotgan shiviri hushsiz qizning qoniga singdi go'yo. Eshikdan tashqariga chiqqanida Jaehyuk allaqachon shu yerda edi. Yuzi havotirga cho'mgan. Nigohini kichik xonimning so'lg'in yuziga qaratdi.
- Nimani kutyapsan ?! - Kim o'zini qo'yarga joy topolmay o'shqirib yubordi. Shoshib qolgan yigit orqa o'rindiq eshigini talvasalangancha ocharkan, Tae qizning tanasini u yerga ohista joyladi. Unda hech qancha vaqt yo'q edi, joni qil ustida turgandek edi. Yugurgancha rulga joylashib mashinani eng katta tezlikda haydadi.
- Siz bolamni qutqarishingiz kerak !! - tortishishga haqqi yo'q bo'lsada bunday qilishdan tonishni hech istamasdi Taehyung. - Men sizga istaganingizcha pul beraman, faqat bolaga zarar yetmasin !!!
- Lekin Janob, bu ayol o'ziga nimalar qilganini bilasizmi o'zi ?! - qoshlari asabdan chimirilib ketgan doktor ko'zoynagini yechib chuqur uhh tortdi. - Bu qiz bolani istamaydi. U bir necha bor bolani tushirishga uringan !! Atayin og'ir narsa ko'targan, atayin bosim bilan sakrab kuchangan. Yetmaganidek alkogol iste'mol qilgan. Bola allaqachon rivojlanishi kerak bo'lgan sohadan tashqariga siljib ulguribdi. Meni kechiring, u nobud bo'lmagan taqdirda ham nogiron tug'ilishi mumkin.
Aynan shu onda Kim Taehyung uchun olam qulab bitdi. Vayronalar orasida qolib ketdi u. Ichidagi ayovsiz kurash iskanjasida yolg'iz qoldi. Hech bir so'z deyolmagan yigit bo'g'ziga tiqilib qolgan og'irlik bilan kurashardi. Ko'zlari qizargan. Qon bosimi oshgandi.
Yon tomonga qaragancha alamdan lablarini tishlarkan, qon yugurgan ko'zlaridan bir tomchi dumalab tushdi. U uchun haqiqiy jazo bu bolani butun vujudi bilan kutgani, hamma narsadan ham ko'proq hoxlagani edi.
Qarshimda turgan ayolning tutruqsiz gaplarini tinglar ekanman, bunga ongim ham, qalbim ham hech ishonishni istamasdi. Aera bunday qilishi mumkin emasligini bilardim. U farzandimiz uchun harakat qilishga, mitti farishtamni qabul qilishga va'da bergandi. Endi butun vujudim titroq ichida qoldi. Hech narsani qabul qilolmay qolgandim. Achishib ketayotgan yuragim battar vaziyatni chalkashtirar, hozir borib buning hisobini qizdan so'rashimga majburlardi. Lekin qilolmayman. Ojiz qoldim.. Kim Taehyung quladi. Shu on men, aynan men quladim.
Kipriklarim orasidan sizib chiqqan yoshni bildirmaslikka urinib ko'zlarimni tinchlanib olish maqsadida bir zum yumdim va chuqur nafas oldim. Qarshimdagi ayol hanuz mendan imzo talab qilardi. Bolani abort qildirish ruxsatnomasi uchun.
- Men.. - bazo'r og'iz juftlashga qaror qilgan yigit so'zida to'xtalish bilan gapirdi. - Nima bo'lsa ham.. roziman. U tug'ilsin. Hech qachon bolamdan voz kechmayman !!
Doktor allaqachon yigitning holatidan u nimani his qilib turganini anglab ulgurgandi. Indamadi. Hujjatni bir chekkaga olib qo'ydida tasdiq ko'rinishida bosh irg'ib qo'ydi.
- Istasangiz xonimni ko'rishingiz mumkin. U hushiga kelgan. - hafsalasiz ma'lum qilgan bo'ldi ayol.
Ikkilanishsiz rad etgan Kim, o'rnidan turdida xonadan chiqib ketdi. Batamom o'zidan ayrilgan yigit nima qilishni bilmas, ichidagi og'irlikni, hislarini qay yo'l bilan chiqarib tashlashni anglolmasdi. Ketsinmi yoki qolsin ?! U qizni sevadi, lekin bolasisiz uning ko'ziga qanday qarashni bilmaydi..
- Bu xona. - yo'nalish ko'rsatgan bo'ldi Jaehyuk, o'ng tarafdagi palatani ko'rsatib. Ayol to'xtadi. Titroq yugurgan qo'llarini musht tugdi va poshnali oyoq kiymining sadosini butun yo'lak bo'ylab tarqatdi. Ichkariga qadam bosganida nigohi derazaga tikilgan, yotoqda qo'llariga osma ukol ulangan qizni payqadi u. Hech narsa demay ichkariga kirdi va yotoq oldida joylashgan stulga o'tirdi.
- Ahvoling achinarli.. - so'z boshladi qiz, Aeradan ko'z uzmay. - Hatto eng yomon holatdasan.
Aeraning yuziga tabassum yugurdi. Lekin ortiga qaramadi. Bunga holi yo'q edi. - Sen juda yaxshisan.
- Qayerdan bilding ? Hatto menga qaramading ham. - qiz ko'zoynagini yechib, e'tiborsizlik bilan qimmatbaho sumkasiga solib qo'ydi.
- Meni nega chaqirding ?! Hozir bandman. Yangi hayotim juda qizg'in ketyapti. Hatto tasavvur qilolmaysan. - Reina oyog'ini chalishtirgancha stulga yanada qulayroq joylashib oldi. Kinoyali tabassum bilan gapirar ekan Aera uning so'zlariga e'tibor bermayotgani uni borgan sari zeriktira boshlagandi.
Aera: Jungkook bilan uchrashdingmi ?
Bu berilgan qaltis savol ta'sirida yuzi kulib turgan qizning ifodasi bir zumda o'zgarib ketdi. Og'riqli nuqta qo'zg'aldi. Og'ir yutunib qo'ydi Rei.
- U keldi. Biz ajrashdik. - oddiy qilib gapirishga uringani sezildi. Bu safar yuzini derazaga o'girib yotgan qiz Reinaning asabdan qizarib ketgan yuzini ko'rish uchun atayin burildi. Yuzida paydo bo'lgan telbanamo tabassum bilan Reining ko'zlariga huddi uning ustidan kulgandek tikildi.
- Shundoq ham birga emasdingiz. - dedi kulimsirab.
"Shundoq ham birga emasdingiz." Men bu so'zlardan keyin tanamni his etolmay qoldim. Seskanib ketdim. Har bir tola tik turib ketdi. Ustimdan kulishni shunchalik qattiq istayotgan bu qizga qanday javob qaytarishni bilolmay qoldim. Aslida u meni nima uchun chaqirganini ham tushuna olmayapman. Ko'zlarimni bir nuqtadan uzgancha yuzimga yana achchiq bo'lsada tabassumimni qaytardim.
- Sen Taehyung bilan baxtli ko'rinyapsan. Har soatda kasalsan. Doim senga nimadir bo'lgan bo'ladi va hamma parvona. - dedim birinchi hujumni boshlab. U lablarini asabiy tishlab kulib yubordi. Huddi gaplarim uning nuqtasini teshib o'tgandek.
- Bosh qahramon Kang Aera.. bu ikkinchi darajali, sevilmagan inson bo'lishdan yaxshiroq. Shunday emasmi ?
- Ahh uyg'on azizam. - dedim o'rnimdan qo'zg'alib qizning oldiga sekin yurib kelgancha. - Buni hayot deydilar. Ertakda yashashdan uyg'onishing kerak.
- Chindanmi ? - asabiylik ufurib turgan zaxarhanda so'zlarini boshladi Aera. - Qani o'zing yashayotgan "baxli" hayotingda yashashni o'rgataqol unda !!
- Biz ikkimiz ham baxtli emasmiz Aera. - uning yuz qiyofasini yaqindan ko'rish uchun atayin egildim. - Bizni baxtli qila oladigan insonning o'zi baxtsiz. - bilmoqchi edim. Unda hali ham tuyg'ular bormi yoki yo'q. Lekin so'zlarim ta'siriga tushib qolgan bu qiz shu zahoti qoni qochgandek oqarib ketdi.
- Nimaga sha'ma qilmoqchi bo'lganingni tushundim Rei !! Uningni o'chir !! - dedi jiddiy tortib, ko'zlarini butkul olib qochgancha. Labim chetida paydo bo'lgan kinoyali tabassum aslini olganda yuragimni tirnab yubordi. Ammo bildirmadim. Sezdirmadim.
- Sen nima hali ham Jungkookni sevasanmi ? Shuncha ishdan keyin a ?!
- Mavzuni o'zingga yoqadigan tarafga burma !! Seni bu uchun chaqirmaganimni juda yaxshi bilasan. Aslida Taehyung seni topadi deb o'ylamagandim. Endi kasalxonadan chiqqanimda meni tinch qo'ymasligi aniq jin ursin !!
- Sizning qirralari ochilmagan sevgi tarixingizni tinglab o'tirishga xushim yo'q azizam. - ko'zlarimni kosasida aylantirar ekanman, vaziyatni o'zgartirishni istagan qizga qarshilik qilmay, boshqa Jungkook haqida so'z ochmadim.
- Bu.. biz haqimizda.. emas. - dedi Aera biroz qo'rquvdan duduqlanib. Qoshlarim chimirildi. Unga yaqinroq keldim. - Bola haqida. Men homiladorman Rei.
Turgan joyimda toshdek qotib qoldim. Ko'zlarim chiqib ketay dedi. Shu darajada hayratda qolgandimki, nima desa ham aynan bu narsani butkul kutmagandim.
- N.nima ?! - dedim kaftlarim bo'shashib. Aera shu on o'rnidan qo'zg'alib yostiqqa suyanib oldi va qo'lidagi dorilarni sug'urib tashladi.
- Havotir olma. Bola Taehyungniki. - uning yuzi havotirdan qizargan. Nima demoqchi bo'lsa ham ichidagini bazo'r gapirayotgani sezilardi. - Lekin men buni istamayman. Men ona bo'lolmayman.
- Aqldan ozganmisan ?! O'z bolangni o'ldirasanmi ?! Miyangni ishlat ahmoq !!
- Men ona bo'lolmayman deyapman !! - bu safar u bor ovozi bilan qichqirib yubordi. Ana shundan so'ng men uni endi tushuna boshladim menimcha. - Qo'limdan kelmaydi !! Uni hoxlayman, ammo hozir emas. Hozir tug'ilish uchun to'g'ri vaqt emas. Bolamning taqdirini o'zimniki kabi barbod qilishni istamayman.
- Men.. men nima deyishni bilmayman Aera. Hali ham o'zimga kelolmayapman.
- Shunchaki Taehyungdan yashirincha bolani oldirishimga yordam ber. Men harakat qildim. Uni tushirishga ko'p urindim. Lekin bo'lmadi. Shu sabab yana kasalxonaga tushdim. Bu joydan qanchalik nafratlansam ham aytganingdek doyim shu yerga kelaveraman.
Arening nigohlari ortida yashiringan qayg'uni butunligicha anglab turardim. Unga rahmim kela boshladi. Biz doim bir birimiz bilan unchalik yaxshi chiqishmagan bo'lsakda, qandaydir tushunib bo'lmas narsa bilan bog'liq edik. Menimcha buni yolg'iz o'zim his qilmayman. Sekin yotoqning bir chekkasiga o'tirdim. Qizning bir qo'lini kaftlarim orasiga olgancha ko'zlariga ma'yuslik bilan tikildim.
- Qaroring qat'iymi ? Chindan ertaga afsus qilmaysanmi demoqchiman. Nima bo'lgan taqdirda ham juda katta qaror haqida gaplashyapmiz Aera.
- Bu uchun butun umr qiynalib o'taman Rei. Lekin yolg'iz o'zim azobda qolganim, bolamni qiynaganimdan yaxshiroq emasmi ? - u qanchalik yeg'lab yubormaslikka urinmasin, ihtiyorisiz ko'zidan dumalab tushgan tomchi yanog'i bo'ylab sirpandi.
Aera: Taehyung yaxshi ota bo'lgani bilan farzandimizga yaxshi hayotni berolmaydi. Ayaniqsa ota ona orasida nafratdan bo'lak hech narsa bo'lmasa. - qizning yuzida paydo bo'lgan nim tabassum tanamni titratib yubordi. Uning holati ancha yomon. Undan ham yomoni unga qanday yordam berishni bilolmasligim edi va men bu gunohkorlikka qo'lishilishni istamagan bo'lardim. Bir muddat jim qoldim. Indamadim. O'yladim. Fikr qildim. So'nggi qarorimni tanlash uchun o'zimga imkon berdim. Shuni angladimki, endi ketolmayman, bu jodugarni bu ahvolda yolg'iz tashlab ketolmayman. O'rnida men bo'lganimda, u ham yordam bergan bo'lardi.
- Nima qilishimni istaysan ? - rozilik alomati sifatida chuqur xo'rsinib qo'ydim. Aera o'zining qo'li ustida turgan qo'limni charchoqli tabassum bilan siqib qo'ydi.
- Raxmat.
- G'alati gaplarni bas qil. Seni ilk bor ko'rganimda bilansanmi o'zimni qanday his qilganman ? Huddi sen o'zingni qobig'ingni atrofga singdirib ortiqcha odamlarni chetlab o'tayotganga o'xsharding. Aytganingdek har qanaqa ertakda bosh qahramon, eng kuchlisi aynan sen eding. Chekinma Aera. Chekinishni tanlasang bari barbod bo'lishini bilasan. - qarshimdagi qizga yuzimda tabassum bilan dalda berishga urindim. Bunday qilish qo'limdan kelmasa ham urinib ko'rdim. U lablarini qimtib boshini sekingina irg'ib qo'ydi.
Aera bilan bo'lgan suhbatdan so'ng palatadan tanam og'irlashib chiqdim. Shiftga boshimni ko'targancha chuqur nafas olar ekanman, qarshimga kelib to'xtagan qadam ovozlarini eshitib sekin boshimni tushurdim.
- Kim Taehyung !! - boshqa kim ham bo'lishi mumkin edi. Albatta u.
- Yana uchrashamiz deb o'ylamagandim Hwang xonim. - qizargan ko'zlar va bunga mutlaq qarshi ravishda mavjlangan kinoyali tabassum bilan gapirdi erkak. - Ahh adashdim, ma'zur tuting Vulqon Hwang ? - Ometàda olgan yangi laqabim bilan murojaat qilgan yigitning so'zlari meni asabiy jilmayishga majburladi.
- Ko'rib turibman, jamiyatni (Omertà) tark etish sizni ancha qashshoqlashtiribdi. Ming afsuslar bo'lsinki aqlingizni ham !!! - ko'zlarimni pirpiratgancha atayin asabini buzishni istadim. U ham buni sezdi shekilli, kulgusi bilan butun palatani egalladi.
- Hali ham meni yoqtirmaysiz !! - ma'lum qildi u aniqlik bilan. Men ham mamnuniyat ila bosh irg'idim.
Taehyung: Bo'lajak rafiqam bilan nima haqida gaplashdingiz ? - Taehyungning bosiqlik bilan aytgan gapi sabab qoshlarim chimirilib ketdi. Yuzimni bezab turgan tabassumimni bir zumda yo'qotdim.
- Rafiqa ?! - takrorladim hayratimni yashirmay.
- Vanilla bilan bu yerdan chiqgach to'y qilishni kelishdik. Sizni ham taklif etaman. Axir rafiqamning eng yaqin dugonasiga aylanibsiz, men esa xabarsiz qolibman !!! - so'z o'yini o'ynashni boshlagan erkak, ko'zlarimga yovvoyi itvachchadek tikildi. Huddi hozirning o'zida qopishga tayyordek.
- Siz uchun hursandman, Taehyung. - dedim o'zimni huddi hursand bo'lgandek tutib. Aslini olganda u atayin nimanidir kutib turganini bilardim. Lekin bunga isbotim yo'q. O'zimni oddiy tutishga majburman.
Reina: Aera ham sevgidan o'zini yo'qotib qo'yganini sezdim. Chindan baxtli bo'lishingizga ishonaman. - so'zimga so'nggi nuqtani qo'yib, bu yerdan ketish uchun shaylandim. Endi uni chetlab o'taman deganimda qo'limni siqib qolgan yigit, meni cho'chitib yubordi.
- Nima qilyapsiz ?! - deyarli qichqirib yubordim, uning qo'lini siltashga urinib.
- Men bilan o'yin o'ynashga urinmang !! Qanday kulga aylanganingizni payqamay qolasiz Hwang xonim !! - tahdidni maromiga yetkazgan Kim qo'limni qo'yib yubordi va menga so'nggi bor tabassum bilan qarab qarama qarshi tomonga ketdi.
Men Aerani endi tushunyapman, bu chindan inson emas Iblis !!! U atayin meni qo'rqitish uchun harakat qilgani aniq. Yetmaganidek to'y deydi la'nati !!
Kasalxonada o'tgan ikki kunim ilk bor menga hotirjam, sokindek tuyildi. Bundan 7 yil avval giyohvand moddaga qarshi kurashgan vaqtlarim bu yer men uchun jahannamdanda battarroq edi. Lekin hozir.. bari o'zgargandek. Tonggi muolajalarimni olib bo'lgach sayrga chiqishga ruxsat berishdi. Dori ichishga qanchalik qarshi bo'lmay, Janob Kimning buyrug'i deya majburlab bo'lsa ham ichirishga urinishdi. Shu sabab o'z ixtiyorim bilan ichishga qaror qildim.
Ikki kun bo'ldi. Lekin Taehyung bir marotaba bo'lsa ham oldimga kelmadi. Holimni so'ramadi. Juda kulgili. U chindan bir necha kun avval menga sevgi izhor qilayotgan edi. Hozir esa undan darak yo'q. Oldimga Jaehyuk keldi. Menga kerakli narsalarni tashlab ketdi. Kim haqida so'raganimda esa o'zini g'alati tutgancha ishi ko'p deb qutilib qoldi. Ammo men sezib turibman. Bari quruq bahona. Hammasi yolg'on bo'lgan, uning tuyg'ulari ham, menga aytgan so'zlari ham, soxta mexribonchiligi ham. Buni avvaldan bilardim.
Chunki u sevgining ortidan quvadigan axmoq emas. Shunchaki bu bolani dunyoga keltirishimga ko'ndirmoqchi bo'lgan. Vaqti vaqti bilan qornimda sanchiqlar kuchayib bormoqda. Doktor menga bolam nogiron tug'ilishini aytganida qo'l oyog'im muzlab qolgandi. Bu bolani men shu ko'yga soldimmi degan o'y soniya sayin miyamni yeb bitirmoqda. Taehyung esa bolani oldirib tashlashni qat'iy rad etganmish. Bu haqida o'ylaganim sari kulgim keladi jin ursin.
Daraxtlar orasida joylashgan o'rindiqda o'tirgancha osmonga tikilib qoldim. Samalyot uchyapti.. qayerga ? Londongami ? Meni ham olib ketsin. Charchadim. Koreya meni ezib tashladi.
- Xonim, sizni ko'rgani kelishibdi. - biriktirilgan hamshiram yaqinlashib ma'lum qildi. U kim haqida gapirayotganini darrov angladim va o'rnimdan turib ichkariga kirdim. Palatam eshigini ochishim bilan men tomon o'girilgan qizni ko'rishim bilan atrofni ko'zdan kechirib eshikni qulfladim.
- Kechikding !! - dedim biroz asabiy ohangda. Parvoyi falak Rei esa hotirjam egnidagi mo'ynali paltosini yechib yotog'imga tashladi.
- Shundoq ham quruq narsa uchun harakat qilyapman. - uning ovozi asabimga tegsada, indamaslikka qaror qilib ko'zlarimni yumgancha opkamni chuqur havo yutib to'ldirdim.
- Ha, shifokor bilan gaplashdim. Ishonasanmi, hayotimda bunchalik ochko'z ayolni ko'rmaganman. Sen uchun millionlarim ketyapti million !!
- Ming'irlashni bas qil !!! Ketdik.. - eshikni ochib, kasalxonaning 2 qavatiga ko'tarildik. Bu yerda meni kuzatib yurgan hamshiralar talaygina. Ba'zilari hatto hojatxonagacha meni kuzatib keladi. Shu sabab buning ehtiyotini qilishimiz zarur edi. Homiladorlar uchun ultra tekshiruv xonasiga kirdik. Reina shifokor uchun barcha qulayliklarni shu yerga tayyorlab qo'ygandi. Derazalarni berkitib eshikni qulfladik.
Men Reiga qaradim. U ham kaftimni siqib menga "uddalaysan" degandek bosh irg'ib qo'ydi. Lekin bu yetarli emasdi. Yana nimadir yetishmasdi menga. O'zimni qo'lga olishga urinib sekin maxsus yotoqqa joylashdim.
Reina: Sizga aytganlarim yodingizda qolsin Yoon xonim.
- Havotir olmang, ishimni bitirgach bu yerni tark etaman.
Rei qo'lidagi sumkadan konvertni chiqarib doktorga uzatdi. Yuzida mamnun tabassum bilan qizning qo'lidagi maxsus chekni olgan ayol qo'liga stirillangan qo'lqopni kiyib boshim tepasidagi ulkan lampani yoqdi. Endi chindan cho'chiyapman. Hatto sonlarim ham qaltirayotgandi.
- Oldindan ogohlantiraman Kang xonim. Bolangiz 3 oyga yaqinlashib qolgan. Bu qiyinroq kechadi. Sizga biroz narkoz kerak.
- Yo'q yo'q, men chidayman !! Og'riq qoldiruvchi yetadi. - darxol ayolning so'zlarini rad etarkanman, u Reiga qarab nimanidir ishora qilgandek bo'ldi.
Reina: Aqldan ozganmisan ?! Bunga chidolmaysan. Indamay doktorning aytganini qil !!
- Uxlab qolishim mumkin emas, Rei. Taehyung kelib qolsa tamom bo'lamiz. U seni ham, meni ham ayab o'tirmaydi.
- Tashqarida odamlarim bor havotir olmasangchi ~ !!!
- Iltimos, narkoz shart emas !! Og'riq qoldiruvchi yetadi !! - qaysarlik qilib turib olgan qiz bilan ortiq tortishishni istamay o'tkir nigohim bilan qattiq ohangda qarshimdagi ayolga qaradim.
- Y.yaxshi. Nima d.desangiz shu xonim.
Bir Reinaga, bir Aeraga qarab shoshib qolgan Yoon xonim og'ir yutunib ishiga kirishdi. Qo'liga shprist olib kattaroq dozada og'riq qoldiruvchi oldi va qizning tomiridan yubordi. Shifokorning buyrug'i bilan oyoqlarini keng ochgan Aera lablarini tishlagancha ko'zlarini mahkam yumib turardi. Ichi achishyapti. Bolasidan ayrilgisi yo'q. Ostida sovuq metalni his qilar ekan, oyoqlaridagi titroq butun tanasiga yoyildi. Lekin hech qanday og'riqli his yo'q edi. Tobora chuqurroq kirib borayotgan metal nimanidir ilib olgandek bo'ldi. Bir necha daqiqa ichida bitgan bu ish qiz uchun azobli asr o'tgandek tuyilardi. Mijozining ichidan sug'urib olingan kichik embrionni temir idishchaga solgan Yoon xonim, ketayotgan qonni to'xtatish maqsadida kerakli choralarni ko'rib, biroz yirtilgan terini tikib qo'ydi. 30 daqiqa.. 3 oy rivojlangan farishtani o'ldirish uchum 30 daqiqa kifoya bo'ldi. Qanday achinarli.
Aera ko'zlaridan tomayotgan yoshlarini nazorat qilolmay qoldi. Yuzini kuydirayotgan yoshlariga erkinlik berdi. Hech qachon.. hech qachon o'zini bu qilgan ishi uchun avf etmasligini takror takror qaytarardi ichida.
Shifokor ishini tamomlab, shoshgancha xonadan chiqib ketdi. Chunki u ham Kim Taehyungga qarshi ish qilganini juda yaxshi anglagan va endi iloji boricha tezroq Seouldan chetroqq ketishga urinadi.
Xona sukutda qolgan. Yolg'iz qizning faryodi jaranglamoqda. Aeraning holatidan ta'sirlanib ketgan Rei yoshlangan ko'zini yashirish maqsadida labini tishlagan ko'yi shiftga qarab ko'zlariga yengil yelpidi.
Reina: Bunday qilma, men ham chidolmayman..
- Men hudbinligimni qabul qilolmayapman !!! - azobdan chinqirib yuborgan qiz, ikki qo'llari orasida sochlarini siqimladi. - Shunchalik iflos odammanki, bu bola tanamni tark etganida yengillikni his qilganim uchun o'zimdan nafratlanib ketyapman !!! Sen meni tushunmaysan !! Tushunmaysan !!!
Bu vaqtda Reina nima qilishni bilmay qizni shunchaki bag'riga bosdi. Aera ham o'zini quchgan qizni quchgancha yeg'lar ekan, Reining yupatish maqsadida yelkasini silayotgan qo'llari qizga ancha hotirjamlik berishda yordam berardi.
Time skip. "Bir necha soatdan so'ng"
Ko'zyoshim qolmadi. Ko'zlarim qurib bitdi. Shishib ketgan qovoqlarim sabab eplab ocholmasdim ham. Ancha yengil tortdim. Nihoyat o'zimni doimgidan ham yaxshi his qilyapman. Og'riq qoldiruvchining ta'siri hali ketganicha yo'q. Lekin ichki kiymim qonga bulg'anganini ko'rishim bilan, yaram ochilib ketgan deya qo'rquv bilan ayollar paketchasini qo'yib oldim.
Qilishim kerak bo'lgan yagona ish Taehyungni kutish edi. Unga qanday zarba berishni bilaman. O'zimni endi unga xo'rlatib qo'ymayman !! Aslo !! Bu yerda quloqlar juda ko'p. Shunga qaramay u kechikyapti. Reina ketganiga ham bir soat bo'ldi. Doimgidek maydonda yolg'iz qoldim. Endi bu mening jangim !!! Anchadan buyon farishta rejimi asabimni o'ynayotgandi. Garmonlar sabab shekilli. Lekin endi o'zimga kelyapman. Barini yanchib tashlaydigan Aeraga.
Bir necha daqiqa Taehyung bilan qanday gaplashishni hayolan o'yladim. Lekin o'ylaganlarim shunchaki cho'pchakdek tuyilardi. U quturib ketishi aniq. Palata derazasidan atrofni kuzata boshladim. Birdan atrofda vujudga kelgan shovqindan taranglashar ekanman, hozir eshikdan otilib kiradigan yigit bilan yuzlashish uchun o'zimni tayyorladim.
Qadam tovushlari keskinlashdi. Go'yo kasalxonadagi har bir insonning jonini ketma ket sug'urib kelayotganga o'xshardi u. Palatam eshigi ochildi va men tomon qutirib kelayotgan ulkan yigitning tanasini payqashim bilan tomirimda oqib turgan qonim muzlab qoldi.
- Sen la'nati !!! - Taehyung shu zahoti bor kuchi bilan meni devorga irg'itib yubordi. Yelkamda turgan og'riqdan yuzim burishib ketarkan, o'zimni o'nglab olmasimdanoq bo'ynimga o'ralgan qo'llarni his qildim.
- Mening bolamni o'ldirishga qanday hadding sig'di ?! - u har bir so'zini aytish davomida kaftlarini siqib borarkan, men deyarli nafassiz qolganim sabab o'ldim deb o'yladim. Uning o'shqirgan ovozi butun tanamni titratardi.
- O'sha iflos seni majbur qildimi ?! Jungkook sabab shunday qildingmi ?! - tanamda zirqirashni his qilsamda, asabdan qizarib ketgan yigitning yuziga telbanamo tikilgancha kulib yubordim. Uning ko'zidan qon otilardi. Kulayotganimni ko'rib battar javasi ortib ketar ekan, nafas olib bo'lmas darajada bo'g'ib qo'ydi meni. Ko'z oldim qorong'ulashdi. Ammo taslim bo'lmadim. Jilmayishdan to'xtamadim.
- USTIMDAN KULISHNI BAS QIL !!! Qasam ichaman egizaklarga homilador bo'lmaguningcha aloqa qilishga majburlayman !!!! Eshityapsanmi meni, huddi FOXISHALARDEK !!!!
Keyingi qism uchun 500+ reaksiya va ko'p fikrlar kutaman. O'qib bo'lgan bo'lsangiz qo'llab-quvvatlash uchun postga reak bosib comment qoldirib keting.