Vanilla
Tanamni qimirlata olmasdim. U meni qattiq bosim bilan ushlab turardi. Bo'ynimga o'ralgan shavqatsiz qo'l meni bog'ishdan lazzat olayotgandek edi. Qiynalib bo'lsada nafas olyapman, lekin barmoqlar qattiqlashgani sari bu imkoniyatim pasaymoqda.
Taehyungga nima ta'sir qildi o'zi ?! Lablarimda allaqachon qon ta'mi.. jin ursin, u bunchalik qo'pol bo'ladi deb o'ylamagandim. Qiynalib ketyapman. Uning har bir harakati og'riqdan boshqa hech narsa bermayapti.
Tanamdagi og'riqdan qotib qoldimmi deb o'yladim. Sababi, u meni chindan mebelga botirib, tekkislab qo'ygandi. Qo'lim orqali meni bo'g'izlayotgan o'sha temir kaftni olishga harakat qilar ekanman, qo'limdan hech narsa kelmayotgani tufayli uzun tirnoqlarimni unga botirdim. Qon oqqaniga ishonchim komil, lekin u bir santimetrga bo'lsa ham siljimadi.
Nihoyat Taehyung mendan ajraldi. Tanasi emas, shunchaki lablari.. hansirash aralashgan nafasi yuzimga urildi. Biz juda yaqin edik. Men ham yetishmagan kislorodni to'ldirishga harakat qilib chuqur havo yutardim. Labimda qattiq achishish his qilgan vaqtim yuzim burishdi. Men o'zimni o'nglashim kerak.. bu haqiqiy emas.
Vaziyatdan foydalanib Kimning ko'ksidan itarishga urindim. Uning vazni qancha bilmadim, lekin chindan hech narsa qila olmasdim.
- Yo'limdan qoch.. - titroq aralashgan ovozda bazo'r ichimdagi g'alayonni chiqardim. U boshini ikki yonga siljitdi. Bu "yo'q" deganimi ? - Taehyung, senga qoch dedim. - bu safar qo'limni ko'ksiga qo'yib itarishni boshladim. U miq etmay turaverdi. Huddi ichida tubdan nima qilishini o'ylab, tasavvurga sho'ng'igandek. Balki ichida majlis ketayotgandir..
- Labing shirin.. aynan shishib turgan pastkisi. - hirillagan yo'g'on ovozni eshitar ekanman, so'zlar ma'nosidan avval bu ovoz meni titratdi. Yuzimda hech qanday reaksiya bildirmadim. Ichim hali ham lovullab yonardi. Uning ko'zlariga iltijo bilan ishonchsiz qaradim.
- Qo'yib yubor.. iltimos. - dedim past ovozda. So'nggi so'zim anniq eshitildimi yo'qmi bilmay qoldim. Jin ursin, u yumshadi. Bosim kamaydi. Bo'ynimga botib turgan qo'lini sekin oldi.
- "Yolvorish so'nggi chora bo'lsa ham uni tanlama." - dedi Taehyung bir necha santimetr uzoqlashib. - Otangning gapi, vanilla. Unga amal qil !! - bu so'zlardan ko'z oldim tundlashdi. Otam.. uni har safar eslamaslikka harakat qilsam ham o'xshamaydi.
- Majbur emasman !! - ovozim baqirgandek chiqdi. Yoki men chindan baqirishni istagandim. Ko'zlarim kattalashib unga jaxl bilan qaradim. - Endi yo'limdan yo'qol. - dedim, ikki kaftim bilan uning ko'ksidan itarish barobarida. Bu safar men kata oldim.. uddaladim.
Otamdan qanchalik nafratlansam ham foydasiz.. bari bir o'lib bo'lgan. Lekin mendan kechirim so'ramadi. Qilganlari uchun tovon to'lamay ketdi. Bu hayollar meni tez tez chulg'ab oladi. Ba'zan uni o'ldirgan insonni topib unga raxmat aytish haqida o'ylayman. Unga qanday ulg'ayganimni ko'rsatib azoblashni, mehrsizlik, nafrat aslida qanday tuyg'u ekanini tushuntirishni hoxlardim. Ming afsus bilan kechirim so'rashini ko'z oldimga keltirdim. Buni ancha vaqt davomida o'ylardim.
Tanamni yana o'sha nafrat tuyg'usi egallab olarkan, miyyamda bong urgan yoshlik xotiralarim sekinlik bilan gavdalana boshladi.
- Dada, iltimos bunday qilmang. - qo'llariga yuklarini taxlagan qiz qarshisidagi insonga yolvorgandek qaradi. - Ketishni hoxlamayman, dada. - dedi u namiqishga ulgurgan ko'zlari bilan otasining yuzidan javob izlab. Ammo befarqlik oralagan ifodadan biror nima qidirish imkonsiz.
- Seni ko'rishni men hoxlamayman. - jiddiy va qo'rs ohangda og'iz ochdi, Janob Kang. - Onang bilan bu yerdan yo'qol. - u bu safar chindan g'azabini ochiq ko'rsatdi. O'ziga yaqin turgan Aerani turtib, Seulgi xonim tomon irg'itib yuborarkan, go'yo harakatlarini nazorat qila olmasdi. Ayolning ko'zlari chiqib ketgudek ochildi. Avval qiziga so'ng eriga qarab, ichidagi alamini yashirmadi.
- Hech bo'lmasa yosh bolaga yaxshi muomala qilsangiz bo'lardi. - dedi ayol talabchanlik bilan. - U sizning qizingiz axir !! - erkak ayolning so'zlaridan so'ng unga tikilib qaradi. Befarqlik, sovuqqonlik, chidab bo'lmas darajada yerga urish..
- Buni yengiltak hilqating bilan qanday isbotlaysan ?! - mazhara aralash mensimagan ohang.. Janob Kang yuziga tabassum oldi. - Aslini olganda nomussiz xotinlar gapirmaydi !! - erkak so'zlash barobarida ayol tomon tahdidli yaqinlashdi. Masofa qisqargani sari Seulgi ortga tisarilib borarkan, bari tugagandek xona devoriga kelib urildi. - Biror e'tirozing bormi, Kang xonim ?! - so'nggi jumlaga urg'u berib, ayolining sochini changallagancha majburan o'ziga qaratdi.
- Q.qo'yib yuboring. - og'riq ta'sirida yuzi burishgan xonim bazo'r titroq bilan tovush chiqardi. Erkakning yuzidan mamnun tabassum ketmagan, davomiy..
Aslida barcha tomosha yosh qizchaning ko'z o'ngida bo'lardi. Otasining onasiga nisbatan zulmli harakatlarini kuzatarkan, tovush chiqarmay yeg'lab turishdan boshqa hech narsa qila olmadi. Kichik kaftlar mushtlandi, nafas olish tartibi buzildi. Qancha baqirishga, bas qilishlarini so'rashga urinmasin, tovush chiqarolmasdi.
- Seulgi, seni o'ldirmaganimga shukur qilishing kerak !! - dedi u, qo'lidagi sochni qattiqroq tortish barobarida. - Shunday ekan qizingni olib bu yerdan yo'qolasan !! O'zim aytmagunimcha kelmaysan !! Hoxlamagunimcha qo'ng'iroq qilmaysan !! Tushunarlimi ?! - vajohat bilan gapirgan erkak ayolning qo'rquv bilan bosh irg'ashini ko'rishi bilanoq, yana mamnun tabassum bilan so'nggi bor uni devorga urib qo'yib yubordi. U ketdi.. endi uning soyasi ham ko'rinmadi.
- Oyi.. - nihoyat ovoz chiqargan qizaloq, yerga qulab yeg'layotgan onasiga yaqinlashdi.
- Jim bo'l !! - baqirdi u, o'rnidan turishga urinib. - Sen ham o'sha la'natining qizisan jin ursin !!
Aera turgan joyida qotarkan, nima bo'lganiga tushunolmay onasiga tikilib turishda davom etdi. Seulgi o'zini o'nglab shiftga qaragancha ko'zyosh ta'sirida oqib ketgan bo'yog'ini artib, to'zg'igan sochini tartibga keltirdi. U tinchlanishga urinib chuqur nafas chiqararkan, ko'zlari yerga qarab turgan qiziga tushib, qo'lini cho'zdi.
- Qayerga ? - sekin boshini ko'tarib savol bergan bo'ldi qiz. Ayol biroz avval aytgan nohaq so'zlaridan afsuslangani bilinar, yuzida qizi uchun sohta tabassum yaratgandi.
- Angliyaga.. Otang aytgan joyga azizam. - muloyimlik bilan javob qaytardi Seulgi. Aeraning yuzi o'zgardi. Uning yig'lash ta'sirida shishgan ko'zlari qayta yoshlandi.
- Lekin.. dadam bilan qolgim kelyapti.
Xonamga ko'tarilib, shunchaki o'zimni yotoqga tashladim. Bugun haddan tashqari ko'p energiyam bekor ishlarga sarflandi.. chuqur ho'rsinib qo'ydim.
Istamasam ham o'sha kun yodimga tushdi.. otam onam ikkimizni quvib solgan vaqt. Men juda ham yosh edim. Ba'zida bularni qanday eslay olishimga hayron qolaman. Ammo bari oddiy. Qora xotiralar.. zulmat hech qachon yo'qolmaydi.
Dunyoning hurmatiga sazovor bo'lgan, shuxratparast Kang Sehyuk hech bo'lmaganida bir marotaba o'z qiziga mehr bilan qarab, unga qayg'urganida hozir bunday hudbin bu yerda bo'lmasdi. Uni deb bo'ldi.. barchasi uni deb.
Tosh qotgan yuragim og'ridi. Bu kabi jirkanch xotiralar haqida tinmay o'ylash meni qiyin ahvolga soladi. Qo'lim bilan ko'ksimni siqimlar ekanman, yuzim burishib lablarimni tishladim. Menimcha o'rnimdan turishim kerak.
Harakatlanganim sari og'riq yanada kuchaydi. Qaddimni tik tutib deraza tomon bordim. So'lg'in, qimir etmayotgan pardalarni ikki yonga surib derazani ochdim. Oynalar ochilishi bilan yuzimga salqin havo urilarkan, men his qildim. Bahor kelyapti.
Tashqarida shunday ajoyib havo, men esa shu vaqtgacha derazani yopib o'tirar ekanman.. Chuqur chuqur nafas olib chiqardim. Ta'siri bo'lmagandek og'riq qayta sanchishni boshladi. O'zim istamay yana yuzimni burishtirdim. Og'riq bilan yon tomonga qaragancha yerga cho'kkaladim. Lekin ko'zlarim.. ular Taehyungniki bilan birlashdi.
Xonalarimiz yonma yon. Demak derazalar ham. U menga borgan sari havotirli qarab borardi. O'rnimdan turishga kuch topib derazani qulfladim.
Tashqaridan qadan tovushlari eshitila boshladi. Ko'zlarim kosasidan chiqib ketgudek ochilib, yugurdim. Uni ham qulflashga ulgurishim lozim edi. Lekin ulgura olmadim. Tutqich buralishi bilanoq bor og'irligim bilan eshik tagiga joylashdim.
U ocholmaydi. Yoki qila oladimi ? Ahh jin ursin, o'zimni o'n tonnalik tosh deb o'yladimmi.
- Vanilla eshikni och !! - qat'iylik bilan chiqarilgan tovush qulog'imni titratgandek bo'ldi. Buyruq ohang.. munga mustasno ravishda qoshimni chimirdim. Chunki hali ham og'riq yo'qolmagandi.
- Dam olmoqchiman Taehyung. Ket !! - kuchsiz ovoz chiqardim. Bu safar eshikni ochishga bo'lgan hoxishni his qildim. U endi itarishni boshladi.
- Ahvoling yaxshi emas. - dedi havotirli ohangda. - Qayering og'riyapti ayt menga. - chuqur nafas chiqardim. Bu unga qanchalik qiziq ? Asabiylashganim bois lablarimni tishlashga urinar ekanman, achishish tufayli yuzim yana burishdi. Qo'lim bilan tegindim.. Qon hali qotmagan. Yoki o'zim yarani yangiladim.
Bosim kuchi pasaydi. U ham egilib o'tirganini his qildim. Biz boshqa gaplashmadik. U ortiq majburlamaslikni ma'qul ko'rdimi, bilmayman. Jim jitlik.. ko'zlarimdan qaynoq nimadir oqib yuzimni achishtirdi. Yeg'layapmanmi ? Negadir nazoratni yo'qotgandim. Shu vaqtgacha har qanday holatda ham o'zimni ushlab tura olardim. Lekin hozir... hatto yeg'layotganimni sezmadim ham. Nima uchun ? Hesu, Jungkook, Otam.. yana u. Bari bir kunda.. huddi atayin qilgandek.
- Men bilan gaplash.. o'zingni yomon his qilayotganingni ayt. - iltimos ohangini eshitishim bilan ichim titradi. Chunki undan buni eshitish boshqacha hislarni uyg'otishi mumkinligi haqida yaxshigina bilardim. O'tirgan joyimdan sekin surildim. U kira oladigan darajada.
Eshik ochildi va Taehyung kirib keldi. Uning yuziga ham qaramay deraza tomon yuzimni burgancha o'tirishda davom etdim. U pastladi.. yaqin keldi.
- Nima bo'ldi.. ? - yana mayin so'roqlash. Men tushunmasdim, bu chindan ham bir muddat avval menga og'riq bergan erkakmi ? Hatto titrog'imni ham yashirishga urinib, holatimni buzmadim.
- Aera.. - u yana chaqirdi. Bu safar barmoqlari bilan iyagimdan ushlab ohista o'ziga qaratdi. - Yeg'ladingmi ? - dedi, yuzim bo'ylab nigohini sayr qildirgancha. Men javoban bosh silkidim. Unga nisbatan kuchli itoatkorlikni his qildim.. nega u meni onsonlicha boshqaradi ?
Sekin barmoqlarim harakatga kela boshlagan ko'yi og'riq nuqtasini belgiladim. Ya'ni ko'ksimni. U ko'zimga aybdorlik bilan yumshoq qaradi. Men o'zimni battar og'ir his qildim. Chindan u meni eritishni hoxlaydimi..
- Odatda hech kim bilan bu darajada yaxshi bo'lmayman.. - ma'lum qildi ko'zlarimdan nigohini uzmagan holda. - Lekin hozir senga nisbatan kuchli mas'uliyatni his qilishimni tushundim.
- His qilma Taehyung. His qilma !! - o'zimni o'nglab biroz ortga surildim. - Men senga hech kim emasman.. Qayg'urma, o'ylama, havotirlanma.
Go'yo so'zlarimni jiddiy qabul qilmagandek yana yaqinlashdi. Bu holatdan ko'nglim ozib ketdi ochig'i.
- Unday qilma !! - men tomon kelayotgan qo'llardan qochgandek ortga tisarildim. So'zimni eshitmagan Taehyung o'zi istagan ishni qilishdan tap tortmasligini isbotlamoqchi bo'lgandek ko'tarib oldi. - Nima qilyapsan ?! - o'zimni uning qo'llarida g'alati his qilarkanman, buni ochiqlagancha o'dag'ayladim. U esa indamay meni yotog'imga yotqizdi. Jin ursin, nega ? Nega bunday bo'lyapti ?
Shu zahoti qarshilik ko'rsatib o'rnimdan turdim. U esa yengil qo'l harakati orqali yelkamdan itarib, yotishga majburladi. Ustimga chiqayotgan erkakka so'zsiz tikilib turar ekanman, hozir nima qilmoqchi ekaniga qiziqdim. Ortiq qarshilik qilishga kuchim ham qolmagandi.
- Faqat ko'zingni yum. Og'riq haqida unut.. - menga qarab aytilgan so'nggi jumlalar shu bo'ldi. Tikilishda davom etdim. Yuzi yuzim bo'ylab pastlarkan, yengil ammo muz kabi sovuq lablarini bo'ynimga bosdi. Bu safar chindan uning aytganiga kirishni istamasamda, ko'zlarim o'z o'zidan yumilib ketgandi.
Ichimda nimadir uyg'onganini his qilgancha og'ir yutunar ekanman, Taehyungning keyingi harakatini ko'ra olmasam ham nafasi orqali pastlaganini his etdim. Uning lablari endi boyindan ham pastroqdan joy oldi.
- Aysh ~ - boshqaruvni yo'qotdim, jin ursin. Qo'lim boshqaruvsiz uning sochlaridan siqimlar, yanada qattiqroq tortardi. U qo'lini kiymim tugmalariga olib borib, ularni bo'shatdi.
Go'yo portlashga tayyor turgandek ko'krak qismimni yuqori ko'tardim. Nafasim og'irlashgan.. chuqur havo yutib, shu zaylda chiqarardim. Ko'zim yumiq bo'lsa ham kipriklarim qaltirab turardi. Uning barmoqlari ko'kragim markazida aylanib, so'ng o'rnini yumshoq lablarga bo'shatdi.
- Mmm. ~ - og'zimdan ihtiyorsiz, behayo ohanglar jarangladi. U tilini ko'kragimning yumshoq qismiga botirdi. Keyin esa avaylagandek bo'sa olib, chuqur hidladi. Ora orada yengil tishlash ta'sirida tanam bo'ylab tortilishni his qilardim.
Qo'lim harakati qattiqlashdi. Uni yanada o'zimga qattiqroq tortdim. Bosim, hoxish bizni egalladi, balki faqat menidir.. u bir soniyaga yuzini ko'tardi. Men ham ko'zimni holsizlanib ochib unga qarar ekanman, ko'zlarimiz masofasi o'ta qisqa ekanini payqadim. Taehyungning ko'zlari butkul boshqacha... beg'uborlikni yashirgandek..
- Hayrli tun, vanilla. - lablaridagi shivirni aniqlik bilan eshitdim. Lekin biz bir birimizga qarashdan to'xtamasdik. Go'yo qamalib qolayotgandekman. Yuragim urishi tezlashdi.
U bu holatni butkul tugatgandek, yaqinlashib peshonamga lablarini bosdi. So'ng qo'zg'algancha xonadan chiqdi.. bu eng ajoyib tun edi..
- Qizim, unga itoatkor bo'lishing kerak. - asabiylashishni boshlagan erkak, qarshisida turgan inson tomon yana bir qadam yaqinlashdi.
- Dada !! - baqirdi qiz toqati toq bo'lgancha. - Bas qiling, nega bu la'nati ishlarga meni aralashtirdingiz ?!
- U shuni hoxladi. Seni nikohiga olishni talab qildi.
- Hayotim sizga o'yinchoq bo'lib qoldimi ?!
- Men uchun Rei, dadang uchun unga bir necha oy chidab tursang bo'lgani. Keyin o'zim seni olib ketaman !! - Janob Hwan so'zini tugatgach allaqachon sinib ulgurgan qiziga qaradi. Uning yanog'idan qaynoq tomchi oqarkan, buni otasi ko'rmasidanoq zudlik bilan yengi orqali artib tashlab alamini yashirdi.
- Yaxshi. - onsonlikcha ohista berilgan javob.. Bundan biroz hayron qolgan erkak, shunchaki ortiqcha hech narsa demay vaziyatdan to'g'ri foydalanib qolish yaxshi qaror deb o'yladi.
- Muhimi ro'lingni yaxshi o'ynashing kerak. Shundagina u senga e'tiborsiz bo'ladi degan umitdaman.
Ichimda har xil shisha siniqlari sochilib ketdi. O'zimni oddiy buyumdek his qildim. Otamdan nafratlanishni hoxlasam ham buni eplay olmasdim. Chunki u ham majburiyat bilan qoplanganini tushungandim. Barchasiga o'sha la'natilar aybdor.. Jeon Jungkook.
Yana bir tomchi.. men bu safar unga e'tibor bermadim. Qarshimda turgan nogironlar aravachasiga nazar tashlar ekanman, sekin yaqinlashib unga joylashdim.
- Demak rozisan shundaymi ? - umid bilan menga yuzlangan otamga qarab, indamadim. U bundan mamnun edi. Rozi ekanimdan.. boshimni silkitdim va otam ortimga o'tib aravachani boshqargancha meni xonadan olib chiqdi.
Atrof jim jit.. Jungkook qo'lida allaqanday jurnalni olib o'qib o'tirardi. Zal markazida esa rohib.. atrof oq gullar bilan bezatilgan, ancha chiroyli holga keltirilgandi. Bu ularning ilk to'y kechasi ahir..
- Kechirasiz Janob, kelin qachon keladi ? - biroz uyalgancha so'z boshlagan rohib, past ovozda noqulay bo'lib so'radi. Yana jim jitlik. Jungkook o'lik nigohlarini jurnaldan olib, chamasi ikki soatlardan buyon tik oyoqda turgan erkakka qaratdi. Buning o'zi rohib uchun yetib ortgandi. U chuqur yutinib qo'ydi.
Xona bo'ylab eshik ovozi yoyildi. Xonada tirik jon borki barchaning ko'zi bir juft taraqlagan taxtaga qaratilgan. Reina va Janob Geoksu.. Otasi qizini so'nggi qadamiga qadar kuzatib qo'ydi. Hech qanday ifodasiz o'tirgan Jeon hafsala bilan o'rnidan qo'zg'alib oq libos kiyib olgan qizni boshdan oyoq kuzatdi.
- Dada, bu ahmoq shunday qarab turaveradimi ?! - jaxl bilan ovoz chiqardi qiz.
- Reina !! - otasi "jim bo'l." degandek ishora qilar ekan, talabchan ohangda qizning ismini talaffuz qildi.
- Boshlashingiz mumkin. - rohib tomon yaqinlashgan yigit e'tiborsiz ta'kidladi. - Hwan xonim Jeon bo'lishga shoshayotgan ko'rinadi. - dedi u mazaxlagancha.
- Yaxshi. - aniqlik bilan buyruqni qabul qilgan erkak yorqin tabassum bilan ishini boshlashga shaylanib nikoh hujjatiga razm soldi. - Hwan Reina xonim, siz Jeon..
- Ortiqcha ahmoqgarchiliklar shart emas. Menga qog'ozni uzatib yubor. - qiz o'zini odobsiz ko'rsatgancha Jungkookga buyruq berdi.