Vanilla
Bu dunyoda bolalarning noto'g'ri yashashiga doim kattalar aybdor bo'lishgan. Ularning surunkali xatolari sabab kelajak butunlay buziladi..
Atrofning qorong'u sukunati muhitni yanada qiyinlashtirgan. Hayiqishiga arzigulik bu holat o'sha ikki insondan boshqa hech kimni bezovtalamasdi.
- Shoshmang. - Kang xonim ingichka ovoz chiqardi. - Kimdir ko'rib qoladi. - ogohlantirish berdi ayol yon atrofni ko'zdan kechirib. Janob Jeon ham shunga monand atrofga nazar solib yana qayta ayolga yuzlandi.
- Qo'ysangchi, Seulgi hammasi nazoratim ostida. - dedi u, ayolning belidagi qo'llarini yanada mahkamroq siqib. - Eringdan shunchalik qo'rqasanmi ?
- Mm, hozir bu haqida gaplashmaymiz. - kulimsiragan Kang xonim, erkakning ko'z oynagini olib stol ustiga qo'ydi. Labini tishlagancha uning lablariga o'zinikini bosarkan, ko'zlarini allaqachon shahvatdan yumgan erkak ayolning orqa qismini kaftlari bilan siqimlay ketdi.
- Dada.. - eshik ortidan eshitilgan yosh bolaning ovozi. - Oyim qayerda ? - hodisani ko'rishga ulgurmay otasini so'roqqa tutgan Jungkook ko'z oldida bir biriga yopishib olgan ikkta katta insonni ko'rib hayrat iskanjasiga tushgandek seskanib ketdi.
To'sattan bo'lgan bu holatdan dovdirab qolgan Janob Jeon bolakayga tosh qotgancha termulib turardi. Bir necha soniya ichida u o'ziga kelib Kang xonimdan uzoqlashdi va kiyimlarini epaqaga keltirdi.
- Bu yerda nima qilyapsan ?! - baqirdi u eshik tagida indamay turgan bolakayga qarab. - Xoziroq xonangga yoqol !! - yana o'sha haybatli baland tovush.. Kichik Jeon boshini bukib xonasi tomon ketarkan quloqlari so'nggi bor eshitib qolgan jumla " Kechir sevgilim. " bo'lgan edi.
Tamom. U juda kichik bo'lishiga qaramay bu so'zlar nimani anglatishini biladi. Hayotidagi eng zulmatga burkangan qorong'ulik aynan o'sha vaqt bo'lganini eslasa asabiylashishdan to'xtolmay qoladi.
Mayin shabboda pardalarni turli tomonlarga uchirishi.. salqin havo tanani seskantirishi.. bular yoqimli bahor kelayotganini sezdiradi. Ohirlagan sovuq qish..
Quyoshning botayotgan ko'rinishi qizning ko'zlarini bezovtalab ularni ochishga majburladi. Bir biriga yopishib ketgan kipriklar ochilar ekan, avvaliga atrof butunlay g'ira shiralikka burkangandek ko'rindi.
O'zimni urintirib ko'zimni ochishga uringanimda huddi kiprik tolalarim uzilayotgandek his qildim. Ko'z nurim biroz tiniqlashishini kutgan sarim, bo'shliq topildi deguncha qo'rqishni, titrashni boshlardim. Hayollarim butunlay menga bo'ysunmas, aksincha qarshimda yana o'sha ayolning aksini rivojlantirishga urinardi. Jin ursin, nimalar bo'lyapti ?!
Men ongimni butkul axlatlardan tozalashim kerakligini aniq anglayapman. Lekin buni aynan qaysi yo'nalishdan boshlashim kerakligini bilmayman.. Atrof tiniqlashdi. Taehyungning uyida ekanimni tushunib yetganimda, tezlik bilan telefonimni qidirishga tushdim. U chap tomonimdagi kichik mebel ustida. Soatga qaradim. Allaqachon 17:03. Bu juda uzoq vaqt uxlaganimni anglatardi.
O'rnimdan turganimda barcha yuklarim shu yerdaligini ko'rib ularni yoyib tashlashga tushdim. Tan olaman ko'ringanimdek tartibli emasman. O'zimga kerakli kiyim va buyumlarimni topgan zahotim tashqariga chiqdim.. yuvinish xonasiga kirish uchun qora eshik qarshisiga kelarkanman, taqillatish uchun qo'limni cho'zishim bilanoq nimadir meni bu ishni qilishdan to'xtatdi. Indamay shunchaki taqillatib kiraverishim mumkinmi ?!
- Aera. - ortimdan kelgan bosiq ovozni eshitishim bilan biroz cho'chib, qotib qolgan qo'limni darxol eshikdan uzoqlashtirdim. - Istagan vaqting kirishing mumkin. - dedi, u ancha so'lg'inlik bilan. So'zini yakunlagan Taehyung ortimdan oldimga kelgancha o'z xonasiga kirib ketib, men ham kirishim uchun eshikni ochiq qoldirdi.
Negadir o'zimni g'alati his qilardim. Avvalgidek emas, shunchaki shijoatim pasayib ketgan. Bir necha soniya shu zaylda turar ekanman, chuqur nafas yutib eshikdan avvaliga sekin mo'raladim. U kiyimini o'zgartirardi. To'g'rirog'i buni tugatishini kutib so'ng indamay kirib ketdim.
- Kirsam maylimi ? - eshikdan boshini chiqargan Jungkook past ovozda so'radi.
U ko'rpaga burkanib yotgan qizni ko'rar ekan, ortiq hech narsa demay shunchaki ichkariga kirib yotoqning bir burchagiga o'tirdi. Yigit hozir g'azabi toshib ketayotgan bo'lishiga qaramay, Hesuga asabiy munosabatda bo'lishni eplay olmayotgani haqida o'yladi. Lab chetidagi nadomatli tabassum..
- Nima hoxlaysan ? - dedi qiz par ko'rpasi ichidan chiqmagan holda.
- Hech narsa. Shunchaki xabar olish uchun kirdim.. - Jungkook bu safar ancha tetiklashib o'rnidan turdi. Chiqish eshigi oldiga borarkan, ortidan kelgan tovush tufayli to'xtadi.
- Ahvolim yomon bo'lsa nima ?! - Hesu ko'rpa ichidan boshini chiqarib, yigitiga g'azabli gapirdi. - Qo'lingdan meni yaxshi qiladigan biror nima keladi !! Meni o'ldir !! - huddi o'sha ohang.. qizning holati hech qanday yumshoq munosabatsiz. Jungkook bunga ko'nikmagan..
- Shunchalik o'lishni istayotgan bo'lsang o'zingni o'ldir !! - dedi yigit e'tiborini sevgilisining ko'zlariga qaratib. - Qoning bilan qo'limni bulg'ash niyatim yo'q Lee Hesu. - so'zlari so'ngida mensimay kulimsirarkan, ko'zlarini falak bilan tutashtirgancha eshikni o'zidan so'ng yopib chiqib ketdi.
- Ablax.. - pichirladi qiz nigohlarini yerga qadab. Ko'zlari yoshlanarkan, ko'ksida turgan achishishdan bezovtalanib, qo'llari bilan kiymini mahkam siqimladi. - Qonimdan jirkanar darajaga keldingmi hali ?! - ko'zyoshlar.. Hesu allaqachon unsiz yeg'lashni boshlagan. Bir necha kundan buyon bu davomiy holga aylanib ulgurdi. Alam bilan qorishgan tomchilar.
Hammomdan chiqmasimdan u hali ham xonada ekanini hididan sezdim. Negadir yuzimga ayyorona tabassum yugurdi. Kiyimlarimni qo'limga olgancha tanamni sochiqga o'rab xonadan chiqdim. Taehyung krovatida yotgan holda kimdir bilan qo'ng'iroqlashardi. Avvaliga menga umuman qaramaganidan asabiylashdim. Joyimda tik turaverganimni sezgach menga qisqa ko'zi tushib yana qayta e'tiborini o'sha qo'ng'iroqqa qaratdi. Yo xudo.. agar hozir Angliyada bo'lganimda allaqachon erkaklar meni deb hushidan ketgan bo'lardi.. bu ahmoqga nima bo'lgan o'zi ?!
Nihoyat yana bir necha daqiqalardan so'ng u qo'ng'irog'ini yakunlab menga " Nima ? " degandek olayib qaradi. Yelkalarimni qisib qo'yarkanman, o'zimni a'lo darajada jinnilikka solayotganimni o'ylab beihtiyor lablarim kulib yuborishdi.
- Nimanidir hoxlasang so'ra. Ahmoqona imo ishoralaring bilan vaqtimni olyapsan !! - o'sha sovuqqonlikka yana duch kelarkanman etim junjikib, biroz titrashga ham ulgurdi. Uning qo'polligi borgan sari g'ashimga tegishni boshlayapti. O'lik ko'zlariga tik qarab, bir qoshimni uchirarkanman, haqiqiy qo'pollikni ana endi mendan ko'rishini aytgandek labim chetida tabassum qilib turishda davom etdim.
Hafsala bilan ho'rsingan Taehyung ohir oqibat xonadan chiqib ketish uchun qadamlarini kattalashtirdi. Oldimdan o'tib ketar ekan, uning yana o'sha la'nati atirining ifori dimog'imga urilishi bilanoq ko'zlarimni yumdim.
- Yuraging qanday urayotganini o'zing sezdingmi ? - kinoya bilan savol berarkanman, qadam tovushlari to'xtaganini eshitib yana mamnun tabassum meni egalladi. Ko'zlarim yumiq, hech narsani his qilmasdim. Belimga urilga sovuq taftni sezishim bilan ikkilanmay o'zimni bo'sh qo'ydim. Og'irligim uning nazorati ostidaligini bilish o'ylaganimdan ko'ra ko'proq ishonchli tuyildi.
- Ko'zlaringni och. - dedi u yuzini butunlay quloqlarim ostiga olib kelgan ko'yi. Lablarini shundoq bo'yin sohamda his qilardim. Menga o'ylaganimdanda yaqinroq turdi. Aytganidek ko'zimni ochrkanman baribir ortimda turgan erkakka ko'zim tushmadi. Nafasini his qilardim, lablarini botirishni istaydi, lekin aksincha ularni teginar teginmas holda tutib, nafas rostlashga harakat qilmoqda.
- Nega sovuqsan ?! - ihtiyorsiz savol berdim. Chindan har bir barmog'i, lablari, hattoki nafasidan ham sovuqlikni sezyapman. Huddi qish qaytalangandek sovuq.
Taehyung indamadi. Belimdan ushlagan qo'lini mahkamroq siqarkan bir urunishda meni o'zi tomonga qaratdi. Uning kelishgan yuz tuzilishiga juda yaqin edim. Jin ursin, unga so'lg'in nigohim bilan ko'z uzmay termularkanman, lablari ustidagi holga ko'zim tushdi. Har soniya men uning ingichka labidan ko'zimni uzolmay yaqinlashaverardim. Chindan, o'pishni istardim. U keskin harakati bilan, iyagimni ushlab ko'zlariga qarashimga majburlarkan, qarashim bilan bir necha soniya oralig'ida bu safar u ko'zini yumdi. O'sha kalta kipriklariga qarashda davom etib nima qilmoqchi ekaniga qiziqdim.
U labi chetida kulayotganini his qilarkanman, so'nggi harakati bilan egnimdagi sochiqni olib tashladi. Kim Taehyungning qarshisida butunlay hech vaqosiz edim. Bu meni unchalik ham hayron qoldirmagan bo'lsada, ko'zlarini yumgani g'alati.
- Ko'zlaringni och !! - huddi o'zidek talab qildim. Lekin foydasiz. U so'zimga javoban "yo'q" degandek boshini silkitdi.
Qo'li sekinlik bilan belimga tegingan chog'i tanamda paydo bo'lgan qaynoqlik, uning sovuq harorati bilan tutashishi o'zgacha bo'ldi. Go'yo olov va muz kesishgandek. O'sha sovuq haroratga ega bo'lgan barmoqlar bel qismimni siypalagani sabab bo'shashib ketishda davom etdim. Kim buni sezgandek qo'li bilan meni tutib qolishga urindi. Bag'ri tomon kuchli bosim orqali surganida uning quchog'iga urildim... Qaynoq nafasini yana his qildim..
Bo'ynimga tekkan qisqa o'pich ta'sirida ko'zlarim yumilib ketar ekan, nafas olishim ancha chuqurlashdi. Shunchaki ehtirosdan olovdek yondim..
Avval hech kimni bunchalik menga teginishini hoxlamaganim uchun o'zimga tushunmay qolgandim. Ba'zida boshqaruvni yo'qotish meni haqiqiy jirkanch hirs quliga aylantirishini bilib tursamda to'xtashni hoxlamadim.
Ko'kraklarim uning ko'ksiga botib turishini men his qilganimdek u ham sezgani aniq.. nazorat qilishni istasam uning nafas olish ritmini kuzatolmay qolyapman.. jin ursin. Taehyung iliqlik oralagan barmoqlarini mendan uzoqlashtirar ekan, tanasi ham asta masofa yaratdi.
- Oramizda to'siq bor, vanilla. Buzish imkonsiz bo'lgan to'siq. - dedi, o'sha yumiq ko'zlari bilan xonani tark etib. Aslida ovozidagi havotir kuchayib ketgandi. Tushunarsiz so'zlarini anglab yetishim kerak deb o'yladim.
Ammo, shunchaki chiqib ketish nimani hal qiladi ?! Asabiylashishni boshladim, qoshlarimni chimirdim. Nimadir izlab, qaraganimda yerga tashlangan o'sha oppoq sochiq ko'z ostimda dunyodagi eng buyuk chirkinlikdek ko'rindi. Uni olib yaqin tomosha qilarkanman, butun vujudim bilan la'natlagancha uloqtirib yubordim. Jin ursin barini !!!
Jungkook bir necha soatdan beri ko'chada sababsiz mashina haydab yurardi.. Xabar keldi. U bir qo'liga telefonni olib, ikkinchi qo'li yordamida rulni boshqarishda davom etdi.
Noma'lum raqam: Kang Aera 2 kundan buyon Kim Taehyung bilan uning uyida. - xabarni o'qigan yigit pastki labini tishlab qoshlarini chimirarkan, ko'zini yo'ldan uzmadi.
- Bu ahmoq nima qilmoqchi bo'lyapti ?! - bir qoshini ko'targancha tabassum qildi Jeon. - Yoki.. qari to'nka uni ogohlantirganmidi ?! - o'ziga o'zi savol tashlab, o'ylanib qoldi.
So'nggi manzil. Biroz tinchlanishdan so'ng uyga qaytgan Jungkook, karta bilan qulflagan eshigini qayta yana o'sha karta orqali ochdi. Bari Hesu bu yerni tark eta olmasligi uchun. Ichkariga kirganida jim jitlik.. avvalgidek atrofni quvonchga to'ldiradigan mehrli kulgu ovozlari yo'q. Hatto atrof qorong'u atmosferaga moslashgan. U qizning xonasiga ko'tarildi. Bu safar ichkariga hech qanday ruxsatsiz kirgan Jungkook atrofdan sevgilisini izlashga tushdi. Hech kim yo'q, yuvinish xonasidan na suv ovozi eshitiladi, na chiroq yoqilgan.. u havotirga tushdi. Krovat yaqiniga kelganida oq rangli qog'ozni ko'rdi. Buni tez payqamagani tabiiy, chunki pastel rangi ham oq edi. Jungkook biroz hayajon bilan uni qo'liga olarkan, biror nimani sezgan ko'yi bir fursat buni ochmasammikan deb o'yladi. Yo'q, u buni ochishi kerak !!
Xat: Salom, azizim Jungkook. Nazarimda seni qanchalik sevishimni oz fursatda ko'rsata oldim. Havotir olma, yoshligimizdan buyon menga emas, Aeraga qiziqishing kuchli bo'lganini payqaganman. Bilib turishimga qaramay seni sevishni tanladim. Va.. nima bo'ldi ?! Albatta o'zim kutganimdek sen menga dil izhor qilding. O'sha vaqt nimani his qilganimni hatto tasavvur ham qilolmaysan. Eslasam huddi o'sha vaqtdagidek quvonchdan portlay olaman. Jin ursin, hissiyotlarim hali hamon jonli ekani juda ham shubxali. Sendan ilk marotaba homilador bo'lganimni eslaysanmi ? Sen ham baxtli eding, lekin ko'zlaring.. ular kulmasdi. Men uchun o'zingni shunday tutganingni, hatto farzandimni qandaydir dorilar berib nobud qilganingni ham bilaman. Hech narsadan xabari yo'q deb o'ylaganing tabiiy, chunki doim sen bilan bo'lishni tanladim va shunday qildim. Shu kungacha hatto sendan voz kecha olmasligimdan qo'rqardim. Lekin.. men bilgan yana bir achchiq haqiqat ko'zlarimni ochdi. Otamni ham, onamni ham, hatto o'z tutingan otang bo'lgan amakimni ham o'ldirding.. bu senga shunchalik onson bo'ldiki yuzingda bir tomchi afsuslanishni ko'rsatmading. Unutma, bir kun bularning barchasi oshkor bo'ladi. O'shanda o'ldirgan insonlaring, o'ldirgan o'z farzanding uvoli tutganini his qilasan Jeon Jungkook. Sen uchun qurbon qilgan umrimga abadiy rozi emasman.
" Jin ursin. U hozir qayerda ?! " o'yladi yigit g'azabdan qizarishga ulgurgan ko'zlarini qog'ozdan olib qochmay. Kafti bilan uni mahkam siqib g'ijim holga keltirarkan, kutilmagan bu vaziyat uni chigallikka olib kirgandi. Endi chiqish uchun Hesuni topish kerak. U uzoqqa ketmagani aniq. Yagona qochish uchun qulay joy, hojatxonadagi o'sha tirqich.
Jungkook o'sha joyni tekshirdi. Chindan kichik deraza ochiq. U uyning orqa tomoniga o'tarkan, qiz qochgan joyidan boshlab qayergadir ishora qilingandek tuproq sepib chiqilganini payqadi. Yigitning yuragida yana bir bor g'ul g'ula uyg'onadi. U e'tibor qilmaslikka harakat qilib, tuproqli uzunlik ortidan ergashdi. Bingo !! Bari yer to'laga bo'lgan ishora.
- Yerto'la.. - hayron ifoda bilan joy nomini talaffuz qilgan Jungkook, qadamlari to'xtagan joyda tuproqning davomiyligi ham tugaganini ko'rib hayratdan qoshlarini ko'tarish o'rniga ularni chimirdi. - Nega shunchaki qochib ketmadi ?!
U barini juda yaxshi tushundi. Hissiz ifoda bilan u yerni tark etarkan, yurish davomida cho'ntagidan telefonini olib, o'sha noma'lum raqamga chaqiruv yubordi.
- Eshitaman Janob. - jiddiy erkak ovozi..
- Uyimga kelib.. - to'xtab qoldi. So'zini bir biriga ulay olmagan Jungkook ko'zlarini mahkam yumib ochdi. - Uyimga kelib yerto'lamni tozalashsin. - dedi, u chuqur nafas chiqarib. Qo'ng'iroq yakunlandi.
Jeon o'z xonasiga kirib yotog'iga bor vaznini tashlarkan, nega unchalik tuyg'uga berimayotgani haqida o'yladi. Fikricha u Hesuni sevardi. Demak.. unday emas.. Shiftga termulgan yigit chuqur hayolga cho'mdi.
- Bu la'natilar ichida faqat seni saqlab qolmoqchi edim, Lee Hesu. - pichirladi u horg'inlik bilan. - Farishta kabi orom top.. shunda umrbod ko'rishmaymiz.
Ochlik hissi.. Aera qorni ochganini sezib, Taehyungning xonasiga borishni reja qildi. Eshikni tinmay bir necha bor taqillatarkan javob kelmagach, ichkariga so'rovsiz kirib ketdi.
- Jin ursin, yolg'iz ovqatlandimi ?! - dedi, mebel ustida turgan bo'sh pitsa qog'oz idishini ko'rib. - Kim Taehyung, nega meni chaqirmading !! - bu safar u bo'sh idishdan nigohini uzib, yigitni qidirishga tushdi. U hech qanday harakatsiz yuvosh holda uxlardi.
- Men ochman. - u yana bir bor ta'kidlab, bu safar yigitni turtib uyg'otishga o'tdi. - Uyg'on !! - jahil bilan biroz qattiq turtib yubordi Aera.
Taehyungning asta chimirilib borayotgan qoshlari, butun yuz ifodasini shafqatsizlashtirdi. Uyqusi o'chmay o'rnidan turarkan ko'zini biroz ishqalab qizga qaradi.
- Soat nechi bo'ldi ?! - tahdidli savol berdi Taehyung. Qiz ikkilanib mebel ustida turgan dekor soatga qaragan ko'yi allaqachon yarim tun bo'lganini fahmlab og'ir yutundi.
- Endi to'qqiz bo'di deb o'ylagandim. - yuvoshlashgan qiz past ovoz chiqardi. - Tushlik ham qilmadim. Qornim ochdi.
Bu so'zlardan ancha asabiylashgan Kim peshonasini silab, bazo'r ochilayotgan ko'zlarini yumgancha yana yotib oldi. Aera nimani kutdiyu, endi nima bo'ldi..
- Meni shu yerga olib keldingmi, hamma mas'uliyatni bo'yningga ol to'nka !! - hafsalasi bir bo'lgan qiz jiddiylashgan on, Taehyung shu zahoti ko'zini ochib bir qoshini yuqoriga ko'tardi. Tanasini ham yuz foiz yuqorilatarkan uning egnida hech bir mato yo'qligini endi payqagan qiz, lablarini ho'llab e'tiborini iloji boricha yigitning yuz qismiga qaratishga urindi.
- Vanillaning, muomalasi o'zgardi ?! - savolli qaradi u.
- Demak, sen bilan yaxshi gaplashish gunoh. - labi chetida kulgan qiz ensasini qotirarkan, har bir harakatini ko'z uzmay kuzatayotgan yigitga qaragan sari eti jimirlashni boshladi. Ammo bu tashqi muhitga sezdirilmasligi kerak bo'lgan narsa.. - Chindan yaxshi muomala qilganimda meni e'tiborsiz qoldirding. Ishonaver iloji boricha sendan shaxsiyatimni yashirishga urinyapman !!
- U qanday ?! - tabassum qilgan yigit, ko'zini berkitgan sochlari bilan masofani qisqartirdi. - Asl shaxsiyating.. - savolini to'ldirish barobarida qiziqish bildirdi Kim.
- Shohona taom va kechagidek burbon shishasi.. - hayolan aytgan narsasini tasavvur qilgan qiz, baxtli kulgu bilan davom ettirdi. - Menga shu ikki narsa, senga esa shaxsiyatim bo'laqolsin.. - o'yin qilgandek ko'rsatgich barmog'ini yigitning ko'ksiga botirgan vaqt, qattiqlikni his qilib yuzidagi tabassum biroz yo'qoldi. Yana og'ir yutunish.. u o'zini yo'qotib qo'yishdan qo'rqadi..
- Mm.. burbon ? Mast bo'lib qolmaysanmi ? - qarshi tomonga savol yonlagan Kim bir qizning ko'zlariga, bir ko'ksiga yopishib turgan barmoqqa qaradi. - Meni mast qizaloq emas, shaxsiyating qiziqtirdi..
- Ko'p ichmayman. Va'da beraman. - dedi qiz shoshilib masofa yaratish barobarida. Taehyung ishonmay biroz qizga termulib turib, so'ng o'rnidan turdi.
- Hech narsa kiymaysanmi ?! - hayron savol berdi Aera.
- Seni bezovta qilmasa, bu shart emas. - huddi atayin qilgandek qo'rs javob bergan yigit, qo'llarini ko'tarib kerisharkan, qisilib qolgan ko'zini qizdan uzmadi.
- Hozir emaskuyaa.. - biroz cho'zildi u. - Lekin burbondan so'ng... oldindan biror nima deyish qiyin. - tinchgina qutilib qolishga urinib qisqa javob qildi. - Kettik. Meni ovqatlantirguningcha tong bo'ladi shekilli. - yana o'sha davomiy kinoya.
O'ttiz daqiqadan buyon ovqat pishishini kutardim. Burnimga urilayotgan bu hid.. shunchaki mo'jiza. Jin ursin, ko'zlarim yumilib ketyapti. Qachon bu tayyor bo'ladi va men qachon to'q qorin bilan uxlayman.
Ilinayotgan ko'zim har safar uning keng yelkalariga qadalgan vaqt uyqu degan narsa meni tark etyapti. Aslini olganda koreyslar bu darajada katta tanaga ega bo'lishlari haqida o'ylamagandim. Jin ursin, u meni bezovta qiladi.
Taom pishdimi yoki yo'q bilmadim-u, lekin Taehyung oldiga borishimni ishora qilganida indamay bordim. " Nima ?! " degandek qaradim. U qo'lidagi qoshiqqa ishora qildi.
- Yo'q. - yuzimni burishtirdim. - Keyin yeyman. - boshqa indamay yana joyimga borib o'tirdim. Chindan bunga kayfiyatim yo'q. Hafsala bilan yana o'z ishiga qaytgan Taehyungga qaradim. U hech narsani o'ziga yaqin qabul qilmaydi degan umitdaman. Chunki bular haqiqiy emas.
- Yoqimli ishtaha. - oldimga likopchani qo'ygan yigit, barchasini tayyor ko'rinishga keltirdi. - Men uxlashga kettim. - dedi, orqa o'girish barobarida. Hayron qoldim ochig'i. Men bilan birga taomlansa kerak deb o'ylagandim.
- Men bilan qolmaysanmi ?! - savol berdim jiddiylikni yoqgan holda. U men tomon o'girildi.
- Bugun o'ylaganimdan ko'ra og'irroq kun bo'ldi. - chiroyli tabassum qildi Kim. - Mast bo'lishingga ruxsat beraman, vanilla. Istaganingcha uxla. - gapini tamomlab meni tark etdi.
" Istaganingcha uxla.. " haqiqatdan bugun uxlay olmasam kerak deb hayol qilgandim. U meni tushundi, burbonni nega so'raganimni tushundi. Lee xonimni o'ylamaslik uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilayotganimni tushundi.