October 23, 2024

- Emotion -

- Emotion - - 20 -

Bir necha kundan so'ng.

Odatdagidek o'z xonamda uyg'ondim. Telefonimni istamay qo'limga olganimdan, bugun miriqib uxlaganimni sezdim. Nihoyat men bu halovatni o'z yotog'imdan topdim.

Ba'zi ishlarimni bitirgach dadamning xonasiga kirishim kerak deb o'yladim. Har tong undan habar olishga harakat qilaman. Lekin u ko'zini ochmaydi. Balki bu hayotda bo'layotgan ba'zi narsalarni bilishni ham istamas ?

Eshikdan kirganimda u doimiy uyquda, yoki meni tinglaydi. U ba'zida uyg'oq bo'lishi va so'zimni eshitishi mumkin.

- Dada, men keldim. - ohista borib otamning oldiga o'tirdim. Qo'llarini silab, terisi biroz burishganini sezdim. Balki kimyoviy dorilarning ta'siridir. - Ahvolingiz yaxshi. - chuqur ho'rsindim.

- Iltimos tezroq tuzalishga harakat qiling. Men sizni har qanday holatda qabul qilishim rost, lekin bu holatdan ham hursand bo'lmayman. - kunlik aytadigan so'zlarim yana takrorlandi. Unga buni eslatishdan aslo charchamayman. Agar meni eshitgan bo'lsa harakat qilayotganiga ishonaman. - Men uchun sog'ayasiz. Sizni kutayotgan Rei bor dada. Shunday ekan ko'zingizni albatta ochasiz.

So'nggi so'zimni tamomlagach xonadan chiqdim. Pastki qavatga tushganimda katta stol ustida nonushta tayyorligini ko'rdim. Anchadan buyon xizmatkorlar yo'q. Uyda yolg'iz Misun, onasi, men va dadam. Ular bunchalik erta ovqatlanishmasdi.

Oshxonadan qo'shiq hirgoya qilinayotganini eshitdim. Lekin ovoz juda ham xira. U yerga kirganimda gaz pechiga yana bir nimalarni joylayotgan Misunga ko'zim tushdi.

- Nima qilyapsan ? - to'satdan savol berdim. U buni kutmagandek ortiga hayrat ifodasi bilan qaradi.

- Nega vaqtli turding ? Hali nonlar tayyor emas.

- Men nonushta qilmasligimni bilasan. - hafa qilishni istamasdim, lekin haqiqatdan ham tongda nonushta qilish uchun hoxishim yo'q.

- Bugundan qilasan. Senga o'zim tayyorlab beraman. - mamnun tabassum qildi opam.

- Qo'ysangchi Misun. Hatto tuxum qovurishni ham eplolmaysan. - ustidan kulgandek bo'ldim. Uning navbatdagi yuz tuzilishini oldindan taxmin qildim. Norozi go'dak qiyofasi.

- Bunchalik xo'rlashing shart emas Kim Reina. Mana ko'rib turibsan. Dasturxondagi hamma narsani ijtimoiy tarmoqdan o'rganib tayyorladim. Opangdan faxrlan ! - kerilib qo'ydi u. Unga qarab tabassum qilar ekanman, haqiqatdan ham bularni o'z qo'li bilan tayyorlaganiga ishonish qiyin.

- Demak men uchun bo'lsa uni ta'tib ko'raman. - ohiri baribir rozilik berdim. - Ozgina yesam mendan arazlab yurma ! - so'nggi bor so'zimni ta'kidlab xonadan chiqdim.

- Misun nonni kuydirib yubording a ? - hafsala bilan, burnim sezgan nohush hidga ishonib savol berdim.

- Seni deb bo'ldi. Jin ursin ! - oshxonadan turib qichqirdi u. Haraktini kuzatib kular ekanman, kulaverganim sari oshqozonimga biron narsa sig'ishiga shubham ortardi.

Time skip.

Reina mashinasini kompaniyaga tegishli bo'lgan, mashinalar turargohiga joylashtirdi. Ko'zi bir mashinaga tushganida, Jeon Jungkook ham shu yerda ekanini sezdi. Chunki yon tomondagi mashina aynan uniki edi.
Oradan deyarli bir hafta o'tdi. Bu kunlar ichida u hali kompaniyaga kelmagandi. Rei hech ikkilanishsiz ichkariga qadam qo'ydi.

Janob Kimning xonasi tomon shoshildi qiz. Biroz xona oldida turar ekan, u yerdan Jungkookning ham ovozini eshitdi. Demak ular birga. Rei birdaniga eshikni ochdi.

- Taehyung.. - dedi qiz yuzidagi tabassumni jiddiylikka o'zgartirib. Uning bu sahnasi hozir rejalashtirilgan va chindan o'xshagandi. Hech qanday ogohlantirishlarsiz kirgani sabab, hammaning nigohi unda.

- Haligi, Janob Kim.. aytgan hujjatlaringiz tayyor. - u juda ham ajoyib ro'l o'ynaydi. Taehyung ham bundan aslo ajablanmadi, bunga harakat ham qilmasdi.

- Oldimga olib kelishingiz mumkin. - mayin tabassum bilan qizga qarab, so'ng nigohini Jeonga qayta qaratdi. - Davom et. - sokinlik bilan ma'lum qildi yigit.

- Bu ish butunlay yopildi. Sen o'z yo'lingdan ket, men ham o'zimnikini qidirib ko'rishga urinaman Kim. - Jungkook so'zlarini lohaslik bilan aytardi. Uning ovozida tushkunlik bor. - Endi ortga yo'l yo'q !! - bir necha soniya, va bu so'zlar, hujjatni stolga joylayotgan Reina tomon qaratilgandek bo'ldi.

Chunki yigitning qahr to'la ko'zlari qizga qadalgan. Ularning nigohi yana tutashdi. Yana sovuqlik ikkisining tanasini egallaydi. Bu qanday hissiyotki haroratga ta'siri bor ?

Taehyungning tomoq qirishi so'nggi nuqtani qo'ydi. Reina ko'zini pirpiratib qog'ozlarni stolga qo'ydi. Lekin Jungkookning ko'zlari undan uzilmaydi. U o'rnidan turib xonadan chiqib ketdi.

Qiz chuqur nafasini chiqarar ekan, eri o'tirgan kresloga ohista joylashdi. Dukullab urayotgan yuragini tinchlantirishga harakat qilib ko'ksini ushlagan ko'yi unga zimdan razm solayotgan boshlig'iga ahamiyat bermadi.

- Yuragingiz og'ridimi ? - savol berdi Taehyung.

- Sevgan insonimdan voz kechish bunchalik qiyin deb o'ylamagandim. - qoshlarini chimirib, qo'shimcha qildi qiz. - Aslida voz kechish emas, uni qabul qilish ahvolimni og'irlashtiradi.

- Havotirga va ortiqcha tomoshaga o'rin yo'q. Eshitganingizdek Jeon orani ochiq qildi. Endi tinch yashaymiz degan umitdaman.

- Gapiga ishondingizmi ? U o'ylaganingizdan ko'ra ancha qaysar. - Rei ichidagi og'irlik biroz yengillshgani uchun o'rnidan turishga tayyorlandi.

- U ulg'aygan kotiba Kim. Jeonni siz ulg'aytirdingiz. - dedi Taehyung biroz asabiy ohangda. Ammo bu haqiqat. Qiz ham biroz o'ylangandek Kimga tikildi, so'ng hech qanday javobsiz xonani tark etdi.

Author: Insoniyat o'zidan hech bo'lmasa bir hislatni o'zgasiga singdiradi. Bu qora ham, oq ham bo'lishi mumkin.

Uni men ulg'aytirdim ?! Hayotga bo'lgan qarashini o'zgartira oldim ?! ... Tentaklik ! U o'zgarmagan. Jungkook hech qachon o'zgarmaydi. Bu imkonsiz !
Qiz o'z kabineti tomon yo'l olarkan, yo'lidan chiqagan Jungkookning xonasi oldida biroz to'xtadi.

- Kirishim kerakmi ? - o'ziga o'zi savol berdi qiz. - Nega kirmay ? Albatta kiraman !! - qat'iyat bilan o'z savoliga javob topgan Rei, ochiqchasiga ochiq eshikdan ichkariga kirib keldi.

Xonada Jungkook yo'q. Atrofni ko'zdan kechirar ekan, ancha to'zg'igan qog'ozlar ko'zga tashlanib turardi. U haqiqatdan ham ketish uchun tayyorgarlik ko'rgan.

- Reina ?! - qizning ortidan ayol kishining ovozi eshitildi. Ovoz tanish, afsuski egasi ham.

- Ouu Luna ?! - dedi u ham o'zini hayratlangandek ko'rsatib. - Ko'rishmaganimizga ancha bo'ldi.

- Bu yerda nima qilyapsan ? - hech qanday mulozamatsiz, behurmatlik qildi qiz.

- Mmm, erimning oldiga keldim. Agar ijozat bersang. - Rei ochiqchasiga Lunaning ustidan kulmoqchi bo'ldi. Lekin uning munosabati o'zgacha. Yon tomonga qarab zimdan kularkan, ko'zlari osmon bilan tutashgancha qarshisidagi qizga qayta kibor nigoh bilan qaradi.

- Hali xabaring yo'q shekilli. - dedi biroz kinoya bilan.

- Nimadan ?! Agar Jungkook bu yerdan ketayotgani bo'lsa, afsuski bundan ancha oldin xabar topib bo'ldim azizam. Bu yerga u bilan xayrlashish va tezroq ajrim hujjatlarini hal qilish haqida gaplashish uchun keldim. - qiz o'zidan mamnun jilmayib qo'ydi.

- Biz turmush quryapmiz. Havotirga o'rin yo'q. - Luna ortga bir ikki qadam tashlab, qarshisidagi qizga havodan bo'sa yonladi.

Hozirgina faxr bilan tabassum qilgan lablarim bukildi. Bu la'nati nima deyotganini fahmlashga uringan sarim bo'lmadi. Turmush dedi ? Biz hali Jungkook bilan ajrashmadik. Ichimda biroz yongan gugurt, shunchaki gulxanga aylanib bo'ldi. O'pkam yonib, dimog'imni qulflab qo'ydi. Havo yetib bormayapti. Nafas olishim uchun kislorod yetarli emas.

- Shoshma ! - dedim unga qaltiroq aralashgan ovozim bilan. Qiz joyida tosh qotdi. Ha, u mening munosabatimni bilmoqchi. Luna tomon juda yaqin keldim.

- Gapiraqol. Bo'lajak erim meni mashinada kutyapti. - atayin asabimga tegish uchun shunday deganini bilaman. U o'ziga o'zi tilab oldi. Men buni istamagandim.

- Demak bo'lajak ering ?! - pichirladim sochlari ustida qo'limni o'ynatib. Uning ko'zi jig'imga tegyapti. Qo'lim orasida turgan bir tutam sochni mahkam tortarkanman, o'sha jig'imga tegayotgan ko'zlari qisilib, burishdi.

- Nima qilyapsan ?! Qo'yib yubor telba !! - u bor ovozi bilan qichqirdi. Lekin foydasiz. Men bundan rohatlanaman holos.

- Senga bu kam emasmi ?! - qo'lib orasidagi sochni bu safar yanada mahkamroq tortdim. Ikkinchi qo'limni bo'yniga olib borarkanman, uni devorga tirab siqardim.

- Bilasanmi, bularning hech biri Jungkook uchun emas. - qizargan ko'zlarimni nosog'lom alanglatib unga yaqinroq qaradim. - Hayotimga ko'rsichqondek kirib kelganing uchun, menga asl yuzingni avvaldan ko'rsatmaganing uchun. Sen iflossan Luna !

Ayni damda ongimni g'azab egallab olgan. Barmoqlarimning harakati keskinlashgan sari qo'lim ostidagi qiz nafasini rostlay olmay yo'talishni boshlagandi. Men uni o'ldiraman. Shu gap meni egalladi. Go'yoki Lunaning o'limi hayotimga orom beradigandek.

To'xtadim. Hech qachon birovning vafoti ikkinchi insonni qayta baxtini tiklamaydi. O'zimga o'zim ahmoq bo'lmasligimni ta'kidladim.

- Seni o'ldirmoqchi emasdim. - ust boshimni biroz epaqaga keltirib, devorga suyangancha, tinmay yo'talayotgan qizga tabassum qildim. - Shunchaki mendan uzoqlash Chxve Luna !

Qadamlarimni eshik tomon yo'naltirdim. Lekin qulog'imga yana yoqimsiz ovoz eshitildi va bu to'xtashimga sabab bo'ldi.

- Sen baxtli bo'lmaysan. Jungkook hech qachon aynan bir ayol bilan qolmaydi. Buni bilsam ham sevgim uchun hamma shartlariga ko'nyapman.

- Aynan shunday !! Sen bo'ysunuvchansan. Nima bo'lsa ham bo'yningni egib ketaverasan. Men hech qachon bunday erkak bilan qolmayman, unutma !!

Time skip.

Ish vaqtim tugadi. Shunga qaramay kun bo'yi hayolimda ahmoqona o'ylar sayohat qilishdi. Men jinni bo'lyapman. Ichimdagilar tushunarsiz. Jungkook haqiqatdan ham mendan butunlay voz kechdimi ?
Aslida birinchi men boshlaganim haqiqat, lekin u bilan munosabatim bu darajada yomon emasdi. O'zimni qandaydir, bari bir unga bog'liqdek his qilardim. Hozir vaziyat butunlay teskari. U hatto yuzimga qarashni istamaydi.

Nega bunchalik asabiylashaman ?! U menga begona, uni deb hayotim vayronaga aylandi. Nafratlanishim kerak aslida.
Qiz mashinasini uy oldida to'xtatdi. So'nggi bor boshini rulga yengil urib qo'yarkan, butun vujudi bilan nafas chiqarib mashinadan tushdi.

- Misun !! - deya opasini chorladi qiz, oyoq kiymini yechib, uy uchun mo'ljallangan oyoq kiyimlarni kiyarkan. Misun ham uni uzoq kuttirmadi.

- Keldingmi ? - zinalardan tusharkan, savol berdi. Singlisining homush qiyofasini ko'rdi va u biladiki Rei hozir biror nima demoqchi.

- Menda ahmoqona yangilik bor ! - hafsala bilan ma'lum qildi. Ovozidagi umidsizlik shunchalar sezilardiki, bu ohangni yagona o'zi sezmasligi mumkin holos.

- Taehyung bilan birga bo'ldim dema ?! - hayrat ila qo'llarini og'ziga olib bordi qiz. Uning gapidan achchiqlangan Rei yuzini g'alati tusga o'zgartirdi.

- Telbamisan ?! - deyarli baqirdi qiz. - Sen o'ylaganingdan ko'ra ahmoqona masala.

- Gapiraqol !

- Jungkook. - so'zida biroz to'xtab yana davom etdi. - U Lunaga uylanyapti ! - so'nggi nafasini chiqarganida huddi bu havo bilan Reining o'z ruhi ham tashqariga chiqib ketgandek edi.

- Nima ?! - deya lablarini ikki yonga bukdi Misun. - Faqat shumi ?! - kutilmagan, kinoyali ohang taraldi.

- Biz hali u bilan qonunan ajrashmadik. U esa tezroq uylanish payida. Yana nimadir bo'lishi kerakmi ?! - peshonasini qo'llari bilan silab, tushkun ahvolda cho'kkaladi qiz. Misun ham u bilan barobar o'tirarkan, biroz singlisiga tikilib, uning qo'llarini ushladi.

- Sen bo'layotganlarni o'zingga yaqin olyapsan. Ta'sirchan bo'lib qolding. O'sha shifoxonadagi voqea seni shunchalik zaiflashtirdimi ? - u biron nimani eslatishga urindi. Aynan Reining avvalgi munosabati va qat'iyatini. U o'z holatini tiklashi muhim.

- Bilmayman. Biroz dam olishim kerak menimcha. - qiz ko'zlarini mahkam yumib chuqur nafas oldi. Ko'zlarini charchoq bilan ochgancha o'rnidan qo'zg'alarkan, yuqoriga chiqish uchun o'zida kuch topolmasdi aslida.

- Yaxshi. O'zingga kelib ol. Bilaman, sevganing uchun rashk qilyapsan, lekin hissiyotingni boshqar. Ular senga qarshi harakat qilmaslaridan, buning oldini ol. - biroz taskin bergandek bo'ldi Misun. Uning so'zlariga singlisi bosh siltashi bilan javob qaytarar ekan, shu bilan birga tepa qavatdagi xonasi tomon qadamlarini rostladi.

Time skip.

Ijtimoiy tarmoqda issiq dush stressning oldini oladi deb o'qigan edim. Bu qanchalik haqiqat bilmayman, ammo o'zimda hech qanday o'zgarish sezmadim.

Qabul qilish qanchalik qiyin bo'lmasin, men o'sha so'zlarni eshitdim va buni o'ylamaslikning aslo iloji yo'q. Men kutmagandim. Haqiqatdan ham ular kun kelib qonuniy er va xotin bo'lishadi deb o'ylamagandim. Bu nimasi ?

Ko'zimdan qalqib chiqayotgan ko'z yoshlarimni ushlab turolmayman. Ular qanchalik zaif ekanimni eslatsa ham, bugun kuchsiz ekanimni tan olishim mumkin. Rostdan ham, o'sha qizning oldida o'zimni ushlab turolmadim, oxir oqibat shu darajaga keldim. Meni ular shu ko'yga solishmoqda. Go'yo qo'llarida qo'g'irchoqman. Qanday yo'l ko'rsatishsa o'sha tomon, yurib ketadigandekman.

Yo'q, men chidolmayman. Yuragim og'riyapti, hissiz og'riq.. muzlatib, qizitib azoblaydi. O'zim ham farqiga bora olmaydigan darajada azoblandim, va bu davom etadi, hech shubxasiz.

Unsiz yig'lash deyarli odat tusiga aylandi men uchun. Hech qanday ovozsiz, munosabatsiz, shunchaki bir nuqtaga tikilgan holda, ko'zimdan yoshlar oqadi. Yuzimga bu suyuqlik yomon ta'sir qilgandek, terim qizarib, achishadi. Charchadim. Eng boshidan boshlashga harakat qilgan sarim, bo'lmayapti. Nega ?! Nega axir ?! Barchasi yuragimdagi shu la'nati tuyg'u tufaylimi ? Bu nima bo'ldi o'zi, Jungkook menga qilgan shuncha ishiga qaramay undan voz kecholmasam..

Eshik ovozini eshitdim. Bu mahal kim kelishi kerakligi haqida bilmayman. O'rnimdan qo'zg'alib, derazaga qaraganimda kuriyer hizmatchisi turardi. Misun biron narsa buyurtma qilgan bo'lsa kerak deb o'ylamyman. Shunchaki baridan uzoqlashaman..

- Rei, kiryapman. - Misunning ovozini eshitishim bilan, kiymim yengi yordamida apil tapil ko'z yoshlarimni artib tashladim. U allaqachon xonamda.. Ko'zlarimga qararkan, biroz seskangandek bo'ldi.

- Yeg'ladingmi ?! - savol berdi asabiylashib. Boshimni yo'q degande silkitdim. U biroz sukut saqlab turarkan, yuzidagi ikkilanishni yashira olmasdi.

- Nimadir bo'ldimi ? Pochtadan nima keldi ?! - men tushunib bo'lgandim. U pochtadan qandaydir yomon narsani qabul qilib olgan, lekin menga aytish aytmaslikni o'ylayapti.

- Misun, qo'lingdagini menga ber ! - orqa tomon qaratilgan qo'llarga ko'zim tushdi. O'sha narsani berkityapti. Undan so'rashim bilan, huddi tushunmagandek menga g'alati qaradi.

Bu haddan tashqari shubxali. O'rnimdan shu zahoti turdim va opam tomon yaqinlashdim. U meni qo'li bilan to'xtatarkan, uni eshitishimni talab qilib turib oldi.

- Menga qara. Buni ko'rib asabiylashmayman deb va'da ber. Agar va'da bermasang, buni senga bermayman. - titroq ovozda ma'lum qildi qiz. Shunchaki uning ko'nglini to'q qilishim kerak.

- Yaxshi. - dedim oddiy javob bilan. Unga yaqinlashib, bu safar bir parcha qog'ozni uning qo'lidan sug'irib oldim. Endi ochishga harakat qilaman deganimda opam yana meni to'xtatdi.

- Rei. - dedi u havotir bilan. - O'zingni ushlab turasan, tushunarlimi ?! - dedi qat'iy ohangda. Misunga qarab biroz o'ylanib qoldim. Demak bu meni shunchalik tushkunlikka tushiradi... Yo'q !! Bu otamning tahlil javoblari bo'lishi mumkin emas !! Faqat bunday bo'lmasin iltimos !

Xat jild allaqachon ochilgan. Buni opam mendan avval ochib bo'lgan. Ichidan naqshlarga burkangan qog'ozni chiqardim.

Qiz jild ichidan to'y taklifnomasini chiqararkan, bu parcha qog'ozni ko'rishi bilan ko'zlari kattalashib ketdi. U nafas olmasdi. Yuzi yana qontalash ahvolda qizarib, lablari titray boshladi. Muqovadagi so'zlarni o'qishning o'zi uni deyarli o'ldirdi. Jeon Jungkook & Chxve Luna.. bu ikki so'z hech qachon birga kelishi mumkin emasdi.

Rei muqovani ochmadi. Huddi ustiga bir chelak muz to'ldirilgan suv to'kilgandek qaltirardi holos. Qaltiroq bosgan qo'llari o'sha bir parcha qog'ozni shunchaki buklab uloqtirdi. U hech narsa demas, bir necha daqiqadan buyon yummayotgan ko'zlari qizarishga ulgurgandi. Uning ichida juda katta vayronagarchiliklar ro'y beradi. Buni tushunish o'ylaganimizdan ko'ra murakkabroq.

Misun singlisining bu holatidan havotirga tushdi. U tinmay Reinaning ismini takrorladi, lekin chaqiruvga nisbatan javob olmadi..

- Bunday qilishga qanday haddi sig'di. - tishlari orasida pichirladi qiz. Rei shu zahoti yotoq oldidagi ilgichdan ustki kiymini oldi.

- Nima qilmoqchisan ?! Qayerga ?! - havotir bilan savol berdi Misun. Uning yagona qo'rquvi, bu ahmoqgarchiliklar singlisiga qattiq ta'sir o'tkazishi edi. U qizni ushlab qolish uchun eshik qarshisiga turib oldi. U eshikni to'sib turardi.

- Hoziroq yo'limdan qoch !!! - o'shqirdi qiz.

- O'zingga kelib olishing kerak !!

- Menga to'sqinlik qilolmaysan !! ARALASHMA !! HECH NEARSAGA BURNINGNI TIQMA MISUN !! - Reining bu safargi so'zlari opasi o'ylaganidan ham qo'rqinchliroq edi. Uning ko'rinishi haqiqatdan ham insonni hayratga soladi.

Qiz bu safar singlisiga to'sqinlik qilmadi. U shunchaki turgan joyidan qo'zg'alib unga yo'l bo'shatdi. Reining so'zlari uni qiynadi. Uning hayoti hammaga azob beryapti.
Ustki kiymini ham apil tapil kiygan qiz kalit orqali mashina qulfini ochdi. Mashinasiga o'tirishi bilanoq tezlikni eng yuqori cho'qqiga olib chiqgancha haydashni boshladi.

- Menga bunday qilolmaysiz !! Hech qaysingiz menga bu darajada zarba berolmaysiz !! - sarosimaga tushgan qiz, ko'zlarini katta katta ochib ichidagi bor qo'rquvini tashqariga chiqara boshladi. U qo'rqadi. Biror nima sabab yana qayta azob chekishdan, o'zi bardosh bera olmaydigan qiyinchilikka yuz tutishdan qattiq qo'rqadi.

Ko'zidan keti uzilmayotgan ko'z yoshlari butun yuzini qopladi, hatto endi kiyimga tomchilab uni namlatmoqda.

Katta tezlik ma'lum bir manzilda keskin to'xtadi. Mashina g'ildiragining ovozi butun ko'chani qamrar ekan, qiz deyarli rulga urilib ketdi. U titragan barmoqlari bilan kalitni olib mashinadan tushdi. Darvoza tomon borarkan, qattiq sarosama tufayli, eshikni deyarli necha marotaba taqillatganini sezmadi. Qadam tovushlari eshitildi. Rei buni shu zahoti payqadi.

- Biz ham turmush qurishimiz kerak !!! - eshik ochilmasidan qizning alamzada aytgan so'zlari butun olamni to'ldirib yuborgandek edi. Uning titrayotgan qiyofasini ko'rgan Kim Taehyung o'zini ma'nosiz tutdi.

- Muammosiz. - oddiy javob qildi yigit. - Qo'rquv iskanjasiga tushib qolgansiz, sizga ham o'sha taklinomani yuborishdimi deyman ? - u savol berish so'ngida, o'zi sezmay kulib yubordi. Bu achchiqlanish edi.

Davomi bor...
Author: Reina
Gold fanfics