January 21

Vanilla

- 5 -

O'sha vaqtlar aynan nima his qilganimni aniq eslay olmayman, lekin bu chindan kuchli hissiyot edi. Ta'sirli narsani sezganim yodimda, balki ilk murdaning o'limida o'zimni aybdor his qilganim uchun shunday bo'lgandir.. eslolmayman, yodimdan ko'tarilibdi.

*

Havo ancha salqin. Egnimga kiyish uchun hech narsam yo'q ekanini eslashim bilan, asabiy ho'rsindim. O'sha kechagi hashamdor kiymimni kiyib, titragancha mashinaga yetib oldim. Ochiq sonlarim qatirayotganini payqab ularni sovuq barmoqlarim bilan tinchlantirishga uringandek ushlab turardim. Uzoqdan Taehyung kelayotganini ko'rishim bilan yuzim yorishdi. U kim bilandir xabarlashgancha mashinaga yaqinlashardi. Eshikni ochdi va o'z o'rniga joylashib, mashinani o't oldirdi. Nihoyat, endi bu yer biroz isiydi.

- Sovuqmi ? - u old oynadan titrayotgan tanamga qarab savol berdi. Boshimni irg'itdim. Taehyung bir necha soniya titroq bilan qimirlayotgan sonimga o'tkir nigoh bilan qarab turganini ko'rdim. Ularni berkitib olgandek qo'lim bilan ushlab olar ekanman, uning e'tibori buzilib egnidagi kostyumini yechib menga tutqazdi.

- Chindanmi ?! - hayrat bilan unga qaradim. U qandaydir ko'zlarimga qaramasdi.

- Kasal bo'lsang ortiqcha muammo bo'lasan !! - dedi, kostyumni men tomon yengil uloqtirib. Uning so'zi negadir g'ashimga tegdi. O'zini tutishidan o'zimni tor joyda siqilib qolayotgandek his qildim. Demak ortiqcha muammo ? ... Chindan, shunday bo'lmaslik uchun nima qila olaman ?!

Lablarimga bosim berib uloqtirilgan kostyumni olgancha oyoqlarim ustiga qo'ydim. Jim jitlik.. men hech narsa deyishni istamadim, u ham boshqa indamadi.

*

Qo'rg'onning aksini ko'rishim bilanoq og'ir yutundim. Meni yana o'sha xotiralar qamrab olishni boshladi. Qichqiriqlar, baland ovozlar, mehrsizlik, zulmat.. bular miyamda jonlantira oladigan yagona hislarim.. balki bularning safiga jirkanch hoxish ham qo'shilib ulgurgandir. Bu yerda qolishni hoxlamaganim uchun ham Taehyungga bor kuchim bilan to'sqinlik qilmadim.. men kelishni istamaydigan yagona joy.

- Sen bilan kiraman. - mashina to'xtashi bilan, huddi tahdid qilgandek keskin gapirdi u.

- Yaxshi. - hech qanday e'tirozsiz rozi bo'ldim va biz mashinadan tushdik.

Go'yo bog'da hali ham Jungkook bilan o'ynayotgan bir qizaloq bordek tuyilardi. Bu bog' bizga ko'p xotiralarni bergan. Ko'z oldimda kichkina bolakay va o'zini dunyo malikasi deb o'ylaydigan qizcha yugurib, daraxlar orasidan bir birini tutishga urinayotgani gavdalandi. Ha, bu biz edik.. Aera va Jungkook. Men tabassum qildim.

- Nega kulyapsan ? - tashqi tomondan kelgan ovoz hayolotimni to'sib qo'ygandek meni o'ylashdan to'xtatdi. Men yana o'sha tabassumsiz holatimga qaytib Kimga qaradim.

- Shunchaki, xotiralar.. - javoban ho'rsinib qo'ydim.

- Boshqacha tabassum qilding. - u men tomon yaqinlashdi. - Judayam chiroyli. - sochlarimni quloqlarim ortiga o'tkazayotgan barmoqlarning qaynoqligi terimga boshqacha ta'sir qildi. Unga chuqur termuldim, ko'zlariga.. ilk bor.

- Sevib qolma. - Taehyung ham nim tabassum bilan yanoqlarim ustida o'sha barmoqlarini harakatlantirdi.

- Bunday bo'lmaydi. - lablarim o'zim sezmagan holda yengil titroqni his qildi. Qancha bunday turganimizni bilmayman, lekin uning to'q jigarrang tusdagi ko'zlarida men ilgari payqamagan narsa bor edi. Havotir.. yuzi hotirjam ko'rinadi. Ko'zlarida esa o'sha tushunib bo'lmas, sababsiz havotir avjlandi.

- Yaxshisan a ? - savol berdim ko'zlarimni undan uzmagan holda. Bezovtalangan Taehyung bosh chayqagancha, barmoqlarini mendan olib, uzoqlashdi. - Nima bo'ldi ? - yana savol berdim. U jiddiy qoshlarini bukdi.

- Narsalaringni tezroq ol. Ketishim kerak. - o'zida buyruq ohangini yaratgan yigit meni kutmay yana uy tomon yurishni boshladi. Men hech narsani tushunmay qoldim. G'alati. Juda ham g'alati.

Taehyung qo'rg'on eshiklarini qulfdan bo'shatdi. Demak kalit unga allaqachon topshirilgan. Ortidan ichkariga kirdim. Barcha pardalar yopiq bo'lgani uchun atrof qorong'ulikka burkangandi. Bu muhit uyni huddi kimsasiz joydek tasvirlar, go'yo bu yerga bir necha yillardan buyon inson qadami tegmagandek edi.

Mebellar usti oq mato bilan qoplangan, qandaydir begona muhitni taratardi. Men qarshimdagi yigitga qaradim. U nima qilishini kuzatar ekanman, divan ustidagi oq matoga e'tibor bermay joylashib olganidan asabiylashdim.

- Taehyung. - chaqirishim bilan o'lik nigoh menga qadaldi. - Ishonching komilmi ?! Sen bilan yashashimni chindan hoxlaysanmi ?! - so'nggi bor shu savolni berishni reja qildim. Uning yakuniy, umumiy qarorisni bilishim kerak edi. Buni eshitishga muhtojman. Savolimdan biroz ajablangan yigit qoshlarini harakatga keltirdi.

- Bilasanmi nima ? - ehtiyotkorlik bilan so'z boshladi u. - Bu mening mas'uliyatim.. ortiqcha bo'lgan har qanday narsani unutishimiz kerak.

- Nega ?! Otam qoldirgan xatda nima bor edi ? - o'sha xat.. o'sha xatni o'qigan kuni meni olib ketti. Demak u yerda nimadir bo'lgan.

- Aera !! - yo'g'on va oddiy tempdan balandroq ovoz.. Taehyung jim bo'lishimni hoxlaganini sezdim. Indamadim. Yaxshi, u nimani hoxlasa qilishim mumkin. Lekin bir kun bari bir buning tagiga yetaman. Hech narsa shu holicha qolmaydi !! Hech qachon.

Indamay o'tirishda davom etar ekan, men hali ochilmagan chamadonimni olish uchun ikkinchi qavatga, eski xonamga ko'tarildim. Hayollarim butunlay tarqoq, dadam haqida o'ylashdan to'xtolmasdim. O'lishimga ham rozi bo'ladigan inson himoyamni o'ylagani juda ham g'alati hissiyot ekanini tushunganim sari tanamni titroq bosardi. O'ylaganlarim xato bo'lib chiqishini chin dildan hoxlagan bo'lardim. Otam biz haqimizda hech qachon qayg'urmasdi. Hatto yonayotgan gulxan bo'lsa o'ylab o'tirmay meni unga uloqtirgan bo'lardi. U meni o'ylaganiga ishonolmayman.. imkonsiz.

O'z xonasini topgan Aera ichkariga kirish uchun tutqichni buramoqchi bo'ldi, lekin eshik ortidan g'alati hid kelayotganini sezishi bilan qoshlarini chimirib shu zahoti tutqichni buradi.

- Jin ursin !! - baqirib yuborgan qiz joyida tik turib nima qilishni bilmay qo'llari bilan og'zini berkitdi. U ko'rgan o'sha narsa.. xona burchagidagi jasad.. ayol jasadi edi, hamma yoq qonga belangan. Bu, uyning bosh hizmatkori o'sha Lee xonimning tanasi.

Qizning ko'zlari katta katta ochildi. U ayolni tanishi bilanoq jasadning oldiga yugurib cho'kkaladi. Aera oppoq, turib qolgani uchun biroz ko'kargan tanani ko'zdan kechirar ekan, o'sha kuni qilgan ishi haqida, butunlay bo'lgan hamma narsa haqida o'ylashni boshladi.. bu ayolning hushidan ketgani faqat Taehyung va unga ayon edi.

- Men.. men nimalar qildim. - ko'zlari yoshlangan qiz Lee xonimdan nigohini uzmay, unga teginishga botinolmay qoldi.

Aeraning uy bo'ylab baland tarqalgan ovozi Kimni bezovtalamay qo'ymadi. Yigit o'ylab o'tirmay tepa qavatga, o'zi himoyasiga olgan qizni tekshirish uchun chiqdi.

- Nima bo'ldi ? - havotir bilan eshikka ham e'tibor bermay otilib kirgan Taehyung, malla soch qiz cho'kkalagancha yeg'layotganini ko'rdi. Xonani o'sha ovoz qoplagan.. jim jitlik, lekin buni buzgan faryodli ko'z yoshlar..

- Uni sen o'ldirgansan.. sen qilding Taehyung !! - dedi qiz butun uyni larzaga keltirib baqirgancha. Yigit hech narsaga tushunmay atrofga qaradi. Xona burchagida esa qonga belangan ayol kishi jasadi yotardi.

- Nima ? - hayratga tushgan Kim, yuzini burushtirib ovozini balandlatdi. - Undan uzoqlash !! Tegma !! - qat'iy buyruq berdi. Jasadni tekshirish uchun o'sha yerga yaqinlashdi.

- Aera, tur dedim !! - yana gapini qaytargan yigit bu safar qizning yelkasini bosim bilan siqdi. Lekin u bunga e'tiborsiz..

- Men o'ldirdimmi ? - ohista qo'rquvli pichirlagan qiz, boshini sekinlik bilan Taehyung tomon ko'tardi. Qizargan ko'zlar, qizarib biroz shishgan yuzga e'tibor qaratgan yigit havotir bilan Aerani o'z kuchi orqali o'rnidan turg'azdi. U qizning yelkalaridan ushlagancha qo'yib yubormadi.

- Eslagan bo'lsang o'sha kun men bilan suhbatlashding, Aera. - tushuntirishga urinayotgan yigit, so'zlarida ishonch bilan davom etdi. - O'zingga kel, bu sen emasding !! - u huddi devorga gapirayotgandek edi.. qiz tomonidan hech qanday munosabat bildirilmasdi. Go'yo hissizlik uni butunlay qoplab olgandek.

- Qayerdan bilaman. - tilga kirgan Aera o'sha o'lik nigohini yigitga qadadi. - Balki buni odamlaringga qildirgandirsan.. - birdan qo'yilgan keskin tuhmat. Taehyung hayrat bilan qoshini ko'tarib, qo'llarini qizdan oldi va bir necha qadam uzoqlashdi.

- Mashinaga bor. - dedi u tishlarini bir biriga bosish barobarida. - Narsalaringni o'zim olib chiqaman. - u ishonchsizlik bilan gapirgan ko'yi o'ziga huddi o'sha nigoh bilan qarayotgan qizga e'tibor qilmaslikka urina boshladi. Hozir Aeraning qo'ygan ayblovi uni butkul hayron qoldirgan.. Kim iloji boricha ichidagilarini bildirmaslikka harakat qilsa ham uning bukilishni boshlagan barmoqlari asabiylashayotkanini sezdirib qo'yardi.

- Bu ochiq oydin tan olishmi ?! - dedi qiz o'sha bukilayotgan barmoqlardan ko'zini uzmas ekan. Uning harakatlari huddi atayin uni qo'zg'atishni istayotgandek edi. Sababsiz, shunchaki.. hammasini bilishni hoxlaydi.

- Senga mashinaga bor dedim !! - bu safar yigit chindan o'zini tuta olmay baqirib yubordi. Bu haddan tashqari baland ovoz edi.. hali Aera guvohi bo'lmagan o'sha sirli vahshiyatning asl ko'rinishidek holat.. Qiz bosimli tovush ta'sirida Taehyungdan ancha uzoqlashdi. Uning chimirilgan qoshlari, o'limni eslatadigan darajada qo'rqinchli ko'zlari va hech qanday hisni eslatmaydigan lablari.. bular qizni qo'rqitadi.

- Endi, asl yuzingni ko'rsatding. - pichirladi qiz, mudhishlik bilan ko'zidagi tomchilarni artish barobarida. U boshqa indamay kreslo ustidagi telefonini olib xonadan chiqib ketdi.

Markazda turgancha qo'llari musht tugilgan Taehyung ayni dam nima qilishi kerakligini tushunmay, ko'zlarini mahkam siqdi.

- Jin ursin !! Barchasini jin ursin, la'nati !! - xonadagi mebellar harakatga kelarkan, hamma tomonni o'sha taxtalarning qirsillagan ovozi qoplashni boshladi. Kim bor kuchi bilan mebellarni ag'dar to'ntar qilib, tepinar ekan ichidagi o'sha maxluq uni yorib chiqish uchun jon jahdini xavfga qo'yishga ham rozi edi. Uning g'azabi... yengib bo'lmas, tushunib bo'lmas jaxli.. undan qo'rqish uchun yetarli sabab.

- Demak, qonga ishora.. Hali qon qusasan bilib qo'y, iflos !! - g'azabi bosilishini kutib, bu kamayish o'rniga ortib ketayotganini fahmladi yigit. Bo'rtib chiqqan tomog'idagi tomirlarning rangi to'qlashar, jag' suyaklari ko'rinarli sezilardi. Qaynoqlik sezilgan yuzidan esa asabiylik ufirardi. U bir urinish bilan galstugini bo'shatib, ko'ylagining tugmalarini ham bo'shatdi.

Time skip.

Ichimdagi bu his, u meni o'ldirishga tayyor edi. Butun vujudim bilan Lee xonimni aynan Taehyung o'ldirganiga ishona boshladim. Bu o'zimni o'zim uchun poklash sabab edi. Jin ursin, hayotimdagi eng qo'rqinchli kunlarning doimiy ravishda shu qo'rg'on bilan bog'liqligi bor. Charchadim, muammolardan to'yganimga ancha bo'lgan. Bu men ko'rgan ilk jasad emas, lekin men aybdorlikni his qiladigan ilk insonim bo'ladi. Uni deb uxlolmayman, u menga tinchlik bermaydi, yo'q..

Nafas olishim qiyinkasha boshladi, ko'zyoshlarimni nazorat qila olmasdim. Barmog'imni ham qimirlata olmadim. Mashinadagi havo.. bu yetarli emasdi. Ovozim chiqmadi yoki qulog'imdagi chiyillash eshitish yo'llarimni to'sib qo'ydi.

- Sen, qotil qizaloq !! - to'g'rimdan kelgan ovoz egasiga qarar ekanman, jin ursin ?! Lee xonim.. - Men senga aytolmayman degandim.. - ko'zlarimni kosasidan chiqib ketadigan darajada ihtiyorsiz ochar ekanman, qonga belangan o'sha ayolni payqab bor kuchim bilan baqirdim. Tomog'im.. ovoz chiqmay qoldi. Birdan menga yaqinlashgan Lee xonim bo'ynimga barmoqlarini o'radi. - Meni shunday o'ldirganding !! - bo'g'ilishni boshladim. Tashqi tomondan tomog'imga berilayotgan bosim tanamni bo'shashtirarkan, nafas olishni unuta boshlagandim. Ko'zlarim yumilardi.

- Men.. men. Istamagandim. - pichirlash bilan yeg'ladim. Ichimdagi aybdorlik va o'limdan qo'rqish hissi birdaniga jipslashib, hozir aniq sog' qolmasligimni uqtirgandek bo'ldi.

Tanamga tekkan qaynoqlikni his qilar ekanman, bu harorat.. o'lishni reja qilgan muzdek tanamni uyg'otib, ko'z oldimdagi qonli sahnani yo'qotib yubordi. Jin ursin, nahotki, bu haqiqiy emasdi.

Bir necha daqiqa avval.

Jamadonni chap qo'li bilan siqimlagan Taehyung uy darvozasidan chiqgan ko'yi baland chinqiriqni eshitdi. Joyida bir zum tosh qotar ekan, yuragida paydo bo'lgan achishish uni og'ir yutunishga bajbur qildi. Keyingi harakat.. u o'ylab o'tirmay mashina tomon yugurdi. Hayotining so'nggi yetib kelgandek hayajonlangancha bor tezligini ishga solar ekan, tezlik ta'sirida to'zg'ishga ulgurgan sochlari tartibsizlashdi.

- Hey, senga nima bo'ldi ?! - mashina eshigini ochgan yigit nafas ololmay qiynalayotgan qizni ko'rishi bilanoq, qo'rquvdan tanasi junjikib ketdi. Ko'zlari chiqib ketar darajada ochilib, yuragi hozir to'xtab qoladigandek hapqirib ketgancha Aeraning ikki yanoqlariga yengil urishni boshladi.

- Meni qo'rqitma, iltimos !! Ko'zlaringni och, vanilla. - u shoshib qoldi. Nima qilishni bilmay uni ko'tarib toza havoga olib chiqdi.

Taehyung uning tanasini bag'riga bosganida, qiz to'satdan nafas olishni boshladi. Yengillik.. Kimning ichidagi hislari bo'shashib ketti. Tanasi ham bo'shashi bilan kuchsiz qo'llari qizni yerga tushirishga majbur bo'ldi.

- Jin ursin, hammasi yaxshi. - allaqachon yerga cho'kkalagan yigit boshini paslatib chuqur hansirardi. Tinmay bo'ynini ushlab yo'talgan qiz, hozir nima bo'lganini anglay olmasidan, yerga quladi. Og'riq, tizzadagi qon.. bu uni asliyatga qaytara olgan omil bo'la oldi.

- N.. nima hoxlaydi.. - dedi, ko'zlari yumilar ekan.. So'nggi lahza va u ko'zini butunlay yumdi. - Taehyung.. - uning deyarli yumiq nigohlar bilan aytgan so'nggi so'zi..

Time skip.

Jeon Jungkook.. bu ism aynan Janob Kangdan keyin keladigan buyuklikni anglatardi. Hozir esa yagona abadiylik uning kaftlari orasida. Omma uchun.. Lekin Kang Sehyukning bor mol mulklari endi Kim Taehyungga tegishli, bu uning obro'siga haddan tashqari ko'p ziyon yetkaza oladi.

Jungkook 6 yoshidagi otishmada tirik qolgan yagona tirik jon edi. U butun oilasidan judo bo'ldi, onasi, otasi, uyidagi barcha hizmatchiyu qo'riqchilar.. hech kim yashab qolmadi.

O'z ko'zlari bilan oilasining o'limini ko'rish.. bu uning ruhiyatiga o'z ta'sirini o'tkazmay qolmagan. Sehyuk bu kichik go'dakni yolg'iz qoldira olmadi. Uni o'z qaramog'iga olib tarbiyaladi. Jeon Janob Kangning o'g'li, tutingan merosxo'ri edi.. yigitning hayollari tubida.

~

Nonushta stoli.. nonushta stoli atrofida o'tirgan Lee Hesu va Jeon Jungkook. Ular huddi bir biriga begonadek indamay taomlanishardi. Shunchaki skunat bu yerni boshqarardi.

" Jim jitlik qo'liga qolib ketgan bshqaruv haqiqiy xavf. " - Kang Sehyukning takrorlanmas iqtiboslarian biri. U Jungkookni katta qilar ekan, o'zining o'gitlarini qon qonigacha singdirib, ancha o'zgacha ulg'aytirdi. Ko'proq kuchli bo'lishga, aqlli, zehn bilan ish qilishga o'rgatdi.

- Nega menga bunday qilding ?! - Hesuning savoli amakisining iqtibosiga mos ravishda vaziyatni qo'liga oldi.

- Ovqatlanib keyin gaplashamiz. - hotirjam javob qildi Jeon.

- Men ketaman ! Menga qildirgan hamma ishingni Kim Taehyungga aytaman !!! - qizning keskin tahdidi ta'sirida taomdan ko'zini uzmagan yigit, bor g'azabi bilan endi unga qarashni boshladi.

- Yashashdan to'ydingmi ?! - hirilladi Jungkook tishlari orasida pichirlab. Qo'lidagi sanchiqini mahkam siqar ekan, hech qanday ikkilanishsiz uni Hesu tomon uloqtirdi. Sochlari orasidan o'tgan jism uning bo'yin qismiga biroz tegingan ko'yi tanasi metallning sovuq harorati ta'sirida hayajonli titrab ketdi.

- Yana o'sha yerto'laga tushishni istasang bajonidil, azizam. - hotirjamlikni saqlagan yigit o'rnidan turib, og'ir yutungan qiz tomon yaqinlashishni boshladi. - Lekin bu safar o'lishingni ko'zlarim bilan tomosha qilishga va'da beraman !! - pichirladi Jungkook, Hesuning kichik yuzi tomon egilib.

- N..nima uchun ? - bazo'r o'zida kuch topgan qiz, tirtashdan to'xtamayotgan lablarini harakatga keltirdi. Uning bu darajada qo'rqayotganini ko'rgan Jungkook lablarida mamnun tabassum bilan masofa qo'ydi. Hesu undan uzoqlashgan ifoda sabab chuqur nafas chiqararkan, yigit ortiga o'girilib qayta o'z joyiga joylashdi.

- Sababini aytmayman !! - o'yin qilgandek, ajoyib kayfiyat bilan taomlanishni davom ettirdi u.

- Ota onamni ham sen o'ldirdingmi ? - ko'zlari namiqishga ulgurgan qiz, endi hech narsadan qo'rqa olmasligini hayol qilib, ichida saqlagan savolini berishga qaror qilgandi.

Og'ziga bir bo'lak sabzavot solgan Jungkook chaynashdan to'xtab qoldi. U bir zum shunchaki harakatdan qoldi. Sekinlik bilan aniq bo'lmagan nigohlarini yuqorilatarkan, allaqachon javobni eshitib, yeg'lab yuborishga tayyor turgan sevgilisining ko'zlariga duch keldi.

- Ular avtohalokatda jon bergan. - ma'lum qildi yigit, sekin chaynashni davom ettirib.

- Agar shunday bo'lmaganida, men.. - so'zlarini yakunlay olmagan Hesu, ovoz chiqarib yeg'lab yubordi. Ko'z yoshlarini tinmay berkitishga harakat qilarkan, ichidan hapqirib kelayotgan bosimni boshqarish qo'lidan kelmasdi. - Men so'nggi nafasimgacha o'zimni la'natlab o'tardim. - u tugatdi. Yana yeg'i ovozi..

- Oldimda yeg'lama !! - baqirgan Jungkook lablarini tishlagancha qoshlarini chimirar ekan, nafasini rostlay olmay, stol ustidagi hamma narsani yer bilan bitta qildi.. ma'lum bir sababsiz. Yerga baland ovoz bilan qulagan taomlar.. Qiz ko'zlarini mahkam yumib titrab, ovoz chiqarmay yeg'lashda davom etdi. Bir necha soniya ichida o'rnidan turishga urundi va bunga Jungkook hech qanday munosabat bildirmaganini sezib, bor tezligi bilan boshqa xonaga kirib ketish uchun yugurdi.

O'sha yerda qolgan Jeon.. vayronalar orasida qolgan mitti Jungkook. Bu ham huddi yoshligida bo'lganidek.. qulashlar ichida yolg'izlik bilan hamnafas bo'lish.

Davomi bor...
Author: Reina Kim.
Gold fanfics.