Vanilla
Taehyung asabiylashdi. Qo'rqinchli qarashlari bilan qiz tepa qavatga chiqib ketguniga qadar kuzatarkan, o'zi yaxshigina tushunib aytgan so'zlari haqida o'yladi. Mas'uliyatdan onsongina voz kechadimi ?! Bu qiyin bo'lishini avvaldanoq bilgan ekan, demak ortga yo'l yo'qligi ma'lum.
Yigit o'rnidan turib qizning xonasi oldiga bordi. Eshik ochiq edi, Aera yukini qayta joylayotgandi. Kim tishlarini bir biriga bosarkan keskin harakat qilmaslik haqida o'yladi.
- Gaplashib olamiz, bularni qo'y !! - ichkariga kirgan yigit qizning qo'lidagi kiyimlarni sug'urib olib, uni yotoq usiga tashladi. Aera o'tirgan holida tepasida tik turgan qiyofani ko'rish uchun yuzini yuqori ko'tardi.
- Meni haydagan inson bilan nimani gaplashishim mumkin ?! - dedi, jahl bilan. Aera yigitning javobini kutmay yana kiyimlarini tartiblashga kirishib ketdi. O'zini go'yo parvoyi halak, beg'am inson kabi ko'rsatishiga qaramay, ichini yondirayotgan bu alam qandaydir tarzda sezilib qolardi. Yigitning toqati toq bo'ldi va kaflarini mushtladi.
- Jin ursin, senga bas qil dedim !! - butun xona bo'ylab uning yo'g'on ovozi tarqalarkan, qizning oldida turgan chamadonni hech bir ikkilanishsiz uloqtirib yubordi. Yagona shu harakat va butun xona ag'dar to'ntar ahvolga keldi. Har tomonga sochilib ketgan kiyimlar, zarb tasirida yerga qulab singan tungi chiroq.. bu holatning o'zi Aera qo'rquvni his qilishiga yetarli bo'lgandi.
- Sen.. sen nima qilyapsan ? - titroq bilan so'radi qiz.
- Men oddiy odam emasman. - asabiylik ta'sirida ko'zlarini yumgan erkak, so'zida davom etdi. - Istamagan vaqtim ham senga zarar berishim mumkin. Cheklanganim sari meni portlashga majburlama !! - uning ovozida vaxshiyat sezilib turardi. Haqiqiy qora vaxshiyat. Go'yo bu uning qoniga singib ketgandek.. qiz o'sha qo'rqqan holida nima qilishni bilmay turardi. Na nimadir deyishga jur'ati yetdi, na biror harakat qilishga. Qanday qilib, shu kungacha yaxshi holatda bo'lgan yigit, birdaniga bu ko'rinishga kelishi mumkinligi haqida bosh qotirardi.
- Demak sendan qo'rqishim kerak shundaymi ? - ko'zini yigit bilan birlashtirishdan hayiqqan Aera past ovozda gapirdi. - Balki mafiya olamidagi bir qumirsqa ekaningdan mag'rurlanib ketgandirsan !! - bu safar u yengilishni hoxlamadi. Taehyung qizning oldiga joylasharkan iyagiga barmoqlarini joylab, bosim bilan o'ziga qarashga majburladi.
- Aera, men yomon bo'lishni hoxlamayman. - past ovozda gapirdi, ko'zlarini bir juft nigohdan uzmay. - Yomon erkaklarni yoqtirmasligingni bilaman ! - qo'shimcha qildi u dadillik bilan. Barmoqlarning harakati yumshadi. Ilk harakatdagi bosim bu safar, yoqimli teginishga aylandi. Taehyung hozir nimadir qilishni istagandek qizning yuziga uzoq va chuqur tikildi.
- To'siqni buzishni hoxlaysanmi ? - holatni buzib yuborgan qiz lablarida o'ynoqi tabssumni yaratarkan, yuziga tegib turgan ulkan kaftni olib tashlab, bu qo'lni bellariga joyladi. - Jin ursin, sovuqsan !! - harorat tasi'rida taranglashgancha qoshlarini chimirdi u.
- O'yin qilishni bas qil !! - ancha jiddiy tortgan erkak, qizning harakatlaridan bezib, undan uzoqlashdi. - O'zingni yengiltak qilib ko'rsatishdan boshqasiga yaramayapsan Aera !! - dedi qoshlarini g'azabli belgi bilan to'ldirib. U aslida ko'p ham ayollarga qiziqish bildiravermaydi. Shunday ekan, noz karashmalar tez joniga tegadi, bir xillikdan zerikadi.
- Fucking dumb !! - ensasini qotirgan qiz, pichirlagancha yigitni haqoratladi. Buni yaxshigina eshitgan Taehyung labi chetida kulib qo'yarkan, uning asabiy holatini ko'rish zavqlidek tuyilardi.
- Senga jiddiy topshiriq bor. - o'z shartlarini e'lon qilmoqchi bo'lgan Kim hissiyotsiz so'zini davomladi. - Bugun Jungkook bilan uchrash va menga so'nggi besh yillik hisobotlar joylangan fleshkani topib kel !!
- La'nati, ilk uchrashuvimizda ham bu fleshka haqida so'raganding !! - huddi muhim narsani eslagandek hayajonlandi qiz. - Nega uni izlayapsan ?! Unda kerakli nimadir bormi ?!
- Hamma narsani bilishing shart emas Aera.
- Doim muhim narsa haqida gap ketsa o'zingni olib qochasan, Kim Taehyung !! - chuqurlik bilan nafas chiqargan qiz, sochlarini orqaga taradi.
- Yaxshi.. Unda senga ham topshiriq bor. Menga uyimizda qolib ishlagan hizmatchilar oilasini topib ber. Song.. ular Songlar oilasi edi. - dedi Aera. Uning qarashlari o'zgarib nimanidir boshlamoqchi ekani sezilib turardi. "Songlar oilasi" bu jumlani eshitgan yigit bir muddat qoshini chimirib qizga g'alati nigoh bilan qarab turdi.
- Vanilla, yaxshisi bu ishlarga aralashma.. - uning maqsadini aniqlik bilan anglagan Taehyung, biroz havotirlandi. Qiz qaysar, uni bu ishidan qaytarish ham onson bo'lmaydi.
- Men otamni o'ldirgan ablaxni topishim kerak, Kim. - jiddiy javob qaytardi, qiz. - Ishonamanki, u o'z o'limi bilan o'lmagan.. hali vaqtli edi.
- O'sha fleshkadan senga kerakli biror nima chiqishi mumkin. - dedi Taehyung ishonch bilan. Bu jumlalardan so'ng qiz ko'zlarini yanada dadillik bilan kattaroq ochdi. - Har ehtimolga qarshi yana ma'lumot to'playman. - qo'shimcha qildi u.
- Shoshma !! - biroz talmovsiragan Aera yuzini burishtirib yana yigitga yuzlandi. - Hisobotlar bilan to'la fleshkada Songlar oilasiga tegishli nima bo'lishi mumkin ?! Sen ochiq oydin Jungkookni aybdor qilmoqchimisan ?!
- Hali bunday demadim. - hotirjam gapirdi Taehyung. - Ortiqcha narsalarni muhokama qilsak yana tortishamiz. Shunday ekan ketaman. Sen esa.. ehtiyot bo'l. - huddi do'sti bilan muloqotni tugatgandek qizning yelkasini yengil qoqib qo'ygan yigit xonani tark etdi.
- Fuck you, shit !! - erkakning yelkalari eshik ortidan ko'rinmay qoldi va uning orqasidan bor kuchi bilan baqirgan Aera uning so'nggi harakatidan o'zini g'alati his qildi. - Yelkamga urishga nima bor, telba.
Taehyung ketganidan so'ng biroz g'alati ahvolga tushdim. Qandaydir qo'rquv hissi paydo bo'ldi. Uy unchalik katta bo'lmasa ham bu meni bezovta qilardi. Boshqa umid yo'q va men Jungkookni kutishim kerak. Daqiqalarni sanardim..
Lekin ko'rishganimizda u bilan qanday munosabatda bo'laman ?! Ahir kechagi xabarlarim.. aysh jin ursin meni !! O'zimni idora qilishga harakat qilsam ham imkoni bo'lmay, hayajonlanishdan to'xtolmayapman. Jungkook.. biz yana uchrashamiz, gaplashamiz. U mening yagona yaqin insonim bo'lgani uchundir balki, u bilan soxta munosabatlar o'rnata olmayman. Ya'ni barchasi doim haqiqiy bo'ladi.
Oradan bir necha soat o'tdi. Men deyarli tayyor edim. Kiyimlarim, pardozim, bari istaganimdek ajoyib. Bo'sh bo'lganim uchun hatto nima haqida o'ylashni ham bilmay qolgan bir vaqtim, telefonimga o'rnatilgan vibratsiya funksiyasi faollashdi. Bu Jungkook edi.. go'shakni oldim.
- Jungkook ? - dedim, aniqlik kiritish maqsadida. Bilaman, uning telefonidan menga boshqa hech kim qo'ng'iroq qilishi mumkin emas, lekin.. nima deb gap boshlashni bilmay qolgandim.
- Keldim. Chiqishing mumkin. - uning buyruq ohangidagi gapini eshitib biroz xira tortdim. Huddi o'zi istamay gapirayotgandek. Homushlik esa aniq aks etgan. "Yaxshi." degancha so'ziga amal qilib tashqariga chiqdim..
Jin ursin* toza havoni his qilmaganimga 3 kun bo'ldi. O'zim ham aylanishga chiqishni istamaganim g'alati.. Kang Aera 3 kun o'z qobig'i ichidan tashqariga chiqmadi. Kamyob hodisa. Koreya menga boshqacha ta'sir qilayotgandek. Huddi ancha odob ahloqli qo'g'irchoqqa aylangandekman.
Atrofga qaraganimda Jungkookga yoki biror mashinaga ko'zim tushmadi. Lekin u nega "keldim." dedi ?! Shoshma, men unga turgan joyim xaritasini tashlamadim !! Hoynaxoy qo'rg'onga borgan bo'lsa kerak. Havotir bilan telefonimni ochar ekanman, xaritani endi tashlayman deganimda, baland ovoz quloqlarimni titratdi. Bu o'sha qora sport mashinasi.. Jeonniki.
Uning mashinadan tushishini kuzatdim. Ko'zlarimga chindan ishonish qiyin, u qaynoq erkakka aylangan.. ko'rinishi avvalgidan ancha farq qilardi. Sport mashinasidan, jiddiy kiyingan yigitning tushishi biroz bir biriga mos bo'lmasada, bu unga yarashgan.
- Oxxo. - dedim, unga maqtov bildirish maqsadida. - Bu yillarning qudrati. - ko'zimni sochlaridan to oyoq kiyimigacha aylantirib, skaner qildim.
- Yo'q, bu Jeon Jungkookning qudrati. Salom Kang xonim. - u kichik tabassum bilan yaqinlasharkan, men butunlay kulib yuborgancha uni quchish uchun yugurdim. Oradagi masofa yo'q bo'ldi.
Yuzim uning ko'krak qismiga tegib turardi va men tushundim, endi go'dak Jungkook yo'q. Chunki, Angliyaga ketishimdan avval bo'yim undan ancha balandroq edi.. bu hayajonli.
Bir necha soniya bizga yetarli bo'lgandek ajralar ekanmiz, undan uncha uzoq turmay boshimni ko'tadim.
- Qayerga boramiz ? - qiziqqonlik bilan savol berib, tabassum qilishni ham unutmagandim.
- Qayerga borishni hoxlaysan ? - dedi yumshoq ohangda. Taehyung bilan kelishuvimizni inobatga olsam, borishim kerak bo'lgan manzil yagona !!
- Senikiga. - aniqlik bilan ovoz chiqardim. - Uying qanday ko'rinishda ekani qiziq. - so'zimni yakunladim. Jungkook esa biroz gaplarimni sintez qilgandek o'ylanib turdi. Rozi bo'lmasa men imkoniyatimdan mahrum bo'lishim mumkin, shunday ekan rozi bo'l !! Uning ko'zlariga chuqurlik bilan tikildim. Javobini oldindan tahmin qilishga urindim, lekin bo'lmadi. Hozirgi Jeonning fikrlash doirasi menga umuman begona.
- Yaxshi. Lekin avval qahva sotib olamiz. - hudoyim, men chuqur nafas chiqardim. Mamnun tabassum qiyofamni yanada bezaganiga aminman. Men bosh silkidim va taklif qilingan mashinaga joylashdim.
Ko'pincha ishimni juda a'lo darajada eplashimga ishonaman. Lekin bu Jungkook bo'lsa.. uni aldash murakkab. Chunki otamning tarbiyasini olgan. Ammo qon tizmasi doim mutlaqo haq. Menga hech narsa o'rgatilmagan bo'lsada ichki hissiyotlarim aldamaydi. Shunday ekan endi otamning qoniga tayanishdan boshqa ilojim yo'q.
Oradan 30 daqiqa o'tar o'tmas qandaydir ko'cha ichkarilab kirdik. Bundan avval esa Jeon aytganidek yo'l yo'lakay qahva oldik. Aniq bilardim, u "Sovuq Americano" ning telbasi. Mening didim esa bunchalik odma emas, albatta. Doimgidek "French Coffee." Deyarli Burbon bilan bir o'rinda desam ham bo'ladi.
Mashina qandaydir bino qarshisida to'xtadi. Baland uy.. miyyamda solishtiruv ishlari boshlandi. Taehyungnikidan kattaroq uy qarshisida edik. Men hayron qolmadim, chunki Jungkook azaldan keng va katta joylarda o'zini erkin his qiladi. Jin ursin, menimcha uni mendan yaxshiroq biladigan inson topilmasa kerak !!
- Tayyormisan ? - savol berdi u mening yuzimga sinchkovlik bilan qarab. Ko'zlarimni qayta qayta pirpiratish orqali bariga shay ekanimni tasdiqladim. U esa so'lg'in harakat bilan mashina eshigini ochdi. Tushunmay qoldim, hozir bir necha soniya ichida biror nima o'zgardimi ? Nega u bunday tez o'zgardi.
Indamay ketidan yurishni boshladim, ammo ichki sezgilarim qandaydir og'irlikni sezdi. Ya'ni qorong'ulikni his qilib, kirgim kelmay qoldi. To'xtolmasdim, bu mumkin emas va men davom etdim.
- Biror nima bo'ldimi ? - dedi, Jungkook qoshlarini chimirib xavotir olgan bo'lib. Uning yumshoq ko'zlariga qaradim. Ichimdan nimalardir kechayotganini sezganiga qoyil qoldim. Bu yigit.. barini biladi.
- Menimcha, yuvinish xonasiga kirishim kerak. - biroz xiyla ishlatish vaqti kelgandi va men aynan shuni nazarda tutdim.
- Yaxshi, seni olib boraman. - so'zimni oddiy qabul qilgan Jungkook qo'li bilan oldinga o'tishimga ishora qildi. Bu har qanday holatda ham noqulay bo'lgan bo'lardi.
- Haligi, shart emas. Qayerdaligini aytsang o'zim boraman. Sen yeyish uchun biror nima tayyorla !! ... va albatta.. - talablarim yakunlanmasidan Jungkookning haybatli ovozi uni bo'ldi.
- Va albatta burbon !! - so'nggi qo'yilishi kerak bo'lgan nuqta Jeon tomonidan qo'yildi.
- Perfect, sen ajoyibsan !! - keng tabassum bilan u tomon sakrab otildim. Bu hech qanday masofani qisqartirmadi. Shunchaki bolalarcha xursand bo'lib ketgandim.
Biz ichkariga kirdik. Unchalik hayratlanarli manzara emas. Ochiq ranglarsiz bo'lgan atrof va katta panarama stilidagi oynalar.. bular tashqi hovlini sinchiklik bilan kuzatishga, bundan rohatlanishga yordam beradi. Uyni kuzatishga uncha qiziqmadim. Shunday ekan meni o'ylantirgan o'sha savolni Jungkookga berishga qaror qildim.
- Kim Taehyungnikida ekanimni qanday bilding ?
Yigit egnidagi kamzulini yechar ekan, ko'zlarini to'g'ri men tomonga rasman burdi. - Odamlarimdan eshitdim. - oddiy javob qildi u.
- Meni kuzatyapsanmi ? - hayron qolganimni yashira olmay ko'zlarimning shaklini maksimal darajada kattalashtirdim.
- Yo'q, shunchaki qo'rg'onda emasligingni bilganimda, qayerda ekaningni surishtirishlarini buyurdim.
- Hmm. - noqulay sukut boshlangandi. Chunki yana nima deyishni bilmadim. - Unda men tepa qavatga ketdim. - qoshlarim ko'tarildi.
- Chapdan ikkinchi xona. - ma'lum qildi yigit nimani nazarda tutganimni anniq tushunib.
Aera zinalardan chiqib tepa qavatga o'tdi. Chuqur nafas chiqarar ekan, hozircha hammasi yaxshi ekanidan mamnun bo'ldi. Navbatdagi qadam, Jungkookning xonasini topish.. U birin ketin eshiklarni ochib ichkarini kuzata boshladi. Navbatdagi eshik.. bu ish xona edi. "Ish hujjatlari, shu jumladan fleshkalar aynan shu joyda saqlanishi kerak." o'yladi Aera.
Ichkariga bosh suqib avval kuzatuv kamerasi bor yoki yo'qligini tekshirar ekan, butun vujudi bilan ishonch hosil qilgach hotirjamlik bilan xonaga kirdi. Oyoq uchida harakatlandi. Ehtiyotkorona bo'lib tortmalarni tekshira boshladi. Birinchisida qandaydir qog'ozlar, ikkinchisida gadjetlar, uchinchisida fayllardan boshqasi yo'q.. bular kerakli narsa emas !! Shunday ekan, endi navbat asosiy stol tagidagi javonlarga.. Aera bor e'tiborini tintuv ishiga qaratib, iloji boricha tezroq bo'lishga urinardi. Birinchi tortma ochildi.. Bingo !! Fleshka.. yo'q, fleshkalarning bari aynan shu yerda edi. Qiz qaysi birini tanlashni bilmay, biroz dovdirab qoldi.
- Shit !! - so'kindi u tushunqiramay boshini qashlagancha. Qo'liga tushgan bir temir bo'lagini oldi. Yaxshilab kuzatarkan, fleshka chetida bo'lim nomlari kiritilganini ko'rib yuzi yorishib ketdi. - Uddalayman !! - pichirlab qo'ydi, u o'zini rag'batlantirgancha. Navbatdagi harakatda u barcha fleshka yozuvlarini tekshira boshladi. Lekin "hisobotlar" yozuvi mavjud emas. Izlanishda davom etarkan, hech qanday yozuvsiz qora rangdagi ko'rimsizroq bo'lgan temirga duch keldi. "Ko'rinishi shubxali.. demak shu bo'lishi kerak." o'yladi qiz ko'zlarini qisib qaragancha. U fleshkani oldi va tortmani yopdi. O'rnidan ko'tarilgancha qaddini rostlagan ko'yi eshikda kirib kelayotgan Jungkookni ko'rishi bilan qo'rqqanidan qotib qoldi.
Va nihoyat bari tugadi degunimcha qarshimda Jungkookni ko'rdim. Shu zahoti butun tanam muzlaganini his qilgandim. Nahotki u barini ko'rgan bo'lsa ?! Barmoqlarimda titroqni sezarkanman, ularni sekinlik bilan ortimga yashirishga ulgurdim.. hech bo'lmasa.
- Aera.. - so'z boshlagan Jeonga qarab og'ir yutungancha so'zini bo'lib o'zimni oqlashga kirishdim.
- Men shunchaki xonang qanday ekaniga qiziqib, bu yerni tomosha qilayotgandim. - dedim, baland va ishonchsiz ohangda. U menga ancha tushunmagandek qarab turdi. Demak, gapirishdan maqsadi bu emasdi.. va men yana qovun tushirdim.
- Aera men ortiq buni aytishni cho'zib yurolmayman..
- Nima demoqchisan ? - uning jiddiyligidan men ham ancha diqqatimni jamladim. Sezgandim, uning homushligi bejizga emasdi.. Nimadir ro'y berganini tushungandim.
- Men bekorga sen bilan uchrashishni hoxlamadim. Aslida ko'rishishimiz bilan aytmoqchi edim.. lekin ko'zingdagi beg'uborlikni ko'rib bunga kuchim yetmadi.
- Jungkook gapni cho'zishni bas qil !! Ayt, nima bo'ldi ?! - sabr kosam to'lib allaqachon qizishishni boshlagandim. Jeon ko'zlarini bir nuqtaga qaday olmay, o'zini olib qochardi. Ko'zlarida qizarishni ko'rdim. Lablarini namlash so'nggida nihoyat menga qaradi.
- Hesu vafot etdi.. U o'zini o'ldirdi.
Stop.. wait, wait please. What was it ?! Is it my confusing life ? ( To'xta.. kut, kutib tur iltimos. Bu nima edi ?! Bu mening chalkash hayotimmi ? ) Nafas ololmay qoldim.. 3 kun oldin uni ko'rganimni eslayman. Yuzi, nima kiyim kiygani hali ham ko'z oldimda.. b.bu qanday qilib ?! Aqlim ishlamay qoldi. Ongim ongsizlandi. Bari bo'm bo'sh !!
Jungkookning lablari ismimni havotir bilan takrorlayotganini ko'rardim. Lekin qulog'imda faqatgida chiyillagan signal ovozi. E'tiborimni jamlay olmasdim.
Qiz hayrat iskanjasida tosh qotgancha turarkan, orqaga berkitilgan qo'lidan nimadir sirg'alib tushdi. Buni o'zi sezmagan bo'lsada, bu Jungkookning e'tiborini tortishga ulgurgandi. U bir yerda yotgan fleshkaga, bir Aeraning oqarib ketgan yuziga qarardi.
So'nggi soniyada Jeon o'zini buni ko'rmagandek ko'rsatishni ma'qul ko'rib, shoshgancha qizning yelkalaridan mahkam ushladi.
- Aera, biz ertaga uni dafn qilishimiz kerak. - ta'kidladi u taskin berish bilan birga. Qiz o'ziga kelmasdi, hatto ko'zidan bir tomchi yosh ham chiqmasdi. Shunchaki oqarib ketgan yuz, titragan lablar..
Kun hali qorayishga ulgurmagan. Taehyung o'z nomiga o'tgan kompaniya ishlarini kuzatish uchun bordi. Janob Kangning umri ketgan o'sha kompaniya. Asosan noqonuniy ishlar bilan shug'ullanadigan insonlar, doim ham buni ochiq ko'rsatmaydilar. Buni berkitish uchun niqob kerak bo'ladi. Masalan mana shu sarmoya kiritish kompaniyasi.. bu asosiy mablag' keltiruvchi ish bo'lmasa ham, boshliqdan hech kim shubxalanmasligini ajoyib tarzda ta'minlaydi.
- Barcha ishchilarni majlisga to'plang !! - buyruq berdi Kim oldida turgan yangi kotibasiga qarab.
- Lekin, Janob doim faqat bo'lim boshliqlari bilam majlis o'tkazardilar. - buyruqqa qat'iy ravishda qarshi chiqgan xonim boshlig'iga yuzlandi. Taehyungning yuzini qorong'ulik bosarkan, hissiz va sovuq nigohini o'sha ayolga yo'naltirdi.
- Hozirgi boshlig'ingiz kim ?! - savol berdi u jahl bilan. Bu so'z va qarashning o'zi kotibaga yetarli bo'ldi. Ortiq hech narsa demay shunchaki ortga qadam tashlab buyruqni bajarish uchun ketdi.
- Demak, ishchilar o'z o'rnini bilmaydi. - boshini chayqatgan Taehyung o'ziga o'zi pichirladi. - Itoatkorlikni singdirish kerak.. - dedi, u go'yo majlisda gapirishga yana bir mavzuni tayyorlagandek.
Telefon qo'ng'irog'i.. yigit telefonida paydo bo'lgan notanish raqamni tanib go'shakka javob berdi.
- Biror nima bo'ldimi, Jaehyuk ?
- Taehyung, siz o'ylagan narsa to'g'ri bo'lib chiqdi. Lee Hesu vafot etibdi.
- Hali bu haqida xabar topmadim. Menimcha Kang xonimning ahvoli yaxshi emas.
- Yaxshi, sen kuzatishda davom et.
Qo'ng'iroq yakunlandi. Yigitning qulog'i eshitgan xabardan yuzi yanada o'tkirlashgandi. Balki bu havfli o'yinlar uni charchatgan. Lekin eng afsuslanarlisi, u barcha e'tiborini Aeraga qaratib, Hesuni himoyasiz qoldirdi. Endi qiz oralarida emas.
- Xato qildim.. buni yana takrorlasam aniq yutqazaman. - dedi, u asabiy ko'zlarini siqib yumgancha.
Davomi bor...
Author: Reina Kim.
Gold fanfics
Shadows bu qism ancha qizg'inlikka boy bo'ldi. Meni qo'llab quvvatlaysiz degan umitdaman. O'tgan galgi fikrlardan ko'nglim to'lmadi. Iltimos, shu yergacha o'qidingizmi hurmat qilgan holda ikki og'iz fikringizni bildirib keting. Bu murakkab emas va keling shunchaki bir birimizni qo'llaymiz. Bu ikkala tomon uchun ham foydali bo'ladi. Fikrlar ko'nglimni ko'taradi, o'zimni yaxshi his qilsam qismlarni tez tez chiqaraman.. o'zingiz tushundingiz.