December 13, 2025

Vanilla - 28 -

Are you becoming what you've hated before ?!

— Avval o'zing nafratlangan narsaga aylanib boryapsanmi ?!

Kuchli tomchilar bilan tomayotgan yomg'ir yerda kichik ko'lmaklar hosil qilgan. Bu bosimga to'lgan havo barini yanada og'ir holga keltirdi go'yo. Mashinani shunchaki tasodifiy joyda to'xtatgan Jungkook, so'nib bo'lgan ko'zlarini oynaga qaratdi. Asta barmoqlarini mashina eshigiga olib borib, la'nati aravadan tushdi.

U yomg'ir ostida allaqachon xo'l bo'lishga ulgurgan ko'yi, asta qadamlar bilan skameyka tomon bordi. Jungkook uzoq termuldi. Uzoq vaqt bu skameykaga, oldidagi daraxtga qandaydir og'riq bilan qaradi.

O'sha kunni yodga oldi. Aera bilan yaqinlikni boshlashiga turtki bo'lgan kunni... va bu huddi o'sha joy edi. Qiz ko'z yosh to'kib, daraxt barglarini sanagancha Jungkookni o'tirib kutgan joy.

Flashback. (16-qism.)

Jungkook: Ahvoling yaxshiga o'xshamayapti. O'rningdan tur kasalxonaga boramiz. - qo'llarini qiz tomon cho'zgan yigit havotir bilan uni boshdan oyoq tekshirdi. Aera uning gaplariga e'tibor qilmay ko'zini bir nuqtadan uzmasdi.

- Shart emas. Shunchaki meni bu yerdan olib ket.

- Mayli. Unda seni uyimga olib boraman. Qo'limdan ushla. - bu safar tutilgan qo'l javobsiz qolmadi. Qiz tanasini butunlay ishongan insoniga topshirgandek Jungkookga suyanib oldi. U hozir juda ham kuchsiz ko'rinardi. Yigit ohista qizni mashinaga joylab o'zi ham rulga o'tirdi.

- Ushla. Ko'zlaringni artib ol. - cho'ntagidan dasturmol olgan yigit chuqur nafas chiqarib qo'lidagini Aeraga uzatdi. Sekin nigohini Jungkookga ko'chirgan qiz hech bir so'zsiz yigitga termulib qoldi. Uning ichidagi alam, qahr, azob birgina tomchi bilan chiqayotgandek ko'rinardi.

Jungkook: Aera iltimos bunday qilma. Bilaman barchasi birdaniga bo'ldi. Lekin seni bu holatda ko'rish meni o'ylaganingdan ko'ra ko'proq siquvga olyapti ...

Comeback.

Hozirchi ? Bu yolg'on so'zlar qanday qilib o'z o'zidan haqiqatga aylanib ulgurdi o'zi. Qachon qasosining bir qismi bo'lgan qizga oshiq bo'lishga ulgurdi u ? Javob mavjud emas..

Hali ham tik holda taxta o'rindiqdan ko'zini uzmayotgan yigit asta harakat bilan joylashdi. U ham daraxtga qaradi. Aera o'sha vaqt qanday sanagan bo'lsa u ham huddi shunday yaproqlarni sanashni boshladi. Ko'zidan tomayotgan yosh yomg'ir bilan qorishishiga qaramay o'ziga qarshilik qilmadi.

- Sensiz zulmatimga aralashib ketishdan qo'rqyapman Aera. - lablari orasida shivirladi yigit, namiqib ketgan kipriklarini bir zum ham yummay. - Eski, ma'nosiz kunlarimga qaytishni istamayman.

Time skip.

Kun allaqachon kech bo'ldi va men xonamdan chiqmadim. Hech kim haydab ham solmadi. Shishib ketgan ko'zlarim hali ham achishar, lablarim qurshab bir biriga yopishib ketgandi. O'zimni shu darajada yerga urilgandek his qilyapmanki, bu narsaga chidash o'limdan ham yomonroq bo'lishini kutmagandim. Men nafratlanaman. O'zgalar oldida ilojsiz qolishdan juda qattiq nafratlanaman, jin ursin !!! Ichimdagi g'alayon butun tanamni qizdirardi, go'yoki ichimda kimdir alanga yoqayotgandek. E'tibor bermaslikka, yodimdan chiqarishga urinib, uxlashga harakat qila boshladim. Ko'zlarimni yumdim. Bir necha soniya shu zaylda turarkanman eshik birdaniga ochilgani sabab ichim zir titrab ketdi. Men tomon yaqinlashayotgan qadamlar... o'sha o'zgarmagan erkak atiri va qo'l soatining baland chiqillagan ovozi. Bu notalar ongimni egallab oldi. Negaligini bilmayman, lekin ko'zlarimni ochishga jur'at qilolmasdim. Ammo har bir harakatni his qilib turibman.

Taehyung asta yaqinlashib orqa tomonimga yotib oldi. Qo'lini belimdan o'ragancha, tanamni o'ziga mahkamroq tortarkan, birdaniga hapqirib urib ketgan yuragimni maromiga keltirolmay qoldim. U ham buni eshitib turganiga ishonchim komil. Bu skunatda hatto soatning ham tovushi tiniq eshtilayotgandi.

- Uxlamayotganingni bilaman, vanilla. - quloqlarimga urilgan issiq nafasdan ko'zlarimni asta ochdim. O'ylab ham o'tirmay qo'pollik bilan uni o'zimdan darxol siltab tashlarkanman, menga hech qanday qarshilik ko'rsatmayotgan yigit tikilib turishdan boshqa narsaga yaramasdi.

- Seni ko'rishni istamayman !!! - ichimdagi alamni qo'zg'atib yuborgan Kimga yoshlangan ko'zlarim bilan qaradim. - Meni tinch qo'y Taehyung.. hozir tinch qo'y !!!

- Allaqachon kech bo'ldi. Ovqatlanishing kerak. - dedi u hotirjam ovozda. - Men bilan yur. - hech narsaga e'tibor qaratmay o'rnidan turgan yigit ortiga qarab, qimirlamayotganim uchun savol nigoh bilan qoshlarini uchirdi. Men butunlay hayratda qolgandim. O'zimni o'nglab bir amallab o'rnimdan turdim va oshxona tomon pastlayotgan yigitning ortidan tushdim.

~

Burnimga joylashgan yana o'sha hid menga bir nimalarni eslatib yuborgandek bo'ldi. Ha, Taehyung huddi ilk marotaba tayyorlab berganidek yana ramyon tayyorlagandi.

- O'tir. - buyruq berdi u tik turganimni ko'rib. Asta borib kichik stulga o'tirdim. Taom bilan oldimga kelgan Taehyung sanchiqi qo'yilgan likopchani menga, tayoqlisini o'ziga qo'ydi. - Hali ham tayoqchalarni ishlata olmaysan, shundaymi ?

Sekin bosh irg'idim. Nega bunchalik uning oldida hijolat bo'layotganimni bilmayman. Ammo huddi avvalgidek o'zimni erkin his qila olmayotgandim. Tomog'imdan hech qanday ovqat o'tmasdi. Uning ishtaha bilan ovqat yeyotganini ko'rib negadir yuzimga tabassum yugurdi.

Hech narsa yemay shunchaki yigitga tikilib o'tirgan qizni payqagan Taehyung og'zini artgancha ma'noli nigoh bilan kichrayib ketgan qizga e'tiborli qaradi.

- Ozib ketibsan. Ovqatingni ye yoki yedirib qo'yishimni kutyapsanmi ?!

- Nega bunday qilyapsan ?! - yigitning savoliga qarshi ravishda berilgan savol orani bir necha soniyalik skutga to'ldirdi. - Qilayotgan bu harakatlaring... tasdiqni anglatadimi ?! - kutilmaganda berilgan bu so'roqli so'zlardan yigit labi chetida kulib, stakandagi suvdan ho'pladi.

- Bularning bari tovon to'lashing uchun. - dedi u hech qanday o'zgarishsiz. - Yodingdami senga badal haqida gapirganim. Bu o'lim haqida emasdi. Endi tushunyapsanmi ?!

Aera jim edi. Shunchaki sababni bilmoqchi edi holos. Yuragi achishib ketsada hech narsa demay yigitning so'zlarini ohirigacha eshitdi.

- Sen chorasizsan. Na ortga qaytib keta olasan va na Londonga. Men bilan azoblansang ham qolishga majbursan !! Shu sen uchun allaqachon o'lim degani.

Aera: Ha Taehyung.. - tilga kirdi qiz alam bilan qarshisidagi mamnun erkakka tik qarab. - Sen haqsan. Men allaqachon o'limga rozi bo'ldim. Tiz cho'kdim. Yolvordim. Nima hoxlagan bo'lsang barini bajardim. Endichi ?! Endi o'zingni qanday his qilyapsan ?! Meni oyoq osti qilish senga nima berdi ?! Nimalarni boshdan kechirganim, menga nimalar bo'lganini bilmaysan ham. Nahotki hech ham nima his qilganim haqida o'ylab ko'rmading. Agar bir bor, hech bo'lmasa bir marotaba tushunishga uringaningda, Jungkookga nega, qanday qilib ishonib qolganimni bilishga harakat qilganingda men ham, sen ham bunday o'tirmagan bo'lardik !!! Sen hudbinsan Taehyung !!

Aera: Men baxtlimanmi seningcha ?! Men shu hayotda yashashni tanlabmanmi ?! Nega men qanday azobni his qilayotganimni tushunging kelmayapti ?! Shu vaqtgacha kimga yaqin yo'lasam o'sha inson o'lardi. Doyim o'zimni ayblab kelgan yillarimchi ?! Boshqa yaqinlarim o'lmasin deb bularning barini tagiga yetishni istaganimchi ?! Men aybdormanmi ?! Javob ber, shunda ham barcha ayb mendami ?! Agar hali ham meni ayblasang yaxshi, yana nima istaysan ?! Uyingda hizmatkorlik qilishimnimi ?! Ajoyib, bunga ham roziman. Meni gilam o'rnida ishlatib oyoqlaring bilan ezishingga ham roziman. Yo'q yana nima ?! Balki meni kaltaklab hovuringdan chiqishni istarsan ?! ROZIMAN TAEHYUNG !!! ESHITYAPSANMI ?! NIMA BO'LSA HAM BARIGA ROZIMAN !!! Nega bilasanmi ?! Chunki yana kimdir o'ladigan bo'lsa o'sha inson o'zim bo'lishimni tanlayman. Boshqa o'limlarga chindan bardoshim yetmaydi.. onamni havfsiz bo'lishini istayapman holos..

Qizning so'zlarini tinglayotgan yigit shu zahoti o'rnidan turib, o'zini boshqarolmay qizni bag'riga oldi. Qotib qolgan Aera u nega bunday qilganini tushunmay qoldi. Ko'zlarini katta katta ochar, Taeni o'zidan uzoqlashtirishga urinardi.

Ichimdagilarni barini aytishim bilan nimadir bo'ldi va qanday qilib Taehyungning bag'rida paydo bo'lib qolganimni tushunmay qoldim. Men uni istamayman, meni quchishini, menga endi yaqin bo'lishini hoxlamayman. Uni o'zimdan uzoqlashtirishga urindim. Lekin u bunga e'tibor bermasdi.

Sochlarimni asta silayotgan yigit bir necha daqiqa meni qo'yib yubormadi. Asta qo'lini belimga olib kelib yuzini bo'ynimga ko'mdi.

- Agar onangni saqlab qolishimni istasang albatta bu tekin bo'lmaydi. - quloqlarim ostida eshitgan so'zlarim sabab men hozir his qilganlarimni bari cho'pchak ekanini tushunishim bilanoq uni ko'ksidan bor kuchim bilan itarib yubordim. Qarshimdagi yigitni umuman taniy olmasdim. Uning bu munosabatini qabul qilolmay, bo'g'zimga nimadir tiralgandek tuyila boshladi.

Meni qiynayotgan yagona savol "U doyim shunday iflos bo'lganmi ?!" Bu jin urgur xona tobora meni siqib yuborar, boshim uzra charxpalakdek aylanardi.

- Nima hoxlaysan ?! - mening ohangim ham huddi nigohlarim kabi sovuqlashdi. Menga jirkanch tabassum bilan yaqinlashib kalayotgan yigitning gavdasidan ortga tisarilar ekanman, boshqa yo'l yo'qligi sabab joyimda to'xtadim.

- Vanilla, seni qanchalik sog'inganimni bilasanmi ? - qulog'im ostida jaranglagan past ovoz sabab tanam seskanib ketdi. Uning maqsadini endi aniq tushungandim. Lekin ishonolmayman, men tanigan Taehyung chindan ham bunchalik tuban emasdi.

Taehyung: 3 kecha.. men bilan.. men istagan ko'rinishda.. men hoxlagan harakatlar bilan.. o'zingni topshirasan. Men esa onajoningni havfsiz saqlashga va'da beraman. Bu sening jazoying bo'ladi sevgilim. Rozimisan ?

- Ha. - ikkilanmay javob berdim. Ikkilanishga vaqtim ham yo'q edi. Shu zahoti uning ulkan kafti ko'kragimni siqimlashga tushdi. U huddi barini hozirgi daqiqa uchun kutib turgandek edi.

Taehyung: Hozir !! Yechin !!!

- Yo'q hozir emas !!! - dedim uning jirkanch qo'lini ko'kragimdan olib tashlab.

Taehyung: Demak rozi emassan ?! Demak kelisha olmadik shundaymi ?! - bu safar uning barmoqlari bir tutam sochimni o'ynay boshladi. Taehyung barini atayin qilayotganini sezib tursam ham hozir kaftlarim bog'liqligi sabab qarshilik ko'rsata olmasdim. Nima qilishim kerak ?! Nima qilsam bari o'z o'rniga qaytadi o'zi ?!

- Men rozi emasman demadim. Hozir emas dedim !!! O'zimni tayyorlashim kerak Taehyung !!!

- Men kutolmasamchi ?!

- Kutasan !!! Kutishga majbursan !!!
- Asabimni o'ynashni bas qil !!! - qoshlari chimirilib ketgan yigit zarb bilan qo'limni changalladida meni tepa qavatga sudray boshladi.

- Nima qilyapsan ?! Jin ursin qo'lim og'riyapti !!! - qarshilik qilishimga qaramay meni o'z xonamga olib kirgan yigit, tanamni ayab ham o'tirmay yotoqqa irg'itib yubordi. O'zi esa xona markazida turgan kiyim javonni ochgancha bir nimalarni olishni boshladi. Allaqachon ichimga g'ul g'ula oralagan, tanam titrab ketardi. U menga nima qiladi ? Nima qilmoqchi bo'lyapti ?!

Qo'lida bir qancha g'alati kiyimlarni olgan yigit bularni yuzimga zarb bilan uloqtirdi. G'azab porlayotgan qiyofadan yashirinib qolgan, yuzimga tekkan o'sha kiyimni olib ko'zdan kechirarkanman, bu haddan tashqari ochiq bo'lgan tunggi kiyim ekanini payqadim.

Taehyung: Qayerdan kelganiga qiziqyapsanmi ?! Bu sen yo'qligingda men bilan vaqt o'tqazgan qizlarniki. Bariga kiydirib chiqdim. Endi seni navbating !!! 20 daqiqada seni xonamda, egningda aynan shu iflos kiyimni ko'rishni istayman !!! Qimirla !!!

Davomi bor...

Keyingi qism uchun 500+ reaksiya va ko'p fikrlar kutaman. O'qib bo'lgan bo'lsangiz qo'llab-quvvatlash uchun postga reak bosib comment qoldirib keting.

Author: Reina Kim.
Gold fanfics.