- Emotion -
- Ichkarida gaplashib olamizmi ? - so'radi yigit. Uning so'zlarni eshitgan qiz hech qanday e'tirozsiz shunchaki ichkariga kirdi.
- Bu yerga. - o'ng qo'li bilan zal tomon yo'nalish berdi Taehyung. Ular xonaga kirib joylashishdi.
Qiz o'tirgan joyida bir nuqtaga tikilgan holatda, barmoqlarini tinmay qimirlatardi. Kim har doimgidek, dengiz kabi sokin.
- Qanday qilib bu darajada hissiyotga berilish mumkin ? - sukunatni buzgan savol Reinaning e'tiborini tortdi. U boshlig'iga hafsala nigoh bilan qarab, huddi shu talqinda og'ir nafas chiqardi.
- Qanday bu darajada hissiyotsiz bo'lishingiz mumkin ?! - dedi kinoya bilan.
- Aslida yarangizga tuz sepmoqchi emasman. Shunchaki tushunishga harakat qildim. - Taehyung so'zlarini yana davom ettirmoqchi edi, lekin Rei bunga izm bermadi, uni ochiqchasiga bo'ldi.
- Tushunmaysiz Janob Kim !! Meni tushuna olmaysiz !! - dedi ikki qo'llari bilan sochini to'zg'itib. U hozir tushkun holatda, shuningdek ancha asabiylashgan.
- Ahvolingiz yaxshi emas degani hammaga birdek qo'pol muomala qila olishingizni anglatmaydi Kotiba xonim. - yigit hissiz holatini tiklab, qoshlarini chimirdi. - Qiynalishi kerak bo'lgan odam faqat sizsiz. Chunki bu sizning hayotingiz ! Shunchaki boshqalarga zahringizni sochishni bas qiling !! - dedi buyruq bergandek jiddiy bo'lib.
Men o'zimni juda ham g'alati his qilardim. Go'yo hayolimda bo'layotgan, o'ylash uchun imkon berilsa, aslida mavjud bo'lmagan olamda sayohat qilayotgandekman.
Mavhumlikni sezishimga qaramay aslida reallik meni qamrab olgan. Ha, men haqiqiy olamdaman.
Taehyungni tinglardim. U asabiylik bilan aytgan so'zlarimdan achchiqlandi. So'zlarini xato deyish ham gunoh bo'lgan bo'lardi. Men shunchaki jimman. Istasamda, boshqa narsa ham qo'limdan kelmasdi.
O'zimni qo'lga ola olmayotganim boshqalarning muammosi emas.. buni tushunishni istayapman, lekin menga hech kim gapirmasligini qattiq hoxlayman. Nega keldim ?! Jimlikni istasam boshlig'imning uyiga nega yarim kechasi bosqinchidek bostirib keldim ?!
Shunchaki o'zini, hissiy tamoyillarini boshqarish qo'lidan kelmaydigan noshudman.
- Meni kechiring. - hammasini o'ylash meni shu darajada siqib yubordiki, ichimdagi hissiyot meni yenggancha ko'zim namlandi. - Aybdorman, kechiring. Aslida barchasiga o'zim sababchiman. - istamagan ko'zyoshim demayman. Men bu ko'zyosh ochiq oydin to'kilishini uzoq kutdim. Men yana yeg'layapman.
- Buni nazarda tutmadim Reina !! - uning yuz tuzilishi birdaniga o'zgardi. U tez o'zgara oladi, u angab bo'lmaydigan tezlikka ega. - Iltimos ko'z yosh to'kishni bas qiling !! Bo'lmasa.. - Tae bir muddat to'xtadi. Hayolidagini tiliga chiqarish qiyinlik qilgandek og'ir nafas chiqardi. - Bo'lmasa men ham siz kabi jilovsizlanaman. - dedi qaynoq harorat bilan.
Qiz yeg'lashdan to'xtamasdi. Unga bu chindan kerak. Ahvoli yaxshilanib, biroz o'ziga kelib olishi uchun. Rei, Kim Taehyungning so'zini tinglamadi, balki shunisi yaxshidir. Ammo Kim to'xtamaydi, uning yuragiga taskin bermaguniga qadar to'xtay olmaydi.
- Kotiba Kim menga qarang !! - u qizning ikki yelkasidan siqib o'zi tomon qaratdi. Reinaning namlangan kipriklari, yosh to'la ko'zlari unga qadalganida, boshlig'ining yuzida anglab bo'lmas, ammo juda ham yoqimli ifoda borligini sezdi. Qoshlari yuqoriga ko'tarilgan, hamdardlik aks etgan ko'zlar, jim bo'lishni hoxlamagan lablar..
- Yeg'lamang iltimos.. - deya bazor shivirladi yigit. Unga quloq solgan qizning yanoqlari battar kuya boshlagandi. Uni ovutganlari sari u o'zini ojiz deb biladi, u battar qiynaladi.
- Meni bag'ringizga bosing Taehyung.. - dedi yig'i aralash, titroq ovozda. - Bu.. bu safar Jungkook qarab turgani uchun emas.. iltimos !!
Pov Taehyung Kim.
Nima qilayotganimga amin emasman. Lekin bu ayol meni aqldan ozdirishi aniq. Hayollarimdagi chalkashlik meni shu darajada qiynaydiki, hozir xato qilib qo'yishdan qo'rqaman.
U menga ishora qildi. Bag'ringga bos, deganida bir soniya sukut saqladim. Hissiyotlarimni, hayolotimni bir chekkaga uloqtirib, bor vaznim bilan uni o'zim tomon tortarkanman, allaqachon sovushga ulgurgan tanani haroratim bilan isita olishimga shubham bor edi.
Uni mahkam quchdim, o'zimga qattiq bosim bilan tortganim sari qo'yib yuborishni hoxlamasdim. Bu menga yoqyapti.. bir necha daqiqa ichida yig'i ovozi tindi, lekin quchog'imda hali ham kotibamni olib o'tiribman.. bu g'alati eshitilishi mumkin.
- Yaxshimisiz ? - Taehyung sekin ovozda hotirjam bo'lishga urinib shivirladi. Rei boshini erkakning yelkasidan olib, yuziga yopishgan bir necha tola sochlarini epaqaga keltirdi.
- Raxmat. Ahvolim ancha yaxshi. - dedi o'zini o'nglab olish jarayonida. U o'rnidan turmoqchi bo'ldi. Bir soniya ichida nima bo'lganini sezmay qoldi va u yana Taehyungning quchog'ida.
- Janob Kim ? - savolli ohang xonadagi sukunatni buzdi.
- Eshitaman. - yigitning ko'zlari yumiq, yuzida mayin tabassum bilan Reinani huddi daqiqalar avvalgidek quchib o'tirardi. Bu safar u qarorni o'zi qabul qildi va bajardi.
- Men yaxshiman. - ma'lum qildi ancha aniqlik bilan. Balki bu so'zlar "meni qo'yib yuborishingiz mumkin." degan tushunchani uqtirmoqchidir.
- Meni ahvolim yomon. Yaxshi emasligingizda ko'maklashdim. Men ham shuni kutishim to'g'ri bo'ladimi ? - uning so'zlari.. uning so'zlari avval hech qachon eshitilmagan ohangda taraldi. Qiz indamadi, shunchaki Taehyungning quchog'iga yanada mahkamroq joylashib, qo'llari bilan yelkasini qattiqroq siqdi.
- Hayrli tong Janob Kim. - Reina quvnoq tabassum bilan Kimning kabinetiga qo'lida qahva bilan kirib keldi.
- Uyda salomlashganimizni eslayman. - dedi e'tiborsiz. Uning qoshlari biroz chimirilgan, ko'zlari esa qarshisidagi komoyuter ekraniga qadalgan. ( Reina Taehyungnikida qolgan va bu yerga birgalikda kelishgan. )
- Kompaniyada o'zgacha bo'ladi deb o'yladim. Lekin adashgan ko'rinaman. - qiz yuzidagi kulguni yo'qotmay qo'lidagi qahvani stol ustiga qo'ydi.
- Mm mazali is kelyapti. - dedi Tae biroz o'yin qaroq bo'lishga harakat qilib. Lekin o'xshamadi, unga bu holat butunlay begona. Reina o'zini ushlab turolmay kular ekan, hijolat tortgan yigit qahvadan bir ho'plab, diqqatini yana ekranga qaratishga urindi.
- Qo'lingizdan kelmas ekan. - qotib kulish jarayonida nafas yetishmasligi sabab chuqur nafas oldi qiz. - Siz qo'pol va jiddiy boshliqsiz !!
- Kotiba Kim kechagi yakunlanmagan hisobotlarni olib kiring. - u o'zini hech narsa bo'lmagandek tutardi, lekin yanoqlari qizil tusga kirgani yaqqol sezildi.
O'zimni yaxshi tutayotganimga qaramay, og'irlikni his qilardim. Men o'ylashdan to'xtamayman. O'ylayman, o'ylayman.. va nimadir qilishga urinaman.
Xonamda bir uyum qog'ozlarga burkanib o'tirsamda, hayollarim bu qog'ozlarga tegishli emasdi.
Qiz biroz o'ylanib o'tirgan holatidan chalg'idi. Qo'liga telefonini olib, hujjatlarni birin ketin tartiblab, o'ziga kerakligini olarkan, qog'ozdagi ma'lumotga qarab raqamlarni terdi.
Reinada shunchaki o'ziga bo'lgan ishonch bor. Hozir u ikkilanmaydi va hayoliga kelgan o'sha fikrni realikka aylantiradi.. Birinchi chaqiruv, ikkinchisi, va telefon egasi qo'ng'iroqga javob berdi.
- Eshitaman. - biroz erinchoq, ammo tetik ko'rinishdagi ovoz jarangladi.
- Chxve Luna ? - dedi Rei aniqlik kiritish maqsadida.
- Kim Reina. Raqamda adashmading. - kinoyali ohang. Iloji bo'lganida bu ayolni Rei deyarli ko'mib tashlashga tayyor. O'zini bosishga harakat qilib, ko'zlarini mahkam yumgancha chuqur nafas chiqardi.
- G'alati eshitilsa ham.. g'alati eshitilsa ham yordaming kerak !! - qizning ichidagi yengilmaslik hissi uni gapirishdan to'xtatardi, ammo u buni yengib, bazo'r ichidagi so'zlarini tashqariga chiqardi.
- Yordam ?! - hayratlandi Luna. - Aytganingdek juda g'alati eshitildi.
- Ishonaver, bundan faqat men foyda ko'rmayman..
Quyosh ancha bulutlar orasiga yashiringan vaqt. Balki u allaqachon botib ulgurgandir. Mashinamni turarjoydan olib chiqar ekanman, atrofga e'tibor berdim. Havo o'ylaganimdan ko'ra yoqimli. Oynani avvaliga yarim, so'ng butunlay ochdim. Nega men tabiatdan rohatlanishim kerak emas ?! Men muommolarim sabab o'zimni olamdan uzib qo'ygan bo'lsamda, buni endi to'g'irlashim mumkin bo'ladi.
Mayin shabboda sochlarimni har tomonga uchirar ekan, haqiqiy rohat balki shudir, deya o'ylashni boshladim. Bugun juda ham hotirjamman. Ichimda yengillik bor. Men yelkamdagi barcha yuklarimni ortga tashlay olishimni anglab yetar ekanman, bu qo'limdan kelishi uchun hamma narsaga tayyor bo'lishim kerak deya o'ylardim. Lekin bu shart emas. Shunchaki voz kechib yuborish onson.. o'ylaganimizdan ko'ra onson.. qachonki hissiyotlar bizni boshqarmasa.
Jeonlar qo'rg'oni. Jungkook bu yerga kelmasligiga ishonchim komil. Shunchaki bo'lib o'tganlardan keyin uyga qaytib borolmasdim. Baribir Misun bilan yuzlashaman va undan uzur so'rashim kerak bo'ladi. Balki bir muddat baridan o'zimni cheklarman. Ya'ni har qanday majburiyatlarni his qilishni to'xtatishim kerak.
Uyga kirib kelganimda, yana o'sha yuzida tabassum bilan hizmatkorlar kutib olishdi. Ular samimiy, shu bilan o'z ishiga sadoqatli.
- Hush kelibsiz kichik xonim. - dedi o'rta yoshli qiz. Unga qarab mayin tabassum qildim. O'sha katta qo'rg'on. Bir kunlar bu maskan men uchun baxt qasriga aylanib ulgurgandi.. ha men hech bo'lmaganda bir necha kun baxtli onlarni his qilib ulgurgandim. Haqiqatdan o'sha damlarni sog'inyapman, qumsayapman..
Zina tomon yaqinlashganimda, to'k urgandek ular Jungkookga xabar berishlari mumkin degan hayol meni bezovtaladi. Ortimga o'girilgancha hizmatchini chaqirdim.
- Kelganim haqida Jeonga xabar bermang iltimos. - dedim mayin ohangda. Zinalardan ko'tarildim. O'sha yotoq xona.. Men avvaliga umid bilan yashagan xonam. O'sha vaqtlarda Jungkookning qaytib kelishi, men bilan yana birga bo'lishini aytib, meni qattiq quchishini kutib yashardim. Bu hech bo'lmasa menga umid va ishonch berardi.
Esladim.. butunlay ifodasiz qolgan yuzimga tabassum yugurarkan, uning ortidagi achchiqlanish hozircha meni qiynamaydi. Yotoq, buyumlar o'zgarmagan. Ya'ni avvalgidek yosh turmush qurganlarga mos ravishda ranglari tanlangan. Agar Jungkook hech bo'lmaganda bir marotaba kelganida butunlay hamma narsani o'zgartirib to'q ranglarga burkagan bo'lardi.
Yotoqqa sekin joylashdim. Mayin pushti pastelni silar ekanman, avvallari Jungkookning uxlab yotgan yuz qiyofasi yodimga tushdi. U uxlaganida o'ylaganimdan ko'ra ancha yoqimli ko'rinardi. Ha, bir paytlar biz u bilan bir yostiqqa bosh qo'yib, shu yotoqni bo'lishgandik. Kulguli.. hozir bizdan dunyodagi eng buyuk dushmanlar chiqsa ajab emas.. Endi u ham nafratlanadi.
Kiyinish xonasiga kirdim. Yo hudoyim, bu yerda hamma narsa bor. Bu yerdagi buyumlar umuman o'zgarmagan, yangilanmagan. Mening kiyimlarim, erimniki, barchasi avvalgidek. Bu yerga kelgan ilk kunimni eslar ekanman, yuzimdagi tabassum butunlay ovozli kulguga aylandi. O'shanda u bilan juda yaxshi chiqishdik deb o'ylagandim.
- Bu yerdagi buyumlar senikimi ?! - huddi o'zim uchun janjanl tilab olishni istagandek, uning g'azabini uyg'otishga urinyapmanmi, tushunmayapman. Lekin negadir bu qiziq tus olishni boshlayotgani menga yoqmayapti deyolmayman..
U asabiy peshonasini silagancha, mendan ko'zini uzmay jilmaydi. Nima qilmoqchi bo'lyapti ? Nazarimda bu uning o'ziga ham qiziq.
- Albatta, axir xotinimsan va bu mavzudagi fikringni hurmat qilaman. Ya'ni men uchun bu qiziq bo'lishi ham mumkin. - uning so'zlari tufayli butunlay ongim o'z vazifasidan yiroqlashib ketdi. Xuddi kimdir kelib menga falajlik bilan kurasha oladigan dori yubormasa ortiq qimirlay olmaydigandekman.. Men hali u bilan.. men u bilann.. hatto tilim ham bormaydi. O'zim va u haqida hali bir bora ham o'ylamadim. Qanday ahmoqlik ?!
- Sevgisi cheksiz bo'lgan xotinim... men senga bu xonada yashash qonunlarini miyyangdan o'chmaydigan qilib tushuntirishni istayman.. - Jungkook oldimga kelgancha, qadamlarini ayamay yaqinlashardi. Qaynoq nafasi peshonamga urilib turar ekan, sochimga tenginar teginmas qo'llari bilan ularni silay boshladi.
- Birinchidan ?! Xonamdagi shaxsiy buyumlarimga hech kim teginmaydi, mening hududimga barmog'ingning uchini ham o'tkazmaysan.. Ikkinchidan ?! Ayol kishi bo'lganing uchun men yerda yotishga roziman.. faqatgina 3 kun. Keyin qaysi kun kim yotoqda yotishini kelishib olamiz. Uchinchidan ?! Men bu xonaga istagan vaqtim, istagan insonimni olib kira olaman va sen bunga parvo qilmaysan, qila olmaysan ham..
- Sen kimsanki qovoq miyyangdagi ahmoqliklarni menga singdirmoqchi bo'lyapsan. Men senga bo'ysunishga majbur emasman telba !! - erimning so'zlari tugamasidanoq ularni qisqa qilishni istadim. Og'zidan chiqayotgan gaplarini o'zi tushunayotganiga shubham bor. Men uning so'zlarini bajarishga majbur emasligimni ichimdagi alanga menga eslatib turardi. Bu alanga endi qaynab chiqayotgandi, sekin astalik bilan. Umid qilamanki uning olovi sevimli erimni yondirib kul qilib yubormaydi.
- Meni hayratda qoldirayotganingni his qilyapsanmi ?! Shunchaki seni yoqimtoy mushukcha deb o'ylagan edim. Adashgan ko'rinaman. - Jungkook mendan uzoqlashib xona atrofini aylana boshladi, huddi bu xonaga ilk bor kirgandek buyumlarni ko'zdan kechirgancha gapirardi. Haqiqatdan ham men bilan tortishishni istaydi.
- Gaplarimga e'tibor ber Jeon Jungkook ! Sen telba bo'lsang, men sendan ham battarroq aqldan ozganimga ishonchim komil. Shunday ekan, asab tolalarim bilan o'ynashishinga hojat yo'q !! - unga ensamni qotirgancha gardiropdan chiqar ekanman, u ortimdan shunchaki kulardi. Bu asabiylik ramzi bo'lgan kulgumi yoki ustimdan atayin qilayotgan navbatdagi asabbuzarligimi payqamay qoldim.
- Unday bo'lsa, ilk tunimizga tayyorlan xotinjon !! - ortimdan yangragan so'zlar ta'sirida butunlay muzlab qoldim. Turgan joyimda tosh qotdim desam yo'lg'on gapirmagan bo'laman. Bu bu nima degani ? Men bunga aslo yo'l qo'ya olmayman.. Aslida uning shartlari men uchun ham ayni muddao, lekin, menimcha men unga shunchaki bosh egishni istamayotgandekman. O'zgalarga bo'ysunishni hohlamayman.
- Bunday ish hech qachon bo'lmaydi, buni unutma !
- Gaplaring mutlaqo o'rinsiz. Sen xotinimsan. Men esa sening ering. Sen bilan istagan ishimni qilishim mumkin. Keng xona bizga torlik qilmaydi degan umitdaman. - u ahmoq. Butunlay meni qiyin ahvolga solishni istayapti. Nima qilishni bilmay lablarimni tishlar ekanman, qo'llarimni qashlagancha qizarib ketmaguniga qadar bu harakatimni to'xtatmadim. Ilojsizlik sen uchun kalit bo'lishi mumkin Rei.
- ... Haligi, yaxshi. Sening shartlaringga rozilik bildiraman. Lekin.. lekin sen ham mening so'zlarimga itoat qilasan. Kelishuv ikki tomonlama bo'ladi Jeon Jungkook !!
- Sen haqiqatdan ham menga boshqacha ta'sir o'tkazyapsan. - u kula boshladi. Bu jig'imga tegsada beparvodek ko'rinishni istadim.
- Demak.. birinchidan ! - oyoqlarimni his qilgancha u tomon yurar ekanman, huddi uning o'zidek juda ham keskin tarzda yaqinlashdim. - Istagan vaqtim, istagan ishimni qila olaman, ya'ni sendan ruxsat so'rashga majbur bo'lmayman. - qo'llarimni uning yanoqlariga tekkizgan onim, u miyig'ida jilmayib yuzini qo'limga qattiqroq bosdi. - Ikkinchidan, hech qachon istamagunimcha menga yaqinlasha olmaysan. - bir qoshini tik ko'targancha tabassum bilan qarar ekan, ohistalik bilan labini tishladi. - Uchinchidan, men uy bekasi emas, muvaffaqqiyatli ayol bo'lishni hoxlayman, ya'ni ishlayman azizim ! - unga qarab soxta tabassum qilarkanman, burnini huddi yoshboladek erkaladimda ortimga o'girilib, qo'limga tushgan kiyimni olib, yuvinish xonasiga kirib ketdim.
Men ajoyibman. Qilgan ishim shunchalik betakrorki uning o'sha vaziyatdagi yuzini tasavvur qilish menga butun oy rohat bag'ishlashiga aminman. U so'nggi gapimni eshitganida kulib turgan yuzi, shunchaki shirinligini yo'qotgan go'dakdek keskin o'zgardi. Haqiqatdan ham erimning kelishini, ovqatlar bilan kutib o'tirish niyatim yo'q. Men ham ishlayman. O'zim uchun, o'z harajatlarim uchun yetarlicha mablag' yig'aman.
- Haqiqatdan tanishuvimiz ajoyib bo'lgan. - dedim yuzimni qo'llarim bilan berkitish barobarida o'zimni kulgudan to'xtata olmay.
- Xonim. - eshik bir necha bor taqillagani sabab yotoqda uyquga ketgan qiz biroz g'inshidi. - Xonim kechki taom tayyor. - dedi hizmatkor, yana ogohlantirish berib.
- 5 daqiqada tushaman. - Rei charchoq bilan ko'zlarini ochib, ma'lumot berdi. Biroz shiftga termulganchga yotar ekan, yuzida og'ir pardoz va egnida ish kiyimlari bilan uxlab qolgani uchun asabiylashib o'rnidan qo'zg'aldi.
- Nega doyim egnimdagi noqulay kiyimlar bilan uxlab qolaveraman. - dedi nolib. U o'rnidan butunlay turdi va yuvinish xonasiga kirib ketdi.
Oradan taxminan 10 yoki 15 daqiqa o'tganida Rei qulay holatda. Soat allaqachon 20:33. Bu vaqtda hizmatkorlar o'z uylariga ketgan bo'lishadi.
Qiz ovqatlanish uchun pastga tushdi. Stol turli tuman taomlar bilan to'la. U hashamatli hayotini eslaydi. Hozir oilasi avvalgidek to'kin sochinlikda yashamayotgani uchun bunday hizmatlarni biroz unutgan. Lekin u bari bir yaxshi ovqatlanmasdi. Tomog'idan ovqat o'tmayotganiga ancha bo'lgan.
- Baliq yegim keldi. - dedi u stol ustida mavjud bo'lmagan taomni yodga olib. - Muzlatkichda bo'lishi kerak.
U o'rnidan turib oshxonaga bordi. Haqiqatdan ham Jeonlar xonadonida har tong dudlangan baliq iste'mol qilinar edi. Bu odat unutilmagan va muzlatkichda hali hamon qizil baliq bor.
Rei avval stakanga o'zi uchun limonli suv tayyorlashni istadi, charchoqni yo'qotish uchun. Idishga avvaliga limon sharbati, so'ng oddiygina gazlangan suv quydi. Bu massani endi iste'mol qilaman deganida eshik qo'ng'irog'i uni bezovta qildi.
Sharbatimni endi ichaman deganimda eshik ovozini eshitdim. Bu g'alati, kechki soat o'n birda bu yerda kimning nima ishi bo'lishi mumkin ? Hafsala bilan nafas chiqarib, erinchoqlik bilan eshik qulfini ochish uchun bordim.
Avvaliga kim ekanini so'rab qulfni bo'shatmadim. Hech qanday ovoz kelmasdi. Ohiri sabrim yetmay eshikni ochdim... Boshqa kim ham bo'lishi mumkin edi !!!
- Jungkook !! - dedim shunchaki chorlash ma'nosida. U bu yerda ekanimni qanday bilgani qiziq. Lekin uning bu holatga nima uchun tushgani bundan qiziqroq.
Yigit darvoza tagida devorga suyanib, boshini yuqorilatgancha kulib o'tirardi. Uning yuzidagi telbanomush tabassumi menga mastligini anglatdi. U sarhush ahvolda.