April 9, 2025

HALF UNCLE

Koshki baʼzi insonlar oxirigacha ilk uchratganimizdek qolsalar, yoki ayrimlari bilan hech tanishmasaydik.

Eng kuchli sevgi nigohlardan boshlanadi.

~,,Yashash shunchaki nafas olish emas. Yashash - bu kurashish, his qilish, yoʻqotish va qayta topishdir." Faqatgina oldinga harakat qilishimiz kerak, oʻtmish bu - shunchaki oʻtmish...

Pov/Avena:

~Bular qanday ona - bola, razillar. Men endi xavfsiz emasman. Nimadir qilishim kerak, lekin, aynan nima qilishni bilmayman, ayni payt judayam chorasizman.

Pov/Jungkook:

~Axx kichkina shayton, bilaman, hamma gaplarni eshitding, xoʻsh, menga bir narsa qiziq, endi nima qilasan? Hamma gaplarni sevimli bobojoningga chaqib berasanmi yoki yashirasanmi?

Jungkook oyisi bilan gaplashar ekan Avena ularni tinglaganini sezdi. Uning eshik ortidan soyasi koʻrinib qolgandi.

Jungkook hech narsani bildirmay mehmonxonadan chiqarkan, Avena ham oʻzini biroz oldin eshitganlarini sezdirmaslik uchun oʻzini qoʻlga olib Jungkookdan avval tashqariga chiqdi.

Jungkook uydan chiqqan oni Avenaga koʻzlari tushar ekan oʻzida ajib hislarni tuydi. Avena misli malikalar kabi goʻzal edi.

Avena.

Pov/Jungkook:

Bu qiz... Meni ado qiladi ! Koʻnglim sezyapti, ammo, oʻzimni qoʻlga olishim kerak, u sinovdan oʻtmadi hali.

Jungkookni koʻrgan Avena biroz oldingi suhbatni yodga olarkan hech narsani sezdirmaslikka harakat qildi. Ular birga mashinaga oʻtirib, savdo markazi tomon yoʻl olishdi.

Mashina ichida sukunat hukmronlik qilardi. Bu sukunat Jungkookga yoqmadi va uni buzish uchun soʻz boshladi.

—Hammasini eshitganingni bilaman, ammo, nega jimsan?

Bu gaplarni eshitib sarosimaga tushgan Avena nima deyishni bilmay qoldi va sukut saqlashni tanladi.

Tabiiyki bu yigitni jahlini chiqardi. Jungkook chorasiz soʻzlarini shu yerda toʻxtatib, davomini keyingalikka qoldirdi.

Avena va Jungkook savdo markazi qarshisida toʻxtashdi va mashinadan tushib ikkisi birgalikda ichkariga kirishdi.

Bu savdo markazida hamma narsa mujassam edi. Avena avval universitet uchun kerakli narsalarni tanlab olib xarid qildi. Soʻng birdan xayoliga xonasining dizaynini oʻzgartirish keldi. Chunki anchadan buyon xonasi qora rangga bulgʻangandi. Avena barcha narsalarini kichigidan tortib to kattasigacha moviy qilishni oʻyladi.

Jungkook Avena qayerga borsa ortidan borar uni chetdan kuzatib, uni oʻrganib chiqardi. Bu unga zavq bagʻishlayotkandi. Avena esa bu olamdan ketib oʻzi yaratayotgan olamiga tushib qolgandi. Faqat oʻzi bilan oʻzi edi.

Avena hamma narsani hal qilgach oxirgi ish, yangi liboslar olish uchun kiyimlar boʻlimiga oʻtdi. Oʻzi uchun birqancha yoqtirgan uslubida kiyimlar sotib oldi. Jungkook uni kuzatib Avena moviy rang shaydosi ekanligini tushunib yetdi.

Jungkook bilan Avena savdo markazida aqalli bir marotaba gaplashishmadi. Avena uni yoʻqdek tasavvur qilib yurdi. Albatta bu Jungkookning jahlini yetarlicha chiqargan edi.

Savdo markazidan toʻgʻri uyga kelishayotgan paytta Jungkook uyga yaqin qolgan joyda toʻxtadi. Avena bundan ajablanib Jungkookga qarab gapirdi:

—Nega toʻxtadik?

—Bizning Alvon sochli malikamiz tilini yutib yubormaptidaa demak !

Avena undan "Alvon sochli malikamiz" degan soʻzlarni eshitgan oni yuragi shuv etdi. Bu soʻzlar unga onasini eslatdi. Avenaning oyisi doim unga shunday murojaat qilardi. Avena buni Jungkookga sezdirmadi va gapni tezda maqsadga olib bordi.

—Nega toʻxtadik, uyga oz qoldiku?

—Sen bilan boyadan beri gaplashmoqchi boʻlyapman, ammo, sen bunga yoʻl qoʻymayapsan. Hozir gaplashamiz, soʻng uyga kiramiz, Kelishdikmi?

—Menimcha biz siz bilan amaki jiyan munosabatlari yoʻlida allaqachon tanishib boʻldik, demak, gaplashadigan gap yoʻq, shunday emasmi?

—Shuncha jurʼat qayerdan? Yokida ertalabki suhbatni bobojoningga sotmoqchimisan?

—Balki ha, balki yoʻq, oʻgay amakijon.

—Men bilan oʻynashma oʻgay jiyanim

Avena bunga javob bermay uning biroz koʻzlariga qaragancha soʻng yuzini burib oldi.

Jungkook soʻzlar bilan Avenani tushuna olmasligini bilib, harakatlar bilan sinab koʻrmoqchi boʻldi.

Avena haliham Jungkook unga qarab turganini bilib u tomon oʻgirilib gapira boshladi:

—Agar shu yerda turmoqchi boʻlsangiz men oʻzim ham uyga yetib olaveraman.

U shunday degancha mashina eshigini ochib tushmoqchi boʻldi. Ammo bir harakat bilan Jungkook mashina eshigini qulflab qoʻydi. Avena bundan sarosimaga tushib:

—N-nima qilyapsiz-z?

Jungkook unga indamay bilagidan tortib oʻziga qaratdiyuu~ bir soniya oʻtmasdan uning nim pushti shishgan lablariga oʻzining qaynoq lablarini bosdi. Bu boʻsa juda ehtirosli va yumshoq edi.

Birdan boʻlgan ishdan gangib qolgan Avena oʻzini qoʻlga olgancha Jungkookni oʻzidan itarib yubordi.
Jungkook boʻsh harakatlar qilgani uchun osongina orqaga tisarilib ketti.

Avena tez-tez nafas olgancha, lablarini qoʻllari bilan artdi.

—Nima qilganingiz bu?) U yigʻlashga shay turardi.

Jungkook uning holiga eʼtibor qaratmay, uning yuziga yaqin keldi va qoʻli bilan Avenaning alvon sochlarini qulogʻi ortiga oldi. Oʻzi esa sekin qulogʻi oldiga keldi. Va asta soʻzlay boshladi:

—Demak sokin bõlsamda qõpollikni xush kõraman degin. Albatta Avena xonim bundan keyin sen bilan qanday muomalada bõlishni bilib oldim) Jungkook juda asabiy gapirdi. Chunki hozirgi holat unga umuman yoqmagandi.

—Qoching iltimos, meni tinch qoʻying, nima istaysiz oʻzi mendan? Ertalabki hamma gaplarni va hozirgi boʻlgan ishlarni hammasini unutaman hech kimga hech narsa demayman, faqat, meni oʻz holimga qoʻying, bobom va dadam bular haqida bilishsa ularni yuziga qanday qarayman? Iltimos tinch qoʻying...) Avena bu gaplarni bir nafasda aytarkan koʻzidan yoshlar quyilib kelardi, gapirib boʻlgach oʻzini tutolmay yuzini berkitib yigʻlab yubordi.

Pov/Jungkook:

~Ana endi tuzoqdasan alvon sochligim...

Jungkook.

Jungkook miyigʻida kulgancha Avenaga bir qarab soʻng mashinani yurgizib qorgʻon ichiga kirdi.

Ular uyga yetib kelishgach Avena oʻzini qoʻlga olib koʻz yoshlarini artgancha uyga kirib toʻgʻri xonasi tomon kirib ketdi.

Uni ortda kuzatib turgan Jungkook esa vaqt oʻtmay yana mashinaga oʻtirib oʻz uyiga haydadi.

Avena xonasiga kirarkan allaqachon savdo markazidan olingan barcha narsa shu yerda edi va xonasi oʻzi istagandek jihozlangandi. Buni koʻrib Avena oʻzini yengil his qildi. Biroz oldingi ishlarni unutish uchun uhlab dam olish eng yaxshi usul deb qaror qildi va yotoqqa yotgancha bir nimalarni oʻylab 5daqiqaga yetmasdan uhlab qoldi.

Avenaning xonasi.

*

Kechki taom uchun xizmatchilar harakat qilishar ekan Han xonim biroz bezovtalangancha stol yonida uyoqdan buyoqqa qarab hech kim yoʻqligini tekshirardi. Hech kim yoʻqligiga amin boʻlgandan soʻng Avenaning stuli yonidagi taomga qoʻlidagi kukunli dorini tez tez solgancha oʻzini oʻnglab atrofga yana bir nazar tashladi va oʻzini hec narsa boʻlmagandek tutib harakat qildi.

Jungkook narsalarini yigʻib olib qoʻrgʻonga keldi. U uy ichiga kirib mehmonxonadagi oyisiga duch keldi.

—Oʻgʻlim, vaqtida kelding. Narsalaringni tashlab pastga kechki ovqatga tush. Qani tezroq boʻl.

—Albatta oyi meni xonam yuqoridami? ) Jungkook gʻalati tirjayish bilan oyisiga qosh qoqdi.

—Albatta, yagonam. Ha aytgancha Avenani ham chaqirib tush maylimi?

Jungkook aynan shu soʻzlarni kutgandi va oʻzida yoʻq xursandchilik bilan yuqoriga koʻtarildi. Oʻzining xonasiga narsalarini tashlab, toʻgʻri Avenaning xonasiga borib eshikni hech bir ogohlantirishsiz ochib ichkariga kirdi.

Jungkook xonaga nazar tashlab xayolida bu qiz chindan ham moviy rang shaydosi ekanligiga yana bir bor amin boʻldi. Birdan yuvinish xonasi eshigi ochilib Avena ustida birgina sochiq bilan chiqib keldi.

Jungkookni koʻrib qoʻrqib ketgan Avena ovozini balandlatsa kimdir eshitishini oʻylab oʻzini bosgancha gapira boshladi:

—Nega eshikni taqillatmay bostirib kirasiz? Chiqing xonadan, men kiyinishim kerak.

—Xoʻsh, men seni yuvinish xonasi ekanligingni bilmagandim.

—Biz hali nimaga kelishkandik, meni tinch qoʻying endi.

—Men kelishdik deganim yoʻq va nima istasam shuni qilaman, meni hech narsa toʻxtata olmaydi, hattoki sen ham.

—Nima deganingiz aqlingiz joyidami?

Jungkook Avenaning gaplariga etibor bermay u tomon ikki qadam tashladi va uning yelkalaridan ushlab uni devorga tiradi. Õzi esa uning yõlini berkitish maqsadida ikki qõlini uning yonlariga qõyib, unga yaqin turdi. Ularning orasida hechqanday masofa yõq edi. Tanalari bir biriga tegib turardi. Yuzlari orasida esa atiga 3 yoki 4sm joy qolgandi. Jichcha harakat bilan Jungkookning lablari Avenaga tegar edi. Avena bunday harakatni kutmagani uchun biroz shokga tushdi. Va tezda õzini õnglab tipirchilab, ikki qõli bilan Jungkookni yelkasidan itarmoqchi bõldi. Bunga javoban Jungkook nim tabassum qilgancha:

—Men senga aytgandim. Keyingi safar bunday qilolmaysan deb.

—Qqoochiiinggg kkmdiirrr kirrriibb qolaadi./Avena sekin va dudulangancha gapirar edi. Chunki ozgina oshiqcha harakat bilan Jungkookning lablariga õzi tegib ketardi.

—Hech kim chiqmaydi. Ular meni õzlari chiqarishdiku axir.

—Nega?

—Kechki ovqatga chaqirgani. Ammo tõxta kutib turishadi. Men bugungi kunlik charchoğimni chiqarishni istayman./Jungkook shunday degancha Aveaning oppoq bõyniga yuzini kõmdi va asta lablarini bosdi. Avena tanasida issiqlikni his qilib, õzini yõqotib qõydi. U qarshilik qilishni boshladi.

—Tshshsh, tipirchilama baribir foydasi yõq./Jungkook Avenaning quloği ostida shivirladi va uning quloğidan mayin bõsa olgancha tishlab oldi. Bundan yuzi burushgan Avena biroz oğriqni his qildi.

—Ayshshh bu nima qilganingiz. Qoching istamayman iltimoos qoching)Avenaning kõzlari namlanib yiğlashni boshladi.

Jungkook bunga etibor bermay, Avenaning sochiq õralmagan oppoq tanasini kõzdan kechirib, uning bõynidan bõsa olardi. U ohista harakat qilib iz qoldirmaslikka harakat qilardi. Birdan Jungkook tõxtab, undan uzoqlashdi.

— Hozircha shunisi yetadi, bõlmasa bizni uzoq kutib qolishadi. Tezroq tush bizni kutishyapti.) Jungkook gaplarini aytarkan kõzlari bilan oxirgi marta Avenaning ochiq badaniga qaragancha pastki labini tishlab, xonadan chiqib ketdi. Avena u ketgach xonasining eshigini qulflab oldi.

Va borib yotoğiga õtirib, nima qilishni õylay boshladi. Õrnidan turib kiyimlarini almashtirib pastga tushdi. Pastda bobosi va buvisi dasturxon atrofida edi. Ammo Jungkook va dadasi yõq edi. U sekin joyiga borib õtirdi. Avena õtirishi bilan ular ham tushdi. Jungkook endi Avenaning yonidagi stulga õtirmoqchi edi birdan eshik qõnğiroği chalindi. Bundan xursand bõlib ketgan Avena vaqtdan foydalanib, sapchib õrnidan turdida, Jungkookdan uzoqlashdi.

—Men qarayman, ijozatingiz bilan.) Avena mayin jilmaygancha oʻrnidan turib eshik yoniga ketdi.

Avena ketgach uning ortidan qarab qolgan Jungkook qiziquvchan savol berdi:

—Kech boʻlganda kim ekan? Mehmoningiz bormidi?

—Ha albatta menimcha Jimin keldi. Unga Avena haqida aytgandim.) janob Jihu otasiga vaziyatni ochiqlagan boʻldi.

Jungkook Jimin kimligiga qiziqardi.

—Yaxshi qilibsan oʻgʻlim bu haqida Jimin bilishi kerak edi.) vaziyatni toʻgʻri deb qabul qilgan janob Han rozilik bildirdi.

Jimin kelishidan oldinlari xursand boʻladigan Han xonim endi asabiy edi. Chunki ayni paytta Jungkook Avenadan voskechishi mumkin. Jungkook odatda birovning narsalariga koʻz olaytiradigan insonlar turkumidan emasdi. Agar u Avenani qayligʻi borligini bilsa bu uydan va kompaniyadan bosh tortardi.

Eshikni ochgan Avena qarshisidagi yigitni koʻrarkan hayratdan qotib qolgandi. Bu yigitni koʻrganiga ham 2yil boʻlgandi. U hozir na xursand boʻlishni bilardi na xafa boʻlishni.

—Jimin akaaa?) Avena hayronlik bilan soʻzladi.

Ammo ayni paytta Jimin Avena uchun qulay imkoniyat hisoblanardi. Jungkook uni tinch qoʻyishi uchun Jimin yaxshigina variant edi.

Bularni oʻylagan Avena eshik oldida Jiminni ichkariga kirgizmay ostonada oʻyga tolgandi.

— Xoy qiz meni ichkariga kiritasanmi? Yoki shu yerdan qaytib ketaymi?) Jimin ham ajablangancha hazilomus gapirdi.

—Voy meni kechir, qani kiraqol albatta.

—Uzur soʻrama shaytoncha..) Jimin Avenaning boʻyi egilib uning sochlarini toʻzgʻitgancha erkalatdi.

—Heey Jimin akaa qoʻysangchi. Men endi yosh bola emasman.) Avena norozi ifoda bilan bolalarcha qovoq osdi.

—Hoooy meni aka dema, sendan atiga 2 yosh kattaman holos axir.

—Nima qilay shunga oʻrganganda tilim oʻlgur) Avena bu gapidan oʻzi ham kulib yubordi va Xan bilan birgalikda ichkariga kulishib kirdi.

Ular birgalikda kulishib kirisharkan Jungkook ularga yeb qoʻygudek qarardi. Janob Han va Jihu esa bundan mustasno edi. Ular xursand holda ikki yoshni qarshi oldi.

—Kelaqol oʻgʻlim, xush kelibsan.) janob Jihu.

—Seni koʻrganimdan xursandman Jimin. Uyindagilar yaxshimi?) janob Han

—Men ham sizlarni koʻrganimdan xursandman bobojon.

—Jungkook, tanish bu Jimin Avenaning qayligʻi.) dedi janob Jihu.

Jungkook uning qayligʻi degan soʻzni eshitib hayronlikdan qotib qolgandi. Oʻzini qoʻlga olishga harakat qilib hayronligini yashirib Jimin bilan tanishdi.

—Tanishkanimdan xursandman Jimin men Jeon Jungkook boʻlaman) Jungkook u tomon qoʻl choʻzdi.

—Siz janob Jeon otamning yangi hamkori boʻlasiz shundaymi, janob Parkning oʻgʻliman men) Jimin hayronligini yashirmay unga qoʻlini uzatdi.

—Ha shunday, meni janob deb atamang shunchaki ismim bilan chaqirishingiz mumkin.

—Siz bilan anchadan buyon tanishish niyatim bor edi va u bugunga nasib qilgan ekan.) Jimin Jungkook haqida eshitib u bilan tanishishni niyat qilib qoʻygandi.

—Albatta, hali koʻp uchrashamiz) Jungkook jentelmenlar singari harakat qilib joyiga qayta oʻtirdi.

—Xaa aytgancha hayolimdan kõtarilibti bu gullar senga edi. )Dedi Jimin hijolat bõlgancha kulib.

—Qirmizi lolalar, haliham yodingdami?)Avena hayajon ila ularni Jiminning qõlidan olar ekan ularga janob Min xursand xolda qarar, Jungkook esa yeb qõygudek qarardi.

—Albatta qanday yodimdan chiqsin axir bularni yoqtirasanku.

—Rahmat katta Jimin) Avena shunday degancha lolalarni xizmatkordan xonasiga olib chiqib qõyish uchun berib yubordi.

Rahmat aytishga xojat yõq) Jimin unga tabassum qilgancha joyiga õtirdi. U Min xonimning oldiga õtirgan edi. Avena esa yana noiloj Jiminning yoniga õtirdi.

Avena Jungkook bilan oʻtirarkan qarshisidagi Jimin Avenadan koʻzlarini sira uzmasdi. Jungkook buni sezib bu unga yoqmadi. U Avenaga koʻz qiri bilan qaragan edi uning ham koʻzi Jiminda edi. Avena unga iliq tabassum bilan qarab qoʻydi.

Avenaning tabassumi.

Jungkook ularning munosabatini koʻrib oʻzini ortiqchadek his qildi. Ketish toʻgʻri qaror deb oʻylab ketmoqchi boʻldi.

—Men bugun oʻz uyimda qolsam degan edim. Muhim loyiha ustida ishlayotgandim fikrlarim bir joyda boʻlishi kerak shunga menga ijozat berasizlarmi?) Jungkook janob Hanga yuzlandi.

—Albatta, ammo 2kundan soʻng kelishni unutma, Avenaning tugʻilgan kuni boʻladi. ) dedi janob Han.

—Qoʻldan kelgancha harakat qilaman. Ha aytgancha, Amerikadagi ishlarga rivoj tilayman omadingizni bersin janob Jihu.) Jungkook shunday degancha stoldan turib gaplarida davom etdi.) Hammaga hayrli kech tuningiz osoyishta oʻtsin.

Jungkook shunday degancha uydan chiqib ketdi. Avena bundan hayratda qoldi. Chunki u bir kunda qilgan ishlarini aqliga sigʻdira olmas edi.

Lekin Avena uning ketganidan bir tarafdan juda xursand edi. Uning xurmacha qiliqlaridan qutildim deb oʻylardi.

~Sevgi mustahkam boʻlishi uchun qisqa ayriliqlar kerak. Zeroki bu uning qadrini oshiradi...

Jungkook oʻsha kecha ketgan kundan keyin 2 kun qorasini ham koʻrsatmadi. Bu vaqt mobaynida Avena otasini Amerikaga kuzatdi, universitetga qatnashni boshladi, oʻziga yangi doʻstlar orttirdi va hattoki Jimin bilan bir univerda oʻqishlarini bildi.

Vanihoyat, 2kun ham juda uzoq oʻtib Avenaning oʻsha uzoq kutilgan tugʻilgan kuni keldi. Bu vaqt oraligʻi ayrimlar uchun tez, ayrimlar uchun esa sekin oʻtdi.

Tugʻilgan kun bazmi uchun juda koʻp mehmonlar chaqirilgandi. Ularning teng yarmidan oshiq qismi biznes hamkorlar edi. Avena ularni hech birini tanimasdi. Ammo oʻzining doʻstlari ham bor edi.

Avena bazm uchun tayyorlandi. U juda chiroyli moviy koʻylagini tanlab kiydi. Sochlarini turmaklab makiyajini qildi. Oʻzini aksini oynadan kuzatar ekan yuragi allanechuk boshqacha urardi.

Avenaning koʻylagi.

—Balogʻat yoshim... Oʻzimni erkin his qilishim kerak. Nega yuragim notinch?

Avena oʻziga oʻzi gapirar ekan, birdan eshik taqillab xonasiga buvisi kirib keldi.

—Juda goʻzalsan qizalogʻim) Han xonim tabassum qilgancha Avena tomon kelib qoʻlidagi sharbatini javon ustiga qoʻydi.

—Rahmat buvijon.) Avena buvisini qilgan barcha qilmishlarini bilar ammo soʻzlay olmasdi. Qoʻlida dalillar yoʻq edi.

—Yoqtirgan apelsinli sharbatini oʻzim sen uchun tayyorladim, ichib ol.) Buvisi olib kirgan sharbatiga imladi.

—Buni rad etib boʻlmaydi,) Avena sharbatni qoʻliga olib icha boshladi.

Han xonim undan sira koʻzlarini uzmay kuzatib turdi.

—Unda men boraqolay, pastga tezroq tush mehmonlar kelishni boshladi.

—Hop) Avena qoʻlidagi sharbatga tikilgancha javob berdi. U bilardi, bu yerda nimadir bor.

*

Jungkook ishlarini yakunlab, savdo markaziga bordi. U yerdan Avena uchun sovgʻa qidirdi. U oʻzi istagan sovgʻalarni olgach u yerdan chiqib toʻgʻri Hanlar qoʻrgʻoniga bordi.

Jungkook ichkariga kirarkan barchaning koʻzi unda edi. U juda kelishgan baland boʻyli keng yelkali tim qora sochlar va koʻzlarga ega. Qizlarning aqlini oʻgʻirlaydigan darajada koʻrkam yigit.

Jungkook.

U kiriboq Avenani koʻzlari bilan qidira boshladi. Ammo hech qayerda u yoʻq. Jungkook avval borib janob Han bilan uchrashdi u bilan koʻrishib biroz suhbatlashdi.

—Jungkook kelganing yaxshi boʻldi. Men oying bilan tezda Amerikaga yetib borishim kerak. Ertaga muhim uchrashuv bor. Hamkorlar men bilan koʻrishishni istashyapti. Hozir ziyofatdan soʻng biz ketamz. Sen Avena bilan qololasanmi? Unga koʻz quloq boʻlgani odam kerak.)janob Han tashvishli ohangda soʻzladi.

—Albatta qoʻldan kelgancha unga qarab turaman, ham u kap katta qiz boʻlsa.) Jungkook bu gaplardan boshi osmonga yetdi.) men Avena uchun sovgʻa olgandim uni topolmayapman. U qayerda?

—Menimcha oshxonada edi. Yordam berayotganing uchun kattakon rahmat oʻgʻlim) Janob Han Jungkookni yelkasini qoqqancha mehmonlar tomon ketti.

Jungkook oshxona tomon Avenani izlab bordi. U yerda Jimin bilan Avenani suhbatlashayotganini eshitib qoldi.

—Men sen bilan munosabatlarimizni jiddiy boʻlishini istayman, axir ikkimiz ham ortiq bola emasmiz. Shundaymi?/ Jimin gapirish davomida Avenaning yuziga yaqin kelib olgandi.

Jimin Avenaga juda yaqin keldi. Va ohista harakat qilib uning lablari tomon engashdi. Avenaga uning iliq nafasi urilarkan Avena bundan oʻzini noqulay his qildi. Boʻsaga oz qolganda Avena oʻzini tortib oldi.

:Jimin..../ Va nihoyat tilga kirdi Avena./ Meni notoʻgʻri tushunma va...

:Boʻldi oʻzingni qiynama Avena bilaman hali tayyor emassan./ Jimin Avenani qiynalib gapirayotganini koʻrib uni ortiq majburlagisi kelmadi.

: Yoʻq unday emas... Meni kechir, kechir iltimos../ Avena uni umidlantirgisi kelmay bor gapni aytmoqchi boʻldi.

:Nega kechirim soʻraganda ahmoq qiz men bundan hafa emasman../ Jimin Avenaning gaplarini tushunmayotgandi.

:Men seni sevmayman, senga koʻngil berish uchun harakat qildim, lekin qoʻlimdan kelmadi. Seni sevginga loyiq emasman, oʻzinga mos seni sevuvchi qizni topasan degan umiddaman, yana bir bor kechirim soʻrayman, qalbingni ogʻritganim uchunnn.....

:Yoʻq uzur soʻrama bari ayb menda. Men bilar edim, menda koʻngling yoʻqligini, ammo menga seni sevish yoqqani uchun bunga eʼtibor qaratmadim. Aslida sen meni kechir xudbinlik qildim bilib turib seni majburladim.../ Jimin gaplarini tugatib siniq tabassum qildi. Bu unga qanchalar ogʻriq berayotgani tabassumidan ayon edi.

:Hechqisi yoʻq sen doim mening eng yaqin doʻstim va akamsan, seni yaxshi koʻraman Jimin/ Avena uni tushunganidan bir tarafdan xursand boʻlsa bir tarafdan esa uni ranjitgani uchun hafa edi.

Ularni eshik oldida kuzatib turgan Jungkook esa mamnun jilmaygancha u yerni tark etdi.

Jungkook/pov: Shunaqa deng Avena xonim, Jiminda koʻnglingiz yoʻq ammo mening yonimda bordek koʻrsatasiz. Xoʻsh unda tugʻilgan kuninga oʻzgacha sovgʻa berishga vaʼda beraman. Oʻyin endi boshlandi.Hammasiga tayyor tur alvon sochligimm...

(Ep2 tugadi...)

.

(Davomi bor...)