
Koshki baʼzi insonlar oxirigacha ilk uchratganimizdagidek qolsalar. Yoki ayrimlar bilan hech tanishmasaydik.

Minsu mashinaga oʻtirgach ortidan Jungkook ham oʻtirdi. Bir biri bilan 5daqiqa avval hasratlashayotgan ikki juftlik endilikda lom-lum demay yoʻl boʻyi jim ketishdi. Birdan Minsuning telefoniga qoʻngʻiroq keldi. Minsu kim ekanligini koʻrib dar hol qoʻngʻiroqqa javob berdi.

Insonni ham ruhan, ham jismonan charchatadigan narsa bu — qadriga yetmaydiganlarga fido boʻlaverishdir.