April 7, 2025

HALF UNCLE

Tabassum uchun sabab toping,

Hattoki eng ogʻir paytta ham :)

(Ep1)

Eng kuchli sevgi nigohlardan boshlanadi...

—Baʼzida oʻylanib qolaman, javobsiz savollarim juda koʻp. Mana ikki yildirki, ushbu xonamdan bir qadam ham chiqmadim, ammo, nega? Buni sababini oʻzim ham bilmayman.
Bilasizmi? Eng yomon gavjum joy bu - insonning miyyasi. Yuzlarcha tushunchalar, kerakli keraksiz nimaiki boʻlsa hamma hammasi oʻsha yerda toʻplangan. Va hammasi birgalikda bir paytni kutadi, yarim tun... Shular sabab men uchun hech ham tong otmayapti !

Pov/Author:

Yarim tun. Dunyo zulmatga choʻkkan on. Faqat bolalargina begʻubor shirin uyquda. Qolganlar miyyadagi keraksiz savollar bilan birgalikda.

Nafaqat tashqarini balki xonani ham zulmat egallagan payt yotoqda tinmay alahsirab tinchlik topolmayapkan qiz terga botib ketgan edi. Vanihoyat nimadir turtki boʻldiki, oʻrnidan sapchib uygʻondi-daa baqirib yubordi.

—OYIJOOOONN... Oyiii~ oyijonimm qayerdasiz? ) qiz bazoʻr qoʻrqinchli boʻlgan tushidan uygʻonar ekan endi yigʻlay boshladi.

Qiz oʻzini qoʻlga olgan holda xonani yoritish maqsadida tungi chirogʻini yoqdi va oʻziga kelish uchun javon ustidan stakanda suv olib icha boshladi. Biroz oʻziga kelgandan soʻng barchasini unutish uchun oʻrnidan turib yuvinish xonasiga kirib, yuzini sovuq suv bilan chaydi.

Aslini olganda bu qiz uchun oddiygina holat edi. Mana shu 2yil mobaynida bu tushlardan koʻpini koʻrdi va barchasida oyisini izlardi.

Qiz yotogʻi oldiga keldi va u yerda onasi bilan birga tushkan suratini qoʻliga olib yotoq chetiga oʻtirdi.

Pov/Avena:

—Oyijonim naqadar baxtli edik. 2 yil avval... Sizni juda sogʻindim, oʻsha baxtli kunlarimizni. Nega meni tashlab ketdingiz? Bilaman buni oʻzingiz xohlamadingiz, ammo, sizsizlik men uchun juda qiyin. 2 kundan soʻng tugʻilgan kunim va sizning alvon sochligingiz 18 yoshini qarshi oladi. Sizni judayam qattiq yaxshi koʻraman oyi....

Qiz suratni bagʻriga bosgancha yotoqqa yotib yigʻlay yigʻlay uhlab qoldi.

*

Erta tong. Bir xil rejimga moslashgan yigit oʻz vaqtida uygʻonib, tonggi qahvasini ichgancha, har kungi oʻziga yod boʻlib ketgan ishlarini qilgancha oʻz kompaniyasi tomon yoʻl oldi.

Yigit mashinada ketar ekan, unga onasi qoʻngʻiroq qildi.

Aloqa ulandi:

:Salom onajonim, erta tongdan qoʻngʻiroq qilishingizga qaraganda muhim gapingiz bor deb oʻylashni boshladim.

:Men yaxshiman oʻgʻlim soʻramasang ham aytaman.

:Oyii siz doimgidek aʼlosiz buni nafas olishingizdan bilaman.

:Jungkook hazlni bas qilginda tezda qoʻrgʻonga yetib kel. Janob Han seni chaqiryaptilar. Muhim gaplari bor ekan. Eʼtirozlaring qabul qilinmaydi.

:Oyii~ axir muhim uchrashuvlarim bor.

:Men nima dedim eʼtirozga oʻrin yoʻq, 5 daqiqada yetib kel !

Aloqa yakunlandi.

Endigina gapiraman degan chogʻi onasi tomonidan qoʻngʻiroq yakunlanar ekan Jungkook asabiy roʻlga urgancha mashina manzilini oʻzgartirdi.

Jungkook.

*

Avena erta tongda yigʻlagan koʻzlari shishgancha uygʻonar ekan, bu unga sal kam odatiy edi. Aslida har kun shunday uygʻonardi. Xonasi esa tong otganidan bexabar qora pardalar bilan qoplangandi.

Ammo negadir bu tong Avena uchun oʻzgacha boʻldi. U oʻrnidan turib qora pardalarni ochdi. Bir zumda xonani yorugʻlik egalladi. Qizning koʻzlari esa qamashib ketdi.

—Axx, koʻzlarim...) Avena koʻzlarini ishqalagancha yuvinish xonasi tomon yoʻl oldi.

Qiz oynadan oʻz aksiga qarar ekan, negadir achinarli holatda edi. Oʻziga oʻzi rahmi kelgan qiz qatʼiyat bilan oʻzgarishga kirishdi.

Erta tongda iliq dush olib egniga sochiq ilgancha chiqib, garderobi tomon yurdi. Oʻzining yoqimli eski uslubidagi kiyimlarini koʻrarkan jilmaygancha eng sevimlilarini tanlab olib kiydi.

Avena oʻzi hush muomala, uyatchang va bosiq qiz boʻlganiga qaramay uning kiyinish uslubi shaddot qizlar kabi edi. U kalta va ochiq kiyinishni yoqtirardi.

Va hozir ham huddi shunday kiyindi.

Avena.

Avena yigʻlaganidan koʻzlarining tagi shishib ketgani uchun ularni yashirish uchun makiyaj qildi. U misli ishonib boʻlmas, koʻzlarni qamashtiradigan darajada goʻzal boʻlib ketgandi. Ayniqsa uning alvon sochlari...

*

Jungkook mashinadan tushib qarshisidagi Hanlar qoʻrgʻoniga bir zum nazar tashlab soʻng ichkariga kirdi. U ichkariga kirar ekan tezroq ketishni istardi. Bu uy unga sira yoqmasdi.

Jungkook kelganini koʻrgan xizmatchilar uni mexmonxona tomon, oila aʼzolari nonushta qilayotgan joy tomon eltib qoʻyishdi.

Jungkook mehmonxonaga kirarkan sokinlikda nonushta qilayotgan uch kishilik oilani koʻrdi. Oyisi, Jungkookning oʻgay otasi janob Han va uning oʻgʻli janob Jihu. (Janob Jihu Avenaning otasi).

Jungkookni koʻrgan Han xonim keng tabassum qildi.

—Jungkook nega kechqolding, oying muhim gap ekanligini aytmadimi? ) dedi janob Han.

—Men unga aytgandim, unchalik kech qolmadikuu.) biroz norozi ohangda gapirdi Han xonim.

—Dada, qoʻying. Uning ham oʻz ishlari bor, axir.) janob Jihu otasiga gapirgancha Jungkookga nazar tashladi.)—Xush kelibsan Jungkook, qani kel, bizga qoʻshil keyin ish haqida gaplashamiz.

—Kechqolganim uchun uzur soʻrayman janoblar, iltimos afu etinglar.) Jungkook jilmaygancha soʻzladi.

—Mayli nonushtadan soʻng gaplashamiz,) janob Han Jungkookdan nigohini uzgancha Han xonimga qarab gaplarini davom etdi.) Avenaning ahvoli qanday oʻzgarish bormi?

—Har doimgidek oʻzgarish yoʻq. Yaxshiyamki oʻz joniga qasd qilmay qoʻydi. Ammo, haliham oʻsha sukunatda... 2 kundan soʻng esa 18 ni qarshi oladi shu holida.) janob Jihu qizining ahvoli haqida aytarkan mayus holda oʻyga toldi.

Jungkook Avena ismini eshitib kimligi haqida oʻyga choʻmdi. Bu qiz haqida oldin ham eshitgan ammo uning kimligiyu, unga nima boʻlgani haqida bilmasdi.

—Men undan xabar olib nonushtasini berib kelaman ijozatingiz bilan...) Han xonim shunday degancha oʻrnidan turib ortga oʻgirilgan chogʻ qimirlolmay qoldi.

—Men shu yerdaman, hech qanday nonushta olib chiqishingiz shart emas, buvijooon~) Avena xursand holda jarangdor ovozi bilan hammani oʻziga qaratib olgandi.

Jungkook qarshisida ular tomon yurib kelayotgan qizni koʻrarkan, hayolidagi boru yogʻini unutib yubordi. Uning dimogʻiga Avenaning mast qiluvchi ifori urildi. U koʻzlarini quyosh nurida qamashtirayotgan Avenaning alvon sochlaridan uzolmay qoldi. Aynan shu dam Jungkook oʻzligini butunlay yoʻqotdi.

Pov/Jungkook:

~Balki bir koʻrishdagi sevgi shudir yokida bu aldamchi qiziquvchanlikmi?

Jungkook oʻyga choʻmgancha Avenadan koʻzini uzmay qararkan buni oʻzi ham sezmay qoldi ammo bir kishidan tashqari. Han xonim bu qarashlarni sezdi va miyigʻida jilmayib qoʻydi.

Pov/Han xonim:

~Xoʻsh balki Avenaning tashqariga chiqishi ham bir foydagadur? Bu albatta menga bogʻliq chunki oʻyin meni qoidalarimga asoslangan...

Avenani koʻrgan bobosi va otasi ham shockda ham baxtda edilar. Ular Avena bilan biroz suhbatlashgach, Avena bilan Jungkookni tanishtirish endi hayoliga keldi.

Avena Jungkook haqida umuman bilmas edi va tanimasdi ham. Bobosi Han xonim bilan turmush qurganda Avena juda yosh va Jungkook Amerikada edi. Avenaning onasi vafot etgandan soʻng Jungkook Koreyaga qaytgandi. Va Avena xonasiga qamalib olgandan keyin Jungkook bilan koʻrishishmagandi.

Jungkook boyadan beri Avenani kuzatar ekan uni oʻz hayolotida analiz qilib boʻlgandi. Uning harakteri va kiyinish uslubi bir biriga tushmasligini u ham sezgandi.

Avena bobosi va otasi bilan gaplashib boʻlgach hozirgina undan nigohini uzmay qarab turgan Jungkookga qaradi. Avena unga qararkan Jungkook bir daqiqaga ham undan koʻzlarini olmadi.

Va bu payt ikki yoshning ilk koʻz toʻqnashuvlari boʻldi. Avena Jungkookning qarashlaridan oʻzini noqulay his qilib koʻzlarini olib qochar ekan yuragi hapqirib yubordi. Chunki Jungkookdek yigitning nigohi kimni ham hayajonlantirmasdi. Ammo Avena buni sezdirmadi.

Pov/Avena:

~Qarshimdagi yigitni mehmonxonaga kirar chogʻim koʻrdim ammo eʼtibor bermadim. Lekin u mendan bir daqiqa ham koʻzini uzmaganini his qildim. Unga qararkanman yuragim allanechuk gʻalati boʻlib ketti. Aslida u judayam kelishgan...

Pov/Jungkook:

Nima u menga qarab shunchaki koʻzini olib qochtimi? Men uni oʻzimga jalb qilolmadimmi? Bu qizda nimadir bor. Meni oʻziga ohangrabodek tortyapti.

Ikki yoshning huddiki hayolini oʻqiyotgandek Han xonim xursand boʻlib ketayotgandi.

Ularning nigohlarini faqatgina Han xonim emas balkida janob Han va janob Jihu ham sezib buni shunchaki oddiy holatga yoʻyishdi. Chunki ular tanish emasdi. Buni bartaraf qilish uchun janob Han gapira boshladi:

—Avena sen Jungkookni tanimaysan, u buvingning va mening oʻgʻlim, dadangning ukasi va sening amaking...

Amaki - bu soʻz oddiy soʻz, biroq, Jungkook uchun emas. Bu soʻz ayni damda Avena bilan Jungkookning oʻrtasidagi munosabatlar devori hisoblanardi. Huddiki janob Han buni ikkisiga uqtirgandek.

—Tanishkanimdan xursandman Avena, jiyanim) Jungkook ham atayin qilganday oxirgi soʻzga urgʻu berib janob Hanga koʻz qiri bilan qaragancha Avenaga qoʻl choʻzdi.

—Men ham, Jungkook amaki) Avena bularni odiy qabul qilgancha mamnun unga qoʻlini berdi.

Pov/Jungkook:

Uning mayin va har bir erkakning hirsini uygʻotuvchi oppoq qoʻllari qoʻllarimga tegar ekan tanamga toʻk urganday boʻldiyuv butun hislarim uygʻondi. U mening hirsimni oʻzi uygʻotgan yagona qiz...

Jungkook oʻyga tolgancha istamaygina undan qoʻlini oldi. Jungkookning hatti harakati oʻziga nisbatan boshqacha ekanligini bilgan Avena esa noqulay vaziyatda qoldi.

Ularni kuzatib oʻtirganlardan faqatgina buni Han xonim anglagan edi holos. Chunki qaysi ona oʻz bolasini hislarini tushunolmasligi mumkin?

—Endi hamma oila jam ekanligidan foydalangan holda muhim gap haqida gapirsam ham boʻladi.) Janob Hanning gaplaridan stol atrofidagi barcha unga nigohini qaratdi.) Hullas Jihu bugun kechki reys Amerikaga yangi ochilgan filiyalimizga ketadi. Men isteʼfoga chiqqanligim sabab bu yerdagi ishlarni Avena boshqarishi kerak, lekin, u hali ish tajribasiga ega emasligi uchun Jungkook bu ishlarni qiladi. Avenaga esa universitet gaplashganman ertadan oʻqishga borasan.

—Jungkook, iltimos men yoʻqligimda bu uyga koʻchib oʻt, Avena yosh va otam esa isteʼfoga chiqqan. Bu yerda kimdir boʻlishi kerak) gapga qoʻshimcha qildi janob Jihu.

—Buni oʻylab koʻrish kerak, chunki meni oʻz ishim va uyim bor.) Jungkook bu taklifga rozi boʻlish ahmoqlik deb hisobladi.

—Hoy yaramas bola qanday uyni aytyapsan, mehmonxonada yashayapkaning haqida bilmaydi deb oʻylaysanmi?) Ham xonim oʻgʻliga achchiq qilgancha gapirdi.

—Eʼtirozlar qabul qilmayman men nima desam shu boʻladi. Avena bugun xaydovching bilan doʻkondan ertagalik oʻqish uchun kerakli buyumlarni xarid qilgani bor va ertadan oʻqishga bor meni gapim tushunarlimi?) janob Han aslida juda talabchan odam edi. Lekin ayni damda mehribon ham.

—Albatta, bobojon.) Avena kattalarga hurmatsizlik qilmas va itoatkor qiz edi.

—Jungkook bugun boʻsh boʻlsang Avena bilan birgalikda bora olasanmi? U xonasidan endigina chiqqan tashqarida yolgʻiz oʻzi qiynaladi.) Han xonim vaziyatdan qulay foydalanmoqchi boʻldi.

—Onang toʻgʻri aytyapti iloji boʻlsa birga boraqol) janob Jihu bu fikrni toʻgʻri deb hisoblay boshladi.

—Mayli sizlar xohlasangiz ilojini qilamiz.) Jungkookga bu judayam yoqdi chunki ayni damda yaqindan tanishish imkoniyati tugʻildi.

Nonushta tugab hamma oʻz ishiga ketarkan, Avena yuqoriga tayyorlanish uchun xonasiga chiqib ketdi. Pastda esa Jungkook uni kutib qoldi.

Jungkook divanda Avenani kutarkan oldiga oyisi kelib joylashdi. Jungkook oyisini kelishidan nimadir boʻlishini sezib qulayroq joylashgancha birinchi gap boshladi.

—Hanlar qoʻrgʻoni xonimi qani aytingchi menga yana qanday taklif bilan keldingiz? Dasturxon atrofidagi taklifni siz oddiygina bermasligingiz anq edi.) Jungkool sal avvalgi Avena bilan birga borish fikri haqida oyisiga shaʼma qildi.

—Axx mening aqlli oʻgʻlimdan oʻrgilay, juda sezgirsan. Lekin menchalik emas. Men seni koʻrdim anavi Avenaga qanday qaraganingni.)Han xonim yuzini burgancha mensimagan holda gapirdi.

—Oyiii~ nimalar deyapsizaa? Hozirgi mehribon buvijon qani? ) Jungkook oyisining harakatidan kulgancha gapida davom etdi.) Mayli hozir birga boraman ammo bu yerga kelishimni ham siz istaganingiz yaqqol bilinib turipti shunga yarasha bu yerda qolishim uchun ham menga yoqadigan sabab toping. Bilasiz men foydasiz ishlarga kirmayman.

—Bilaman oʻgʻlim shuning uchun keldim oldingga. Agar qolsang Avenaning qavatidan uning toʻgʻrisidagi xonani senga beraman. 3 qavatga Avenadan boshqa hech kim chiqmaydi, hattoki janob Han ham. Jihu boʻlsa bugun ketadi... Bizning xona 1qavatda oʻzing oʻylagin bu qanday imkoniyat aa?) Han xonim qoshlarini qoqqancha tabassum bilan oʻgʻliga gapirdi.

—Mana buni haqiqiy taklif desa boʻladi oyijonim...) Jungkook hech ikkilanmay oyisiga rozilik bildirdi.

Uning asosiy maqsadi sal avval Avena unda oʻzi bilmay uygʻotib yuborgan hirsini bosishda edi.

Ularning barcha gaplarini eshik ortida tinglab turgan Avena esa oʻzini butkul yoʻqotib nima qilarini bilmay qoldi.....

Jeon Jungkook.

Han Avena.

(EP1 tugadi...)


.


(Davomi bor...)