March 4, 2025

With love 

(Ep1)

Butun borliğingiz bilan sevgan insoningizning hayotida zarracha oʻrningiz yoʻqligini koʻrganingizda qalbingiz oʻgʻriqdan titraydi.

Hayot davom etmoqda. Kun tunga almashadi, tun esa kunga. Bilmadim necha kun oʻtdi ammo hammasi foydasiz. Uni koʻrmaganimga naqd bir yil boʻldi. Vanihoyat u keldi va men u tomon shoshyapman. Bu safar hammasi boshqacha boʻladi koʻnglim sezyapti

Pov/Author:

Aeroport eshigidan shoshib kirgan qiz chiqish yoʻlagidan oʻziga tanish boʻlgan yigit chehrasini istardi. Birdan koʻzlari porlab ketgan qiz oʻzini tinchlantirishga harakat qildi. Hozir uning yuragi tap etib yorilay derdi.

Minsu.

Pov/Minsu:

Vanihoyat uni issiq chehrasini koʻrdim. Yuragim shunaqangi dukkilayaptiki mendan ikki metr naridagi odam ham buni eshita oladi. Sevgi—bu qanday ajoyib tuygʻu boʻldiyaaa. Uning bejirim yuzi va nim pushti lablari aqldan ozishim mumkin bu ketishda. Boʻylari yana ham oʻsipti. Bu unga yarashipti...

Xan.

Minsu hayollari bilan boʻlib u tomon harakatlanayotgan yigitni oldiga kelganini ham allaqachon unutib qoʻydi.

:Yana qancha menga bunday tikilib turmoqchisan sevgilimm.

: Aa, haa biroz oʻyga berilibman. Buncha oʻzgarib kettingiz yanayam koʻrkamlashipsiz / Minsu mayin tabassum qildi.

:Sen ham ochilib ketibsan judayam goʻzalsan azizam./ Xan uni bariga bosti gapirish mobaynida.

:Xoʻsh bu safar qanchaga keldingiz? Turkiya chiroylimi menga nimadir olib keldingizmi?

:Hoyyy azizam sekinroqda savollarga koʻmib tanshladinkuu. Albatta senga sovgʻa olib keldim

Xan kastyumini ichki choʻntakchasidan oq bejirim yaltiroq toshlardan yasalgan bilag uzukni chiqarib Minsuga taqib qoʻydi.

:Voyy bu naqadar nafis...

:Huddi senga oʻhshab sevgilimm!

:Xoʻsh savolimga javob bermadingiz qanchaga keldingiz?

: Bu safar seni juda qattiq sogʻinganim uchun uzoqroq muddat qolmoqchiman. Seni qattiq sogʻindim malikam./ Xan Minsuni mahkam quchib oldi. Bunga javoban qiz ham uni quchdi.

Aeroport eshigidan ikki sevishgan bir birini quchgan xolda baxtli chiqishardi. Ularni koʻrganlar havas ham qilishar edi. Ikki juftlik tezlik bilan mashinaga oʻtirib kerakli manzilga yoʻl olishdi.

Kompaniyada asabiy uyoqdan buyoqqa yurayotgan erkak xonasiga kotibasi kirib keldi.

:Janob otangiz tashrif buyuribdilar.

: Laʼnati jin urgur nega aynan shu vaziyatda kelishlari kerak. Meni yoʻq deb ayting.

:Xoyy yaramas bola sen nimalar qilib yuribsan aa nega bunchalar masʼulyatsizsan?/ Eshikdan kirishda jahl bilan kirgan janob Jeon oʻgʻlini koyiy boshladi

:Dada axir hali hech narsa hal boʻlmadi. Hammasini iziga solaman. / Jungkook gapirish davomida kotibga qoʻli bilan imlab uni xonadan chiqarib yubordi.

:Koʻrdim qanday hal qilganingni agar men boʻlmasam bor budingdan ayrilib qamoqqa ravona boʻlar eding sal qolsa.

:Bu nima deganingiz oʻzim hal qilaman dedimku men hech narsamda ayrilmayman ham qamalmayman ham. Xoʻsh nima qildingiz?

: Xullas doʻstim bilan kelishdim bu ishdan ikkimiz ham zarar koʻrishimiz aniq edi shuning uchun birlashish eng maʼqul yoʻl hisoblanadi.

:Yaxshikuyaa ammo biz oldin ham hamkor edik. Shunda ham zararga kirib politsiyaga tushishimiz mumkin.

:Yoʻq unday boʻlmaydi sen mening vorisim sifatida uning yagona qizi Minsu bilan turmush qurasan va kompaniyalar hamkor emas birlashadi aktsiyalar bitta boʻladi.

:Bu qanday ahmoqona ish boʻldi bu siz ham eplay olaman. Axir uning qizi hali ona suti ogʻzidan ketmagan 17yoshli goʻdakku!?

:Unday emas ikki oydan soʻng 18kiradi va toʻyingiz boʻladi. Biz kattalar nima desak shu boʻladi.

:Qanday qilib men 28yoshli erkak qayerdagi 18yoshli qizga uylanadi deb oʻylaysizmi??

:Sendan rozilik soʻramadim gap tugadi vassalom keyingi hafta oxiri uchrashuvga chiqasan ha aytgancha sen uni koʻrmagansan shuning uchun erta qaror chiqarma u juda goʻzal qiz!!!

:Menga nima goʻzal boʻlsa baribir u haliham bola.

Janob Jeon.

Janob Jeon oʻgʻlining bu gapini eshitmaganlikka olib xonadan chiqib ketdi. Xonada Jungkook yana oʻsha asabiy holda toʻydan keladigan foydalar haqida oʻylab qoldi.

Mashinadan tushgan ikki juftlik toʻgʻri qarshisidagi kafega kirishdi. Minsu kiriboq u yerdan oʻzining doʻstlarini izlay boshladi. Minsuni koʻrgan Avena qoʻlini silkidi va baqirdi.

:Hey yoshlar biz bu yerdamiz.

Minsu ularni koʻrgach Xanni qoʻlidan tutib ularning stoliga bordi va boʻsh joyga borib oʻtirishdi.

Minsuning eng yaqin doʻstlari Avena, Rona va Jimin bor edi. Ularning barchasi Xanning kelgani munosabati bilan toʻplanishdi. Yoshlar iliq suhbat qurishdi.

Avena.

Avena: Xan endi ketmasang boʻlmaydimi? Minsu seni sogʻinib ado boʻlyapti axir.

Rona: Birgina Minsu ado boʻlsaham maylidi uni deb barchamiz ado boʻlyapmiz

Qizlar baralla kulishib yubordi. Ularning suhbati avjiga chiqqan nuqtasida Minsuning telefoni jiringlab qoldi. Minsu javob berish uchun oʻrnidan qoʻzgʻalib tashqariga chiqdi.

Aloqa ulandi:

:Eshitaman dada?

:Qizim qayerda boʻlsang ham tez yetib kel.

:Nega? Bugun doʻstlarim bilan uchrashaman degan edimku.

:Muhim gapim bor qaysarlik qilmay yetib kel gap tamom!

Aloqa yakunlandi.

Minsu endi gapiraman deganda dadasi qoʻngʻiroqni tugatdi. Minsu asabiylashib baqirib qoʻllari bilan sochini toʻzgʻitib yubordi. Soʻng oʻzini qoʻlga olib sochlarini epaqaga keltirib ichkariga kirdi.

Minsuning yuz tuzilishidan uning asabiyligini sezgan qizlar unga nima boʻldi degandek tikilib turishardi.

Minsu: Xullas men kettim dadam chaqiryaptilar.

Rona: Voy nega axir endi keldingku?

Xan: Hammasi joyidami?

Minsu: Ha albatta yuring meni uyimga tashlab oʻting iltimos.

Xan: Ha mayli yuraqol

Jimin: Unda men qizlarni eltib qoʻyaman. Qani kettik.

Qizlar hammasi kafedan chiqib uylariga ketishdi.

Negadir Minsuning koʻngli gʻash edi. Hech ham uyga ketgisi yoʻq edi. U mashina oynasidan hayol surib koʻchalarga qarab ketarkan birdan Xanning telefoniga qoʻngʻiroq keldi. Xan uni zudlik bilan rad etdi. Birozdan soʻng yana qoʻngʻiroq keldi.

:Javob berishingiz mumkin bemalol

:Shart emas

: Nega olavering

:Xoʻp mayli

:Javob berishingiz mumkin bemalol

:Shart emas

: Nega olavering

:Xoʻp mayli

Aloqa ulandi:

:........

:Yarim soatda yetib boraman.

:........

: Hoʻp meni kut..

Aloqa yakunlandi

Minsu "meni kut" degan soʻzni eshitiboq Xanga yuzlandi. Ammo Xan bunga eʼtibor qaratmadi. Minsu ham indamaygina ketaverdi hayollarini yana dadasining muhim gapi egallab oldi.

Minsu Xan bilan hayrlashib uyga kirar ekan otasi uni mehmonxonada kutardi. Minsu sekin mehmonxonaga kirib dadasining qarshisidagi divanga joylashdi.

:Menda qanday gapingiz bor edi?

:Gapni qisqa qilaman bilasan choʻzib oʻtirmayman, xullas Jeon amakingni oʻgʻli Jungkookga turmushga chiqasan toʻy tez orada.

Minsu bu gaplardan karaxt xolga kelib qoldi. Nima deb javob berishni ham bilmasdi.

:Qanday qilib dada axir men hali yoshman u yigitni koʻrmaganman ham Jeon amakimni bilsamda oʻgʻlini tanimayman.

:Shu kunlarda uchrashuvga chiqasizlar va koʻrib ham tanib ham olasan. Shunday ekan men hech qanday eʼtirozlarni qabul qilmayman.

Janob Min shunday degancha mehmonxonani tark etdi. Minsu endi ortga yoʻl yoʻqligini oʻylab chorasiz qoldi. U dugonalariga qoʻngʻiroq qilib bor gapni aytib berdi.

Minsu: Xullas shunaqa gaplar endi men nima qilaman Xan chi?

Avena: Bor gapni unga aytamiz biror yoʻlini topamiz unga turmushga chiqishibga yoʻl qoʻymaymiz.

Rona: Minsu menda bir taklif bor bunday qilamiz sen uchrashuvga chiqasan ammo hech qanday toʻy boʻlmaydi Xanga barchasini aytib u bilan uzoqlarga ketasan.

Minsu: Qanday qilib axir 18ga kirmaganmanku

Avena: Hozir ayttinku toʻy tugʻilgan kunimdan soʻng boʻladi deb.

Rona: Agar reja izidan chiqsa boshqa yoʻllari ham bor albatta eplaymiz.

Minsu: Yaxshi

Minsu qizlar bilan gaplashgach ancha yengilladi. U endi xavotir olmay qoʻydi va uchrashuv kunini kuta boshladi.

Mana oʻsha kun keldi. Uchrashuv kuni. Boshida yoqmagan taklif hozir Jungkookga yoqa boshlagandi. U Minsu orqali katta ikta kompaniyani oʻzi boshqarishini va foydalarni oʻylab bunga rozilik berdi. Ammo Minsu bu toʻyga tish tirnogʻi bilan qarshi edi. U faqatgina Xan bilan ketishni oʻylardi. Uchrashuvdan soʻng Xanga barchasini aytmoqchi boʻldi.

Minsu mashinadan tushib katta bir restoranga kirdi. U oʻzi uchun buyurtma qilingan stolni izlay boshladi va topdi. U Jungkook tomon yura boshladi.

Jeon Jungkook.

Pov/Jungkook:

Bu qiz men oʻylagandek kichkina jin ursin men uylanamanmi yoki bola asrab olamanmi axir. Ha mayli bu kichkina qizaloqdan keladigan foydalarni eng goʻzal ayol ham berolmaydi hozir. Ammo chakki emas dadam aytganchalik chiroyli ekan...

Minji.

Pov/Minsu:

Bu nimasi axir qanday qilib dadam buni menga ravo koʻrishi mumkin. U mendan ancha kattaku buni yaqqol sezish mumkin men bola boʻlib qolamanku. Ammo kelishgan ekan baribir mening Xanimga yetolmaydi.

Ep1...

Davomi bor!