March 14, 2025

With Love (ep3)

Buning iloji yoʻq ekan, chunki sevmoq hamma narsaga kifoya qiladi, degani emas. Sevgan bilan qalb tuzalib qolmaydi. Ochilgan yaraning sababini unutish qiyin ekan.

Bosh olib ketish - hamma narsadan voz kechish degani emas, bu chora ham emas. Ketgan bilan hech narsa oʻzgarmaydi...

Minsu mashinaga oʻtirgach ortidan Jungkook ham oʻtirdi. Bir biri bilan 5daqiqa avval hasratlashayotgan ikki juftlik endilikda lom-lum demay yoʻl boʻyi jim ketishdi. Birdan Minsuning telefoniga qoʻngʻiroq keldi. Minsu kim ekanligini koʻrib dar hol qoʻngʻiroqqa javob berdi.

Aloqa ulandi:

-Qizim, qayerdasan? Tez yetib kel hoziroq.

-Nega oyi? tinchlikmi?
Nimadir roʻy berdimi?

-Yoʻq hammasi joyida, dadang tez yetib kelsin dedilar doʻsti janob Jeon oilasi bilan tashrif buyurayotgan ekanlar.

-Ha men hozir Jungkook bilan birgaman, birozdan soʻng yetib boramiz.

-Yaxshi

Aloqa yakunlandi.

Minsu qoʻngʻiroqni qoʻyishi bilan Jungkookga qaragan edi u ham unga qarab turganini sezdi. Ikkisining nigohlari uchrashar ekan, orani sukunat qopladi. Minsu uning koʻzlariga gʻarq boʻlganday tildan qoldi. Birdan yana qoʻngʻiroq ovozi sukunatni yoʻq qildi. Bu safar Jungkookga qoʻngʻiroq boʻlayotgan edi.

Minsu bundan shoshib qoldi va tezda koʻzlarini olib qochdi. Hayolida qilgan ishidan faqat oʻzini laʼnatlardi holos. Jungkook ham oʻzini qoʻlga olib qoʻngʻiroqqa javob berdi.

Aloqa ulandi:

-Eshtaman dada,

-Qayerda boʻlsang ham tez yetib kel, boradigan joyimiz bor.

-Ammo dada meni muhim ishlarim bor edi hozir borolmayman.

-Hooyy yaramas bola yana qanday muhim ish tezda kel doʻstim Minning oldiga boramiz.

-Ha mayli birozdan soʻng yetib boramiz

Aloqa yakunlandi.

Jungkook "yetib boramiz" deganidan soʻng qoʻngʻiroqni yakunladi va Minsu oyisi bilan nima haqida gaplashganini tushinib yetdi. Ikkisi ham bir biri bilan gaplashish ayni paytda oʻrinsiz deb oʻylab, jim ketishdi.

Jungkook va Minsu 20daqiqadan soʻng manzilga yetib borishdi. Mashinadan tushar chogʻi Minsu tilga kirdi.

:Jungkook

:Bilaman hozir ikkimiz birga kirsak nima sababdan uchrashganimizni soʻrashadi.

:Xoʻsh nima deymiz?

:Men seni uchrashuvga taklif qilganimni yaqindan tanishmoqchi boʻlganimizni aytaman.

:Jungkooook hammasi uchun kattakon rahmat, bu yaxshiligingizni unutmayman.)Minsu yosh bola kabi erkalanib mayin tabassum ila unga tashakkur aytti.

Bu gaplardan Jungkook Minsuning harakatlariga tikilib uning begʻuborligiga shaydo boʻlgandi.

Jungkook.

Pov/Jungkook:
Sevgi nima? Men oʻzimga kelishim kerak...

Minsu indamay mashinadan tushib uyi tomon kirib ketti. Jungkook biroz oʻylanib uning ortidan qarab qoldi, soʻng, ortidan oʻzi ham kirdi.

Ular uyga birin ketin kirar ekan, oila aʼzolari ularni mehmonxona zalida kutib oʻtrishardi. Ikki juftlik sekinlik bilan yurib divan atrofiga joylashishdi.

Janob Jeon: Ikkingiz ham shu yerda ekansiz maqsadga oʻta qolaylik.

Janob Min: Xullas ikki kundan soʻng unashtiruvingiz boʻladi. Toʻyni ham tezlashtirmasak boʻlmaydi. Kompaniya koʻrsatkichlari qoniqarli darajada emas.

Jungkook: Nega axir? Kompaniya koʻrsatkichlari koʻtarilayotgan ediku.

Janob Jeon: Yoʻq ishlar chappasiga ketib qolyapti boʻladigan ishni tezroq boʻlgani yaxshi

Min xonim va Jeon xonim ularni suhbatini indamaygina tingla b oʻtirarkan, Minsu aqldan ozay derdi. Oʻz hayotini oʻzining xohishisiz hal qilishayotganiga chiday olmayotgan edi.

Minsu: Kechirasizlar, men xonamga borsam maylimi? Bu suhbatga aloqam yoʻqku baribir.) Minsu kesatiqli ohangda gapirip, oʻrnidan turdi.
Min xonim esa nima deyishni bilmay janob Minga qarab turardi. Minsuning gaplari hammani hijolatli holga solib qoʻygan edi

Janob Min: Albatta qizim boraqol, unashtiruv marosimiga tayyorlanaqol, ishlaring koʻp hali.) otasi ham qiziga boʻsh kelmay uni gapiga javob qaytardi.

Minsu otasiga norozi ohangda bir nigoh tashlab xonasi tomon chiqib ketdi. Jungkook vaziyatni tushungani uchun u ham sekin uning ortidan chiqdi.

Minsuning xonasi.

Jungkook Minsuning xonasi eshigini taqillatgach hech qanday javob kutmay eshikni oʻzi ochib ichkariga kirdi. Kirar ekan qarshisidagi holatdan uyalib tez ortiga oʻgirildi.

Minsu xonasiga kirgach egnidagi Xan olib bergan libosni endigina sezib tezda u libosni yechmay turib yirta boshladi. Shu on Jungkook eshikni ochib kirib qoldi. Minsu nima qilarini bilmay gangib qolar ekan Jungkook tezda ortga oʻgirildi.

Minsu: Bu nimasi? Nega ruxsatimsiz kirasiz xonamga?

Jungkook: Buni keyin gaplashamiz tezroq ustinga nimadir kiyib ol.

Minsu: Ayshh, bugun yana qancha sizga sharmanda boʻlishim mumkin? Bu nimasiyaaa?

Jungkook: Hoyy ortga oʻgirilyapman boʻlaqolsangchi.

Minsu: Mana boʻldi qarayvering. Oʻzi nega keldingiz?

Minsuning libosi.

Jungkook Minsuning bu savoliga javob bermay xonani kuzata boshladi va tilga kirdi:

-Moviy rangni shu qadar sevasanmi? Hattoki libosing ham shunday.

Minsu: Ha judayam sevaman. Siz gapni olib qochmang nega keldingiz?

Jungkook: Oʻzim hol-ahvol soʻragani kelgandim, hali boʻlgan voqealar va pastdagi voqealar senga taʼsir qildimikan deb, ammo soʻrashimdan oldin savolimga javob olib boʻldim.)Jungkook kulgancha Minsuni ermak qila boshladi.

Minsu: Ayshh bu nimasi kulmang buni sababini bilmaysiz axir.

Minsu ham kulib Jungkookning yelkasiga hiyol kuchsiz zarba berdi. Uni kuzatib turgan Jungkook yana yuragida ajib hislarni tuya boshladi va unga tikilib qoldi.

Jungkook oʻzini qoʻlga olgan holda Minsuni savolga tuta boshladi.

-Minsu hali senga nima boʻldi? Ahvoling yaxshi emas edi.

Minsu: Xoʻsh nima desam ekan, sevgilimni yana bir bor xiyonat qilayotganini guvohi boʻldim. Va oʻzimni ayblay boshladim.

Jungkook: Nima sening sevgiling bormidi?

Minsu: Ha albatta uchrashuvda buni aytish yodimdan chiqibti. Uzur aytmaganim uchun.

Jungkook: Xoʻsh bu birinchisi emas deyapsan, menimcha oʻsha sevgiling bilan ketmoqchi eding. Endi qanday ketasan?

Minsu: Bilmayman, lekin endi uni hech qachon kechirmayman, hozirgi egnimdagi libosni ham u olgani uchun yertib tashladim.) Minsu hiyol aybdorona yelkasini qisgancha jilmaydi

Unga butun eʼtiborini qaratgancha tinglayotgan Jungkook oʻzidagi begona hislarga hayron qolayotgan edi. Lekin bir tarafdan bu juda yoqimli edi.

Jungkook: Ochiqchasiga aytsam sevgilingni didi yoʻq ekan.

Minsu: Bu bilan nima demoqchisiz? Meni xunuksan deyapsizmi?

Jungkook bu gapdan soʻng oʻzini kulgidan tiya olmay qoldi.

Minsu: Hoyyy nega kulyapsiz?

Jungkook: Men buni nazarda tutmagan edim axmoq qizaloq. Senga olib bergan libosini aytayotgan edim. Didi yoʻq ekan deb. Ham sen moviyni yoqtirsang qaysi aqli bilan pushti libos olgan.

Minsu: Bilmasam yaramni yangilamang bu haqida gaplashmoqchi emasman.

Jungkook: Hoʻp mayli, oʻzingni ehtiyot qil hech narsa sening hayotingdan ustun emas, fikringdan qaytishingga hali vaqt bor, senga maslahatim uni qaytib kechirma..

Minsu: Ha mayli maslahatingizni inobatga olaman endi keting, uzoq qolib kettingiz notoʻgʻri tushunishmasin tagʻin.) Minsu gapirish mobaynida Jungkookning yelkalaridan ushlab xona tashqarisiga olib chiqib qoʻydi.

Jungkook: Haydamasang ham ketaman yaramas qiz,) Jungkook norozi ohangda gapirib miyigʻida jilmaygancha u yerdan ketdi.

Minsu: Mayli yaxshi boring alvido

Jungkook bu soʻzni eshitib ortiga oʻgirildi.

-Nega alvido?

Minsu: Ketaman fikrimdan qayta olmayman, ammo, Xan bilan emas albatta.

Minsu.

Jungkook: Ha mayli.) Jungkookning yuragi notinch boʻla boshladi. Huddiki unga nimadir kamdek tuyildi.

Sevgi shunday narsa... Kutilmagan paytda hayotinga kirib keladi!

2kundan soʻng

Minsu aeroport yonida ikki dugonasi bilan turarkan yuragi ajib bir hislar bilan toʻla edi. Qoʻrquv, hayajon va tushunarsiz hislar.

Minsu: Rona Jimin bilan gaplashdingmi? Kelyaptimi?

Rona: Ha 5daqiqada kelaman dedi. Biroz ushlanib qolibti.

Rona.

Avena: Oʻzi nega unga ishondik? Agar pasportlarimiz yetib kelmasa ketolmaymizku..

Rona: Keladi olib keladi aytganman, xavotir olishma.

Minsu: Yuragim gʻash negadir. Sababini bilmayman, lekin, keyin afsuslanmaymizmi?

Avena: Axir oldingda men borman birgalikda ketamiz nimadan qoʻrqasan? Men senga ishonib hammasini tashlab ketyapman ortta.

Rona: Bir oylarda biz ham ortingizdan yetib boramiz Jimin bilan birgalikda boʻlsak hammasi oson boʻladi.

Minsu: Hop hammasi yaxshi ishondim ammo tezroq ketaylik koʻnglim negadir boʻlmayapti uyda meni hamma kutyapti yoʻqligimni bilishsa izlashga tushishadi.

Avena: Xavotir olma, meni ham izlashadi ammo men sen bilanman hech narsani bilishmaydi.

Qizlar bir biri bilan suhbat qurishar ekan birdan ort tarafdan erkak kishining baland ovozi eshitildi.

:Minsuuu..

Minsu oʻz ismini eshitar ekan yuragi allanechuk titrab ketdi. Oʻzini qoʻlga olgan holda ortiga oʻgirilarkan qarshisida Jungkook turar edi.

Minsu: Jungkook...

Avena: Shumi Jungkook?

Rona: Xandan koʻra yaxshiroq.

Minsu: Xoyy nimalar deyapsiz aqlingizni yegʻing.

Jungkook: Salom qizaloqlar, menimcha ketayapsizlar shundaymi?

Avena: Ha albatta ketyapmiz, Minsu bilan birgalikda.

Jungkook: Uzur qizlar, ammo, Minsu hech qayerga ketmaydi.

Minsu: Nima? Nega ketmayman? Nimadir boʻldimi?

Jungkook: Hammasi yaxshi emas, sen bilmaydigan koʻp narsalar bor, sen yolgʻiz farzand ekanligingni aytganding, ammo sening akang bor ekan. U keldi unashtiruvga, seni yoʻqligingni hamma sezdi ilojsiz oldingga keldim, sensiz ishim bitmaydi,meni kechir qizaloq.)

Jungkook shunday degancha Minsuni baquvvat qoʻllari bilan yelkasiga ortib, koʻtarib oldi.

Jungkook va Minsu tasavvur uchun.

Birdan boʻlgan ishdan esini yoʻqotgan Minsuni hayollari joyida emas edi. U hozirgina xabar topgan akasi haqida oʻylardi. Hayolini yigʻib olgach esa qarshilik qilishni boshladi.

Minsu: Xoooy nimalar qilyapsiz? Esingizni yedingizmi? Qoʻyib yuboring meni.

Jungkook: Jim qizaloq, qarshilik qilma!

Minsu: Senga gapiryapman eshityapsanmi? Heey ahmoooq?) U Jungkookning yelkalariga mushtlab urib tushmoqchi boʻldi ammo bari befoyda.

Ularning ortida qolgan Avena bilan Ronani esa Jungkookning qoʻriqchilari yoʻlini toʻsib oldi. Jungkook va Minsu mashinaga oʻtirib ketib boʻlgach, qoʻriqchilar qizlarni qoʻyib yuborishdi.

Hamma ketib boʻlgach Jimin keldi. U kelar ekan qizlarning holi bir ahvol edi.

Jimin: Qizlar nima boʻldi? Minsu qani?

Rona: Jimin... Minsuni olib ketishdi. Ketayotganimizni bilib qolishibdi

Avena: Nega kech kelding? Senga ishongan biz ahmoq. Minsuni uyiga olib bor bizni hech boʻlmasa shunda tezroq boʻl..

Jimin: Men atayin qilmadim uzur soʻrayman.

Rona: Jimin tezroq boʻl olib bor buni keyin gaplashamiz.

Jimin: Hop qani kettik.

Uchovlon tezlik bilan aeroportdan chiqib Jiminning mashinasiga borib chiqishdi va Minsuning uyi tomon yoʻl olishdi.

Jimin.

Jungkookning mashinasi Minsuning uyi oldida toʻxtadi. Uy ichi juda bezovta ahvolda edi. Hamma asabiy oʻzini qoʻyarga joy topa olishmasdi. Eshik ochilib ichkariga Jungkook bilan Minsu kirib kelarkan, barchaning yelkasidan togʻ agʻdarilganday boʻldi.

Janob Min tezlik bilan Minsuning oldiga kelib unga tarsaki tushirmoqchi boʻlganda qoʻli havoda qoldi.
Minsu otasi uni urmoqchiligini bilib koʻzlarini mahkam yumib zarbaga tayyorlanarkan negadir zarba kelmasdi. Shunda u sekingina boshini koʻtarib, otasining qoʻliga qararkan qoʻli havoda va uning qoʻlini Jungkook ushlab olgan edi.

Jungkook: Janob Min bu ishingiz yaxshimas,

Janob Min: Menga aql oʻrgatma u mening qizim

Jungkook: Mening esa boʻlajak rafiqam va boʻlajak Jeon xonimga hatto oʻz otasi ham tazyiq oʻtkaza olmaydi...

Jeon Jungkook.

.

.

.

.

.

Ep3 tamom...

Uzoq kuttirganim uchun uzur #Ellis!

Shuncha mehnat qildim va qadriga yetishingizni soʻrab qolaman...

<

>

<

Davomi bor...