HALF UNCLE
Min xonim eshikni taqillatib xonaga kirdi. U xonaga qarar ekan, pardalar butun xonani qoplagan edi. Ulardan yoruğlik umuman kirmasdi. Xona juda qoronğu zimiston edi. Min xonim jilmaygancha stol yoniga bordi va qõlidagi patnisni uni ustiga qõydi. Va yotoq ustida oyoqlarini quchgancha, boshini tizzasi ustiga qõyib õtirgan qizga yuzlandi. Min xonim õzini u haqida tashvishlangan insondek tutib, mayin ovozda gap boshladi.
:Avena qizaloğim, qachongacha bunday õtirmoqchisan? Axir bundan foyda yõqku?
Avenadan sas-sado chiqmas edi. U hali hamon jim edi. Min xonim yuzini burishtirgancha õgrilib, ensa qotirdi va yana õzini eski tashvishlangan xolatini qaytarib Avenani yoniga õtirdi va boshini silab unga yaqinlashmoqchi bõldi. Bundan seskanib ketgan Avena õzini ortga oldi va Min xonimdan uzoqlashdi. Buni kõrgan Min xonim unga qarab gap boshladi:
:Qachongacha men bilan bunday munosabatda bõlasan. Hammasiga õzing sababchi bõlyapsan. Senga tegmayman degan sarim, haddingdan oshyapsan va buni qilishga majbur qilyapsan meni.
Vanihoyat uzoq sukutdan sõngra Avena tilga kirdi. 2yil deganda u õz ovozini eshitdi.
:Bilardim, hammasiga siz sababchi ekanligingizni bilardim. Nega bunday qildingiz, onamda nima ayb edi? Onam sizni yaxshi kõrar ediku axir.
:Onang yaxshi ayol edi. Ammo aloqasi bõlmagan ishlarga õzi aralashib qoldi. Men uni ogohlantirgan edim. Meni ishlarimga burningni suqma degandim, lekin, õzi quloq solmadi afsuski./ Min xonim jirkanch tabassum qilib gapida davom etdi.
:Buni bilsang sen ham onangning ortidan ketasan, shuning uchun kõp narsani bilish zarar qizaloğim.
Buni eshitgan Avena õzini yõqotib qõygan edi. Bu nima bõlishi mumkin. Avena buni õylab, õzini batamom yõqotishga ulgurgan edi. U boshqa gapirishni istamadi va yuzini burib, yotoqqa yotib oldi. Bu ishidan sõng Min xonim ham õrnidan turdi va ketishdan oldin Avenaga bir qarab gapirdi:
:Qizaloğim aqlli qiz bõlginda õrningdan turib, nonushtangni qil. Bularni barchasini tugat, õzim tekshirib olaman.
Min xonim shunday degancha xonadan chiqib ketdi. Buni sezgan Avena boshini kõtardi-da, yana õylashni boshladi.
Pov/Avena: Nima bõlishi mumkinki onamni õldirishgacha bordi. Axir yaxshi insonga õxshar edikuu. Onamni qanday yomonligi tekkan ekan? Buni tagiga yetishim kerak. Õzimni qõlga olmasam bõlmaydi, bunday yurishdan foyda yõq. Hayotim õzimning qõlimda harakat qilishim kerak, men bilgan narsalarni boshqalar ham bilishi kerak.
Avena shunday degancha, õrnidan turdi va tõğri yuvinish xonasi tomon yõl oldi. Tayyorlanib chiqib pastga tushishga otlandi. Bu paytda pastki qavatda qolganlar birgalikda nonushta qilishar edi. Avena zinadan tushar ekan kõzlari onasining õrindiği bõshligini kõrib yuragi ezildi. Uning kõz yoshlari chiqib ketish uchun shay turar edi. Avena ularni ortga olgancha õzini tik tutib, otasi va bobosini ahvoli yaxshi ekanligidan xursand qilish uchun ularning yoniga tabassum qilgancha yurdi.Avena ular yoniga borgach buni sezgan barcha unga hayrat bilan tikilib qolgan edi. Ikki yildan oshiq vaqt ichida uni bu holatda kõrishmagan edi.
:Hammaga xayrli tong./ Dedi Avena mayin tabassum bilan avval bobosining yoniga sõng otasining yoniga borib ularni quchdi.
Bu holatni hali ham tushuna olmay ularga qarab turgan Min xonimni esa bundan faqat jaxli chiqar edi. Ikki yildan beri unga faqat noqonuniy dorilar berib kelayotgani uchun Avena odamlarga qõshilmay qõygan edi. Ammo endi esa bu unga ta'sir qilmayotgan edi.
Malumot uchun: Min xonim(Avenaning õgay buvisi) Avenaga berayotgan dorilar unda psixoz kasalligini keltirib chiqargan edi. Bu maniakal—depressiv holat edi. Aslida Min xonim bergan dorilar sababli Avena odamlarga qõshilmay, depressiyaga tushib, xonadan chiqmay qõygan edi. Bu kasallik ajoyib bõlib, depressiyaga tushgan vaqt juda qõrqinchli bõlib qoladi odam. U hattoki õz joniga ham qasd qilishi mumkin va boshqalarnikiga ham. Va buni Avena bir necha marotaba sinab kõrgan edi. Depressiyada Avena xolsiz bõlib qolgandi. Va bu holatdan chiqib ketish oson emasdi. Bu holatdan chiqsada, maniakal holatga tushar edi. Bu holat insonni õziga kuch beradi va serharakat, sergap va kayfiyati choğ qilib qõyadi. Va bu ham vaqtinchalik edi. Agar dorilar tõxtatilsa albatta tuzaladi. Ammo Min xonimning ikkinchi holatdan xabari yõq edi. U faqat depressiya haqida bilardi. Va bu unga juda qõl kelardi. U Avenani oyoği ostida õralashishini istamas edi.
Avena bobosi va otasi bilan birgalikda kõp narsa haqida miriqib suhbat qilishdi. Anchadan buyon Avenani bunday kõrmagan otasi va bobosi bundan juda xursand edi. Ammo Min xonim õzimi qõyarga joy topa olmay qolgandi. Birdan janob Min Avenaning õqishi haqida gap boshladi.
:Suyukli nabiram seni qayta oramizda kõrganimdan juda xursandman. Bilasan juda kõp muddat bizga qõshilmading. Maktabing ham qolib ketti va sen allaqachon bitirgansan, sen universitet talabasisan. Ertadan universitetga borishni boshlaysan. Senga maq'ulmi?
:Albatta bobojon, men õqishimni davom ettirmasam bõlmaydi axir.
:Ha aytgancha qizaloğim senga bir gap haqida aytishim kerak edi./dedi Avenaning otasi janob Jihu mayus ohangda.
:Sizni eshtishga tayyorman otajon.
:Bilaman qizim indinga tuğilgan kuning. 18yoshni qarshi olasan. Ammo men bu yerda bõla olmayman. Meni kechir ertaga ish yuzasidan Amerikaga ketishim kerak bõlib qoldi./ Janob Jihu õzini aybdordek his qilgancha gapirdi.
: Õzingizni aybdor his qilmang, hechqisi yõq. Tezroq qaytib kelsangiz bas. Menga shuni õzi kifoya.
:Albatta qizaloğim uzoği 2oy, va men yana sen bilan birga bõlaman./janob Jihu tabassum qilib gapirdi.
Pov/Min xonim: õzi zõrğa qutilyapmanku nega qaytib kelarkan? Otajoning bilan xayrlashib ol Avena qizaloğim endi uniham yõqotasan. Buni bilgandek xonangdan chiqqaningni qara. Afsuus bu uzoqqa chõzilmaydiganga õhshaydi-yaaa.
:Unda mening ham yangiligim bor sizlarga, qani hamma meni tinglasin./dedi janob Min. Hamma unga e'tiborini qaratarar ekan gaplarini davom ettirdi.:Hullas indinga Taehyung koreyaga qaytadi va ishlarini shu yerda davom ettiradi. Sen ketsang bu yerdagi kompaniyaga ham kimdir kõz quloq bõlishi kerak, men esa allaqachon bunday ishlardan qolganman, Avena esa hali yosh va ish õrganishi kerak. Shuning uchun Taehyung bular bilan shuğullanadi.
Bu gaplardan Min xonim miyiĝida jilmayib qõydi. U rejalari amalga oshayotganidan juda xursand edi. Maqsadiga yetishga juda oz qolgandi.
: Taehyung kim? /Avenaning savolidan hamma unga qaradi. Aslida tõğri Avena bu haqida bilmas edi. Buvisi bu uyga kelganda Avena juda kichik edi va hech nimani bilmasdi. Uning savoliga Min xonim javob berdi.
:Ha sen bilmaysan-a, Taehyung mening õğlim. U Amerikada yashardi va u yerda õz ishlari bor. Hozir bobongni iltimosiga kõra u bu yerga kelyapdi.
:U sening amaking hisoblanadi. Senga ishonaman sen uni behurmatlik qilmaysan, nabiraginam/ dedi janob Min.
:Albatta bobojon/ dedi Avena jilmaygancha. Aslida Avenani bu bilan ishi yõq edi. U õzi bilan õzi ovora bõlsa bas, unga hech kim halaqit bermasa u ham bermaydi.
: Taehyung ga Jihuning xonasini tayyorlab qõying, baribir, õsha xona bõsh qoladi. Jihu kelsa pastki qavatga õz xonasiga qaytadi. Avenaning ahvoli ancha yaxshi xavotir olishga õrin yõq/ dedi janob Min.
Janon Jihu Avena õz joniga qasd qilishga uringani sabab uning xonasi yonidagi xonaga kõchib chiqqan edi. Õzining xonasi esa ikkinchi qavatda edi. Janob Minning buyruğiga kõra hamma narsa bajarildi. Unga hech kim e'tiroz bildirmadi. Shunday qilib barcha õz ishiga ravona bõldi. Avena bõlsa uy ichida aylanib yurdi. Min xonim bõlsa Avenaga qanday qilib dori berish haqida õylardi. U bugungi dorisini ichmagan edi. Min xonim qanday qilib dorilar õz kuchini yõqotganini tushunmayotgan edi. Lekin dori butkul ta'sir qilayotgani haqida bilmasdi.
Shunday qilib kech kirdi. Hamma kechki ovqatni birga qilishdi va janob Jihu bilan xayrlashishdi. Avena otasini qõyib yuborgisi kelmasdi. U endigina õziga kelib otasi bilan yana birga bõlganda, yana ajralayotgan edi. Janob Jihu ham huddi shunday edi. Ikki yil deganda qizi bilan endigina gaplashishni boshlagan edi. Uni eski xushchaqchaq, yoqimtoy va mehrli tabassumini qayta kõrayotgan edi. Afsuski yana ayrilishayotgan edi. Janob Jihu majburlikdan u yerni tark etdi. Avena esa yana yolğiz qoldi va xonasiga chiqib ketdi. Avena kunduzi bilan xonasining dizaynini almashtirgan edi. U qora va oq rangdan iborat xonani butkul õzgartirib eski holatdagi yorqin ranglardan iborat bõlgan xonaga aylantirgan edi. U xonasini kõrib biroz kayfiyati kõtarildi va ertagalik õqishi uchun narsalarini tayyorlab ertaroq uhlashga yotdi.
Erta tong. Avena erinibgina õrnidan turib, yuvinish xonasiga bordi va u yerdan tayyorlanib chiqib pastga tushdi. Pastki qavatda bobosi va buvisi nonushta qilishayotgan edi. U ham tushib ularga qõshildi.
:Bugun universitetga borasanmi?/Minxonim.
:Albatta hozir ketaman kechka qolyapman./ Deya Avena shoshilib nonushta qildi va turib ketmoqchi bõldi.
:Tashqarida haydovchi seni kutyapdi./dedi janob Min
Avena "hop"deganday bosh silkib uyni tark etdi. Tashqarida esa uni haydovchi kutib oldi va unga mashinani eshigini ochib berdi. Avena õtirgach õzi ham haydovchi õrindiğiga õtirib, universitet tomon mashinani haydab ketdi. Mashina universitet eshigi yonida tõxtagach, Avena undan tushdi. Uni hayajon bosa boshladi.
Pov/Avena: ikki yil deganda kõchaga chiqdim. Endi esa tanimagan bilmagan odamlarim orasiga kirishim kerak, hayajondan yuragim yorilay deyapti. Õzimni qõlga olishim kerak, va õzim uchun yangi dõstlar orttirishim kerak.
Avena shunday degancha universitet binosiga kirdi. Hammaning kõzi unda edi. Uni kõrgan qizlar unga hasad bilan qarashsa, yigitlar esa undan kõzlarini uzolmay qolgandi.
Avena õz xonasini topib kirdi. U 1-kurs edi. Avena kirgach u yerdagi kõpchilik uning tanishlari ekanligini bildi. Kõpchilik Avenaning maktab sinfdoshlari edi. Ular Avenani kõrgach xursand bõlishdi va u bilan kõrishishdi. Bundan Avena xursand bõldi.
U barcha dõstlarini ertagalik tuğilgan kuniga uyiga chaqirdi. Darslar boshlanib ketdi. Avena bõlsa astoydil õqishni boshladi. Kun shu zaylda õtdi. Darslar ham tugab Avena uyga qaytishga otlandi.
Uyga yetib kelgach tõğri bobosining xonasiga chiqqan Avena unga tuğulgan kunida ziyofat qilishini va dõstlarini chaqirganini aytdi. Bu eshitib bobosi judayam xursand bõldi. Chunki yakkayu yagona nabirasi odamlar orasiga qõshilishni boshlagandi. Janob Min bunga rozilik berib, hamma ishlarni õzi tayyot qilishini aytdi. Bundan Avena juda xursand bõldi va xonasiga kirib, dam oldi.
Erta tongdan saharlab turib olgan Avena tuğilgan kunini bu safar õzgacha kutib olish maqsadini oldiga qõygan edi. U tezda yuvinish xonasiga bordi va dush qabul qilib chiqqach, universitetga tayyorlandi. Oyna oldiga borib, yengilgina makiyaj qildi. Va oynadan õz aksini tomosha qila boshladi.
Avena tezda xonasidan chiqib pastki qavatga tushdi. Bu paytda Min xonim oshxonada edi. U Avenaning nonushtasini õzi tayyorlab dori qõshayotgan edi. Birdan Avena kelib qolgach õzini yõqotib qõydi. Va uni chalğitmoqchi bõldi.
:Bugun tuğilgan kuning munosabati bilan senga õzim nonushta tayyorladim, qani kelaqol./ Min xonim õzini qõlga olib, sekinlik bilan gapirdi va Avena bundan hechnimani sezmadi.
:Kattakon, rahmat/ Avena unga nim tabassum qildi. Aslida Avena tabiatan yuvosh, sodda, ishonuvchan va kechiruvchan qiz edi. U boshqalarga õxshamas, juda itoatkor edi. Va hozir ham Min xonimga qõpol munosabatda bõla olmas edi. Avena nonushta qilib bõlgach, universitetga ketdi.
Avena ketgach uyda odamlar kõpayib ketgan edi. Bularni barchasi kechki ba'zm uchun tayyorlanayotgan edilar. Birdan uyga bir yigit keldi. U juda kelishgan, baland bõyli, qora sochli, nigohlari juda sovuq bõlgan yigit edi. Xizmatkor qizlar uni kõrib õzlarini yõqotib qõyay deyishdi. Bu albatta Taehyung edi. U endigina Amerikadan kelgan edi. Taehyung uyga kirib borar ekan, uydagi odamlarni kõrib hayron qoldi.
:Xush kelibsan, bolajonim. Seni judayam soğingan edim./uning ortida Min xonim kelib shunday dedi.
:Onajonim men ham sizni soğindim/ dedi Tae onasini kõrib kõzlari porlab ketdi.
:Xush kelibsan õğlim,/ dedi janob Min ona-bolani bir birini quchoqlab turganini kuzatib kelar ekan.
:Xushvaqt bõling janob Min, bu yerda nimadir bõlyaptimi qandaydir ziyofat bormi?
:Xaa bugun Avenaning tuğilgan kuni. Shuning uchun uyda ziyofat belgilangan./Min xonim
:Xaa Avena janob Jihuning qizi edi tõgrimi?
:Xaa, sening jiyaning hisoblanadi/ dedi janob Min.
:Men sizlarga bir gap aytish uchun kelgandim. Men kompaniyangizga kõz quloq bõlaman, albatta, ammo bu yerda qolmayman. Mehmonxonada qolmoqchiman. / Tae
:Nega unday deysan axir bu yer ham sening uying õğlim/dedi Min xonim tashvishlangancha.
:Albatta bunday bõlmaydi shu yerda qolasan. Muhokamaga õrin yõq, hozir vaqt ham yõq. Bu masalani haliroq bafurja gaplashib olamiz, ziyofatdan sõng./janob Min
:Kelishdik, unda men kompaniya bilan tanishib kelaman/Tae shunday degancha uyni tark etdi.
Kechham tushib ziyofat boshlandi. Birin ketin mehmonlar kela boshladi. Ammo haliham Avena pastga tushmagan edi. U hali hamon oyna qarshisida edi. Bu paytda Taehyung ham kelib, davraga qõshilgan edi.
Oyna qarshisida turgan Avena qora, tor va oddiygina kalta kõylak kiygan edi. Avena hashamdorlikga qiziqmas edi. Unga oddiylik ham yarashar edi. Sõngi bor õziga qaragan Avena pastki qavatga tushdi. Barcha dõstlari uni tabriklashib qarshi olishdi. Avena juda xursand edi.
Taehyung tashqariga chiqib toza havo olgach qayta uyga kirdi. Tõsattan uning kõzlari bir qizga tushdiyu, qandaydir ajoyib narsani his qildi. Taehyung unga qarar ekan, uning e'tiborini qizning qizğish sochlari olgan edi. Bu qiz Avena edi. Ammo Taehyung uni yoshligida kõrgani uchun taniy olmadi. Birdan Taehyungni janob Minning chaqiruvi e'tiborini tortdi. U janob Minning yoniga bordi. Ammo uning kõzlari hali hamon õsha qizda edi. Tõsatdan u qiz ham ular tomon kela boshladi. Buni sezga Tae biroz hayratlandi. Qiz tõğri kelib janob Minni quchoqladi. Javoban janob Min ham qizni yengil quchib, uning yelkasiga qõlini qõygancha gap boshladi.
:Bir biringizni tanimaysiz hoynahoy, shuning uchun tanishtiraman. Avena bu Taehyung sening amaking. Taehyung bu Avena sening jiyaning. Tanishinglar.
Bu sõzlardan hayron qolgan yigit õzini õnglay olmadi. Qanday qilib kichkinagina qizaloq shu qadar õzgarishi mumkin. Taehyung õzini tezda qõlga oldi va Avenaga qõlini chõzdi.
:Tanishkanimdan xursandman, Avena/ Tae bir kõzini qiskancha tabassum qildi.
:Men ham/ Avena biroz hijolat tortib unga bazõr qõlini berdi. Tae uning qõlini ohista silab qõyganini sezgan Avena tezda undan qõllarini tortib oldi. U Taehyungni unga qilgan muomalasidan biroz asabiylashsada buni sezdirmaslikka harakat qildi.
Ularni chetdan kuzatib turgan Min xonim Taehyungning muomalasidan hayratda qolgan edi va bundan unumli foydalanish haqida õylab miyiğida jilmayib qõydi.
Bu orada Taehyung Avenadan siraham kõzlarini uzmadi. Uning fikriyu hayoli unda bõlib qolgan edi.
Birdan Min xonim õğlini bir chetga olib sõroqqa tuta boshladi.
:Tinchlikmi? Nimadir bõldimi õğlim?
:Men seni juda yaxshi bilaman. Mayli buni qõy nega bu yerda yashamoqchi emassan?
:Agar istasang Avenaning qavatidagi xonani beraman. U qavatda undan boshqa hech kim yõq va chiqmaydi ham./ Min xonim kinoyali tabassum bilan gapirdi.
:Mana buni taklif desa bõladi oyijon./ Taehyung yuzidagi sovuqligini hissizligini yõqotmagan holatda javob berdi va u yerni tark etdi.