HALF UNCLE
Maktabdan shoshilgancha uyga qaytar edim, qornim juda och edi. Uyga kirar ekanman, uyga nazar soldim. Oyim uchinchi qavatning balkonida edi. U kim bilandir gaplashayotgandi. Uning yuzini kõrolmadim. Uyga yaqinlashar choğim, ulardan nigohimni uzmadim. Oyimni ortga tisarilib yurib, balkonning bõyini yarim qismiga teng bõlgan panjarasiga urilib tõxtab qolgan edi. Birdan ichkari uy tomondan buvim chiqib onamni tepadan itarib yubordi. Oyim pastga yiqilar choği mening kõzlarim goh oyimda goh unga tepadan tikilib turgan buvimga tushar edi. Oyim sõngi manzil yerga yiqildi. Men uni undan uncha uzoq bõlmagan masofada kuzatib turardim. Bilmayman menga nima bõlganini ammo oyoq-qõlim falaj bõldi. Hattoki barmoğimni uchini ham qimirlata olmay qoldim. Oyoğimda madorim qolmay yerga õtirib qoldim. Hech qanday harakatsiz, kõzlarimni ham yummay oyimning yerga yiqilgan jonsiz tanasini kuzatar edim. Baqirib yordam chaqirmoqchi bõldim, ammo, aqalli bir oğiz oyi degan sõzni ham aytaolmay qoldim. Bõğzimga nimadir tiqilib qolgan edi. Tinmay yiğlardim. Unsiz sas-sadosiz, kõz yoshlarim yuzimni yuvardi. "OYI" shu sõzni ming azob ila aytdim. Endi esa baqirib yiğlashni xohladim. Tinmay baqirishni istar edim. Gapirishga harakat qildim ammo ovozimni eshitmadim. Vanihoyat, ha, vanihoyat ayta oldim. Baqirdim, "OYI, "OYI" shunday deb baqirdim.
Birdan kõzlarim ochilib baqirib yubordim. Õzimga keldim. Buning hammasi tushim edi ammo men bularni yashaganman. Bular mening ikki yil oldingi xotiralarim edi.
Avena kõzini ochib bu tush ekanligini tushundi. U juda terlab ketgan va kõz yoshlari yuzini yuvgan edi. Avena atrofga qaray boshladi. Xona qoronğu yarim kechasi hamma shirin uyquda edi. Avena kõrgan tushi haqiqat ekanligini va eski xotiralarini bir zum esladi. U huddiki uni kimdir kuzatayotganday his qildi õzini. Va xonaga zimdan qaradi. Qarasa divanda kimdir unga tikilib õtirganini kõrdi. Qoronğuligi uchun uni aniq kõra olmayotgandi.
:Kimsan dedim, bu yerda nima qilyapsan?
:Bunchalik qõpol bõlma, axir, õgay bõlsada amakingman. Shundaymi?/ Tae shunday degancha õrnidan turib Avenaning yoniga kela boshladi. Va uning yoniga yotoqqa õtirdi.
:Ssizz? Bu yerda nima qilyapsiz ? Shu paytda mening xonamda.
:Bilmasam, negadur shu yer meni õziga tortdi. Seni ilk bor kõrganimda juda yosh eding. Ancha õzgaribsan.
:Men sizni xatto eslay olmayman ham.
:Bilaman, ammo endi meni qaytib unutolmaysan./ Tae tirjaygancha gapirdi.
:Menda qandaydir ishingiz bormi?
:Unda xonamdan chiqing, sizni bu yerda kõrishsa notõğri tushunishadi.
:Qõysangchi, õzingni aldama. Bu qavatda ikkimizdan boshqa hech kim yõqligini va chiqmasligini mendan kõra sen yaxshi bilasan.
:Buni ahamiyati yõq. Baribir chiqib keting. Men õzimni yaxshi his etmayapman. Shuning uchun chiqib keting.
: Avena bilasanmi shu sening qizğish sochlaring qanchalar e'tiborni tortishini? Ulardan kõzlarimni hech ham ololmayapman. Sen meni bir kõrishda õziga jalb qilgan qizlar ichida yagonasan.
:Men.. men... Men nima bõlganda ham sizning õgay bõlsada jiyaningizman va siz meni amakimsiz. Menga bunday muomalada bõlmang./dedi Avena õzini noqulay his qilgancha.
:Sen menga begonasan, men esa senga. Buni yodingdan chiqarma, men sening hechqanday amaking emasman. Qanday ahmoqlik men endigina 25yoshdaman va 18yoshlik qiz meni amaki deyapti./ Tae kinoya bilan xõrsingancha gapirdi.
:Buni biz hal qilmaymiz. Endi esa chiqing behurmatlik qilishni istamayman. Meni bunga majbur qilmang.
: Sen juda odobli qiz ekansan, bu menga yoqdi. Ha, mayli men chiqa qolay endi doim birgamiz./ Tae kulgancha õrnidan turib xonadan chiqib ketti.
Taehyung xonadan chiqar ekan juda hissiz edi. U Avenaga nisbatan hech narsani his qilmas edi. Nega bunday qilganini ham tushunmas edi. Õziga õzi tushunmagan Taehyung faqatgina aqliga kelgan ishlarni qilishni boshladi. U Avena bilan õynashishni xohladi chunki Avena boshqa qizlarga õxshamas, jim va sodda eng asosiysi odobli edi. Taehyung esa uning sokinligini kõrib, uni jiğiga tegmoqchi bõldi.
Avena Taehyung ketganiga ishonch hosil qilgach, yuvinish xonasiga kirib ketdi. Yuvinib chiqqach yana qayta yotoqqa joylashib bir zumda uhlab qoldi. Chunki u ziyofatda juda charchagan edi. U hayolida Taehyung nega bunday qilgani haqida õylab uhlab qolgandi.
Erta tong. Avena xonasidan tayyorlanib chiqib pastki qavatga tushdi. Butun oila bir joyda jamlangan faqatgina Avena qolgan edi. U ham borib joyiga joylashdi. U Taehyungning yoniga õtirgan edi.
Taehyung Avenaga boshdan oyoq qarar ekan, uning kõzlarida uchqun bor edi. Avena unga qarar ekan kiygan kiyimidan biroz hijolat bõldi. Chunki Taehyung undan kõzini uzmasdi. Yana yetmagandek Taehyungning oldiga õtirganidan asabiylasha boshladi.
:Xõsh Tae endi gaplashib olsak, Nega bu yerda yashamoqchi emassan? Nimadir bõldimi?/ Dedi janob Min.
:Yõq, fikrimni õzgartirdim. Shu yerda qolmoqchiman. Yaxshilab õylab kõrdim. Menimcha bu uyda men uchun qiziq narsalar bor. Adashgan ekanman bu yerda zerikaman deb./ Tae tirjaygancha gapirib, kõz qirida Avenaga qarab qõydi.
:Fikring õzgarganidan xursandman. Unda bugun kompaniyaga bor. Ha keyin Avenani õqishga tashlab õt. Bõladimi?
:Õzim keta olaman. Shart emas bobojon.
:Mayli, olib keta olaman bu muommo emas.
:Qizim axir yaqindagina atrofga qõshilishni boshlading. Õzing yurgani qiynalasan. Haydovchi bugunlikga javob olgan edi. Shunga Tae bilan ketib tur./ Janob Min.
:Nima desangiz shu bobojon/ Avena norozilik bildira olmadi chunki u bunga jur'at eta olmasdi.
:Unda kettik, men ishga kech qolyapman. Tur bõlaqol./Tae Avenani tezlashtirib uydan olib chiqdi.
Ular Taehyungning mashinasiga õtirishgach, yõlga chiqishdi. Mashina ichida sukut hukmronlik qilar edi. Ikkisi ham jim edi. Avena tungi suhbatdan sõng Taehyungdan õzini olib qochayotgan edi. Shuning uchun mashina oynasidan kõchalarni tomosha qilib ketar edi. Taehyung esa unga nima deb gap boshlash haqida õylardi. Vanihoyat ular manzilga yetib kelishdi. Avena endi mashinadan tushmoqchi edi, Taehyung uni tõxtatdi.
:Qõnğiroq qil õzim olib ketaman.
:Men olib ketaman dedim eshitgan bõlsang. Sõraganim yõq.
:Nega õzingizni bunday tutyapsiz? Bu menga yoqmayapti.
:Men kõnglim tusagan ishni qilyapman. Shunday ekan bunga kõnik. Men xohlagan ishimni qilaman.
Taehyung shunday degancha Avenaning qirmizi lablariga qaradi. Buni sezgan Avena nigohlarini unda olib qochgancha, mashinadan tushmoqchi bõldi. Taehyung mashinani eshiklarini oldi õrindiqdagi eshik yonidan qulflab qõydi. Va kõngli tusagan ishni qilmoqchi bõldi. Avena bundan sarosimaga tushib eshikni ochmoqchi bõldi ammo qulflangan edi.
:Bu nima qilganingiz eshikni oching. Men darsga kech qolyap.....
Avena bir zum gaplarida tõxtatilib, lablarida õzga insonning issiq taftini his qildi. Avena kõzlarini katta qilib ocharkan undan mayin, yumshoqlik bilan bõsa oylayotgan Taehyungni kõrdi. Taehyung uning lablarini asta shimib sekinlik bilan bõsa olardi. Avena birdan õzini tõplab olib Taehyungni ikki qõli bilan yelkalaridan ushlab itarib yubordi. Taehyung bu vaziyatdan orqaga tisarilib ketdi. U astalik bilan bõsh harakat qilgani uchun uni itarish oson bõlgandi. Taehyung sochlarini qõllari bilan ortga olar ekan juda asabiy edi.
:Demak sokin bõlsamda qõpollikni xush kõraman degin. Albatta Avena xonim bundan keyin sen bilan qanday muomalada bõlishni bilib oldim./ Taehyung juda qattiq asabiylashar edi.
Bu bõsadan sõng halihamon õziga kela olmayotgan Avena toshdek qotib qolgandi. Birdan Taehyungning ovozidan sõng õzini qõlga oldi va:
:Bu nima qilganingiz. Indamaydi ekan deb bilganingizni qilaverasizmi?
:Qarshilik qilsangda istaganimni qilaman.
: Eshikni oching./Avena Taehyung bilan ortiq qolishni istamayotgani uchun gapni qisqa qildi.
Taehyung Avenani bilagidan tortib, yuzini õzining yuziga yaqin qilib oldi va õzi uning chap quloği oldiga yaqin kelib, uning sochlariga yuzini kõmdi. Biroz shunday turgandan sõng boshini asta kõtarib Avenaning quloği ostida sekin shivirladi:
:Bu oxirgisi, sen bilan iliq munosabatda bõlishimni. Bundan sõng mendan yumshoq harakat kutma!
Taehyung Avenadan uzoqlashar choĝi eshikni qulfini ochdi.
:Darsing tugasa qõnĝiroq qil, endi esa tush./Taehyungning bu buyruqli ohangidan biroz chõchigan Avena indamay mashinadan tushib, universitetga yugurib kirib ketdi.
Taehyung esa biroz mashinada nima qilayotgani haqida õylarga kõmilib qoldi.
Pov/Tae: axx men nimalar qilyapman aa? õzimga õzim tushunmayapman. nega unga bunday qildim? undagi nimadir meni õziga tortyapti. lekin aynan nima shuni tushunmayapman?
Taehyung shunday õylar bilan qolib ketgandi va unga birdan kompaniyadan qõnğiroq bõlgach õziga kelib u yerni tark etdi.
Avena tez tez yugurib ketar ekan, õquvchilarga urilib ketar edi. Lekin hech kimga etibor bermay yana yugurib ketar edi. Birdan yõlga etibor bermay bir yigitga urilib yerga yiqilib tushdi. Õzini õnglab õrnidan turmoqchi edi haligi yigit unga turishi uchun qõlini chõzdi.
:Yaxshimisan? Kõzinga qarasang bõlmaydimi?
Avena õziga tanish bõlgan ovozni eshitib, birdan yuqoriga unga tikilib qõlini chõzib turgan yigitga qaradi.
:Jjungkkook aka bu sizmi?/Avena hayratga tushganidan zõrĝa gapirar edi.
:Hoy senga qancha takrorlashim kerak, men sening akang emasman. Buni qachon tushunasan aa?/Jungkook yosh bollarcha har hasha qilib gapirdi va Avenani qõlidan ushlab turishiga yordam berdi.
:Siz mendan kattasizku qanday qilib aka demasligim mumkin?
:Men 22yoshman sen esa 18. Aka deyishni keragi yõq. Bolalikdan birga õsgan bõlsak ham senga buni tushuntira olmadimdaa exx...
:Mayli hop siz aytgandek bõla qolsin Jungkook/Avena unga mayin tabassum qilgancha sõzladi.
:Vaqting bõlsa gaplashib olardik. Axir 2yildan beri gaplashmagan bõlsak. Ham sendan xafaman. Nega meni tuğilgan kuning ziyofatiga taklif qilmading?
:Uzur sõrayman, yodimdan kõtarilibti. Men yaqinda keldim buyerga. Sizni bu yerda õqishingizni bilmas edim.
:Bu kamlik qiladi. Birgina uzur bilan qutulolmaysan.
:Agar xohlasangiz bugun kechki ovqatga chaqirishim mumkin. Ham bobom ham xursand bõlardilar.
:Albatta bajonidil. Unda kechki vaqt boraman. Ha aytgancha men bitiruvchi kursda õqiyman. Istagan payting kõrishishimiz mumkin. Telefon raqamning ber.
:Unda yaxshi tushlikni birga qilamiz./Avena shunday deb Jungkook telefonini berdi. U Avenaga õz nomerini berdi va unikini ham õziga yozib oldi.
:Kõrishguncha/dedi Jungkook va ketti.
Avena ham unga javoban qõlini silkitdi. U endi ancha xotirjam bõlgandi. Jungkook hozirda uning ota onasidan sõng eng yaqin ishonadgan insoni edi. Avena uchun u Taehyungni õzidan uzoqlashtiruvchi yagona inson edi. Shuning uchun ham u Jungkookni uyga taklif qilgan edi.
Avena ham sinf xonasiga bordi va darslarga kirishib ketdi. Ammo uning hayollari halihamon õsha Taehyung undan olgan bõsada edi. U bularni eslab õzidan jirkanib ketdi. Chunki bu uning birinchi bõsasi edi. Avena birinchi bõsasini õz xohishi bilan sevgan insonidan olmoqchi edi ammo hammasi barbod bõldi. Avena asabiylashgancha õzini tinmay ayblardi. Uning bõshligi, yumshoqligi, soddaligi va jur'atsizligi õzining nozik tomoni deb hisoblardi va shu tomonlari bilan Taehyung unga yaqinlashishiga õzii imkon yaratib berdi deb õylardi.
Avena darsi tugagach, õrnidan turib ketishga tayyorlandi. Uning hayoliga Taehyungning gapi keldi. U unga qõnğiroq qilishini tayinlagan edi. Ammo Avena buni xohlamadi va universitetdan chiqib tõğri taksiga õtirdi va uyga ketdi. Bu paytda Taehyung Avenani qõnğiroq qilishini kutar edi. Ammo u qilmagach õzi ketdi deb õylab uyga yolğiz qaytdi. Kech ham tushib qolgan edi. Xizmatkorlar kechki ovqat uchun dasturxon tuzashar edi. Ularning orasida esa Min xonim payt poylar, Avenaning taomiga dori qõshishni õylardi.
Eshik qõnğiroği chalindi. Xizmatkor eshikni ochgach Taehyung uyga kirib keldi. U juda asabiy edi buni yuzidan bilish qiyin emasdi. Uni kelganini bilgan onasi Min xonim oshxona eshigi oldiga kelib unga gapira boshladi.
:Tezroq tush ovqatlanamiz, Avenani ham chaqirib tusha olasanmi sendan iltimos.
:Albatta oyijon 10daqiqada tushamiz./Tae nim tabassum qilgancha yuqoriga kõtarila boshladi. Onasining gaplari uni biroz kayfiyatini kõtargan edi.
Taehyung uchinchi qavatga chiqib tõğri xonasining qarshisida joylashgan Avenaning xonasiga eshikni taqillatmay bostirib kirdi. Avena õqishdan kelgach, dush qabul qilgani yuvinish xonasiga kirib ketgan edi. Va endigina ustida bitta sochiq bilan u yerdan chiqqandi. Tõsatdan xona eshigi ochilib Taehyung kirib kelgach, u qõrqib ketdi.
:Nega eshikni taqillatmay bostirib kirasiz? Chiqing xonadan, men kiyinishim kerak.
:Nega indamay ketib qolding men senga nima degandim?
: Õzim ketishni istagandim. Buni sizdan sõramasam kerak.
:Nega unda ogohlantirib qõymading?
:Menda sizning raqamingiz yõq edi.
:.... Yaxshi! Bu safar indamayman gaplaringda jon bor ammo keyingi safar indamay qõymayman. Buni yodingda tut!
Taehyung Avenaning gaplariga etibor bermay u tomon ikki qadam tashladi va uning yelkalaridan ushlab uni devorga tiradi. Õzi esa uning yõlini berkitish maqsadida ikki qõlini uning yonlariga qõyib, unga yaqin turdi. Ularning orasida hechqanday masofa yõq edi. Tanalari bir biriga tegib turardi. Yuzlari orasida esa atiga 3 yoki 4sm joy qolgandi. Jichcha harakat bilan Taehyungning lablari Avenaga tegar edi. Avena bunday harakatni kutmagani uchun biroz shokga tushdi. Va tezda õzini õnglab tipirchilab, ikki qõli bilan Taehyungni yelkasidan itarmoqchi bõldi. Bunga javoban Taehyung nim tabassum qilgancha:
:Men senga aytgandim. Keyingi safar bunday qilolmaysan deb.
:Qqoochiiinggg kkmdiirrr kirrriibb qolaadi./Avena sekin va dudulangancha gapirar edi. Chunki ozgina oshiqcha harakat bilan Taehyungning lablariga õzi tegib ketishi mumkin edi.
: Hech kim chiqmaydi. Ular meni õzlari chiqarishdiku axir.
:Kechki ovqatga chaqirgani. Ammo tõxta kutib turishadi. Men bugungi kunlik charchoğimni chiqarishni istayman./Tae shunday degancha Aveaning oppoq bõyniga yuzini kõmdi va asta lablarini bosdi. Avena tanasida issiqlikni his qilib, õzini yõqotib qõydi. U qarshilik qilishni boshladi.
:Tshshsh, tipirchilama baribir foydasi yõq./Taehyung Avenaning quloği ostida shivirladi va uning quloğidan mayin bõsa olgancha tishlab oldi. Bundan yuzi burushgan Avena biroz oğriqni his qildi.
:Ayshshh bu nima qilganingiz. Qoching istamayman iltimoos qoching/Avenaning kõzlari namlanib yiğlashni boshladi.
Taehyung bunga etibor bermay, Avenaning sochiq õralmagan oppoq tanasini kõzdan kechirib, uning bõynidan bõsa olardi. U ohista harakat qilib iz qoldirmaslikka harakat qilardi. Birdan Taehyung tõxtab, undan uzoqlashdi.
: Hozircha shunisi yetadi, bõlmasa bizni uzoq kutib qolishadi. Tezroq tush bizni kutishyapti./ Taehyung gaplarini aytarkan kõzlari bilan oxirgi marta Avenaning ochiq badaniga qaragancha pastki labini tishlab, xonadan chiqib ketdi.
Avena u ketgach xonasining eshigini qulflab oldi. Va borib yotoğiga õtirib, nima qilishni õylay boshladi. Õrnidan turib kiyimlarini almashtirib pastga tushdi.
Pastda bobosi va buvisi dasturxon atrofida edi. Ammo Taehyung yõq edi. U sekin joyiga borib õtirdi. Avena õtirishi bilan Taehyung ham tushdi. Taehyung endi Avenaning yonidagi stulga õtirmoqchi edi birdan eshik qõnğiroği chalindi. Bundan xursand bõlib ketgan Avena vaqtdan foydalanib, sapchib õrnidan turdida, Taehyungdan uzoqlashdi.
:Mehmonim bor edi. U keldi õzim eshikni ochaman/Avena bobosiga jilmaygancha u yerni tark etdi.
:Yana qanday mehmon bu paytda/dedi Min xonim kesatgancha.
:Hozir kõramiz/janob Min xotiniga javob berdi.
Avena yugurib borib eshikni ochdi. Eshik yonida bir dasta qirmizi lolalar bilan Jungkook turar edi. Uni kõrgan Avena juda xursand bõlib ketdi.
: Ayni paytda keldingiz. Qani yuraqoling.
Avena Jungkookni gapirishga qõymay tezda mehmonxona tomon qõlidan tortqilagancha keta boshladi. Ular mehmonxonaga kirishi bilan hamma ularga qarab turardi.
:Kimlarni kõryapman aaa nahotki Jungkook, bu senmisan õğlim?
:Albatta bobojon, kechiring kõrgani kelolmadim.
:Hech qisi yõq õğlim mana keldingku. Yana Avena bilan birgasizlar bundan xursandman.
Avena halihamon Jungkookning qõllaridan ushlagancha bobosiga qarab turardi. Ularni esa chetdan kuzatayotgan Taehyungning fiğoni falakka chiqqan edi. U juda asabiylashar edi. Negaligini õzi ham bilmasdi. Avena unga õzi xohlab qõlini uchini ham tekizmagan edi. Ammo Jungkookning qõllarini haliham tutib turardi.
Avenaning kõzlari birdan Taehyungga tushdi. Uning kõzlari qorayib nigohlari qõrqinchli bõlib ketgandi. Birdan Taehyung ularning qõllariga qarab turganini sezdi va Jungkookdan sekin qõllarini oldi. Buni sezgan Jungkook Avenaga qararkan Avena unga jilmayib qõydi. Bu esa Taehyungni yanada asabiylashtirdi.
:Õtiraqol õğlim, yaxshiyam kelibsan gaplashadgan gaplar kõp edi/dedi janob Min. Uning bu gaplaridan Avena õzini õnlab Jungkookga joy kõrsatib uni õtirgizmoqchi bõldi.
:Xaa aytgancha hayolimdan kõtarilibti bu gullar senga edi. /Dedi Jungkook hijolat bõlgancha kulib.
:Qirmizi lolalar, haliham yodingdami?/Avena hayajon ila ularni Jungkookning qõlidan olar ekan ularga janob Min xursand xolda qarar, Taehyung esa yeb qõygudek qarardi. Min xonim esa bularning hech biriga etibor bermay ovqatlanib õtirar gohida ularga qarab qõyar edi.
:Albatta qanday yodimdan chiqsin axir bularni yoqtirasanku.
:Rahmat katta Jungkook/ Avena shunday degancha lolalarni xizmatkordan xonasiga olib chiqib qõyish uchun berib yubordi.
:Rahmat aytishga xojat yõq/ Jungkook unga tabassum qilgancha joyiga õtirdi. U Min xonimning oldiga õtirgan edi. Avena esa yana noiloj Taehyungning yoniga õtirdi.
Taehyung bularni tushunmay õtirganini sezgan janob Min ularni bir biriga tanishtirdi.
:Sizlar bir bringizni tanimaysiz, shuning uchun tanishtiraman. Jungkook bu buving Min xonimning õğli mening ikkinchi õğlim Kim Taehyung. Avenaning amakisi./bu gap Taehyungni yanada asabiylashtirgan edi. Ammo sezdirmaslikka harakat qilib qõllarini musht qilib õtirdi./ Taehyung bu Jeon Jungkook Avenaning yoshligidan unashtirilgan yigiti. Sen bilsang kerak Jeon kompaniyasi haqida?
Taehyung halihamon bir sõzni õylardi. "Unashtirilgan yigiti" bu unga ta'sir qilgandi. Janob Minning keyingi gaplarini eshitmadi. Buni sezgan Avenaning kõngli joyiga tushib endi hammasi iziga tushadi degan hayollar qoplab olgandi.......