March 9, 2025

WITH LOVE

(Ep2)

Insonni ham ruhan, ham jismonan charchatadigan narsa bu - qadriga yetmaydiganlarga fido boʻlaverishdir...

Pov/Minsu:
Qadamma-qadam qarshimdagi yigit tomon ketar ekanman hayolimda turli xil oʻylar paydo boʻla boshladi. Koʻrinishidan ancha kelishgan va sovuq aurali yigit meni oʻz domiga tortardi.

Minsu sekin qadamlar bilan Jungkookning qarshisidagi stulga joylashdi. Jungkook u kirib kelganidan beri nigohlarini qizdan uzmagandi. Tabiiyki, bu Minsuni biroz gʻalati holatga soldi.

-Salom men Min Minsuman janob Minning qizi./ Minsu shunday deb Jungkookga qarab qoʻl choʻzdi.

-Men esa Jeon Jungkookman, tanishkanimdan xursandman./ Jungkook ham javoban uning qoʻlini siqib qoʻydi.

-Janob men...

-Meni janob deb atama Jungkook deb chaqirishing mumkin/ Jungkook qizning gaplarini boshlamasdan boʻldi.

-Ha mayli, Jungkook meni qizaloq deb atashingizga qaraganda mendan anchayin kattasiz.

-Bu bilan yoshingiz nechchida demoqchimisan?/ Jungkook kinoya bilan kulib qoʻydi.

-Ha, toʻgʻrisi ochiqchasiga soʻrashga biroz hijolat boʻldim./ Minsu mayin jilmayib yelkalarini qisib qoʻyarkan unga tikilib turgan yigit birdan oʻzgacha hislarni tuydi.

-hozir 27da sen esa 17yoshsan. Nega bunchalar e'tiborsizsan axir yaqinda toʻyimiz boʻladi?

-Aaa nahotki 27yosh boʻlsangiz, ishonmayman bu darajada emasda /Minsu hayron qolganini yashira olmadi.

-Koʻrinishingizdan ancha yoshga oʻxshaysiz demoqchimisan?

-Yoʻq unday emas, boshqa narsa bilan bogʻliq.

-Nima yosh emasmanmi?

-Oʻzingiz oʻylab koʻring men 17yoshman xoʻsh?

-Toʻgʻri ancha yoshsan ammo hech narsani oʻzgartira olmaysan, rozimisan yoʻqmi hammasi hal.

-Buni bilaman ammo siz ham bunga qarshisiz toʻgʻrimi?

-Bu hech nimani oʻzgartirmaydi!

-Demak norozisiz, menda taklif bor

-Men va sening otangga bu toʻy hozir judayam zarur chunki ayni damda zararga kirishimiz mumkin buni bilasanmi?

-Nima xozir men qayoqdagi kompaniyani qutqaraman deb oʻzimni qurbon qilishim kerakmi? Buni menga aytishmagan edi.

-Boshqa chora yoʻq men ham kichkina qizaloq asrab olgim yoʻq bolalarga toqat qila olmayman. Lekin majburman.

-Majbur emassiz bu toʻy boʻlmaydi men sizga turmushga chiqmayman

-Qanday qilib otang bunga qarshiku?

-Men otamni yagona qiziman va toʻydan ketaman. Meni istamaysizlar, shunday qilib meros mendan sizga oʻtib ketadi. Men ketsam otam shuncha narsani baribir kimgaham berardi. Xoʻsh rozimisiz?

-Qoʻlingdan kelsa sinab koʻr lekin men bu gaplarni eshitmadim deb hisoblayman. Men faqat zararga kirmasam boʻldi.

-Unda kelishdik / Minsu shunday deb yigit tomon qoʻlini choʻzdi. Javoban Minsuning qoʻlini siqib qoʻygan Jungkook ayyorona jilmaydi.

Jungkook.

-Ha mayli unda men kettim ishlarim koʻp edi/ Jungkook shunday degancha menyu ichiga hisobni qoʻyib u yerdan ketti.

Pov/Minsu:

Vanihoyat hamasidan qutildim. Nahotki bu shunchalar oson kechgan boʻlsa, ishonish qiyin nimadir notoʻgʻridek...

Jungkook restorandan chiqib mashinasiga oʻtirdi va biroz hayollarga berilib qoldi.

Pov/Jungkook:

Nima shunchalar osonmi? Hamasini qanday tashlab ketmoqchi? Chindan ham haliham bolaligiga ishondim. Qanday qilib yakka oʻzi ketishi mumkin. Baribir ketolmaydi ketish oson emas.

-Uuf jin urgur menga nimalar qilyapti aa menga nima ketsa ketavermaydimi. Ketsa yaxshi emasmi menga?

Jungkook asabiylashgancha oʻziga oʻzi gapirib rolga ikki uch marotaba zarba berdi. Va oʻzini yigʻib olgancha mashinani oʻt oldirib kompaniya tomon yoʻl oldi.

Minsu restorandan mamnun holda chiqib toʻgʻri dugonalari oldiga bordi. Kafeda ikki dugona Minsuni kelganini koʻrishdi.

Minsu.

Rona:Bu yerdamiz Minsuu

Minsu:Men keldim...~deya Minsu qizlar oldiga joylashdi.

Avena: Xoʻsh uchrashuv qalay oʻtdi?

Minsu: Biz Jungkook bilan kelishdik, u ham toʻyga rozi emas ekan, shunday qilib agar men ketaolsam u qarshilik qilmaydi.

Rona: Ooo ana bunisi juda yaxshi boʻlibtidaa

Avena: Xanchi? Bulardan xabardormi?

Minsu: Endi aytaman. U hozir shahardan tashqarida. 1haftadan soʻng qaytadi. Shunda hamasini gaplashib olamiz va bu yerlardan ketamiz...

Rona: Unda muammolarni yopamiz va rohatlanamiz kelishdikmi?

~Kelishdik- qizlar baravariga javob berib qoʻl tashlashdi.

Vaqt-beshavqatdir. Oʻz yoʻlida hech kimni ayamay yanchib ketadi. Irodasi mustahkam insonlargina hayot uchun kurashib, oʻzi uchun harakat qiladi. Va vaqt bilan boʻlgan urushda gʻalaba qozonishadi. Ammo qolganlarchi? Ularni vaqt yutib yuboradi va mazmunsiz holatga keltirib qoʻyadi. Bu insonlar magʻlub boʻlishadi. Yashash ayni damda oson ish emas...

Oradan 1 hafta oʻtdi.

Pov/Minsu:
Mana oʻsha kun keldi. Xan bilan gaplashib olaman. Va maqsadimga yana bir qadam yaqinlashaman. Balki bu ilk qadamim boʻlar, ammo hal qiluvchi qadam shu boʻladi. Hammasi Xanga bogʻliq,
Meni uyaltirib qoʻyma, Xan...

Minsu erta tongdan turib, oʻziga oro berib Xan bilan boʻladigan uchrashuvga tayyorlana boshladi.
Yengil pardoz qilib sochlarini turmakladi. Garderobini ochib oʻzining eng sevgan koʻylagi, Xan olib bergan yenglari uzun oʻzi biroz kalta va oldilari hiyol ochiq boʻlgan pushti rangli koʻylagini olib kiydi. Bu koʻylak Minsuning goʻzalligini yaqqol koʻrsatib berardi.

Minsuning kiyimi.

Minsu tayyorlanib boʻlgach taxi chaqirib Xanning uyiga bordi. U Xanga kelishi haqida ogohlantirib qoʻymagan edi. Bundan biroz hijolat boʻlsa-da gaplashadigan gapi muhimligi uchun qatʼiyatini toʻplab uy eshigi qoʻngʻirogʻi chaldi.

Minsu qoʻngʻiroqni chalar ekan hech kim chiqmadi. Noiloj qolgan Minsu orqa tarafdagi bogʻ eshigidan uy ichiga kirdi. U uy ichiga kirib birinchi qavatdan hech kimni topolmagach ikkinchi qavatga Xanning yotoqxonasiga bordi. Eshik hiyol ochiq boʻlib ichkarini koʻrsa boʻlardi.

Minsu eshik tirqichidan sekin moʻralab qarar ekan i yerda Xan bilan bir qizni yotoqda uxlayapkanini koʻrdi. Koʻrdiyuu~ yuragi chilparchin boʻldi. Yigʻlab ovoz chiqarmaslik uchun ogʻzini qoʻli bilan berkitib tezda pastki qavatga tushdi soʻng uyni tark etdi.

Pov/Minsu:
Oyoqlarim oʻzimga boʻysunmayapti, hayollarim chalkash, yana bitta xiyonat men qanday yoʻl tutishim kerak, uni yana kechira olmayman bu birinchisi yoki ikkinchisi ham emas, har narsani ham evi bor axir... Bilmayman menga nafas yetishmayapti oyoqlarim aqlim qayerda bilmayman ammo hozir oʻlishim mumkin....

Minsu hayollari chalkash holda hech narsaga eʼtibor bermay katta yoʻlga chiqib ketti. U qayerda ekanini ham bilmasdi. Ammo birdan baland signal ovozi, mashinaning yorqin chiroqlari uni karaxt holga keltirib qoʻydi. U na keta olardi na qola olardi. Aqli ketishni istasa oyoqlari oʻziga boʻysunmas edi.

Yerga choʻkkalab oʻtirib quloqlarini ikki qoʻli bilan mahkam berkitib olgan Minsuning oldiga bazoʻr toʻxtagan mashinaning gʻildiraklari asfaltga ishqalanib chidab boʻlmas vahimali tovush chiqardi. Minsu haliham ogʻriqni his etmagani uchun sekin koʻzlarini ochib boshini koʻtardi.

Qarshisidagi mashinadan hovliqqancha qoʻrquvdan oqarib ketgan yigit tushib, Minsuning yoniga yaqinlashdi. Minsu oʻziga hech nima qilmaganini koʻrib atrofga alanglagancha boyadan beri yuragida qattiq ogʻriqni his qilgan boʻlsa ham koʻzlaridan yosh chiqarmaslikka harakat qilayotgan boʻlsa endi aksincha ularni qoʻyib yubordi.

Minsuning ahvolini koʻrgan Jungkook shoshib qoldi. Ha bu Jungkook edi. Minsu unga etibor qaratmasdan yigʻidan oʻzini tiya olmasdi. Jungkook uning ahvolini koʻrib qoʻrqib ketgan deb oʻyladi.

~Minsuuu, oʻzingni bos, qara hech narsa qilmadikuu - Jungkook yerga tizzalab oʻtirib Minsu yelkalaridan ushlab oʻziga qaratdi.

Jungkook va Minsu tasavvur qilish uchun.

~Nega urib yubormadingiz, yashashni istamayman axiiirr...- Minsu piqqilllab yigʻlab oʻzini Jungkookning bagʻriga otdi.

~Aqlingni yedingmi? Nega unday deysan? Hayot senga oʻyinchoqmi? Men seni qoʻrqib ketting deb oʻylabman.-Jungkook unga jahl aralash vazmin gapirdi.

~Men yana oʻsha laʼnati tuygʻuni his qilyapman bu qanchalik ogʻirligini bilasizmi? Oʻzingizni keraksizdek bir buyumdek his qilgamisiz bir marta boʻlsa ham? Men buni har kuni his qilaman. Otam mendan soʻramasdan taqdirimni umuman tanimaydigan inson bilan bogʻlab qoʻydi. Meni qarorlarim bilan hech kimni ishi yoʻq, sevgandim hammasiga qaramay qalbimda bir gul oʻstirgan edim. Hayotimda mehr koʻrmagan boʻlsam ham bir insonga mehr bergandim, ammo, oʻz otasiga keraksiz qiz qayoqdagi begonaga kerakmidi? U ham meni aldadi koʻzlarimga qarab turib aldadi. Bir emas bir necha marotaba. Siz bularni qayerdan ham bilardingiz. Men yashashni qanday istashim mumkin shuncha ish boʻlib turganda? Men charchadim hamma hammasidan...

~Kechir men bilmagandim, xohlasang yur seni bir joyga olib boraman, oʻzinga kelib olasan - Jungkook shunday deya qarshisida yigʻlab hattoki nafasini ham toʻgʻri olomayapkan qizni koʻz yoshlarini kafti bilan artib uni turishiga yordamlashdi.

Jungkook va Minsu tasavvur qilish uchun.

~Boʻldi tinchlan oʻzingni boʻsh qoʻy, chuqur nafas ol, oʻzinga kel oldingda men borman...-Jungkook shunday deya qizni mahkam bagʻriga bosti. Minsu esa qarshiliksiz uni quchib biroz yelkasiga bosh qoʻyib yigʻladi.

Pov/Minsu
Hayotimda ilk marta bunday yengillikni his qilyabman qarshimdagi yigit meni hech qanday minnatsiz meni yupatyapti. Hattoki onam ham menga bunday munosabatda boʻlmagan edi. Ammo bunday qilolmayman bu ishim noʻtoʻgʻri uni oʻzimga yaqinlashtira olmayman, men Xan emasman unga xiyonat qilolmayman qalbimda hali hanuz u bor toʻgʻrisi bundan nafratlanib ketyapman. Qanday qilib haliham uni sevishim mumkin?...

Minsu oʻzini qoʻlga oldida Jungkookning bagʻridan chiqib tezda mashinaga oʻtirib oldi. Bir soʻz ham demadi. U oʻzini noqulay his qila boshladi.

Pov/Jungkook:
Bu qanday iliq tuygʻu? Nimasi bu ? Menga nimalar boʻlyapti? Oʻzimga oʻzim ishona olmayapman. Bagʻrimdagi mitti qizaloq menga huzur bagʻishlayapti, ammo, ayni paytta men unga dalda berishim kerak emasmi? Oʻzi yosh boʻlsaham shuncha narsaga chidash oson emas albatta. Hozir oʻzimni kichkina qizaloqni ovutayotgan otaday his qilyapmanmi yoki... Yoki nima, nima boʻlishi mumkin uuff oʻzimga oʻzim tushunmay qoldim.