March 15

21-asr muammosi va unga yechim: o'z vaqtimizni qanday boshqarish kerak?

Anchadan buyon o'ylab kelaman, biz Yevropa va Amerika yoshlariga nisbatan aqliy sekin rivojlanishimiz, rivojlanish uchun sharoitimiz bo'lmasligi mumkin. Lekin bugun, o'zimda rivojlanish, o'sish uchun yetarlicha sharoitim bo'la turib, vaqtimni bekor sarflashni boshlaganimda, huddi narkoman ka'bi, tugallanmas lentaga ega platformalar videolarini ko'rishni boshlaganimda tushunib yetdim. Rivojlangan davlatlardagi kuchli odamlar, yoshlarni juda kuchli psixologik ta'sir orqali video-kontentlarga qaram qilib qo'yishdi. Ular juda ham ko'p vaqtini foydasiz kontent ko'rish bilan o'tqizyotgan bo'lishi mumkin.

Tugallanmas video-lentaning salbiy ta'siri haqida alohida postda chuqurroq ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin: https://teletype.in/@ruzibekov/ijtimoiy-tarmoqlar

Fantaziyalarga berilish, hayotimda ko'zga ko'rinarli natijalarga erishmaslikdan va eski hayotimga qaytishdan qo'rib, bugundan Youtube, Instagram, Twitter platformalaridan to'liq vos kechishni tanladim. Youtube boshida foydali videolarga to'lgan platforma bo'lishi mumkin (yoki biz shunday deb o'ylaganmiz). Lekin men, so'ngi vaqtlarda Youtube platformasidan hech qanday hayotimga foydali o'zgarish kiritadigan ma'lumot olmayapman. Barcha kontentlar vaqtni o'g'irlash vazifasini bajaryapti. Dasturlash sohasida kerak bo'layotgan ma'lumotlarni Medium, Xabr va boshqa shunga o'xshagan yozuvli kontentlardan iborat bo'lgan platformalardan olyapman. Hayotimda videoli kontent juda ham kam yordam bergan. Asosiy bilimim yozuvli kontentlardan. Lekin men, ishdan keyingi bo'sh vaqtim va dam olish kunlaridagi asosiy vaqtimni videoli kontentlarni ko'rish bilan o'tqizyapman.

Internetda "shaxsiy rivojlanish" haqida kontent tayyorlaydigan blogerlardan eshitishingiz mumkin: "Instagram, Youtube va shunga o'xshash platformalarda ko'p vaqt o'tqazish, rivojlanishingiz uchun salbiy ta'sir qiladi. Lekin ulardan to'liq vos kechish shartmas, foydalanish vaqtini qisqartirsangiz bo'ldi". Ular, video-kontentlar orqali olayotgan daromadlarini yo'qotishni hohlashmaydi. Shuning uchun, shu gaplarni aytishadi. Men kompyuter o'yinlarini juda yoqtiradigan, bolaligimda juda ko'p o'yinlar o'ynaydigan bola bo'lganman. O'yinlar men uchun huddi narkotik ka'bi edi, hayotimni to'liq o'yin o'ynab o'tqizishni hatto orzu qilganman. O'yinlarning salbiy ta'siri mavjud, bu haqida ham alohida postda o'qishingiz mumkin: https://teletype.in/@ruzibekov/editor/mPe5Cw3lk_Y

Hayotiy tajribamdan kelib chiqib, shuni ayta olamanki, Narkotikning kami yoki ko'pi bo'lmaydi. Hammasi insonga ta'sir qiladi. Shunchaki kamroq va ko'proq ta'sir qilishi bilan farqlanadi. Lekin kamroq ta'sir + vaqt = ko'proq ta'sir formulasi bilan ishlaydi, ya'ni vaqt o'tishi bilan, barbir dozani oshirasiz. Shuning uchun, biron yomon odatni tashlamoqchimisiz, butunlay tashlang, kamaytirib, kamaytirib keyin tashlash mumkin deb o'ylamang.

Videoli kontentlar ko'rmaslikning asosiy minusi sifatida, foydali ma'lumotlar ololmaslik sababi keltiriladi. Youtube-da inson kasbi, hayoti uchun foydali bo'lgan videolarni ko'rishi mumkin. Lekin Youtube ham ko'ngilochar kontent-larga to'lib ketgan. Ular sizni maqsadizdan chalg'itishadi va chalg'imaslik uchun 1 usuldan foydalanishni boshladim.

Barcha ijtimoiy-tarmoqlarni telefonimdan o'chirdim, noutbukdan kirmaslik uchun, brauzerga ma'lum bir saytlarni ochilmaydigan qilish uchun kengaytma o'rnatdim. Endi men Youtube, instagram, Twitter saytlariga kirolmaydigan va kirishni hohlamaydigan darajaga keldim. Lekin foydali kontentni qayerdan olsam bo'ladi va bu platforma meni chalg'itmaydi. Post Sovet davlatlarida mashhur bir platforma bor, Telegram. Shu platformadan anchadan buyon foydalanib kelaman, asosan insonlar bilan yozishish yoki video-qo'ng'iroqlar uchun foydalanaman. Lekin Telegramda har qanday mavzudagi kanallarga ulanib, bizga kerak bo'ladigan foydali kontentdan foydalanish mumkin. Telegramda "Tavsiya algoritmlar"i mavjud bo'lmaganligi sababli, siz hohlamagan kontent, sizga ko'rsatilmaydi. Undan tashqari hozirda Youtube-da joylangan video-larni telegram orqali ham ko'rsa bo'larkan. Plus tomoni, ko'rib bo'lganingizdan so'ng, sizga yana boshqa videolar tavsiya qilinmaydi.

Hayotingizni yaxshi tomonga o'zgartirish, o'z qo'lingizda, sizga hech kim yordamga kelmaydi.