January 31, 2021

SUVGA OQQAN MAKTUBLAR


O‘zim bilmagan holda g‘ayriodatiy bir voqeaning
tasodifiy ishtirokchisiga aylanib qoldim. Sirni biladigan
bir kishi edi. Men bilan ikki kishi bo‘ldi, keyin esa…
Keling, yaxshisi sizga bu voqeani boshidan so‘zlab
beray.

O‘shanda o‘n besh yoshlardagi chaqqon, bo‘z yigit-
man. Yetmish ikki tomirimda qon bilan birga qiziquv-
chanlik oqardi. Ayni shu damlarda o‘z-o‘zimga bergan
bahoyim shunday edi: nazdimda mendan-da shovvoz,
har qanday ishni eplaydigan yigit yo‘q.
Ayni yoz chillasi emasmi, issiqdan odamning nafasi
bo‘g‘iladi. Uyimizni o‘z ichiga olgan kichkinagina bog‘i-
miz bor. O‘sha bog‘dagi mevali-mevasiz daraxtlar
barglari suvsizlikdanmi, yoki haddan tashqari ko‘tarilib
ketgan ob-havoning haroratidanmi, kuz kelmasdan burun
sarg‘ayib ketgandi. Otamning maslahati bilan qishloq
yuqorisidan o‘tuvchi kanaldan suv bog‘lab kelgani
bordim. Kanalning suvi ham ancha qurib, tortilib qolibdi.
Ariqqa suvni ochib yubordim-da, kanal sathi ko‘tarilsin
deb, bir ikkita daraxtning katta-katta, quchoqqa sig‘may-
digan chirib qolgan tanasini amallab sudrab kelib, oqib
ketmaydigan qilib suvga tashladim. Ariqda suv biroz
ko‘tarilganday bo‘ldi. Shundan so‘ng yana uyga qayt-
dim. Daraxtlarni sug‘orib bo‘lgach, band boshiga keldim.
Hali to‘g‘on sifatida suv yuziga tashlangan daraxt to‘n-
kalarini olib kelmoqchi bo‘lgan edim. To‘satdan to‘n-
kaga taqalib turgan shishaga ko‘zim tushdi. Uni qo‘-
limga oldim. Gazli suv idishining og‘zi yaxshilab berkitil-
gani uchun suv shishaning ichiga sizib kirmagan. Meni
hayron qoldirgan narsa shishani o‘zi emas, balki uning
ichidagi naydek yumaloqlab o‘ralgan qog‘oz edi.
Shishaning mahkamlangan og‘zini amallab ochib, uning ichidan qog‘ozni sug‘urib olgach, uni qandaydir
xat ekanini bildim. Xatga qiziqib, ariqchaning qulog‘ini
berkitish ham yoddan ko‘tarilib ketibdi. Tobora qizarinib
botishga shaylanib borayotgan quyosh shafaqlari ostida
xatni o‘qiy boshladim. Unda shunday satrlar bor edi:
Maktub – II
"Assalomu alaykum M. aka. Namozshomgul barg-
lariga tabassum siniqlarini chizib, ortidan ko‘z yoshlari
ila imzo qo‘ygancha, tongda g‘oyib bo‘ladigan shabnam
misol bir telba xayolingiz sizga bahor keltirdi. Kaftingizni
oching. Bu bahor maysaning tomirida uxlab, uning
sabza urgan nishlarida uyg‘ondi. U yoq-bu yoqqa
qarab esnadi-da, chik-chik yerga sakradi. Shunda men
kapalak tutganday bir erkalab, uni tutib oldim. Ehtiyot
bo‘ling, u juda sho‘x, qo‘liga pistaqi rang bo‘yog‘ini
olib har tomonga sachrataveradi. Ko‘z ochib-yumgun-
cha jumlai jahon shodlik rangiga burkanib oladi. Ana
shu lahzalarda sizni o‘sha mitti musavvir yonidan o‘tib
qolishingizni uzoq kutgan bir qaldirg‘och bor. U
ko‘nglingizni o‘zingizga ham qorong‘i sinchiga in qurib
olgan. Ayting, uni o‘sha yerda yashashiga izn berasizmi?
Haydab chiqarmaysizmi, yurakka aylangan toshlarni
otib. U ko‘zingizdan ishq tilanib boqsa savalamaysizmi
kipriklaringiz bilan. Haydasangiz baxt ko‘chasigacha
kuzatib qo‘ya olasizmi? Yo‘q, aslo, bu ko‘chani bil-
mayman demang. Har kuni siz hovlisidan rayhon hidi
ufurgan eshik yonidan o‘tib qaytasiz. Baxt deraza pardasining ortida sizni poylab turgan bo‘ladi. Ammo
ko‘rmaysiz.
Siz qaldirg‘ochni quvlab chiqarib, barini sovuq bir
hazilga yo‘ygancha, qo‘lidan tutib qololmaganingiz kabi.
Uning jovdirab turgan ko‘zlariga boqib baxt uyi shu
yerda deya olmaganingiz kabi men ham sizga uning
kimligini aytmayman. Juda qiziqsangiz mo‘ralab qochayot-
gan nigohlarga to‘r tashlang. Balkim tanib qolarsiz. Ammo
bir narsani bilingki, uchib ketgan bu qaldirg‘och aslo ortga
qaytmaydi. Hurmat ila, kuyunchagingiz V.".
Bu xatni o‘qidim-u uzoq o‘ylanib qoldim. Uni
kim yozdi ekan? Qiz bolaligi aniq. Men tanirkanmanmi.
O‘zimizning qishloqdanmikin yoki yuqoridanmikin.
To‘xta. "Maktub – II" debdimi. De mak, bundan
chiqdi uning birinchisi ham bo‘lgan. Lekin birinchisi
qayerda ekan. Oqib o‘tib ketdimikin? Esiz, birinchisini
ko‘rolmadim-da.Demak, xatning uchinchisi ham bo‘li-
shi mumkin. Kim ekan-a, bu qiz? Yigit-chi, yigit kim
ekan. Bu qizni shunchalik sevib qolishiga qaraganda?
Kelishgan yigit bo‘lsa kerak.
Xatning xayoli bilan bo‘lib, ariqning qulog‘i berki-
tilmay qolgani endi yodimga tushdi. Qosh ham qorayib
qolibdi. Tezda suv yo‘lini to‘sib, uyga yo‘l oldim.
Uyda xatni qayta-qayta o‘qib chiqdim. Ammo buni
kim yozganligini sira bila olmadim. Shu sabab qiziqishim
battar kuchaydi. Shu kundan boshlab kanal yoqasidan
beri kelmaydigan bo‘lib qoldim. Uni-buni bahona qilib har kuni kanal yoqasiga boraman. Qolgan xatlarni
topish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman.
Xatni oqshom payti oqib o‘tib ketib qolmasligi uchun
suv yuziga shox-shabbalardan to‘g‘on qurib qo‘ydim.
Shishaman degan hammasini bittalab, erinmasdan ko‘rib
chiqaman. Shishada men izlagan narsa bo‘lmasa, uni
xafsalasizgina chetroq joyga uloqtirib yuboraman. Hay-
riyatki, izlanishlarim besamar ketmadi. O‘ylaganimdek,
xatni yozgan kishi uni kunora suvga oqizgan. Shu
sababdan ularni hech qiynalmasdan to‘g‘onchadan tutib
olar edim. Birinchi va oltinchi xatlardan boshqa hamma
xatlarni topishga muvaffaq bo‘ldim. Ularning qisqacha
mazmuni shunday edi.
Maktub – III
"Assalom M aka. Tashqariga bir qarang, yomg‘ir
yog‘yapti. Yo‘q, siz yaxshilab qarang, bu yomg‘ir emas,
achchiqqina ko‘z yoshlari-ku. Hozirgina bir sharpa
shu ko‘z yoshlar ostida rosa ivib keldi. Borma dega-
nimga qaramasdan ko‘ngil ko‘chalarini aylangani ket-
gandi. Bilasizmi, u nimani ko‘ribdi. Maktab oshxonasi
devoriga bir zamonlar kimdir yozib ketgan "M+V"
degan yozuvlarni. Ajabo, hali ham o‘chmagan ekan-da.
O‘sha kimdir birovlarga azob berib yaxshi ko‘rar
edi. Esida turgan bo‘lsa, yoshligida opasining chaqalog‘ini
ko‘tarib chiqqan qo‘shni qiz hovliga soya tashlasa, qo‘li-
dagi go‘dakni olib, o‘ynatib-o‘ynatib bir chimchib yig‘-
latib qochardi. Qo‘shni qiz ortidan koyib qolar ediyu, ammo bilardi, bu ishni biror bir g‘arazlik uchun emas,
balki suyib yig‘latganidan qilardi. Hozir ham biladi.
Chimchilangan qalb yarasi oson bitmas ekan-da.
Onam chaqiryaptilar xatimga shu yerda nuqta qo‘ya-
man, V».
Maktub – IV
«Qashshoq umidlarim qo‘lidan hech narsa kelmayapti.
Bugun yo erta u naqd ko‘ksimga qulab tushadi. O‘shanda
to‘rga ilingan baliqday yig‘lab, ko‘z yoshlarimni meni
bo‘g‘ayotgan borliqqa ulab yuborsam kerak. O‘zim
bilan arazlashib gaplashmay qo‘yishim aniq. Ahmoqning
savog‘iday uzun yo‘llardan har kun aqldan ozgan
xayolimni kuzatib qo‘yaman. Ammo u har safar qar-
shimga bosh egib, quruq qo‘l bilan qaytib kelaveradi.
Kimsasiz bog‘da o‘rindiq ikki begonani kutib
sarg‘aysa bizga nima. V.".
Maktub – V
"Salom M. aka. Tasavvur qiling. Tomdan tomchi
tomadi chik-chik. Bir tomchi tushdi. Birozdan so‘ng
yana bir tomchi. Necha tomchi qoldi. Bir tomchi. Axir
ikki tomchi tushgandi qani bittasi? Tuproqqa singib
ketdi. M aka, nega bularni menga yozgan ekan bu tentak
qiz, deya hayron bo‘larsiz, balki? Hozir tushuntiraman.
Nol raqami o‘ziga juda mos tushgan. Negaki, "0"
nol ichi bo‘m-bo‘sh. O‘z nomi bilan nol-da. Matematik
hisobdan olib qaralganda, har qanday raqam noldan
boshlanib, nolda tugaydi. Agar butun bir koinotni cheksiz bo‘shliq, ya'ni nol deb oladigan bo‘lsak, nollar
o‘rtasida raqamlar bo‘lgani kabi koinotda ham bo‘sh-
liqdan bo‘shliqqacha bo‘lgan bo‘shliqda hayot bor
ekan. Demak qisqa qilib aytadigan bo‘lsak, inson bolasi
ikki nolning o‘rtasida yasharkan.
Shundan kelib chiqib, M sizsiz ham V baribir
yashashga mahkum, degan xulosaga keldim. Lekin bilasiz,
qaldirg‘och qancha vijirlagani bilan baribir qishdan
qo‘rqadi.
V.".
Maktub – VII
«Vaqt ustidan qah-qah otib yig‘ladim. Ikkalamiz
hech dugona bo‘lolmadik u bilan. Doim aytganini ba-
jartirishga o‘rgangan tannoz. Tunov kuni tuyg‘ularimni
bosib chil-chil sindirib ketdi. Tutib olib sochini yulmoq-
chi edim, yetolmadim. O‘ksidim. Bilaman ko‘ngilning
peshonasi yo‘q. Ammo taqdiri bor. U chaqmoqning
soyasi tushgan bor-yo‘g‘i oppoq qog‘ozga o‘xshaydi.
Yo‘qchilik qat-qat bukkani bilan u sof qolmog‘i kerak.
Unga astronomik nigohli dil izhorlar bilan, balkim baxt-
ning surati chizilar, zero dog‘ tushgan qog‘ozni ishlat-
maydilar, g‘ijimlab axlat chelakka uloqtiradilar.
Men ham qo‘limga zarrabin tutib, g‘ijimlangan
ko‘nglimdan shuni topdim:


Menga haqiqatni gapirgin olov,
Alahlab o‘yg‘otgan tushingdan so‘zla.
Hilol haqqi yovvoyi bir ifor chiz Mudragan ertaklar evrilsin bari.
Ulgu bersin ushshoq ahli uchun bir,
Doshqozon yuzini qoplagan mujda.

She'r qanday yoziladi, men bilmayman. Bu shunchaki
qalbim to‘riga cho‘kkan qirindilar, xolos. Tongda qushlar
chug‘uri naqadar naqshin. Shu chog‘da bu satrlarni
hovlimizda o‘ynab yurgan shabbodaga o‘qidim.
Bilmadim, yetkazarmikan... Eltsa-da endi kech.
Bog‘imizda bir gul bor edi. Avvaliga otam qattiq
mehr berib qarab yurdi. Ammo baxtga qarshi yaqin
ikki yil bo‘ldi. U qurib qoldi. Otam uni "endi odam
bo‘lmaydi", deya ildizi bilan sug‘urib tashlab, o‘rniga
boshqasini ekib qo‘ydi. Men ham otamni qiziman
shunday qilaman. V".
Maktub – VIII
"Chaqmoq osmonni kesilgan bargday ikkiga ajratib
tashladi. Shunda men ilkis soyamni uchratib qoldim.
Kunduzi yetmaganday u kechasi ham ortimdan ergashib
yuribdiykan. Qop-qora kiyinib olgan.
Menga nimanidir gapirmoqchi edi, ammo doimgiday
til tishlab qoldi. Axir u soya-da, u nimadir ishora
qilishi mumkin. Yoki siniq jilmayishi, arazlasa teskari
o‘girilib yig‘lashi mumkin. Ammo ishoning, soyalar
hech qachon gapirmaydi.
Nogoh bugun uni anglab qoldim. Uning ko‘zlarida
"birovlarning birovi" menga qo‘llarini paxsa qilib baqirardi. Mening orzularim, oppoq qordek beg‘ubor orzularim.
Lekin ular qordek sovuq emasdi. Issiq qor edi. Bugun
sen oppoq liboslarga burkanib olib, shaffof dilimni
qora qilding. Avvallari iliq qorlar uzra gullar unardi.
Dilim ichra qish qo‘ynida bahor bor edi. Endi... ko‘z-
larimdan oqqan yosh kipriklarimda muzlab qolmoqda.
Kaftimni peshonamga soyabon qilib, qattiq tikilib tursam
qishdan so‘ng kuz kelayotganga o‘xshaydi. Shundanmi,
qalbimdagi qirov boshimga oralay boshladi. Avvallari
oqshomlar sutga chayilgan bo‘lar edi. Endi bebosh
kunduzlarimning ham rang-quti o‘chib bormoqda.
Sendan iltimos, sochlarimga yog‘ayotgan kapalak qor
abadiy muzlikka aylanmasdan burun yuragingning
hovuriga quloq tut. Oppoq qor yerga qo‘nsa tuproqqa
qo‘shilib ketadi. Gardsizligiga putur yetadi. Iltimos,
to‘xtatib qol! Ko‘zlaringni och! Uyg‘on! Uyg‘on!!!
Kipriklarim tunning yuzini yuvib tongga aylantirdi.
M. aka sizdan bir o‘tinchim, endi tushlarimga kirmang...
V".


Shu voqeadan so‘ng, oradan yillar o‘tdi. O‘tgan
yillar mobaynida bu xatdagi satrlarni o‘qiyverib yod
olib qo‘yganman, desam adashmayman. Men ularning
egalari ustida ko‘p izlanishlar olib bordim. Siz va men
uchun noma'lum bo‘lgan M. va V. harflari bilan
boshlanuvchi ismlar V. xonimimiz o‘z ismini va sevgani
M.ni "VII – Maktub"dagi she'rga shunday joylashtir-
ganki, she'r satrlarining boshlanishidagi harflarga sevganining, satr oxiridagi harflarga esa o‘zining ismini bekitadi.
Bu she'r badiiy adabiyotda muvashshah deb yuritiladi.
Ehtimol uni she'riyatni tushunadigan odam she'r deb
ham hisoblamas. V. ning maqsadi she'r yozish emas,
u bu satrlar orqali yashirgan sirini jumboqli qilib ochib
bergan. Albatta, buni anglash uchun o‘quvchi g‘oyat
sezgir bo‘lishi darkor. Men ham bu sirni ochmoqchi
emasman. Mayli, V. yashirgan sir sirligicha qolaver-
sin. Hamma o‘zi uchun bu sirni kashf eta qolsin. Men
ham bu sirni tasodifan anglab yetgan chog‘imda bu
qahramonlarimiz hayotida ham turlicha o‘zgarish bo‘lga-
nini bildim. Endi aziz o‘quvchim, men sizga V.ni
yaqindan tanishtirmoqchiman.
U oilasida to‘ng‘ich farzand bo‘lib, ota-onasi o‘zlariga
to‘q odamlar edi. V.ning otasi tadbirkor, savdo ishi
bilan shug‘ullanuvchi kishi bo‘lib, uning ko‘pgina do‘kon-
lari bor edi. Qiziga kuyovni ham otasining o‘zi topgandi.
Onasi esa qishloqdagi muallima, ona tili va adabiyot
fanlaridan dars berardi. Ular oilasida to‘qqiz kishi,
ota-onasi bilan, albatta. Otasining puli ko‘p narsaga
yetardi. Afsuski, ayrim narsalar borki, ularni pul bilan
ham sotib olib bo‘lmas ekan. Ya'ni, o‘z pushtidan
bo‘lgan o‘g‘il farzandni. Chunki Rahmon Safarov shu
yetti qizidan bittasi, albatta, o‘g‘il bo‘lishini juda-juda
xohlagan. Lekin ona tili va adabiyot o‘qituvchisi
Muhayyo Safarova Rahmon Safarov bilan o‘chakish-
ganday yetti farzandni ham qiz qilib tuqqan. Ular noiloj taqdirga tan berdi. Qiz bo‘lsa ham farzand,
berganiga shukr, deyishdi. Endi V.ga kelsak, qish-
log‘imizda ikkita chiroyli qiz bo‘lsa, uning bittasi shu.
Agar bitta bo‘lsa, o‘sha ham shu qiz. Demak, shunday
ekan, sizga uning jismoniy go‘zalligi ta'rifini keltirib
o‘tirishimning hech hojati yo‘q deb o‘ylayman. Agar
uni tasavvur etmoqchi bo‘lsangiz, Marg‘ilonning qizi
Kumushbibini eslang. Go‘zallikda Kumushbibiday
bo‘lsa bordir, lekin aslo kam emas. Undan ancha yosh
kichik bo‘lishimga qaramay men ham uning tashqi
go‘zalligiga oshiq edim. V. menga yanga bo‘lgach,
ya'ni amaki akamga zavja bo‘lib tushgach, unga nisbatan
oshiqligim hurmatga aylanib, o‘n chandon ortdi. Chunki
shu davr ichida amaki akamni ardoqlashga, sevishga
harakat qildi. U ichidagi dardini bir dam bo‘lsa-da
bildirgan emas. Tag‘in sizga so‘zlagan oshiq so‘zimni
noto‘g‘ri tushunmang. Shunchaki, havas qilganman, opam
sifatida sevganman, hurmat qilganman. Ha aytgancha,
amaki akam V. ning hali ismini bilmay turib turmushga
chiqqan eri. Uning ismi Qulmat. Qorachadan kelgan,
basavlatgina yigit. Tadbirkor, qishlog‘imizda kattagina
do‘koni ham bor. U juda odamoxun, hamma bilan til
topishib ketadigan, qishloqliklarning tili bilan aytganda
"qishloqning oldi yigiti". Endi angladingizmi. Bu yigitni
V. ning otasi nima uchun kuyov qilganligini? U kuyov
e mas, V.ning otasi orzu qilgandek u kishiga o‘g‘il
o‘rniga o‘g‘il bo‘ldi. Uning qizini boshiga ko‘tardi.

Bechora akam bu gaplardan xabarsiz-da, xotinini yer-u
ko‘kka ishonmaydi. Faqat meni sevadi, men uchun
yashaydi, deb o‘ylaydi. Lekin bu voqealarni bilsa bormi,
xudo asrasin, shunday oilaga putur yetishi hech gapmas.
Shuning uchun ham men miq etmayman. Men balki bu
gaplarni aytmay akamga xiyonat qilayotgandirman. Lekin
aytib tiniq suvday kechayotgan hayotlarini loyqalantirgandan
ko‘ra, bir umr gap ichimda chirib ketgani ma'qul.
Qulmat amakimning oilasiga kelsak, u yolg‘iz farzand.
Uning ota-onasi nafaqada, avval kolxozchi bo‘lishgan.
Hozir yakka-yu yagona bolasining rohatini ko‘rib
o‘tiribdilar. Yaqinda suyukli kelini V. qo‘chqordek
o‘g‘il nabira tug‘ib berdi.
Endi V.ning armonli muhabbati bo‘lgan M.ga
kelsak. M. ham aqlli-hushli yigit, faqat u Qulmat
akamga o‘xshagan qorachadan kelgan e mas, balki
uning aksi, qoshi ko‘zi qora o‘zi oppoq yigit, sochlari
esa xuddi gugurt cho‘pning boshi singari qorong‘iroq
joyda tursa qora, oftob tegsa qo‘ng‘ir ko‘rinish oladi.
Xullas, bir so‘z bilan aytganda, kelishgan yigit. M. bu
o‘tgan yillar mobaynida o‘z bilimi bilan tibbiyot insti-
tutiga o‘qishga kirdi. Bu yigitga faqat V. emas, qishlo-
g‘imizdagi ko‘pgina qizlar ham maftun ekan. Men M.
to‘g‘risida ham yetarlicha ma'lumot to‘pladim. Orqavo-
rotdan so‘rab-surishtirishlar natijasida chiqargan xulosam
shu bo‘ldiki, M.ning ham V.ga ko‘ngli bor ekan.
M.ning oilasi iqtisodiy tomondan qiynalibroq kun kechirar edi. Shu sabab M. V.ga biron nima deyishga
botina olmagan. Rahmon Safarovdek tadbirkor, boy
odam uni shu turishiga kuyov qilmasligini bilgan.
Shuning uchun avval o‘qishga kirib, so‘ng og‘iz solmoq-
chi bo‘lgan. Aksiga olib, o‘qishga hujjat topshirgan yili
yiqilgan. Afsuski, V.ning uni kutishga iloji ham, imkoniyati
ham yo‘q edi. Chunki yana bir-ikki yil kutsa qari qiz
bo‘lib qolishi mumkin. Uning kasriga singillari ham
"o‘tirib" qolishi mumkin bo‘lgan. Bu esa yaxshi emas.
Mana shularni o‘ylagan Rahmon Safarov qizini doimo
yelib-yugurib, xizmatini qilib, "akam-akam"lab ko‘nglini
olgan Qulmat akamga bermoqchi bo‘lgan. Ayni shuni
kutib yurgan Qulmat akamga bu ikki chandon yoqib
tushgan va ota-onasini sovchilikka jo‘natgan. Bu voqealar
bo‘lib o‘tayotgan bir paytda o‘qishga kirgan M.ni
ham ota-onasi bir amallab yig‘ib qo‘ygan puli evaziga
shu qishloqdan boshqa bir qizga uylantirishadi. Shu
bilan ayri-ayri taqdir yo‘llari o‘z izmi ila odimlayveradi.
Shu voqealardan yetti yil o‘tganidan so‘ng yana
bir hodisa sodir bo‘ldi. Toshkent~Termiz yo‘lida
katta tezlik bilan ketayotgan amakim Qulmat mashinasida
avtohalokatga uchradi. U kasalxonada vafot etdi.
Bechora V. yangamning yig‘isi olamni titratdi. Uni
kuzatib turib, hech amaki akamdan boshqa yigitni
sevganiga ishongim kelmas edi. Xudoyisi kuni katta
onamiz bu ko‘rgulikka chidolmay yotib qoldi. Bechora
buvamning esa o‘z dardi ichida, bir haftaning ichida cho‘kib, ancha qarib qoldi. Qora sochlariga oq tushdi.
Yaxshiyam bularning baxtiga V. yangam bor. U
o‘zining yog‘iga o‘zi qovrilib, o‘zi bilan o‘zi ovvora
bo‘lib, chol-kampirning xizmatini qilib yuribdi. Qulmat
akamning yili o‘tgach bir ishni qilmoqchi bo‘ldim.
Bilmadim, bu gunohmi yoki savob. Shu paytgacha
aralashmay jimgina kuzatib keldim. Nima bo‘lsa bo‘lar
deb, ko‘zimni chirt yumib, orimni ham chetga surib
qo‘yib, ikki kishini baxtli qilmoqchi bo‘ldim. Kim ekan
bular deb hayron bo‘layotgandirsiz. Hayron bo‘lmang.
M. ham turmush qurganiga yetti-sakkiz yil bo‘libdiki,
farzand ko‘rmadi. O‘zi do‘xtir bo‘lgani uchun ayb
kimdaligini yaxshi biladi. Farzandsizligining sababchisi
xotini. Lekin xotiniga ket deya olmaydi. Ketsa-ketsin,
bo‘lmasa o‘zi biladi, deb ixtiyoriga tashlab qo‘ygan.
Endi tushundingizmi nima qilmoqchiligimni. Men
qo‘limdagi xatlarning hammasini M.ga topshirdim. U
esa bu ishimdan juda xursand bo‘ldi. Agar xatni olib
bormagan taqdirimda ham shu ishni qilmoqchi bo‘lganini
aytdi. Ya'ni V.ga og‘iz solmoqchiligini. Ularni mendan
olganini hech kimga aytmasligini, hatto yangamdan ham
sir tutishini iltimos qildim. Oradan ancha vaqt o‘tib,
V.ning ota-onasinikiga M.dan sovchilar kelibdi. Buni
Qulmat akamning ota-onasi ham eshitdi. Men ulardan
bu ishga qattiq e'tiroz kutgan edim. Lekin, ular hech
qanday qarshiliksiz rozi bo‘lishdi. Faqat o‘g‘ilchangni
bizga berasan deyishibdi. Men esa V. yangamdan bu kutilmagan baxtdan jon-jon deb rozilik kutgan edim.
Lekin qizig‘i shundaki, u bu taklifni butunlay rad qildi.
– Qayta turmush qurmayman, ~ deb turib oldi.
Ilojsiz qolgan M. unga o‘zi yozgan xatlarini ko‘rsatdi.
V. xatlarni qanday qilib uning qo‘liga tushib qolganiga
qiziqdi, xolos. U shundan so‘ng, qat'iy qilib, M.ga:
– Sizni bir zamonlar sevganim rost, ehtimol hozir
ham sevarman, lekin dunyoda sevgidan boshqa shunday
tuyg‘ular borki, o‘sha tuyg‘ular xotirasi uchun bir umr
yolg‘iz o‘tsang arziydi. Men bu kishi bilan turmush
qurib baxtimni topdim. Siz, albatta, mening birinchi
sevgim bo‘lib qolasiz. Endi men o‘g‘lim uchun yasha-
moqchiman, ~ dedi.
Shu gaplar ta'sir qildimi, M. V.ga qayta sovchi
qo‘ymadi.
Oradan o‘n yil o‘tdi. Men ham uylandim, farzandli
bo‘ldim. Lekin hali-hali V. yangamni ko‘rsam qilmishim
uchun chaqnab turgan ko‘zlarim o‘z-o‘zidan yerga
boqib, ikki chakkam sholg‘omdek qizaradi. Bugun
ham shunday bo‘ldi. Uyimizga V. yangam kirib keldi.
Bir piyola choy ustida suhbat qurdik.
– Mahkamjon uka! O‘g‘lim Yodgorjonni uylantir-
moqchiman. Mana, o‘qishniyam bitirdi, ishga joylashdi.
Endi ola xurjunni bo‘yniga osadigan vaqt keldi. Su-
yanganim, ishonganim sizlar. O‘g‘limni yetim ekanini
bildirmay, to‘yga bosh-qosh bo‘lishlaringizni so‘rayman.
Iltimosim shu.
– Albatta, yanga, shuni ham so‘rab o‘tiribsizmi,
qo‘limdan kelganicha yordamimni ayamayman.
Shu bahona V. yangam bo‘lib o‘tgan voqealarni
bir-bir xotirladi. U ketar chog‘da bir umr meni qiynab
kelgan gapni aytdim.
– V. yanga, meni kechiring! O‘sha xatlarni men
topib olgandim va M. akaga bergan edim, ~ dedim.
Uyatdan boshimni egib. U menga kulib qaradi-da,
boshini sarak-sarak qilib;
– Bilaman-bilaman, ~ deya chiqib ketdi.
Men turgan joyimda yerga yarmi ko‘milgan ustun-
day tik qotib qoldim. Radiodan esa mashhur Oxunjon
hofizning shirali nafasi ila qo‘shiq yangradi:


Sevadi, kutadi, qiladi alam,
Ammo dorga osing, aytmas birovga.
Sevishini aytmay sevganiga ham,
Tegib ketaverar boshqa birovga.
Kuyovga chiqmagan o‘zbek qizlari…

http://t.me/kongilKaliti