R
@ruzimurod
14 posts

Najot farishtasi 🕊️

- Boshing ogʻriyaptimi? - yoʻldan koʻz uzmay soʻradi Ali. - Yoʻq. - Sadiya muzdek oynaga peshonasini qoʻyib ketardi. - Shunchaki sovuq yoqadi. - Yukxonada muzlatgich bor. Oʻsha yerda ketasanmi? - hazillashdi Ali. - Muzlatgich? - Nyut... Nyutni olib ketyapmiz. Sadiya boshqa savol bermadi. Hammasi kundek ravshan. Ali uni oʻrmonga dafn etmoqchi. Naqadar oliyjanob inson bu...? Ular ancha vaqtgacha jim ketishdi. Sadiya oʻzi ham bilmaydigan allaqanday yoʻllarga koʻz tikib ketardi. Bora-bora mashinalar kamayib qoldi. Yoʻl chetida ham inson, tiriklik alomatlari koʻzga tashlanmas edi. Mashina ildamlagani sayin atrofdagi daraxtlar quyuqlashib bordi. - Xoʻsh senga yoqyaptimi? - Ha... Judayam. Oynani ochsam maylimi? - Bemalol. Sadiya boshini...

Najot farishtasi 🕊️

Oradan bir hafta oʻtdi. Shu yetti kun davomida Ali oʻzining meʼyoriy hayotini yashadi, Sadiya esa bu koʻchalarga bir marotaba ham qadam bosmadi. - Assalomu alaykum. - goʻshakni koʻtardi Sadiya xolasi qoʻngʻiroq qilayotganini koʻrib. - Va alaykum assalom. Yaxshimisan qizim? Oʻqishlaring yaxshimi? - toʻladan kelgani uchunmi, Iroda xolaning nafasi boʻgʻziga tiqilib, shoshilib gapirar edi. - Ha, yaxshi rahmat. Oʻzingiz yaxshimisiz? Pochcham yaxshimilar? Oʻgʻillaringiz yaxshimi? - birma-bir soʻrab chiqdi qiz. - Ha biz ham yaxshimiz. Sadiya, xoʻjayindan ruxsat oldim. Bugun shu yerga kel. Hadeb oʻrtoqlaringnikida tunab yurma. Yaqinda sovuq tushadi, koʻchada qiynalib yurma. - Haligi... Bormay qoʻya qolaman, xola. Oʻquvchilar turar joyidan xona...

КАФАНСИЗ

.

Қора жоду

.

Operator

Bolaligimda, telefon endi urf bölayotgan vaqtlarda, uyimizda otamning telefoni bölardi. Qora rangli, devorga osig'liq turardi. Agar undagi g'ildirakni aylantirib, raqamlarni tersang boshqa telefon egalari bilan bog'lanish mumkin edi. Asosan boshqa raqamlarni operator ulab berardi. Qisqa vaqt ichida, özim uchun shuni kashf qildim: telefondagi qaysidir raqamlarni terishim bilan, göshakdan shunday yoqimli ovoz eshitilardi: “Operator eshitadi”. Operator juda bilimdon edi. U barcha odamlarning, restoranlar, shifoxonalar va hatto shahar chetidagi dökonchaning ham telefon raqamini bilardi. Operator bilan birinchi suhbatimiz, uyda hech kim yöqligida, barmog'imni eshik qisib qolgan kuni böldi. Men nima qilishni bilmay...

SUVGA OQQAN MAKTUBLAR

O‘zim bilmagan holda g‘ayriodatiy bir voqeaning tasodifiy ishtirokchisiga aylanib qoldim. Sirni biladigan bir kishi edi. Men bilan ikki kishi bo‘ldi, keyin esa… Keling, yaxshisi sizga bu voqeani boshidan so‘zlab beray.

OMONAT YULDUZLAR

Faridaxon ena yetmishdan oshgan bo‘lsa ham hali tetik, orasta ayol. Ammo u bir umr aybdordek kun kechirdi. Garchi hech kim unga qo‘l niqtab kam-u ko‘stini sanamasa ham, o‘zini xuddi keraksiz buyumday his qilaverdi. Har safargidek bugun erta tongdan hovli joyni supurib-sidirib ro‘zg‘or ishiga g‘arq bo‘lib ketolmadi. Munkayib qolgan bo‘lsa-da cholining ko‘ziga botinib qarolmasligini o‘yladi. Tunning sovug‘i o‘tirgan va shudring qo‘ngan supaga cho‘karkan tomning shipidagi ixchamgina bejirim qilib qurilgan musichaning iniga boqdi. In ichidagi hurpayibgina o‘tirgan musichaga ko‘zi tushdi. U xuddi uyqusizlikdan qiynalganday har zamonda tumshug‘ini osmonga ko‘tarib patlari orasiga suqar, so‘ngra bir silkinib olib jim qotardi. Uning bu ahvolini...

CHO‘LGA TUSHGAN TOSH

Osmon urushqoq xotindek qabog‘ini uyib olgan. Boladek mo‘ltillab turgan yulduzlar jimgina yig‘ilib gir-atrofdagi qishloqlarga qo‘nib olgandek edi, go‘yo. U shunday kezlari o‘zini g‘oyat yolg‘iz sezar, qish- loqdagi tengdoshlari qatori o‘ynab kulgisi, o‘zidan katta sinf o‘g‘il bolalari haqida sirdosh dugonasi bilan pichir- lashib so‘zlashgisi, so‘ngra bo‘y qizlarga xos kulishgisi kelib ketardi. Garchi ko‘p bo‘lmasa ham chala ko‘rilgan tushdek yodida, yakkam-dukkam xotiraga aylangan bolalik chog‘idagi maktab manzarasi dam-badam xayo- lini olib qochar, go‘yoki ular ila orzularida yana bolalik chog‘iga qaytgandek bo‘laverardi. Maftuna so‘nggi paytlarda o‘ziga nima bo‘layotganini tushunmas, alhol avvalgidan-da ko‘proq o‘ychan bo‘lib...

Barcha amallardagi so‘zlar va hollarning maxfiy hamda oshkoralarida ixlos bilan niyat zarurligi haqida

Alloh taolo: «Holbuki, ular faqat yagona Allohga, U zot uchun dinni xolis qilgan, to‘g‘ri yo‘ldan og‘magan hollarida ibodat qilishga va namozni to‘kis ado etishga hamda zakotni (haqdorlarga) ato etishga buyurilgan edilar. Mana shu to‘g‘ri yo‘ldagi (millatning) dinidir». (Bayyina surasi, 5-oyat); «Allohga (qilgan qurbonliklaringizning) go‘shtlari ham, qonlari ham yetmas. Lekin U zotga sizlarning taqvo-ixlosingiz yetar» (Haj surasi 37-oyat); «Ayting (ey Muhammad), dillaringizdagi narsani xoh yashiring, xoh oshkor qiling, Alloh bilur» (Oli Imron surasi, 29-oyat), deb aytgan. 1/1. Amirul mo‘minin Abu Hafs Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.): «Albatta amallar niyat bilandir. Va har kishiga qilgan niyati...

YOLG‘IZ KABUTAR

Halim duduqning derazasiga qarshi tushgan bir uy bor edi. Halim u yerda yolg‘izlik yashaydi deb o‘ylardi. O‘sha "yolg‘izlik" erta tongda uyg‘onib olardi, piyolaga choy quyardi-yu, ammo ko‘pincha ichmasdi. Deraza pardasi tonggi shabbodani qo‘ltiqlab ichkari tortardi. Sabo "yolg‘izlik"ning sochlarini tortib-tortib bezor bo‘lib xonadan qochib chiqardi. Ro‘paradagi ko‘hlik oshyondan sho‘xchan qo‘shiqlar ovozi kelardi. Ammo "yolg‘izlik" doimgidek o‘yinbuzarlik qilib, iyagiga kaft tirgab bu xonishlarni xayolchan qarshi olardi. Xona g‘amga botib za'faron tusga kirar edi. Sho‘rlik shamlar ba'zan kechasi bilan yig‘layverib, shamdonga yetmay tosh qotib qolardi. Shunday kunlarda Halim duduq ham uyqusidan qolardi. Devorga suyab qo‘yilgan narvonga...