January 31, 2021

Operator

Bolaligimda, telefon endi urf 
bölayotgan vaqtlarda, uyimizda 
otamning telefoni bölardi. Qora 
rangli, devorga osig'liq turardi. 
Agar undagi g'ildirakni aylantirib, 
raqamlarni tersang boshqa 
telefon egalari bilan bog'lanish 
mumkin edi. Asosan boshqa 
raqamlarni operator ulab berardi. 
Qisqa vaqt ichida, özim uchun 
shuni kashf qildim: telefondagi 
qaysidir raqamlarni terishim 
bilan, göshakdan shunday 
yoqimli ovoz eshitilardi: 
“Operator eshitadi”. Operator 
juda bilimdon edi. U barcha 
odamlarning, restoranlar, 
shifoxonalar va hatto shahar 
chetidagi dökonchaning ham 
telefon raqamini bilardi. Operator 
bilan birinchi suhbatimiz, uyda 
hech kim yöqligida, barmog'imni 
eshik qisib qolgan kuni böldi. 
Men nima qilishni bilmay, 
barmog'imni sörarkanman 
yodimga shu söz tushdi: 
“Operator!” Tezda telefon 
g'ildiragini aylantirib, uning 
ovozini kuta boshladim. 
“Operator eshitadi…” 
“Barmog'imni eshik qisib 
qoldi…”,- dedim yig'lab. Ösha 
lahzada yuragim tölib ketib, köz 
yoshlarim jumbushga kelgandi, 
chunki meni endi kimdir 
eshitayotgandi. 
“Oying uydami?”,- söradi u. 
“Hech kim yöq!” 
“Barmog'ing qonayaptimi?” 
“Yöq, lekin rangi qip-qizil, juda 
og'riyapti” 
“Muzlatkichni ocholasanmi?”,- 
söradi u. 
“Ha” 
“Bir bölak muz olib, uni 
barmog'ingga qöy…” 
Shundan söng, har gal nimagadir 
yordam kerak bölsa, operatorga 
telefon qiladigan böldim. Turli 
fanlardan savollarimga javob 
berardi, biror davlatning poytaxti 
nomi, matematika haqida ham 
sörardim. U yana olmaxonlarni 
qanday qölga örgatish 
mumkinligini, ular yong'oq yoki 
mevaning qaysinisini yeyishini 
tushuntirib berardi. 
Bir kuni qölga örgatilgan 
qushcham ölib qoldi. Men 
operatorga qöng'iroq qilib ushbu 
qayg'uli yangilikni unga 
yetkazdim. U hamma gaplarimni 
jim eshitdi, keyin xafa bölgan 
bolani yupatish mumkin bölgan 
özi bilgan barcha sözlarni aytib 
chiqdi. Lekin mendagi alam juda 
ulkan edi. Undan söradim: “Nega 
har doim kuylab meni xursand 
qiladigan qushcham hozir 
qafasida chözilib yotibdi? Nahotki 
u endi kuylamasa?” U shivirlab 
javob berdi: “Chunki u hozir 
boshqa dunyoda kuylayapti…” Bu 
sözlar meni biroz tinchlantirdi. 
Keyingi safar unga yana 
qöng'iroq qildim. 
“Operator eshitadi” 
“"kukuruyuk" sözining ma'nosini 
bilasizmi?” 
Bu hol 9 yoshga tölgunimcha 
davom etdi. Keyin oilamiz bilan 
boshqa shaharga köchib ketdik. 
“Operator eshitadi” degan ovozni 
juda sog'inardim... 
Vaqt ötardi. Ösib, ösmirga 
aylandim, bolalik xotiralarimni 
entikish bilan eslardim. Operator 
qiz mening hamma 
xarxashalarimni qanday sabr 
bilan tinglagan ekan. Qanday qilib 
butunlay notanish bir bolani 
hammadan köproq tushungan 
ekan. U haqda köp öylardim. 
Bir necha yil ötgach, kollejga 
kirdim. Öquv sayohati vaqtida 
tug'ilgan shahrimga keldim. 
Kelishim bilanoq, telefon ofisiga 
qöng'iroq qilib, operatorni 
söradim. Göshakdan men 
sog'ingan ovoz eshitildi: 
“Operator eshitadi” Ösha-ösha 
ovoz. Öshanday yoqimli eshitliladi. 
“"kukuruyuk" sözining ma'nosini 
bilasizmi”,- söradim. Biroz jimlik 
chökdi. Keyin u ham söradi: 
“Jarohatlangan barmog'ing 
tuzalib ketdimi?” 
Kuldim. 
“Bu senmisan! Vau, vaqt juda tez 
ötyapti tög'rimi?” 
Men bolaligimdagi u bilan 
suhbatlarni hayajon bilan 
eslashim haqida aytdim. 
U jiddiy ovozda javob berdi: 
“Menga sen bilan suhbatlashish 
yoqardi. Doim qöng'iroq 
qilishingni kutdim” 
Unga qalbimdan alohida joy 
egallaganligini aytdim. Undan 
kelasi safar yana qöng'iroq 
qilsam maylimi, deb söradim. 
“Albatta, mening ismim Salli...” 
Uch oydan keyin ona shahrimga 
qaytib keldim. Telefon 
operatoriga qöng'iroq qildim. 
Ovoz butunlay boshqacha edi. 
Men Salli ismli operator bilan 
gaplashishim mumkinmi, deb 
söradim. Begona ovozdagi qiz 
söradi: “Uning tanishimisiz?” 
“Ha, judayam eski tanishiman” 
“Buni aytayotganim uchun uzr, 
Salli bu yerda oxirgi yillarda 
kasalligi tufayli kam vaqt 
ishlayotgandi. U 5 hafta oldin 
vafot etdi.” 
Göshakni qöyishimdan oldin, 
ovoz shoshib söradi: 
“Kechirasiz, siz janob Polmisiz?” 
“Ha” 
“Salli siz uchun xat qoldirgandi, 
bir parcha qog'ozga yozilgan, 
köp yozishga ulgurmadi, iltimos, 
kutib turing…

” Biroz ötgach u 
Sallining maktubini ovoz chiqarib 
öqiy boshladi: “Polga, U HOZIR 
BOSHQA DUNYODA KUYLAYAPTI 
deb ayt.… Pol bu sözlarni özi 
tushunib oladi….” 
Göshakni qöydim. Salli nimani 
nazarda tutganini tushungandim. 
Ösha lahzada yuragim tölib ketdi, 
köz yoshlarim jumbushga keldi. 
Göyoki yuragimni eshik qisib 
qolgandi. Quloqlarimda esa mayin 
bir ovoz qayta-qayta jaranglardi: 
Operator eshitadi...

http://t.me/KongilKaliti