𝑂𝑁𝐸 𝐵𝑅𝐸𝐴𝑇𝐻 𝐼𝑆 𝐸𝑁𝑂𝑈𝐺𝐻𝑇
Barcha qiyinchiliklar, quvonchlar va sinovlarga qaramay, birga qolishni tanlagan ikki qalbning muhabbati hayotning eng qimmatli in'omi, chunki bu sevgi faqat so‘zlarda emas, har bir qadamda, har bir harakatda va har bir sinovda o‘z isbotini topdi. Har bir yangi tongda ular bir-biriga qarab, faqat bir narsani tushunishdi: dunyo qanchalik murakkab bo‘lmasin, birga bo‘lish – bu eng katta kuch va baxtning manbai.
—Yaxshi...oxirigacha so'z beraman - Minsu burninchasini ishqalab quyarkan,Jinga mehr to'la nigoh bilan boqdi.
Jin uning kaftlarini olib o'parkan,unga goh tabassum qilib turardi.Uni onasiga ishora qilib uzi tashqariga chiqib ketdi.U eshikni yopib yerga o'tirib qoldi.Unga shifokor aytgan gaplar miyyasida aylanardi.
—Afsuski so'ngi manzilga keldi.Qo'limizdan keladigan biror ish qolmadi.Yana bir oz uni tinchlantiruvchi uskunalar bilan ushlab turishimiz mumkin.Qo'limizdan kelganini qilyapmiz.Ammo shu daqiqadan boshlab,Har narsaga tayyor turishimiz kerak... - U yerga shu zahotiyoq quladi.Bularning bari tush bulsayu,ko'zini ochib qarasa yonida Minsu hech qanday og'riqlar,hech qanday kasalliklarsiz uning quchog'ida yotgan bulsa.Va bu shunchaki yomon tush bulsa.
Eng yomon narsa nima bilasizmi?!Eng yaqin insoningni yo'qotish bu — dunyoning shovqinidan uzilib, faqat yuragingdagi jimjit og‘riq bilan yashashdir. Go‘yo atrofingda hayot davom etayotgandek, lekin sening ichingda hammasi to‘xtab qolgan. Uning ovozi qulog‘ingda jaranglab, yuzidagi tabassumi xotirangda charaqlab turgan bo‘lsa-da, qo‘lingni cho‘zsang yetolmaysan, gapirsang eshita olmaydi. Bu bo‘shliqni so‘z bilan tushuntirib bo‘lmaydi, u faqat ko‘z yoshlari bilan oqib chiqadi, faqat yurakning eng chuqur burchaklarida yig‘ilib qoladi. Ba’zan tunlari uning xayoli bilan uyg‘onasanu, uyg‘onganingda yana uning yo‘qligini his qilasan, va shu paytda dunyo shunchalar sovuq va yolg‘iz ko‘rinadi, go‘yo sen ham bir qismini yo‘qotgandek.
Bilmadim...Men dunyodan butunlek uzilgandekman.Shifokor aytgan so'zlari miyyamda gar aylanarkan,tanamni titroq bosdi.Oyoqlarim uzimga buysunmay, yerga yiqildim.Boshimga qo'llarimni quyib,nima qilishni uylardim.Men...Men ojizman!
Offisda ishlar bilan utirarkanman,telefonimga kelgan qo'ng'iroqni kutardim.Ichimda "unga hech nima bulmagan bulsin" deya duo qilardim.Telefondan yig'idan beri gapirgan Seva xolamning gaplarini oxirigacha eshitmadim.Shifoxonaga kirarkanman,yerda bir nuqtaga tikilib nima qilishini uylayotgan Jin ni ko'rdim,u shunday utirardiki xuddi dunyodan uziladigandek...Amakim Minsuning xonasidan jon xolatda chiqarkanlar yuraklarinibushlab qoldilar,men ularning oldilariga yugurib borarkanman,Ko'z yoshlariga erk berganliklarini ko'rdim.Amakimdan "u yaxshimi?" deb so'radim.Ular menga bor gapni aytarkanlar...Ichimdan tog'lar quladi.Men ham huddi majruhga aylandim.Ammo o'zimni tutishga harakat qildim.Hayotimga farishtadek kirib,endi shunchaki ketmoqchimisan Minsu?!Bunga haqqing yuq axir! Bo'g'zimga nimadir tiqilgandek buldi.U yashashi kerak!
"Minsu ko'zini ochdi" deya hamshira habar qilar ekan.Ular ko'z yoshlarini artib,uning xonasiga kirishdi.
—Jonim..shirinim meni uyg'ondingmi?! - Onasi va otasi uning qo'llaridan ushlasharkan,onasi uning kaftini o'pib quydi - Oh...uzimni malikam meni.Hammasi yaxshiya..Sovqatmadingmi?! - Onasi uning sochlarini silab gapirarkan Jin ularga bir zum qarab chiqib ketdi.Changbing unga bir oz qarab turdida hozir unga biroz yolg'iz qolish foydaliroq deb uyladi.
**
Jin uyga bordi.Uyga kirishi bilan Minsuning shirin ifori dimog'ini egalladi.Jin uyning har vurchagida uning xotirasini ko'radi.U Minsusiz qanday yashasin.Ularning yotoqxonasiga kirarkan..u Minsuning yostig'ini hidladi.U uning iforiga to'ymasdi.Shu vaqtda Minsu ham faqat yig'lardi.U yashashni,baxtli bulishni xohlardi.Jin Minsuning yostig'i yonidagi kundalikni olarkan undagi har betni o'qidi:
"Rostanam qo'rqinchli odam,o'ylashimcha ishim qiyin bo'ladi"
"Yo'g'e bunchalik buladi deb taxmin qilmagandim.Inson ozgina bo'lsa ham yumshamaydimi.Ey Hudo yumshamayaptiku Ouff"
Jin bu jumlalarni uqirkan beixtiyor kulimsiradi.
"Ilk marotaba kulimsiradi,aldab nima qildim...yeb quyadigan kulgusi bor ekan"
"Ey Hudoyim utinaman,Jin o'ziga nimadir qilmasin..Uni o'zidan himoya qil"
Jin yig'lab yubordi.Keyingi betlarni varoqlarkan ko'z yoshi hech tuxtamasdi.
"Bugun menga sevib qolganini aytdi,qaniydi men ham ilk bor kulimsiraganidan beri sevib qolganimni bilsa..Tark etish bunchalik qiyin bulmasdi..Ko'zlariga qarasam ketolmasdim!"
"Nihoyat mo'jizam haqiqatga aylandi.Balki yuragim ilk marta haqiqiy urishni boshladi.Qaniydi biroz vaqtim bo'lsa,koshki ko'zlari unikiga uxshagan bir bolamiz bo'lsa edi.Men doim o'limimga rozi edim.Lekin hozir unday emas,Ketishni istamayman..!Bu tush tugashni istamayman...!U bilan bo'lishni istayman...! Uni qarishini,hattoki u bilan qarishni istayman..Ortiq bardosh berishimga ko'zim yetmaydi.Qaniydi bir yo'li bo'lsa,Juda axmoqlik!Lekin mendan keyin birortasini sevib qolsachi?!Buni istamayman,lekin sevishing kerak...Lekin u menga qaragandek boshqasiga qarasachi?!Ouff!Yetar bularni o'ylashni istamayman!"
Jin bu jumlalarni o'qirkan,yig'idan qizarib ketdi.Har bir jumla shunchalik muhabbat bilan yozilgan ediki.U Minsuni yuqotishni istamasdi.
Minsu ko'zini ocharkan,yaqinlarni ichida Jin yuqligidan bezovtalandi.
—Jin qayerda? - Minsu ota-onasiga tikilarkan.Ota-onasi Changbinga qarashdi.Oxiri Jinga telefon qilib Minsuga berishdi.
—Jin qayerdasan? - Minsu lablarini qimtidi.Jinning ahvolidan havotirlandi - Nega yonimda emassan?So'z berganimdek kurashyapman.So'z berdimku!Biz uchun..Sen uchun kurashyapman! - Minsu unsiz yig'lay boshladi - Ammo boshqa kuchim qolmadi..Seni ko'rmay turib o'lgim kelmayapti..Boshqa yuragim chidolmaydi..Nima bo'lsa ham yetib kel!
~Yetib boraman sevgilim!So'z beraman ulgiraman! So'z beraman ulgiraman Minsu! - Minsu holsiz telefonni qulog'idan olarkan
—So'z berdi - deya ko'zlarini yumdi.
Telefondan Jin uning ismini takror aytarkan,aparatning xunuk tovushuni eshitdi.Onasi yugurib shifokorlarni chaqirarkan,ular Minsuni jonlantirishga urinishardi.Shifoxonaga Jin ham yetib kelarkan,uning yoniga kelayotgan shifokorlarni to'xtatdi.Cho'ntagidan qurol olarkan uni boshiga tiradi...
—Salom yaxshimisan...Men ham yaxshi..Seni sog'indim! - Minsuning ko'zlaridan yosh quyila boshladi. - Rahmat senga!Sen menga hayotimni o‘zgartirgan eng yaqin do‘stim eding. Qachonki kuchsiz bo‘lsam, sen men uchun kuch bo‘lding, yolg‘izligimda yonimda eding, va yuragimni o‘z mehring bilan isitganding. Endi esa, sen yo‘q, lekin sening isming, xotirang va qilgan yaxshiliklaring mening qalbimda abadiy yashaydi. Men seni yo‘qotib, o‘zimning bir bo‘lagimni yo‘qotgandek his qilyapman. Nega hayot seni mendan oldin tortib oldi? Nega men emas, sen? Bu savollar javobsiz, lekin bitta narsani bilaman: sen men uchun joningni berding va men bu qarzni hech qachon unutmayman. Men har bir qadamimni sen uchun bosaman, har bir nafasimda seni eslayman. Yana seni quchoqlab, ‘Men seni yaxshi ko‘raman,’ deb aytishni xohlardim.Dam ol, do‘stim, sen mening qalbimda abadiysan - Minsu yig'larkan yelkasidan tutgan qo'llar egasiga qarab nim tabassum qildi.
— U menimcha baxtli!Men uning bu yaxshiligini hech qachon unutmayman.Va bu yaxshilikni kelasi hayotimizda albatta uzzaman! - Jin tabassum qilib Chanbingning qabriga gul quydi.Va men bag'riga bosib peshonamdan o'pib quydi.
Jin qurolni boshiga tirarkan,uni otishga ulgurmadi.Changbin qurolni uning qo'lidan tortib olarkan,uzining boshiga tiradi va "uni baxtli qil" deya tepkini quyib yubordi.Jin yerga yiqildi.U buni istamagandi.Changbing bu hayotda yashashi kerak edi.Shifokorlar uyerdan buyerga yugurib Changbingni zambilga solisharkan,Minsuning oyisini unga tanish bulgan chehrani ko'rib qotib qoldi...
~Tanamdagi organlarni donor sifatida qiynalganlarga bering,Yuragimni esa shu yerdagi bir qizga bering..Kim Minsuga bering. - Shifokor uning aytgan gaplarini Jinga aytarkan.Jin hayratda qotdi.Demak Changbin buni bilgan.
Minsu operatsiyadan muvaffaqiyatli chiqarkan,hamma gapni eshitib,o'zini yuqotib quydi.Changbingni ulardan boshqa hech kimi yuq edi.U uning yagona yoshlikdan katta bo'lgan do'sti edi.Minsu u qoldirib ketgan xatni uqiy boshladi.
"Sen hayotimga huddi farishta misol kirding,men o'lishni emas,hayotda qolishni tanladim.17yoshli yigitchani umidiga aylandim.Dunyoga 8yoshli bolakayning ko'zlari bulib qarayman.Va yuragim esa sen bilan.Uni asra!Sen bizni eslaysan,yaxshi xotiralarimizni,birga vaqt utkazgan kunlarimizni! Doim tabassum qil va Jin bilan baxtli bo'l!
—Oyi yig'ladingizmi? - qizcha oyisining ustiga chiqib uning uning ko'z yoshlarini artishga urindi.
—Yo'q qizim men shunchaki...Dadang aytgan shkalatimni olib bermadi.. - Minsu nim tabassum qilib,qizining sochlarini silarkan,qizcha dadasiga qaradi.
—Yaa Bekhi..Qizim oyingni gapiga ishonma...Shu kunlarda juda yig'loqi o'zi.. - Jin Bekhining buqrayib yoyilib turgan peshonasidan o'pib quydi.
—Oyijonim ukamni asrang! - Bekhi mayin ovozda Minsuning qornini siladi — Yaa Buvim,bobom! - Bekhi baqirib ular tomon yugirib ketdi.
—Ehtiyot bo'l! - Minsu tabassum ila unga baqirib qoldi.
—Seni sevaman Minsu! Mening mo'jizam bulganing uchun rahmat! Hayotimda bulganing uchun rahmat! - Jin uni bag'riga bosarkan,uning ifori tuyib yana hidladi.
Hayotning turli sinovlari, shiddatli to‘fonlari va cheksiz quvonchlari orqali birga qadam tashlagan ikki qalbning muhabbati, barcha mashaqqatlarga qaramay, tobora mustahkamlanib, har bir yangi kunni yangi sahifa sifatida qarshi olmoqda. Ularning sevgi qissasi hali nihoyasiga yetmadi; aksincha, har bir sinov va yutuq orqali yanada boyib, abadiyat sari intilmoqda. Iroda, matonat yo‘q joyda sevgi-muhabbat to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas.✨
Ff o'z nihoyasiga yetdi.Men bilan bo'lganingiz uchun rahmat.🌟🫠
Siz bilan @Savage_world_fanfic adkasi Dahye bo'ldi❤️