January 28

𝑭𝑶𝑹𝑬𝑽𝑬𝑹 𝑳𝑶𝑽𝑬✨

"Senga qo'limni cho'zdim, ammo yetmadi... Men har bir qadamimda seni yaqinlashtirishga urindim, lekin har safar o'zimni yanada uzoqroqda ko'ryapman.Sen tomon cho'zilgan qo'llarim orzular va umidlardan qurilgan edi, lekin ular sindi. Balki bizni ajratgan narsa taqdirning o‘zi emasdir, men senga munosib emasdurman.Endi esa qo'llarim pastda, chunki seni ushlashga bo‘lgan kuchimni yo‘qotdim. Ammo yuragim hali ham seni chaqiradi, jimlikni buzib, masofani yo‘q qilishni istaydi. Balki kun kelib bu masofa yo‘qolar, yoki men o‘zimni nihoyat seni meniki emasligingni o‘ylashdan to‘xtarman..."


— Nega? Nega bunday? - mashinasida utirgan yigit rolni qattiq mushtlarkan,u hozir bu vaziyatdan qanday chiqishni o'ylardi.

Junkook Jiwoonning yoniga borib kelgach,uni uzoqdan kuzatdi.Jiwoonga barchasini aytishni va uning qo'llaridan tutib uzoqlarga borishni xohlardi.Shu vaqtda uning yuragi og'ridi,ko'ksiga qo'llarin quyarkan,u faqat Jiwoon tomonga talpinardi.Ojizlik...Junkook hozir shu ahvolda.Agar o'z xudbinligini hamma narsadan ustun qo'ysa sevgilis,borlig'idan ayriladi.

— Meni kechir Jiwoon... - ko'zlari qizarishni boshlagan yigit ortiq uni tomosha qilolmadi.

— Eun woo? - orqasidan tanish ovozni eshitgan yigit joyidan siljiy olmadi.Uning yuzi oqardi.

— Jiwoon? Men haligi...

— 5-stoldagi xaridorlarga sen qaraganmiding,ularning cheklarini bermabsan...

— Haya yodimdan ko'tarilibdi.. - biroz so'zlarida tutilyotgan yigit u eshitmadimi deya nima deyishini bilmay jilmayib quydi.

— Men ularga cheklarini berdim - tabassum qildi Jiwoon – Kettik!

Chaeunwoo unga tikilib turarkan,u ham nogahon tabassum qildi va telefonini o'chirib cho'ntagiga soldi.


Ari lift bo'ylab yuqoriga ko'tarildi.Qadamlar tashlab o'ziga kerakli xona tomon borarkan,kerakli xonani topdi.Ammo qulog'iga tanish ovozni eshitib,eshikni ochmadi.

— Nimalar deyyapsiz Park Suho qizingiz sevib qoldim...Bu nimasi? Men ish bo'yicha hammasini qildim,sizga ma'lumotlarni yetkazib bordim...Endi esa bu ishni qilishni istamayman! - Jiminga bu so'zlarni aytish qiyin bo'lmasin Janob Suhoga o'shqirdi.

— Demak uni sevmaysan... - stolini aylanib o'tgan Park Jiminga tikildi.

— Ha sevmayman...! Bu shunchaki bir o'yin edi... -Jimin bu gaplarni aytdiyu,tanasidan bir nimalar o'tib ketganday bo'ldi.Yerga biroz qarab ko'zlarin yumdi.Ari bu gaplarni eshitdi,Qalbida hamma narsa quladi.Huddi bu bo'shliq,ammo endi hech nima uni to'ldira olmaydi.

– Yaxshi unda kompaniya sizlarga tegishli men endi otang va seni bezovta qilmayman...Menga yordam berganing.. - Suho eshikka qarab lab uchida jilmaydi – Qizimni aldagan bo'lsang ham,buni kechiraman..

— Endi bizning o'rtamizdagi gaplarni unuting shunchaki bizning hayotimizdan daf bo'ling! – Jimin ishidan mamnun bo'lib orqasiga o'girilarkan qarshisidagi insonni ko'rib,joyida qotdi.

Pov Avtor; Og'riq shunday narsaki, uni so'z bilan ta’riflash qiyin. U nafaqat jismoniy azob, balki qalbning tub-tubidan kelib chiqadigan og‘irlikdir. Go‘yoki, butun dunyo ustingga qulayotgandek, lekin hech kim buni sezmaydi, hech kim qutqara olmaydi.Og‘riq — sukutda yashirinadi. Ba'zan esa u kulguda, yolg‘on tabassumda yashiringan bo‘ladi.Ari qulog'iga tanish ovozni eshitib u bilgan insoni bu gaplarni aytmayotgan bo'lishini istardi.Eshikni ochsayu,qarshisidagi inson begona bo'lsa.Ari oxirgi gaplarda eshikni ochib ularni kuzatarkan,yuragida chuqur og'riq turdi.Ko'zlari xohlamasada achishishni boshladi.

— Ari... - Jimin unga yaqinlashmoqchi bo'ldi,ammo ari unga ko'rsatkich barmog'ini tik tutib kelmasligini ishora qildi – Men hammasini tushuntirib beraman... - Ari indamay uning oldidan utib dadasining qarshisiga turdi.

— Nima istaysiz...Siz qanday insonsiz..Qanday chirkin insonsiz?Siz qanday ota degan nomni yelkangizga ko'tarib yuribsiz??Sizdan or qilaman tushundingizmi?Qachon meni tushundingiz?Qachon opam va meni shu ko'zlaringiz ko'rdi?Qanday ko'rsin...Bu ko'zlar ko'r bo'lsa...Oyimni ham umrlarini yedingi... - Yuziga kelib tushgan tarsagi sabab Ari qo'llari bilan yuzlarini ushladi.U shunchalik alam bilan gapirdiki,yillar davomida yelkasidan to'plab kelgan og'irliklarini otasiga otgan bo'ldi.Jimin uning yoniga oshiqarkan Ari uni siltab tashladi.

— TEGMA! - Jiminga yosh to'la ko'zlar bilan qararkan,alam bilan kula boshladi - Sendan nafratlanaman...Seni sevgan kunimga ming la'nat eshityapsanmi?? - Janob Park Suho mendan nima istaysiz gapiring tayyorman - Dadasining qarshisida,ko'zlari yig'idan biroz qizargan ammo hamma narsaga tayyor qiz turardi.

Jimin Ari aytgan so'zlarga,o'zini oqlay olmadi.O'ziga faqat la'nat oʻqidi.Aridan koʻzini olmas ekan dilari vayron boʻldi,chunki yarimsoat avval koʻrishgan xushchaqchaq Aridan asar ham qolmagandi.

**

Pov Avtor: Minji shifoxonadan chiqarkan,hayollar tarqoq.U huddi nafas olishni ham esidan chiqaragandek edi go'yo.Qo'llari qaltirar,ko'zlariga yosh to'li kelarkan.Ular chiqmasdan yaxshilab artib tabassum qildi.Shifoxonaning narigai tomonidagi "Ko'z nuri" deb yozilgan hoshiya tomon borarkan,shunchaki o'zini qo'lga oldi.

𝑇𝐼𝑀𝐸𝑆𝐾𝐼𝑃 —>

Sumkasidan telefonini olgan qiz undan 16marta javobsiz chaqiruvlarni ko'rdi.Va nogahon tabassum qildi.Qo'ng'iroq qilmoqchi bo'lib yashil tugmaga barmog'i tegar tegmas to'xtab qoldi. " Balki endi hammasini bas qilarmiz"....

Bugun osmonni qora bulutlar oʻrniga oppoq bulutlar egallagan.Qor yog'adi shekilli...Osmonga qarab turdim ko'zimga yana yosh keldi.Bilmadim nega? Ammo dadamni yana ko'rishim mumkinku,endi yulduzlarga qarab meni olib ketishlarini so'ramaymanku,onamchi? Ularning oldilarida Jay bor! Ammo.... Ko'zimga to'lib kelgan ko'z yoshlarni to'xtata olmadim...Jin ursin.. Taehyungchi?!...

Minji yuzini ho'l qilgan ko'z yoshlarini yaxshilab artdi va uyga bordi.Qadamlar tashlab Qasrdek uyning yonidagi o'zining kichik kulbasiga hayol surib borarkan,kimdir bilan urilganini bilmay qoldi.

— Ayshsh - boshini ushlab qarshisidagi insonga gapirmoqchi bo'lgan edi,uning peshonasidan chertib quyishdi... — Hoy..

— Kimni hayol qilayotganding...?! - Baekhyun uning buyichalik egilib tabassum qildi.

— Hey bu nimasi?...Nima hayol surib bo'lmaydimi-a - Minji qovog'ini uyib undan ko'zlarini olib qochdi.

— Yig'ladingmi?
Baekhyung unga sinchkovlik bilan qararkan,birdan jiddiy tortdi.

—Bu nima deganing?!Nimaga yig'larkanman..
Minji majburan kularkan,Baekhyunning yuzi o'zgarmadi

—U xafa qildimi?

—Men borib oyimga yordam berishim kerak!
Minji uning savollaridan o'zini olib qocharkan,Baekhyun uning bilagidan ushladi.

—Minji rostan yaxshimisan
Uning ovozi muloyim,havotirlanib surarkan,Minji unga nim tabassum qilib qo'ydi

**

Dard shunday narsaki, uni na qochib o‘tib bo‘ladi, na butunlay unutib. U sekingina yuragingga kiradi, o‘rnashadi va ich-ichingdan seni o‘ziga bo‘ysundiradi. Ba’zan dard jim, sokin bo‘ladi – xuddi hech narsaga arzimaydigan mayda hisdek. Ammo kunlar, oylar o‘tib, uning yuragingga qanday ildiz otganini payqaysan. Qalbni tirnab-tirnab, o‘zini eslatib turadi. Ba’zan esa u shiddat bilan keladi, go‘yo butun hayotingni ag‘dar-to‘ntar qilib tashlamoqchi bo‘lgandek. U seni o‘zgartiradi: kimnidir kuchli qiladi, kimnidir esa tamoman sindiradi.Eng yomoni, dardni boshqalarga tushuntirish qiyin. Chunki har bir insonning dardi o‘ziga xos, u faqat o‘z egasining yuragida butun bir olamdek yashaydi. Kimdir uni she’rlar bilan ifoda qiladi, kimdir uni musiqaga jo etadi, yana kimdir sukut bilan ichida saqlaydi. Ammo baribir, darddan qochib bo‘lmaydi.Ba’zan dardning kelishi bilan o‘zligingni yo‘qotib qo‘ygandek his qilasan. Kulib turgan yuzing ortida yashirin qayg‘ularni berkitib yuraverasan. Lekin dardni unutishga qancha urinma, u seni qayta-qayta eslatib turadi. U sening yuragingga iz qoldiradi, hayotingni boshqa ranglarga bo‘yaydi. Va o‘sha izlar seni kimligingni eslatib turuvchi belgi bo‘lib qoladi. Balki dardning asl ma’nosi shundadir – odamni yangi darajaga olib chiqish, uni yana-da kuchliroq qilish uchun...

**

𝑇𝐼𝑀𝐸𝑆𝐾𝐼𝑃 —> 18:00

— Junkook qayerga ketyapmiz?

Mashinada sukut saqlab ketayotgan yigitiga savol berarkan,savoli javobsiz qolgan qiz tirnog'ini tishlay boshladi.Mashina derazalar tomon atrofni tomosha qilib ketarkan,bu yerlar tanishdek Jk ga qaradi.Jiwoonga qarab tabassum qilgan yigit mashinani to'xtatib unga mashinadan tushishiga imladi.

— Bu yerga nega keldik? — dedi Jiwoon biroz hayronlik bilan. U atrofga qarab, o‘zini noqulay his qildi. Bu joy unga qandaydir eski xotiralarni eslatayotgandek edi, lekin aniq nimani eslay olmasdi.

Jungkook mashina eshigini yopib, unga qarab yaqinlashdi. Ko‘zlari jiddiy, ammo bir oz samimiy edi.

— Jiwoon, bu joy mening eng yaqin sirimni ochadigan joy. Lekin avval bir narsa bilishni xohlayman, — dedi u va bir qadam oldinga yurib, qizning ko‘zlariga tikildi. — Menga ishonasanmi?

Jiwoon bir zum jim qoldi. Ko‘ngli g‘ash edi, lekin Jungkookning ovozidagi iliqlik uni biroz tinchlantirgandek bo‘ldi. Nihoyat, chuqur nafas olib, sekin bosh irg‘adi.

— Ha, ishonaman. Lekin bu sir nima ekanligini bilmasam... bu biroz qiyin, Jungkook.

Yigit mayin kulib qo‘ydi va qo‘lini Jiwoonning kaftiga qo‘ydi.

— Hozir bilib olasan, — dedi u past ovozda.

Jungkook qo‘lini Jiwoonning qo‘lidan olib, uni o‘zi bilan birga yo‘lning chetidagi daraxtzor tomon boshladi. Ularni daraxtlar orasida o‘tgan tor yo‘l olib ketardi. Atrof jimjit edi, faqat shabboda barglarni qimirlatar, shunda quloqqa yoqimli shivir eshitilardi.

Bir necha daqiqadan so‘ng, ular bir tepalikka yetib kelishdi. Jungkook tepalikdan ko‘rinayotgan manzarani ko‘rsatib, sekin gapira boshladi:

— Mana shu joy, Jiwoon. Har safar hayotim qiyinlashganda yoki nimadir qilmaslikni istasam, shu yerga kelaman. Bu joy meni tinchlantiradi, menga kuch beradi - Jk tabassum.qilib Jiwoonga qaradi.

U bir zum jim qoldi. Jiwoonning yuragi tez-tez ura boshladi. Jungkookning yuzidagi ifodani anglash qiyin edi, lekin u o‘zining ham bir gapni his qilayotganini tushundi.

— Jiwoon men seni jonimdan ortiq ko'raman.Hech qachon senga bo'lga hislarim o'zgarmaydi...Buni unutma! - qizning yuzlariga kaftlarini quyib jiddiy ohangda gapirgan yigit,Jiwoonga noiloj va imkonsiz nigoh ila qarardi.

Pov Jk: Qaniydi sen bilan uzoqlarga ketsam...Hech kim yo'q yerlarga.Faqat sen va men! Noilojman Jiwoon.Senga qo'lim yetmayapti.Qo'llaringni tutgan zahotim,sen yana mendan ilgarilab ketyapsan.Men seni dunyolarcha sevaman! Buni unutma!

— Men ham seni sevaman!— dedi Jiwoon past ovozda, tabassum qilib yuzidagi qo'lni ohista siladi.

Tepalik ustida ular bir zum jim turishdi. Atrof sokin, faqat osmon to'q sariq rangga burkanib, quyosh ufq ortiga yashirinar edi. Shu payt, ularning har biri bu go‘zal manzaradan o‘ziga yetarlicha tinchlik va ishonch olishdi.Quyoshning botishini tomosha qilayotgan juftlik bir biriga tabassum qilib qarasharkan,Junkook lablarini Jiwoonning lablariga bosdi.

**

Qorong'u tushib osmonni bulutlar qoplagan, tashqarida izg'irin turarkan... Yaqin orada qor yog'ishidan darak berardi. Shamol sovuq nafasi bilan yuzga urilar, go'yo yillar davomida yig'ilib kelgan og'ir bir armonni so'zlab berayotgandek edi. Bu izg'irin nafaqat havoni, balki yuraklarni ham junjiktirar edi.Shahar sukunatida, qorong'ulik ichida yolg'iz qadamlar eshitilardi. Har bir qadam yerga zarb bilan urilib, ichki og'riqni yashira olmayotganga o'xshardi. Qalbda yig'ilib qolgan dard esa so'zlarga sig'masdi, u faqat qor bilan birga erib, osmon bilan birga yo'qolishni xohlardi.Osmon bulutlari orqasida go‘yo ko‘z yoshlarini yashirardi. "Nechun bu og‘riq bunchalik qattiq?" deya shamol so‘rardi. Ammo javob yo‘q edi. Javob yo‘qligidan yurak yanada og‘irlashardi, go‘yo dunyoning barcha savollari shu tund kechaga sig‘ib qolgandek edi.Qor yog‘ishi, balki, bu og‘riqlarni bir lahza bo‘lsa-da tinchlantirar. Yerni qoplagan qalin oppoq qatlam kabi, yurak ham bir muddat bu dardni unutib, o‘zini poklanish va yangi umidlarga bag‘ishlar edi. Lekin hozircha faqat izg‘irin, sukunat va yurakdagi dard bor edi...

Klublar biridan chiqqan Jimin osmonga qarab kularkan,hozirdan u ilojsizlik va noilojlik girdobida qolganini his qildi.Mastligi tufayli yurishda qiynalyotgan yigit,oxirgi damlarda yiqilishiga oz qoldi ammo bir qiz uni qo'llarini yelkasidan ushlab uni tutib qoldi.Jimin qisiq ko'zlari bilan unga qararkan,unga tabassum qildi.

— Ari...Keldingmi?!Meni tashlab ketishga ko'zing qiymadi to'g'rimi? - Jimin boshini quyi qilib qizga tirjaydi.Yigitning yoqimli jilmayishi qizga boshqacha ta'sir qilarkan,uning kiyinganidan klublardagi qizlardan biri ekanligi bilinardi.

— Isming nima? - Jiminning yuzini silashga uringan qiz Jimin tomondan siltab tashlandi.

— Sen Ari emassan! - Jimin undan uzoqlashib yo'lida davom ettirarkan,ko'zlariga yosh to'lib kela boshladi - Meni Ari yim jizzaki va yoqimli edi...Uning ko'nglini og'ritdim!..

𝑭𝑳𝑨𝑺𝑯𝑩𝑨𝑪𝑲 ^\

— Mendan nima istaysiz Park Suho...
Ari uning qarshisida turakan,mahluqdan farqi yo'q kulib turgan insonga qarash unga azob berardi.

—Meni qizimga o'xshading - qiziga tirjaygan inson,Jiminga qarab qo'yishni ham unutmadi — Meni ishimni davom ettirishingni,mening chizgan chizig'imdan chiqmasligingni va keyin.... - Stol tortmasidan qanaqadir hujjat olib,Arining yoniga tashladi - Bularga imzo chek!