๐ถ๐๐ ๐๐๐๐๐๐ ๐๐ ๐๐๐๐๐๐โจ
6-๐ฝ๐๐ฝ. ๐๐๐ฃ๐ ๐จ๐๐ซ๐ข๐...
Ishonaman, bir kun qoโllaringdan ushlayman va hech qachon qoโyib yubormayman. Bir kun koโzlaringga doim termulish baxtiga erishaman. Har tong koโzimni ochganimda seni koโraman. Sen nafas olayotgan havodan, sen nafas olayotgan xonadan men ham nafas olaman. Bir kuni kiyimlarimizni yuvish uchun kir mashinasiga aralashtirib solaman va adashib sening oppoq koโylagingni, qip qizil koโylagim bilan yuvganimda, oq koโylaging qip qizil boโlganda ham menga mehr koโzlari bilan qarashingni istayman. Sen ishdan kechikib, qorning ochib kelganingda men ovqat qilishga ulgurmagan boโlsam ham, jahling chiqqanda ham kulib turishingni istayman. Faqat bular bari sen bilan boโlsin. Men bilan boโlsin. Bizda boโlsin. Bizning hikoyamiz boโlsin...
--Uzr meni kechirasan rostan ham bunday qilishni xohlamagandim - Jin birdan uni qo'lini olib xavotir bilan bosib kurdi.Minsu yuzini huddi qo'li og'rigandek burishtirdi.
--Bupti,bo'pti hech qisi yuq agar uziringni qabul qilishimni xohlasang men bilan borasan.Uzim haydayman - Minsu unga qarab.Jin Minsudan qo'lini olib javoban lab uchida kuldi.
--Bormasam vijdon azobida kuydirasan shundaymi - Minsu javoban kulib boshini qimirlatib quydi โ Mayli unda kettik -shunday deb ular mashinaga minishdi.
Minsu mashinani chiroyli qorli tog'ga haydadi.Qor yog'ganligi uchun hamma joy oppoq,yaltirar,havo shunga yarasha sovuq edi.Ammo bu narsa Minsuga to'sqinlik qilmaydi.Chunki u bir insonni hayotini o'zgartirmoqchi.
~Axiyri uni ko'ndirdim.Garchi bu menga oson bulmasada,uni ichini kemirayotgan bu o'tmish,bu hodisa uni butunlay o'z domiga tortib ketishiga umuman yo'l qo'ymayman.Lekin Jin o'zgardi,avvalgidek u hissiz robot emas,u ham kulyapti,gapiryapti.Men bundan juda xursanman.Biz yetib kelganimizdan so'ng o'rtaga bir yog'och stolcha quyib uning ustiga choynakni quydim.Qahva damlangan termizni.Keyin Jin bilan uzimiz bilan olib kelgan stullarni olib sovuq bulishiga qaramasdan tashqarida utirdik.
--Buni qanday uddalay olyapsan - Jin qo'llarini chuntagiga solgancha unga qarab savol berdi
--Xastalik insonga juda ko'p narsalarni o'rgatar ekan.Har kuni undan qo'rqib yashirinishni urniga unga tik qarashni o'rgandim.Odam biror narsani yuqotmay turib uni qadrini bilmaydi.Vaqtni qanday qiymatligini bilb ham hayotingni o'zgartirish mumkin.Lekin men shu kasallik sabab chindan ham yashayapman.Boshingga tushgan shuncha tashvishlarga qaramay qanchalik omadli ekanligingni bilsang edi....
--Omadlimi??Yashayotganimdan uyalaman...
--Eng yomoni bu vijdon azobini hech qachon tugamasligini bilishing...
--Lekin shunday.Vaqt bunga qodir bulolmaydi.Aksincha teskarisi.Vaqt utgan sari yanada qiyinlashyapti.Vijdon azobiga har tungi sog'inchlar ham qo'shilyapti Minsu...Jonim yonyapti Minsu...
~Har on...Har doim unga ichimdagi muammolarimni aytganimda bir tog'dan halos bulgandek bulaman.Uni yashashini juda ham istayman.U meni hayotimdagi yagona farishta...Menga doim maslahat berib,meni uylaydigan Minsuyim...Unga gapirib biroz unga tikilib qoldim...Menga nimalar bulayotganini bilmayman..Garchand buni his qilishni hoxlamasamda,unga bu hislarim bilan azob berib quyishdan qo'rqsamda...๐ผ๐๐ ๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐ ๐๐....
Sen shunchalik qadrlisankiโฆSeni na oโtmishdagilarga, Na kelajakdagilargaalishmoqni istamayman!Sen โ har kungi hozirim boโlib yashaysanโฆ
Minsu pianino ni chalishni tuxtatgan shu on hamma qarsak chaldi.Minsu biroz egilib tug'ri Jinning oldiga bordi.
--Xush kelibsan...- Minsu tabassum bilan.
--Minsu bu haqiqatdan kutilmagan sovg'a buldi...
--Yoqqandaki...-Jin Minsu bilan suhbatlasharkan ularni chekkada Minsuni ota onasi kuzarib turishar edi.
--Bu o'sha yigit..- Erining qulog'iga pichirladi Seva xonim - Yoqimtoy yigit-a
--Pianino chalishingni bilmasdim
--Qayerdan ham ham bilardingiz...Janob Kim,sizdan menga navbat tegmadiku...-ikkalasi ham kulib yuborishdi.
--Ha bu borada haqsan...sendan uzr so'rayman.Qanchadan beri chalasan...
--Aqlimni tanibmanki ya'ni bolaligimdan beri chalaman.Kasallik bilan kurashishimda pianino eng yaqin do'stim bulib kelgan...Xo'sh bugun bir hafta tugayapti..Avvalgidek ozod bulasan...Bunday vij vij gapirib boshingni qotiradigan bittasi bulmaydi - Minsu bu gaplarni kulgu aralash gapirsa ham,bu soxta edi u ham Jindan ajralgisi kelmaydi.Bu his uning yuragida ham bor...Jinning kulib turgan yuzi Minsuning gaplaridan keyin tekislandi.
--Avvalo meni yolg'iz qoldirmay bu yerga yig'ilganizgiz uchun rahmat aytaman...-Bona(Minsuning yaqin qarindoshi)birdan hamma qarsak chaldi.
--Bu lahzalarda siz sevgi-muhabbatga hech narsa tusqinlkk qilolmasligini guvohi bulasiz.Sevgi borki hasrat bor,hasratidan o'lim qo'rqadi.Sevgi borki mo'jizalar yaratib hayotga qaytaradi.- Bona gapirarkan Minsu uzini g'alati his qilib tashqariga chiqib ketdi.U o'zini Jinning oldida bosqacha his qilayaotgan edi.Uning ortidan Jin ham bordi.
--Minsu...-uning bilagini ushlabโqayerga ketyapsan...
--So'z bergandimku...Ketyapman..-Minsuning ko'zlarida yoshlar aylanarkan shu so'zlarni aytib keta boshladi.
--Ketma..-Minsu tuxtadi.Jin biroz unga tikilib turdi.โMen seni sevib qoldim...
Minsuning ko'zlaridan yosh quyila boshladi.U shu narsadan qo'rqqandi.Jin uni sevib qolishidan,Ammo u ham Jinga befarq emasku...Lekin u sevgan insoniga bog'lanib qolib,uni uziga ipsiz bog'lab uni yana usha jarlikka yetarmoqchi emas.Axir Minsu Jin ni o'sha jarlikdan o'zi olib chiqmadimi...
Minsu Jinning gaplariga e'tibor bermay yo'lida davom etdi.Uning yuragi og'ridi.Ammo bu og'riq oldinkilaridan og'riqliroq edi.Minsu mashinaga utirgacha u yerni tark etdi.Jin ham mashinani orqasidan unga qarab qoldi.Kechasi bilan Minsuning ham Jinning ham ko'ziga uyqu kelmadi.Jin bir uyoqqa borar,bir devanga utirib boshini quy egib utirardi.U Minsuga tinmay telefon qildi.Ammo Minsu telefonni kutarmadi.
Minsu juda ham xohlaydi.Uni quchib u ham uni sevishini aytishni.U bilan butun umr hayotini utkazishini,Ammo bu tug'ri emas..Uning nazarida.
Jin xonada bir nuqtaga tikilib utirarkan.Faqatgina Minsuni uylardi.Tashqaridan o'tin olib kelgan Chon amaki Jin ni bu ahvolda kurib biroz havotirlandi.
--Jin...o'g'lim yaxshimisan,nega bunday o'tiribsan..ahvoling nimasi o'g'lim...
--Ketdi...Ketdi Chon amaki...U ham ketdi...
--Sen indamay qarab turdingmi - Chon amakining biroz jaxli chiqdi.Jin unga birdan qaradi.
--Ketma deya olarding...Shunda ham ketaman desa qo'lidan tutib uni quyib yubormasding..Qayerdan bilay o'g'lim agar rostan ham istaganingda bir yo'lini toparding...- Chon amaki unga baland ovozda baqirib.Jin ikki qo'lini birlaahtirib peshanasiga quydi va yana Chon amakiga qaradi.
--Unga nimani ham va'da qila olardim,Chon amaki..
--Hayotni..Birga yashab baxtli bulishni..Hudo uni bekorga seni qarshingga chiqarmadi axir mutlaqo bu bir sababdir..Uni seni taqdiring ekanligini bilasan... - Chon Amakining gaplari tug'riligini bilsa ham ich ichidan Minsu bilan birga bulishni xohlardi.
--U o'ladi...U ham o'ladi men yana hech narsa qilolmayman...
--Unda vaqtni behuda sarflamaginda uni tezda top...Qaytar qo'llaridan tut va aslo quyib yuborma...-Chon amaki uning yoniga utirib yelkasiga qo'lini quydi.
Fikr va reaksiyalaringizni kutib qolaman๐โค๏ธ
#Author:Chxve_Dahye
#Channel:@Savage_world_fanfic