May 10, 2025

๐‘ผ๐‘ต๐‘ผ๐‘ป ๐‘ด๐‘ฌ๐‘ต๐‘ฐ...๐‘จ๐‘ฎ๐‘จ๐‘น๐‘ซ๐‘จ ๐‘ผ๐‘ต๐‘ผ๐‘ป๐‘จ ๐‘ถ๐‘ณ๐‘บ๐‘จ๐‘ต๐‘ฎ!

Bu hayotda nega tug'ildim va nega yashayapman,nima sababdan...Bu savol meni juda ko'p o'ylantiradi.Chunki hammasi huddi zerikarlikdek go'yo.Bir nima tasodifan ro'y bersayu hammasi o'zgarsa deb o'ylaydi kishi,ammo men hayot bir tekisda ketish tarafdoriman.Hayotimda nima bo'lishi menga qorong'u,garchi yoritadigan hech narsa bo'lmasa ham...

--Bella... - shiftga termulib hayol surib yotarkanman,meni pastda onam chaqira boshladilar.
--Hozir - o'rnimdan chuqur xo'rsinib turdim.Pastga sekinlik bilan tusharkanman,oilamiz dasturxon atrofida yig'ilganliklarini ko'rdim.Borib stol atrofida joylasharkanman,akam tomoq qirdi.
--Bella iltimos menga bir stakan suv uzatib yuborasanmi.. - U menga biroz kulimsiradi.Suv idishda suv qolmaganini ko'rarkanman,endi og'iz ochishim bilan โ€” Anna uylarni tozalayapti.. - shunday deb menga miyig'ida kuldi.

Anna uy xizmatchisi bo'lgani bilan ko'p ishlarni qilish mening vazifam edi.Gohi bu ko'nglimga tegar,axir men ham bu oila a'zosiman nega meni uydagi huquqlarim boshqalardan farq qilishini o'ylardim.Bu necha yillardiki xotira o'ylovlar.Hozir hammasiga ko'nikdim.

--Bella akangni aytganini qil - dadamning birgina qarashlariyu , o'rnimdan turib oshxonaga bordim.Chekkadan turib ularni kuzatarkanman.Ular men bo'lmasam ham juda baxtli nazarimda.Suv olib yana joyimga joylashdim.
--Qizim... - boshimni oyim tomon burdim. โ€” Biz dadang bilan maslahatlashib,seni Angliyaga o'qishga jo'natmoqchimiz..Bilasan... - Oyim menga gapirarkan,opam menga qarab turdi..Hozir meni yuzimdagi reaksiyam qanday bo'lishini kutdi shekilli,ammo men doim jiddiy va sovuq javob berishni tanlaganman
--Yaxshi - Boshqa hech narsani eshitishni istamayman,shunchaki hammasiga qo'l siltab bu yerdan ketaman,meni bu yerda bog'lab turgan hech narsa yo'q - Men to'ydim! โ€” oสปrnimdan turib xonam tomon oldinlar ekanman,koสปzimni yumib chuqur nafas oldim
--Narsalaringni yigสปishtir..Bugun birinchi reys bilan Londonga uchasan - dadamning gaplari tufayli qadamlarni sekinlatdim,va oddiy javob berdim
--Hop - ortga burilmadim,ammo hozir shu yerda qolsam negadir bugสปilib qolardekman.

***
๐˜ฝ๐™๐™”๐™๐™† ๐˜ฝ๐™๐™„๐™๐˜ผ๐™‰๐™„๐™”๐˜ผ // ๐™‡๐™Š๐™‰๐˜ฟ๐™Š๐™‰

หขแต’แตƒแต—12:16

Hozirda yomg'irli mavsum bo'lgani uchun,yomg'ir to'xtamay yog'ar..Shunday bo'lsa ham London juda ham chiroyli ko'rinardi.Ammo "Oxford" deb atalmish bu universitet binosi yonida yigit shunchaki shalabbo xolda turardi.Ustozi bo'lmish Taylor Draycott bilan navbatdagi jang shu ish bilan yakunlandi.Yigit shunchaki yomg'irda turar ekan,ustozi derazadan qarab quyishi bilan unga pinagini buzmay shunchaki tabassum qilib qo'yardi.Bu albatta Taylorning g'ashiga tegar nima bo'lmasin uni shu yerdan haydash ilinjida edi.Oradan 10daqiqa o'tib dars tugashini bildiruvchi qo'ng'iroq jaranglarkan,talabalar shunchaki sinfxonani tark etishdi.

-- Unga nima bo'lgan?! - Uziga yarashgan forma,sochlari to'lqinsimon,kokili ustidagi tug'nog'ichini tug'irlab dugonasiga savol berdi qiz..Derazadan ko'cha tomon qarab
โ€” Bilmadim Emma - dugonasining gapini yetarlikcha tinglamay shunchaki javob berdi qiz.
โ€” Ruby! Meni eshityapsanmi? - qoshlarini chimirdi qiz - Biroz dam ol,dars tugadi
โ€” Yaxshi nima deysan - Kitobini chekkaga surdi Ruby,u ham unga o'xshab qosh chimirib
โ€” Hech narsa - kipriklarini pirpirati dugonasiga
โ€” Emma!

*

โ€” Men yutdim!

Yomg'irda turgan do'sti tomon borayotgan yigitlardan biri,qosh uchirib qarshisidagi yigitga qaradi.

โ€” James bu nimasi darsimda kulmay o'tirsang bo'lmaydimi - Yigit oldingi bo'lib o'tgan ustozi bilan jangdagi holatni do'stlariga yana bir bor eslatarkan ular kulib yuborishdi.
โ€” Sen yutding do'stim! - yelkasiga qo'lini botirgan ikkinchi yigit miyig'ida kulib qo'ydi.
โ€” Men yutqazmayman! - ho'l sochlarini silkib kollej darvozasi tomon yo'l olarkan do'stiga ko'z qisib sinfi tomondagi derazaga ishora qildi.
โ€” James! - u tomon otilib kelayotgan qizni ko'rgan yigit yo'lida davom etarkan qiz uning bilagidan ushlab oldi โ€” Bularni ol shalabbo bo'libsan - Jaymes to'xtab uning qo'lidan kiyimlarni olarkan qiz tomon miyig'ida kulib uning qulog'i tomon egilib sekin pichirladi
โ€” Oyog'im tagida o'ralashma deb aytganmidim - sovuq nazar va qiz bosh chayqadi โ€” Ko'zimdan yo'qol - keskin aytilgan gap tufayli qiz yig'i sari buldi.
โ€” James men senga hammasini tushuntirib beraman... - qizning gapini eshitishni istamagan yigit yo'lida davom etdi โ€” James... - qiz boshqa hech narsa demay shunchaki uning orqasidan qarab qoldi.

Pov Lily
Hali hammasi boshqacha bo'ladi sevgilik.Mendan osonlikcha qutula olmaysan

<<<<<<<>>>>>>>

5 soatlik parvozdan so'ng Ispaniyadan Buyuk Britaniya ya'ni Londonga qo'ndim.Parvoz vaqti shunchaki boshimni samolyot oynasi tomon qo'yib,quloqlarimga quloqchin toqib musiqa qo'ydim.Bu ajoyib hissiyot musiqa insonni tinchlantiradi.Telefonimdan London shahri va "Oxford" universitetining rasmlarini kuzatdim.Menga ko'proq u yerdagi yam yashil yerlari juda yoqdi.Men shunchaki ko'zimni yumdim.Va hammasini tasavvur qildim.Chamadonimni yetaklab samolyotdan tusharkan,insonlar ichidan o'zimga tanish insonni qidirdim

โ€” Bella - tanish ovozni eshitib ortimga burildim.Bu mening opam Elis.Uni borib qanday quchoqlab olganimni bilmayman โ€” Singiljonim katta qiz bo'lib qolibdiku - Yuzlarimni yengil chimdillab menga tabassum qildi
โ€” Elis... - uning qo'llaridan yuzimni olib yuzimni burishtirdim
โ€” Yo'lda charchamadingmi...
โ€” Ozgina..

Airaportdan chiqaverishimda Andrey bizni moshinda kutib turgan ekan
U opam bilan turmush qurishganiga 1 yil bo'ldi.Ular bilan salomlashib moshinga o'tirdim.Opam bilan suhbatlasharkanmiz,ora orada Andrey ham Ispaniyadagi o'zgarishlar haqida savol berib turardi.O'zimni yengil his oladigan insonlarim.Mashinada uzoq yo'l yurdik.Men derazadan atrofni kuzatarkan,men tasavvur qilgan o'sha manzaralarni ko'rdim.

โ€” Elis uyga borgandan so'ng, o'zim atrofni aylansam bo'ladimi?!
โ€” Mayli faqat ehtiyot bo'l! - men unga tabassum qildim.

Oradan bir oz vaqt o'tgach uning uyiga yetib keldik.Menga xonamni ko'rsatdi.Juda ham chiroyli.Narsalarimni joylab yengil dush qabul qildim va ustki kiymimni alishtirdim.Opamdan aytib tashqariga chiqdim.

โ€” Yomg'ir...!
Bella sekin osmonga tikilib tabassum qilarkan,endilikda tezlashgani uchun yugurib daraxtlar tomon oldinladim.Biz kelgan yo'lga yetmasi zinalar buylab pastga tusharkanman,yashil maysalar uzra yurdim.Ko'lning mavjlanishi,yomg'irning tomishi bilan e'tiborimni tortgan joyga bordim.Bu men kutgan joy