May 17, 2025

𝘾𝙃𝙐𝙉𝙆𝙄 𝘽𝙐 𝘽𝙄𝙕!

“Biz yo‘qotishlardan o‘rganib, sog‘inishlardan yashab o‘tdik. Har bir ko‘z yoshimizda g‘am emas, umid yashiringan edi. Yuragimizda yoriq ko‘p edi, ammo har biri orqali ichkaridan nur sizib chiqardi. Og‘riq ichida kulgining soyasi, tun ichida tongning va’dasi bor edi… chunki bu biz.”

1-𝘽𝙊𝘽. 𝙊'𝙍𝙈𝙊𝙉 𝙌𝙄𝙕𝙄...




Bu hayotda nega tug'ildim va nega yashayapman,nima sababdan...Bu savol meni juda ko'p o'ylantiradi.Chunki hammasi huddi zerikarlikdek go'yo.Bir nima tasodifan ro'y bersayu hammasi o'zgarsa deb o'ylaydi kishi,ammo men hayot bir tekisda ketish tarafdoriman.Hayotimda nima bo'lishi menga qorong'u,garchi yoritadigan hech narsa bo'lmasa ham...

--Bella... - shiftga termulib hayol surib yotarkanman,meni pastda onam chaqira boshladilar.
--Hozir - o'rnimdan chuqur xo'rsinib turdim.Pastga sekinlik bilan tusharkanman,oilamiz dasturxon atrofida yig'ilganliklarini ko'rdim.Borib stol atrofida joylasharkanman,akam tomoq qirdi.
--Bella iltimos menga bir stakan suv uzatib yuborasanmi.. - U menga biroz kulimsiradi.Suv idishda suv qolmaganini ko'rarkanman,endi og'iz ochishim bilan — Anna uylarni tozalayapti.. - shunday deb menga miyig'ida kuldi.

Anna uy xizmatchisi bo'lgani bilan ko'p ishlarni qilish mening vazifam edi.Gohi bu ko'nglimga tegar,axir men ham bu oila a'zosiman nega meni uydagi huquqlarim boshqalardan farq qilishini o'ylardim.Bu necha yillardiki xotira o'ylovlar.Hozir hammasiga ko'nikdim.

--Bella akangni aytganini qil - dadamning birgina qarashlariyu , o'rnimdan turib oshxonaga bordim.Chekkadan turib ularni kuzatarkanman.Ular men bo'lmasam ham juda baxtli nazarimda.Suv olib yana joyimga joylashdim.
--Qizim... - boshimni oyim tomon burdim. — Biz dadang bilan maslahatlashib,seni Angliyaga o'qishga jo'natmoqchimiz..Bilasan... - Oyim menga gapirarkan,opam menga qarab turdi..Hozir meni yuzimdagi reaksiyam qanday bo'lishini kutdi shekilli,ammo men doim jiddiy va sovuq javob berishni tanlaganman
--Yaxshi - Boshqa hech narsani eshitishni istamayman,shunchaki hammasiga qo'l siltab bu yerdan ketaman,meni bu yerda bog'lab turgan hech narsa yo'q - Men to'ydim! — oʻrnimdan turib xonam tomon oldinlar ekanman,koʻzimni yumib chuqur nafas oldim
--Narsalaringni yigʻishtir..Bugun birinchi reys bilan Londonga uchasan - dadamning gaplari tufayli qadamlarni sekinlatdim,va oddiy javob berdim
--Hop - ortga burilmadim,ammo hozir shu yerda qolsam negadir bugʻilib qolardekman.

𝘽𝙚𝙡𝙡𝙖

***
𝘽𝙐𝙔𝙐𝙆 𝘽𝙍𝙄𝙏𝘼𝙉𝙄𝙔𝘼 // 𝙇𝙊𝙉𝘿𝙊𝙉

ˢᵒᵃᵗ12:16

Hozirda yomg'irli mavsum bo'lgani uchun,yomg'ir to'xtamay yog'ar..Shunday bo'lsa ham London juda ham chiroyli ko'rinardi.Ammo "Oxford" deb atalmish bu universitet binosi yonida yigit shunchaki shalabbo xolda turardi.Ustozi bo'lmish Taylor Draycott bilan navbatdagi jang shu ish bilan yakunlandi.Yigit shunchaki yomg'irda turar ekan,ustozi derazadan qarab quyishi bilan unga pinagini buzmay shunchaki tabassum qilib qo'yardi.Bu albatta Taylorning g'ashiga tegar nima bo'lmasin uni shu yerdan haydash ilinjida edi.Oradan 10daqiqa o'tib dars tugashini bildiruvchi qo'ng'iroq jaranglarkan,talabalar shunchaki sinfxonani tark etishdi.

-- Unga nima bo'lgan?! - Uziga yarashgan forma,sochlari to'lqinsimon,kokili ustidagi tug'nog'ichini tug'irlab dugonasiga savol berdi qiz..Derazadan ko'cha tomon qarab
— Bilmadim Emma - dugonasining gapini yetarlikcha tinglamay shunchaki javob berdi qiz.
— Ruby! Meni eshityapsanmi? - qoshlarini chimirdi qiz - Biroz dam ol,dars tugadi
— Yaxshi nima deysan - Kitobini chekkaga surdi Ruby,u ham unga o'xshab qosh chimirib
— Hech narsa - kipriklarini pirpirati dugonasiga
— Emma!

*

— Men yutdim!

Yomg'irda turgan do'sti tomon borayotgan yigitlardan biri,qosh uchirib qarshisidagi yigitga qaradi.

— James bu nimasi darsimda kulmay o'tirsang bo'lmaydimi - Yigit oldingi bo'lib o'tgan ustozi bilan jangdagi holatni do'stlariga yana bir bor eslatarkan ular kulib yuborishdi.
— Sen yutding do'stim! - yelkasiga qo'lini botirgan ikkinchi yigit miyig'ida kulib qo'ydi.
— Men yutqazmayman! - ho'l sochlarini silkib kollej darvozasi tomon yo'l olarkan do'stiga ko'z qisib sinfi tomondagi derazaga ishora qildi.
— James! - u tomon otilib kelayotgan qizni ko'rgan yigit yo'lida davom etarkan qiz uning bilagidan ushlab oldi — Bularni ol shalabbo bo'libsan - Jaymes to'xtab uning qo'lidan kiyimlarni olarkan qiz tomon miyig'ida kulib uning qulog'i tomon egilib sekin pichirladi
— Oyog'im tagida o'ralashma deb aytganmidim - sovuq nazar va qiz bosh chayqadi — Ko'zimdan yo'qol - keskin aytilgan gap tufayli qiz yig'i sari buldi.
— James men senga hammasini tushuntirib beraman... - qizning gapini eshitishni istamagan yigit yo'lida davom etdi — James... - qiz boshqa hech narsa demay shunchaki uning orqasidan qarab qoldi.

Pov Lily
Hali hammasi boshqacha bo'ladi sevgilik.Mendan osonlikcha qutula olmaysan

𝙅𝙖𝙢𝙚𝙨

<<<<<<<>>>>>>>

5 soatlik parvozdan so'ng Ispaniyadan Buyuk Britaniya ya'ni Londonga qo'ndim.Parvoz vaqti shunchaki boshimni samolyot oynasi tomon qo'yib,quloqlarimga quloqchin toqib musiqa qo'ydim.Bu ajoyib hissiyot musiqa insonni tinchlantiradi.Telefonimdan London shahri va "Oxford" universitetining rasmlarini kuzatdim.Menga ko'proq u yerdagi yam yashil yerlari juda yoqdi.Men shunchaki ko'zimni yumdim.Va hammasini tasavvur qildim.Chamadonimni yetaklab samolyotdan tusharkan,insonlar ichidan o'zimga tanish insonni qidirdim

— Bella - tanish ovozni eshitib ortimga burildim.Bu mening opam Elis.Uni borib qanday quchoqlab olganimni bilmayman — Singiljonim katta qiz bo'lib qolibdiku - Yuzlarimni yengil chimdillab menga tabassum qildi
— Elis... - uning qo'llaridan yuzimni olib yuzimni burishtirdim
— Yo'lda charchamadingmi...
— Ozgina..

Airaportdan chiqaverishimda Andrey bizni moshinda kutib turgan ekan
U opam bilan turmush qurishganiga 1 yil bo'ldi.Ular bilan salomlashib moshinga o'tirdim.Opam bilan suhbatlasharkanmiz,ora orada Andrey ham Ispaniyadagi o'zgarishlar haqida savol berib turardi.O'zimni yengil his oladigan insonlarim.Mashinada uzoq yo'l yurdik.Men derazadan atrofni kuzatarkan,men tasavvur qilgan o'sha manzaralarni ko'rdim.

— Elis uyga borgandan so'ng, o'zim atrofni aylansam bo'ladimi?!
— Mayli faqat ehtiyot bo'l! - men unga tabassum qildim.

Oradan bir oz vaqt o'tgach uning uyiga yetib keldik.Menga xonamni ko'rsatdi.Juda ham chiroyli.Narsalarimni joylab yengil dush qabul qildim va ustki kiymimni alishtirdim.Opamdan aytib tashqariga chiqdim.

— Yomg'ir...!
Bella sekin osmonga tikilib tabassum qilarkan,endilikda tezlashgani uchun yugurib daraxtlar tomon oldinladim.Biz kelgan yo'lga yetmasi zinalar buylab pastga tusharkanman,yashil maysalar uzra yurdim.Ko'lning mavjlanishi,yomg'irning tomishi bilan e'tiborimni tortgan joyga bordim.Bu men kutgan manzara.

Bella u yerdagi katta chinor daraxti yonidagi skameykaga utirdi.Va atrofni kuzatib tabassum qildi.Ammo yomg'ir sira to'xtamasdi,balki shuning uchun ham atrof unga go'zalroq bo'lib ko'rinyapti.

— Sen kimsan? - yo'g'on ovoz kelgan tomonga qararkan, kepka tagidan faqat yigitning oyoqlarini ko'ra oldi — Hoy soqovmisan.. - lab chetida kuldi yigit,kinoya qilishni ham unutmadi.
— Yo'lingdan qolma... - Bella yana ko'lni tomosha qilishni davom ettirarkan,yigitning yuzi tekislandi.
— Bu mening hududim...Sen begonasan axmoq,yo'lingdan sen qolma...
— Men tortishishni yomon ko'raman...Iltimos ikkalamiz ham ishimizni qilaylik.Sen meni bezovta qilma,men ham seni bezovta qilmayman..

Bella turib uning qarshisiga keldi va boshidagi kepkasini oldi.James bir zum hayron qoldi chunki uni o'g'il bola deb o'ylagandi..Balki shuning uchun ham u yomon munosabatda bo'ldi.James unga nazar tashlarkan uni boshdan oyoq kuzatib pastki labini yalab quydi.Bella unga bir zum qarab ortga burilarkan,kulgan tovushni eshitib qoshini chimirdi.

— Sorry, qizaloq men seni biror tilanchi yigit deb o'ylabman.. - men u qizning jiddiy yuzini ko'rib, biroz hayron qoldim.Chunki menga hech kim bunday muomalada bo'la olmaydi.Shuning uchun ham uning qancha asab tolalari borligini sinamoqchiman.
— Qarang-a , juda tanish holat...Men ham menga gapirganingda nozik bir oyim qiz kelibdi o'ylabman..! - Bella unga gapirarkan,qoshlarini chimirib majburan tishlarini ko'rsatib,kuldi.James ham majburan uning gapiga kuldi.
— Menga yoqdi! - James unga bir qadam yaqinlashdi.
— Nima?! - Bella tushunmagandek qaradi.James u tomon yana qadam bosdi.Bella bu safar ortga qadam tashladi — Hoy, haddingdan oshma...
— Bo'lmasa nima qilasan...?! - James uning oxirgi so'zidan so'ng qiz tomon yurib uning qo'lini ortga olib daraxtga tiradi.Ularning yuzi orasida 1,2 sm masofa bor ekan nafaslari bir biriga urirardi — Qizaloq kim bo'lsang ham,sen meni hududimdasan...Bu yerlik emas ko'rinasan,meni tanimaganingdan xulosa.. - Jamesning yuzida ma'noli jilmayish paydo bo'ldi.
— Sen meni kimligimni bilmaysan chog'i - yigit miyig'ida kulib qizning yuziga yaqin kelarkan,Bella uning burni tomon boshini urdi.
— Jin ursin*

𝘽𝙚𝙡𝙡𝙖𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙤𝙥𝙖𝙨𝙞𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙪𝙮𝙞𝙜𝙖 𝙠𝙞𝙧𝙖𝙫𝙚𝙧𝙞𝙨𝙝𝙙𝙖

James yuzini burishib orqaga qadam tashlarkan Bella undan tezda uzoqlashdi.

— Kechir! O'zing shunga majbur qilding... - qanday qilib yugurganimni bilmayman,undan uzoqlashayotganimda uning nigohi undan negadir hayiqdim.Uning ko'zida xavf,qorong'ulik,qayg'u va alamzadalik aks etib turardi.U juda hissiz.Uyga tez kirib eshikni qulflarkanman,oshxonada Elis va Andrey kulishib suhbatlashisharkan,indamay xonamga yo'l oldim.Londondagi birinchi taassurotim bunday bo'ladi deb o'ylamandim.Shiftga termulib, uning nigohi yana hayolimga kelaverdi,u bilan boshqa uchrashmayman deb umid qilaman.

*

Universitetdan chiqib mototsiklimga minarkanman,uyim tomon yo'l oldim.Men yoqtirkan chinor tagida bir insonni ko'rdim.Uni to'g'risi yigit kishi deb o'ylagandim.Unga dastlabki savol berganimda,uning menga javobi u qaysar qizlardan biri ekanligiga guvoh bo'ldim.U juda go'zal ammo menga farqi yo'q.Chunki men uchun barcha qiz bir xil.U ham shunday qizlar toifasidanmi deya unga bir ikki gap aytib o'tdim.Uning nigohlari...Qo'rquv aks etib turadi,ammo jasur buni tan olgisi kelmadi.Ammo oxirgi qilgan ishi men orqaga chekindim va u qochib ketdi.Men juda g'azablandim.Chunki hech kim menga bunday qilishga haqqi yuq.U tomon qaraganimdan nigohlarimiz to'qnash kelarkan,u yana birdan ko'zlarini olib qochdi va yugurdi.

James u ketgan tomon qarab turarkan,yaramansona jilmaydi.
— Yana ko'rishamiz,begona qiz...

**

𝑲𝑬𝑪𝑯𝑲𝑰 𝑽𝑨𝑸𝑻

Kechki Londonni zulmat qoplagan.Ammo shunday bo'lsada juda ham chiroyli.Oyning jilosi,shamolning biroz sovuqroq shabbodasi odamga xo'sh yoqadi.Kechki Londonda shimollik shamol shaharni egallab olgan va har bir ko'zguda o'z aksini topayotgan tun zulmatini yanada chuqurlashtirgan edi. Oyning jilosi bu murgak-burgak tanalarda yaltirab, sokin sokin tungi hayotga hayot baxsh etar edi. Ammo, zohiran osoyishta ko'ringan shu shahrinning qorong'u burchaklarida o'zaro adovat va hasad qaynab, kuch-qudratni izlayotgan har qanday yigitning qadamlarini quvvatlardi

— Qani ur... Daniel bo'sh kelma!!! - Ko'cha janglati uyushtiraladigan bu joy,bahaybat qilib jang maydonini o'rab qo'yilgan temir setka,uning ichida qizil rangga belangan yigitni uraverishdan to'xtamadi.
— Bo'ldi... - Jang tugashi bilan jangni tugatadigan inson kelib Danielni ajratdi.Daniel qarshisidagi yigitning oxirgo zarbasidan quturgudek bularkan,og'zidagi qonni tupurdi va yana uni urishda davom etdi.Yigit behol bulib borar ekan chekkada yigitlar shunchaki uni kulib tomosha qilishardi.Oxiri Danielni ajratib oldi va uning qo'lini ko'tarib yutganligini e'lon qildi.
— GʼOLIB DANI..!!! - baqirdi eʼlon qiluvchi yoshi 40lardagi yigit.
— DANI!! - Giddeon baqirdi toʻstining yutganidan magʻrurlanib.Daniel yerga yotgan yigitga koʻz yugurtirib kulib qoʼydi va jang maydonidan chiqar ekan unga bir qiz suykala boshladi.Uning qoʻllarini ushlab yaltoqlandi.
— Siz yutishingizni bilardim... - Daniel unga hissizlarcha qarab lab chetida kulib qarar ekan qizning yuziga yaqin keldi.Qiz rejasi amalga oshayotgandek tabassum qilarkan Daniel uning qulogʻiga pichirladi
— Men yutqazmayman qizaloq! Yana bir marta menga qoʻlingning uchini tekkizsang yoki suykalsang hay anovi - ichkariga yotgan yigitga qarab imladi — Shu holga swn tushasan qiz bola boʻlsang ham — Qizning yuzi tekislandi,endi uning yuzida faqat qoʻrquv aks etib turardi.Daniel kulib uni turtib oʻtib ketdi.

— Qizni qoʻrqitib yubordinku - segarasini tortib undan oq tutun chiqarish barobarida
— Shunchaki uni qoʻrqitib qoʻydim...
— Dani qizlar senga nimaga yoqmaydiya uning yoqimtoyligi... - pastli labini tishladi Gideon
— Yoqib qolgan boʻlsa bemalol... - bir bakalashka suvni ichish barobarida yuzini yuvib tashladi.Gideon navbatdagi jangga pul tikkani ketarkan Jamesning yuziga qarab Daniel kulib yubordi.
— Nima?? - James qovogʻini uydi
— Jamesni kaltaklashibdi - Dani kulib baqirarkan James uning qoʻlidagi bakalashkani olib ichidagi bor suvni quyib yubordi boshiga
— Shit* James... - yuzidagi jiddiylikni yana kulgu egalladi.
— Bu bir axmoqning ishi agar shunday qilmaganda...ajoyib lahzani buzdi... - Segarasini puflash daqiqasida lab chetida kulib quydi
— Nima u qiz bola edimi. - Daniel unga telbaga qaragandek qaradi — Afsus,undan kaltak yeyish va rad etilish ham hammaga nasib aylayvermaydi - Daniel yana kulib yubordi.
—Doʻstligimizga qarab oʻtirmayman hozir - Daniel birdan kulishdan toʻxtab,labini tishladi. U qiz ham boshqa qizlar singari... bu ishi uchun ham javob beradi.. - Jamesning yuzini endi sovuqlik qopladi.

𝘿𝙖𝙣𝙞𝙚𝙡
𝙂𝙞𝙙𝙚𝙤𝙣

Daniel Giddeon bilan gaplashib turarkan,uning qarshisiga yurib kelayotgan qiz tufayli bir zum qotib qoldi.Tashqaridagi shovqin quloqlariga eshitilmas ekan,shunchaki yuragi qattiq urardi.
— Ruby... - lablari orasidan chiqqan va u uchun yagona ism.Va oxirida tarsaki ovozi...Hammani ular tomon qaray olishiga sabab boʻldi.Danielning yuzini ushlab qarshisidagi qizga qararkan unda hozir jaxl,ojizlik va sevgi bilan boqardi.
— DANIEL COLLINES....SEN HAM INSONMISAN! OʼZINGDAN BOSHQA KIMSANI HAM OʼYLAYSANMI GAPIR?!! - qiz uning koʻksiga musht tushurarkan Daniel nima boʻlayotganini tahlil qila olmasdi.
— Rub..
— MENI ISMIMNI BU TILING BILAN ATAMA! UKAM.... - koʻzidan bir tomchi yosh sigʻib chiqarkan birdan uni artib tashladi — KOʼNGLING JOYIGA TUSHDIMI...AXIR BILARDINGKU...
— Nima? Nick... U seni... Bilmagandim Rub..
— Koʻzimga koʻrinma...Sen faqat oʻzingni oʻylaysan.Ukamga bir narsa boʻlsa seni aslo kechirmayman - Ruby koʻrsatkich barmogʻi unga qarshi ishlatarkan,kimdir uni tortqilashga urindi — TEG...

Daniel oʻsha odamni olib yetararkan uni ura ketdi
— UNGA QOʼLINGNI TEKKIZMA - toʻxtovsiz mushtlardan soʻng uni James ajratib bir tarafga yetardi.Daniel odamlar ichida Rubyni koʻrarkan uning yoniga oshiqdi.
—Ruby iltimos...Eshit! Men..Men bilmagandim...Xohlamagandim..Kechir iltimos..
— Tugadi!
— Ruby... - uning bilagidan ushlab oʻziga qaratdi
— Bas qil!
— RUBY DEDIM... - Ruby qoʻlimni bilagidan olib boshini sarak sark qildi.
— Daniel iltimos...Endi sen va men ham oʻz hayotimizda yashaylik - u ketdi shunchaki meni tashlab ketdi.Koʻzimdan tomgan bir tomchi yosh,buni anglashga ulgurmadim."Ruby men buni istamagandim...Sening ukang ekanligini bilmagandim degim keldi" ammo u quloq solmaydi.Jin ursin*
— SENGA OʼZI BAHONA KERAK EDI TOʼGʼRIMI???MENDAN ZERIKKANINGDAN UKANG BAHONA BOʼLDI - ovozim boricha baqirdim.Tugadi Daniel va Ruby hikoyasi tugadi.Uni oʻzing tugatding Ruby.Menga ishonmading.

Daniel tezda mashinasiga oʻtirarkan chekkada oynadan,Ruby va yelkasiga suyantirib olib kelayotgan ukasi Nickni koʻrishi bilan,yuragidan nimadir uzilgandek boʻldi.Chunki Rubyni ojiz koʻrmagan,unga yordam berishni oʻyladi va mashinasi eshigini ochar ochmas,qora Ferrari rusumli avtomobil ular yoniga toʻxtarkan,undan tushgan yigit tufayli Daniel ularni zimdan kuzatdi ichida soʻkinib roʻlni mushtlarkan,mashinasini tez haydab ketdi.

— Kechir Daniel! - Ruby uni koʻrdi va oxirgi soʻzi shu boʻldi.

𝙍𝙪𝙗𝙮

𝑬𝑹𝑻𝑨 𝑻𝑶𝑵𝑮!

Pov Bella

Londondagi birinchi tongim.Bu yerda quyosh gʻalati,bulutlar va osmon.Doimgidek ertachi uygʻonib xonani shamollatish uchun deraza tashqarisiga boqdim.London oʻz nomi bilan malikalar va shahzodalar kabi yashaydiga qasrlar koʻrinishida qurilgan uylar-u binolar koʻrishi mumkin boʻlgan eng goʻzal mamlakat.Toʻgʻri oʻz tugʻilgan yerimga oʻxshamasada ammo juda yoqdi.Derazani ochib vannaxonaga kirib ketarkanman, u yerdan chiqqach garderobim boʻlmish oynalik shkafni ochdim.U yerdan yangi formamni olarkan chuqur xoʻrsiniv qoʻydi.

— Yangi hikoya yozishga tayyor tur Bella - oʻzimga oynadan turib gapirarkan, karavotimda turgan formaga qarab qoʻydim.

𝑻𝑰𝑴𝑬 𝑺𝑲𝑰𝑷

— Ruby bugun nega kech kelding - sochlari biroz tartibsiz,va yaxshi uxlamagani uchun ko'zining tagi shishgan qizga jinniga qaragandek qaradi Emma
— Ushlanib qoldim Emma! - dugonasiga tabassum qilishga harakat qildi Ruby
— Daniel bilan urushib qoldingizmi?
— Hammasi tugadi...
— Nima?? Ruby? - Emma unga savol berarkan unga qarab turgan yigitga e'tibor bermadi. - Nimaga tugaydi... - Ruby Danielga endi e'tibor berdi.
— Keyin gaplashamiz Emma...
— Yaxshi dugonajon... - dugonasini quchoqlab quydi — Bu yangi qiz shekilli... - Ulkan darvozadan kirib kelayotgan qizga imladi. — James bir narsa qilmasa edi...U kelishidan u ham xabardor..

***

Eles qo'ymagani uchun ular tayinlagan haydovchi bilan kelarkan,hech ham zerikmadim.Uning ismi Roy mendan atigi 2yosh kattaligi va nega haydovchi bo'lganligini aytib berdi.U bilan do'st bo'ldim.Opam aytishi bo'yicha universitetga men kelishim haqida ma'lumot bergan ekanlar.Mashinadan tushib olg'a qadamlar bilan darvozadan kirarkan,qattiq yiqilganimni sezdim.

— Syupriz!!! Hammasi uchun javob berish vaqti keldi qizaloq - yuzimni burishtirib,unga biroz yosh ko'zlarim bilan qararkanman,yana o'sha hissiz va sovuq yuz bilan yana
uchrashdim.Nima bu o'yinmi.Uning gapini endi anglay boshlashim bilan atrofga kulgu ovozi yangrarkan bir qiz yugurib kelib meni turishga yordam berdi.

— Sen kimsan o'zi? - Qarshimdagi yigit kuldi.
— Xush kelibsan 𝙤'𝙧𝙢𝙤𝙣 𝙦𝙞𝙯𝙞.Meni hali yaxshi tanishga vaqting bo'ladi... - kuldi

Emma
Bella
London

𝑀𝑢𝑎𝑙𝑙𝑖𝑓; 𝑩𝒆𝒍𝒍𝒂 𝑾𝒉𝒊𝒕𝒆