๐ฐ๐ต๐บ๐จ๐ต๐ฐ๐ป๐ (๐ป๐๐๐๐)
๐ฝ๐ช๐จ๐๐ฃ | ๐ ๐๐ฃ๐ช๐๐๐ฎ ๐๐ค๐ง๐๐ | 2008-๐ฎ๐๐ก
โDADA...! - bolakayning oppoq yuzlari sari ko'zyoshlar tinmay oqarkan,dadasining oyog'iga maxkam yopishib oldi - Iltimos..Iltimos dada ketmang! Bizni tashlab ketmang! - bolakay dadasini quyib yubormay quchoqlab oldi.
Erkak o'z bolasidan jirkangandek uni uzidan uzoqlashtirishga urindi,ammo bu befoyda bolakay undan uzoqlashishni istamas edi.
โYo'qol!....Qoch - u ko'chada turganligi sababli hech kim ko'rmadimi deya uyoq buyoqqa qaradi. - Senga yo'qol dedim! - bolakayni uzidan siltab tashladi - Bu jinni oying bilan o'zing yasha!
Bolakayning ko'zlaridan tinmay yosh oqardi.To'g'ri u yoshligidan ota mehrisiz katta bo'ldi.Ammo u boshqalardek otasi borligidan va bir kun kelib otasi unga mehr qo'yishdan umidvor edi.Otasi uni siltab tashlagandan so'ng yerga yiqilib tirsak sohasi qonay boshladi.U bunga e'tibor bermadi,ammo u otasining orqasidan faqatgina nafrat ko'zlari bilan qaradi!Otasi qanaqadir eng so'nggi rusumli mashinaga minib ketdi.U o'rnidan turib uyi tomon borarkan,keyingi bo'ladigan voqealarni tahlil qilardi.Onasi uyni ostun ustun qilib baqirarkan,ochib yopilgan eshikning tovushi uni yanada quturishga sabab bo'ldi.
โNega kelding?... - bola onasiga bosh egib qarab turarkan,onasi uning tirsagini qattiq siqimladi - Hoy iflos nega kelding deyyapman?...Otang kettimi? Senga aytyapman? - Onasi ko'zlarini katta qilib,o'g'lining iyagidan siqimlab uni o'ziga qaratdi.
โH.ha - bola bu gapni zo'rg'a aytdi.Ko'zlariga to'lib kelgan yoshni chiqarmaslikka urindi.Iyagidan siqimlagan onasi uni siltab tashladi.
โO'ynashi bilan ketgandurda... - Onasi sochlarini asabiy orqasiga olib kula boshladi.U huddi jinnidek kularkan,bolakay orqaga bir qadam tashlashga urindi - Hooy! Hammasiga sen aybdorsan!SEN AYBDORSAN IFLOS! SENI DEB...SENI DEB! U MENI TASHLAB KETDI! - onasi uni siltab yuzlaridan ura ketdi.
โOyijon...Oyijon iltimos urmang! Kechiring - bolaning ko'zlaridan shashqator bulib yoshlar oqdi.Oyisiga qo'llarini qalqon qilib turarkan,uni boshqa holi ham qolmagandi.
Sovuq havo yer yuzini o'ziga xos qoplab oladi: havoning tiniqligi odamning nafasini qisadi, nafas olganda o'pkaga kirgan sovuq havo yoqimli achchiqlik bilan uradi. Atrofda har bir nafas olishda chiqayotgan oq bug'ni ko'rish mumkin, bu odamning o'z issiqligi va sovuqning to'qnashuvi. Daraxtlarning shoxlari qotib, ustida mayda qirov ko'rinadi. Ko'chalar xotirjam, odamlar palto va sharflarga o'ranib, tezroq manziliga yetishga intilardi.
โTez tez bo'l.... - Erkak paltosini tugสปirlagancha qoสปpol va qat'y ohangda bolaga oสปshqirdi.
Bola usti yupiqligi uchun qoโllari qaltirar, shunday boโlsa-da, erkakning buyrugโiga itoat qilib, qadami sekinlashmayotgandi. Uning tizzalari titragan, lablari koโkarib ketgan edi. U boshini egib, erkakning oyoq kiymini tozalardi. Bola juda yosh koโrinsa-da, koโzlaridagi nim tabassum uning irodasi kuchli ekanidan darak berardi.
โ Sovuqdan oโlyapsanmi, harakat qil! โ deb yana jerkindi erkak, ovozida sabrning soโnggi chegarasi sezilardi.
Bola hech narsa demasdan, yelkasini qisib, ishini davom ettirarkan,ichidan yigสปlagisi kelardi. Koโchaning chetidagi eski daraxt shoxlarida qotib qolgan muz kristallari quyosh nuri tushganda chaqnardi. Bir zumda shiddatli shamol koโtarilib, bolaning sovuqdan qizarib ketgan yuziga urildi.
โ Janob bo'ldi! โ nihoyat bolaning xirillagan ovozi eshitildi.
Erkak sigarasini tutatib, unga yuzlandi. Koโzlari bolaning sovuqdan qaltirayotgan jussasini koโrdi va bir qoshini chimirib sovuq nigoh ila unga yuzlandi.
โ Isming nima? โ dedi u, haliham o'sha yuz tuzulish bilan
โJunkook... - u ham sovuq ohangda gapirdi.Erkak uning mag'rurligini ko'rib lab uchida jilmaydi.
โNecha yoshsan?Ota-onang yo'qmi? - erkak chuntagidan hamyonini olarkan,beparvo so'radi.
โ13 yosh.Mening ota-onam yo'q! Ular o'lishgan - junkook gapirgunicha qo'lini musht qildi,u kichik edi ammo u boshidan o'tgan bu muammolar tufayli ertachi katta bo'lgan,o'zi uchun qaror chiqargan edi.
โShunday degin...- erkak unga pul berdi โ Ol! Qo'lingdan yaxshi ish keladi degan umiddaman,meni uyimda oz moz ishlar bor ishlasang yaxshigina xaq to'layman! - erkak yana bir sigara yoqib.Junkook indamadi shunchaki bosh irg'ab quydi.Erkak uni uyiga boshlab kilarkan bir qizcha uydan yugurib chiqdi.
โDadajon... - qizcha yoqimtoy, va mayin ovozda baqirib,yugurib dadasini quchdi.
โQizalog'im - dadasi uning erkalatib boshini silarkan,Junkook bir tomondan hayron,bir tomondan havas qilardi.Boyagi erkakdan asar ham qolmagandi.
โBu bola kim? - qizcha qoshchalarini chimirib,Junkookga qaradi.
โJunkook.. - erkak qizini yuzini o'pib quyib Jkga ishlarni ko'rsatdi.
โHoy chiroyli bola...Mening ismim Jaewon! Kel do'st bo'laylik - u Junkookning yoniga kelib,kulib quydi.
Junkook Jaewonga qarab turdi va indamay ishlarni bajara ketdi.Qizcha lablarini burib,qo'llarini bir-biriga birlashtirib olarkan,yoqimtoygina uff tortdi va uyning ichiga kirib ketdi.Junkook uyni hamma yerini tozalarkan,uyning qanday hashamatda ekanligini va u yerdagi uyin kulgu ovozlarini eshitarkan...Qo'llarini quloqlariga olib borib yopib oldi.
โBas! - bola tishlarini zich qilib baqirarkan,hamma ichkarida bo'lgani uchun eshitmasdi.Uni faqatgina xotiralardagi kulgular qulog'ida jarang sochardi. โ Yetar! Nafratlanam...Nafratlanaman...! - bolaning ko'zlaridan yoshlar quyildi ammo keyingi daqiqalarda yig'i ovozini kulgu egalladi.U shunday kulardiki,ichidagi barcha alamlarni shu kulguga yashirgan.
๐ป๐ฐ๐ด๐ฌ๐บ๐ฒ๐ฐ๐ทโก๏ธ
Havo sovuq kech tushgan...Junkookning oyoqlari charchoqdan zo'rg'a qadam tashlardi, ammo ichida nimadir uni harakatga majbur etayotganday edi. Shamol yuziga urilib, sovuq tishlab olardi, lekin bu unga ahamiyatsiz.Junkook boshini ko'tarib, qor yog'ayotgan osmonni kuzata boshladi. Qor yog'ayotganda har doim unga tinchlik olib kelardi. Ammo bu safar... yo'q, bu safar bu sovuq oq yomg'ir unga hech qanday taskin bermadi. Faqatgina ichidagi bo'shliqni yanada kattaroq qildi.Birdan... uzoqdan Jaewonning chaqirayotganini eshitdi.Jk unga qaramay yurib ketarkan qizcha unga yetib oldi.
โHoy to'xta! - qizcha yoqimli ovozi bilan uning bilagidan ushlab olarkan,Jk uzini undan olib qochdi. - Bu senga! - cho'ntagini kovlab,unga mamnun holda chupa chups berdi.
โMenga kerak emas - Jk qovog'ini solgan holda sovuq o'shqirdi.Jaewon biroz unga qarab turarkan,baribir jilmayib quydi.
โMendan o'zingni olib qochma...Axir biz do'stmizku..To'g'rimi?! - qizcha boshini quyi egib,Jkga yana yoqimli tabassum qilarkan uning qo'liga chupa chupsni tutqazdi.Jk biroz unga qarab turib, indamay uni oldidan o'tib ketdi.
๐พ๐๐ ๐ธ๐๐ด | ๐๐ธ๐๐๐ฟ | 2025-๐๐ผ๐ฟ
...qorong'i xona nam va qo'rqinchli edi. Uning devorlari eski va dog'lar bilan qoplangan, go'yo bu joy uzoq vaqtdan beri azob-uqubatlarning guvohi boโlgandek. Xonaning oโrtasida osilib turgan bitta chiroqdan zaif sariq nur taralib, har bir burchakka qoplangan zulmatni bir lahzaga yoritardi. Havoda qonni va chirkin narsalarning o'tkir hidi sezilar, bu joyni dahshat va qoโrquvning makoniga aylantirardi.Polga qon izlari va parcha-parcha matolar sochilib yotardi. Ularning aksariyati yangi edi โ bu yerdagi zoโravonlik yaqindagina sodir boโlganidan darak berar,xonaning bir burchagida siniq oโrindiq va ustiga tashlab qoโyilgan zanjirlar yotardi. Bu zanjirlar yaqinda kimnidir ushlab turish uchun ishlatilgani bilinardi
โJanob iltimos!....Iltimos qilaman..Boshqa bu ish takrorlanmaydi..Iltimos meni o'ldirmang - biror sog' joyi qolmagan erkak,u bu haqda emas aksincha tirik qolishni o'ylardi.U yig'idan beri bo'lib yigitning oyog'iga yiqilib so'rarkan yigitga farqi yo'q u faqat qattiq kulish bilan ovora.
โBilasanmi bu ko'rinishing menga tanish - yigit unga cho'kkalab qaradi va birdan jiddiylashdi. - Bilasanmi bu ishni takrorlash yoki takrorlamaslik uchun tirik bo'lish kerak. - yigit kiprik qoqmasdan uning ko'ksiga pichoqni botirarkan xona bo'ylab uning azobli baqirig'i yangradi. - Bilasanmi bu senga kam...!
โJanob iltimos...Meni oilam bor! - Erkak yig'lab baqirdi.Undan faqat tirik qoldirishini o'ylardi.
โOila...Oilam bor degin! - yigit qo'liga yanada tig'li narsa oldi - Sen ham meni oilamga ko'z olaytirding bilasanmi? GAPIR IFLOS! Birinchi unga qaragan ko'zlaringni sug'rib olaman...So'ngra joningni! - Yigit kulib o'z ishini bajararkan, xunuk qichqiriqdan faqatgina rohatlanardi.
๐๐ผ๐๐ธ๐๐พ๐ผ๐โก๏ธ
๐๐๐๐ ๐๐๐๐:
Havo hali ham sovuq,ammo quyosh zarin nurlarini sochishdan to'xtamaydi.Ammo men quyoshdan oldin turishga majburman.Tepamda soat qo'ng'iroqlari jiringlashdan to'xtamas ekan g'inshib qulog'imni yostiq bilan yopdim.Ko'zlarim yana uyquga ketishni istar ammo,hozir yana uxlab qolsam yana gap eshitishdan qo'rqdim.Ko'zimni ishqalab soatga qararkanman soat millari 4 : 30 ni ko'rsatardi.Biz dugonalarim bilan bir kichik uyda ijarada turamiz.Sekin o'rnimdan qo'zg'alarkanman,telefonimga kelgan xabardan yuzimga tabassum yugurdi, "Do'stim"!
~Hayrli tong!Jaewon uyg'ondingmi? - u juda ham kamgap shunday bo'lsada meni zeriktirmaslikka harakat qiladi.
โHayrli tong! Ha uyg'ondim..Hozir chiqaman - Uyimiz oddiy Junkook mendan bir ko'cha narida yashaydi.U bilan birga ishlaymiz,u yuk tashuvchi,men esa hisobchiman.Doim erta tongdan ishlab charchamaymiz u bilan qanday vaqt o'tganini bilmayman ham.
Jaewon kichik bo'lgan vannaxonaga kirarkan yuzlarini yaxshilab yuvdi va kayfiyatni ko'tarish uchun tabassum qildi.Oshxona muzlatkichini ocharkan u yerda deyarli narsa yuqligini ko'rib,labini qimtidi.Sekin eshigini yopib,oshxonadan chiqarkan qo'liga sumkasini olib undan bir stickercha chiqardi.Shu bilan birga qo'liga ruchkasini olarkan " Men ishga ketdim " deya dugonasining telefoniga yopishtirib quyarkan,shu daqiqadayoq pardalarni to'g'irlab quydi.Kiyimlarini to'g'irlab,eshik tomon siljirkan telefon soatiga qarab quydi.Jaewon eshikni sekin ochib, tashqariga chiqdi. Sovuq havo yuziga urilganida, u jun jaketining etagini bir oz tortib oldi va asta yurib koโchaga chiqdi. Atrof hali jimjit, faqat qushlarning ilk sayrashlari eshitilardi. Quyoshning oltinrang nurlari ufqdan bosh koโtarib, yer yuzini iliqlik bilan toโldira boshladi. U koโzlarini yumib, bir nafas oโzini tinchlikda his qildi.
Ko'zimni ochib qaraganimda qarshimda shunchaki menga qarab turgan yigitni ko'rdim.Gohi hayron qolaman,u uxlaydimi?!Men institutda ham o'qiyman..U meni doim vaqtli o'qishga yuborib meni o'rnimga ham ishlaydi.Meni himoya qiladi.U meni haqiqiy do'stim.
Junkook quloqlariga quloqchin toqib,Jaewon uyi tomon kelarkan...Shunchaki hozir uning oldida o'zini qanday tutishi haqida o'ylardi.Uncha uzoq bo'lmagan uy oldida turarkan,yo'g'on daraxt yonida to'xtadi.Jaewon eshikni sekin yopib,tashqariga qararkan,Jk uni bir muddat kuzatishni istadi.Jaewon ko'zlarini yumarkan,Jk sekin uning yoniga bordi.Jaewondan hech ko'zlarini uza olmas ekan...Jaewon ko'zlarini ochib Jk tomonga qaradi.Jk shu zahoti undan ko'zlarini olib qochdi va nima tabassum qildi.
โSalom - qo'l ishoralarim bilan unga gapirarkanman,u menga nim tabassum qildi.
โHayrli tong! Kettikmi?! - men unga qarab bosh chayqarkanman,u oldinlab keta boshladi.
Men gapira olmayman,ammo Junkook mendan hech qachon uyalmagan.Mening yoshligimda zabonim bo'lgan,bunday ishlashimga hojat bo'lmaydigan boyligimiz ham bor edi.Ammo o'sha kuni...Men o'sha voqeani eslasam ko'zlarim qizarishni boshlaydi.Chorshanba kuni...Ota-onamdan ayrilgan kunim,o'sha katta avtohalokat ko'zimni oldida bo'ldi.Junkookning aytishicha qattiq baqirganim uchun ovoz paylarimga shikast yetgan ekan.Shundan so'ng barcha qarindoshlarim mendan voz kechdi.Junkook meni yonimda bo'ldi.Bilaman u bilan yaqin do'st bo'lishim oson kechmagan ammo u meni doim qadrlaydi.Hozir sekin sekin avtobus bekatiga ketarkanmiz Jk ora orada menga orqasiga qarab qo'yardi.