𝕺𝖓𝖊 𝖁𝖗𝖊𝖆𝖙𝖍 𝖎𝖓 𝕰𝖓𝖔𝖚𝖌𝖍𝖙🦋
Haqiqiy baxt insonlar seni qanday qabul qilishidan emas, balki sen o‘zingni qanday his qilishingdan boshlanadi. Bu, o‘zligingni topib, ichki xotirjamlikka erishish, hayotda katta maqsadlar izlash emas, oddiy narsalardan zavq olishdir. Bu sevgi, minnatdorchilik va kechirimlilik orqali hayotni anglashdir.
"Hayot ko‘pincha o‘zining murakkabligi va sinovlari bilan bizni charchatadi, ba’zan esa bizni butunlay o‘zgartirib yuboradi. Aynan shu sinovlar paytida atrofimizdagi insonlarning kimligini, ularning qalbimizdagi joyini chuqurroq anglaymiz. Sen mening hayotimda aynan shunday bir paytda paydo bo‘lding. Men butunlay yo‘qolib qolganimda, ko‘nglimdagi quvonch va kuchni yo‘qotganimda, sen menga orqa o‘girmading. Aksincha, qo‘limdan ushlab, meni o‘zimga qaytarishga urinding.
Bilasanmi, sen mening ko‘zlarimdagi g‘amni ko‘ra turib, unga qarshi kurashding. Bu oson emas edi, lekin sen o‘zingni charchatib, meni baxtli qilishga harakat qilding. Va mana, bugun men yana tabassum qila olyapman. Bu faqat mening yutug‘im emas — bu SENING yutug‘ing. Menga ishonch bag‘ishlaganing uchun, "sen bunga loyiqsan" deganing uchun, umidsizlikdan ko‘ra katta kuch borligini ko‘rsatganing uchun senga rahmat.Seni borimcha Sevaman!
Hozir ulardan baxtli insonlar yuqdek edi go'yo.Bu juda ham chiroyli sevgi,hamma orzu qiladigan sevgi,kimdirlar erisha olmaydigan sevgi...Jin Minsuning barcha hatti-harakatlariga oshiq,uning ichki dunyosiga oshiq.Mana hozir ular birga vaqt o'tkazishyapti.Ular dengiz buyida kaftlarini bir qilib,suhbatlashib yurishar goh fermadagi turli xil uy hayvonlarga ovqat berishar goh kaminning oldida Jin Minsuni bag'riga olib qahva ichishar suhbatlashishar edi.
Hozir mendan baxtli inson yuqdek go'yo.Minsu bilan tashqariga aylangach,ichkariga kirdik.Sevgilim oshxonada qahva damlarkan televizordan uning yoqtirgan kinosini quydim.U kelgach uni bag'rimga olarkanman.Uning issiq taftidan,u hozir yonimda ekanligidan uzimni boshqacha his qildim.Buni tariflab bulmaydi...
Sen ba’zan o‘zingni butunlay yo‘qotganingni his qilgan bo‘lsang ham, men sening ichingdagi o‘sha quvvatni, o‘sha hayotga intiluvchanlikni ko‘rdim. Va mana, bugun sening yuzingda baxt bor, qalbingda sokinlik bor. Bu men uchun hammasidan ustun. Endi men o‘zim uchun orzu qiladigan hech narsa qolmadi. Men faqat shuni tilayman: sen bu tabassumingni hech qachon yo‘qotma. Chunki men o‘z hayotimni ham, borlig‘imni ham shu tabassumning quvonchi uchun bag‘ishlaganman.Endi men hech qanday armonsiz, yuragimni og‘ritmay bu dunyoni tark etish haqida o‘ylay olaman. Lekin buni qila olarmikinman? Chunki mening har bir nafasim sening kulishing bilan bog‘liqdek. Agar men ketsam, sen yana yolg‘iz qolib, o‘zingni yo‘qotib qo‘yishingdan qo‘rqaman. Shuni bilgin, men bu hayotda faqat senga baxt keltirish uchun yashadim. Va sening baxting menga yetarli edi. Agar bir kun ketib qolsam ham, qalbingning eng chuqur burchagida men bilan bo‘lgin. Mening sevgim va mehrim doimo yoningda bo‘ladi.Hayot gohida shafqatsiz, gohida adolatsiz bo‘ladi, lekin biz o‘zimiz yaratgan quvonchlar, yaxshi xotiralar bilan yashaymiz. Mening barcha yaxshi xotiralarim senga bog‘liq, va men o‘sha xotiralar bilan ham bu dunyoni tark eta olaman. Lekin shuni unutmaki, sening baxting mening eng katta muvaffaqiyatimdir. Shu sabab, har doim kul. Har doim yashashni davom ettir. Chunki sening hayoting endi mening eng buyuk merosimdir!!!
Oshxonada Jin va men uchun biz uchun qahva damladim.Tashqarida juda ham chiroyli qor yog'moqda...Men juda ham xursandman...U bilan utayotgan har bir kunim men uchun tasavvur qila olmas baxt!!Qahva tayyor bulgach televizorda men yoqtirgan kino quyib,men kelishim bilan qulimdagi qahvalarni olib,meni bag'riga olarkan unga tabassum qildim.U ham menga qarab peshonamga labini bosib,meni uziga yana ham tortdi.Sevimli kinoyimiz boshlanar ekan uning tabassumini ko'rib,o'zimni dunyodagi eng baxtli inson deb his qildim...!
—Seni his tuyg'ularsiz odam deb o'ylagandim,lekin meni eshityapsan..
Film tugab bulgach uyning orqa bog'iga qordan pana joyda gulxan yoqib,uning yelkasiga boshimni quyib unga tabassum bilan gapirarkanman.Mening gapimga u keng jilmaydida qo'limni ushlab gap boshladi.
—Hmmm men shunchaki mukammal bir qizga oshiq bo'lgan oddiy bir odamman.. - u kulumsirab bu gaplarni chin dildan aytarkan negadir yuzim qizardi.
—Imm meni juda erkalatib yubordingku - qizargan yuzlarim bilan unga qaradim.U menga qarab tabassum qildi.
—Yuq aslida ham shunday...Sen men tanigan eng jasur insonsan,hatto...mening dunyoda boshqa ko'z bilan qarashimga sabab bo'lding...
—Har doim shunday bo'lishinga umid qilaman..
—O'v hozir gulxan ham o'chib qoladi qani uyga kiramiz...
—Hayriyat muzlab qoldim.. - Minsu uyga kirishi bilan birdan kaminni oldiga turib oldi.
—Hozir isib qolasan - Jin kurtkasini yechayotgan Minsuga yoradam berdi.
—Ancha sovuq tushibdi...Rahmat - Minsu unga qarab jilmaydida,qo'llarini olovga ko'rsatib ishqalab isitishga urinardi.Jin ham ustidagi kurtkasini yechib,Minsuning ustiga qalin adyol(shunday deyiladi shekilli😁) tashladida uning orqasidan mahkam quchdi.Yuzini Minsuning buyniga kumarkan.Uni hidlab yuzidan mayin o'pib quydi.
—Juda chiroyli joy ekan kelib yaxshi qilibmiz..Ilk bir bunaqa joyga kelishim.O'zi nega bu yerga kelgan edik..
Shaharning chekkarog'ida poyezd yo'l buylab ikki juftlik ketishar ekan.Minsu atrofni ko'rib ko'zlari quvondi.Kecha qor ko'p yog'magani uchun,yerlar oppoq emas ammo daraxtlar,temiryo'l atrofi juda ham chiroyli edi