December 25, 2024

𝑶𝑵𝑬 𝑩𝑹𝑬𝑨𝑻𝑯 𝑰𝑺 𝑬𝑵𝑶𝑼𝑮𝑯𝑻✨

Sinovlar hayotning ajralmas qismi, lekin ularni birga yengib o'tish haqiqiy kuch va birdamlikni namoyon qiladi. Har qanday qiyinchilikda yonma-yon bo'lish, bir-biringizga tayanch va dalda bo'lish orqali engilmas jamoaga aylanasiz. Do‘stlik va ishonch har qanday to‘siqni yengishning kalitidir. Sinovlar sizni ajratish uchun emas, aksincha, birlashtirish uchun keladi. Har qadamda birga bo‘ling, va har bir g‘alaba sizning birdamligingizning kuchini ko‘rsatib turadi."

𝑩𝒚 𝑫𝒂𝒉𝒚𝒆🦋

9- 𝑩𝑶𝑩. 𝘠𝘖𝘕𝘐𝘕𝘎𝘋𝘈𝘔𝘈𝘕!


—MINSU! - yerda yotgan Minsuni ko'rib,juda ham qo'rqib ketgandi.

Jin Minsuni ko'tarib olib mashinasi tomon yugurdi.Uni mashinaning orqa tomoniga ehtiyotkorona yotqizarkan,mashina rol tomonga bordi.Tutqichga qo'lini olib borarkan.Eski xotiralar miyyasida aylanaverdi.U o'zini qo'lga olgach mashinaga o'tirdi

—YORDAM BERING....YORDAM BERING..! - Jin Minsuni shifoxonaga olib kirarkan,uning ko'ziga hech kim ko'rinmasdi. — Qayerga...

—Zudlik bilan shifokorga habar bering - Hamshira Minsuning qo'liga ukol qila boshladi.

—Janob iltimos tashqariga chiqing...Bu yerda qola olmaysiz.. - hamshiralar Minsuning yonidan ketmayotgan Jin ni tashqariga chiqarishga urinishdi.

—Minsu...U yaxshi buladimi! - U tashqariga chiqarkan,Minsudan ko'zini uzmadi.Oxirgi so'zlari bo'g'iq ovozda chiqdi.

Jin tashqarida uyoqdan buyoqqa o'tib,bezovtalanarkan shifokor chiqishi bilan uning yoniga bordi.

—U yaxshimi..

—Bular har doimgi holatlar..Oilasiga habar berdik.Yo'lda kelishyapti..

—Biror narsa qilishni iloji yuqmi..BIROR NARSA DESANGIZCHI...! - U shunchalik sabri tugab borardiki,oxiri shifokorga baqirib yubordi

—Nima qilish kerak bo'lsa qilindi va yana harakat qilyapmiz - Shifokor shunday deb uning yonini tark etdi.

Jin hech narsa qila olmasdi.U shu alam qilardi.U shifokor ketganidan keyin,devorga suyanib asta yerga o'tirdi.Boshini devorga quydi.

𝑇𝐼𝑀𝐸 𝑆𝐾𝐼𝑃

—Ovqatlanishni rasvo qilganim uchun uzr - ovozi biroz holsiz chiqayotgan Minsu,unga ma'yus qarab turgan ko'zlarga qaradi.

—Bunday qurq uzr bilan qutulmoqchi bo'lsangiz,adashasiz Minsu xonim... - Jin tabassum ila Minsuga qosh uchirib quydi.

—Bunchalik shavqatsiz bulishingizni kutmagandim Janob Kim.. - Minsu tabassum qildi —Qani gapiring nimani xohlaysiz..

—Bir mo'jiza bulishini istayman..!

—Immm bu mo'jizalarga faqat men ishonaman deb o'ylagandim..

—Shusiz ham sening mo'jizangni haqiqatga aylantirmoqchiman..!

—Haqiqatga aylantirib bo'lding.. - Minsu Jinga qarab qat'y ohangda aytdi.Uning barcha orzulari va mo'jizalar Jin bilan! Xonaga sukunat cho'kdi.

𝘔𝘪𝘯𝘴𝘶

—Jonim qizim - Xonaga Minsuning ota-onasi kirishdi.Dadasi uni sochini siladi.

—Hoy Salom Minsu...Odam ham shunday buladimi... - Changbin ularning orqasidan paydo bulib.Hammaning yuziga tabassum keltirishga urindi.

—Changbin...! Senmisan..?!Aytmading kelishingni o'zim kutib olardim - Minsu turishga urinarkan,Changbin unga yordam bermoqchi buldi.Ammo Jin undan oldin buldi.Jin Minsuga Changbin kimligiga ishora qilarkan.Changbin buni sezdi.

—Salom.Men Changbinman.Minsuning bolalikdagi do'sti.- Changbin Jinga qo'lini cho'zdi.

—Salom men Jinman... - Bir birlariga majburan tabassum qilib,qo'l siqishib quyishdi.

—Oyijon..

—Minsuyim meni yaxshimisan.. - Onasi egilib uning qo'llarini o'pib quydi.

—Hammasi joyidami..

—Joyida.. - Minsu tabassum qildi.

Jin bu manzarani ko'ra olmadi.U Minsuning asta sekin sunib borishiga chiday olmasdi.U asta xonani tark etarkan.Changbin uning orqasidan u ham xonani tark etdi.Jin shifoxana balkonida turib hayol surarkan,yelkasiga botgan qo'llardan seskanib orqasiga qaradi.

—Nima haqida o'ylayapsan.. - Changbin ko'zini biroz qisib unga qaradi.Changbinga ham bu oson emas.

—U ko'z oldimda so'nib borayapti...Men...Men esa shunchaki kuzatyapman..Jin ursin qo'limdan hech narsa kelmayapti..! - Jinning ko'zidan yosh oqarkan yuzlarini silab tushishdan hech tuxtamas edi.

—Bilasanmi...Men seni endi ko'rib turishim ammo,sendek uni hech kim baxtli qila olmaydi.Bilasanmi u yoshligidan mo'jizalarga ishonar,va meni ham bunga ishontirgan inson.U kuchli,irodali qiz!Hammasi yaxshi bo'ladi..!Bundan boshqa so'z aytib bulmaydi.U menga umid bag'ishlagan inson.Bu menga ham juda qiyin bilasanmi.Uning bu ahvoli ko'rish...! - Changbin yig'lashni istamasdi.U bir insonga dalda beryapti qanday qo'shilib yig'lasin.Hammasini ichiga yutishga majbur.Ko'zlariga to'planib kelgan yoshni orqasiga burilib artdi va Jinga kulib qaradi. — Bo'ldi o'zingni qo'lga ol..Bilasanku u qandayligini ahvoling qanday birdan biladi va boshingga bitgan balo bo'ladi.. - Jin ham unga qushilib kulib yubordi.

—Rahmat! Men bu baloga doim roziman.. - Jin uning yelkasidan asta urib quyarkan ichkariga kirib ketdi.Changbin uning orqasidan tabassum qilgancha o'z hayollari bilan qoldi

"Hayot men uchun qanchalik og‘ir bo‘lmasin, men seni baxtli ko‘rishni istayman. Mening his-tuyg‘ularim muhim emas, agar sening tabassuming va yuragingda tinchlik bo‘lsa. Seni sevish – bu faqat mening sirim, lekin seni himoya qilish, seni qo‘llab-quvvatlash va baxtingni kuzatish – bu mening hayotimning maqsadi. Agar men yoningda bo‘lib, seni ozgina bo‘lsa-da baxtli qila olsam, bu men uchun hammasidan ustun.

𝘊𝘩𝘢𝘯𝘨𝘣𝘪𝘯 𝘑𝘪𝘯𝘯𝘪𝘯𝘨 𝘰𝘳𝘲𝘢𝘴𝘪𝘥𝘢𝘯 𝘵𝘢𝘣𝘢𝘴𝘴𝘶𝘮 𝘲𝘪𝘭𝘪𝘣 𝘶 𝘩𝘢𝘮 𝘪𝘤𝘩𝘬𝘢𝘳𝘪𝘨𝘢 𝘬𝘪𝘳𝘥𝘪.

𝑇𝐼𝑀𝐸𝑆𝐾𝐼𝑃➡️ 2𝑘𝑢𝑛 𝑜'𝑡𝑑𝑖.

Tong

Ertalab quyosh nurining mayin shafaqlari to'y joyini o‘rmon yoki dengiz sohillarida yoritmoqda. Oyning oxirgi nurlari hali osmonda sezilib turadi. Yengil shamol barglarni tebratadi, havo yangi gullarning xushbo'y hidi bilan to‘lgan. Ular to‘yga tayyorlanayotganlarida, bir oz hayajonli, ammo baxtiyor kayfiyat ularning har bir qadamida seziladi.

Jin qora smokinda, kamtar va zamonaviy, ammo unga mos bo'lgan tarzda bezatilgan. Ko‘zlari hayajondan charaqlaydi
Minsu oppoq libosda, oddiy, ammo nafis. Uning yuzidagi tabassum uni chinakam farishtaga aylantiradi.

—Tadam.. - Minsu xursandligidan oq ko'ylagini aylanarkan Jin undan ko'zlarini ololmadi.

—Meni go'zal malikam - Janob Kim qizini bag'riga bosarkan,u qizini baxtliligidan juda ham xursand edi.Uning peshonasidan o'pib quydi — Sen ulg'aydingmi qizim! Huddi kechagidek yodimda ilk turishlaring,birinchi bor dada deganlaring,ilk kez joningni qiynalishi - U nogahon yig'lab yubordi.—Endi esa ketyapsan..Bu ayriliq emas shundaymi ?! - Minsu boshini ha deb qimirlatib quydi.- Qachon bo'lsa ham dada desang bas yoningda bo'laman - Otasi uni bag'riga bosdi.-Qani senga bir to'yib qarab olaychi..

—Changbin..- Minsu tabassum qilib turgan chanbinga qaradi.

—Juda ham chiroylisan..- Changbin tabassum qilib uni bag'riga bosdi. - Baxtli bo'l!

.

Minsu onni❤️

Jin

Minsuning onasi ularni tomosha qilib jilmayib turgan Jinga qaradi.U unga tabassum qilib uning qo'llarini ushladi.

—Men uzoq yillar qizimni bu uydan bir oq kafanda kuzataman deb qo'rqardim.Ammo sening mo'jizang bilanbilan endi uni oppoq kelinlik libosida kuzatyapman.Jin yaxshiyam sen bor ekansan. - Seva xonim uni bag'riga bosdi.

𝑇𝐼𝑀𝐸𝑆𝐾𝐼𝑃➡️

Mehmonlar juda ham ko'p emas.Ular muhim insonlar. Hamma nigohlar kutilgan shaxsga qaratiladi. Jin katta yo‘lakdan kirib keladi. U qora smokinda, zamonaviy, ammo klassik nafislikka ega. Yengil shamol uning sochlariga tegib o‘tadi, ammo u yo‘lak bo‘ylab qat’iy va ishonch bilan qadam tashlaydi. Ko‘zlarida g‘urur va xotirjamlik aks etgan. Yon tomondagi mehmonlar yengil iltifotlar bilan uni kuzatishadi.

Uning kirib kelishi bilan musiqaning ohangi o‘zgaradi — bu g‘urur va sevgini ifodalovchi marosimning birinchi lahzasi. Yo‘lakning oxirida u to‘xtaydi va mayin tabassum bilan Minsu tomon qaradi.Hamma kutayotgan lahza. Musiqa birdan sekinlashib, sokin va romantik ohangga o‘tadi. Minsu asta-sekin yo‘lak boshida paydo bo‘ladi. U oppoq, nafis libosda, uning matosi har qadam tashlaganida yengil tebranadi. Yuzi mayin pardaga o‘ralgan, ammo tabassumi har bir mehmonning yuragini eritadi.

Uning yonida otasi bor, ular asta-sekin yo‘lak bo‘ylab yurishadi. Minsuning yurishi shunday nafis va sokinki, go‘yo u yerga emas, balki bulutlarda qadam tashlayotgandek. Gullarning va chiroqlarning jilosi uning libosini yana-da sehrli qiladi.Jin Minsu tomon qarab, beixtiyor chuqur nafas oladi. Uning nigohlari Minsuning go‘zalligidan ko‘z uzolmaydi. Minsu yetib kelganida, ular bir-biriga qarab jilmayadi, shu lahzada ular uchun dunyoda faqat ikkalasi bor.

Tabiatning o‘zi bezak bo‘lgan joy: yashil maysalar, oppoq stol choyshablari, gul barglari bilan qoplangan yo‘lak, fon sifatida pastel rangli gul guldastalari. Atrofda yorqin chiroqlar osilgan va bu sokin joy

Ovozlar orasida jimjitlik hukm suradi. Kuyov va kelin bir-biriga yaqinlashayotganida, ularning nigohlari bir-biriga bog‘langan. Qasamlarni aytish paytida mayin musiqa eshitilib, bu lahzani yanada romantik qiladi. Har bir so‘z yurakdan chiqadi va ularning kelajakka bo‘lgan umidini aks ettiradi.

𝘛𝘐𝘔𝘌𝘚𝘒𝘐𝘗➡️ 𝘒𝘦𝘤𝘩𝘬𝘪 𝘱𝘢𝘺𝘵

—Bugun hammaga bir biriga buyuk muhabbat bilan bog'langan,ikki zaif qalblarning birlashganiga har narsani uddasidan chiqqan bir kunda,va bu yerda guvoh bulgan yaqinlarimiz qarshisida senga sevgimizni har qanday holatda ham asrashimga va oxirigacha orzularimiz ro'yobi uchun kuchli bulishga senga so'z beraman...Menga ishon!Seni judayam sevaman!Har doim yonimda bo'l! - Jin gapini tugatarkan,qarsak sadolari yangradi.Minsuning ko'zlaridan quvonch ko'z yoshlari oqarkan Jinni quchoqlab oldi.

Oradan kunlar o'ta boshladi.Ular juda ham baxtli edi.Dengiz bo'yiga borishardi.Goh mazza qilib o'ynashar,goh dengiz buyida yoqimli suhbat qurishar.Jin o'zgardi Minsu tufayli o'zgardi.U doim Minsuning yonidan ajralmas,unida yonida bulardi.Ular psixolog kurigida bulishar quvnoq suhbatlar qurishar.Bunga Jin o'z fikrini bildirardi.

𝑇𝐼𝑀𝐸𝑆𝐾𝐼𝑃➡️ 𝑂𝑟𝑎𝑑𝑎𝑛 1𝑜𝑦 𝑜'𝑡𝑑𝑖.

Jin qo'lida oppoq gullar bilan kelarkan,Minsuning yotganini ko'rdi.U rafiqasi uyquda deb o'ylab,unga sekin gapira boshladi.Uning kaftlaridan o'pib ismini aytarkan uning hushsizligini ko'rdi.

—Minsu...Minsu - Jin uni qimirlatarkan juda ham qo'rqib ketdi.. -MINSU...!

𝑆𝐻𝐼𝐹𝑂𝑋𝑂𝑁𝐴 3Soatdan so'ng.

—Bizni rosa qo'rqitding..! - Jin uning kaftlarini ushlab turarkan,Minsu ko'zini ochishi bilan tabassum qildi.

—Qo'rqma! Qara yaxshiman - Minsu holsiz ohangda tabassum qilib quydi.

—Albatta yaxshisan.. - Jin uning kaftlarini quyib yubormagan holda boshini siladi.

—Bular nima? - Minsu qo'llariga ulangan aparatlarga ishora qildi.

—Bular seni yanada yaxshilanishingga yordam beradi Minsu.Biroz shu yerda qolishimiz kerak...

—Yo'q!...Yo'q - Minsu boshini qimirlatdi va uning ortida turgan ota-onasiga qaradi. — Dada!

—Labbay qizim.. - Janob Kim birdan qizini oldiga keldi.

—Buni gaplashgandikku..Uskunlarga bog'lanib qolishni istamayman...So'z bergansiz...- Minsu yig'idan biroz yiroq bulib bo'g'iq ovozda gapirarkan,shifoxanada qolishni istamasdi.

—Buni endi hech birimiz hal qila olmaymiz..Sen ham..-Jin uning kaftlarini hamon ushlab.

—Lekin quloq sol... - Minsuning yuzini ko'z yoshlar yuvarkan u gapini davom ettira olmadi.Jin tomondan bulindi.

—Senga bergan so'zimni bajarishimni xohlasang...Oxirigacha kurashishing kerak.Minsu men bunga aslo izn bermayman..Buni menga sen o'rgatding.Har nafasimda umid berding...

—Yo'q aslo..Men bu yerda,bu yotoqda o'lishni istamayman.. - Minsu yig'lab yubordi.U turishni istardi.Ammo qo'lidan kelmasdi.

—Tshshsh...Aslo bunday bulmaydi...Senga so'z beraman - Jin uni tinchlantirish uchun yuzini siladi..

*

For you Minsu onni🫠❤️

Keyingi qism final✨

Fikr va reaksiya kutib qolaman🦋
Yoqimli mutolaa✨