January 5

๐‘ฐ๐‘ต๐‘บ๐‘จ๐‘ต๐‘ฐ๐‘ป๐’€๐Ÿšญ (๐‘ป๐’†๐’๐’ƒ๐’‚)

"๐‘ป๐’‰๐’† ๐’ˆ๐’“๐’†๐’‚๐’•๐’†๐’”๐’• ๐’ƒ๐’‚๐’•๐’•๐’๐’† ๐’Š๐’” ๐’•๐’‰๐’† ๐’”๐’Š๐’๐’†๐’๐’• ๐’ƒ๐’‚๐’•๐’•๐’๐’† ๐’Š๐’ ๐’š๐’๐’–๐’“ ๐’‰๐’†๐’‚๐’“๐’• ๐’ƒ๐’†๐’•๐’˜๐’†๐’†๐’ ๐’š๐’๐’– ๐’‚๐’๐’… ๐’š๐’๐’–๐’“ ๐’†๐’Ž๐’๐’•๐’Š๐’๐’๐’”."

โ€ข

โ€ข

๐˜ฝ๐™ช๐™จ๐™–๐™ฃ | ๐™…๐™–๐™ฃ๐™ช๐™—๐™ž๐™ฎ ๐™†๐™ค๐™ง๐™š๐™– | 2008-๐™ฎ๐™ž๐™ก

โ€”DADA...! - bolakayning oppoq yuzlari sari ko'zyoshlar tinmay oqarkan,dadasining oyog'iga maxkam yopishib oldi - Iltimos..Iltimos dada ketmang! Bizni tashlab ketmang! - bolakay dadasini quyib yubormay quchoqlab oldi.

Erkak o'z bolasidan jirkangandek uni uzidan uzoqlashtirishga urindi,ammo bu befoyda bolakay undan uzoqlashishni istamas edi.

โ€”Yo'qol!....Qoch - u ko'chada turganligi sababli hech kim ko'rmadimi deya uyoq buyoqqa qaradi. - Senga yo'qol dedim! - bolakayni uzidan siltab tashladi - Bu jinni oying bilan o'zing yasha!

Bolakayning ko'zlaridan tinmay yosh oqardi.To'g'ri u yoshligidan ota mehrisiz katta bo'ldi.Ammo u boshqalardek otasi borligidan va bir kun kelib otasi unga mehr qo'yishdan umidvor edi.Otasi uni siltab tashlagandan so'ng yerga yiqilib tirsak sohasi qonay boshladi.U bunga e'tibor bermadi,ammo u otasining orqasidan faqatgina nafrat ko'zlari bilan qaradi!Otasi qanaqadir eng so'nggi rusumli mashinaga minib ketdi.U o'rnidan turib uyi tomon borarkan,keyingi bo'ladigan voqealarni tahlil qilardi.Onasi uyni ostun ustun qilib baqirarkan,ochib yopilgan eshikning tovushi uni yanada quturishga sabab bo'ldi.

โ€”Nega kelding?... - bola onasiga bosh egib qarab turarkan,onasi uning tirsagini qattiq siqimladi - Hoy iflos nega kelding deyyapman?...Otang kettimi? Senga aytyapman? - Onasi ko'zlarini katta qilib,o'g'lining iyagidan siqimlab uni o'ziga qaratdi.

โ€”H.ha - bola bu gapni zo'rg'a aytdi.Ko'zlariga to'lib kelgan yoshni chiqarmaslikka urindi.Iyagidan siqimlagan onasi uni siltab tashladi.

โ€”O'ynashi bilan ketgandurda... - Onasi sochlarini asabiy orqasiga olib kula boshladi.U huddi jinnidek kularkan,bolakay orqaga bir qadam tashlashga urindi - Hooy! Hammasiga sen aybdorsan!SEN AYBDORSAN IFLOS! SENI DEB...SENI DEB! U MENI TASHLAB KETDI! - onasi uni siltab yuzlaridan ura ketdi.

โ€”Oyijon...Oyijon iltimos urmang! Kechiring - bolaning ko'zlaridan shashqator bulib yoshlar oqdi.Oyisiga qo'llarini qalqon qilib turarkan,uni boshqa holi ham qolmagandi.

Pov Avtor:Hayot gโ€˜alati... Baโ€™zan insonning eng yovvoyi faryodlari ham jimlikda qolib ketadi. Katta dunyo ichida kichkina bir qalbning sindirilishi hech kim uchun ahamiyatsizdek tuyuladi. Lekin mana shu sindirilgan qalblar orqasida bir umrlik ogโ€˜riq yashirinadi. Ota mehridan mosuvo, ona qahriga duch kelgan bolakaylarning hayoti aslida bir oโ€˜limdir. Faqat bu oโ€˜lim na darrov, na sezilarli. Bu oโ€˜lim asta-sekin, kunma-kun roโ€˜y beradi.Biz hammamiz koโ€˜ramiz, lekin sukut saqlaymiz. Oโ€˜zimizni bunday ogโ€˜riqni tushunmaydigandek tutamiz. Chunki boshqalarning qaygโ€˜usi bizga begona. Ammo hayot shundayki, oโ€˜sha begona ogโ€˜riq bir kun kelib sening ham qalbingga yetib kelishi mumkin. Bu dunyoda eng katta zulm โ€“ begunoh qalbni sindirishdir. Chunki sindirilgan qalb boshqa hech qachon avvalgidek boโ€˜la olmaydi. Va u sindirilgan joylardan quyuq zulmat oโ€˜sib chiqadi.Ammo u o'zi xohlamasada bir insonga bog'lanib qoladi...Va u telbaga aylanadi....

**

Sovuq havo yer yuzini o'ziga xos qoplab oladi: havoning tiniqligi odamning nafasini qisadi, nafas olganda o'pkaga kirgan sovuq havo yoqimli achchiqlik bilan uradi. Atrofda har bir nafas olishda chiqayotgan oq bug'ni ko'rish mumkin, bu odamning o'z issiqligi va sovuqning to'qnashuvi. Daraxtlarning shoxlari qotib, ustida mayda qirov ko'rinadi. Ko'chalar xotirjam, odamlar palto va sharflarga o'ranib, tezroq manziliga yetishga intilardi.

โ€”Tez tez bo'l.... - Erkak paltosini tugสปirlagancha qoสปpol va qat'y ohangda bolaga oสปshqirdi.

Bola usti yupiqligi uchun qoโ€˜llari qaltirar, shunday boโ€˜lsa-da, erkakning buyrugโ€˜iga itoat qilib, qadami sekinlashmayotgandi. Uning tizzalari titragan, lablari koโ€˜karib ketgan edi. U boshini egib, erkakning oyoq kiymini tozalardi. Bola juda yosh koโ€˜rinsa-da, koโ€˜zlaridagi nim tabassum uning irodasi kuchli ekanidan darak berardi.

โ€” Sovuqdan oโ€˜lyapsanmi, harakat qil! โ€” deb yana jerkindi erkak, ovozida sabrning soโ€˜nggi chegarasi sezilardi.

Bola hech narsa demasdan, yelkasini qisib, ishini davom ettirarkan,ichidan yigสปlagisi kelardi. Koโ€˜chaning chetidagi eski daraxt shoxlarida qotib qolgan muz kristallari quyosh nuri tushganda chaqnardi. Bir zumda shiddatli shamol koโ€˜tarilib, bolaning sovuqdan qizarib ketgan yuziga urildi.

โ€” Janob bo'ldi! โ€” nihoyat bolaning xirillagan ovozi eshitildi.

Erkak sigarasini tutatib, unga yuzlandi. Koโ€˜zlari bolaning sovuqdan qaltirayotgan jussasini koโ€˜rdi va bir qoshini chimirib sovuq nigoh ila unga yuzlandi.

โ€” Isming nima? โ€” dedi u, haliham o'sha yuz tuzulish bilan

โ€”Junkook... - u ham sovuq ohangda gapirdi.Erkak uning mag'rurligini ko'rib lab uchida jilmaydi.

โ€”Necha yoshsan?Ota-onang yo'qmi? - erkak chuntagidan hamyonini olarkan,beparvo so'radi.

โ€”13 yosh.Mening ota-onam yo'q! Ular o'lishgan - junkook gapirgunicha qo'lini musht qildi,u kichik edi ammo u boshidan o'tgan bu muammolar tufayli ertachi katta bo'lgan,o'zi uchun qaror chiqargan edi.

โ€”Shunday degin...- erkak unga pul berdi โ€” Ol! Qo'lingdan yaxshi ish keladi degan umiddaman,meni uyimda oz moz ishlar bor ishlasang yaxshigina xaq to'layman! - erkak yana bir sigara yoqib.Junkook indamadi shunchaki bosh irg'ab quydi.Erkak uni uyiga boshlab kilarkan bir qizcha uydan yugurib chiqdi.

โ€”Dadajon... - qizcha yoqimtoy, va mayin ovozda baqirib,yugurib dadasini quchdi.

โ€”Qizalog'im - dadasi uning erkalatib boshini silarkan,Junkook bir tomondan hayron,bir tomondan havas qilardi.Boyagi erkakdan asar ham qolmagandi.

โ€”Bu bola kim? - qizcha qoshchalarini chimirib,Junkookga qaradi.

โ€”Junkook.. - erkak qizini yuzini o'pib quyib Jkga ishlarni ko'rsatdi.

โ€”Hoy chiroyli bola...Mening ismim Jaewon! Kel do'st bo'laylik - u Junkookning yoniga kelib,kulib quydi.

Junkook Jaewonga qarab turdi va indamay ishlarni bajara ketdi.Qizcha lablarini burib,qo'llarini bir-biriga birlashtirib olarkan,yoqimtoygina uff tortdi va uyning ichiga kirib ketdi.Junkook uyni hamma yerini tozalarkan,uyning qanday hashamatda ekanligini va u yerdagi uyin kulgu ovozlarini eshitarkan...Qo'llarini quloqlariga olib borib yopib oldi.

โ€”Bas! - bola tishlarini zich qilib baqirarkan,hamma ichkarida bo'lgani uchun eshitmasdi.Uni faqatgina xotiralardagi kulgular qulog'ida jarang sochardi. โ€” Yetar! Nafratlanam...Nafratlanaman...! - bolaning ko'zlaridan yoshlar quyildi ammo keyingi daqiqalarda yig'i ovozini kulgu egalladi.U shunday kulardiki,ichidagi barcha alamlarni shu kulguga yashirgan.

๐‘ป๐‘ฐ๐‘ด๐‘ฌ๐‘บ๐‘ฒ๐‘ฐ๐‘ทโžก๏ธ

Havo sovuq kech tushgan...Junkookning oyoqlari charchoqdan zo'rg'a qadam tashlardi, ammo ichida nimadir uni harakatga majbur etayotganday edi. Shamol yuziga urilib, sovuq tishlab olardi, lekin bu unga ahamiyatsiz.Junkook boshini ko'tarib, qor yog'ayotgan osmonni kuzata boshladi. Qor yog'ayotganda har doim unga tinchlik olib kelardi. Ammo bu safar... yo'q, bu safar bu sovuq oq yomg'ir unga hech qanday taskin bermadi. Faqatgina ichidagi bo'shliqni yanada kattaroq qildi.Birdan... uzoqdan Jaewonning chaqirayotganini eshitdi.Jk unga qaramay yurib ketarkan qizcha unga yetib oldi.

โ€”Hoy to'xta! - qizcha yoqimli ovozi bilan uning bilagidan ushlab olarkan,Jk uzini undan olib qochdi. - Bu senga! - cho'ntagini kovlab,unga mamnun holda chupa chups berdi.

โ€”Menga kerak emas - Jk qovog'ini solgan holda sovuq o'shqirdi.Jaewon biroz unga qarab turarkan,baribir jilmayib quydi.

โ€”Mendan o'zingni olib qochma...Axir biz do'stmizku..To'g'rimi?! - qizcha boshini quyi egib,Jkga yana yoqimli tabassum qilarkan uning qo'liga chupa chupsni tutqazdi.Jk biroz unga qarab turib, indamay uni oldidan o'tib ketdi.

**

๐พ๐‘‚๐‘…๐ธ๐‘Œ๐ด | ๐‘†๐ธ๐‘‚๐‘ˆ๐ฟ | 2025-๐‘Œ๐ผ๐ฟ

...qorong'i xona nam va qo'rqinchli edi. Uning devorlari eski va dog'lar bilan qoplangan, go'yo bu joy uzoq vaqtdan beri azob-uqubatlarning guvohi boโ€˜lgandek. Xonaning oโ€˜rtasida osilib turgan bitta chiroqdan zaif sariq nur taralib, har bir burchakka qoplangan zulmatni bir lahzaga yoritardi. Havoda qonni va chirkin narsalarning o'tkir hidi sezilar, bu joyni dahshat va qoโ€˜rquvning makoniga aylantirardi.Polga qon izlari va parcha-parcha matolar sochilib yotardi. Ularning aksariyati yangi edi โ€“ bu yerdagi zoโ€˜ravonlik yaqindagina sodir boโ€˜lganidan darak berar,xonaning bir burchagida siniq oโ€˜rindiq va ustiga tashlab qoโ€˜yilgan zanjirlar yotardi. Bu zanjirlar yaqinda kimnidir ushlab turish uchun ishlatilgani bilinardi

โ€”Janob iltimos!....Iltimos qilaman..Boshqa bu ish takrorlanmaydi..Iltimos meni o'ldirmang - biror sog' joyi qolmagan erkak,u bu haqda emas aksincha tirik qolishni o'ylardi.U yig'idan beri bo'lib yigitning oyog'iga yiqilib so'rarkan yigitga farqi yo'q u faqat qattiq kulish bilan ovora.

โ€”Bilasanmi bu ko'rinishing menga tanish - yigit unga cho'kkalab qaradi va birdan jiddiylashdi. - Bilasanmi bu ishni takrorlash yoki takrorlamaslik uchun tirik bo'lish kerak. - yigit kiprik qoqmasdan uning ko'ksiga pichoqni botirarkan xona bo'ylab uning azobli baqirig'i yangradi. - Bilasanmi bu senga kam...!

โ€”Janob iltimos...Meni oilam bor! - Erkak yig'lab baqirdi.Undan faqat tirik qoldirishini o'ylardi.

โ€”Oila...Oilam bor degin! - yigit qo'liga yanada tig'li narsa oldi - Sen ham meni oilamga ko'z olaytirding bilasanmi? GAPIR IFLOS! Birinchi unga qaragan ko'zlaringni sug'rib olaman...So'ngra joningni! - Yigit kulib o'z ishini bajararkan, xunuk qichqiriqdan faqatgina rohatlanardi.

๐‘‡๐ผ๐‘€๐ธ๐‘†๐พ๐ผ๐‘ƒโžก๏ธ

๐˜Œ๐˜™๐˜›๐˜ˆ ๐˜›๐˜–๐˜•๐˜Ž:

Havo hali ham sovuq,ammo quyosh zarin nurlarini sochishdan to'xtamaydi.Ammo men quyoshdan oldin turishga majburman.Tepamda soat qo'ng'iroqlari jiringlashdan to'xtamas ekan g'inshib qulog'imni yostiq bilan yopdim.Ko'zlarim yana uyquga ketishni istar ammo,hozir yana uxlab qolsam yana gap eshitishdan qo'rqdim.Ko'zimni ishqalab soatga qararkanman soat millari 4 : 30 ni ko'rsatardi.Biz dugonalarim bilan bir kichik uyda ijarada turamiz.Sekin o'rnimdan qo'zg'alarkanman,telefonimga kelgan xabardan yuzimga tabassum yugurdi, "Do'stim"!

~Hayrli tong!Jaewon uyg'ondingmi? - u juda ham kamgap shunday bo'lsada meni zeriktirmaslikka harakat qiladi.

โ€”Hayrli tong! Ha uyg'ondim..Hozir chiqaman - Uyimiz oddiy Junkook mendan bir ko'cha narida yashaydi.U bilan birga ishlaymiz,u yuk tashuvchi,men esa hisobchiman.Doim erta tongdan ishlab charchamaymiz u bilan qanday vaqt o'tganini bilmayman ham.

Jaewon kichik bo'lgan vannaxonaga kirarkan yuzlarini yaxshilab yuvdi va kayfiyatni ko'tarish uchun tabassum qildi.Oshxona muzlatkichini ocharkan u yerda deyarli narsa yuqligini ko'rib,labini qimtidi.Sekin eshigini yopib,oshxonadan chiqarkan qo'liga sumkasini olib undan bir stickercha chiqardi.Shu bilan birga qo'liga ruchkasini olarkan " Men ishga ketdim " deya dugonasining telefoniga yopishtirib quyarkan,shu daqiqadayoq pardalarni to'g'irlab quydi.Kiyimlarini to'g'irlab,eshik tomon siljirkan telefon soatiga qarab quydi.Jaewon eshikni sekin ochib, tashqariga chiqdi. Sovuq havo yuziga urilganida, u jun jaketining etagini bir oz tortib oldi va asta yurib koโ€˜chaga chiqdi. Atrof hali jimjit, faqat qushlarning ilk sayrashlari eshitilardi. Quyoshning oltinrang nurlari ufqdan bosh koโ€˜tarib, yer yuzini iliqlik bilan toโ€˜ldira boshladi. U koโ€˜zlarini yumib, bir nafas oโ€˜zini tinchlikda his qildi.

Ko'zimni ochib qaraganimda qarshimda shunchaki menga qarab turgan yigitni ko'rdim.Gohi hayron qolaman,u uxlaydimi?!Men institutda ham o'qiyman..U meni doim vaqtli o'qishga yuborib meni o'rnimga ham ishlaydi.Meni himoya qiladi.U meni haqiqiy do'stim.

Junkook quloqlariga quloqchin toqib,Jaewon uyi tomon kelarkan...Shunchaki hozir uning oldida o'zini qanday tutishi haqida o'ylardi.Uncha uzoq bo'lmagan uy oldida turarkan,yo'g'on daraxt yonida to'xtadi.Jaewon eshikni sekin yopib,tashqariga qararkan,Jk uni bir muddat kuzatishni istadi.Jaewon ko'zlarini yumarkan,Jk sekin uning yoniga bordi.Jaewondan hech ko'zlarini uza olmas ekan...Jaewon ko'zlarini ochib Jk tomonga qaradi.Jk shu zahoti undan ko'zlarini olib qochdi va nima tabassum qildi.

โ€”Salom - qo'l ishoralarim bilan unga gapirarkanman,u menga nim tabassum qildi.

โ€”Hayrli tong! Kettikmi?! - men unga qarab bosh chayqarkanman,u oldinlab keta boshladi.

Men gapira olmayman,ammo Junkook mendan hech qachon uyalmagan.Mening yoshligimda zabonim bo'lgan,bunday ishlashimga hojat bo'lmaydigan boyligimiz ham bor edi.Ammo o'sha kuni...Men o'sha voqeani eslasam ko'zlarim qizarishni boshlaydi.Chorshanba kuni...Ota-onamdan ayrilgan kunim,o'sha katta avtohalokat ko'zimni oldida bo'ldi.Bilasizmi bu hodisa umrim davomida o'chmas xotiram.Men hattoki zabonimdan ayrildim.Shundan so'ng barcha qarindoshlarim mendan voz kechdi.Junkook meni yonimda bo'ldi.Bilaman u bilan yaqin do'st bo'lishim oson kechmagan ammo u meni doim qadrladi.Yonimda turdi,himoya qildi.Hozir sekin sekin avtobus bekatiga ketarkanmiz Jk ora orada menga orqasiga qarab qo'yardi.

Avtobus bekatda to'xtarkan,ular avtobusga minishdi.Avobusda tong sahar bo'lishiga qaramay odam tiqilinch bo'lganligi uchun zo'rg'a orqaroqga borisharkan Jaewon kimdirga turtilib ketdi.

โ€”Hoy ko'zingga qara - bir yigitning o'shqirgan gapini Jaewon anglay olmay qoldi.U boshini egib kechirim so'rashga harakat qilar ekan,yigit unga sovuq qarab oldidan o'tib ketish mobaynida gapirib ketdi - Nima soqovmisan?! - Jaewon unga jim qarab turarkan,yigit kuldi - Ha mayli ammo chiroyli ekansan,yana uchrashib qolsak gapirishni o'rgataman - yigit kulib uning yon tomoniga o'tarkan,Jaewon bir oz noqulay bo'lib Jkning yoniga o'tib oldi.

Avtobus o'z bekatida to'xtar ekan...Ba'zi odamlar tushib avtobusda kamchilik insonlar qolgandi.Junkook ba'zida Jaewonga qarab quyar,ammo o'zini beparvodek tutar edi.Avtobus ularning bekatida to'xtadi,Jk Jaewonga pulni to'lab,Jaewonni tushishga undadi.

โ€”Ba'zi ishlarni hal qilishim kerak...O'zingni ehtiyot qil... - Junkook uning yelkaga qo'lini quyar ekan oxirida sochlarini to'zg'itib quydi.Jaewon ham unga bosh qimirlatib qo'ydi.

**

Pov Junkook: Avtobusda minganimizda u yer juda tiqilinchligini ko'rdim.Mening kapalagim bu yerda o'zini noqulay his qilishini bildim ortga burilishim bilan u avtobusda menga qarab turardi.Uning yonidan joy egallarkanman,unga qaragan ko'zlarni so'g'irib olgim keldi.Unga qarashga faqat men xaqliman!Biroz unga noqulay bo'ldimi u orqaroqga surilishga menga imladi.U kimgadir turtilib ketarkan,yigit unga o'shqirdi...Men shu topda yigitni jonini sug'irishni istadim ammo o'zimni tiydim..Ammo yigitning oxirgi gaplari g'azabimni qaynatdi."Gapira olmaysan...soqov" bu so'zlar uning dilini qanday ranjitadi.Ular bilmaydi..U bilmaydi uning ko'z yoshlariga va dilining vayrongarchiligiga sabab bo'lganlarni qanday ahvoldagini va nimalar kutayotganini...Avtobus bizning bekatimizda to'xtar ekan,uni bekatda qoldirdim,u menga hayron qararkan unga o'zini ehtiyot qilishini aytdim...Qaniydi oxirgim jumlalarimdan 3so'zni ayta olsam...U yoqimtoygina bosh chayqarakan sochlarini to'zg'itib qo'ydim.

Jim jitlik...hech kim hech kim bilan ishi yo'q.Shunchaki hamma o'z ishi bilan band.Avtobus yana bir bekatda to'xtadi.Yigit o'z bekatida tusharkan,Jk ham unda ko'z uzmagan holda u ham tushdi.Yigit qadamlarini tezlashtirib ketar ekan,Jk bilintirmay sekin qadam tashladi va cho'ntagidan niqobini olib yuziga taqdi.Yigit ko'chalar bo'ylab yurar ekan ertalab 5bo'lgani uchun odam sayoz edi.Orqasidan qadam tovushlarini eshitib qadamlarini sekinlashtirgan yigit sekin orqasiga qarashi bilan qattiq narsa yuziga tegdiyu ko'zlari yumildi.

**

Avtobus bekatidan tushib piyoda ishimga bordim...Bizning ishimiz oddiygina yuk ortish va hisoblash.Jk bilan meni qiladigan ishim.Boshida u yerda ishlashimga u qarshilik qildi,ammo men qaysarman.Katta savdo markazi men u yerda kassirman.Mening qiladigan ishim,tabassum qilib buyurtmalarni uzatish...Hozir ishga borishga qo'rqyapman..Negaki u yerning boshlig'i bir necha bor mening bilagimdan ushlab,ko'nglimga tegadigan so'zlar aytdi.To'g'ri men gapira olmayman..Ammo bu degani mening qalbim ham shunday jim degani emas.

Jaewon bo'ynidagi sharfini to'g'irlarkan,do'konda odam borligini ko'rdi.Indamay kiyinish honasiga kirib ketarkan,yaxshilab xonani ko'zdan kechiradigan bo'ldi."Kapalak" deb yozilgan temir javonni ocharkan,ustidagi qalin kurtkadan ozod bo'lib,do'konning hoshiyasi tushirilgan nimchani kiydi va sochini qistirg'ich bilan mahkamladi.

โ€”Salom Jaewon! - mening Jk dan keyingi yaqin do'stim Eun woo.

โ€”Salom qalaysan?! - telefonimga tez yozib unga ko'rsatar ekanman,u menga yoqimli tabassum qildi.

โ€”Seni ko'rganim uchun zo'r! - bir ko'zini menga qisib quyarkan,shunchaki unga undek tabassum qildim - Sovuq shahzodamiz qani? - u mening orqamga o'tib Jkni qidirarkan oxiri kulib yubordim.

โ€”Jinni...Agar shu gapingni o'zi eshitsa.. - qo'l ishoralar bilan unga qararkanman u ham kulib yubordi.

โ€”Rostan u sovuq...Uning bir qarashi... - Eun woo Jkning qiliqlarini o'xshatarkan,uning yelkasidan urib kulib yubordim.

โ€”Bo'ldi! - kulishdan tiyilib unga qaradim - Uning muhim ishi bor edi,hozir kelib qolsa kerak - Eun wooga shunchaki aytgan bo'lsamda undan havotirlanyapman.

Quyosh ko'kda zarin nurlarini socharkan,soat 8:00 dan o'tgandi.Hamma ish avjida..Seoul shahrida ish qaynagan.Hamma o'z ishi bilan band.Do'konda haridorlar ham ko'payarkan,ammo Junkookdan darak yo'q.U Jkga sms yozib quyarkan,xaridorlarga chek berish bilan birga telefoniga kelishi bo'lgan xabarga qarardi.

~Yo Hudoyim insonlarga nima bo'lyapti...

~Qanday vaxshiylik...

~Hayvondan battar..

~Qizalog'im yonimdan jilma,bu ketishda ko'chada bir qadam tashlashga qo'rqadi odam..

Odamlar telefonida kelgan vediolarni ko'rib,qo'li bilan og'zini yopib bir biriga taajjublanib qarasharkan,ko'zlarida achinish bilan birga oz bo'lsada qo'rqish aks ettirib turardi....Jaewon ham telefoniga nazar solarkan, telefondan nigohini uzolmay, ekranida oโ€˜ynab turgan dahshatli videoni koโ€˜rardi. Bu video atrofdagilarni vahimaga solayotgan edi. U nafasini ichiga yutib, telefonini chetga qoโ€˜ydi-da, nazarini doโ€˜konga tashladi. Xaridorlar qoโ€˜rqib gaplashar, yuzlari oqarib ketgandi. Bu vahima havosini yanada keskinlashtirardi.Jaewon ekrandagi insonni ko'rib ertalabki voqea ko'z o'ngiga kelar ekan,birdan hayoligaq Junkook keldi.

โ€”Yo'q u bo'lishi mumkin emas - qo'llari xohlamasada qaltirar ekan,sekin kassadan chiqib yuk tashiladigan joyga yugurdi,yugurish barobarida yuragi tez urarkan u bo'lmasin deya xohlardi.

โ€”Jaewon!...


๐‘ญ๐’‚๐’๐’‡๐’Š๐’„ 1_๐’’๐’Š๐’”๐’Ž ๐’•๐’–๐’ˆ๐’‚๐’…๐’Š.

๐‘ญ๐’Š๐’Œ๐’“ ๐’—๐’‚ ๐’“๐’†๐’‚๐’Œ๐’”๐’Š๐’š๐’‚๐’๐’‚๐’“ ๐’Œ๐’–๐’•๐’Š๐’ƒ ๐’’๐’๐’๐’‚๐’Ž๐’‚๐’โœจ
๐’€๐’๐’’๐’Š๐’Ž๐’๐’Š ๐’Ž๐’–๐’•๐’๐’๐’‚๐’‚โค๏ธ

#๐‘จ๐‘ผ๐‘ป๐‘ฏ๐‘ถ๐‘น: #๐‘ช๐‘ฏ๐‘ฟ๐‘ฝ๐‘ฌ_๐‘ซ๐‘จ๐‘ฏ๐’€๐‘ฌ