August 8, 2025

𝙈𝙖𝙜'𝙡𝙪𝙗

𝙃𝙖𝙧 𝙜𝙖𝙡 𝙦𝙖𝙧𝙖𝙜𝙖𝙣𝙞𝙢𝙙𝙖 𝙣𝙞𝙜𝙤𝙝𝙡𝙖𝙧𝙞𝙣𝙜 𝙤𝙡𝙙𝙞𝙙𝙖 𝙢𝙖𝙜'𝙡𝙪𝙗 𝙗𝙤'𝙡𝙙𝙞𝙢....

*
1-𝙌𝙞𝙨𝙢

𝘿𝙚𝙛𝙚𝙖𝙩𝙚𝙙 (𝑴𝑨𝑮'𝑳𝑼𝑩)



*
28.08.2024.
Salom kundaligim.Mening ismim Dahyun.Chxve Dahyun.Hozirda 17yoshdaman.To'g'ri senga oldin murojaat etmaganman.Ammo men eshita olib gapira olmaydigan gaplarimni sen bilan baham ko'rish istagidaman.Oilada 6kishimiz dadam,o'gay onam,o'gay akam va ikki singlim,kamina.Bugun birinchi bor uni o'z ko'zim bilan ko'rdim.Ha bu men yoqtirgan inson.U hatto meni tanimaydi.Qiziq-a? U juda kelishgan,u sportchi,nigohlari juda sovuq.Ammo shunday bo'lsada doim tabassum qiladi.Nega bunda deya o'zimcha o'ylayman.Hattoki uni tomosha qila turib yiqilib tushdim.
— Ko'zingga qara noshud - yuragimga chuqur tegdi bu gap.Bilsang,men sinfning eng a'lochi o'quvchisi bo'lsamda,ammo ko'zga ko'rinarlik darajada go'zal ya'ni chiroyli qiz emasman.Doim uzun sochlarimni o'rib yuraman.Kiyinish uslubim ham oddiy.Tizzadan past yubkam va ko'zoynagim ham bor bu menga yoqadi.Men bundan uyalmayman,ammo tashqi olam nigohlari va sinfdoshlarimning insonning ko'nglini bo'luvchi so'zlari og'ir botadi gohi.Ammo onam eng go'zal narsa—Qalb iffati der edilar doim.

—Dahyun.... - tashqaridan onasining ovozi eshitilishi bilan birdan yopdi kundalikni qiz.
—A.assalomu alaykum oyi— qiz ko'zoynagini biroz kutararkan,boshini egib salom berdi.
—Senga necha marotaba aytishim kerak...Meni oyi dema!Men seni onang emasman....Oying yuq seni - baqirdi Minji xonim.

Ha oyim bundan 4yil avval,avtohalokat tufayli oyoqlari yura olmay shol bo'lib qolgandi.Shunda otam ularga qarashni istamadilar.Oyimning ukasi beznismen bulganliklari uchun oyimni o'zlari bilan olib ketdi.Ammo ular bilan oxirgi marta 13 yoshligimda istirohat bog'ida aylanganimiz bo'lgandi.Shundan so'ng otam yangi oyi olib keldi.Ya'ni xonim.Hozirgacha tushuna olmayman.Nega onamni bizdan ajratishdi.Axir nega???


𝘿𝙖𝙝𝙮𝙪𝙣

— Ur uni ur.... - Jang maydoni.Katta sahna.Shunchaki g'alaba uchun kurash.Bir tarafdan jon uchun kurashayotgan yigit bo'lsa,bir tarafda shunchaki mag'lublikni tan olmaydigan hissiz nigohlar.
— TAEHYUNG.....UR UNI....TAE! TAEHYUNG... -Baqirdi murabbiy.Bir zarba va g'oliblik.

Jang maydoniga tezda oshiqqan hakam ularni ajrattiyu yigitni qo'lini ko'tarib g'alabalik belgisi uni olqishlashdi

— Taehyung barakalla..Yana biroz dam ol keyingi jangga....
— Bo'lmaydi... - suv ichish vaqtida g'udulladi yigit
— Axir... - Murabbiy tutoqdi.Ammo unga boshqa so'z ayta olmadi
— Tugadi dedim... Keyingi safar - yigit sachoqni ustiga tashlarkan,terdan ho'l bo'lgan sochlarini silkitib qo'ydi.

Kiyinish xonasi tomon oldimlagan yigit,boshida biroz og'riq sezarkan.Bunga e'tibor bermaslikni va charchoqga yoyishni ma'qul ko'rdi.Kiyimlarini alishtirib ko'chaga chiqdiyu uyi tomon ketdi.

— Yuklar eltildimi - chaqiruv uzatilganda tilga kirgan Taehyungning yoʻgʻon ovozi jarangladi mashinada
~Haa janob

Telefonni oʻchirib chuqur uxx tortgan Taehyung sigarasini olib tutatdi klub yoniga tuxtagan mashina va uning sovuq nigohlari huddi havo bilan qorishganday goʻyo.Klub ichiga kirarkan,u yerdagi rango rang nurli chiroq va yoqimsiz musiqa ovozi va jirkanch muhit uning yuzining mujmayishiga olib keldi.Uning sovuq ammo kelishgan aurasi oldida lol qolishning iloji yoʻq goʻyo.Qarshisida bir yigitning qoʻynida oʻtirgan qizning yoniga borarkan, qoʻlini shimining choʻntagiga solib,"yo'qol" ishorasini qildi.
— Ooo kimlarni koʻryapmiz janob Taehyung - yigit kularkan uning yuzini koʻrishi bilan jiddiy tortdi. — Ish hal janob qora dori yetkazildi.
— Hoʻsh...Senga klubni boashqarishni buyursam,sen bu yerda nima qilyapsan yoki oʻlging... — Lab uchida kuldi yigit
— Kechiring....janob kechiring — oʻtindi yigit. Boshqa soʻz gapirmagan yigit u tomondan ketib boshqa chekkaroqdan joy egalladi.

****
Pov Dahyun
Negadir bugun charchadim ammo ishlashim kerak.Klubda va kafeda ishlashga majbur edim.Albatta kunduzi klubda,kechroq kafeda.Ammo hozir vaziyat oʻzgardi.Shim va kofta kiyib sochimni tepadan qilib yigʻib oldim va har doim taqib yuradigan koʻzoynagimni taqdim.Klubga yetim kelishim bilan kirish oldi chuqur nafas olib quyarkanman,ichkariga kirishim bilan yuzim burishdi.Ammo u yerda bir chekkada oʻtirgan yigitga tushdi nigohlarim.Ha u men sevgan inson.Yuragim qattiq uryapti.Ammo nega u bu yerdi.Qiziqsan Dahyun u badavlat xohlagan yeriga va xohlagan ishini qilishi mumkin boʻlgan inson.Undan istamas nigohlarimni uzarkanman negadir oyogʻim qaltiray boshladi.Bu yerdagi muhit juda jirkanch.

— Salom janob nimadir buyurasizmi - men sevgan nigohlar bilan uchrashdim bugun.Shunchaki "yoʻq" ishorasini qilib bosh chayqarkan men hayron qoldim.Oldiga kalta va egniga qanaqadir latta tashlab olgan qiz nozlangancha oʻtirarkan unga qarab tabassum qilib qoʻydi.Negadir dilim ogʻridi.Hayollarim chalkashganidan qarshimdan chiqqan insonni koʻrmabman,ustiga bor shampan toʻkilib ketdi.

—Uzr janob....Ming bor uzr... - qaniydi bu ish bersa,daqiqa oʻtmas yuzimga kelib tushgan tarsakidan yerga yiqilib tushdim.Boyagi hodisa tufayli tutib turgan koʻz yoshimga erk berdim.Sekin boshimni koʻtarib qaradim.U mening oʻgay akam Jeon Jungkook.

—Aka.... - meni birdan siltab turgizarkan esankirab qoldim.
—Men sening akang emasman...koʻzingga qara choʻrindi.... - oldimdan turtib ketdilar birdan.Yuzim qattiq achishar ekan.Ammo bundan koʻra ularning oxirgi gaplari qattiq tegdi

Yerdagi siniqlarni oʻtirib terarkanman.Qarshimda kimdirning oyoq kiymi toʻxtadi.Unga pastdan nigoh tashlarkanman.Birdan urnimdan turgʻazib tortqilab tashqariga olib chiqdi.Bular bugun kelishib olganmi.Nima?.

—Qoʻyib yuboring...Hoyyy - sabrim tugab qoʻlimni olishga urindim undan
—Jim!!! - nega uning nigohi bunchalik sovuq..
— Mendan nima istaysiz...ishim
—Qoʻling qonayapti... - yoʻgʻon va men uchun yoqimli ovoz.
—Sizga nima? Kimsiz oʻzi ? - qaysarligim tutib turib oldim.
— Kim Taehyung! Hoʻsh menga nima??? Haqiqatdan ham menga nima? - qoshini chimirdi.Lab uchida kulib
— Siz gapirishni bilasizmi? - gʻalati savolim tufayli qoshlari yanada chimirildi uning — Kechirasiz..
— Mayli... - qoʻlimga birdan leykoplaster yopishtirdi..
— Ay sekinroq...- yuzim burishdi - Hozir jang maydonida emassiz janob
— Xayr ! - peshonamni birdan chertdi.Nega u bunday muomalada boʻldi toʻsaddan tushana olmadim.
— Rahmat - mendan chamasi 6 qadam uzoqlashgan yigitning orqasidan baqirdim.Javoban qaramasdan qoʻlini "xayr" ishorasidek silkib qoʻydi.

Pov Avtor.
Hayot tasodiflarga toʻla.Hamma narsa ham tasodif boʻlavermaydi.U balki oldindan rejalashtirilgan yoki rejalashtirilmagan ushrashuvlar boʻladi.Balki Taehyung qizni oldindan bilar.U bilan gaplashishga nimadir sababchi boʻlmagandur.Qiz ichkariga kirib ketgach.Taehyung mashinasiga oʻtirarkan,u kirib ketgan tomonga qaradi.Va :

"Hammasi endi boshlandi" .

Birdan gaz oldirdi mashinani

1-qism tugadi.

Yoqimli mutolaa...
Fikr va reaksiya kutib qolaman..

𝐀𝐮𝐭𝐡𝐨𝐫; #𝐶ℎ𝑥𝑣𝑒_𝐷𝑎ℎ𝑦𝑒