January 18

𝑪𝑶𝑰𝑵𝑪𝑬𝑫𝑬𝑵𝑪𝑬⛓‍💥

#𝘾𝙊𝙄𝙉𝘾𝙀𝘿𝙀𝙉𝘾𝙀 #1𝙌𝙄𝙎𝙈



Ba'zan hayotdagi eng oddiy ko‘ringan voqealar ham tasodif emasligini anglash uchun vaqt kerak bo‘ladi. Har bir uchrashuv, har bir qaror va hatto kichik bir qarash ham o‘zidan keyin iz qoldiradi. O‘sha 'tasodif' deb o‘ylangan lahzalar esa taqdirning eng chuqur va sirli sahnalarini ochadi.

𝑩𝒀 𝑫𝒂𝒉𝒚𝒆!

Qorong'ulik...Kechki Seoulni zulmat qoplarkan.Ichkaridan barcha xotirjam ko'rinsada,politsiya ovozlari quloqni qomatga keltirardi.Yana bir qotillik.Yana bir jinoyat.Soat millari 00:10 ni ko'rsatirkan qiz boshkiymini to'g'irlab xo'rsinib quydi.

—Salom xonim - hujjatlarni titkilayotgan qizga o'ng qo'lini peshonasining chekkasiga qo'ygan bo'ldi yigit.

— Necha bor aytganman...Biz tengdoshmiz axir..Meni senlab murojaat qil deb qancha aytay-a?! - hujjatlarni bir chekkaga quygan qizga unga qosh chimirib qo'ydi.

— Yaxshi... - unga tabassum ila uning qarshisidagi stulga utirdi - Juda charchagandursan uyga ketaversang bo'lardi... - boshkiymini yechib stolning ustiga quyarkan.

— Hali ish yakun topmadi Lee know..Biz bu turishda uni qo'ldan chiqaramiz.. - e'tiborsiz hujjatlarni titkilagan qiz oxirgi jumlalarda unga qaradi.

— Ammo bu qotilliklar juda g'alati.. Birorta jasadning biror joyiga shikast yetmagan..Ammo ularning ichki a'zolari juda ham yomon ahvolda...

— Bu qanday inson bilmadim-u albatta uni qo'lga olaman.. - qiz turib eshik tutqichini ushlab tashqariga chiqdi.

— Ari sen birinchi yaxshilab dam olishing kerak..- u Arining orqasidan baqirarkan,uni qanday qaysarligini bilardi.

Soat 1ga yaqin ammo ishxonada ish qaynagan..Ari qanday qilib dam olishi mumkin.U viqor bilan yo'lak bo'ylab yurib borarkan,uni ko'rgan xodimlar tabassum ila unga motiv berib quyishardi.Qadamlar zinalar tomon ko'tarilar ekan,yo'lak buylab oxirgi eshik tomon to'xtadi...Ari eshikni taqilatarkan, "kiring" degan tovushni eshitdi.Biroz yutunib eshikni ocharkan...To'g'risidagi insonga serjantlardek salom berdi.

— Salom janob! Chaqirtirgan ekansiz.. - biroz qadam tashlab.

— Ha Ari kel...Ishlar qanday ketyapti.. - kofesini ho'plagan yigit.

— Hammasi joyida janob..Biz jinoyatchini tutishga harakat qilyapsiz va albatta buni uddalaymiz - qat'iy ohangda aytilgan gap boshliqni hayron qoldirdi..Ammo u Arini biladi Ari doim uni hayron qoldirgan.U unga ishonadi.

— Yaxshi Ari ishingda davom et! Ammo bugunchalik bo'shsan tong yorishganda kelarsan..

— Ammo Janob Kang... - oxirigacha gapirilgan gap,Jinyoung unga qosh chimirib qaradi..

— Gapimni ikki qilmaysan degan umiddaman.. - Ari bir yutunib unga tazim qilib eshikdan chiqarkan,Jinyoung uning orqasidan bilinmas tabassum qilib quydi.

**

Juda ham bahaybatli qasr...shunchaki bu huvillab qolgan koshona.Qarg'alarning ovozi quloqni larzaga keltirar va qandaydir daxshatli edi.Quyosh qora bulutlar orasida qolgan go'yo bulutlar uni asirasiga aylantirgandek.Ichkarida shunchaki guldoni uyoqdan buyoqqa aylantirayotgan yigit,barmoqlarini qimirlatib qo'yardi.Oxiri o'ziga o'zi uff tortarkan,guldonni barmoqlarining ishorasi bilan devorga uloqtirdi.

— HAN~ - qo'lini iyagiga qo'yib baqirarkan,qarshisida paydo bo'lgan yigitga hissizlarcha qaradi.

— Chaqirdingizmi janob - tazim qilgan bo'ldi yigit.

— Men zerikdim..

— Nima istaysiz janob..

— Bilmadim..o'zim ham ammo insonlar dunyosida bir aylanib kelsam - hayoliga kelgan fikrdan quvondi.

— Ammo janob sizni kimligingizni bilib qolishsachi.. - Han uning bo'rtib chiqqan tomirlari va qanotiga ishora qildi.

— Meni kimligimni unutding chog'i - qosh chimirdi yigit va qanotlari yuqolib kelishgan yigitga aylandi — Ishingda davom et! – Bir zumda u yerni tark etdi yigit.

Qorong'ulik...Han u ketgandan keyin shunchaki qasrni ko'zdan kechirdi.Oldingi qasrdan asar ham qolmagan.Yigitning miyasida oxirgi kulgu xotiralari yangrarkan.Shunchaki bilinmas tabassum qildi.Bo'shlig'ining qaysarligi tufayli doim dam ololmay yurgan yigit chuqur uff tortdi.Bu unga muammo emas,ammo yigitni kimligini bilib qolishasayu necha yillik do'stiga zarar yetkazishsa..Ammo u biladi Jimin bunga yo'l quymaydi.Bu qasr bilan ularning yuragini zulmat egallagan,bir kun quyosh nur sochib bu zulmatni yorug'lik egallashini umuman o'ylashmagan.Han ham yelkasiga og'irlik berib turgan qanotlarni yo'q qilib,u ham birdan g'oyib bo'ldi.

**

Zulmat...Seoul ko'chalari shunchaki jimjit ammo insonni vahimaga soladi bu jimlik. U inson qalbini siqadigan,nafasni qisadigan. Bu yerda jimlik nafaqat eshitilmaydigan tovushlar, balki his qilinadigan og‘irlik go'yo..
Havo zax, u insonni bo‘g‘ayotganday tuyuladi. Ko‘chaning burchagida qoldiq chiroq miltiraydi, go‘yo har soniya o‘chib qolishga tayyor.Ari koja kostyumini oldi taraf zamoklarini o'tqazarkan shunchaki piyoda yurishni tanlagandi.Ora orada orqasiga qarab quygan qizning ichida vahima tuyg'usini uyg'ongandi.Atrofga bir bor alanglarkan ko'chada yolg'iz o'zi elanligiga guvoh buldi ammo keyin galda to'qanashish tufayli orqaga siljigan qizning belidan kimdir tutib qolarkan Ari yiqilishga shaylangandek ko'zlarini yumib olgandi.

— Qiziq! - qizni ko'rgan yigit shunchaki lab chetida jilmayarkan,Ari birdan ko'zlarini ochdi... – Yomon tushmadingiz – qo'liga ishora qilgan bo'ldi yigit.

Ari uzini o'nglab,undan uzoqlasharkan unga tazim qilib hijolatamus uzr so'radi.

— Uzr.. - yo'lida davom etishga shaylandi qiz.

— Shunchaki uzr bilan qutilmoqchimisan?! - Yigit bir qoshini chimirdi.Yigit undan boshqa narsani kutgandi.

— Meni qutqar deb so'raganmidim?! - qiz ham unga javoban qosh chimirdi.

— Sening ichki ovozing shunday dedi - yigit mazaxona gapirgan gapi sekuntlar sayin qizni jahlini chiqarishga sabab bulayotgandi

— Sen kimsan o'zi? Hozir atrofga qaraganimda seni ko'rmadim? - qiziqdi qiz shunchaki.

— Tasodif... Men bir kelishgan oddiy yigitman! Sen esa meni yaxshi bilmaydigan jizzaki qizsan! - Yigit unga yaqin kelarkan,qizning bo'yichalik egilib tabassum qildi.

Ari bunday tabassum qilgan yigitga shunchaki qarab turarkan,yuragi shunchaki eshitilarli darajada urib ketdi.Va orqaga bir qadam tashlarkan Jimin buni sezib yana jilmaydi.

— Duch kelgan insonga shunday qilasanmi...Axmoq! - sochlarini qulog'ini chekkasiga o'tqazgan qiz yo'lida davom etdi

— Yoqimtoy ammo jizzaki...Qiziq! - Yigit uning ortidan jilmayib quydi va birdan yo'q bo'lib qolarkan uni kuzatishga kirishdi.

**

Uyi yonida to'xtagan qiz soatiga qarab qo'ydi.1:45.. Sochlarini zakolka bilan yig'ishtirarkan chuqur xo'rsinib eshikni taqillatdi.Chiroqlar har bir uyning kirish asfalatlarini yoritib turarkan gohida o'chib o'chib xira tortib qolardi.Uni shunchaki kuzatib turgan yigit,qiz shunchaki go'zal ekanligidan kifoyalanmadi,u bilan osonlikcha o'yin o'yna olmasligini tushinib pastki labini tishladi.Soniyalar ichida eshik ochilarkan ko'cha bo'ylab,tergash ovozlari eshitildi.

— Sen qiz alamahalgacha ham ishlaysanmiya?! Sendan qancha havotirlanganimni bilasanmi? - Arining yagona suyanchig'i opasi uning qulog'idan tortarkan Ari uning qo'lini ushlab

— Opa..Kechiring..Ishim kech tugadi Bilasiz lavozimim ko'tarilgan bo'lsa....Ay.Ay.Ay - Opasining qo'lini qulog'idan olarkan Jimin uni chekkadan kuzatib yuziga tabassum oldi.

Qizlar ichkariga kirib ketisharkan, Jimin o'sha yerda hayollar ila qoldi.

— Nimani hayol qilyapsiz - Jimin yonida paydo bo'lgan yigitdan hayratlanmadi.

— Shunchaki...Men zerikdim ammo o'yin o'ynashga o'zimga raqib topdim - Jimin lab uchida jilmaydi.

— Janob ammo u qiz! Nima uchun?!

— U qiz menga yoqib qoldi...Bilmadim uning jizzakiligi va jasurligi meni o'ziga tortdi.Tasodif...Balki u bilan yana uchrashamiz! Ma'lumot bormi u haqda!

— Park Ari 21 yoshda.Politsiya hodimasi.Juda ham aqlli qiz.Ota onasi Amerikada.Opasi Minsu bilan yashaydi.Uning qo'lidan 50 lab jinoyatlar ochilgan,Haqiqatgo'y...Janob uzr ammo u bizning qonli dunyoyimizdan xabar topsachi.. - shunchaki Hanning gaplarini hissizlarcha tinglagan yigit oxirgi jumlalarda unga qaradi.

— Bilmadim! - U yerni tark etgan yigit qasrida o'z xonasi divanining ustidan joy egallarkan uning miyyasini hayollar chulg'ab olgandi.

**

𝐸𝑅𝑇𝐴 𝑇𝑂𝑁𝐺 | 6:50

Quyosh Seoul uzra kuchsiz nurlarini tarqatarkan,bulutlar bunga to'sqinlik qilishga urinardi.Havo sovuq,izg'irin.Oppoq bulutlar osmonni birin ketin egallarkan,shamol ham huddi ular poyga o'ynagandek tez esardi.Ari uydan erta chiqib ketarkan qo'llarini qizarib qolgan yuzlariga qo'ydi.Va Taxi to'xtatdi.Unga manzilni aytarkan yonidagi insonga bir qarab turib qararkan o'zini tanimaganga oldi.

— Salom Ari - yo'g'on ovoz Ari bu ovozni eshitishni istamas edi.U qayerdan bilsin taxida u borligini.Ari unga endi gapirmoqchi bo'ldi ammo to'g'risida utirgan insonni ko'rib najotkori uning yonida bo'lganidan xursand bo'larkan,indamay taxidan tushib ketdi.

— Hali uchrashamiz malagim... - ko'zlari qizil tusga kirgan yigit,shunchak lab uchida jilmayarkan,taxi va haydovchi sarobga aylandiyu,u ko'zoynagini toqib,u ham g'oyib bo'ldi.

Pov Ari: Ertalab uyg'onishim oson bo'ldi...Bu doim shunaqa,chunki uyqu menga begonadek.Men o'z ishimni yaxshi ko'raman va doim mas'uliyatli bo'lishga harakat qilaman.Hali ham yonimdan opam bor u meni doim qo'llab turadi.Bugun havo bulutligi uchun egnimga o'zim yoqtirgan jenfer va unga moslab shim kiyarkanman..Sochlarimni tepadan yig'ib,yuzimga yengil makyaj qildim.Menga shunisi yoqadi.Pastki qavatdan tushib oshxonaga borarkanman,opam nonushta tayyorlaganliklari guvohi bo'ldim va yuzimga tabassum yugurarkan,bir bulak tuxum va olma sharbati bilan kifoyalandim.Uydan ko'chaga qadam bosarkanman bir zum shunday turdim chuqur nafas olib tabassum qildim.Meni doim hamma jiddiy deb o'ylaydi,rostan ham shunday ammo men hammaga ham bunday bo'lmayman.Qadamlar tashlab asfalt bo'ylab borarkanman mashina ko'p joyga chiqib oldim.Odatda avtobusda qatnardim ammo negadir ishga tez yetib borishni va jinoyatchini qoʻlga olishni oʻyladim.Taxilar koʻpligidan ularga birin ketin manzilimni aytarkanman,axiri taxiga oʻtirdim.Oʼtirishim bilan,qulogʻimga yoʻgʻon va oʻsha yuragimning tub tubidagi koʻmib qoʻygan ogʻriqni ochilishiga sabab boʻldi...Men u insondan nafratlanaman.Oʼsha kezlarda uni doim kutgan,yolgʻonlariga ishongan va sodda Ari yoʻq!Men oʻzgardim...Mashina oynasi tomon qararkanman,tanisjh chehrani koʻrib yuzim yorishdi mening sodda doʻstim lee know.Mashinadan tez tushib ketarkanman,haydovchi hatta menga oʻgirilmadi ham.Balki bu ham uninhg bir hiylasi boʻlgandir.Qaniydi imkonim boʻlsa uning ham bilaklariga kishan taqsam..Va azoblanishiga guvoh boʻlsam.

— Lee know... - uni piyodalar o'tish yo'lakchasida ko'rarkanman,unga qo'limni silkidim.

— Salom serjant - u ham menga qo'l silkib baland ovozga baqirarkan,hamma bizga qaradi.Bu bola jinni.U samimiy yigit.

Uning orqasidan piyodalar yo'lagidan o'tib avtobusga minarkanmiz, bugun bu yerda anchagina odam tiqilinchligiga guvoh bo'ldim.