𝑶𝑵𝑬 𝑩𝑹𝑬𝑨𝑻𝑯 𝑰𝑺 𝑬𝑵𝑶𝑼𝑮𝑯❤️🔥
Bu fanfic mafia yoki qonli o'yinlar haqida yoki boy va kambag'al o'rtasidagi sevgi muhabbat haqida ham emas,shunchaki bu fanfic bir kasal qiz hayoti davomida keyinchalik his qila ololmasada boshqalarga hayotda yashash qanchalik baxt ekanligi haqida o'rgatadi...Yigit esa shunchaki qizga juda bog'lanib qoladi.Fanfic sizga yoqadi degan umiddaman...𝑺𝒊𝒛 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏 𝑴𝒊𝒏𝒔𝒖 𝒐𝒏𝒏𝒊𝒚𝒊𝒎❤️
**
Kun tunga dermish..
kel almashamiz!
Tun dedi..
Kechasi yig'layotgan insonlarning ovoziga chiday olasanmi...?
Kun dedi..
Kun davomida yig'lamaslik uchun kurashayotgan insonlarning qalblariga bardosh bera olsang chidayman...🥀
1-𝐁𝐎𝐁.
~Pianino tovushi...Shunchaki ta'riflab bulmas kuy.Ota onasi qizining yuzida tabassumini ko'rib, bir birlariga qarab kulib quyishardi.Qiz shunchalik chiroyli chalardiki u ham ota onasiga qarab turardi.Bugun uning tug'ilgan kuni...Egnida chiroyli ko'ylak...
~Qorong'u xona..Uy shunchalik huvullab turardiki uyda hech kim yashamasa ham kerak deyishardi.Divanning ustida bir nuqtaga tikilib turgan yigit boshini divanga orqa quyib biroz ko'zini yumdi.Ammo yana o'sha xotiralar uni tinch quymasdi.
~Qiz pianinoni chalib bulib ota onasiga qaradi.Ota onasi shunchaki unga qarsak chalib,uning yuzida o'pib quyishdi.Onasi uning oldiga tort quyib birga shamlarni puflashdi...
-Tug'ilgan kuning bilan...Tug'ilgan kuning bilan..)-Ota onasi uni bag'riga bosishdi.
-Qizim yaxshi o'tirib kelgin uzingni ko'p urintirma.)-Onasi uning egnidagi paltosining yaqasini sal tug'irlab.
-Hop oyijon...Oyi ichkarida mashinaning kaliti qolib ketibdi...)-Qiz.
-O'zim olib chiqaman..)-Oyisi biroz tabassum qilib.
-Sog' bo'ling.)-Qiz shunday deb sumkasini tug'irlayotib ko'z oldi xiralashib xushini yuqotdi.
**
~Yigit o'rnidan turib xona bo'ylab yurarkan..Vannaxona kirib devorda turgan ko'zgu qarab turdi.Uning o'ng tomonida turgan shkafchadan o'tkir tig'li narsa oldi...Yigit albatta o'zi yolg'iz turmasdi.U bir amaki bilan turardi...Amaki yigitning ismini chaqirib uni qidirarkan..U oxir hamma xonani tekshirib,Vannaxonaga kirdi...Yigit ismini chaqirib..Tez yordamga telefon qildi.
~Qanday ojiz insonlarmiza...Muammolarimizdan,qiyinchilik hamma hamma tashvishlardan faqatgina o'libgina qutula olamiz deb uylaymiz.Bu shunchalik osonmi....Keyinchalik boshqalar bizni qadrlaydigan insonlar bizsiz qiynalishmaydimi...Boshimizni sal kutarib uyoq buyoqqa qarab kuraylik,hayotda yashash uchun kurashishayotgan insonlar qancha...🥀
**
~Seul shahri ko'chalari yo'llari juda ham tinch ammo tez yordam ovozlari eshitilib turardi.Ularni tez yordam mashinasi olib keldi.Tez tez shifokorlar kelib ularni kurib,zambilga tushurishdi.
-Bemor haqida ma'lumot bering..)-Bosh shifokor.
-Kim Minsu 24 yoshda.Yurak xuruji oqibatida hushini yuqotgan...Yuragi tug'ma kasal..)-Hamshira
-Kim seokjin 30 yoshda.Bilaklarida kesilgan joylar bor ko'p qon yuqotgan..Zudik bilan mos keluvchi qon topish kerak..)-shifokor.
~Kasalxona buylab bemorlar ahvoli yomonligini kurib tez harakat qilishardi.Minsuning oyisi uning qo'llaridan maxkam ushlab olgandi.U qizini uzoq umr ko'rishini hech qanday azob chekishini hoxlamasdi..Uni davolash xonasiga olib kelisharkan Minsudan qo'lini asta uzdi.Otasi uni bag'riga bosib uni ovutishga urinardi.Uning otasining ham ichi kuyardi.Jinning ahvoli uncha yaxshi emasdi.Uni aperatiya xonasiga olib borishdi bilagini tikib uni tekshirishdi..
~Kechqurun soat millari salkam birni ko'rasatayotgandi.Minsu og'irgina ko'zini ochdida atrofga biroz alanglab charchab uxlab qolgan onasini ko'rib,sekingina ustidagi korpani olib qo'lida turgan osma ukolni olmasdan unga osib turgan buyumni olib asta chiqib ketdi.U shifoxona yulagi buylab yurarkan.Xonalarga qanday bemorlar yotganiga qiziqib ko'z tashlab chiqardi.Ammo bir xonada yotgan bemorga uzoq tikilib qoldi.Jin ham bu payti ko'zini ochib,chuqur xursindi..
-Xonim,siz aslo urnigizdan turmasligingiz kerak,Bu yulaklarda nima qilyapsiz.Siz axir juda og'ir yurak xurujini boshingizdan utqazdingiz.Yana osma ukoldaya.Meni qiyin ahvolga solyapsiz..)-Hamshira jon kuydirib gapirarkan.Minsu uni ikki qo'lidan ushlab.
-Siqilib ketdim.Buldi uzingizni bosing hech narsa yuq.Bolaligimdan beri shundayman.Necha marta bu yurak xurujini boshimdan utqazganimni bilasizmi..)-Minsu.
-Lekin bunday qo'lingizda osma ukol bilan yurganingizni shifokorlab kurib qolsa..)-Hamshira.
-O'zim tushuntiraman hech nima bulmaydi...Anovi xonada yotgan kim..)-qo'li bn u xonani kursatdi.
-Ana eshigi ochiq xonadagi...)-Minsu
-Ey suramang Minsu honim nimasini aytay,yoshgina yigitcha juda kelishgan bir kursangiz edi.)-hamshira
.
-Shundaymi,ahvoli juda og'irmi.)-Minsu yuziga qulini tayantirib suradi.
-Yuq xonim uni dardi yuq..)-uyoq buyoqqa qarab hech kim eshitmasligini uchun Minsuga asta pichirladi.(Qo'l tomirlarini kesibdi..
-Voy..)-Minsu qullari bilan og'zini yopti.
-So'nggi lahzalarda qutqarib qolishibdi..)-hamshira
-Kim bilsin nima dardi bor ekan,uylab qolasan odam,yoshgina yigit nimaga ham o'z joniga qasd qilishi mumkin..)-hamshira tinmay gapirarkan Minsu asta u yerdan uzoqlashib usha xona tomon yura boshladi.
-Qani nima dardi bor ekan kuraylikchi)-Minsu.Xonaga kirarkan unga o'ng'aysizlanib qarab turgan yigitga gapira ketdi.
-Qanday qilib-a,Sen..qanday qilib uz joningga qasd qilishing mumkin.Qanday qilib uz vujudingga zarar berasan..Nima aqldan ozganmisan..Menga yeb quygudek qarama.Shundoq ham vaqtim oz..Qo'lingni qonga bulg'ab nima qilasan..Shundoq ham uni qonga belab bulibsan..)-Minsu gapirarkan oxiri Yigitning sabr kosasi tulib gapirdi.
-Muammo meni kimligimda emas.Nima bulganini aytib bermaguningcha.Kerak bulsa shu yerda o'tiraman.)-Minsu stulga o'tirib oldi.
-HAMSHIRA...)-jin bir qizga qarab bir eshikka qarab baqirdi..
-Hohlaganingcha baqir baribir seni eshitishmadi..)-Minsu.Jin unga gapirish befoyda ekanligini bilib biroz xursinib unga orqa burilib ko'zini yumdi.
-Bu yana qanday tarbiyaziylik..Hoy menga qara nima sabab buldiki uz jonigga qasd qilmoqchi bulding..Hoy..)-Minsu..
~𝑻𝒐𝒏𝒈.Minsu undan javobni ololmay.Utirib usha xonada uxlab qolgandi.Jin u ketdi deb sekin ko'zini ochsa Minsu unga kulib qarab turardi.
-Hayrli tong..)-Minsu
-Sen haliham shu yerdamisan..)-Jin
-Salom men Minsuman...Sen..ya'ni siz kecha sizni senladim siz Jin siz kecha siz uxlab qolganingizdan keyin zerikmay deb hujjatlaringizga qarab chiqdim..Ho'sh javob berishing mumkin kutyapman...Tushuntirmaguningcha hech qayerga ketmayman..)-Minsu
-Tushintiradigan hech narsa yuq..Bundan tashqari bu sening muammoying emas..)-Jin oxiri jaxl qilib gapira boshladi.
-Jin bu sen uylaganchalik oson ish emas...)-Minsu
-Muammoyingni aytsang uzim yordam beraman..
-Yoki yordam beradigan boshqasini topamizmi...)-Minsu gapirayotganda xonaga hamshira va uning onasi kirib keldi.
-Demak shu yerda ekansizda..Aytgandimku Kim xonim shu yerlar atrofidalar deb..)-Hamshira Minsuning qo'lidan kechaki ukolni oldi.
-Minsu qayerlarda yuribsan qizim seni qidirmagan joyim qolmadi.)-Seva(Minsuning onasi)
-Shu yerdaman oyijon...)-Minsu
-Bupti siz haqsiz kechiring oyijon..)-Minsu uni quchoqlab oldi.(Keling sizni yangi do'stim bilan tanishtiraman..Oyi bu Jin mening yaqin do'stim kecha u bilan shu qadar kup gaplashtikki vaqtni qanday utganini bilmay qoldik..)-Minsu Jinga biroz kesatib gapirdi.
~Bu qiz kim uzi..Nega men bilan ishi bulib qoldi.Shu yetmay turuvdi...Tezroq shu yerdan ketsam.
-Hoy Jin)-Minsu uning hayollarini tarqatib yubordi.
-Tanishganimdan xursandman o'g'lim men Minsuning onasiman..)-Onasi unga qo'li uzatayotgan Minsu ataylab uni qulini oldi.Jin ham qulini uzatayotgandi Minsuning ishiga asbiy qulini qaytarib oldi.
-Biz endi boraqolaylik..)-Minsu
-Bizning gapimiz tugamadi..)-Minsu.Jin unga qarab asabiy sochini orqaga qildi.
𝑲𝒆𝒚𝒊𝒏𝒈𝒊 𝒒𝒊𝒔𝒎𝒍𝒂𝒓𝒅𝒂...
X:Sen...Bu yerda nima qilyapsan..
X:Atigi 10 kun 10kun vaqt ber..
X:Undan oldin undek baxtli inson bulmagan..