𝑰𝑵𝑺𝑨𝑵𝑰𝑻𝒀🚭 (𝑇𝑒𝑙𝑏𝑎)
Negadir uning ovozini eshitib,o'zimni biroz yengil his qildim.Ammo...avtobusda bo'lgan voqea va telefondagi tasvirlar....Men juda qo'rqdim.O'pkamga to'lib kelgan havoni va o'zimni biroz tiklab olgach ortga burildim.Jungkook qo'lida qoplar bilan menga qarab turardi,unga qarashim bilan qo'lidagi qoplarni birdan tashladi.
— J...Jung..Jungkook - Jin ursin qo'llarim ular titrayapti,uning yuziga qararkanman,undagi havotirni ko'rdim
—Jaewon?! Yaxshimisan?! Kimdir seni xafa qildimi? - yelkalarimdan tutib menga havitirlanib qarar ekan,unga tabassum qilib qo'ydim.Nima bo'lganda ham u bilan ishdan keyin gaplashib olishim kerak.
—Yaxshi sendan xavotirlangandim...Qachon kelganding? - telefondan tez yozib unga ko'rsatdim.U menga yolg'on gapirishi mumkin emas,unga qachon kelganligini so'raganimda..U ham menga men kabi tabassum qildi.
—1soatcha bo'ldi.Senga aytmaganim uchun kechir! - menga biroz aybdorona qaragan Jk sochimni qulog'im orqasiga o'tqazib quyar ekan.Men unga tabassum qilib bosh irg'ab qo'ydim.
Men nima boʻlgan taqdirda ham unga ishondim.Chunki u meni aldamaydi.Yoshligimizdan bir-birimizga yolg‘on gapirmaslikka va’da berganmiz.Shuning uchun ham unga ishonardim. Chunki bilardim: u hech qachon ortiqcha gap aytmaydi, bo‘lmagan narsani bo‘lganday ko‘rsatmaydi va eng muhimi – meni hech qachon aldashga harakat ham qilmaydi. Biz har doim bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaganmiz, og‘ir damlarda suyanadigan yagona inson bo‘lganmiz.
Biroz havo sovuq.Namlik tomoni boʻlgani uchun ayoz birdan bilinadi.Hozirda qish fasli boʻlgani uchun yoʻllar sirgʻamchiq.Shunday boʻlsada Jkga bu toʻsqinlik qilmaydi.Ammo uning qoʻllarining doim koʻkarganligini va qontalash ahvoldaligini koʻraman.Bugun ham shunday, u menga qarab endi qoplarni olar hamki unga gapirmoqchi boʻlganimda tanish ovoz tufayli ortga burildim.
— Khm hurmatli Jeon Janoblari... - 2ta qopni koʻtarib arang qoplar orasidan Jk ga qaragan yigit masxara qilishni unutmadi - Kelganingizga 45daqiqa boʻldi shunday qilib qoplarni olasizmi yoki oʻzim...
— Kulguli chiqmadi! - Jk shunday sovuq nigoh bilan Eun Wooga qararkan, Eun woo unga qarayman deb yiqilib tushdi.
Kulib Eun wooga turish uchun qoʻlimni choʻzarkanman,Eun woo qoʻllari mening qoʻlimga tegar tegmas,bilagimda qandaydir ogʻriq his qildim.Bilagimdan ushlagan qoʻllar egasiga qararkanman,uning yana sovuq nigohi bilan toʻqnashdim.
— Oʼzi tura oladi!
Rashk, u doimo oʻzida tanish boʻlgan hissiyot.U Jaewonni doim qizgʻongan,buni sezish qiyin emas edi.Ammo tashqaridagi insonlar ularni qondosh aka singil deb bilishardi.Bu qizgʻonish hissi doim boʻlgan...Jaewon bilmasdiki unga koʻz olaytirganlar,haqoratlaganlar va sevishga ulgirgan uni kuzatayotganlar hozirda qanday ahvoldaligini...
—Jungkook uning qoʻlini quyib yuborsang boʻlardi... - oʻrnidan turgan Eun Woo uning sovuq nigohlari bilan uchrashar ekan,Jaewonga imo qildi.Jk Jaewonga qarar ekan uning tushunarsiz va biroz xafa boʻlgan nigohlarini koʻrdi.Uning qoʻlini birdan boʻshatgan yigit,koʻzini olib qochdiyu...
—Kechir... - boshqa aytarli soʻz aytamagan yigit oʻz ishi uchun oldinlab ketdi.
Ularni kuzatib turgan yigit ham hozirda nima boʻlayotganini bilar,shunchaki vaziyatni toʻgʻirlashga urindi.
— Jaewon soat.... Balki oʻqishga ketarmiz?! - yerda yotgan 2ta qopni olgan yigit oldinladi va orqaga qarab Jaewonga tabassum qilishni unutmadi — Seni kutib turaman!
Jaewon ham unga tabassum qilib bosh irgʻarkan,yana oʻsha supermarket ichkarisiga kirib ketdi.
— Oʼzingni ehtiyot qil!
Har gal Eun Woo bilan institutimga kelganimda,uning menga doim aytadigan gapi...Men uni juda hurmat qilaman va u mening eng yaqin doʻstim.Ammo Jk bilan har gal kelganimda u bu soʻzlarni menga aytmaydi. "Institutdan chiqishing bilan menga xabar yubor" uning doimgi aytadigan soʻzlaridan biri.Ammo men bilamanki,u bu soʻzlarni aytmasada doim meni himoya qilishga urinadi.
Jaewon unga bosh silkigancha tabassum qilarkan,uni qo'lini kimdir mahkam ushlab oldi.
— Salomlar....Salom dugonajon...Salom amaki..! - Jaewonning qo'lini tortqiladigan qiz,salom berishni unutmadi.
— Sen...! Bu nimasi... - Eun Woo qizning salomiga qovog'ini uyarkan keyingi galda u gapini oxirigacha gapira olmadi.Telefondan kelgan xabar tufayli shoshilarkan — Jaewon men ketdim.O'zingni hozirdan asra! - qizning yelkasiga yengil ushlash va dugonasiga sovuq nigoh.
— Ayshsh... — Qiz uning orqasidan yuzini burishtirarkan,Jaewon uni turtib qo'ydi.
— Dahye...Yosh bolaga o'xshaysizlar huddi! - qo'llari bilan ishora qilgancha kulib qo'ydi.
— Menga bu yigit yoqmaydi...- qor yog'ib,biroz izg'irin tufayli ko'zlarini qisgan qiz yuzini burishtirib qo'ydi. — Kettik dars boshlanadi..
Qorong'ulik...Izg'irin...Sovuqlik!
Huvillagan kulba.Oldinlari bu uyda o'yin kulgu ovozlari yangragan.Bu yerda ham baxt ovozi eshitilmasada,ko'zlari baxtdan sarmast insonlar yashagan."Bu oʻtmish,eslashga arzimaydi!" Uyni koʻzdan kechiradigan yigit,qadamlarini zina tomon tashladi.Koʻzlari atrofni kuzatarkan,hali ham oʻzgarmagan holatni payqadi.Oʼsha chekkasini qora oralagan kamin,uning yonidagi kreslo va taxtadan yasalgan kichik stol.Boʻynini keyingi yon tomondagi xona tomon burarkan,oʻsha xotira yodiga tushdi.Bu kechagidek uning yodida.
" Iltimos,unday qilmang! Kechiring oyi!"
"Men...Men...qilmadim!Ishlaganim shu...Oʼgʻirlamadim!
Jin ursin sen bolani...bun kuningdan oʻlib ketganing avfzal edi oʻgʻri! "
Boshida aylanadigan oʻsha yoqimsiz xotiralarni esdan chiqarishgan doim harakat qilardi yigit,ammo shu uy...Ilk bor qadam tashlashni oʻrgangan,kulgan bu uyni yomon koʻradi.Nafratlanadi.
Pov Jungkook:
Zinalar boʻylab yuqoriga koʻtarildim.oʻzimga tanish boʻlgan,xonaning eshigini ocharkanman,divanda yuzlariga ajin tushgan,koʻzlarini tagi qorayishga ulgurgan,sochlari toʻzgʻigan meni yomon koʻrgan boʻlsa ham,meni dunyoga keltirgan onamni koʻraman.U oʻzini yuqotgan.Bir nuqtaga shunchaki tikilib turarkan,u hatto gapirishni ham unutgandi.Ochilgan derazadan sovuq izlirin kirarkan,uni yopish uchun qadam tashladim.Ammo uning koʻzlarini derazaning tashqarisida yoʻlak boʻyida kimdir kelishini kutardi.Men unga eʼtibor bermay derazani yopib,unga dorilarni qoldirarkan bilaklarimga tekkan sovuq kaftlar tufayli qoʻlimni olishga urindim.
— Oʼgʻlim...Ketma! - ovozida titroq mujassam etgan ayol,uning yuzlarini hoʻl boʻlishga ulgirdi.Jk qoʻllarini undan tortib olarkan unga sovuq nigoh ila qaradi
—Men sizning oʻgʻlingiz emasman...Oʼsha kichik 13yoshli Jungkook oʻlib boʻlgan! - tishlari orasidan vishillab oʻzini bosishga uringan yigit,onasining yuziga qarashni xohlamadi xonadan chiqib ketdi.
Ba’zan inson o‘zining o‘tib ketgan hayotini butunlay o‘chirib tashlashni, hech qachon bo‘lmagandek unutishni istaydi. Ammo o‘tmish – qog‘ozga yozilgan satrlar emaski, yirtib tashlab, yoqib yuborsang, kulga aylansin. U inson ruhiyatining chuqur qatlamlariga singib, hatto eng tiniq lahzalarda ham yurakning ich-ichida so‘zsiz aks-sado beradi. Baxtsiz bolalik – bu oddiy xotira emas, balki insonning butun hayotiga muhr bosadigan og‘ir yuk. Sen undan qanchalik qochishga harakat qilma, qanchalik o‘zingni o‘zgartirib, boshqa inson bo‘lishni istama – u baribir borligingning bir bo‘lagi bo‘lib qolaveradi.
— Vaqt tugadi!...Nazorat testini topshiring!Boʻlmasa men hisobga olmayman... - oʻqituvchi oʻz stolini kitoblar bilan urib talabalarni ogahlantirakan,Jaewon eng oxirgi savolni boʻyayotgandi.
—Jaewon.... - Dahye unga tez telefoniga imo qilarkan pichirlab qoʻydi - Jungkookdan sms keldi menimcha...Tugatdingmi?! - oxirgi titildagi doirani boʻyab.
Jaewon ham shoshilib aylanani boʻyarkan,Dahyega qarab bosh irgʻab qoʻydi.Ular shoshilib oʻrnidan turarisharkan,Dahye oʻqituvchiga varoqlarni berib tazim qildi.
Zinalar bo'ylab pastga tusharkanmiz,qarshimizdan kelayotgan ustozlarga tazim qilishni ham unutmadik.Universitet eshiklari yonida kelganimizda,yuzimga tekkan sovuq ammo yoqimli qor bo'lagi tufayli yuzimga tabassum yugurdi.Dugonam ham kaftlarin tutib bundan zavq olarkan,men ham shunday qildim.Menga qizsh fasli yoqadi.Bu fasl sovuq,yoki muzliklar,yomg'irlar va sovuq shamollar fasli emas...
—Jaewon qara qorlarni qanday yoqimli! - Dahyening ko'zida quvonch..Unga negaki qor yoqadi.— Wonie,Jungkook... - men tarafga yurib kelayotgan Jkga qaradim,uning negadir ko'zlari qizargan.. — Salom...Wonie ertaga ko'rishamiz xayr dugonajon! - Dahye yuzimdan o'pib qo'lini silkitarkan men tabassum qilib qo'ydim, u sekin avtobus bekati tomon ketdi.
—Yaxshimisan?!
Telefondan tez yozib unga ko'rsatarkanman,u nim tabassum qildi va boshini qimirlatib qo'ydi.
—Yaxshi! Sovuqqotmadingmi?!
Junkook to'xtab men tomon qararkan,men ham yurishdan to'xtadim.U mening sharifimni yaxshilab buynimga bog'larkan,shapkamni ham kiydirishni unutmadi.
—Men yosh bola emasman...
Labimni burib unga qovoq uyarkanman,u kulib qo'ydi.
—Men uchun shunday kapalak!
Burnimdan chimdib quyarkan,uning so'zlariga bilintirmay tabassum qildim.U odatda meni ismim bilan emas,shu nom bilan chaqirardi."Kapalak" undan nega bu nom bilan deganimdan "Ular begʻubor...Huddi sening qalbingdek" deya javob berardi.